O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI BO’LIM
“PUL VA BANKLAR” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU:
PUL
NAZARIYALARI
TO‘G‘RISIDA
UMUMIY TUSHUNCHA
Bajardi:
Tekshirdi: _____________________.
Toshkent-2021
PUL NAZARIYALARI TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Reja
1. Pul nazariyalari to‘g‘risida umumiy tushuncha
2. Pulning metallik nazariyasi
3. Oltin tanga standarti
1. Pul nazariyalari to‘g‘risida umumiy tushuncha
Pul nazariyalari - pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga
ta’siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish
usuligacha bo‘lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida,
pul-tovar mu-nosabatlari xo‘jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan
davrdagina pul nazariyasi keng tarqaldi.
Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosabat pul nazariyalarining
markaziy masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning
mohiyati,
uning
funktsiyalari
va
pul
muomalasiga
bo‘lgan
qarashlari
pul
nazariyalarini keltirib chiqardi.
Ilk tarixiy pul nazariyalari sifatida
nominallik va metallik nazariyalarni keltirish
mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu
nazariyalar ham o‘zgarib yangi, miqdoriy
nazariyaning paydo bo‘li-shiga asos bo‘ldi.
Hozirgi kunda monetarizm va iqtisodiyotni pul-kredit munosa-batlari orqali
tartiblashtirish nazariyalari ham mavjud. Ammo eng asosiy pul nazariyalari sifatida
metall, nominal va miqdoriy pul nazariyalari tadqiqot qilib kelinmoqda.
Pul nazariyalarining kelib chiqishiga asosiy sabab ishlab chiqa-rishning
taraqqiy etishi va pul muomalasining taraqqiyotdan ma’-lum darajada oqsashini
oldini olish va uni rivojlantirish masa-lasi hisoblanadi.
Qo‘l mehnatidan manifakturaga, manifakturadan sanoat ishlab chiqarishiga
o‘tilishi bilan xalq xo‘jaligida mehnatning integra-tsiyalashuvi ham kuchaydi.
Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi pullik munosabatlar ham
murakkablasha boshladi. Feodalizmgacha bo‘lgan naqd pullik munosabatlar bu davr
talablariga javob bera olmay qoldi. Buni biz Evropadagi XV asr-dagi «pul
tanqisligidan» dan ko‘rishimiz mumkin. Xuddi shu davrdan boshlab pul nazariyalari
to‘g‘risidagi ilk fikrlar yuzaga keldi. Bu nazariyalarning o‘sha davrdagi
muammolarni echishda o‘rni beqiyos bo‘ldi. Ilk bor vujudga kelgan pul nazariyalari
bu metallik va nominallik pul nazariyalari hisoblanadi. Quyida biz pul
nazariyalarining ba’zi birlariga qisqacha ta’rif berib o‘tamiz.
Oxirgi o‘n yillikda pul kelib chiqishining axborot nazariyasi paydo bo‘ldi.
Ba’zi olimlar uni nominalistik, davlat yoki miqdoriy nazariyalar rivojlanishining
navbatdagi bosqichi deb qarashmoqda. Pulning axborot nazariyasiga muvofiq, tovar
va ishchi kuchining qiymatini energetik yoki axborot birlikka ega shakl orqali
ifodalashga urinish xisoblanadi. Mualliflarning fikriga muvofiq, yuqorida
ko‘rsatilgan birliklar xususiyatini pulning iqtisodiy mohiyati bilan hech qanday
aloqasi yo‘q. Pulning metall nazariyasi namoyondalari oltin va kumush o‘z tabiatiga
ko‘ra pul bo‘lganligi uchun, pul muomalasini tovar ayirboshlash bilan bir xil
xisoblashgan. Ushbu yo‘nalishning birinchi namoyondasi XIV asrda ijod qilgan
frantsuz olimi N. Orem xisoblanadi. Ammo, pulning metallictik nazariyasi to‘la va
yakunlangan shaklda merkantilistlar U. Stafford, T. Men, A. Monkreten, keyinchalik
F. Galiani tomonidan shakllantirilgan. Ushbu iqtisodchilarning qarashlari savdogar
burjuaziyaning manfaatlarini yoqlagan edi, chunki ular qimmatbaho metallar
pulning hamma funktsiyalarini bajarganligi sababli milliy boylikni qimmatbaho
metallar bilan bir xil xisoblaganlar. Monopolistik kapitalizmgacha bo‘lgan davrda,
ya’ni qog‘oz pullarni muomalaga kiritish kengaygan davrda nemis iqtisodchilari K.
Knis, V. Leksis, A. Lansburglar sanoat burjuaziyasining manfaatlarini yoqlab
chiqqan va pul birliklarini muomala qilishi mumkinligini inkor etishmagan, ammo
muomaladagi birliklarning majburiy ravishda qimmatbaho metallarga almashtirish
zarur deb bilishgan. Aynan shu davrda qog‘oz pullar almashuvni amalga
oshirishdagi texnik vosita, oltin va kumushga esa tabiiy pul sifatida qarashlar
kuchaygan. Keyinchalik ushbu qarashlar oltin standartini qabul qilinishida o‘z
ifodasini topgan va oxir-oqibatda oltin deviz standarti sifatida shakllangan. Oltin
standart kontseptsiyasi pulning nominalistik nazariyasini shakllanishiga asos soldi.
2. Pulning metallik nazariyasi
Pulning metallik nazariyasi kapital harakatining dastlabki davrida taraqqiy
etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og‘ir-lik miqdorini kamaytirish)ga qarshi
kurashda progressiv rol o‘ynadi. Bu nazariyalar o‘sha davr ruhi va tuzilayotgan
burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori
bo‘lib chiqdilar. Bu nazariya o‘sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati
Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U. Stefford
(1554-1612 y.) edi. U o‘z qarashlarini o‘zining Londonda 1581 yilda chop etilgan
«Vatan-doshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi.
Bu oqim tarafdorlari Angliyada T. Men (1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.),
Frantsiyada bu ta’limotni A. Monkreten (1575-1621y.), Italiyada F. Tamani (1728-
1787y.) va boshqalar rivojlantirdi.
Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining
muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg‘arishga bo‘lgan intilishi
iqtisodchilarning boylik manbaini o‘rganishlariga sabab bo‘ladi. Ular bu manbani
savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi mamlakatga
oltin va kumushning kelishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, ilk metallik nazariya tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho
metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funktsiyalarini bajaradi, deb hisoblar
edilar. Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari quyidagilardan
iborat edi:
– ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi
maqsadga muvofiq kelishini tushunib etma-dilar;
– ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muo-malasi asosida yuzaga
kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushun-madilar;
– ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg‘a-rishni tushundilar va
«bunday boylik manbai savdodir» degan no-o‘rin fikrga keldilar.
Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy
qadriyatlar yig‘indisi ekanligini tushuna olma-dilar. Ilk metallik nazariya
targ‘ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar.
XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmiga kelib sanoat burjuaziyasi
manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariya o‘z mavqeini yo‘qotdi. Ammo XIX
asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K. Knis
(1821-1898 y.) bu naza-riyani himoya qilib chiqdi. Bu g‘oyaning qayta tiklanishiga
1871-1873 yillar. da Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo‘l-di. K.
Knis targ‘iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul
sifatida faqatgina metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham e’tirof
etdi. Bu paytga kelib xo‘jalikda kredit asosiy mavqega ega bo‘la boshladi va bu oltin
monetalar bilan birga muomalada bo‘lib, ularga almashtiri-ladigan banknota
emissiyasining asosini tashkil etdi. K. Knis banknota-larni tan olgan holda, hech
nima bilan ta’minlanmagan qog‘oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha, pul
muomalasi metall bilan ta’minlangan banknotalar va metall monetalarga asoslanishi
shart. Qog‘oz pullar xuddi «qog‘oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K. Knis
ta’kidlashicha, oltin o‘z tabiatiga ko‘ra puldir.
II Jahon urushidan so‘ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta tiklash
mumkin emasligini tan olib, o‘z naza-riyalarini himoya qilish maqsadida oltin
quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni
yoqlab chiqdilar.
3. Oltin tanga standarti
Oltin standarti birinchi marta XVIII asrda Angliyada va XIX asrning
oxirlarida boshqa mamlakatlarda joriy etildi. Bu standart oltin monometalizmi deb
ham ataldi. Oltin tanga standarti oltin standartining ilk ko‘rinishidir. Bu standart I
Jahon urushi bosh-lanishiga qadar hukm surdi.
Oltin tanga standartiga xos bo‘lgan belgilar quyidagilardan iborat bo‘lgan:
tovarlarning baholari faqatgina oltinda o‘lchanishi; oltin tanganing muomalada
bo‘lishi; davlat xazinasi tomonidan cheklanmagan miqdorda moneta zarb qilinishi;
kredit pullarni ularning nominali bo‘yicha oltinga erkin almashtirilishi; oltinni olib
kirish yoki olib chiqishning taqiqlanmaganligi; ichki bozorda oltin moneta va
banknotalar bilan birga haqiqiy qiymatga (ya’ni,
to‘la haqiqiy qiymatga) ega bo‘lmagan chaqalar
va ma’lum kursga ega bo‘lgan davlat qog‘oz
pullarining muomalada bo‘lishi.
Bu tizim mustahkam pul tizimi bo‘lib,
inflyatsiyani inkor etar edi. Muomala uchun zarur
bo‘lmagan oltin miqdori yana xazina ko‘rinishiga qaytar edi. Ammo kapitalizmning
krizisi davrida bu muvozanat izdan chiqdi. II Jahon urushi davrida AQShdan boshqa
urushayotgan davlatlar banknotalarni oltinga almashtirishni va oltinni chetga olib
chiqishni bekor qilishdi. Oltin muomaladan surib chiqarilib xazinaga aylantirildi.
AQShda esa oltin moneta-lar 1934 yilga qadar muomalada bo‘ldi.
I Jahon urushidan keyin, 20-yillarda ba’zi mamlakat-larda oltin quyma
standarti joriy qilindi. Bu standartning oltin tanga standartdan asosiy farqi shunda
ediki, muomaladagi bankno-talar 12-12,5 kg. atrofidagi oltin quymalarga
almashtirilardi. 12,5 kg. lik quymaga banknotani almashtirish uchun Angliyada
1700 ft. st., Frantsiyada 215 ming fr. talab qilinar edi. Bu bilan oltin muomala-dan
xalqaro aylanmaga chiqarildi. Ichki aylanmada esa bunday imko-niyatga faqatgina
yirik firmalar va puldorlar ega bo‘lib qoldilar, xolos.
Oltin quyma standartga kirmagan mamlakatlarda banknota-larni bevosita
oltinga almashtirish tiklanmadi. Bu mamlakatlar o‘z kredit pullarini oltin quyma
standartga
kiruvchi
mamlakatlarning
deviz-lariga
(ya’ni
valyutalariga)
almashtirishni mo‘ljallangan edilar. Bu bir mamlakat valyutasining ikkinchi davlat
valyutasiga bog‘liq-ligini keltirib chiqarar edi. Pul tizimining bu ko‘rinishi oltin
deviz standarti nomini oldi.
1929-33 yillardagi jahon krizisidan keyin barcha mamlakat-larda oltin deviz
standartning ba’zi elementlarini oltin dollar standart o‘zida olib qoldi. Bu
standartning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, birinchidan, bu standartdan
foydalanish huquqi fa-qatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan
edi, ikkinchidan, bu standartda faqatgina AQSh dollarigina oltin bilan aloqasini
saqlab qolgan edi, xolos. 1971 yil dekabr oyidan boshlab dollarning oltin pariteti
bekor qilinishi bilan oltin stan-dartning barcha ko‘rinishlari o‘z kuchini yo‘qotdi.
Oltin standarti barbod bo‘lishi va iqtisodiyotni davlat ish-tirokida
boshqarilishiga o‘tilishi bilan metall pul nazariyasi boshqa nazariya bilan
almashtiriladi. Neometalizmoimining asosiy kamchiligi shundaki, ular iqtisodiyotni
davlat tomonidan bosh-qarilishi bilan oltinga almashtirilmaydigan kredit pullar
orasida ichki bog‘liqlikni e’tiborga olmadilar.
Davrning pul-kredit nazariyasi tarafdorlari iqtisodiy kon’yunkturaning
tebranishlarini sof monetar holat deb xisoblab, xo‘jalik faoliyatining kengayishini
tovarlarga talabning o‘sishi bilan bitta narsa deb bilishgan. Shuning uchun ular
iqtisodiy rivojlanishning sharti kreditlashtirishni kengaytirish, kreditlashtirishni
cheklash esa iqtisodiy o‘sishni pasaytiradi deb bilgan. Pul nazariyasi rivojlanishi
tarixini taxlil qilish mobaynida quyidagi xulosaga kelish mumkin, mavjud iqtisodiy
maktab namoyondalari bir xil, ya’ni birinchidan, pul barqarorligini ta’minlovchi
tamoyillarini asoslashga, ikkinchidan, pulning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sir
etish mexanizmini ishlab chiqish muammosini echishga harakat qilishgan. Iqtisodiy
va siyosiy jihatdan boshqaruvchilar talablariga mos keladigan, biznes yuritishning
asosiy yo‘nalishlariga javob beradigan, iqtisodiyotni boshqarish vazifasini
bajaradigan, iqtisodiyotni rivojlantirishga va bir maromda pul aylanishini
ta’minlashga xizmat qiladigan nazariyalar hayotiy ekanligi isbotlandi. Globallashuv
davrida pul nazariyasi evolyutsiyasining tahlili alohida davlatlar pul nazariyasi
bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Amaliyot pulning qiymat nazariyasini aksioma sifatida
davlatlar tomonidan qabul qilinishiga olib keldi. Bunga xalqaro moliya
institutlarining va davlatlar markaziy banklarining faoliyati yordam berdi. L.N.
Krasavinaning fikriga ko‘ra, pulning qiymatni mehnat nazariyasiga asoslangan
nazariyasi nominalistik va miqdoriy nazariyalari tomonidan siqib chiqarildi. Ammo,
amaliyotning ko‘rsatishicha, qabul qilingan umumiy uslubiy tamoyillar xukmronligi
davlatlar tomonidan milliy monetar siyosatini qo‘llashini inkor etmaydi. Bunga
hozirgi davrda pulning miqdoriy nazariyasi monetar siyosatni olib borishda turli
uslullar va dastaklar kombinatsiyasidan keng foydalanish imkoniyatini yaratib
berishi va uni iqtisodiy boshqarishning shakllarini birlashtirish mumkinligi bilan
izohlanadi. Globallashuv davridagi asosiy masala, pul sohasini boshqarish bo‘yicha
boy nazariy va amaliy tajribadan foydalanib, ularni milliy iqtisodiyotdagi
masalalarni echishdan va global bozorga integratsiyalashuviga yordam berishni
tashkil etishdan iborat
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Словарь-справочник по современным деньгам и рыночным институтам. URL:
http://www.yur.ru/money/sprav/1.html.
2. Rashidov O.Yu., Toymuhamedov I.R., Alimov I.I., Tojiev R.R. Pul, kredit va banklar:
Darslik. –T.: TDIU, 2009. - 439 b.
3. Экономическая энциклопедия. Политическая экономия. Т.2. / Под ред. А.М.
Румянцева. – М.: Советская Энциклопедия, 1975. – 560 б.
4. Экономическая энциклопедия. Политическая экономия. Т.3. / Гл. ред. А.М.
Румянцев. – М.: Советская Энциклопедия, 1979. – 624 б. “Иқтисодиёт ва инновацион
технологиялар” илмий электрон журнали. № 2, март-апрель, 2014 йил 10 www.iqtisodiyot.uz
5. Туганъ-Барановский М.И. Бумажные деньги и металл. – Одесса: Русская
Культура, 1919. – 132 б.
6. J.Tobin – Esseys in Economics. Vol.1., Macroeconomics. – Amsterdum, London. –
1971. 6. Хайек Ф.А. Частные деньги. – М.: Институт Национальной Модели Экономики,
1996. – 229 б. 7. Красавина Л.Н. Проблемы денег в экономической науке // Деньги и кредит.
2001. ¹ 10. Б.3–6.