PUBLITSISTIK USLUB. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TILI. PUBLITSISTIK JANRDAGI MAQOLALAR TAHLILI
Yuklangan vaqt
2024-05-24
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
476,0 KB
Ilmiybaza.uz
PUBLITSISTIK USLUB. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TILI.
PUBLITSISTIK JANRDAGI MAQOLALAR TAHLILI
Tashviqot-targ‘ibot ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan uslub, ya’ni matbuot
uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik, tushunarli bo‘lish, ta’sirchanlik,
adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy belgilaridan hisoblanadi.
Ommabop uslubning radio, televideniyada ishlatiladigan ko‘rinishi og‘zaki
ommabop uslub deyilsa, gazeta-jurnallarda ishlatiladigan ko‘rinishi yozma
ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi.
Nutq ta’sirchan bo‘lishi uchun ta’sirchan so‘z va birikmalardan, maqol va hikmatli
so‘zlardan foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi,
kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalaniladi, darak, his-hayajon va
ritorik so‘roq gaplar, yoyiq undalmalar, takroriy so‘z va birikmalardan unumli
foydalaniladi.
Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan
barcha turdagi asarlarni o‘z ichiga oladi. Bu uslub ham o‘zining yozma va og‘zaki
ko‘rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag‘ishlangan
bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar uslubning
yozma turidagi asarlardir.
Publitsistik
uslubning
yozma
va
og‘zaki
ko‘rinishlari
o‘ziga
xos
xususiyatlariga ega bo‘lsa-da, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga
bo‘ysunadi. Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik,
hozirjavoblik, o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ‘ibot
kabi xususiyatlar mavjud bo‘ladi.
Ilmiybaza.uz
Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi.
Bu uslubning yozma turiga publitsistik maqolalar, feleton, murojaatnoma, xatlar,
chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va
targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik, o‘tkir va
ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi
belgilar ustunlik qiladi.
Shunga ko‘ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning
ishlatilishi) ham, badiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo‘yoqdor so‘zlarni
qo‘llash) ham o‘zaro uyg‘unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina
qayd qilinmay, jo‘shqin va haroratli ifodalanadi, ulardan umumiy xulosalar
chiqariladi hamda muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali ommaga
ta’sir ko‘rsatiladi.
Ilmiybaza.uz
Ilmiybaza.uz