Pul kredit siyosati
Reja:
1. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari.
2. Pul taklifi. Bank multiplikatori.
3. Pul taklifining kengaytirilgan modeli pul multiplikatori.
4. Pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari.
5. Pul bozorida muvozanat.
6. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi.
Tayanch so’z va iboralar: pul, likvidlilik, pul massasi, pulga talab, pul taklifi,
pul multiplikatori, daromadlar darajasi, pulning aylanish tezligi, foiz stavkasi
1. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari.
Pul – iqtisodiyot sub’ektlari mulkining bir turi bo’lib, mulkning boshqa
turlaridan ikki xususiyatiga ko’ra farq qilad:
birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya’ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf -
xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega;
ikkinchidan, baholar o’zgarmas bo’lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad
keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha
kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga
harakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funktsiyalaridan topamiz.
Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi.
1. To’lov vositasi (almashinuv vositasi);
2. Qiymat o’lchovi vositasi.
3.Jamg’arish (boylik to’plash) vositasi.
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to’lov
vositasiga aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida to’lovlar uch yo’l bilan
amalgam oshiriladi: 1) naqd pul to’lovi; 2) bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali,
ya’ni naqd bo’lmagan pul ko’chirish orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga
qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida.
Qiymat o’lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar
qiymatini taqqoslash imkonini beradi.
O’z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi.
Shu sababga ko’ra pullar ularga o’tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim.
Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo’lsa, unda u boylik to’plash maqsadida
jamg’ariladi. Pulning bu funktsiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari -
obligatsiyalar, aktsiyalar, ko’chmas mulk ham bajarishi mumkin.
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi
jamg’arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ao’hamiyat kasb etadi.
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha
turdagi to’lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning
likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq.
Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga
asoslangan agregatlarga bo’linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini
aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o’zaro farq qilish
mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
M0 - bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining Markaziy
bankdagi rezervlari;
M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo’l cheklari va boshqalar;
M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va
boshqalar ;
M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va
boshqalar”*
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko’p foydalaniladi. Pul
agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog’liq. Masalan, daromadlarning
oshishi natijasida M1ga talab tezroq o’ssa, foiz stavkasining o’sishi natijasida M2 va
M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o’sadi.
2. Pul taklifi. Bank multiplikatori.
Pul taklifi (Ms) o’z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur
bo’lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo’lgan
depozitlarni oladi:
Ms = S+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega.. Uni
amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida.
“Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida
banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq
huquqiga ega”*. Ammo pul taklifini ko’paytirish imkoniga yoki pul yaratish
qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to’lov vositalari
emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning
depoziti 2000 so’mga o’sgan bo’lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo’lganda (zahira
normasi – tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab
turish normasi), u 400 so’mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so’mni
qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so’mga ko’paytiradi va u
endi 2000+1600=3600 so’mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi
2000 so’mdan tashqari yana 1600 so’m qarz oluvchilar qo’lida qoladi. Agar, 1600
so’m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo’lgan zahira
normasida u 320 so’mni zahirada qoldirib, 1280 so’mni kreditga beradi hamda shu
* Саидова Г., Шадыбаев Т. Макроэкономика Т., ИПАК «Шарк» 2003, 34 -с..
* Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки тўғрисида”ги Қонуни,
1995йил. 21 декабрь / Ўзбекистон банк тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш бўйича қонунчилик
ҳужжатлари тўплами.Т.: Ўзбекистон, 2003., 18-.б.
miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so’nggi pul birligidan
foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000
so’mga ko’payganligini ko’rsatadi. Bu jarayonni formula ko’rinishida quyidagicha
yozishimiz mumkin:
M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ;
D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko’rinib rr koeffitsentiga bog’liq bo’lib, uni
bankturibdiki, pul taklifi 1/ multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori, deb
ataladi. U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan
yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit pullarining eng ko’p miqdorini bildiradi.
3. Pul taklifining kengaytirilgan modeli, pul multiplikatori.
Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli
hamda pulning bir qismini depozitlardan naqd pullarga oqib o’tishni hisobga olgan
holda yoziladi. Bu model bir qator yangi o’zgaruvchilarni o’z ichiga oladi.Bular:
- pul bazasi (rezerv pullar, yuqori quvvatli pullar) – bank tizimidan
tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saqlaydigan depozitlar
summasi;
- deponentlash koeffitsienti - Cr = S/ D
Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak,
MV=C+R.
Pul taklifining kengaytirilgan modelini iuyidagicha yozish mumkin:
Cr +1
Ms =------------- · MB yoki Ms = m · MB
Cr + rr
(Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir so’mlik
pul bazasi hisobiga necha so’mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko’rsatadi. Pul
multiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko’rinishida yozish mumkin:
Ms S+D S/ D + D/ D Cr + 1
m = ------------ = ----------- = ------------------- = --------------
MB C+R S/ D + R / D Cr +rr
Cr miqdori – aholining o’z mablag’larini naqd pullar va depozitlar o’rtasida
qanday proportsiyada saqlashni tanlashga bog’liq.
rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan
majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo’ljallanayotgan
ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog’liq.
Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga bog’liq ekan. Pul
multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday
o’zgarishini ko’rsatadi.
Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta’sir etish yo’li bilan
tartibga soladi.
Mamlakatda pul miqdori ko’payadi, agar:
-pul bazasi o’ssa;
- majburiy zahiralash normasi pasaytirilsa;
- tijorat banklarining ortiqcha rezervlari kamaysa;
-naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa.
4. Pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari.
Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo’lgan talabni almashinuv tenglamasi
yordamida aniqlaydi:
M · V = P · Y
Bu erda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM.
Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror
bo’lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga
hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o’zgarishi
mumkin. V doimiy bo’lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo’ladi:
M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
P · Y
M= -----------
V*
P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga
olsak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va
xizmatlar miqdori va ularning bahosi o’zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal
YaIM o’zgarishiga bog’liq. Muomaladagi pul massasining o’zgarishi, klassik
nazariyaga ko’ra, Y sekin o’zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta’sir
ko’rsatadi. Bu holat “pulning neytralligi” nomini olgan.
Monetaristlar qoidasiga ko’ra hukumat pul massasining o’sish sur’atini, real
YaMMning o’rtacha o’sish sur’ati darajasida ta’minlab tursalar iqtisodiyotda
baholar darajasi barqaror bo’ladi.
Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij
tenglamasidan ham keng foydalaniladi:
M=k*PY
Bu erda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor.
k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini
ko’rsatadi.
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo’lgan turlicha moliyaviy
aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko’rinishida saqlashni tanlash
imkoniyati mavjudligini ko’zda tutadi.
Pulga real talab quyidagi ko’rinishda hisoblanadi:
(M/P) D = k Y
Bu erda: M/R – “real pul qoldig’i”, “pul mablag’larining real zahirasi” deb
nomlanadi.
Pulga talabning keynscha nazariyasi.
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni
naqd ko’rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko’rsatadi:
1. tranzaktsion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab);
2. ehtiyotkorlik sababli (ko’zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda
naqd pullarni saqlash);
3. spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib olish
uchun pulga talab).
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o’rtasidagi teskari
bog’liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko’tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi,
ularga talab esa oshadi. Bu esa o’z navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga
hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi.
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal
biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko’rsatadiki pulga bo’lgan talab miqdori
foiz stavkasiga bog’liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo’lda ushlab turishning
muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo’lda
ushlab turgan sharoitda yo’qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non
talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo’lda ushlab turish miqdori ham
pul zahiralariga talab miqdoriga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi
oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat
qiladi.
Real pul zahiralariga talab funktsiyasini quyidagi ko’rinishda yozamiz:
M/R = f(R)
Bu tenglama ko’rsatayaptiki, pulga bo’lgan talab miqdori foiz stavkasi
funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zahiralari miqdoriga talab teskari
bog’liklikka ega ekanligi ko’rinadi. Chunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab
miqdorining kamayishini ko’rsatadi
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning
quyidagi omillarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) daromadlar darajasi;
2) pulning aylanish tezligi;
3) foiz stavkasi.
Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog’lasa,
keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog’liq deb hisoblanadi.
R
Md=f(R)
M/R
1-chizma. Pulga talab grafigi
Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig’iga talab
formulasi quyidagicha bo’ladi:
(M/P) D =f (R, Y);
Bu erda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
Chiziqli bog’liqlikni e’tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo’ladi:
(M/P)D = kY - hR
Bu erda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta’sirchanligini
ifodalovchi koeffitsientlar; k – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur’atini ayirib topiladi.
Daromad darajasining o’zgarishi foiz stavkasi o’zgarmas bo’lgan sharoitda
ham pulga talabning ko’payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri
chizig’ining siljishi ko’rinishida namoyon bo’ladi.
5. Pul bozorida muvozanat
Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun
pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)s darajasida qayd
qilingan deb olamiz.
Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining
real zahirasi miqdorini ko’rsatadi.
(M/P) s = M*/P*
Bu erda: M - pul taklifi darajasini bildiradi;
P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o’zgaruvchi )ni ko’rsatadi.
18-chizma real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog’liq bo’lmagan
vaziyatni ko’rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda
ko’rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi. Bu holat foiz
stavkasi qanchalik o’zgarishiga qaramasdan real pul taklifi miqdori o’zgarmasdan
qolgan vaziyatni aks ettiradi.
Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi
M*/P* ga teng va grafikda Ms to’g’ri chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi.
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proportsional egri
chiziq ko’rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o’zaro teng, (19-
chizma).
O’zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz
stavkasining o’zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o’z aktivlari tarkibini
o’zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta’sir etib
uni o’zgartirish zarur va mumkindir. Agar R juda yuqori bo’lsa, pul taklifi unga
bo’lgan talabdan yuqori bo’ladi. Iqtisodiy agentlar o’zlarida to’planib qolgan
ortiqcha naqd pullarni aktsiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga
intilishadi.
R R
Ms
Ms Re
MD
M*/P* M/P M*/P* M/P
2-chizma. Real pul vositalari zahi- 3-chizma. Pul bozorida muvozanat
rasi taklifi grafigi modeli
Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastroq
darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi
pasayishi oqibatida ular kursi o’sishini ko’zda tutib) sotib olish foydali bo’ladi.
Banklar, Ms> Md bo’lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-
sekin iqtisodiy agentlar o’z avtivlari tarkibini o’zgartirishi va banklar tomonidan foiz
stavkasining o’zgartirilishi oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz
stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon ro’y beradi.
R Ms2 Ms1
R Ms
R2
R2 M2d(Y2)
R1 M1d(Y1) R1 Md
M*/P* M/P M*2/P* M*1/P* M/P
4-chizma. Daromadlar darajasining 5- Pul taklifining kamayishi
oshishi natijasida pulga natijasida pul bozorida muvo-
talabning o’zgarishi. zanatning o’zgarishi.
Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o’zgarib turishi pul
bozorining ekzogen o’zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining
o’zgarishi natijasida ham ro’y beradi.
Grafik ko’rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziqlarining siljishi
sifatida namoyon bo’ladi (20, 21 chizmalar).
Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga qadar o’sishi (20-chizma) pulga talabni
M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga qadar ko’tarilishiga
olib keladi.Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko’tarilishiga va
muvozanat nuqtasining o’zgarishiga olib keladi.
Pul bozorida muvozanatni o’rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli
qog’ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal
qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat
singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir.
6. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi.
Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida amalga
oshiriladi. Bunday mussasalarga turli xil banklar, birjalar, depozitariylar, sug’urta
kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar va h.k.lar kiradi.
«Bank» tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca so’zlaridan kelib
chiqqan bo’lib, «sarrof kursisi, do’koni» degan ma’noni anglatadi. Bunday
tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat ko’rsatgan
bankirlar haqidagi ma’lumotlarida ham mavjud.
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank
iqtisodiyot ishtirokchilarining pul yuzasidan bo’lgan aloqalariga xizmat qiluvchi
institut (muassasa)dir. Pul bilan bog’liq xizmatlarni ko’rsatuvchi tashkilotlar ko’p,
ammo ularning markazida banklar turadi. O’zbekiston Respublikasining «Banklar
va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunida, bank nima, degan savolga quyidagicha
javob topish mumkin:
Bank - tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari
majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.
O’zbekistondagi bank tizimi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki,
aktsiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2005 yil 1-iyul
holatiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi bank tizimi 29 tijorat bankini o’z ichiga
oldi.
Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor - yurak, pul bilan bo’ladigan
hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Hamma pul to’lovlari (transfertlar) banklar orqali
o’tadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi;
- pul bilan bo’ladigan hisob-kitob opretsiyalarini, xususan, pul to’lash
ishlarini bajaradi;
- chet el valyutasini sotadi va sotib oladi;
- o’z qo’lidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti bilan unga
(muhtojlarga) qarz (ssuda)ga beradi, ya’ni, kredit bilan shug’ullanadi;
- o’z puliga aktsiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi;
- biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo.
Bank ishi pul olamida bo’ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish
maqsadida yuritiladi.
Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va pirovard
natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas
bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va asosiy
vazifalari quyidagilar:
“Markaziy banning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini
ta’minlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
Qzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va
ta’minlash;
Banklar,kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda
tartibga
solish,banklar,
kredituyushmalari,
garovxonalarni
nazorat
qilish,
qimmatbaho qog’ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezervlarini, shu jumladan
kelishuv bo’yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;
Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan
iboratdir”
Tijorat banklari Markaziy bankda o’z qisqa muddatli va o’rta muddatli
majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb yuritiladigan foizsiz
omonatlarni saqlashga majbur.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o’zining mintaqaviy
bo’linmalari orqali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot
va yillik yakuniy balans ma’lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.
Kredit muassasalarining bo’ysinishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit
tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank tizimini
ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin.
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan,
Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit - hisob
xizmati ko’rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bo’yiga
(vertikal) va eniga (gorizontal) yo’nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal –
rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank bilan quyi
bo’g’inlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar o’rtasidagi bo’ysunish munosabatlari,
gorizontal-turli quyi bo’g’inlar o’rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari
tushuniladi.
O'zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta'sir etuvchi qudratli tuzilmaga
aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyutsion, ya'ni tadrijiy yo'lini bosib
o'tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to'g'ri keldi1.
1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O'zbekiston iqtisodiyoti
rivojlanishining o'zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish
uslublarini o'zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo'la bordi. 1991-1992
yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunining
qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy
banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo'lib xizmat qildi. Uning
oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to'lov tizimini
shakllantirish vazifalari qo'yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish
endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi
ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi.
1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994 yilning 1
iyulidan e'tiboran milliy valyuta — so'mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank
tizimining, umuman, O'zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat
kasb etdi. Bu Markaziy bank o'z faoliyatida to'liq mustaqil bo'lganini, kelgusida
bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil eti-
lishiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. Aynan shu vaqtdan boshlab
Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga oid ishlarni tartibga
solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik samarali to'lov tizimini yaratish
bo'yicha faoliyati to'laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini ta'minlashga
qaratildi.
1995 yil bank qonunchiligini takomillashtirish davri bo'lgani bilan ajralib
turadi. Tarixiy muhim hujjat — “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki
1 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari www.cbu.uz
to'g'risida”gi Qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va
vakolatlarini, asosiy maqsad-vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi. Shu bilan bir
qatorda mazkur yilda aholiga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek,
kredit va depozit bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur sharoitlar
yaratildi. Banklarning kapital hajmiga jalb etiladigan aholi jamg'armalari miqdorini
cheklovchi qoida bekor qilingach, bank muassasalarining imkoniyatlari sezilarli
darajada kengaydi va raqobat kuchaydi. Buning samarasi darhol namoyon bo'ldi.
Agar 1994 yil boshida aholi jamg'armalarining 98,5 foizi Jamg'arma banki (hozirgi
Xalq banki), 1,5 foizi esa boshqa banklar hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, o'sha yil
oxirida boshqa tijorat banklarining hissasi ham ko'payib, bu boradagi ko'rsatkich
12,8 foizga etdi. Bugungi kunga kelib, bu boradagi ko'rsatkich 83,2 foizni tashkil
etmoqda.
1996 yil. Ushbu yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Banklar
va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi — tijorat
banklari faoliyatining huquqiy asosini konkretlashtirdi.
Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat — “O'zbekiston Respublikasining
Markaziy banki to'g'risida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi
O'zbekiston Respublikasi Qonunlarining ishlab chiqilishida rivojlangan moliya
tizimiga ega mamlakatlar tajribasi inobatga olinganini alohida ta'kidlash joiz.
Mazkur qonunlar, shuningdek, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar
huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonun nodavlat banklarning xususiy va
aktsiyadorlik-tijorat shaklida tashkil etilishiga qulay huquqiy sharoit yaratdi. Bu
davrda bank tizimi rivojiga alohida ta'sir etgan ikki omilni ajratib ko'rsatish mumkin.
Birinchisi, olib borilgan islohotlar natijasida 1996 yilda O'zbekiston Respublikasi
Markaziy banki monetar boshqaruv va bank nazoratining to'la huquqli organi bo'ldi.
Ikkinchisi, O'zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi
Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi – tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini
aniq-puxta belgilab berdi. Unda bank aktivlarini diversifikatsiyalash va xorijiy
kapital jalb qilish asosida universal tijorat banklarini shakllantirish printsiplari
mustahkamlangan.
Bu davrda iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga xizmat ko'rsatuvchi kredit-
moliya tashkilotlari tashkil etildi. Bunday ixtisoslashuv qishloq xo'jaligi, avtomobil
sanoati, aviasozlik kabi xalq xo'jaligining muayyan soha va tarmoqlarini
moliyalashtirish zarurati bilan bog'liq edi. Kelgusida ixtisoslashgan banklar o'z
operatsiyalari va mijozlari doirasini mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining yangi
darajasi va biznes-muhit talablariga ko'ra kengaytira boradi.
Mazkur davrda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank sektorini
boshqaruvchi va nazorat qiluvchi organ sifatida shakllanish jarayonlari davom etdi.
Bank tizimiga taalluqli qonunchilik bazasi sifat jihatidan yangilanib, xalqaro bank
amaliyoti bilan muvofiqlashtirildi.
1997 yil. Ushbu yilda islohotlarning strategik yo'nalishlaridan biri bank
sektorida xususiy kapital oqimini rag'batlantirishdan iborat bo'ldi.
Mazkur jarayon 1997 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy
tijorat banklarini tashkil qilishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi
Farmoni e'lon qilinganidan so'ng jadallashdi. Unda jismoniy shaxslarning 50 foizdan
kam bo'lmagan ulushi bilan banklar ochish uchun imtiyozlar taqdim etish ko'zda
tutilgan edi. 1997 yil bank tizimining rivojlanish tarixida bank faoliyatida axborot
tizimlarini joriy etish boshlangani bilan ahamiyatlidir. Ma'lumki, o'sha vaqtgacha
respublika hududida amaldagi barcha hisob-kitoblar kun bo'yi olib borilar edi. 1997
yilning mart oyidan yangi dasturiy ta'minot joriy etilib, barcha hisob-kitoblar
avtomatik rejimda amalga oshirila boshlandi. Bu esa to'lovlarni respublika
tashqarisida 15 daqiqa mobaynida, Toshkentdan chekka joylarda atigi 3 daqiqada
amalga oshirish imkonini berdi.
Aynan o'sha vaqtda hisob-kitoblar mexanizmi ishlab chiqildi va banklararo
elektron to'lovlarning zamonaviy tizimi joriy etildi. Banklarga o'sha vaqtdagi noyob
imkoniyat — kompyuter va telekommunikatsiya uskunalarini xarid qilish va
departamentlarni ular bilan jihozlash imkoniyati berildi. Ular mablag'larni o'z