O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI BO’LIM
“PUL VA BANKLAR” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU:
PUL
NAZARIYALARI
TO‘G‘RISIDA
UMUMIY TUSHUNCHA
Bajardi:
Tekshirdi: _____________________.
Toshkent-2021
PUL NAZARIYALARI TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Reja
1. Pul nazariyalari to‘g‘risida umumiy tushuncha
2. Pulning metallik nazariyasi
3. Oltin tanga standarti
1. Pul nazariyalari to‘g‘risida umumiy tushuncha
Pul nazariyalari - pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga
ta’siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish
usuligacha bo‘lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida,
pul-tovar mu-nosabatlari xo‘jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan
davrdagina pul nazariyasi keng tarqaldi.
Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosabat pul nazariyalarining
markaziy masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning
mohiyati,
uning
funktsiyalari
va
pul
muomalasiga
bo‘lgan
qarashlari
pul
nazariyalarini keltirib chiqardi.
Ilk tarixiy pul nazariyalari sifatida
nominallik va metallik nazariyalarni keltirish
mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu
nazariyalar ham o‘zgarib yangi, miqdoriy
nazariyaning paydo bo‘li-shiga asos bo‘ldi.
Hozirgi kunda monetarizm va iqtisodiyotni pul-kredit munosa-batlari orqali
tartiblashtirish nazariyalari ham mavjud. Ammo eng asosiy pul nazariyalari sifatida
metall, nominal va miqdoriy pul nazariyalari tadqiqot qilib kelinmoqda.
Pul nazariyalarining kelib chiqishiga asosiy sabab ishlab chiqa-rishning
taraqqiy etishi va pul muomalasining taraqqiyotdan ma’-lum darajada oqsashini
oldini olish va uni rivojlantirish masa-lasi hisoblanadi.
Qo‘l mehnatidan manifakturaga, manifakturadan sanoat ishlab chiqarishiga
o‘tilishi bilan xalq xo‘jaligida mehnatning integra-tsiyalashuvi ham kuchaydi.
Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi pullik munosabatlar ham
murakkablasha boshladi. Feodalizmgacha bo‘lgan naqd pullik munosabatlar bu davr
talablariga javob bera olmay qoldi. Buni biz Evropadagi XV asr-dagi «pul
tanqisligidan» dan ko‘rishimiz mumkin. Xuddi shu davrdan boshlab pul nazariyalari
to‘g‘risidagi ilk fikrlar yuzaga keldi. Bu nazariyalarning o‘sha davrdagi
muammolarni echishda o‘rni beqiyos bo‘ldi. Ilk bor vujudga kelgan pul nazariyalari
bu metallik va nominallik pul nazariyalari hisoblanadi. Quyida biz pul
nazariyalarining ba’zi birlariga qisqacha ta’rif berib o‘tamiz.
Oxirgi o‘n yillikda pul kelib chiqishining axborot nazariyasi paydo bo‘ldi.
Ba’zi olimlar uni nominalistik, davlat yoki miqdoriy nazariyalar rivojlanishining
navbatdagi bosqichi deb qarashmoqda. Pulning axborot nazariyasiga muvofiq, tovar
va ishchi kuchining qiymatini energetik yoki axborot birlikka ega shakl orqali
ifodalashga urinish xisoblanadi. Mualliflarning fikriga muvofiq, yuqorida
ko‘rsatilgan birliklar xususiyatini pulning iqtisodiy mohiyati bilan hech qanday
aloqasi yo‘q. Pulning metall nazariyasi namoyondalari oltin va kumush o‘z tabiatiga
ko‘ra pul bo‘lganligi uchun, pul muomalasini tovar ayirboshlash bilan bir xil
xisoblashgan. Ushbu yo‘nalishning birinchi namoyondasi XIV asrda ijod qilgan
frantsuz olimi N. Orem xisoblanadi. Ammo, pulning metallictik nazariyasi to‘la va
yakunlangan shaklda merkantilistlar U. Stafford, T. Men, A. Monkreten, keyinchalik
F. Galiani tomonidan shakllantirilgan. Ushbu iqtisodchilarning qarashlari savdogar
burjuaziyaning manfaatlarini yoqlagan edi, chunki ular qimmatbaho metallar
pulning hamma funktsiyalarini bajarganligi sababli milliy boylikni qimmatbaho
metallar bilan bir xil xisoblaganlar. Monopolistik kapitalizmgacha bo‘lgan davrda,
ya’ni qog‘oz pullarni muomalaga kiritish kengaygan davrda nemis iqtisodchilari K.
Knis, V. Leksis, A. Lansburglar sanoat burjuaziyasining manfaatlarini yoqlab
chiqqan va pul birliklarini muomala qilishi mumkinligini inkor etishmagan, ammo
muomaladagi birliklarning majburiy ravishda qimmatbaho metallarga almashtirish
zarur deb bilishgan. Aynan shu davrda qog‘oz pullar almashuvni amalga
oshirishdagi texnik vosita, oltin va kumushga esa tabiiy pul sifatida qarashlar
kuchaygan. Keyinchalik ushbu qarashlar oltin standartini qabul qilinishida o‘z
ifodasini topgan va oxir-oqibatda oltin deviz standarti sifatida shakllangan. Oltin
standart kontseptsiyasi pulning nominalistik nazariyasini shakllanishiga asos soldi.
2. Pulning metallik nazariyasi
Pulning metallik nazariyasi kapital harakatining dastlabki davrida taraqqiy
etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og‘ir-lik miqdorini kamaytirish)ga qarshi
kurashda progressiv rol o‘ynadi. Bu nazariyalar o‘sha davr ruhi va tuzilayotgan
burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori
bo‘lib chiqdilar. Bu nazariya o‘sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati
Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U. Stefford
(1554-1612 y.) edi. U o‘z qarashlarini o‘zining Londonda 1581 yilda chop etilgan
«Vatan-doshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi.
Bu oqim tarafdorlari Angliyada T. Men (1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.),
Frantsiyada bu ta’limotni A. Monkreten (1575-1621y.), Italiyada F. Tamani (1728-
1787y.) va boshqalar rivojlantirdi.
Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining
muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg‘arishga bo‘lgan intilishi
iqtisodchilarning boylik manbaini o‘rganishlariga sabab bo‘ladi. Ular bu manbani
savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi mamlakatga
oltin va kumushning kelishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, ilk metallik nazariya tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho
metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funktsiyalarini bajaradi, deb hisoblar
edilar. Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari quyidagilardan
iborat edi:
– ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi
maqsadga muvofiq kelishini tushunib etma-dilar;
– ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muo-malasi asosida yuzaga
kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushun-madilar;
– ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg‘a-rishni tushundilar va
«bunday boylik manbai savdodir» degan no-o‘rin fikrga keldilar.
Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy
qadriyatlar yig‘indisi ekanligini tushuna olma-dilar. Ilk metallik nazariya
targ‘ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar.
XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmiga kelib sanoat burjuaziyasi
manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariya o‘z mavqeini yo‘qotdi. Ammo XIX
asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K. Knis
(1821-1898 y.) bu naza-riyani himoya qilib chiqdi. Bu g‘oyaning qayta tiklanishiga
1871-1873 yillar. da Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo‘l-di. K.
Knis targ‘iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul
sifatida faqatgina metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham e’tirof
etdi. Bu paytga kelib xo‘jalikda kredit asosiy mavqega ega bo‘la boshladi va bu oltin
monetalar bilan birga muomalada bo‘lib, ularga almashtiri-ladigan banknota
emissiyasining asosini tashkil etdi. K. Knis banknota-larni tan olgan holda, hech
nima bilan ta’minlanmagan qog‘oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha, pul
muomalasi metall bilan ta’minlangan banknotalar va metall monetalarga asoslanishi
shart. Qog‘oz pullar xuddi «qog‘oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K. Knis
ta’kidlashicha, oltin o‘z tabiatiga ko‘ra puldir.
II Jahon urushidan so‘ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta tiklash
mumkin emasligini tan olib, o‘z naza-riyalarini himoya qilish maqsadida oltin
quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni
yoqlab chiqdilar.
3. Oltin tanga standarti
Oltin standarti birinchi marta XVIII asrda Angliyada va XIX asrning
oxirlarida boshqa mamlakatlarda joriy etildi. Bu standart oltin monometalizmi deb
ham ataldi. Oltin tanga standarti oltin standartining ilk ko‘rinishidir. Bu standart I
Jahon urushi bosh-lanishiga qadar hukm surdi.