QADIMGI DUNYO IQTISОDIY G`OYALARI. FEODAL JAMIYATI VA UNUNG YEMIRILISHI DAVRIDAGI IQTISОDIY TA`LIMОTLAR

Yuklangan vaqt

2024-06-10

Yuklab olishlar soni

5

Sahifalar soni

23

Faytl hajmi

52,9 KB


 
 
 
 
 
 
QADIMGI DUNYO IQTISОDIY G`OYALARI. FEODAL JAMIYATI VA 
UNUNG YEMIRILISHI DAVRIDAGI IQTISОDIY TA`LIMОTLAR 
 
 
Reja: 
1.Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g'oyalar. 
2. Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta'limotlar 
3. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g'oyalar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
QADIMGI DUNYO IQTISОDIY G`OYALARI. FEODAL JAMIYATI VA UNUNG YEMIRILISHI DAVRIDAGI IQTISОDIY TA`LIMОTLAR Reja: 1.Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g'oyalar. 2. Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta'limotlar 3. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g'oyalar.
 
 
 
1. Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g'oyalar. 
Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon tsivilizatsiyasining beshigi bo'lgan 
qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to'g'ridir.  
Iqtisodiy g'oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo'lishi bilan 
boshlangan. Ammo hozirgi paytda qo'lyozmalarda aks ettirilgan g'oyalargina tahlil 
qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog'i, xususiy 
mulk paydo bo'lishi bilan boshlanadi, deyish o'rinlidir.  
Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, 
Mesopotamiya (Tigr va Efrat daryolari oralig'ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV 
ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu erda texnologik inqilob 
ro'y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo'jaligida intensiv, ko'p 
hollarda sug'orma dehqonchilikka o'tildi, shu asosda nisbatan turg'un qo'shimcha 
mahsulot olish imkoni tug'ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini 
rivojlantirishga, ko'pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy 
tabaqalanishga turtki bo'ldi.  
Bu davrda qo'shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan 
dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo'li bilan renta - soliq olish (Osiyoda) bo'lsa, 
qullarni (davlat yoki xususiy) beayov ishlatish bilan ham (Evropada) katta boylik 
orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasiga qarab, ayrim 
«erkin» aholining ahvoli qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman, Sharq 
mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik 
V.V.Struve uni tan oladi. Lekin ko'pgina olimlarning fikricha, Sharqda quldorlik 
klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya'ni uy xo'jaligida ustun bo'lgan 
(Qarang: Istoriya Drevnego Vostoka.M.,MGU,1991).  
Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo'jalik faoliyatida 
nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, hunarmandchilik, 
qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (Farbiy 
Evropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog'liq ravishda 
tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim 
1. Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g'oyalar. Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon tsivilizatsiyasining beshigi bo'lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to'g'ridir. Iqtisodiy g'oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo'lishi bilan boshlangan. Ammo hozirgi paytda qo'lyozmalarda aks ettirilgan g'oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog'i, xususiy mulk paydo bo'lishi bilan boshlanadi, deyish o'rinlidir. Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Efrat daryolari oralig'ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu erda texnologik inqilob ro'y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo'jaligida intensiv, ko'p hollarda sug'orma dehqonchilikka o'tildi, shu asosda nisbatan turg'un qo'shimcha mahsulot olish imkoni tug'ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko'pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki bo'ldi. Bu davrda qo'shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo'li bilan renta - soliq olish (Osiyoda) bo'lsa, qullarni (davlat yoki xususiy) beayov ishlatish bilan ham (Evropada) katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasiga qarab, ayrim «erkin» aholining ahvoli qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman, Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik V.V.Struve uni tan oladi. Lekin ko'pgina olimlarning fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya'ni uy xo'jaligida ustun bo'lgan (Qarang: Istoriya Drevnego Vostoka.M.,MGU,1991). Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo'jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (Farbiy Evropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog'liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim
 
 
shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O'z 
mahsulotini 
sotishga 
mo'ljallab 
ishlab 
chiqargan 
qulchilik 
xo'jaliklari 
ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik 
yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya).  
Bizgacha etib kelgan eng qadimgi qo'lyozmada (Qadimgi Misr, eramizdan 
avvalgi XXII asr) noib va aholi o'rtasidagi munosabatlar to'g'risida fikr yuritiladi. 
Bu davrda sinfiy ajralish to'la shakllanmagan bo'lib, boshqaruv ishiga 
ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali yoki oddiy aholidan bo'lishidan qat'i 
nazar) kerak deyilgan.  
Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va 
tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Inson shaxsi 
ozodligining kafolati yo'q bo'lgan o'sha sharoitda qarzdor qulchilik xo'jalik rivojiga 
olib kelar edi. Bunday jarayonlar soliq to'lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi 
mumkin bo'lgan davlatning kuchsizlanishiga olib kelgan. Saqlanib qolgan 
yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy g'oyalar ham mavjud, unda mustaqil 
ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo'yicha muhim 
fikrlar berilgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilon) da (m.a.1792-1750 
yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba'zi manbalarda Xammurabi) qonun 
to'plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.). Bu to'plam 1901-1902 yy. 
Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish paytida topilgan (Frantsiya poytaxti 
Parijdagi mashhur muzey - Luvrda saqlanyapti). Nushasini BMT binosidagi 
muzeyda ham ko'rish mumkin. Toshga uyib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy 
hujjatni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha 
mukammal ajralgan. Biz uchun ayniqsa mulkchilik va unga egalik shakllari 
muhimdir. Qonunda «kuchlilar zaifroqlarni cheklamasligi kerak» degan qoida bor. 
Masalan, qarzdorligi uchun podsho jangchilari va boshqa aholining erlarini sotish 
yoki tortib olish man' etilgan. Sudxo'rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 
20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo'lmasligi kerak.  
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo'jaligini 
rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash bo'lgan, ya'ni mehnatsiz daromad topishga qarshi 
shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O'z mahsulotini sotishga mo'ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo'jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya). Bizgacha etib kelgan eng qadimgi qo'lyozmada (Qadimgi Misr, eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o'rtasidagi munosabatlar to'g'risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to'la shakllanmagan bo'lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali yoki oddiy aholidan bo'lishidan qat'i nazar) kerak deyilgan. Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Inson shaxsi ozodligining kafolati yo'q bo'lgan o'sha sharoitda qarzdor qulchilik xo'jalik rivojiga olib kelar edi. Bunday jarayonlar soliq to'lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi mumkin bo'lgan davlatning kuchsizlanishiga olib kelgan. Saqlanib qolgan yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy g'oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo'yicha muhim fikrlar berilgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilon) da (m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba'zi manbalarda Xammurabi) qonun to'plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.). Bu to'plam 1901-1902 yy. Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish paytida topilgan (Frantsiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey - Luvrda saqlanyapti). Nushasini BMT binosidagi muzeyda ham ko'rish mumkin. Toshga uyib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. Biz uchun ayniqsa mulkchilik va unga egalik shakllari muhimdir. Qonunda «kuchlilar zaifroqlarni cheklamasligi kerak» degan qoida bor. Masalan, qarzdorligi uchun podsho jangchilari va boshqa aholining erlarini sotish yoki tortib olish man' etilgan. Sudxo'rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo'lmasligi kerak. Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo'jaligini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash bo'lgan, ya'ni mehnatsiz daromad topishga qarshi
 
 
kurashilgan. Qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo'lmagan. 
Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan erga ham tan olingan. Birovning 
xususiy mulkiga ko'z olaytirgan, unga zarar etkazganlar iqtisodiy jihatdan 
jazolangan. Bu qonunlar to'plami davlatning mamlakatni iqtisodiy boshqarish 
sohasidagi dastlabki tajribasini ko'rsatadi. Oqibatda shu davrda mamlakat ham 
siyosiy jipslashdi, ham iqtisodiy ravnaq topdi.  
Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy 
mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo'ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi.  
Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxashastra» 
(m.a. IV-III asrlar oralig'ida)dir (tom ma'nosi bo'yicha ifoda, amaliy hayot 
to'g'risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim 
tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi 
Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni 
mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos 
narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko'tarilgan, qiymat 
miqdori «ish kunlari» bilan belgilangan, rag'batlantirish esa mehnat natijalariga mos 
ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.  
Bu asarda davlatni boshqarish bo'yicha takliflar berilgan bo'lib, bir qancha 
iqtisodiy g'oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi 
bilan uning tabiiy qiymati o'rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo'lgan ehtiyoj 
ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan 
shug'ullanuvchilarga alohida urg'u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko'tarilgan, 
foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo'shilib, mahalliy 
mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import o'sha davrda ham 
afzal) qilib belgilangan.  
Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan. Qishloq xo'jaligiga 
alohida e'tibor berilgan, bo'sh erlar xalqqa bo'lib berilishi va soliq to'lash zarurligi, 
sug'orish inshootlari qurishga e'tibor haqida so'z yuritiladi. Umuman, davlat 
mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan g'oya 
kurashilgan. Qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo'lmagan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan erga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko'z olaytirgan, unga zarar etkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar to'plami davlatning mamlakatni iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini ko'rsatadi. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashdi, ham iqtisodiy ravnaq topdi. Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo'ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oralig'ida)dir (tom ma'nosi bo'yicha ifoda, amaliy hayot to'g'risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko'tarilgan, qiymat miqdori «ish kunlari» bilan belgilangan, rag'batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan. Bu asarda davlatni boshqarish bo'yicha takliflar berilgan bo'lib, bir qancha iqtisodiy g'oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o'rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo'lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug'ullanuvchilarga alohida urg'u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko'tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo'shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import o'sha davrda ham afzal) qilib belgilangan. Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan. Qishloq xo'jaligiga alohida e'tibor berilgan, bo'sh erlar xalqqa bo'lib berilishi va soliq to'lash zarurligi, sug'orish inshootlari qurishga e'tibor haqida so'z yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan g'oya
 
 
markaziy o'rinni egallaydi. (Hozirgi davrdagi J.M.Keyns va institutsionalizm 
tarafdorlari fikri bilan solishtiring.)  
Moliya sohasida daromad solig'iga katta e'tibor berilgan. Davlat ba'zi ishlarni 
rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi kerak, deyilgan. 
Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta'minlash (foydani oshirib, sarf-
harajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga solish, har xil o'g'irliklarga qarshi 
kurashish kerakligi belgilangan. Shu tamoyillarni amalga oshirish tufayli 
jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yo'qoladi, deyilgan.     
Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir 
qancha muhim iqtisodiy g'oyalar keltirilgan. Respublikamiz 
olimlarining tadqiqotlariga ko'ra, zardushtiylik (zoroastrizm) 
dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo'lgan «Avesto» 
ya'ni «hayot yo'riqnomasi» (asli «Ovasta») da ham muhim 
iqtisodiy fikrlar bayon etilgan.  
Jumladan, sun'iy sug'orish asosida dehqonchilik 
yuritish, ona tabiatni e'zozlash, hayvonlarni asrash, noo'rin so'ymaslik, unga zug'um 
qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan 
avvalgi II ming yillik oxiri - I Avesto ming yillik boshlaridagi voqealarni aks ettiradi 
va juda qadimiy yodgorlikdir (2700 yilligi bayram qilindi).  
Bu dinning ta'sir doirasi juda keng bo'lib, hozirgi Eron, Markaziy Osiyo, 
Kavkazorti yurtlari (ayniqsa Ozarbayjon) va boshqa joylarda tarqalgan. M.a. II ming 
yillik oxiri - I ming yillik boshida paydo bo'lgan «Avesto»ning to'liq asl nusxasi 
saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan, u qadimiy parfyan, oromiy yozuvida 
bitilgan, hozirgi davrda rus va o'zbek tillariga tarjima etilgan, ayrim bo'laklari 
«San'at», «O'zbek tili», «Fan va turmush» jurnallarida e'lon qilindi. 
  
Zoroastrizmning asosiy g'oyasi dualizmga, ya'ni bir tomondan 
Yaxshilik va rug'lik (xudosi Axura Mazda), ikkinchi tomondan vuzlik va Qorong'ilik 
(xudosi Anxra Manu) kuchlari o'rtasidagi kurashdir.  
Inson xo'jalik faoliyatida tabiiy muhit bilan chambarchas bog'liq deb 
uqtiriladi, ammo insonga alohida e'tibor beriladi. Insonga tanlash huquqi berilgan 
markaziy o'rinni egallaydi. (Hozirgi davrdagi J.M.Keyns va institutsionalizm tarafdorlari fikri bilan solishtiring.) Moliya sohasida daromad solig'iga katta e'tibor berilgan. Davlat ba'zi ishlarni rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi kerak, deyilgan. Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta'minlash (foydani oshirib, sarf- harajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga solish, har xil o'g'irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan. Shu tamoyillarni amalga oshirish tufayli jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yo'qoladi, deyilgan. Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir qancha muhim iqtisodiy g'oyalar keltirilgan. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko'ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo'lgan «Avesto» ya'ni «hayot yo'riqnomasi» (asli «Ovasta») da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. Jumladan, sun'iy sug'orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e'zozlash, hayvonlarni asrash, noo'rin so'ymaslik, unga zug'um qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi II ming yillik oxiri - I Avesto ming yillik boshlaridagi voqealarni aks ettiradi va juda qadimiy yodgorlikdir (2700 yilligi bayram qilindi). Bu dinning ta'sir doirasi juda keng bo'lib, hozirgi Eron, Markaziy Osiyo, Kavkazorti yurtlari (ayniqsa Ozarbayjon) va boshqa joylarda tarqalgan. M.a. II ming yillik oxiri - I ming yillik boshida paydo bo'lgan «Avesto»ning to'liq asl nusxasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan, u qadimiy parfyan, oromiy yozuvida bitilgan, hozirgi davrda rus va o'zbek tillariga tarjima etilgan, ayrim bo'laklari «San'at», «O'zbek tili», «Fan va turmush» jurnallarida e'lon qilindi. Zoroastrizmning asosiy g'oyasi dualizmga, ya'ni bir tomondan Yaxshilik va rug'lik (xudosi Axura Mazda), ikkinchi tomondan vuzlik va Qorong'ilik (xudosi Anxra Manu) kuchlari o'rtasidagi kurashdir. Inson xo'jalik faoliyatida tabiiy muhit bilan chambarchas bog'liq deb uqtiriladi, ammo insonga alohida e'tibor beriladi. Insonga tanlash huquqi berilgan
 
 
bo'lib, u Yaxshilik yoki monlik tomonlarni olishi va shunga mos harakat qilishi 
kerakligi aytiladi.  
Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi g'oya, yaxshi so'z va yaxshi ishlar bilan 
bog'langan bo'lishi kerak. Moddiy boyliklarni ko'paytirish erug dunyodagi yaxshi 
ishlarning asosiysi hisoblangan. Shu sababli «Avesto» matnlarida natural-xo'jalik 
faoliyati keng targ'ib etilishi va amaliy maslahatlar berilishi tasodif emas.  
Avestoda «O'z hayoti davomida go'zallik va yaxshilik, nur va quvonch yo'lida 
xizmat qilgan odam parso va hakgo'y, pok va adolatli bo'lib, mehmonlarni beg'araz 
kutgan. Xotinini sevib erni mollarni parvarish qilgan, odamlarning molu mulkiga 
ko'z olaytirmagan, tabiatni asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham 
bitmas-tuganmas rohat va farog'atga burkanadi» deb yoziladi.  
Ko'chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo'lgan mollar sonini saqlash 
qo'llanilib, ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Bu g'oya ayniqsa 
ilk zoroastrizmda kuchli. Hayvonot dunyosini asrash, uning sonini oshirish, sifatini 
yaxshilash (ayniqsa semirtirish) ga alohida urg'u berilgan. Buning uchun esa yaxshi 
yaylov, kerakli qarov, em-xashak bilan ta'minlash eng yaxshi faoliyat deb 
baholanadi. Yaxshi ishlarni amalga oshirish kuchli hokimiyat bilan bo'lishi qayd 
etiladi. Kitobda yozilishicha, hayvonlarni o'g'irlash yoki tortib olish, turar joylarni 
xonavayron qilishdan asrashga intilish Yaxshilik g'alabasiga olib keladi. Ana shu 
qoidalarga amal qilganlarga yaylovlar bo'ylab erkin harakat qilishga va'da beriladi, 
chunki tabiiy yaylovlar cheklangan sharoitda bu «erkin harakat» ta'minoti muhimdir, 
aks holda o'zaro to'qnashuv va urushlar ro'y bergan.  
Ma'lum qonun-qoidalarga bo'ysunish kuchli hokimiyat va mo''tadillik bilan 
bog'liq edi. O'zaro shartnomalarga bekamu-ko'st amal qilish zarurligi, ayniqsa o'zaro 
moddiy yordam berish kerakligi targ'ib etiladi.  
Avesto ma'lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib 
olish mumkin. Bu davrda urug' jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo 
bo'lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak, 
ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo'lgan. Aholi ko'proq yarim 
ko'chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik etakchi edi.  
bo'lib, u Yaxshilik yoki monlik tomonlarni olishi va shunga mos harakat qilishi kerakligi aytiladi. Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi g'oya, yaxshi so'z va yaxshi ishlar bilan bog'langan bo'lishi kerak. Moddiy boyliklarni ko'paytirish erug dunyodagi yaxshi ishlarning asosiysi hisoblangan. Shu sababli «Avesto» matnlarida natural-xo'jalik faoliyati keng targ'ib etilishi va amaliy maslahatlar berilishi tasodif emas. Avestoda «O'z hayoti davomida go'zallik va yaxshilik, nur va quvonch yo'lida xizmat qilgan odam parso va hakgo'y, pok va adolatli bo'lib, mehmonlarni beg'araz kutgan. Xotinini sevib erni mollarni parvarish qilgan, odamlarning molu mulkiga ko'z olaytirmagan, tabiatni asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham bitmas-tuganmas rohat va farog'atga burkanadi» deb yoziladi. Ko'chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo'lgan mollar sonini saqlash qo'llanilib, ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Bu g'oya ayniqsa ilk zoroastrizmda kuchli. Hayvonot dunyosini asrash, uning sonini oshirish, sifatini yaxshilash (ayniqsa semirtirish) ga alohida urg'u berilgan. Buning uchun esa yaxshi yaylov, kerakli qarov, em-xashak bilan ta'minlash eng yaxshi faoliyat deb baholanadi. Yaxshi ishlarni amalga oshirish kuchli hokimiyat bilan bo'lishi qayd etiladi. Kitobda yozilishicha, hayvonlarni o'g'irlash yoki tortib olish, turar joylarni xonavayron qilishdan asrashga intilish Yaxshilik g'alabasiga olib keladi. Ana shu qoidalarga amal qilganlarga yaylovlar bo'ylab erkin harakat qilishga va'da beriladi, chunki tabiiy yaylovlar cheklangan sharoitda bu «erkin harakat» ta'minoti muhimdir, aks holda o'zaro to'qnashuv va urushlar ro'y bergan. Ma'lum qonun-qoidalarga bo'ysunish kuchli hokimiyat va mo''tadillik bilan bog'liq edi. O'zaro shartnomalarga bekamu-ko'st amal qilish zarurligi, ayniqsa o'zaro moddiy yordam berish kerakligi targ'ib etiladi. Avesto ma'lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib olish mumkin. Bu davrda urug' jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo bo'lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak, ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo'lgan. Aholi ko'proq yarim ko'chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik etakchi edi.
 
 
Ideal hayot tarzi quyidagicha talqin etilgan bo'lib, uningcha erdan shunday 
joyni topish yoki yaratish kerakki, u erda ko'p ovqat pishirilishi, doim katta bo'lak 
go'sht tegishi, otlar pishqirib turishi, ot-arava g'ildiraklari jarangi chiqishi, qamchilar 
doim ko'tarilib, ovozi chiqib turishi, odamlar jag'i tinmaydigan (ovqat yeishda), 
ziravorlar etarlicha yashirib qo'yilgan, xushbuy hidlar arimaydigan, yaxshi hayot 
uchun kerakli barcha narsalarni istakka qarab ko'p miqdorda saqlanadigan omborlar 
bor joy tushunilgan. 
«Avesto» bo'yicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zahira oziq-ovqatlar barpo 
qilish qo'llab-quvvatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta'limotlarda ham bu g'oya katta 
o'rinni tutadi).  
 
«Avesto»ning yozilishi jihatidan keyingi davrga mansub fikrlarda, masalan, 
chorvadorlar hamkori Yim to'g'risidagi afsonada «oltin asr»dagi mol-qo'ylarning 
mo'l-ko'lligi haqida so'z yuritiladi. Yimning xizmati ulug'lanib, kuchli sovuq, kor va 
suv to'fonidan hayvonlar va odamlarni qutqarish uchun «varu» (qo'rg'on) qurdirib, 
unga suv o'tkazadi, mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha o'simliklar 
urug'i va yonib porlab turgan olovni keltiradi (Nuh payg'ambar bilan solishtiring). 
Odamlar uchun turar joy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani aytiladi.  
«Avesto»ning 3-bobi (fargard) «Vandidot» bo'lib, nisbatan keyingi davr 
voqealarini aks ettiradi, unda asosan dehqonchilik va dehqon mehnati ulug'lanadi 
(avvalgi boblarda chorva etakchi edi). Endilikda ko'proq ekin ekiladigan, don, o't, 
mevali ekinlar o'stiriladigan, suvsiz joylarni sug'oradigan, suvi ortiqcha erlar 
quritiladigan (sug'orish bilan birga zax qochirish) joylar maqtaladi, hatto erlarga ko'p 
go'ng solinishi, buning uchun esa ko'proq kichik va katta qoramollar boqish tavsiya 
etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko'rinib turibdi.   
Kitobning bu bobida dehqonchilik va ayniqsa don ekish, g'allakorlik 
ulug'lanadi. Aholini qunt bilan don etishtirishga undaladi, hatto g'allakorlar e'tiqodni 
olg'a suruvchilar deb talqin etiladi. «Dehqonchiliksiz mo'l-ko'lchilik yo'q», degan 
aqida ilgari suriladi (fiziokratizm ta'limoti bilan solishtiring). «Kimda-kim zaminni 
chap va o'ng qo'l bilan, o'ng qo'l va chap qo'l bilan shudgor qilsa, zamin unga 
farovonlik baxsh etadi. U go'zal va pokiza qizga o'xshaydi. Bu qiz er xonadoniga 
Ideal hayot tarzi quyidagicha talqin etilgan bo'lib, uningcha erdan shunday joyni topish yoki yaratish kerakki, u erda ko'p ovqat pishirilishi, doim katta bo'lak go'sht tegishi, otlar pishqirib turishi, ot-arava g'ildiraklari jarangi chiqishi, qamchilar doim ko'tarilib, ovozi chiqib turishi, odamlar jag'i tinmaydigan (ovqat yeishda), ziravorlar etarlicha yashirib qo'yilgan, xushbuy hidlar arimaydigan, yaxshi hayot uchun kerakli barcha narsalarni istakka qarab ko'p miqdorda saqlanadigan omborlar bor joy tushunilgan. «Avesto» bo'yicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zahira oziq-ovqatlar barpo qilish qo'llab-quvvatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta'limotlarda ham bu g'oya katta o'rinni tutadi). «Avesto»ning yozilishi jihatidan keyingi davrga mansub fikrlarda, masalan, chorvadorlar hamkori Yim to'g'risidagi afsonada «oltin asr»dagi mol-qo'ylarning mo'l-ko'lligi haqida so'z yuritiladi. Yimning xizmati ulug'lanib, kuchli sovuq, kor va suv to'fonidan hayvonlar va odamlarni qutqarish uchun «varu» (qo'rg'on) qurdirib, unga suv o'tkazadi, mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha o'simliklar urug'i va yonib porlab turgan olovni keltiradi (Nuh payg'ambar bilan solishtiring). Odamlar uchun turar joy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani aytiladi. «Avesto»ning 3-bobi (fargard) «Vandidot» bo'lib, nisbatan keyingi davr voqealarini aks ettiradi, unda asosan dehqonchilik va dehqon mehnati ulug'lanadi (avvalgi boblarda chorva etakchi edi). Endilikda ko'proq ekin ekiladigan, don, o't, mevali ekinlar o'stiriladigan, suvsiz joylarni sug'oradigan, suvi ortiqcha erlar quritiladigan (sug'orish bilan birga zax qochirish) joylar maqtaladi, hatto erlarga ko'p go'ng solinishi, buning uchun esa ko'proq kichik va katta qoramollar boqish tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko'rinib turibdi. Kitobning bu bobida dehqonchilik va ayniqsa don ekish, g'allakorlik ulug'lanadi. Aholini qunt bilan don etishtirishga undaladi, hatto g'allakorlar e'tiqodni olg'a suruvchilar deb talqin etiladi. «Dehqonchiliksiz mo'l-ko'lchilik yo'q», degan aqida ilgari suriladi (fiziokratizm ta'limoti bilan solishtiring). «Kimda-kim zaminni chap va o'ng qo'l bilan, o'ng qo'l va chap qo'l bilan shudgor qilsa, zamin unga farovonlik baxsh etadi. U go'zal va pokiza qizga o'xshaydi. Bu qiz er xonadoniga
 
 
kirib borib, o'z to'shagidan halol yostiqdoshiga farzandlar tug'ib beradi. Zamin ham 
mo'l-ko'l mevalarini in'om etadi», deyilgan, bunda erni tobora madaniylashtirish va 
undan ko'proq naf olishi haqida gap boradi.  
Xo'jalikning barcha tarmoqlari orasida g'allakorlikka eng yuksak baho 
beriladi. Zoroastrizm qashshoqlikni yo'qotish yoki unga yo'liqmaslik uchun 
ziroatchilikini rivojlantirish, yangi erlarni ochish bo'yicha faol siyosat olib borish 
kerakligini uqtiradi. Ammo inson erni tashlasa, unga qaramay qo'ysa, unday odam 
o'zgalar eshigi oldida turgan doimiy gadoyga aylanadi, deyilgan bu kitobda (hozirgi 
davr ta'limotlari bilan solishtiring).  
Asketizm to'g'ridan-to'g'ri qoralanadi, chunki bu odat monlik bilan kurashda 
insonning kuch-qudratini susaytiradi. Ovqatni kam iste'mol qilgan odam na din, na 
xo'jalik (qishloq xo'jaligi) ishlari, na farzand (ayniqsa o'g'il bolalar) ko'paytirish 
faoliyati bilan kerakli darajada shug'ullana olmaydi; insonlar sonini ko'paytirish ham 
muhim vazifa deb belgilangan, chunki farzandlar oila boyligini ko'paytiradi, 
Yaxshilik g'alabasiga ko'maklashadilar. Bu g'oyalarning ahamiyati hozirgi kunda 
ham juda muhimdir.  
Bu din hozirgi Markaziy Osiyo, ayniqsa Qadimgi Eronda keng tarqaldi, davlat 
diniga aylandi. Mil.avv. VI-V asrlarda Dariy I podsholigi yillarida Eronda, 
keyinchalik boshqa davlatlarda tarqaldi. Islom dinigacha bo'lgan davrda 
respublikamiz aholisining asosiy qismi bu dinga e'tiqod qilgan, uning ayrim 
qoldiqlari hali ham qayd etilib turadi (kelin-kuyovlarni olov atrofida aylantirish, 
vafot etganlarga chiroq yoqish va boshqalar).  
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar m.a. VI-III asrlarda shakllangan. Bu 
mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari e.a. II ming yillikda paydo bo'lgan. 
Konfutsiylik g'oyasi muhimdir. Uning muallifi Konfutsiy yoki Kun-TSzi (m.a. 
551-478 yy.) «Lun yuy» to'plamida («Suhbatlar va mulohazalar») o'z g'oyalarini 
jamlagan. Olim kelajak rivojini o'tmishdan izlaydi. Shu davrda obro'si pasaygan 
zodagonlarning manfaatini himoya qiladi (bu g'oyalar keyinchalik Ken-TSzi 
(m.a.312-289 yy.), Syun-Tszi (313-278 yy.) va boshqalar tomonidan davom 
ettirilgan). shlarning qariyalarga hurmati, ularga qarshi chiqmaslik g'oyasi asos qilib 
kirib borib, o'z to'shagidan halol yostiqdoshiga farzandlar tug'ib beradi. Zamin ham mo'l-ko'l mevalarini in'om etadi», deyilgan, bunda erni tobora madaniylashtirish va undan ko'proq naf olishi haqida gap boradi. Xo'jalikning barcha tarmoqlari orasida g'allakorlikka eng yuksak baho beriladi. Zoroastrizm qashshoqlikni yo'qotish yoki unga yo'liqmaslik uchun ziroatchilikini rivojlantirish, yangi erlarni ochish bo'yicha faol siyosat olib borish kerakligini uqtiradi. Ammo inson erni tashlasa, unga qaramay qo'ysa, unday odam o'zgalar eshigi oldida turgan doimiy gadoyga aylanadi, deyilgan bu kitobda (hozirgi davr ta'limotlari bilan solishtiring). Asketizm to'g'ridan-to'g'ri qoralanadi, chunki bu odat monlik bilan kurashda insonning kuch-qudratini susaytiradi. Ovqatni kam iste'mol qilgan odam na din, na xo'jalik (qishloq xo'jaligi) ishlari, na farzand (ayniqsa o'g'il bolalar) ko'paytirish faoliyati bilan kerakli darajada shug'ullana olmaydi; insonlar sonini ko'paytirish ham muhim vazifa deb belgilangan, chunki farzandlar oila boyligini ko'paytiradi, Yaxshilik g'alabasiga ko'maklashadilar. Bu g'oyalarning ahamiyati hozirgi kunda ham juda muhimdir. Bu din hozirgi Markaziy Osiyo, ayniqsa Qadimgi Eronda keng tarqaldi, davlat diniga aylandi. Mil.avv. VI-V asrlarda Dariy I podsholigi yillarida Eronda, keyinchalik boshqa davlatlarda tarqaldi. Islom dinigacha bo'lgan davrda respublikamiz aholisining asosiy qismi bu dinga e'tiqod qilgan, uning ayrim qoldiqlari hali ham qayd etilib turadi (kelin-kuyovlarni olov atrofida aylantirish, vafot etganlarga chiroq yoqish va boshqalar). Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar m.a. VI-III asrlarda shakllangan. Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari e.a. II ming yillikda paydo bo'lgan. Konfutsiylik g'oyasi muhimdir. Uning muallifi Konfutsiy yoki Kun-TSzi (m.a. 551-478 yy.) «Lun yuy» to'plamida («Suhbatlar va mulohazalar») o'z g'oyalarini jamlagan. Olim kelajak rivojini o'tmishdan izlaydi. Shu davrda obro'si pasaygan zodagonlarning manfaatini himoya qiladi (bu g'oyalar keyinchalik Ken-TSzi (m.a.312-289 yy.), Syun-Tszi (313-278 yy.) va boshqalar tomonidan davom ettirilgan). shlarning qariyalarga hurmati, ularga qarshi chiqmaslik g'oyasi asos qilib
 
 
olingan. Davlat bu katta oila, podsho esa «xalqlar otasi»dir, boyliklar nisbatan tekis 
taqsimlanishi kerak, soliqlarni me'yorida saqlash, er ishlarini yaxshi bajarish, 
hammani o'z vazifalarini bajonidil ato etishi zarur deyiladi («Xalqlar otasi» 
tushunchasining ibtidosiga e'tibor bering).  
Bu g'oyalar Xitoydagi muhim iqtisodiy o'zgarishlar davriga to'g'ri keladi. 
Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topdi, tovar-pul 
munosabatlari o'sdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiy munosabatlar keskinlashdi. Shu 
sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, ahloq va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini 
ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq o'rtasida vujudga kelgan quldorlik 
va xususiy mulk himoya qilinadi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar 
jamoasi) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, so'nggisini ko'proq 
qo'llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini ta'kidlaydi 
va uni tabiiy hol, deydi. Boylikning manbai mehnat bo'lib, hokimlar boyligi xalq 
boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori edi, xalqni 
ko'proq ishlab, kamroq iste'mol qilishga chaqirdi.  
Syun-TSzi davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori edi, odamlarning 
boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish yuritishsa bas). Ammo 
inson bir vaqtning o'zida ko'p kasb egasi bo'la olmaydi, degan fikr paydo bo'ldi, ya'ni 
olim mehnat taqsimoti zarurligi g'oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir). 
Davlatning iqtisodiy siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak:  
1. Harajatlarni iqtisod qilish, ya'ni tejab-tergab sarflash;  
2. Xalq to'qligini ta'minlash;  
3. Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi. 
Yetarlicha ta'minot tamoyili insonning jamiyatdagi o'rniga bog'liq holda 
belgilangan (ya'ni sinfiylik tamoyili mavjud). Ekspluatatsiya qo'llab-quvvatlanadi, 
jamiyatda hammaning o'z aniq joyi bo'lishi kerak, deyilgan, ya'ni hukmdor, tobe', 
ota, o'g'il. Boshqarish ma'lum qonun asosida emas, balki oddiy odat bo'yicha bo'lishi, 
og'ir soliq va majburiyatlar bo'lmasligi ta'kidlanadi.  
Miloddan avvalgi VI-III asrlarda legistlar (qonuniy degani) oqimi paydo 
bo'ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga qarshi) olib borish 
olingan. Davlat bu katta oila, podsho esa «xalqlar otasi»dir, boyliklar nisbatan tekis taqsimlanishi kerak, soliqlarni me'yorida saqlash, er ishlarini yaxshi bajarish, hammani o'z vazifalarini bajonidil ato etishi zarur deyiladi («Xalqlar otasi» tushunchasining ibtidosiga e'tibor bering). Bu g'oyalar Xitoydagi muhim iqtisodiy o'zgarishlar davriga to'g'ri keladi. Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topdi, tovar-pul munosabatlari o'sdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiy munosabatlar keskinlashdi. Shu sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, ahloq va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq o'rtasida vujudga kelgan quldorlik va xususiy mulk himoya qilinadi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, so'nggisini ko'proq qo'llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini ta'kidlaydi va uni tabiiy hol, deydi. Boylikning manbai mehnat bo'lib, hokimlar boyligi xalq boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori edi, xalqni ko'proq ishlab, kamroq iste'mol qilishga chaqirdi. Syun-TSzi davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori edi, odamlarning boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish yuritishsa bas). Ammo inson bir vaqtning o'zida ko'p kasb egasi bo'la olmaydi, degan fikr paydo bo'ldi, ya'ni olim mehnat taqsimoti zarurligi g'oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir). Davlatning iqtisodiy siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak: 1. Harajatlarni iqtisod qilish, ya'ni tejab-tergab sarflash; 2. Xalq to'qligini ta'minlash; 3. Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi. Yetarlicha ta'minot tamoyili insonning jamiyatdagi o'rniga bog'liq holda belgilangan (ya'ni sinfiylik tamoyili mavjud). Ekspluatatsiya qo'llab-quvvatlanadi, jamiyatda hammaning o'z aniq joyi bo'lishi kerak, deyilgan, ya'ni hukmdor, tobe', ota, o'g'il. Boshqarish ma'lum qonun asosida emas, balki oddiy odat bo'yicha bo'lishi, og'ir soliq va majburiyatlar bo'lmasligi ta'kidlanadi. Miloddan avvalgi VI-III asrlarda legistlar (qonuniy degani) oqimi paydo bo'ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga qarshi) olib borish
 
 
tarafdori edilar (namoyandalari TSzi-Chap, Li-Kuy), markaziy davlat kuchli, 
mamlakat esa yagona birlashgan bo'lishini qo'llab-quvvatlashgan. Legistlar (Shan 
Yan) ayniqsa qishloq xo'jaligi, dehqonchilik, donchilikni rivojlantirishga alohida 
e'tibor berishgan. Don masalasini hal etish bosh masala deb bilingan. Shan Yanning 
fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: don va urush (atrofdagi 
erlarni bosib olish). Dehqonlar ro'yxatini o'tkazish, qonun yo'li bilan yig'ilgan don 
miqdoriga bog'liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun yo'li bilan turli 
«ishyoqmaslar»ni «erga qaytarish», ya'ni dehqonchilik bilan shug'ullanishga, ya'ni 
mehnat qilishga majbur etish siyosatini qo'llash kerak deganlar (Xitoydagi 1960 
yillar davomida ro'y bergan madaniy inqilob davrida shu siyosat amalga oshirildi). 
Undan tashqari qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishni qat'iy cheklash 
ham talab qilingan (go'yoki savdogarlar bundan katta foyda olishlari mumkin). 
Savdogarlar savdoni tashlab, dehqonchilikka intilishlari kerak. Erkin sohibkorlik 
taqiqlangan, umumiy er egaligi va javobgarlik joriy etilgan(m.a.351 y.) 
 «Guan-TSzi» (m.a. IV a.) asarida ham xo'jalikni davlat tomonidan tartibga 
solishning tizimlari ancha mukammal bayon etilgan. Bunda legistlardan farqli, 
tovar-pul munosabatlarini cheklashga intilmasdan, bu munosabatlarni o'rganib, 
undan xo'jalikni barqarorlashtirishda ma'lum mexanizm sifatida foydalanish taklif 
etiladi. Xalq xo'jaligini barqaror saqlash uchun tovarlar baholarini ushlab turish 
g'oyasi ilgari suriladi. Davlat hokimi non, pul, metallni tartibga solish yo'lini qo'lida 
saqlasa, mamlakat rivoji nisbatan tekis boradi, deyilgan. Bu asarda ham agrar soha, 
ayniqsa donchilikka alohida urg'u berilgan. Agar legistlar hunarmandchilik, ayniqsa 
savdoni befoyda soha deb hisoblagan bo'lsalar, bu asarda esa o'sha sohalarga ham 
ijobiy baho berilgan. «Yerni boshqarish» uchun davlat yerning tabiiy xususiyatlarini 
yaxshi bilishi kerak. Yer maydonlari nisbatan tekis taqsimlanishi zarur, dehqonlarni 
ish qizigan davrda boshqa yumushlarga jalb etmaslik, soliq tizimi sharoitiga qarab 
(yer unumiga bog'liq ravishda) bo'lishi taklif etilgan. Bu erda gap Yer kadastrini 
tuzish to'g'risida boradi, ya'ni bu ishda hisob-kitob bo'lishi qayd etiladi. Asarda er va 
suv (tog' va dengiz) larni davlat ixtiyoriga o'tkazish va ulardan daromad yo'lida 
tarafdori edilar (namoyandalari TSzi-Chap, Li-Kuy), markaziy davlat kuchli, mamlakat esa yagona birlashgan bo'lishini qo'llab-quvvatlashgan. Legistlar (Shan Yan) ayniqsa qishloq xo'jaligi, dehqonchilik, donchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor berishgan. Don masalasini hal etish bosh masala deb bilingan. Shan Yanning fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: don va urush (atrofdagi erlarni bosib olish). Dehqonlar ro'yxatini o'tkazish, qonun yo'li bilan yig'ilgan don miqdoriga bog'liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun yo'li bilan turli «ishyoqmaslar»ni «erga qaytarish», ya'ni dehqonchilik bilan shug'ullanishga, ya'ni mehnat qilishga majbur etish siyosatini qo'llash kerak deganlar (Xitoydagi 1960 yillar davomida ro'y bergan madaniy inqilob davrida shu siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishni qat'iy cheklash ham talab qilingan (go'yoki savdogarlar bundan katta foyda olishlari mumkin). Savdogarlar savdoni tashlab, dehqonchilikka intilishlari kerak. Erkin sohibkorlik taqiqlangan, umumiy er egaligi va javobgarlik joriy etilgan(m.a.351 y.) «Guan-TSzi» (m.a. IV a.) asarida ham xo'jalikni davlat tomonidan tartibga solishning tizimlari ancha mukammal bayon etilgan. Bunda legistlardan farqli, tovar-pul munosabatlarini cheklashga intilmasdan, bu munosabatlarni o'rganib, undan xo'jalikni barqarorlashtirishda ma'lum mexanizm sifatida foydalanish taklif etiladi. Xalq xo'jaligini barqaror saqlash uchun tovarlar baholarini ushlab turish g'oyasi ilgari suriladi. Davlat hokimi non, pul, metallni tartibga solish yo'lini qo'lida saqlasa, mamlakat rivoji nisbatan tekis boradi, deyilgan. Bu asarda ham agrar soha, ayniqsa donchilikka alohida urg'u berilgan. Agar legistlar hunarmandchilik, ayniqsa savdoni befoyda soha deb hisoblagan bo'lsalar, bu asarda esa o'sha sohalarga ham ijobiy baho berilgan. «Yerni boshqarish» uchun davlat yerning tabiiy xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. Yer maydonlari nisbatan tekis taqsimlanishi zarur, dehqonlarni ish qizigan davrda boshqa yumushlarga jalb etmaslik, soliq tizimi sharoitiga qarab (yer unumiga bog'liq ravishda) bo'lishi taklif etilgan. Bu erda gap Yer kadastrini tuzish to'g'risida boradi, ya'ni bu ishda hisob-kitob bo'lishi qayd etiladi. Asarda er va suv (tog' va dengiz) larni davlat ixtiyoriga o'tkazish va ulardan daromad yo'lida
 
 
foydalanish, baholarni tartibga solish yo'li va boshqa ko'pgina iqtisodiy g'oyalar 
ilgari suriladi. Bu g'oyalar amalda ham qo'llanildi va yaxshi samara berdi.  
Qadimgi Xitoy ijtimoiy hayotida daosizm (aynan - yo'l) g'oyalari alohida 
o'rinni egallaydi, uning asoschisi Lyao-TSzi bo'lib, Konfutsiy davrida yashab, ijod 
etgan (e.a. IV-III asrlar). U taqiqlovchi qonunlarga amal qilmaslikni taklif etdi, 
qonunlar ko'pligi tufayli «xalq kambag'allashmoqda», degan edi u. Daosizm 
g'oyalari konfutsiylikka qarama-qarshi bo'lib, insoniyat avvalgi majburiyatlaridan 
voz kechishi, oddiy tabiiy hayotga qaytishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. Bu 
g'oyaga ko'ra inson ibtidoiy davrga qaytishi, yangi mehnat qurollaridan 
foydalanmasligi kerak. Ko'rinib turibdiki, unda reaktsionlik elementlari bor, ammo 
bu g'oyada xalq ommasining noroziligi ham aks etgan, chunki tsivilizatsiya yutuqlari 
ekspluatatsiya manfaatlariga ham xizmat qilayotgan edi. Bunda kurashdan voz 
kechish, davlatning xalq hayotiga aralashuvini inkor etish fikrlari ustun kelgan. 
2. Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta'limotlar 
Yuqorida qayd etilganidek, antik dunyo mamlakatlarida quldorlik klassik 
shaklda rivoj topdi, m.a. II-I ming yilliklar davrida shakllandi. Qadimgi Gresiya 
(Yunoniston) da ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma jabhalarida quldorlik bevosita 
ishlab chiqaruvchilarni ekspluatasiya qilishning asosiy shakliga aylangan edi. Ishlab 
chiqarish asosan quldorlik munosabatlariga asoslanib olib borildi, qul asosiy ishlab 
chiqaruvchi kuch hisoblangan (Sharq bilan solishtiring). Dastlabki iqtisodiy g'oyalar 
Gomerning «Iliada» va 
«Odisseya» poemalarida aks ettirilgan bo'lib, 
iqtisodiyotning natural xo'jalik konsepsiyasi ilgari surilgan. Yunon shoiri Gesiad 
(m.a.8-7 asrlar) ning «Mehnat va qonunlar» asarida boylikning kuchi, hokimiyati 
aks ettirilgan. U dehqonchilikni ulug'laydi, bu sohada qisman qullar mehnati ham 
ishlatilgan. U davrda oddiy xalq orasida mehnat ancha qadrlangan. Qulchilik 
ofatining bosib kelayotganligidan xavfsiragan shoir go'yoki ilgari hukm surgan 
«oltin asr», ijtimoiy jabr va og'ir jismoniy mehnatga ehtiyoj bo'lmagan davrni ham 
yoritgan.  
foydalanish, baholarni tartibga solish yo'li va boshqa ko'pgina iqtisodiy g'oyalar ilgari suriladi. Bu g'oyalar amalda ham qo'llanildi va yaxshi samara berdi. Qadimgi Xitoy ijtimoiy hayotida daosizm (aynan - yo'l) g'oyalari alohida o'rinni egallaydi, uning asoschisi Lyao-TSzi bo'lib, Konfutsiy davrida yashab, ijod etgan (e.a. IV-III asrlar). U taqiqlovchi qonunlarga amal qilmaslikni taklif etdi, qonunlar ko'pligi tufayli «xalq kambag'allashmoqda», degan edi u. Daosizm g'oyalari konfutsiylikka qarama-qarshi bo'lib, insoniyat avvalgi majburiyatlaridan voz kechishi, oddiy tabiiy hayotga qaytishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. Bu g'oyaga ko'ra inson ibtidoiy davrga qaytishi, yangi mehnat qurollaridan foydalanmasligi kerak. Ko'rinib turibdiki, unda reaktsionlik elementlari bor, ammo bu g'oyada xalq ommasining noroziligi ham aks etgan, chunki tsivilizatsiya yutuqlari ekspluatatsiya manfaatlariga ham xizmat qilayotgan edi. Bunda kurashdan voz kechish, davlatning xalq hayotiga aralashuvini inkor etish fikrlari ustun kelgan. 2. Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta'limotlar Yuqorida qayd etilganidek, antik dunyo mamlakatlarida quldorlik klassik shaklda rivoj topdi, m.a. II-I ming yilliklar davrida shakllandi. Qadimgi Gresiya (Yunoniston) da ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspluatasiya qilishning asosiy shakliga aylangan edi. Ishlab chiqarish asosan quldorlik munosabatlariga asoslanib olib borildi, qul asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblangan (Sharq bilan solishtiring). Dastlabki iqtisodiy g'oyalar Gomerning «Iliada» va «Odisseya» poemalarida aks ettirilgan bo'lib, iqtisodiyotning natural xo'jalik konsepsiyasi ilgari surilgan. Yunon shoiri Gesiad (m.a.8-7 asrlar) ning «Mehnat va qonunlar» asarida boylikning kuchi, hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni ulug'laydi, bu sohada qisman qullar mehnati ham ishlatilgan. U davrda oddiy xalq orasida mehnat ancha qadrlangan. Qulchilik ofatining bosib kelayotganligidan xavfsiragan shoir go'yoki ilgari hukm surgan «oltin asr», ijtimoiy jabr va og'ir jismoniy mehnatga ehtiyoj bo'lmagan davrni ham yoritgan.
 
 
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi shakllanib bo'lgach, 
qulchilik keng tus oladi, urug'chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan siqib 
chiqariladi, savdo, sudxo'rlik tez rivojlanadi. Solon (m.a. 640/635-559 yy.) 
islohotlari pul xo'jaligining afzalligini ko'rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli 
kulni qarzga berish taqiqlandi. Afinada Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan 
olib borilgan ishlar muhim ahamiyat kasb etdi. Qurilish, hunarmandchilik, savdo 
o'sdi. Shu davrda fuqarolar va fuqaro bo'lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi 
qo'yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va savdo 
sohalarida beayov ekspluatasiya qilish, savdo va pul xo'jaligini rivojlantirish 
hisobiga amalga oshirildi.  
Qulchilik o'z tabiatiga ko'ra insonga yot, u majburiylikni talab etgan, oqibatda 
ma'lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. Shu davrda iqtisodiy g'oyalar tobora 
reaksionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya qilish, natural xo'jalikni yoqlash 
yo'lini tanlaydi, ya'ni sinfiy xarakterga ega bo'la boradi. Bu yo'nalish Ksenofont 
(taxminan m.a. 430-354 yy.), Platon (Aflotun, taxminan m.a. 427-347 yy.), 
Aristotel (Arastu, m.a. 384-322 yy.)larning iqtisodiy qarashlarida yaqqol namoyon 
bo'ldi.  
«Ekonomiya» so'zi («oykonomiya»: - «oykos» - uy, xo'jalik va «nomos» - 
qonun, qoida) tom ma'noda uy xo'jaligi to'g'risida qoida mazmuniga ega bo'lib, 
Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo'lgan. Ksenofont quldorlar 
mafkurasining himoyachisi hisoblanadi, qulchilikni tabiiy, ob'ektiv jarayon deb 
baholaydi, qul mehnatiga asoslangan natural xo'jalikni ulug'laydi. U ayniqsa qishloq 
xo'jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbai deb bilgan. Dehqonchilik tufayli 
odamlar o'zlariga hayot uchun kerakli hamma narsani oladilar. Dalada ishlash sog'liq 
uchun ham foydali (toza havo), ham iqtisodiy naf keltiradi. U rahbarlar va ijrochilar 
mehnatini farqlaydi. Uningcha ijrochilar jismoniy mehnat bilan shug'ullanadilar. 
Rahbarlar mehnati bilan erkin odamlar, jismoniy mehnat bilan esa qullar band 
bo'lishlari kerak. Xo'jalik faoliyati davomida foydali buyumlar, ya'ni iste'mol 
qiymatlari yaratiladi. Qadimgi yunon olimlari ichida birinchi bo'lib, mehnat 
taqsimotining ahamiyatini tushundi, ko'proq, ortiqcha foyda olish, «xo'jalikni 
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi shakllanib bo'lgach, qulchilik keng tus oladi, urug'chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan siqib chiqariladi, savdo, sudxo'rlik tez rivojlanadi. Solon (m.a. 640/635-559 yy.) islohotlari pul xo'jaligining afzalligini ko'rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli kulni qarzga berish taqiqlandi. Afinada Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan olib borilgan ishlar muhim ahamiyat kasb etdi. Qurilish, hunarmandchilik, savdo o'sdi. Shu davrda fuqarolar va fuqaro bo'lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi qo'yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va savdo sohalarida beayov ekspluatasiya qilish, savdo va pul xo'jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi. Qulchilik o'z tabiatiga ko'ra insonga yot, u majburiylikni talab etgan, oqibatda ma'lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. Shu davrda iqtisodiy g'oyalar tobora reaksionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya qilish, natural xo'jalikni yoqlash yo'lini tanlaydi, ya'ni sinfiy xarakterga ega bo'la boradi. Bu yo'nalish Ksenofont (taxminan m.a. 430-354 yy.), Platon (Aflotun, taxminan m.a. 427-347 yy.), Aristotel (Arastu, m.a. 384-322 yy.)larning iqtisodiy qarashlarida yaqqol namoyon bo'ldi. «Ekonomiya» so'zi («oykonomiya»: - «oykos» - uy, xo'jalik va «nomos» - qonun, qoida) tom ma'noda uy xo'jaligi to'g'risida qoida mazmuniga ega bo'lib, Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo'lgan. Ksenofont quldorlar mafkurasining himoyachisi hisoblanadi, qulchilikni tabiiy, ob'ektiv jarayon deb baholaydi, qul mehnatiga asoslangan natural xo'jalikni ulug'laydi. U ayniqsa qishloq xo'jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbai deb bilgan. Dehqonchilik tufayli odamlar o'zlariga hayot uchun kerakli hamma narsani oladilar. Dalada ishlash sog'liq uchun ham foydali (toza havo), ham iqtisodiy naf keltiradi. U rahbarlar va ijrochilar mehnatini farqlaydi. Uningcha ijrochilar jismoniy mehnat bilan shug'ullanadilar. Rahbarlar mehnati bilan erkin odamlar, jismoniy mehnat bilan esa qullar band bo'lishlari kerak. Xo'jalik faoliyati davomida foydali buyumlar, ya'ni iste'mol qiymatlari yaratiladi. Qadimgi yunon olimlari ichida birinchi bo'lib, mehnat taqsimotining ahamiyatini tushundi, ko'proq, ortiqcha foyda olish, «xo'jalikni
 
 
boyitish» uchun qullar talabini imkon boricha kamroq qondirishni tavsiya etgan. 
Mehnat taqsimoti bilan bozor kattaligi, mahsulotning almashuv qiymati orasida 
uzviy bog'lanish borligiga e'tibor bergan. Pulning muomala vositasidan tashqari, 
kapital sifatida jamg'arish funksiyasini ham tan olgan (pulning boshqa funksiyalari 
inkor etiladi).  Platon (Aflotun) «Davlat» va «Qonunlar» asarlarida ideal davlat 
qanday bo'lishi kerakligini ochib bermoqchi bo'ldi. Uningcha bu davrda xususiy 
mulk va erkin xo'jalik tashabbusiga o'rin yo'q. U aholini uch toifaga ajratgan:  
1. Faylasuflar - davlatni boshqaruvchilar;  
2. Harbiylar - davlatni boshqarish apparatining bir qismi 
bo'lib, ular biror mulk egasi bo'lish huquqiga ega emas, 
iste'mol qilish esa ijtimoiy xarakterga ega bo'lishi kerak.  
3. «Qora» toifa - dehqon, hunarmand va savdogarlardan 
bo'lib, ular mulk egasi bo'lishi kerak. Bu olimning mehnat 
taqsimoti, tovar, pul va savdogarlarning ajralib chiqishi 
o'rtasidagi aloqadorlik to'g'risidagi fikrini o'sha davr uchun 
buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo Aflotun qulchilikka asoslangan 
natural xo'jalikni himoya qildi, Platon pul funksiyasini muomala doirasidagina deb 
bilishga harakat qildi, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb bildi; 
u sudxo'rlik operasiyalarini inkor etdi va baholarni me'yorda saqlash yo'li bilan 
savdogarlarning foydasini chegaralashni talab qildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb 
tan olmadi va ularni biror toifaga kiritmadi (demak, ular mulk egasi hambo'lishi 
mumkin emas). Qullar mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2-
toifa ahlining cheklanmagan talab-ehtiyojlarini to'la-to'kis qondirishlari kerak edi. 
Shunday qilib, Aflotun o'zining ideal, ya'ni bekamu-ko'st davlatini barpo etar ekan, 
qulchilikni abadiy saqlash tarafdori edi. Aristotel (Arastu) Aristotel qadimgi 
Gresiyadagi quldorlarning eng yirik mafkurachisi edi. Uni jahongir Iskandar 
Zulqarnaynning 
tarbiyachisi 
va 
o'qituvchisi 
ekanligini 
alohida 
ta'kidlab 
o'tmoqchimiz. Avval Makedoniyada yashagan olim, keyin Afinaga ko'chib o'tgan. 
Olimning iqtisodiy g'oyalari «Nikomaxov ahloqi» va «Siyosat» kitoblarida mavjud. 
boyitish» uchun qullar talabini imkon boricha kamroq qondirishni tavsiya etgan. Mehnat taqsimoti bilan bozor kattaligi, mahsulotning almashuv qiymati orasida uzviy bog'lanish borligiga e'tibor bergan. Pulning muomala vositasidan tashqari, kapital sifatida jamg'arish funksiyasini ham tan olgan (pulning boshqa funksiyalari inkor etiladi). Platon (Aflotun) «Davlat» va «Qonunlar» asarlarida ideal davlat qanday bo'lishi kerakligini ochib bermoqchi bo'ldi. Uningcha bu davrda xususiy mulk va erkin xo'jalik tashabbusiga o'rin yo'q. U aholini uch toifaga ajratgan: 1. Faylasuflar - davlatni boshqaruvchilar; 2. Harbiylar - davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo'lib, ular biror mulk egasi bo'lish huquqiga ega emas, iste'mol qilish esa ijtimoiy xarakterga ega bo'lishi kerak. 3. «Qora» toifa - dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo'lib, ular mulk egasi bo'lishi kerak. Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va savdogarlarning ajralib chiqishi o'rtasidagi aloqadorlik to'g'risidagi fikrini o'sha davr uchun buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo Aflotun qulchilikka asoslangan natural xo'jalikni himoya qildi, Platon pul funksiyasini muomala doirasidagina deb bilishga harakat qildi, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb bildi; u sudxo'rlik operasiyalarini inkor etdi va baholarni me'yorda saqlash yo'li bilan savdogarlarning foydasini chegaralashni talab qildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror toifaga kiritmadi (demak, ular mulk egasi hambo'lishi mumkin emas). Qullar mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2- toifa ahlining cheklanmagan talab-ehtiyojlarini to'la-to'kis qondirishlari kerak edi. Shunday qilib, Aflotun o'zining ideal, ya'ni bekamu-ko'st davlatini barpo etar ekan, qulchilikni abadiy saqlash tarafdori edi. Aristotel (Arastu) Aristotel qadimgi Gresiyadagi quldorlarning eng yirik mafkurachisi edi. Uni jahongir Iskandar Zulqarnaynning tarbiyachisi va o'qituvchisi ekanligini alohida ta'kidlab o'tmoqchimiz. Avval Makedoniyada yashagan olim, keyin Afinaga ko'chib o'tgan. Olimning iqtisodiy g'oyalari «Nikomaxov ahloqi» va «Siyosat» kitoblarida mavjud.
 
 
U «Qul - tirik qurol, qandaydir tirik mulk» degan edi. Uning fikricha, jamiyatning 
quldor va qullarga bo'linishi - bu tabiiy va qonuniy ahvol bo'lib, odamlarning 
tabiatan turli-tumanligidandir. U «haqiqiy boylik» (tabiiy) ni tan olgan, uni iste'mol 
qiymatlarining yig'indisi deb bilgan va bu bilan bog'liq faoliyatni iqtisodiyotga 
tegishli soha deb bilgan. Quldorlik xo'jaligini mustahkamlash uchun o'rtacha 
ta'minlangan quldorlar sinfini yuksaltirish kerak, buning uchun davlat tomonidan 
odil almashinuvni ta'minlash zarur. Olim masalani ahloqiy ravishda hal etishga 
urinsa-da, birinchi marta almashuv qiymatini tahlil etdi va qiymatning mehnat 
nazariyasi kurtaklarini yaratdi. Tovarlarning almashuv qiymati tovar bahosining 
yaratilish shakli ekanligini tushunib etdi. K.Marksning formulalarini qo'llaydigan 
bo'lsak, T-T munosabati T-P-T ga aylanadi va 5 ta «loja» 1 uyga yoki ma'lum 
miqdordagi pulga tenglashtirilishi mumkin. Platonga nisbatan Aristotel pulning 
mohiyatini kengroq va chuqurroq anglab etdi. Ammo u tovar ishlab chiqarishining 
rivojlanmaganligi va qiymatni to'la tushunmaganligi tufayli tovarlar pul tufayli bir-
biri bilan solishtirilishi mumkin degan xato qisqacha xulosalarga keldi. Natural 
xo'jalik tarafdori bo'lgan olim muomalaning T-P-T shaklinigina tan olgan (talabni 
qondirishga mo'ljallangan holat), savdo va sudxo'rlik tabiatga 
zid bo'lib, bularni pul qilish san'atiga xos narsa deb bilgan va uni 
xrematistikaga tegishli degan.  
Aristotel uchun ideal (bekamu-ko'st) xo'jalik - bu uncha 
katta bo'lmagan dehqonchilik xo'jaligi (unda albatta qullar 
ishlagan) bo'lib, u deyarli kerakli barcha mahsulotni yaratuvchi 
(natural 
xo'jalik) 
bo'lishi 
shart 
edi. 
Ayrim 
etishmagan 
narsalarni             
esa qo'shnilardan «odil almashuv» asosida olish kerak. Bu Aristotel olimning 
xizmati shundaki, u birinchilardan iqtisodiyotning ayrim kategoriyalarini berdi va 
ma'lum darajada ular o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni aniqladi. Aristotelning iqtisodiy 
tizimi bilan A.Smitning «Xalqlar boyligi» asaridagi fikrlar hamohangligini ko'rish, 
qiymat qonunining hosil bo'lishi mexanizmini tushunish mumkin. 
Qiymat (qimmat) iqtisodiyotning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Tarixan uni 
talqin etishda ikki yo'nalish bor. Birinchi yo'nalishda tovar qiymati ob'ektiv bo'lib, 
U «Qul - tirik qurol, qandaydir tirik mulk» degan edi. Uning fikricha, jamiyatning quldor va qullarga bo'linishi - bu tabiiy va qonuniy ahvol bo'lib, odamlarning tabiatan turli-tumanligidandir. U «haqiqiy boylik» (tabiiy) ni tan olgan, uni iste'mol qiymatlarining yig'indisi deb bilgan va bu bilan bog'liq faoliyatni iqtisodiyotga tegishli soha deb bilgan. Quldorlik xo'jaligini mustahkamlash uchun o'rtacha ta'minlangan quldorlar sinfini yuksaltirish kerak, buning uchun davlat tomonidan odil almashinuvni ta'minlash zarur. Olim masalani ahloqiy ravishda hal etishga urinsa-da, birinchi marta almashuv qiymatini tahlil etdi va qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini yaratdi. Tovarlarning almashuv qiymati tovar bahosining yaratilish shakli ekanligini tushunib etdi. K.Marksning formulalarini qo'llaydigan bo'lsak, T-T munosabati T-P-T ga aylanadi va 5 ta «loja» 1 uyga yoki ma'lum miqdordagi pulga tenglashtirilishi mumkin. Platonga nisbatan Aristotel pulning mohiyatini kengroq va chuqurroq anglab etdi. Ammo u tovar ishlab chiqarishining rivojlanmaganligi va qiymatni to'la tushunmaganligi tufayli tovarlar pul tufayli bir- biri bilan solishtirilishi mumkin degan xato qisqacha xulosalarga keldi. Natural xo'jalik tarafdori bo'lgan olim muomalaning T-P-T shaklinigina tan olgan (talabni qondirishga mo'ljallangan holat), savdo va sudxo'rlik tabiatga zid bo'lib, bularni pul qilish san'atiga xos narsa deb bilgan va uni xrematistikaga tegishli degan. Aristotel uchun ideal (bekamu-ko'st) xo'jalik - bu uncha katta bo'lmagan dehqonchilik xo'jaligi (unda albatta qullar ishlagan) bo'lib, u deyarli kerakli barcha mahsulotni yaratuvchi (natural xo'jalik) bo'lishi shart edi. Ayrim etishmagan narsalarni esa qo'shnilardan «odil almashuv» asosida olish kerak. Bu Aristotel olimning xizmati shundaki, u birinchilardan iqtisodiyotning ayrim kategoriyalarini berdi va ma'lum darajada ular o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni aniqladi. Aristotelning iqtisodiy tizimi bilan A.Smitning «Xalqlar boyligi» asaridagi fikrlar hamohangligini ko'rish, qiymat qonunining hosil bo'lishi mexanizmini tushunish mumkin. Qiymat (qimmat) iqtisodiyotning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Tarixan uni talqin etishda ikki yo'nalish bor. Birinchi yo'nalishda tovar qiymati ob'ektiv bo'lib,
 
 
uning manbai shu tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat hisoblanadi. 
Ikkinchi yo'nalishda qiymat tushunchasi sub'ektiv narsa bo'lib, odamlar tomonidan 
tovarning foydaliligi boshqa biron foydalilik bilan solishtirish tufayli yuzaga keladi. 
Aristotelning g'oyalarida ikkala yo'nalish kurtaklari mavjud. U qiymat qonuni 
muammosini qo'yadi, lekin unga to'la javob topa olmaydi. U almashuvda tovar 
qiymatlari tenglashtirilishini ko'radi. «Nikomaxov ahloqi» asarida u shunday fikr 
yuritadi: «Jamiyat ikki vrachdan tashkil bo'lmaydi, balki vrach va dehqondan, 
umuman bir xil va teng bo'lmaganlardan tashkil topadi. Ana shunday odamlarni bir-
biriga tenglashtirish zarur. Shuning uchun almashuvga uchraydigan barcha 
narsalarni tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa biror narsa bilan 
o'lchanishi 
kerak. 
Etikdo'z 
mahsulotining 
dehqon 
mahsulotiga, 
dehqon 
mahsulotining etikdo'z mahsulotiga bo'lgan to'g'ri munosabati, to'g'ri tenglamasi 
topilishi kerak». Lekin o'sha narsa nima ekanligi aytilmaydi. Savolga javob izlab u 
o'z fikrini shunday davom ettiradi: «biz nima uchun almashamiz, chunki menga 
sening tovaring, senga esa mening tovarim kerak», degan oddiy qisqacha 
xulosalarga keladi. Tovarlarning tengligi pul tufayli amalga oshadi, deydi u. Hamma 
narsa biron narsa bilan o'lchanishi kerak. Bu avvalo ehtiyoj, u barcha narsani 
bog'lovchi asos. Ehtiyojni almashtirish uchun (odamlar kelishuvi bilan) pul - chaqa 
paydo bo'ldi. Aristotelning bu fikrida hozirgi zamon marjinalizm g'oyalari yotadi, 
ya'ni tovarlarning foydaliligi asosiy o'ringa chiqadi.  
Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni xrematistikaga qarama-qarshi 
qo'yishi xarakterlidir. U o'ylab topgan «xrematistika» matni «xrema» so'zidan 
olingan bo'lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotel iqtisodiyot (ekonomika) 
deganda hayot uchun zarur bo'lgan mahsulotlar (iste'mol qiymatlari) ni ishlab 
chiqarish bilan bog'liq bo'lgan tabiiy xo'jalik faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, 
hunarmandchilik va mayda savdo). Bu almashuvni ham o'z ichiga oladi, ammo zarur 
shaxsiy talab-ehtiyojlarni qondirish chegarasidan chiqmasligi kerak. Bu faoliyat 
chegaralari ham tabiiy soha bo'lib, insonning ongli shaxsiy iste'moli doirasida 
bo'lishi kerak.  
uning manbai shu tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat hisoblanadi. Ikkinchi yo'nalishda qiymat tushunchasi sub'ektiv narsa bo'lib, odamlar tomonidan tovarning foydaliligi boshqa biron foydalilik bilan solishtirish tufayli yuzaga keladi. Aristotelning g'oyalarida ikkala yo'nalish kurtaklari mavjud. U qiymat qonuni muammosini qo'yadi, lekin unga to'la javob topa olmaydi. U almashuvda tovar qiymatlari tenglashtirilishini ko'radi. «Nikomaxov ahloqi» asarida u shunday fikr yuritadi: «Jamiyat ikki vrachdan tashkil bo'lmaydi, balki vrach va dehqondan, umuman bir xil va teng bo'lmaganlardan tashkil topadi. Ana shunday odamlarni bir- biriga tenglashtirish zarur. Shuning uchun almashuvga uchraydigan barcha narsalarni tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa biror narsa bilan o'lchanishi kerak. Etikdo'z mahsulotining dehqon mahsulotiga, dehqon mahsulotining etikdo'z mahsulotiga bo'lgan to'g'ri munosabati, to'g'ri tenglamasi topilishi kerak». Lekin o'sha narsa nima ekanligi aytilmaydi. Savolga javob izlab u o'z fikrini shunday davom ettiradi: «biz nima uchun almashamiz, chunki menga sening tovaring, senga esa mening tovarim kerak», degan oddiy qisqacha xulosalarga keladi. Tovarlarning tengligi pul tufayli amalga oshadi, deydi u. Hamma narsa biron narsa bilan o'lchanishi kerak. Bu avvalo ehtiyoj, u barcha narsani bog'lovchi asos. Ehtiyojni almashtirish uchun (odamlar kelishuvi bilan) pul - chaqa paydo bo'ldi. Aristotelning bu fikrida hozirgi zamon marjinalizm g'oyalari yotadi, ya'ni tovarlarning foydaliligi asosiy o'ringa chiqadi. Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni xrematistikaga qarama-qarshi qo'yishi xarakterlidir. U o'ylab topgan «xrematistika» matni «xrema» so'zidan olingan bo'lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotel iqtisodiyot (ekonomika) deganda hayot uchun zarur bo'lgan mahsulotlar (iste'mol qiymatlari) ni ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan tabiiy xo'jalik faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, hunarmandchilik va mayda savdo). Bu almashuvni ham o'z ichiga oladi, ammo zarur shaxsiy talab-ehtiyojlarni qondirish chegarasidan chiqmasligi kerak. Bu faoliyat chegaralari ham tabiiy soha bo'lib, insonning ongli shaxsiy iste'moli doirasida bo'lishi kerak.
 
 
Xrematistika esa (amaliyotda kam qo'llaniladi) «mulk orttirish san'ati», ya'ni 
ayniqsa pul shaklida foyda orttirish, boylik (pul) to'plashga yo'naltirilgan faoliyatdir. 
Boshqacha aytganda, xrematistika - bu kapital qo'yish, sudxo'rlik va jamg'arish 
«san'ati»dir.  
Antik davrda hali sanoat kapitali mavjud emas edi, ammo savdo va sudxo'rlik 
(pul) kapitali sezilarli rolni o'ynagan. Shularni hisobga olib, olim savdo bilan bog'liq 
bo'lgan mol-mulk orttirish san'atida maqsadga erishish borasida hech qachon 
chegara bo'lmaydi, chunki cheksiz boylik va pulga egalik asosiy maqsaddir, deydi. 
Pul oboroti bilan shug'ullanuvchilarning hammasi o'z kapitalini cheksiz o'stirishga 
intiladilar (notabiiy soha). 
Aristotel bularni notabiiy deb hisoblagan, ammo sof «ekonomika» ham 
bo'lmasligini etarli tushungan, ming afsuslar bo'lsinki, ekonomikadan doimo 
xrematistika o'sib chiqadi va bu asta-sekin tabiiy holatga aylangan. Aristotelning bu 
g'oyasi tarix sinovidan o'tmadi. Olimlar qanchalik urinmasinlar (bu harakat o'rta 
asrda ham bo'lgan), xrematistikani qanchalik notabiiy deb hisoblamasinlar, 
kapitalizm munosabatlari rivoji bilan u «tabiiy huquq»ka aylana boshladi. Hatto 
XVII-XVIII asrlarda iqtisodiy odam etishib chiqdi, uning barcha hatti-harakatlari 
faqat boyish bilan bog'liq edi.  
«Ekonomiya» so'zi dastlab uy xo'jaligini yuritish san'ati sifatida yuzaga 
kelgan bo'lsa, keyingi davrda u ko'proq va asosan «ekonomika» ma'nosida 
qo'llaniladi va odatda harajatlarni qisqartirish, ma'lum resurslarni sarflashda 
tejamkorlikni anglatadi. Hozirgi davrda bu matn ko'proq quyidagilarni anglatadi:  
1. Tuman, hudud, mamlakat, mamlakatlar guruhi yoki jahon xo'jaligi 
(masalan, jahon iqtisodiyoti, O'zbekiston iqtisodiyoti va boshqalar);  
2. Xalq xo'jaligining, to'la ishlab chiqarishning ayrim shart-sharoitlari va 
elementlari (aholi, mehnat, boshqarish va boshqalar), ayrim tarmoqlar (sanoat, 
mashinasozlik, qishloq xo'jaligi, chorvachilik, ta'lim va boshqalar) ni tadqiq etadigan 
ilmiy soha;  
Xrematistika esa (amaliyotda kam qo'llaniladi) «mulk orttirish san'ati», ya'ni ayniqsa pul shaklida foyda orttirish, boylik (pul) to'plashga yo'naltirilgan faoliyatdir. Boshqacha aytganda, xrematistika - bu kapital qo'yish, sudxo'rlik va jamg'arish «san'ati»dir. Antik davrda hali sanoat kapitali mavjud emas edi, ammo savdo va sudxo'rlik (pul) kapitali sezilarli rolni o'ynagan. Shularni hisobga olib, olim savdo bilan bog'liq bo'lgan mol-mulk orttirish san'atida maqsadga erishish borasida hech qachon chegara bo'lmaydi, chunki cheksiz boylik va pulga egalik asosiy maqsaddir, deydi. Pul oboroti bilan shug'ullanuvchilarning hammasi o'z kapitalini cheksiz o'stirishga intiladilar (notabiiy soha). Aristotel bularni notabiiy deb hisoblagan, ammo sof «ekonomika» ham bo'lmasligini etarli tushungan, ming afsuslar bo'lsinki, ekonomikadan doimo xrematistika o'sib chiqadi va bu asta-sekin tabiiy holatga aylangan. Aristotelning bu g'oyasi tarix sinovidan o'tmadi. Olimlar qanchalik urinmasinlar (bu harakat o'rta asrda ham bo'lgan), xrematistikani qanchalik notabiiy deb hisoblamasinlar, kapitalizm munosabatlari rivoji bilan u «tabiiy huquq»ka aylana boshladi. Hatto XVII-XVIII asrlarda iqtisodiy odam etishib chiqdi, uning barcha hatti-harakatlari faqat boyish bilan bog'liq edi. «Ekonomiya» so'zi dastlab uy xo'jaligini yuritish san'ati sifatida yuzaga kelgan bo'lsa, keyingi davrda u ko'proq va asosan «ekonomika» ma'nosida qo'llaniladi va odatda harajatlarni qisqartirish, ma'lum resurslarni sarflashda tejamkorlikni anglatadi. Hozirgi davrda bu matn ko'proq quyidagilarni anglatadi: 1. Tuman, hudud, mamlakat, mamlakatlar guruhi yoki jahon xo'jaligi (masalan, jahon iqtisodiyoti, O'zbekiston iqtisodiyoti va boshqalar); 2. Xalq xo'jaligining, to'la ishlab chiqarishning ayrim shart-sharoitlari va elementlari (aholi, mehnat, boshqarish va boshqalar), ayrim tarmoqlar (sanoat, mashinasozlik, qishloq xo'jaligi, chorvachilik, ta'lim va boshqalar) ni tadqiq etadigan ilmiy soha;