PSIXOLOGIYA FANINING ILMIY TADQIQOT METODLARI (Psixologik tadqiqot metodlari (kuzatish, eksperiment, suhbat va so’rov, test), Psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o’ziga hosligi)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
24,1 KB
PSIXOLOGIYA FANINING ILMIY TADQIQOT METODLARI
1. Metod haqida tushuncha
2. Psixologik tadqiqot metodlari (kuzatish, eksperiment, suhbat va so’rov, test)
3. Proektiv metodikalar tasnifi
Tayanch iboralar:
Metod: asosiy: kuzatish, eksperiment, yordamchi: suhbat, so`rov, test,
korrelyatsiya, modellashtirish, faoliyat natijasini o`rganish, egizaklar, B.G.Ananev
bo`yicha metod turkumi:
1. Psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o’ziga hosligi.
Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining mohiyatini
yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va
ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi
navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va
validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib,
metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi.
Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab,
ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol
hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i o’z vazifalarini
echish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab metodlarni sinovlardan o’tkazib,
eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida
qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning
ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay
darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.
Pasmlarda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari keltirilgan.
Ushbu metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik
jarayon, xolat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar to’playdi,
to’plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin.
Bu usul eng tabiiy va hayotiy metodlar jumlasiga kiradi. Chunki biz hayotda
o’rgangan ko’p odatlarimiz, harakatlarimizning asosida o’zining bilim-bilmay
kuzatgan, xotiramizda shu tarzda olib qolgan ma’lumotlarimiz yotadi. Ilmiy nuqtai
nazardan esa kuzatuvning turlari va bosqichlari farqlanadi.
2. Kuzatish, eksperiment, suhbat va so’rov, test. Tashqi kuzatuv mohiyatan
kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar
to’plash usulidir. Usulning o’ziga xosligi shundaki, tadqiqotchi kuzatiluvchining
faoliyatiga aralashmagan va unga xalaqit bermagan tarzda, uning tashqi xulq-atvori,
nutqi, o’zgalarga munosabatini “zimdan kuzatib”, qayd qilib boradi. Kuzatishning
ikki asosiy turi bo’lib, tashqi – ob’ektiv kuzatish va ichki – o’z-o’zini kuzatish
farqlanadi. O’z-o’zini kuzatish birovlarni tashqaridan kuzatishdan farqli, odamning
o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki hodisani shaxsan o’rganishi maqsadida
ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir.
Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad
qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini
bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur
bo’lmaydi, kuzatuv ob’ekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars jarayonida
bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham
ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa,
buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va
maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-
atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi,
bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va
zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning
faoliyatini ham eslatadi. Shu yo’l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi
va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida
konformizm xislati kuchli bo’lsa, o’zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib,
undagi ayrim hodisalarni sub’ektiv ravishda qayd etadigan bo’lib qolishi ham
mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi – ya’ni kuzatuvchi
guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo’ladi va faqat bevosita
ko’zi bilan ko’rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi.
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko’rsatgichlarni
qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining
professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog’liq bo’lgan jihatlar,
yana to’plangan ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo’lgani uchun
ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan
birgalikda ishlatiladi. Umuman kuzatish vositasida ma’lumotlar to’plashga qaror
qilgan kimsa har doim ham aniq kuzatuv ob’ektini ajratib olishi, undan nimalarni
kutayotganligini tasavvur qilishi, kuzatuv daftarini tutib, kuzatilayotgan odam yoki
guruhning faoliyatini ma’lum muddat davomida bosqichma-bosqich izchil tarzda
qayd qilib borishi, izlanishlari nihoyasida esa barcha tuplangan ma’lumotlarni
psixologik jiatdan tahlil qila olishi kerak.
Eksperimentning mohiyati shundaki, aynan shu yo’l bilan bir omilning ta’siri
ikkinchi bir omil ta’sirini ta’minlashi yoki hodisaning ro’y berishiga olib kelganligi
isbotlanadi. Ya’ni, eksperiment psixik hodisalarning sabablarini aniqlash va ilmiy
farazlarni isbot qilishga yordam beradi. Masalan, o’quvchilarning o’zlashtirish
darajalari qanday omillarga bog’liq, degan savol paydo bo’lsa va bunday olmillardan
biri o’quv jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanish lozimligi fikri
taxmin qilinsa, o’sha eksperiment sinfida tarqatma materaillar ishlatiladi, ikkinchi
sinov sinfda esa eskicha o’qitilaveradi. Natija ma’lum muddatdan keyin bolalarning
o’zlashtirish darajasi, darsga munosabatlari, xotiralari kuchi orqali tahlil qilinadi.
Mana shunga o’xshash jarayonlar va sinovlar eksperiment deyiladi va hayotda va
psixologik amaliyotda ko’plab murakkab eksperimentlar aniq dasturlar asosida
o’tkaziladi, yangiliklar ochiladi.
Har qanday eksperiment uchun odatda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat
shakllantiriladiki, aynan shu vaziyatda tadqiqotchini qiziqtirayotgan psixik jarayon
yoki hodisa ajratiladi, o’rganiladi, ta’sir ko’rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy
eksperiment o’sha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan
sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, ta’tilda yozgi oromgohda, litsey
auditoriyasida va shunga o’xshash) maqsadli tashkil etilib, o’rganilsa, laboratoriya
eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob-uskunalar vositasida ataylab
o’rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo’lsa,
psixologiya laboratoriyasida maxsus taxitsoskop deb atalgan moslama yordamida
yoki “Landolt xalqachalari” deb nomlangan jadvallar yordamida o’rganish mumkin
bo’ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o’zaro hamjihatlik, liderlik va
konformlilik hodisalarini tekshirish uchun gruppaviy integratorlar va gomeotsat deb
nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil hodisalar
o’lchangan.
Eksperiment o’tkazishning asosiy shartlaridan biri tekshirilayotgan ob’ektda
eksperiment hamda nazorat guruhlarining bo’lishidir. Tadqiqotchining taxmini
asosida birinchi guruhda u yoki bu o’lchovlar, tekshirishlar, shart-sharoitlar kiritilsa,
nazorat guruhi o’sha yangiliklar va sun’iy kiritilgan omillar ta’siridan xoli qilinadi.
Eksperiment so’ngida natijalar ikkala guruh misolida taqqoslanib, kerakli xulosalar
chiqariladi. Oddiy qilib aytilsa, agar maosh mehnat motivatsiyalaridan biri deb,
uning ta’sirini o’rganish kerak bo’lsa, eksperimental guruh a’zolariga maoshlar
ko’paytirib beriladi, nazorat guruhi esa eski maoshda qoldiriladi. Ikkala guruh
a’zolarining esa kundalik ish samaralari, ishga munosabati, ishlab chiqarishdagi
mahsuldorlik maxsus mezonlar asosida taqqoslab chiqiladi. Demak, eksperiment
uchun maxsus sharoitlar va natijalarni to’g’ri tahlil qilish uchun professional
psixologlar kerak.
3. Suhbat va so’rov, test, korellyatsiya, modellashtirish, faoliyat natijasini
o’rganish. Odamlarni so’roq qilish, u yoki bu bilmagan yoki qiziqtirgan narsalarni
so’rab o’rganish insonga xos xislat. Ko’cha-kuyda ketayotganimizda ham vaqtni
yoki ko’chalar nomini so’rovchilar bo’ladi. Katta tadbirlar arafasida, mustaqillik,
“Navro’z” bayramlari arafasida odamlar kayfiyatlarini bilish uchun ham oddiy
odatiy so’roqlar o’tkazilishi rasm bo’lgan. Lekin bu hayotiy usul psixologiyada ham
fikr-o’ylarni o’rganish orqali qimmatli ilmiy ma’lumotlar to’plash vositasi sifatida
qadrlanadi. Shuning uchun so’roq metodlari psixologiyaning barcha tarmoqlarida
birlamchi ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda
tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob
qaytarishi kerak bo’ladi.
Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi,
o’tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi.
Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo’lmasa,
so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi ushbu metod
yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob ma’lumotlarni
to’plash imkoniga ega bo’ladi.
Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir
vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan
savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon
etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob
beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubxasiz, qimmatli
birlamchi materiallar to’planadi.
So’roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo’lib,
birinchisida oldindan nimalar so’ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida
esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar
doirasida so’roq o’tkazilishi nazarda tutiladi. So’rovlar o’tkazilishida hal qilinishi
lozim bo’lgan eng muhim masalalardan biri so’raluvchilarni tanlashdir. Chunki agar
saylovoldi kompaniyalarida yoki talaba-yoshlarning o’z ijtimoiy harakatini tuzish
borasidagi fikrlari o’rganilganda, tabiiy bir muammo paydo bo’ladi : necha kishini
va qaerlardan so’rash lozim, degan. Tanlov ob’ektini tanlashda uning tarkibiga
kiruvchilarning u yoki bu ijtimoiy qatlamga mansubligi muim rol o’ynaydi.
Masalan, talaba yoshlarning fikrini o’rganish uchun barcha talabalar fikrini mutloq
o’rganish shart emas. Tanlov agar 10% deb belgilansa, O’zbekiston oliy o’quv
yurtlarida tahsil olayotgan barcha talabalar sonidan kelib chiqib, o’shaning 10 foizi
o’rtasida, bir necha oliygohlarda so’roq o’tkazilishi kifoya qiladi. Barcha
nafaqaho’rlarning ijtimoiy himoya borasidagi fikrlarini o’rganish kerak bo’lganda
ham shu tamoyil nazarda tutiladi. Demak, tarkiban monand guruhlar ajratib
olingach, tadqiqotchi o’sha guruhning tushunish darajasi va ehtiyojlaridan kelib
chiqib, so’roq o’tkazadi yoki intervyular uyushtiriladi.
Savolnomalarda savol berish tartibi va mazmuni ham katta ahamiyatga ega.
Yoshlarga
“Siz
vatanparvarmisiz?”
yoki
jamoatchilikka
“Siz
tinchlik
tarafdorimizsiz?” kabi savollar oldindan javobi aniq bo’lgani uchun ham odatda
respondentlarga havola etilmaydi. Psixologik nuqtai nazardan o’sha vatanparvarlik
belgilarining namoyon bo’lishini savollarda mujassam etish yoki dunyoda tinchlik