PULLARGA BO‘GAN TALAB VA UNI TARTIBGA SOLISH USULLARI
Yuklangan vaqt
2024-03-02
Yuklab olishlar soni
8
Sahifalar soni
30
Faytl hajmi
53,4 KB
PULLARGA BO‘GAN TALAB VA UNI TARTIBGA SOLISH USULLARI
2
REJA:
Kirish
1.
Pullarga bo’lgan talabning nazariy asoslari.
2.
Pul tizimini tartibga solish huquqiy asoslari
3.
Pul muomilasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
3
KIRISH
Pul-kredit siyosatining 2023 yil va 2024-2025 yillar davriga moʼljallangan
asosiy yoʼnalishlari Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
2022 yil 19 noyabrdagi 27/5-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
Pul-kredit siyosatining asosiy yoʼnalishlarida 2023 yil va 2024-2025 yillar
davrida makroiqtisodiy rivojlanish stsenariylaridan kelib chiqib pul-kredit sohasida
amalga oshiriladigan tadbirlar, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar oʼzgarishlariga
Markaziy bankning munosabati va javob choralari, pul-kredit siyosatini
yuritishdagi yondashuvlar va takomillashtirish istiqbollari aks ettirilgan.
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi globallashuv davrida integratsiyalashish
jarayonlarining tobora avj olib borayotgani, mamlakatlarning o‟zaro iqtisodiy,
siyosiy va ijtimoiy sohalardagi munosabatlarining kun sayin rivojlanib borishi,
shunigdek, iqtisodiyotni rivojlanishining bir sababchisi sifatida bank tizimini
e‟tiborsiz qoldira olmaymiz. Bugungi kunda keng qamrovli iqtisodiyotni
modernizatsiyalash sharoitida bank xizmatlarini sifatli amalga oshirish, shu
jumladan
asosiy
banklarning
an‟anaviy
xizmat
turi
bo‟lmish
kredit
operatsiyalarining na‟munali darajada bo‟lishi har bir mamlakat iqtisodiyotida
katta va muhim ahamiyatga egadir.
Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev
2017-2021
yillarda
O‟zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning
beshta
ustuvor
yo‟nalishi
bo‟yicha
Harakatlar strategiyasida bank tizimini yanada mustahkamlash, likvidligini
oshirish, moliyaviy barqarorligini yaxshilash, milliy valyuta va narxlarning
barqarorligini ta‟minlash, bank xizmatlarini rivojlantirish, bank faoliyatini
tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish
nazarda tutilgan.1
Respublikamizda
faoliyat
yuritayotgan
tijorat
banklari
kredit
1 O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 4947-sonli “O‟zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‟yicha
Harakatlar strategiyasi tog‟risida”gi Farmoni 2017 yil 8-fevral.
4
operatsiyalari bitiruv malakaviy ishining tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadiiqtisodiyotni
modernizatsiyalash sharoitida bank tizimidagi kredit riskini boshqarishni
takomillashtirish, kredit operatsiyalarini sifatligini oshirish,hamda ijtimoiy
va iqtisodiy sohani rivojlantirishda ularning tutgan o‟rnini tahlil qilishdan
iborat.
Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
bank tizimidagi kredit riskini boshqarishni takomillashtirish, kredit
operatsiyalarini sifatligini oshirish,hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohani
rivojlantirishda ularning tutgan o‟rnini tahlil qilishdan iborat
5
1.
Pullarga bo’lgan talabning nazariy asoslari
Pul muomlasini tashkil etishni amalga oshiruvchi, tartibga soluvchi va
nazorat qiluvchi yagona organ, davlatning zaxira va emission muassasasi -
O`zbekistan Respublikasi Markaziy banki tashkil etildi, xalqaro standartlar
talablariga to`liq javob beradigan O`zbekistan Respublikasining 1995 yil 21
dekabrda
«O`zbekistan
Respublikasining
Markaziy
banki
to`g’risida»gi
Qonuni qabul qilindi.
Shundan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1994
yil
18
martdagi
«Bank
tizimini
takomillashtirish,
pul-
kredit
munosabatlarini barqarorlashtirish chora- tadbirlari to`g’risida»gi 146-sonli
Qarorining ijrosini ta`minlash maqsadida, Markaziy bankning oltin-valyuta
zaxiralarini shakllantirish va undan foydalanish bilan bog’liq bo`lgan
operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1994 yilning 16
iyundagi «O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasini muomalaga kiritish
to`g’risida»gi Farmoni asosida 1994 yil 1 iyulidan boshlab o`z milliy
valyutamiz «so`m» muomalaga kiritilishi O`zbekiston iqtisodiy
rivojlanishida sifat jihatdan yangi davr - mustaqil pul-kredit siyosati
yuritilish, xususan, pul maomlasini tashkil etish va muvofiqlashtirish
davrining boshlanishi edi.
Shuningdek,
pul
muomlasini
samarali
tashkil
etish
va
muvofiqlashtirishda
hozirgi
kun
amaliyotida
O`zbekiston
Respublikasi
birinchi Prezidenti va hukumat rahbarlarini diqqat e`tiborida bo`lgan.
Xususan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 1992 yil 24
iyuldagi №346 sonli “Respublikada kassa muomalalarini tartibga solishning
kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlari to`g’risida”gi qarori, O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2002 yil 5 avgustdagi №280 sonli
“Pul mablag’larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish
chora tadbirlari to`g’risida”gi qarori shular jumlasidandir.
Shuning bilan birga, tovarlarni nakd pulsiz tartibda sotish ustidan
6
monitoringni tashkil etishda savdo tarmoqlari orqali tovarlarni sotish, pul
birligini xarid quvvatini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407- son qarori bilan
tasdiqlangan ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi
to`g’risidagi nizom bilan tartibga solina boshlandi. Chakana savdo
tashkilotlari tomonidan tovarlarni naqd pulsiz xisob-kitoblar bo`yicha sotish
o`tgan oydagi oylik tovar aylanmasi umumiy xajmining 10 foizi doirasida
amalga oshirila boshlash mexanizmi joriy eildi.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 2005
yil 15 apreldagi №57 sonli “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va
bankdan tashqari aylamani qisqartirish borasidagi qo`shimcha chora tadbirlar
to`g’risida”gi qarori talablaridan ko`rishimiz mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi
«Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari
to`g’risida»gi 56-sonli qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan
«2005-2007 yillarda bank tizimiin isloh qilish va rivojlantirish
Dasturi»da asosan pul muomlasini tashkil etish va muvofiqlashtirishni
muhim xuquqiy asoslarini yaratishda o`z aksini topdi. Shuning bilan birga,
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 2005 yil 5
avgustdagi №147 sonli “Banklardagi depozit hisob varaqlardan naqd pul
to`lovlarini uzluksiz ta`minlash kafolatlari to`g’risida”gi qarorlar chiqarildi.
Yuqoridagi O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A.
Karimovning №147 sonli qaroriga asosan O`zbeiston Respublikasi Markaziy
banki zimmasiga kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar ishlab chiqish
vazifasi yuklatildi va 2005 yil 29 avgustda O`zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining №18/1 sonli va adliya Vazirligini
№1518 son “O`zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul
muomlasiga doir ishlarni tashkil etish to`g’risida”gi Nizom ishlab chiqildi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006 yil 14
iyuldagi 16/7 sonli “Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar
7
belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi to`g’risida”gi Nizomi
va 2008 yil 10 martdagi №300-V sonli “Naqd pul tushumi kelib tushishini
xranometrajini o`tkazish tartibi to`g’risida”gi Nizomlar ishlab chiqildi.
Jahon
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozni
yuzaga
kelishi,
mustaqil
mamlakatlarda
pul
birliklarini
moliyaviy
barqarorligini
mustahkamash
uchun davlatlar zimmasiga qo`shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishni
majbur qildi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A.
Karimov 2008 yil 27 martda №822 sonli “Naqd pul mablag’larini jalb qilish
va unga bo`lgan extiyojni ta`minlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlari
to`g’risida”gi qarorini ishlab chiqdi.
Shundan
so`ng,
O`zbekiston
Respublikasi
Markaziy
banki
Boshqaruvining
2013
yil
26
apreldagi
9/1-sonli
qaroriga
asosan
“O`zbekiston
Respublikasida
naqd
pulsiz
hisob-kitoblar
to`g’risidagi”
Nizomlar ishlab chiqilib, mamlakatimizda naqd pulsiz hisob kitob tizimini
takomillashtirish mexanizmlari ishlab chiqildi.
1994 yil 1 yanvardan boshlab Hukumatimizning 1993 yil 30
dekabrdagi
«Naqd
pul
muomalasini
mustahkamlash
chora-tadbirlari
to`g’risida»
613-sonli
qarori,
O`zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining «Pul muomalasini mustahkamlash va so`m- kuponning
xarid quvvatini oshirish bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar
to`g’risida»gi qaroriga muvofiq chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O`zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
maxkamasining
2001
yil
22
iyundagi №264 sonli “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat
banklarining mas’uliyatini oshirishga doir
qo`shimcha
chora-
tadbirlar
to`g’risdi”gi qaroriga asosan Markaziy bank pul muomlasini
tashkil etish va samarali mexanizmlarini keng joriy etish orqali bu
jarayonni muvofiqlashtirib borish mustahkamlandi. Chunki tijorat banklari
zimmasiga nizom talablarini bajarmagan tijorat banklari mas’ul shaxslarga
nisbatan ma`muriy javobgarlik xattoki ishdan ozod etishgacha javobgarlik
belgilandi.
8
Pul muomalasi barqarorligini ta`minlash va ijtimoiy ahamiyatga ega
bo`lgan to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirishni samarali tashkil etish
maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 iyuldagi
«Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar
to`g’risida» 356-sonli Qaroriga ko`ra Markaziy bank va tijorat banklari
tomonidan
korxonalar,
tashkilotlar
va
muassasalarga,
mulkchilik
shakllaridan qat`i nazar, naqd pullarni ish haqi va unga tenglashtirilgan
to`lovlar, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni to`lashga, shuningdek,
xizmat safari xarajatlari uchungina berilishi belgilandi hamda 1994 yilning 1
avgustidan mehnatga haq to`lash uchun ajratiladigan mablag’lar davlat yo`li
bilan tartibga solinishi joriy etildi.
Milliy valyuta muomalaga kiritilgan dastlabki oylardan boshlab
respublikada naqd pul emissiyasini qisqartirish va uning muomalada
bo`lishini tezlashtirish asosida pul muomalasini mustahkamlashga alohida
e`tibor qaratildi. Shu maqsadda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining
«Naqd pul muomalasini tezlashtirish chora-tadbirlar to`g’risida» 1994 yil 28
oktyabrdagi 526-sonli Qarorida ushbu vazifalarga oid dasturiy chora-
tadbirlar belgilanib amalga oshirildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Naqd pul mablag’lari
emissiyasini qisqartirish chora-tadbirlari to`g’risida» 1996 yil 2 iyuldagi
230-sonli Qarori respublikada naqd pul emissiyasi darajasini pasaytirish,
respublika mintaqalarida pul muomalasini yaxshilash uchun rahbarlar va
mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish maqsadida qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan «Respublika mintaqalarida pul mablag’lari emissiyasi
darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar
va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish va ularni rag’batlantirish
tartibi to`g’risida Nizom» tasdiqlandi.
2004 yil 24 sentyabrda 445-son bilan qabul qilingan O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Plastik kartochkalar asosida hisob-
kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi
9
qarori doirasida yagona umumrespublika prosessing
markazi tashkil etildi. U savdo tashkiloti yoki xizmatlar sohasiga
yoxud
plastik
kartochka
egasiga
qaysi
bank
orqali
xizmat
ko`rsatilayotganidan
qat`iy
nazar,
bank
operatsiyalarini
barcha
savdo
shoxobchalarida yagona rejimda olib borish imkonini beradi. Ayni paytda,
Yagona umumrespublika prosessing markazi so`m plastik kartochkalarini
muomalaga
chiqaruvchi
25
ta
tijorat
bankni
birlashtiradi.
Markazda
“UZKART” so`m plastik kartochkalari bo`yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar
banklararo to`lov tizimi tashkil etilgan.
Pul muomalasi qonunlari va ulardan kelib chiqadigan talablar. Pul
massasi va uni tavsiflovchi ko`rsatkichlar.
Pul muomlasini tashkil qilish va tartibga solish bir nechta omillarga
asoslanadi:
Ana shunday muhim omillardan biri pul-tovar munosabatlarining
mavjudligi hisoblanadi.
Yana bir omil pul mablag’larining tovarsiz harakatlanishi hisoblanadi.
Pul muomlasining meyoriy huquqiy asoslarining mavjudligi.
Pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning
mavjudligidir. Odatda pul muomlasini Markaziy bank tomonidan tashkil
qilinadi va tartibga solinadi. Lekin pul muomnalasini tashkil qilishda bank
tizimining 2-chi pog’onasida turuvchi tijorat banklari rol o`ynaydi.
Pul massasi- yuridik va jismoniy shaxslarga hamda davlatga tegishli
bo`lgan naqd va naqdsiz ko`rinishdagi pul mablag’larining yig’indisidir.
Pul multiplikatori – muomaladagi pul massasini qay darajada o`sib
yoki kamayib borayotganini ko`rsatadi.
PM – pul multiplikatori
Pul bazasiga quyidagilar kiradi:
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullarTijorat
10
banklari tomonidan Markaziy bank foydasiga qilingan majburiy zaxira
ajratmalari.Markaziy banklar tijorat banklari jalb qilgan resurslarning bir
qismini
majburiy
tartibda
olib qo`yadi.
O`zbekistonda
tijorat
banklarining majburiy zaxira ajratmalari summasini Markaziy bank
ularning balansidan olib qo`yadi. AQSHda va Evropada majburiy zaxira
ajratmalari summasi tijorat banklarining balansida qoladi.
Pul agregatlari, ularga tavsifnoma va pulni tartibga solish amaliyoti va
unga ta`sir qiluvchi omillar.
Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli
– pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo`lgan barcha
ijtimoiy tuzumlarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot
yo`lini tahlil qilayotib, K. Marks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu
qonunga asosan muomala vositasi funksiyasini amalga oshirish uchun kerak
bo`lgan pul miqdori aniqlanadi.
Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda,
pullarning xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan. Agar pulga
ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib
o`tishi kuzatilgan yoki aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori
kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik, muomalaga banknotalar
chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi
ham muomalada pulning ortiqcha miqdori bo`lishini inkor etadi. Agar
muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz pullar
(xazina biletlari) amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi
qonuniga asosan amalga oshadi.
Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo`lgan oltin pullarning
nazariy miqdoriga teng bo`lganda pul muomalasida hech qanday salbiy
jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko`rsatilgan talab pulning barqarorligini
ta`minlaydi, shuningdek, pul muomalasi mavjud bo`lgan barcha ijtimoiy
tuzumlarda o`z kuchiga ega.
11
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx
darajasi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks
ettiradi. Bu qonunga asosan muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini
quyidagi
formula
bilan
ifodalash
mumkin:
Pulning muomala va to’lov vositasi sifatida o’rtacha aylanish tezligi.
Pul muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji
va shart-sharoitlariga bog’liq bo`lgan turli xil omillar ta`sir ko`rsatadi.
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omil
– bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va
xizmatlar
bahosiga
to`g’ri
proporsional,
ya`ni
tovarlar
va
xizmatlar
bahosining oshishi muomalaga ko`p pul chiqarishni talab qiladi. Pul
miqdoriga ta`sir qiluvchi ikkinchi omil – bu pulning aylanish tezligi
hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta`sir ko`rsatadi. Odatda, pul
qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori shuncha
kam talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini kamaytirish uchun
quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste`mol kreditni
rivojlantirish; kreditga qanchalik ko`p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda
pul muomalada kerak bo`ladi;
naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi;
pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda
ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul
barqarorligiga putur yetkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori
Realizatsiya
qilinadigan
tovarlar narxi
summasi
Kreditga sotilgan
tovarlar narxi
—
summasi
нархи суммаси
Majburiyatlar
bo’yicha to’lovlar
+
summasi
Bir-birini
qoplaydigan
— to’lovlar summasi.
12
muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya`ni inflyatsiya bo`lishiga
yoki pul tanqisligiga (yetishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart- sharoitlari
va qonuniyatlari ikki omilning o`zaro ta`siri bilan, ya`ni xo`jalikning pulga
bo`lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan
belgilanadi. Amaliyotda ko`proq uchraydigan hol bu aylanmada xo`jalikka
kerak bo`lganidan ko`proq pulning bo`lishidir. Bu, albatta, pulning
qadrsizlanishiga – pul birligi xarid qobiliyatining tushishiga olib keladi.
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o`lchash imkoniyatini
beruvchi ko`rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan
keng foydalaniladi:
M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan
muomalaga chiqarilgan ya`ni emissiya qilingan barcha naqd pullar
summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig’i
ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga
olinmaydi.
M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo`l cheklari. Ayrim
mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.
M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlar. M2
hisoblashda summasi uncha katta bo`lmagan muddatli va jamg’arma
depoztlar olinadi.
M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit
sertifikatlari + jamg’arma sertifikati.
M4 (L- AQSHda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari +
korporativ obligatsiya + jamg’arma obligatsiyalar + bank aktseptlari + pul
bozori o`zaro fondlari paylari.
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko`ra Markaziy bank pul
agregatlarining qisqa muddatli davriy orqalidagi o`sishini e`tiborga olmasligi
lozim, chunki pul agregatlarining qisqa davrda o`sishi mavsumiy omillar
ta`sisirida bo`ladi. Shuning uchun pul massasining yillik o`sish sur`atlarini
13
nazorat qilish lozim. Pul muomalasining muhim ko`rsatkichi pul massasi
hisoblanadi. Pul massasi xo`jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni
aholi,
korxonalar,
davlat
muassasalariga
tegishli
xarid
va
to`lov
vositalarining yalpi hajmini o`zida ifodalaydi.
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri uchun
miqdoriy o`zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va
o`sish sur`atlarini tartibga solish bo`yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun
turli
xil
ko`rsatkichlar
(
pul
agregatlari)
dan
foydalaniladi.
Sanoati
rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda
quyidagi asosiy pul agregatlari to`plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy
bank schyotlaridagi mablag’larni o`z ichiga oladi;
agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg’arma
qo`yilmalaridan (to`rt yilgacha) tarkib topgan;
agregati
–
o`z
ichiga
M-2
agregati
va
ixtisoslashgan
kredit
muassasalaridagi jamg’arma qo`yilmalarini kiritgan;
agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli
sertifikatlaridan iborat.
AQSH da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va
Germaniyada – 3 ta, Angliya va Fransiyada – ikkita pul agregatidan
foydalaniladi.
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank
tomonidan to`g’ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob- kitobi
uchun quyidagi pul agregatlari qo`llaniladi.
M-O agregati – naqd pullar;
agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar
(maxsus schyotlar, kapital qo`yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek
schyotlari,
mahalliy
byudjet schyotlari,
byudjet,
kasaba,
uyush-malari,
14
jamoat va boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat sug’urta mablag’lari,
uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi mablag’lar ti-jorat banklariga
qo`yilmalar va jamg’arma banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning
yig’indisiga teng;
agregati – M-1 agregati va jamg’arma banklaridagi muddatli
qo`yilmalardan iborat;
agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom
obligatsiyalari yig’indisidan iborat.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo`lish mumkin,
ya`ni pul massasining aktiv qismi – bu pul mablag’larining xo`jalik
faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog’liq
qismi va ikkinchisi passiv qism – jamg’ar-madagi pullar va hisob
raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi
mablag’ va jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning
aktsiyalarini o`z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari
«kvazi» - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid
aktivlar bo`lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
2.
Pul tizimini tartibga solish huquqiy asoslari
Davlatning pul aylanishiga ko`plab omillar ta`sir ko`rsatadi. Pul
aylanishi tuzilmasi turli belgilar bo`yicha belgilanadi:
unda pullarning faoliyat yuritishi shakliga qarab. Ushbu belgiga qarab
naqd pulsiz va naqd pullik pul aylanishini ajratish mumkin, chunki barcha
pul belgilari u yoki boshqa shaklga ega bo`ladi;
ushbu pul aylanishi xizmat ko`rsatadigan munosabatlar tusiga qarab.
Bu erda pul-hisob-kitob aylanishi, pul-kredit aylanishi, pul- moliya aylanishi
ajratib ko`rsatiladi;
pul mablag’larining harakati yuz beradigan sub`ektlarga qarab. Ushbu
tasnif bo`yicha quyidagilar ajratib ko`rsatiladi: pul mablag’larining yuridik
15
shaxslar o`rtasida banklararo, banklarda aylanishi, yuridik va jismoniy
shaxslar o`rtasidagi aylanish va, nihoyat, pul mablag’larining faqat jismoniy
shaxslar o`rtasidagi aylanishi.
SHunga
tegishlicha,
iqtisodiyotda
qo`llaniladigan
pul
aylanishi
hajmiga ta`sir qiladigan omillarning muayyan guruhini ham ajratish mumkin.
Barcha omillarni siyosiy, iqtisodiy va texnik omillarga ajratish mumkin.
Tabiiyki, pul aylanishi tuzilmasini shakllantirishning iqtisodiy omillari
asosiy ahamiyatga va bevosita ta`sir kuchiga ega bo`ladi. Bunday omillarga
iqtisodiyotda ishlatiladigan pullar turlari, pul muomalasi tezligi, tovar
aylanishi miqdori va shu kabilar kiradi. Binobarin, mavjud pul aylanishi
miqdorlarini vujudga keladigan ehtiyojlarga muvofiq o`zgartirishga yoki pul
aylanishining
mavjud
hajmlarini
tovar
aylanishining
real
ehtiyojlariga
muvofiqlashtirishga faqat iqtisodiy uslublar vositasida pul aylanishi hajmiga
ta`sir ko`rsatadigan ushbu omillar orqali ta`sir qilish mumkin.
Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan
bog’liq bo`lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag’lari
miqdoridagi o`zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi.
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta`sir
ko`rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday
omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o`tkazish uchun talab etiladigan vaqtni
kamaytirish yoki hisob-kitobning o`zini amalga oshirishga imkon beradigan
hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi. Masalan, bank plastik kartalariga
xizmat
ko`rsatuvchi
texnik
vositalarning
keng
ommalashganligi
aholi
o`rtasida ushbu to`lov vositasining ommalashuviga va, binobarin, naqd
pulsiz pul mablag’larining qo`llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd
pulsiz
pul
mablag’lari
qo`llanilishi
chastotasining
ko`payishi
pul
muomalasining
umumiy
tarkibida
naqd
pullarning
kamayishiga
va
davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining o`zgarishiga
olib keladi.
Pul muomalasi – bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy aylanishi,
16
tashqi iqtisodiy aloqalar tizimidagi, tovarlar va xizmatlarning sotilishiga,
shuningdek, uy xo`jaligidagi tovarsiz to`lovlarga xizmat ko`rsatadigan naqd
pullik va naqd pulsiz shakllardagi harakatidir. Tovar ishlab chiqarish pul
muomalasining ob`ektiv negizi bo`lib, undagi tovar olami tovarlarning ikki
turiga: tovarlarning o`ziga va tovar-pullarga bo`linadi. Naqd pullik va naqd
pulsiz shakllardagi pullar yordamida tovarlar, shuningdek, ssuda va fiktiv
kapitallarning muomalasi jarayoni amalga oshiriladi.
Shunday qilib, pul muomalasi jarayonlaridan pul aylanishi
tushunchasini ajratib olish mumkin.
Pul aylanishi - naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul
belgilarining uzluksiz harakat jarayonidir. Qiymatning o`zidan ajralganlik
hozirgi pul aylanishining o`ziga xos xususiyati hisoblanadi. Boshqacha
aytganda, hozirgi pul aylanishi metall pullar muomalasi sharoitidagi kabi
qiymatli emas, chunki pul belgisining qiymati nominaldan ancha kam va
uning ahamiyati bo`lmasligi mumkin.
Pul aylanishi pul mablag’lari harakatining muayyan yo`llaridan tarkib
topadi:
Mablag’larning markaziy bank bilan tijorat banklari o`rtasidagi
harakati. Bunday harakat pul mablag’lari emissiyasi jarayonlari va tijorat
banklari mablag’larining ¤zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
majburiy zaxiralash fondiga ko`chirilishi bilan bog’liq. Tijorat banklarining
kreditlash jarayonlari munosabati bilan pul mablag’larining ko`chirilishini
ham shunga kiritish mumkin;
Pul mablag’larining tijorat banklari o`rtasidagi harakati. Bu holda
ushbu banklarning mijozlariga xizmat ko`rsatish bilan bog’liq pul
ko`chirishlar yoki tijorat banklarining o`zaro kreditlashlari nazarda tutiladi;
Firmalar va tashkilotlar o`rtasidagi harakat. Pul mablag’larining ushbu
iqtisodiy sub`ektlar o`rtasidagi harakati tovarlar aylanishi va bunday tovarlar
aylanishidagi, shuningdek, o`zaro talablarni hisobga olishdagi haq to`lash
jarayonlari bilan bog’liq;
17
Banklar,
firmalar
va
tashkilotlar
o`rtasidagi
harakat.
Pul
mablag’larining ushbu sub`ektlar o`rtasidagi harakati asosan kreditlash va
qarz
majburiyatlarini
hisobga
olish
operatsiyalari,
shuningdek,
pul
mablag’larini saqlash va ko`chirishga doir operatsiyalar bilan bog’liq;
Banklar va aholi o`rtasidagi harakat. Pul mablag’lari iste`molchilik
kreditini berish va pul mablag’larining aholining daromadlarini saqlash va
ko`paytirish maqsadlaridagi harakatiga doir faol jarayon sababli ko`chiriladi;
Firmalar, tashkilotlar va aholi o`rtasidagi harakat. Pullar harakatining
bu yo`li mablag’larning tovar aylanishi operatsiyalariga haq to`lash va uy
xo`jaliklarining xodimlar mehnatiga haq to`lashi munosabati bilan ko`chib
yurishidan iborat bo`ladi;
Banklar va moliya institutlari o`rtasidagi harakat. Pul mablag’larining
ushbu
iqtisodiy
munosabatlar
sub`ektlari
o`rtasidagi
harakati
o`zaro
kreditlash
operatsiyalari
va
iqtisodiy
foyda
olishga
yoki
uchinchi
sub`ektlarning
muayyan
operatsiyalarini
rasmiylashtirishga
yordam
beruvchi boshqa moliyaviy harakatlar doirasida amalga oshiriladi;
Moliya institutlari va aholi o`rtasidagi harakat. Pul mablag’larining bu
holdagi harakati aholining, odatda, o`z daromadlarini ko`paytirish maqsadida
muayyan moliya operatsiyalarini bajarishi bilan bog’liq;
Jismoniy shaxslar o`rtasidagi harakat. Pul mablag’lari harakatining bu
yo`li eng sezilmaydigan, lekin pul mablag’larining qayta taqsimlanishi
tizimidagi eng muhim yo`llardan biri hisoblanadi, chunki u mablag’larning
aholi o`rtasida ko`chib yurishidan iborat. Odatda, bunday ko`chib yurishning
maqsadi maishiy masalalarni hal etish va o`z oilasi a`zolari farovonligining
muayyan darajasini tutib turishdir.
Siyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, Xalqaro iqtisodiy
jamiyat asoschilaridan biri va uning birinchi prezidenti (1931-1933) Irving
Fisher (1867-1947) pullarning miqdoriy nazariyasini zamonaviylashtirishga
katta hissa qo`shdi. U «Pullarning xarid qilish kuchi. Uning belgilanishi va
kredit, foizlar va tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar massasi
18
bilan tovarlar narxlari darajasi o`rtasidagi bog’liqlikni formallashtirishga
harakat qilgan. Tovarlar uchun to`langan pullar soni va sotilgan tovarlar
narxlari summasi teng bo`lgani uchun buni I.Fisher tarozi bilan
o`xshatmoqchi bo`ladi.
Matematik shaklda ayirboshlash tenglamasini quyidagi formula
shaklida tasavvur etish mumkin:
M V = åPQ,
bunda: å – (Expenditure) – pul muomalasining umumiy hajmi, ya`ni
mazkur jamiyatda shu yil davomida tovarlarni sotib olish uchun
sarflanadigan pullar summasi; M (Money) – ushbu jamiyatda yil
davomida muomalada yurgan pullarning o`rtacha miqdori;
V = åPQ
M
(Velocity) – ne`matlarga ayirboshlashdagi pullar aylanishlarining
o`rtacha soni; P – (Price) – ushbu jamiyatda sotib olinadigan har qanday
alohida tovarning o`rtacha sotish narxi; Q – (Quantity) – tovarlarning jami
xarid qilingan soni.
Fisher formulasi oltin tangali standart sharoitida to`g’ri bo`lmaydi,
chunki u pullarning ichki qiymatini hisobga olmaydi. Biroq oltinga
almashtirilmaydigan qog’oz pullar muomala qiladigan sharoitda u muayyan
mazmun kasb etadi. Bunday sharoitda pul massasining o`zgarishi, garchi
I.Fisher tovarlar narxlarining mutloq elastikligini nazarda tutib, narx
mexanizmini ma`lum ma`noda ideallashtirsa-da, lekin tovarlar narxlari
darajasiga ta`sir ko`rsatadi. Boshqa neoklassiklar kabi Fisher ham
mukammal raqobatchilikka asoslanadi va o`z xulosalarini monopoliyalar
hukmronlik qiladigan va narxlar oldingi elastikligini jiddiy yo`qotgan
jamiyatga tegishli deb biladi.
Ko`pgina hozirgi iqtisodchilar ayirboshlash tenglamasini bir xillik,
ya`ni MV=PQ sifatida tavsiflashadi. Gap shundaki, bu tenglama D – T
ayirboshlash harakatini tovarlarning jami massasiga daxldor deb ifodalashga
19
urinadi, ya`ni tovarlar sotib olingan pullar summasi sotib olingan tovarlar
narxlari summasiga teng (bir xil). Bu tavtologiyadir va shuning uchun
ayirboshlash formulasi narxlarning umumiy (mutloq) darajasini izohlash
uchun xizmat qila olmaydi.
Miqdoriy
nazariya
tarafdorlarining
faraz
qilishicha,
ayirboshlash
formulasi mutloq kattalikni EQo ni izohlaydi (ayni bir vaqtda talab va taklif
mexanizmi undan nisbiy tebranishlarni izohlaydi).
Fisher va uning izdoshlari shunday nuqtai nazarga amal qilishgan. Ular
pullarning aylanish tezligi (V) va ishlab chiqarish darajasi (Q) muomalada
yurgan pullar miqdoriga (M) va narxlar darajasiga (P) bog’liq bo`lmasligini
asoslashga urinishgan. Ular pullarning aylanishi tezligi avvalo demografik
(aholining zichligi va hokazo) va texnik (transport vositalarining soni va
sifati va hokazo) parametrlarga bog’liq bo`ladi, deb faraz qilishgan. Ishlab
chiqarish darajasi esa asosan mehnat bozorida yuzaga kelayotgan shart-
sharoitlar bilan belgilanib, narxlar darajasi va muomalada yurgan pullar
soniga bog’liq bo`lmaydi. Shubhasiz, bozor xo`jaligi hukmronlik qiladigan
sharoitda bunday qoidalar yaqqol noreal tus kasb etadi.
K.Marksning muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini aniqlash
formulasi.
Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli
- pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bulgan barcha
ijtimoiy
formatsiyalarga
xosdir.
Qiymat
shakllari
va
pul
muomalasi
taraqqiyot yo`lini tahlil qilayotib, K.Marks pul muomalasining qonunini
ochdi. Bu qonunga asosan momala vositasi funksiyasini amalga oshirish
uchun kerak bo’lgan pul miqdori aniqlanadi. Metallik pul muomalasida
muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funksiyasi
yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar
(oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o`tishi kuzatilgan va aksincha.
Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan.
Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin
20
yoki kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori
bo`lishini inkor etadi.
Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz
har (xazina biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi
qonuniga asosan amalga oshadi.
Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo`lgan oltin pullarning
miqdoriga teng bo`lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar
yuz bermaydi. Yuqorida ko`rsatilgan talab pulning barqarorligini
ta`minlaydi, shuningdek pul muomalasi mavjud bo`lgan barcha ijtimoiy
formatsiyalarda o`z kuchiga ega.
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi
va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi.
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga ishlab
chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo`lgan turli xil omillar ta`sir
ko`rsatadi. Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga
ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar bahosi
hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to’g’ri proporsional,
ya`ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko`p pul
chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta`sir qiluvchi ikkinchi omil - bu
pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta`sir
ko`rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo`lgan
pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim
omillarga alohida e`tibor berilishi zarur. Muomala uchun zarur bo`lgan pul
miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir.
Bular:
iste`mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko`p tovar sotilsa,
shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo`ladi;
naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi;
pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
21
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini xisobga olgan xolda
ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul
barqarorligiga putur yetkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori
muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya`ni inflyatsiya bo`lishiga,
yoki pul ocharchiligiga (yetishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart- sharoitlari
va qonuniyatlari ikki omilning o`zaro ta`siri bilan, ya`ni:
Xo’jalikning pulga bo`lgan ehtiyoji va amadda pullarning muomalaga
borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko`prok uchraydigan hol bu
oborotda xo’jalikka kerak bo`lganidan ko`proq pulning bo`lishidir. Bu
albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul biriligining xarid qobiliyatining
tushushiga olib keladi.
3.
Pul muomilasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlari.
Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan
bog’liq bo`lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag’lari
miqdoridagi o`zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi.
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta`sir
ko`rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday
omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o`tkazish uchun talab
etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o`zini amalga
oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi.
Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko`rsatuvchi texnik vositalarning
keng
ommalashganligi
aholi
o`rtasida
ushbu
to`lov
vositasining
ommalashuviga
va,
binobarin,
naqd
pulsiz
pul
mablag’larining
qo`llanilishining
oshishiga
olib
keladi.
Naqd
pulsiz
pul
mablag’lari
qo`llanilishi chastotasining ko`payishi pul muomalasining umumiy tarkibida
naqd pullarning kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish
asosiy uslublarining o`zgarishiga olib keladi.