Pul bozorida muvozanat

Yuklangan vaqt

2024-10-19

Yuklab olishlar soni

11

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

59,6 KB


 
 
 
 
 
 
Pul bozorida muvozanat 
 
 
Reja: 
1.Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari  
2.Pulga talabning klassik nazariyasi  
3.Pulga talabning keynscha nazariyasi 
 
Tayanch so’z va iboralar: pul, likvidlilik, pul massasi, pulga talab, pul taklifi, 
pul multiplikatori, daromadlar darajasi,  pulning aylanish tezligi,  foiz stavkasi  
 
8.1. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari. 
 
 Pul – iqtisodiyot sub’ektlari mulkining bir turi bo’lib, mulkning boshqa 
turlaridan ikki xususiyatiga ko’ra farq qilad: 
birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya’ni  qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - 
xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega;  
ikkinchidan, baholar o’zgarmas bo’lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad 
keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha 
kam.  Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga 
harakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funktsiyalaridan topamiz. 
 Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi. 
1. To’lov vositasi (almashinuv vositasi); 
2. Qiymat o’lchovi vositasi. 
3.Jamg’arish  (boylik to’plash)  vositasi.  
Pul bozorida muvozanat Reja: 1.Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari 2.Pulga talabning klassik nazariyasi 3.Pulga talabning keynscha nazariyasi Tayanch so’z va iboralar: pul, likvidlilik, pul massasi, pulga talab, pul taklifi, pul multiplikatori, daromadlar darajasi, pulning aylanish tezligi, foiz stavkasi 8.1. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari. Pul – iqtisodiyot sub’ektlari mulkining bir turi bo’lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko’ra farq qilad: birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya’ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan, baholar o’zgarmas bo’lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funktsiyalaridan topamiz. Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi. 1. To’lov vositasi (almashinuv vositasi); 2. Qiymat o’lchovi vositasi. 3.Jamg’arish (boylik to’plash) vositasi.
 
 
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to’lov 
vositasiga aylantiradi.  Hozirgi zamon iqtisodiyotida to’lovlar uch yo’l bilan 
amalgam oshiriladi: 1)  naqd pul to’lovi; 2) bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali, 
ya’ni naqd bo’lmagan pul ko’chirish orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga 
qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida. 
Qiymat o’lchovi sifatida pullar tovarlar  bahosini ifodalaydi va turli tovarlar 
qiymatini taqqoslash  imkonini beradi.   
O’z tovari uchun olgan  pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi.  
Shu sababga ko’ra pullar ularga o’tkazilgan qiymatni saqlab turishlari  juda muhim. 
Agar pul  aytilgan xususiyatga ega bo’lsa, unda u boylik to’plash maqsadida 
jamg’ariladi. Pulning bu funktsiyasini muqobil tarzda mulkning  boshqa  turlari - 
obligatsiyalar, aktsiyalar, ko’chmas mulk ham bajarishi mumkin.   
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi 
jamg’arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ao’hamiyat kasb etadi. 
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha 
turdagi to’lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning 
likvidliligi djarajasi  muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq.   
Shu sababli  pul massasi  likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga 
asoslangan agregatlarga bo’linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini 
aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi. 
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o’zaro farq qilish 
mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz: 
M0- bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining Markaziy 
bankdagi rezervlari; 
M1 = M0 +    muddatsiz depozitlar, yo’l cheklari va  boshqalar; 
M2 =M1 +   (miqdori  va muddati cheklangan) muddatli depozitlar  va 
boshqalar ; 
M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va 
boshqalar”* 
                                                 
* Саидова Г., Шадыбаев Т. Макроэкономика Т., ИПАК «Шарк» 2003, 34 -с.. 
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to’lov vositasiga aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida to’lovlar uch yo’l bilan amalgam oshiriladi: 1) naqd pul to’lovi; 2) bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali, ya’ni naqd bo’lmagan pul ko’chirish orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida. Qiymat o’lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi. O’z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi. Shu sababga ko’ra pullar ularga o’tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo’lsa, unda u boylik to’plash maqsadida jamg’ariladi. Pulning bu funktsiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, aktsiyalar, ko’chmas mulk ham bajarishi mumkin. Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi jamg’arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ao’hamiyat kasb etadi. Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to’lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo’linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi. Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o’zaro farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz: M0- bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining Markaziy bankdagi rezervlari; M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo’l cheklari va boshqalar; M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar ; M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va boshqalar”* * Саидова Г., Шадыбаев Т. Макроэкономика Т., ИПАК «Шарк» 2003, 34 -с..
 
 
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko’p foydalaniladi. Pul 
agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog’liq. Masalan, daromadlarning 
oshishi natijasida M1ga talab tezroq o’ssa, foiz stavkasining o’sishi natijasida M2 va 
M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o’sadi. 
 
8.2. Pul taklifi. Bank multiplikatori. 
Pul taklifi (Ms) o’z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur 
bo’lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo’lgan 
depozitlarni oladi: 
                                               Ms = S+D. 
 Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega.. Uni 
amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. 
“Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida 
banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq 
huquqiga ega”*.  Ammo pul taklifini ko’paytirish imkoniga yoki pul yaratish 
qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to’lov vositalari 
emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning 
depoziti 2000 so’mga o’sgan bo’lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo’lganda (zahira 
normasi – tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab 
turish normasi), u 400 so’mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so’mni 
qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so’mga ko’paytiradi va u 
endi 2000+1600=3600 so’mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 
2000 so’mdan tashqari yana 1600 so’m qarz oluvchilar qo’lida qoladi. Agar, 1600 
so’m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo’lgan zahira 
normasida u 320 so’mni zahirada qoldirib, 1280 so’mni kreditga beradi hamda shu 
miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so’nggi pul birligidan 
foydalanishga qadar davom etadi.  Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami  10000 
                                                 
* Ўзбекистон  Республикасининг  “Ўзбекистон Республикаси  Марказий  Банки  тўғрисида”ги  Қонуни, 
1995йил. 21 декабрь / Ўзбекистон банк тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш бўйича қонунчилик 
ҳужжатлари тўплами.Т.: Ўзбекистон,  2003., 18-.б. 
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko’p foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog’liq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezroq o’ssa, foiz stavkasining o’sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o’sadi. 8.2. Pul taklifi. Bank multiplikatori. Pul taklifi (Ms) o’z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur bo’lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo’lgan depozitlarni oladi: Ms = S+D. Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega.. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega”*. Ammo pul taklifini ko’paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to’lov vositalari emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so’mga o’sgan bo’lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo’lganda (zahira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so’mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so’mni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so’mga ko’paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so’mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so’mdan tashqari yana 1600 so’m qarz oluvchilar qo’lida qoladi. Agar, 1600 so’m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo’lgan zahira normasida u 320 so’mni zahirada qoldirib, 1280 so’mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so’nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 * Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки тўғрисида”ги Қонуни, 1995йил. 21 декабрь / Ўзбекистон банк тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш бўйича қонунчилик ҳужжатлари тўплами.Т.: Ўзбекистон, 2003., 18-.б.
 
 
so’mga ko’payganligini ko’rsatadi. Bu jarayonni formula ko’rinishida quyidagicha 
yozishimiz mumkin: 
                                           M = (1/ rr ) x D 
Bunda:   M- pul taklifi hajmi;  rr – majburiy zahiralash normasi ; 
D - dastlabki depozit. 
Keltirilgan formuladan ko’rinib rr koeffitsentiga bog’liq bo’lib, uni 
bankturibdiki, pul taklifi 1/ multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori, deb 
ataladi.  U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan 
yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit pullarining eng ko’p miqdorini bildiradi. 
 
8.3. Pul taklifining kengaytirilgan modeli, pul multiplikatori. 
Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli 
hamda pulning bir qismini depozitlardan naqd pullarga oqib o’tishni hisobga olgan 
holda yoziladi. Bu model bir qator yangi o’zgaruvchilarni o’z ichiga oladi.Bular:  
- pul bazasi (rezerv  pullar, yuqori quvvatli pullar) – bank tizimidan 
tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saqlaydigan depozitlar 
summasi; 
- deponentlash koeffitsienti - Cr = S/ D  
Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak, 
             MV=C+R. 
Pul taklifining kengaytirilgan modelini  iuyidagicha yozish mumkin: 
                     Cr +1 
           Ms =------------- · MB                yoki    Ms = m · MB 
                      Cr + rr 
                       (Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir so’mlik 
pul bazasi hisobiga necha so’mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko’rsatadi. Pul 
multiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko’rinishida yozish mumkin: 
                    Ms            S+D            S/ D + D/ D         Cr + 1 
      m = ------------ = ----------- =  ------------------- = --------------                  
         MB            C+R             S/ D + R / D         Cr +rr 
so’mga ko’payganligini ko’rsatadi. Bu jarayonni formula ko’rinishida quyidagicha yozishimiz mumkin: M = (1/ rr ) x D Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ; D - dastlabki depozit. Keltirilgan formuladan ko’rinib rr koeffitsentiga bog’liq bo’lib, uni bankturibdiki, pul taklifi 1/ multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit pullarining eng ko’p miqdorini bildiradi. 8.3. Pul taklifining kengaytirilgan modeli, pul multiplikatori. Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli hamda pulning bir qismini depozitlardan naqd pullarga oqib o’tishni hisobga olgan holda yoziladi. Bu model bir qator yangi o’zgaruvchilarni o’z ichiga oladi.Bular: - pul bazasi (rezerv pullar, yuqori quvvatli pullar) – bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saqlaydigan depozitlar summasi; - deponentlash koeffitsienti - Cr = S/ D Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak, MV=C+R. Pul taklifining kengaytirilgan modelini iuyidagicha yozish mumkin: Cr +1 Ms =------------- · MB yoki Ms = m · MB Cr + rr (Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir so’mlik pul bazasi hisobiga necha so’mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko’rsatadi. Pul multiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko’rinishida yozish mumkin: Ms S+D S/ D + D/ D Cr + 1 m = ------------ = ----------- = ------------------- = -------------- MB C+R S/ D + R / D Cr +rr
 
 
   Cr miqdori – aholining o’z mablag’larini naqd pullar va depozitlar o’rtasida 
qanday proportsiyada saqlashni tanlashga bog’liq.   
rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan 
majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo’ljallanayotgan 
ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog’liq. 
Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga bog’liq ekan. Pul 
multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday 
o’zgarishini ko’rsatadi. 
Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta’sir etish yo’li bilan 
tartibga soladi. 
Mamlakatda pul miqdori ko’payadi, agar: 
-pul bazasi o’ssa; 
- majburiy zahiralash normasi pasaytirilsa; 
- tijorat banklarining ortiqcha rezervlari kamaysa; 
-naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa. 
  
8.4. Pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari. 
Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo’lgan talabni almashinuv tenglamasi 
yordamida aniqlaydi: 
                                  M · V = P · Y 
Bu erda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; 
                P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM. 
Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror 
bo’lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga 
hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o’zgarishi 
mumkin. V doimiy bo’lgan sharoitda almashtirish tenglamasi  quyidagicha bo’ladi: 
    
                                  M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi),  bundan:   
                
                                                      P · Y 
Cr miqdori – aholining o’z mablag’larini naqd pullar va depozitlar o’rtasida qanday proportsiyada saqlashni tanlashga bog’liq. rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo’ljallanayotgan ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog’liq. Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga bog’liq ekan. Pul multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday o’zgarishini ko’rsatadi. Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta’sir etish yo’li bilan tartibga soladi. Mamlakatda pul miqdori ko’payadi, agar: -pul bazasi o’ssa; - majburiy zahiralash normasi pasaytirilsa; - tijorat banklarining ortiqcha rezervlari kamaysa; -naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa. 8.4. Pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari. Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo’lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi: M · V = P · Y Bu erda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM. Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bo’lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o’zgarishi mumkin. V doimiy bo’lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo’ladi: M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan: P · Y
 
 
                                 M=   ----------- 
                                               V* 
 
P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va  doimiy miqdorligini hisobga 
olsak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va 
xizmatlar miqdori va ularning bahosi o’zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal 
YaIM o’zgarishiga bog’liq. Muomaladagi pul massasining o’zgarishi, klassik 
nazariyaga ko’ra, Y sekin o’zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta’sir 
ko’rsatadi. Bu holat “pulning neytralligi” nomini olgan. 
Monetaristlar qoidasiga ko’ra hukumat pul massasining o’sish sur’atini, real 
YaMMning o’rtacha o’sish sur’ati darajasida ta’minlab tursalar iqtisodiyotda 
baholar darajasi barqaror bo’ladi. 
Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij 
tenglamasidan ham keng foydalaniladi: 
 
M=k*PY 
 
Bu erda: k= 1/V    – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor.                      
k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini 
ko’rsatadi. 
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo’lgan turlicha moliyaviy 
aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko’rinishida saqlashni tanlash 
imkoniyati mavjudligini ko’zda tutadi. 
Pulga real talab quyidagi ko’rinishda hisoblanadi: 
  
(M/P) D  = k Y 
 
Bu erda: M/R – “real pul qoldig’i”, “pul mablag’larining real zahirasi” deb 
nomlanadi. 
 
M= ----------- V* P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi o’zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM o’zgarishiga bog’liq. Muomaladagi pul massasining o’zgarishi, klassik nazariyaga ko’ra, Y sekin o’zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu holat “pulning neytralligi” nomini olgan. Monetaristlar qoidasiga ko’ra hukumat pul massasining o’sish sur’atini, real YaMMning o’rtacha o’sish sur’ati darajasida ta’minlab tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo’ladi. Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi: M=k*PY Bu erda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor. k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko’rsatadi. Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo’lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko’rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko’zda tutadi. Pulga real talab quyidagi ko’rinishda hisoblanadi: (M/P) D = k Y Bu erda: M/R – “real pul qoldig’i”, “pul mablag’larining real zahirasi” deb nomlanadi.
 
 
Pulga talabning keynscha nazariyasi. 
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni 
naqd ko’rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko’rsatadi: 
1. transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab); 
2. ehtiyotkorlik sababli (ko’zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda 
naqd pullarni saqlash); 
3. spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib olish 
uchun pulga talab). 
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o’rtasidagi teskari 
bog’liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko’tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi, 
ularga talab esa oshadi. Bu esa o’z navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga 
hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. 
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal 
biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko’rsatadiki pulga bo’lgan talab miqdori 
foiz stavkasiga bog’liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo’lda ushlab turishning 
muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo’lda 
ushlab turgan sharoitda yo’qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non 
talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo’lda ushlab turish miqdori ham 
pul zahiralariga talab miqdoriga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi 
oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat 
qiladi.  
Real pul zahiralariga talab funktsiyasini quyidagi ko’rinishda yozamiz: 
M/R = f(R) 
Bu tenglama ko’rsatayaptiki, pulga bo’lgan talab miqdori foiz stavkasi 
funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zahiralari miqdoriga talab teskari 
bog’liklikka ega ekanligi ko’rinadi. Chunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab 
miqdorining kamayishini ko’rsatadi 
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning 
quyidagi omillarini ajratib ko’rsatish mumkin: 
1) daromadlar darajasi; 
Pulga talabning keynscha nazariyasi. Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd ko’rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko’rsatadi: 1. transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab); 2. ehtiyotkorlik sababli (ko’zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda naqd pullarni saqlash); 3. spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib olish uchun pulga talab). Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o’rtasidagi teskari bog’liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko’tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o’z navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko’rsatadiki pulga bo’lgan talab miqdori foiz stavkasiga bog’liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo’lda ushlab turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo’lda ushlab turgan sharoitda yo’qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo’lda ushlab turish miqdori ham pul zahiralariga talab miqdoriga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi. Real pul zahiralariga talab funktsiyasini quyidagi ko’rinishda yozamiz: M/R = f(R) Bu tenglama ko’rsatayaptiki, pulga bo’lgan talab miqdori foiz stavkasi funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zahiralari miqdoriga talab teskari bog’liklikka ega ekanligi ko’rinadi. Chunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab miqdorining kamayishini ko’rsatadi Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning quyidagi omillarini ajratib ko’rsatish mumkin: 1) daromadlar darajasi;