PSIXOLOGIYA MUSTAQIL FAN SIFATIDA (Psiхоlоgiya fanining taraqqiyoti tariхi, Psixologiya fanining yirik ilmiy yo’nalishlari va maktablari)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
45,7 KB
PSIXOLOGIYA MUSTAQIL FAN SIFATIDA
Reja:
1. Psixologiya fanining predmeti va vazifalari.
2. Psixologiya sоhalari
3. Psiхоlоgiya fanining taraqqiyoti tariхi.
4. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo’nalishlari va maktablari
Tayanch so’z va atamalar:
Psixologiya, umumiy psixologiya, «psyuxe», jon, ruh, «logos», psixika, instinkt,
xulq-atvor, psixologiya sоhalar, psiхоlоgiya fanining taraqqiyoti tariхi, sixologiya
fanining yirik ilmiy yo’nalishlari va maktablari
1. Psixologiya fanining predmeti va vazifalari. Atrofimizdagi ob’ektiv olam
turli fanlarning o’rganish ob’ekti va predmeti bo’lib xizmat qiladi. Real dunyoda
haqqoniy psixikaga ega yoki uni tashuvchi barcha narsa ularning ob’ekti bo’lib
xizmat qiladi. Predmeti esa – psixika, uning barcha shakl va faoliyat ko’rinishlari:
psixikaning yuzaga kelish qonuniyatlari, shakllanish, faoliyat va namoyon bo’lish,
hamda uning ayrim fenomenlaridir.
Psixologiya yunon tilidan tarjima qilinganda – ta’limot, jon bilim to’g’risida
(«psyuxe» – jon, ruh va «logos» – ta’limot, ilm) degan ma’noni anglatadi. Bu fan
eng avvalo inson va insonlarning turli xil ijtimoiy guruhlarining psixik hayoti hamda
faoliyati qonuniyatlari to’g’risidagi fandir. Psixologiya fan sifatida psixikaning
qonuniyatlarini va mexanizmini, dalillarini o’rganadi (A.V.Petrovskiy).
Psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni
bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar
tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib,
psixikadir, deb ta’rif berishadi.
Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy
olamni ham) ongli tarzda aks etishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni
ta’minlaydi (V.Karimova).
Psixologiyaning predmeti aniq bir shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va
turli ichki kechinmalari, xulq-atvori va faoliyatlarining o’ziga xos tarzda ong
tomonidan aks ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin.
Psixologiyaning ob’ekti bo’lib nafaqat odamlar, insonlar balki oliy
rivojlanishga ega hayvonlar ham xizmat qiladi, ularning psixik hayotini
psixologiyaning tarmoqlaridan zoopsixologiya o’rganadi. Biroq an’anaviy ravishda
psixologiyaning asosiy ob’ekti insondir. Unda,
Psixologiyaning obyekti sifatida - bir inson yoki aniq bir shaxs emas balki turli
ijtimoy guruhlar, omma va boshqa insonlarning uyushma shakllari xizmat qiladi (1-
sxema).
Shu tariqa, inson psixologiyasining predmeti bo’lib, insonlarning turli hayot
va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda individual va guruhiy
psixikaning namoyon bo’lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga
kelish qonuniyati, ayrim psixik fenomenlar va mexanizmlaridir.
2. Psixologiya sоhalari. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy-ilmiy fan sifatida.
Kishi psixikasining paydo bo’lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri
bo’lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib yetishga harakat qiladigan
tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Materialistik
yo’nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo’lishini materiyaning uzoq davom etgan
rivojlanishining natijasi deb izohlashadi. Ular materiyaning tabiatini tadqiq
qilisharkan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o’ziga xos
ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli xil shakllarini
o’rganadilar.
O’tgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan
yo’nalishda, ma’lum kontseptsiya asosida o’rgangan bo’lsalar ham, albatta, o’z
Psixologiya – bu insonlarning turli hayot va faoliyati
bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda ularning psixikasini
namayon bo‘lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga
kelish qonuniyati to‘g‘risidagi fan.
asarlarida psixik holatlarning aks etishi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi va
o’zgarishlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirishgan.
Bular 4 xil manbada uchraydi:
1) xalq ijodiyotida-rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar;
2) maxsus ijodkor kishilar o’git-nasihat va hikoyatlarida;
3) qomusiy, O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlarida;
4) turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullarida,
ya’ni ilmiy-badiiy asarlarda.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi qarashlari «Ideal
shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga
javoblar»,
«Jism
va
aksidentsiyalarning
shakllariga
qarab
bo’linishi»,
«SHarhlardan», «Hikmat ma’nolari», «Aql ma’nolari to’g’risida» kabi qator
asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o’zining «O’tmish yodgorliklari»
kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi.
Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi
nervlar va nerv yo’llari, fiziologik jarayonlar bilan bog’liq psixik jarayonlar haqida
ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning «Odob haqida» risolasi ham inson shaxsini
shakllantirish to’g’risidagi jiddiy asardir.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asaridagi bosh masalalardan biri komil
insonni tarbiyalashdir.
Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Xiradnomai Iskandariy», «Tuhfatul
ahror», «Silsilatuz zaxob» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb-
hunar o’rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan.
Davoniy o’zining «Axloqi Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlarni to’rtga
bo’ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir.
Alisher Navoiyning “Xazoin-ul maoniy”, «Mahbub-ul qulub» va boshqa
asarlarida yetuk, barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, odamlarga munosabati,
iste’dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu
psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega
ekani ta’kidlangan. SHuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota-
onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida o’rin
egallaydi.
Rossiyada psixologik qarashlar namunalari SHarq va G’arb madaniyati
ta’sirida inson ruhiyati bilan bog’liq qator og’zaki va yozma, amaliy va ilmiy
asarlarda paydo bo’la boshladi. (Qarang: E.G’oziev. Psixologiya, - T.: “O’qituvchi”,
1994 y. 33-35 betlar).
Psixika haqidagi qarashlar ma’lum vaqt (salkam 5 asr) kun tartibidan olib
qo’yildi va XIX asr oxiri va XX asr boshlarida g’arbiy Yevropa mamlakatlarida va
AQSHda yana turli munozaralarga sabab bo’la boshladi. (I.M.Pavlov, N.E.Ribakov,
K.N.Kornilov, P.P.Blonskiy, A.S.Vigoskiy - Rossiya, U.Djems, S.Xoll - AQSH va
boshqalar).
Jonsiz, noorganik materiyadan tortib to eng oliy va murakkab materiya
hisoblanmish kishi miyasiga qadar barcha materiya moddiy olamning yalpi
xususiyati - in’ikos etish xususiyatiga, ya’ni taasurotga javob qaytarish qobiliyatiga
egadir.
Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy yoki kimyoviy
ta’siri tarzida yuz berishi mumkin. Noorganik tabiatdagi harakatning oddiy
misollariga e’tibor qiling: dengizdagi qoya suvning ta’siriga muayyan qarshilik
ko’rsatadi - to’lqinlar qoyaga urilib qaytadi, lekin qoyaning o’zi ham sekin-asta
yemirila boshlaydi; quyosh nuri suv yuzasiga kelib urilgach, sinib qaytadi; elektr
razryadlari natijasida ozon molekulalari hosil bo’ladi.
Jonli materiyaga in’ikosning biologik shakllari xos bo’lib, jonli materiyaning
ma’lum bir bosqichida esa in’ikosning yangi shakli sifatidagi psixika paydo bo’ladi.
Materiya harakatining biologik shakli - hayot-tabiat rivojlanishining sifat
jihatidan yangi bosqichidir. O’lik materiyadan tirik materiyaga o’tishni izohlaydigan
qator gipotezalar mavjud. Ulardan biri A.I.Oparinga tegishli bo’lib, unga ko’ra
organik moddalar - atomlari turli shakllardagi azotning, kislorodning, vodorodning,
fosfor va oltingugurtning atomlari bilan bog’langan modda uglerod negizida hosil
bo’lgan birikmalarning paydo bo’lishi jonli materiya paydo bo’lishining zarur sharti
hisoblanadi.
Oparinning gipotezasiga ko’ra taxminan 2 mlrd yil ilgari atmosferada erkin
kislorod ajralib chiqib, organik moddalarda fotoximiyaviy reaktsiyaning va
fotosintezning yuz berishiga olib keladi. Organik birikmalarning rivojlanishi
jarayonida uglerodning juda ham murakkab birikmalari - benihoya katta molekulalar
paydo bo’ladi. Bu molekulalar muhit bilan doimiy modda almashinuvi bo’lib
turishini taqozo qiladi. Bir-biri bilan qo’shilib kattalashuvi, yoki maydalashib
ko’payib turishi mumkin deb taxmin qilinadi. Bu o’ta katta molekulalar koaservatlar
deb atala boshlangan. Jarayon yana takrorlanadi: o’sish, parchalanish va hokazo.
Hozirgi tirik organizmning ehtimoldan uzoq bo’lmagan prototiplari-
koaservatlarda bo’lgani kabi har qanday jonli materiyada in’ikos jonsiz tabiatdagi
in’ikosga qaraganda sifat jihatidan yangi shakl kasb etadi. U faqat tashqi
taasurotning kuchi va xarakteriga emas, balki organizmning ichki holatiga ham
bog’liq bo’ladi. Har qanday jonli organizm barcha tashqi qo’zg’atuvchilarga
nisbatan tanlangan holda «Faol» munosabatda bo’ladi va bu bilan jonli materiyaning
sifat jihatidan yangi xususiyatini - o’z-o’zini tartibga solish xususiyatini namoyon
qiladi.
3. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy
bosqichlari
Psixologiya qadimiy fanlardan hisoblanadi. Uning paydo bo’lishi kishilik
jamiyati taraqqiyoti bilan bog’liqdir. Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlardan
buyon kishini tevarak-atrofdagi odamlarning psixik jihatdan tuzilish xususiyatlarini
farqlay bilishga va ularni o’z hatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan.
Har qanday odam o’z tajribalariga asoslanib, o’ziga atrof voqelikni u yoki bu
tarzda idrok qilishiga qarab, atrof olamni idrok qilishiga, narsa va hodisalarni
farqlashiga karab, anglab yetishiga qarab farqlanadi, o’ziga hisob beradi. Biz qushlar
ovozini va musiqa kuylarini eshitamiz va farqlaymiz, turli narsalarni ko’ramiz, turli
hidlarni, turli taomlar mazasini sezamiz va bu haqda tasavvurga ega bo’lamiz. Odam
o’zini o’rab turgan olamni bilibgina qolmay, shu olamdagi narsa va hodisalarga o’z
munosabatini ham bildiradi. Odam o’z atrofidagi olamni idrok qilibgina qolmay
unga o’ziga xos munosabatda ham bo’ladi, ya’ni o’zining faolligini namoyon qiladi,
tegishli xulosa chiqaradi, maqsadga intiladi, tashabbus va shijoat ko’rsatadi,
qiyinchiliklarni yengib o’tishga harakat qiladi, boshqacha qilib aytganda o’z iroda
kuchini namoyish etadi.
Va nihoyat, har bir odam bir-biridan nimasi bilandir farq qiladi, masalan bir
odam musiqa bilan qiziqadi, boshqa birov sport bilan qiziqadi, bir odam
matematikaga qobiliyatli bo’lsa, boshqa birov badiiy ijod bilan shug’ullanishni
ma’qul ko’radi, birov qiziqqon, serjahl, o’zini tutolmaydigan bo’lsa, boshqa birovi
bosiq, andishali, birov mehnatkash va kamtarin bo’lsa boshqa birovi yalqov,
dimog’dor bo’lishi mumkin. Bularning barchasi inson psixikasidagi tafovutlardir.
Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi qadimgi olim-mutafakkirlar - Platon
(Aflotun), Aristotel (Arastu), Geraklit, Demokrit, Gippokrat, Galen va
vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy nomlari
bilan, va nihoyat rus olimlari I.M.Sechenov, I.P.Pavlov nomlari bilan bog’liqdir.
Hayot psixologiya zimmasiga murakkab nazariy va amaliy vazifalarni
yuklaydi. Psixologiyaning asosiy nazariy vazifasi psixik faoliyatning mohiyatini,
uning sodir bo’lish va rivojlanish qonuniyatlarini tushuntirishdan iboratdir.
Insonning barcha hayoti va faoliyati jarayonida uning psixikasini o’rganish va
boshqarish psixologiyaning amaliy vazifasi hisoblanadi. Bu vazifalarni hal qilish,
asosiy ma’lumotlarni to’plash va umumiy nazariyani boyitish davrida psixologiyada
birqancha mustaqil sohalar ajralib chiqdi. Dastlabki vaqtlardan boshlab, hatto hozir
ham ayrim mamlakatlarda psixologiya falsafaning tarkibida deb hisoblab kelingan.
Psixologiya inson va uning kamoloti bilan bevosita bog’liq bo’lgan bir necha
fanlar bilan - fiziologiya, pedagogika, etnografiya singari fanlar bilan uzviy
bog’liqdir.
Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlardan buyon kishini tevarak atrofidagi
odamlarning psixik jihatdan tuzilish xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o’z
xatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan. Ibtidoiy odamning
tasavvurida ruh tanadan batamom ajratilmagan bo’ladi. Bunday tasavvurlar hayot
hodisalari va ongni, shu jumladan, uyqu, o’lim, hushidan ketish va shu kabilarni
noilmiy, primitiv tarzda talqin qilish oqibatida tarkib topgandir.
Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari, rejalashtirish va ijroning,
jismoniy mehnat va ishlab chiqarishning, ma’naviy kuchlarning tabaqalashuvi,
sinfiy jamiyatning paydo bo’lishi va kishining mavhumlashtirish qobiliyati rivojlana
borishi munosabati bilan jonning moddiylikdan xoli tabiati haqidagi g’oyalar paydo
bo’ldi. SHu bilan birga oldingi, antimistik, afsonaviy tasavvurlar o’rnini ruhni
borliqning naturfalsafiy manzarasi nuqtai nazaridan tushuntirishga intilishlar egallay
boshladi
Naturfaylasuflar - Fales (e.o. VI asr), Anaksimen (e.o. V asr), Geraklit (e.o. VI-
V. asr) ruhni olam ibtidosini tashkil etuvchi narsalar - suv, havo, olovning odamlar
va hayvonlarga jon ato etuvchi shakli tarzida talqin qilishgan.
Platon (Aflotun) (e.o. 428-347. asr) bu faylasuflar orasida alohida ajralib turadi.
U jonning qismlari to’g’risidagi tushunchani yaratdi. SHunday qismlar deb aql-
idrokni, jasoratni, orzu-istakni alohida ajratib ko’rsatdi va ular tananing turli
qismlari (bosh, ko’krak, qorin bo’shligi) ga joylashgan bo’ladi degan fikrni ilgari
surdi. Platonning fikricha, jonning qismlari odamlarda bir xil taqsimlangan bo’lib,
ulardan birining boshqalariga qaraganda ustun bo’lishi individning u yoki bu sotsial
guruhga mansubligini belgilaydi.
Platonning shogirdi Aristotel (e.o. 384-322) ning ta’limoti ancha ilgarilab
ketdiki, u psixologik fikrlarni tabiiy-ilmiy asosda qayta qurib, uni biologiya va
tibbiyot bilan bog’ladi. Buni o’zining «Jon to’g’risida» degan asarida bayon qildi.
Aristotel ruhiy faoliyatni o’rganishning tajriba usulini, ob’ektiv metodni
himoya qilib chiqqan edi. Aristotel kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh, jon
va tananing ajralmas ekanligi g’oyasini ilgari surdi. «Ruh darg’azab bo’layotir, deb
aytish biror kishining ruh mato to’qiyapti yoki uy qurayapti deyishi bilan
barobardir» - deb yozgan edi Aristotel. Jon qismlarga bo’lina olmaydi, lekin u
faoliyatning oziqlanish, his etish, harakatga keltirish, aql-idrok kabi turlariga oid
sa’yi-harakatlarda namoyon bo’ladi. O’simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrokli zot
ruhi to’g’risidagi ta’limotlari bilan Aristotel oliy qobiliyatlar sodda qobiliyatlardan
va ularning negizida paydo bo’lishini bildiradigan rivojlanish printsipini joriy etdi.
Odamda hayot va psixika rivojlanishining ibtido darajasi mavjuddir. Sezgi
dastlabki bilish qobiliyati bosqichi hisoblanadi. Sezgi tasavvurlar shaklida iz
qoldiradi. Aristotel ilgari sezgi azolariga ta’sir o’tkazgan narsalar obrazlarining
tasavvur tarzida mavjudligini kashf etdi. U shuningdek bu tasvirlar o’xshashligi,
turdoshligi va keskin farqlanishi kabi uchta yo’nalishda birlashuvini ham ko’rsatdi.
Bu bilan psixik hodisalar assotsiatsiyasi (bog’lanishi) ning asosiy turlarini ochib
berdi. Aristotel organizmning tabiatdan olgan imkoniyatlarni faqat o’zining xususiy
faolligi orqaligini ro’yobga chiqarishiga asoslangan holda xarakterning real
faoliyatida shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi. Kishining adolatparvar
va ko’ngilchan bo’lishi uning adolatli va me’yoridagi harakatlarni tez-tez
takrorlayverishi natijasida ro’y beradi, deydi.
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Aristotellarning ta’limotlari keyingi asrlarda
psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta, asos bo’ldi. Asta-sekin ruh
haqidagi tushuncha hozir biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo’llanila
boshladi. Psixika kategoriyasi zamirida ong haqidagi tushuncha maydonga keldi.
Kishi faqat idrok va tafakkurga ega bo’lib qolmasdan, balki ularni unga
mansubligini e’tirof etishga ixtiyoriy harakatlar qilibgina qolmasdan, balki bu
harakatlarni uni o’zi qilayotganini bilishga ham qodirdir.
Eramizdan oldingi ikkinchi asrda rimlik shifokor Galen fiziologiya va tibbiyot
yutuqlarini umumlashtirib, psixikani fiziologik negizi haqidagi tasavvurlarni boyitdi
va ong tushunchasiga yaqinlashib keldi. U diqqat, xotira, mulohaza ishtirok etadigan
harakatlarni kishi, masalan, uyqusida bajaradigan harakatlardan chegaralanishni
ko’rsatib berdi. Unisi ham, bunisi ham ruh bilan idora qilinadi shu tariqa, ruh va ong
haqidagi qarashlar turli davrlarda turlicha talqin qilinib, turli falsafiy-psixologik
nazariyalar, oqimlar paydo bo’lishiga olib keldi.
III asrda Platon, IV-V asrda Avgustin ong haqidagi ta’limotni yaratdilar. O’rta
asrlarga kelib diniy ideologiya ta’sirida ayrim olimlar xudoning ruxsoriga yetishga
da’vat eta boshladilar, jumladan X asrda Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino
shunday ta’limot asosida psixikani ilmiy tushuntirishga muvaffaq bo’ldilar.
XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib
berdi. Frantsuz olimi Dekart (1596-1650) xulq-atvorning reflektor tabiati haqidagi
ta’limotini yaratdi. Ingliz olimi Gobes (1588-1679), frantsuz olimi Spinoza (1632-
1677) olamning bir butunligini, tana va jon to’g’risidagi ta’limotni yaratdilar. Ingliz
olimi Djon Lokk (1632-1704) empirik (tajriba) asosidagi ta’limotni empirik
psixologiyani yaratdi, shundan keyin rus olimlari I.M.Sechenov, I.P.Pavlov,
I.Y.Vvedenskiy, A.A.Uxtomskiy inikos nazariyalarini yaratdilar. Tanaga nisbatan
ham, ruhga nisbatan ham qarashlarda tub burilish yuz berdi. Inson tanasi mashinaga
o’xshatiladi, texnika qurilmalariining tuzilishi qanday printsiplarga asoslangan
bo’lsa, tana tuzilishi ham shunday printsiplarga asoslangan deb tasavvur etiladi,
binobarin tana ham mashina singari ruhni boshqarishiga muhtoj emas deb qaraladi.
Refleks haqidagi tushuncha organizmning tashqi ta’sirga qonuniy javob
reaktsiyasi sifatida paydo bo’ldi.
I. M. Sechenov (1829-1905) «Bosh miya reflekslari» (1963) asarida «ongli va
ongsiz hayotning barcha harakatlari ro’y berish usuliga ko’ra reflekslardan
iboratdir», degan xulosaga kelgan edi.
Ongning harakati (psixik hodisa) ruhning tanasiz mohiyat xususiyati emas,
balki Sechenov tili bilan aytganda, "Ro’y berish usuliga ko’ra" (tuzilishiga, ro’y
berish xiliga qarab) refleksga o’xshash jarayondir. Psixik hodisa kishiga o’z
sezgilarini,
g’oyalarini
his-tuyg’ularini
kuzatish
chog’ida
beriladigan
narsalardangina iborat emas. U xuddi refleks kabi tashqi qo’zg’ovchining ta’sirini
va unga javoban harakat reaktsiyasini ham o’z ichiga oladi. Psixik jarayonlar
ongning o’zida paydo bo’lib, ongning o’zida tugallanadi, degan fikrni Sechenov
mutlaqo noto’g’ri fikr deb hisoblagan edi.
Psixologiya fanini rivojlanishi natijasida uning o’rganish ob’ektiga faqat jon
emas, balki uni sodir bo’lishi "Ruhiy" yoki psixik hodisalardir. Odatda psixik
hodisalarning uchta katta guruhi bor: psixik jarayonlar, shaxsni psixik xususiyatlari
va psixik holat.
Psixik jarayonlar - bu ob’ektiv olamni sub’ektiv aks ettirishning turli
shakllaridir. Psixik jarayonlarni psixik funksiyalar deb ham aytiladi. Psixik
jarayonlarni asosiy turlari quyidagilardir: sezgi, idrok, xotira, tasavvur, xayol,
tafakkur, nutq, hissiyot, iroda bo’lib, o’z navbatida uch guruhga bo’linadi: bilish
jarayonlari, emotsional jarayonlar, irodaviy jarayonlar. Psixik holatlar va psixik
xususiyatlarni yuqorida sanab o’tgan edik.
Psixik jarayonlarning roli nimadan iborat? Bu organizmni signal yoki
boshqaruv
funksiyasi
bo’lib,
harakatni
o’zgaruvchan
shart-sharoitlarga
moslashtiradi va shu bilan foydali, moslashuvchan samaraga erishilishini
ta’minlaydi. Psixik jarayon, ma’lumki, o’zicha emas, balki miyaning mohiyati, uni
tegishli bo’lmalari funksiyasi sifatida tashqi olam haqidagi axborolarning qayoqqa
ketishi, qaerda saqlanishi, va qayta ishlanishini ko’rsatuvchi javob faoliyatining
boshqaruvchisidir.
I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan
boshqarilishi g’oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalar I.P.Pavlov (1849-
1939) tomonidan tajriba yo’li bilan tasdiqlandi va konkretlashtirildi. U hayvonlarni
shuningdek, odamning tashqi muhit bilan o’zaro harakati miya tomonidan
boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etdi. I.P.Pavlovning ushbu qonuniyatlarga
nisbatan barcha qarashlari odatda ikki xil signal sistemasi haqidagi ta’limot deb
aytiladi.
Hayvonlar o’z hatti-harakatlarida birinchi signal sistemasiga amal qiladi.
Hayvonlarning butun psixik faoliyati birinchi signal sistemasi darajasida yuz beradi.
Odamda ham birinchi signal sistemasining signallari (konkret timsollar, tasavurlar),
uning xulq-atvorini boshqarish va yo’naltirishda muhim rol o’ynaydi. M: svetofor,
yo’l ko’rsatkichlari, belgilar va xokazolar kishi hatti-harakatlarini qisman
avtomatlashtirishiga xizmat qiladi. Hayvonlardan farqli o’laroq, odamda birinchi
signallar sistemasi bilan bir qatorda uning alohida boyligi va afzalligi bo’lgan
ikkinchi signal sistemasi ham mavjuddir. Ikkinchi signallar sistemasining signallari
talaffuz etilgan, eshitilgan, o’qilgan so’zlar - ikkinchi signallardan iboratdir.
Aytilganlardan xulosa chiqaradigan bo’lsak, psixikani ob’ektiv olamning
sub’ektiv tarzi, vokelikning miyadagi aksi deb hisoblashga haqlimiz.
4. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo’nalishlari va maktablari. Psixologiya
psixikani o’rganishning o’z konkret ilmiy vazifalariga, o’zining konkret tadqiqot
ma’ruzasiga ega. Psixologiya ta’sir ko’rsatuvchi ob’ektlari bo’lgan sub’ektning
ichki, psixik holatiga tashqi ta’sirotlar natijasida ro’y beradigan o’zgarishlar jarayoni
qanday kechishini o’rganadi.
30-yillarning o’rtalariga kelib psixologiya fanining asosiy printsiplari:
determinizm printsipi, ong va faoliyatning birligi printsipi, psixikaning faoliyatda
rivojlanishi printsipi aniq ifodalab berildi.
1. Determinizm printsipi psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va
turmush tarzi o’zgarishiga qarab o’zgarishini anglatadi.
2. Ong va faoliyat birligi printsipi psixologiyada qabul qilingan printsipi ong
bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o’xshash
ham emas, ammo birlikni tashkil etadi. Ong va faoliyat birligi printsipi psixologlarga
xulq-atvorni, faoliyatni o’rganayotib, harakatning maqsadlariga erishishni
muvaffaqiyatini ta’linlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni
psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish printsipi shuni anglatadiki, psixika
agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bo’lsagina u to’g’ri
tushunilishi va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin.
Hozirgi zamon psixologiyasi shakllanishining turli bosqichlarida va
amaliyotning har xil sohalari bilan bog’liq ilmiy fanlarning juda ham keng tarmoqli
tizimi tashkil etadi.
Shunday
qilib, psixologiya
fanining
predmeti
haqidagi
tasavvurlar
taraqqiyotining asosiy bosqichlarini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
Birinchi davrga - psixologiyaning falsafa tarkibida rivojlanishi. Bu davr
er.avvalgi VI asrdan 19-asrning 60 yillarigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu
davr 4 bosqichni o’zida aks ettiradi.
1-bosqich: Eramizdan avvalgi VI asrdan bizning eramizning V asrgacha
bo’lgan davr, bu davrda psixika haqidagi fikrlarning paydo bo’lishi va ularning
ma’lum nuqtai nazardan rivojlanish davrini o’z ichiga oladi. Bu fikrlar va nuqtai
nazarlar, bu bosqichda asosan materializm va idealizm nuqtai nazardan hal qilingan.
Bu davrga antik filosofiya vakillri eramizdan avvalgi VI asrdan I asrgacha bo’lgan
va antik vrachlarning olib borgan izlanishlari va ularning nuqtai nazarlari kiradi.
2-bosqich: eramizdan avvalgi VIII asrdan V asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga
oladi. Bu davrdan jon haqidagi ta’limotning filosofiyada rivojlanishi va tibbiyot
fanlarining yutuqlari bilan musahkamlanishi, buning natijasida Tomik psixologiya
vujudga keldi va daslabki metodologik asosni shakllanishi uchun uchun
dunyoqarashlarning vujudga kelishidir.
3-bosqich: XIV asrdan XVI asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Uyg’onish davri, anatomo-fiziologik tadqiqotlarning vujudga kelishi, fan yutuqlari
yordamida psixologiya ta’limotining rivojlanishi, xuddi mana shu davrda jon
ta’limoti tushunchasi o’rniga psixologiya termini vujudga kelishi.
4-bosqich: XVII asrdan XIX asrning 60-yilarigacha, Ong haqidagi ta’limotning
vujudga kelishi va psixologiyaning nazariy asoslarining shakllanishi, psixologiya
daslabki maktablarning vujudga kelishi.
Psixologiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi psixologik jihatlar
asos qilib olinadi:
1. Konkret faoliyat;
2. Rivojlanish;
3. Odamning jamiyatga, o’zi yashayotgan muhitga munosabatlari.
Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin:
1. Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi psixologiya
sohalari-umumiy psixologiya, zoopsixologiya.
2. Kishilarga ta’sir etish, ularga ta’lim va tarbiya berish, psixik rivojlanishni
boshqarish, ya’ni psixik taraqqiyot sharoitlarini o’rganadigan soha psixologiyasi
(yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya).
3. Har turli faoliyat sohalaridagi kishilar psixikasini o’rganuvchi psixologiya-
mehnat psixologiyasi, muxandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, yuridik
psixologiya, savdo psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, san’at psixologiyasi va h.
Bu tarmoqlar ichida yana bir qancha tarmoqlar ham mavjudki, bular tegishli
soha odamlari uchungina zarurdir. Masalan, yosh psixologiyasi o’z navbatida
maktabgacha tarbiya psixologiyasi, kichik maktab yoshi psixologiyasi, o’smirlik
psixologiyasi, o’spirinlik psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, qarilik davri
psixologiyasi-gerontoliya singari tarmoqlarga ajralishi mumkin.
Hozirgi zamon psixologiya fani ko’p tarmoqli fanlar sohasi bo’lib o’z ichiga
40 dan ortiq nisbatan mustaqil tarmoqni oladi. Umumiy va ijtimoiy psixologiya
boshqa psixologik fanlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Umuman psixologiya fan sifatida ikkita asosiy funktsiyani bajaradi:
fundamental fan sifatida u psixologiya nazariyasini ishlab chiqaradi, insonlar
psixikasining individual va guruhiy hamda uning ayrim fenomenlarini
qonuniyatlarini aniqlaydi; amaliy fan sifatida insonlarning kundalik va kasbiy
faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Demak, hozirgi zamon psixologiyasi ilmiy bilimlar tizimida o’ziga xos o’ringa
ega. Buni quyidagicha ifodalash mumkin.
Psixologiya
Pedagogika
Xuquqiy bilimlar
Tibbiy fanlar
Texnik-fanlar
falsafa
Oliy nerv faoliyati
fiziologiyasi
Borgan sari psixologiya texnik fanlar, insonning texnik hayot faoliyati bilan
o’zaro aloqasi kuchayib bormoqda. Bu aloqada ikkala tomonlama bir-birini
to’ldiruvchi jihatlar mavjud.
Hozirgi zamon psixologiyasi ko’pgina fanlar kesishmasida, falsafa, tabiiy,
ijtimoiy va texnik fanlar o’rtasida o’rin egallagan, ular birgalikda muammolarni
echishlariga qaramay, bu ularning mustaqillikdan mahrum qilmaydi, ular o’z
predmeti, o’zlarining nazariy tamoyil va predmetini o’rganish yo’llariga egalar.
Psixologiyada markaziy o’rinlaridan birida psixikani, uning mohiyati, kelib
chiqishi, mazmuni, namoyon bo’lish shakllari, funktsiyalari va h.larni tushunish
turadi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Psixologiya so`zining lug`aviy ma`nosi?
2. Psixologiya fanining predmeti?
3. Psixologiya qachon paydo bo`lgan?
4. Psixologiya fanining nazariy va amaliy vazifalari?
5. Psixologiya tabbiy va ilmiy fan sifatida?
6. Psixologiyaning qanday tarmoqlari mavjud?
7. Psixologiyaning falsafa tarkibidagi taraqqiyoti?
8. L.D. Stolyarenko bo`yicha psixologiyaning fan sifatidagi rivojlanishi nechta
bosqichga ajratadi?
9. Psixologiyaning qanday ilmiy yo`nalishlarini bilasiz?
10. Psixologiyaning yirik ilmiy maktablari?