Qadimgi Grettsyada siyosiy mafkuralar. Qadimgi ellinizm mafkurasi
R E J A:
1. Kadimgi dunyo tarixida ellinizm davri.
2.Ellinistik davr mafkurasi.
Z.Baktriyada ko’ldorlikka asoslangan greklar hukmronligi
4.Markaziy Osiyo xalklarining madaniy alokalari
Qadimgi dunyo tarixida ellinizm deb nomlangan davr eng murakkab va
qarama-qarshiliklar bilan tqlib toshgan davr hisoblanadi. Aleksandrning alabasi va
ellinistik davlatlarning tashqil topishi iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda o’z anoana va
xususiyatlariga ega bo’lgan Sharq xalqlari ustidan grek-makedoniyaliklarning tqliq
alaba qozonishi deb bo’lmaydi. Ellinizm konkret tarixiy hodisa, iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy, mafkuraviy va madaniy hayotda grek va erli xususiyatlarni o’zida
mujassamlantirgan tarixiy voqelikdir.
Eradan avvalgi 312 yili Selevk Bobilda o’z hokimiyatini
qathiylashtiradi va tqqiz yil davomida davlati chegarasini kengaytira borib, Eron va
Markaziy Osiyoni ham egallaydi. Ammo Markaziy Osiyoning erksevar xalqlarini
osonlik bilan o’ziga qaram etolmaydi, Qo’zg’olonlar tinchimaydi, 293 yili
Spitamenning qizi Roksanadan tug’ilgan quli Antioxni Markaziy Osiyoga yordamchi
hokim etib tayinlaydi. Antioxning faoliyati natijasida Qo’zg’olonlar birmuncha
bostiriladi. 280 yili Selevk vafot etgach, Antiox otasi o’rnini egallaydi. Selevkiylar
davrida Markaziy Osiyo mintaqasida Aleksandr yurishlari, undan so’ng hokimiyat
uchun bo’lgan kurashlar natijasida izdan chiqqan normal hayot tiklana boshlaydi.
Lekin osoyishta hayot o’zoq davom etmaydi, markaziy davlatdagi notinchlikdan
joylardagi hokimlar foydalanib, Baqtriya va Parfiyani mustaqil davlat deb e’lon
qiladilar. Yustenning bergan ma’lumotiga ko’ra "Baqtriyaning ming sharqini hokimi
Diodot o’zini podshox deb atashni buyurgan" (X1 1,4—7), lekin bu voqea qachon
yuz bergani haqida ma’lumot yqq. Har holda O’rta Osiyoda greklar hukmroshshgi
(Greko-Baktriya) yildan-yilga kuchayib borayotgan ko’chmanchilar bosqini va
qo’ldorlik tuzumining ichki ziddiyatlari natijasida eradan avvalgi II asr o’rtalarida o’z
movqeini yqqotadi.
Aleksandrning Osiyo va Evropa sintezi haqida Diodor quyidagilarni yozadi:
"Aleksandr odamlarni Osiyodan Evropaga va, aksincha, Evropadan Osiyoga
ko’chirish, aralash nikohlar tashqil etish, xalqlar o’rtasida aloqa o’rnatish yo’li bilan
buyuk xithani bir xil fikrlash va qardoshlarcha dqstlikka olib kelish yo’lida ish olib
bordi" (XVIII, 4,4). Plutarx esa "Aleksandr Aristotel bergan maslaqatga amal
qilmadi,..O’zini xudoning irodasi tufayli turli joylardagi odamlarni yarashtiruvchi,
baozilarni ishontirish yo’li, baozilarni qurol kuchi
bilan birlashtiruvchi,
dqstlashtiruvchi deb hisoblab, urf-odatlar, yashash tarzi, oila, xo’lq-atvor kabilarni
qorishtirib yubordi va hammaga Vatan-butun olam, kasr va uy-lager!„ qardoshlar —
yaxshi odamlar, begonalar-yomon odamlar
llinlik-xayrli ishlarda, varvarlik — yomon ishlarda deb e’lon qildi"
(Aleksandr, 1,6), deydi. Albatta, Aleksandr o’z maqsadini Plutarx aytgancha aniq,
shakllantirgan emas, unday bo’lishi mumkin ham emas edi (odatda, yozuvchi
Makedoniya shoxi timsolini ilohiylashtirib tasvirlaydi). Aleksandr siyosiy jihatdan
maqsadini amalga oshirolmadi, imperiya bo’linib ketdi, lekin ob’ektiv qaralganda
Sharq va G’arb xalqlari o’rtasida xaqiqatan aralashuv, har ikkala qitoa xalqlari
madaniyatining bir-biriga ta’siri, savdo aloqalarining kengayishi, amalga oshishi
Aleksandr yurishlar davomida kasallangan, yaralangan, keksaygan va umuman
yurishda ishtirok etishni istamagan jangchilarni joylarda holdirgan, ayniqsa,
janglar keskin tus olgan Baktriya va Sudiyonada grek-makedonlar ko’plab
holdirilgan, antik adiblarning yozishicha, ularning soni 23 ming atrofida bo’lgan.
Albatta, bu "aralashuv" tarixda, madaniyatda iz holdirmasligi mumkin emas edi.
Ellinizm davrida grek madaniyati, anikroi tili va adabiyoti Aleksandr bosib
olgan mamlakatlar — Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Kichik Osiyo, Markaziy
Osiyo, Eron va Hindistongacha tarqaldi va bu xalqlar madaniyati bilan o’zaro
boyish jarayoni boshlanadi. Grek tili esa ellinistik davlatlarga sunhiy ravishda
birlashtirilgan xalqlar (Misrdan to Hindistongacha) o’rtasida aloqa etish vositasi
vazifasini ado etadi. Grek adabiyoti, sanoati, falsafasidan millionlab odamlar
bahramand bo’ladilar.
Evropa olimlari ko’pincha bir yoqlama ta’sirni tan olib, Sharq ta’sirini inkor
etadilar (agar shunday bo’lsa, Aleksandr Sharq xalqlari, shoxlari urf-odatini qabo’l
qilmagan bo’lar edi), aslida ta’sir ikki yoqlama bo’lgan. Afsuski, bizgacha etib
kelgan yozma manbalarning kamligp va tqliq emasligi Aleksandrgacha bo’lgan
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, turmush tarzi, urf-odati, ijtimoiy tuzumi xaqida
tqliqrok tushunchaga ega bo’lishga imkon bermaydi. Bor ma’lumotlar ham,
yuqorida aytganimizdek, Sharq xalqlarini mensimay, "varvar" deb qarash nuqtai
nazaridan yozilgan. Ammo so’nggi 30—40 yillar mobaynida Markaziy Osiyo
davlatlarida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan qimmatli
materiallar antik adabiyotlar ma’lumotlarini tqldiradi va kamchiliklarini qisman
bo’lsada, to’zatishga, ellinistik madaniyat ta’siri nimada ekanini aniqlashga yordam
beradi. Baozi Evropa olimlarining Sharq xalqlari shunchalik taraqqiyotda orkada
bo’lganlarki, hatto ellinistik ta’sirni o’zlashtirishga noqobil edilar, degan fikrlari
qanchalik g’ayrilmiy ekanligini arxeologik topilmalar isbotlamoqda. Markaziy
Osiyoda yuksak madaniyat mavjud bo’lganligi isbotining biri "Avesto",
zardushtiylik ta’limoti va yuqorida ko’rsatilganidek, uning Ioniya va Markaziy
Gretsiya fani, falsafasining shakllanishi va rivojiga ta’siridir. Markaziy Osiyo
madaniyati rivoji Aleksandr yurishlaridan keyin ham tqxtab holmadi, yunon
ta’sirini o’zlashtirishi bilan bir qatorda ellinizm adabiyoti, sanoati, madaniyatining
taraqqiyotiga ham o’z navbatida ta’sir etdi.
Ellinistik madaniyatning shakllanishida katta rolo qynadi. Yakin va Markaziy
Sharqda rivoj etgan ilm-fan, ayniqsa astronomiya, matematika. tabobat va o’ziga
xos qishloq xqjaligi borligi, greklar tanish bo’lmagan ekin ekish, hosil olish usullari,
ular bilmagan ozuqa, meva, poliz etishtirilishini kqrdilar. Ayniqsa bir-biri bilan
aloqasi kam bo’lgan mustakil shahar-davlatlar — polislar tuzumi sharoitida
yashashga o’rgangan kelgindilar Sharqda yagona davlat, yo’lga qqyilgan savdo
aloqalari, shaharlararo yaxshi
o’llar va qishloqlar bilan birdamlik, umumiy din, ibrat olishga arzigo’lik ko’p
narsalar borligini ko’radilar, Haqiqatan Sharq xalqlari davlat tuzumi, iqtisodi va
madaniyatining ellinizmga ta’siri oz bo’lmadi. Umumiy til esa umumiy madaniyat
yaratishning omili bo’ldi.
Aleksandr va uning vorislari joriy etishga intilgan iqtisodiy va siyosiy birlik
ellinizm davrida o’zoq davom etmadi, ammo turli xalqlar madaniyati qorishtirmasi
bo’lgan ellinistik madaniyat Evropa va Sharq xalqlari tarixida qchmas iz holdirdi
va keyingi davrlar madaniyatining shakllanishida katta rolo qynadi. Bu davrda deyarli
hamma katta shaharlarda kutubxonalar tashqil etildi (Aleksandriyadagi kutubxonada
etti yuz ming qram asarlar tqplangan), ularda ilmiy ishlar olib borildi. Xuddi shu
davrda filologik izlanishlar, matnshunoslik fan sifatida shakllanadi.
Sharq mamlakatlarida greklarnikiga taqlidan maktablar, gimnaziya, grek
adabiyoti, teatrlar, grek bayramlari keng tarqaladi, grek adabiyoti janrlari Sharq
adabiyotiga kirib keladi. Afsuski, u asarlar bizgacha etib kelmagan, faqat
baozilarining (ayniqsa, yaxudiylar tomonidan yaratilganlari) nomlari saqlanib qolgan,
xolos.
Grek adabiyotining o’zida ham katta o’zgarishlar rqy beradi, yangi g’oyaviy
yqnalish, yangi mavzu, yangi janrlarni keltirib chiqaradi. Qtkir satirik mazmunga
ega bo’lgan siyosiy komediya o’rniga badiiyat jihatidan ishlangan, shaxsiy hayotda
yuz berishi mumkin bo’lgan murakkab voqealar, maishiy hayot tarzi tasvirlangan
yangi komediya deb atalgan janr kelib chiqadi. g’oyaviy va siyosiy kurash quroli
bo’lgan siyosiy notiqlik polislar yqholishi bilan o’z mohiyatini yqqotadi, o’rnini
Sharq adabiyotida keng tarqalgan amaldor va shoxlarga haratilib aytiluvchi madxiya
egallaydi. Grek klassik adabiyotiga xos bo’lgan ijtimoiy muammolar o’rniga endi
shaxsiy, insoniy motivlar talqin etilgan asarlar yuzaga keladi. Yangi muammoni
yorituvchi yangi janrlar — epigramma, ishqiy lirika va roman janrlari paydo
bo’ladi. Asar g’oyasi, mazmuni maydalasha borgan sari shakli, badiiyati orta
boradi, tumtaroqlashadi. Bu asarlar keng kitobxon ommasi uchun emas, balki
tushunib, qadriga etadigan madaniyatli doira uchungina mo’ljallangan. Ellinistik davr
adabiyoti yuqorida aytilgan spetsifik sabablarga ko’ra o’z mohiyatini qisqa davrda
yqqotadi, yoddan kqtariladi, bizgacha, deyarli, hech narsa saqlanib holmaydi. Grek
romanlarining eng qadimgi namunalari bo’lmish Kallisfenga nisbat berilgan
"Aleksandr faoliyati" va "Nin haqidagi roman" Gretsiyada emas, balki Misrda,
ikkinchisi Suriyada yaratilganligi, mualliflari grek bo’lmagani so’nggi davrlarda
aniqlandi. Haqiqatan bu asarlarning tarixiy shaxslar bilan bog’liq ekani, ammo
ularning faoliyatini, fantastik hikoyalar, voqealar bilan boyitib tasvirlash, hokimni
madh, etish Sharqda yaratilgan tarixiy asarlarga yaqin. Ularning shakllanishida
Sharqda keng tarqalgan tarix asarlarining ta’siri katta. Antik adabiyotida, dastavval grek
va uning ta’siri ostida rim adabiyotida keng tarqalgan asosiy mazmunga bir qancha
kichik qajmdagi asarlarni qqib joylashtirish usuli eradan avvalgi III — II asrlarda,
ya’ni ellinizm davrida, Sharq va Gretsiya o’rtasida madaniy aloqalar avjga chiqqan
davrda boshlangan. Aristidning "Milet hikoyalari", Antoniy Diogenning
"Fo’laning narigi tarafida yuz bergan ajoyib sargo’zashtlar", Ovidiyning
"Metamorfozalar", Apo’leyning "Oltin eshak" kabi asarlari kiritma hikoya janrining
harakterli namunasi, Sharqda esa, jumladan o’zbek adabiyotida bu usul yaqingacha
yo’llanib kelindi. Ellinistik davrda faxat grek
dabiyotigina emas, sanoat, mafkura sohasi — falsafa va dinda ham keskin
o’zgarishlar rqy beradi. Har bir ozod (ya’ni qo’l bo’lmagan) inson avvalgi siyosiy
erkinligidan mahrum bo’ladi, uning hayoti, baxt-saodati, zolim hokim, siyosat,
iqtisodiy o’zgarishlar bilan bog’liq, lekin bu tashqi kuchlarning birortasini
o’zgartirishga shaxsning qurbi etmaydi. Natijada shaxs o’z qobiiga qralib holadi, Ana
shunday sharoitda falsafa dastavval shaxs masalasi, axloq, odob, mavjud jamiyat
tuzumida qanday yo’l bilan inson umidsizlikka tushmay, o’z movqeini yqqotmay
hayot yo’lini bosib qtishi mumkinligi masalalarini ishlaydi. Bu davrda tabiat
fanlari falsafadan ajralib, mustaqil rivoj etadi, tadqiqotlardan nazariy xulosalar
chiharmaydi. Ellinistik davr faylasuflari ayniqsa, buyuk salaflar asarlarini izoqlash,
talqin etish bilan ko’p shug’ullanadilar. Bu davrda shakllangan falsafiy ta’limotlar
orasida eng muqimi Demokritning materialistik ta’limoti asosida yaratilgan Epikur (e.
av. 342G’41—272) falsafasi edi. Epikurizmdan tashqari stoitsizm, skeptitsizm
ta’limotlari ham mavjud bo’lgan. Ellinizm danrida kadimiy Olimp xudolari dini
avvalgi movqeini ancha yqqotadi. Jamiyat hayotidagi o’zgarishlar talabiga polis dini
javob berolmay holadi. Lekin ellinizm yaxlit diniy tuzum yaratmadi, faqat Olimp
dini Sharq xalqlari e’tiqodlari bilan qorishishini tahminladi, xolos. Sharq xalqlari
"varvar" deb mensimovchi greklar endilikda o’zlaridan eskiroq madaniyatga ega
bo’lgan Sharq xalqlariga murojaat qiladilar va o’zlarida kelib chiqqan mafkuraviy
masalalarga tayyor javobni ulardai topadilar. Din masalasida ham Sharq xalqlariga,
jumladan yaxudiy (Bibliya grek giliga adariladi), zardushtiylik, ayniqsa, Mitra
ta’limotiga, Misr dinlariga murojaat etadilar. Bu dinlar ta’siridl xrisgian dini,
monoteizm shakllanadi, Zardushtiylnk dinining greklarga ta’siri qadim davrlarda
kuchli bo’lganidek, ellinizm davrida ham kam bo’lmldn. masalan, Kommagen
podshoxi Aitioxnnng (e. av. I a.) toshga qyilgan yozuvida "Zevs va Oromazdning
osmon taxtlari" deyiladi. Demak, zardushtiylik mahbudi Axura Mazda greklarning
bosh xudosi Zevs bilan bir darajaga qqyiladi.
Ellinizm davrida, ayniqsa, zardushtiylik ta’limoti katta rolh qynagan,
dastavval aqdga sodiqlik, keyinchalik qaqiqat uchun kurashayotganlar tomonida jang
qiluvchi urush xudosi, buyuk sudya va niqoyat, quyoga yo’lboshchilik qiluvchi Mitra
ellinistik mamlakatlarda keng tarqaladi. Mitrlaizm boshqa dinlar va falsafiy
ta’limotlarga, Markaziy Osiyo va Shimoliy Hindistondan to Atlantik okean
soqillarida yashagan xalqlar dinlariga ham ta’sir o’tqazadi. Mitra kushanlar imperiyasi
va Eronda eng izzat-qurmat etiluvchi mahbud qisoblangan. Rim imperiyasida ham bu
ta’limot keng tarqalib, antik davrning oxirgi asrlarida xristianlikning eng kuchli raqibi
qisoblangan. Bu mahbud hindlarda "Mitra", "Avesto"da "Misra", sudlarda "Mishra",
(ya’ni Avesto tilidagi "r" tovushi sud tilida "sh"ga aylangan, patijada "Missha" shakli
paydo bo’lgan, keyinchalik "Misra" shaklini olgan , masalan "Avesto"dagi "otar"
olov, sudi tilida "otash", Persopoldagi qoyatosh yozuvida Mitra "Misha" shaklida
berilgan). Eng qadim davrlarda Mitra xudo qisoblanmagan, faqat "qabila"
tushunchasini bildirgan (Rig-Vedada "Mitra" "dqst" ma’nosipi bildirpb, keyin
mahbud bo’lgan, "Avesto" da "Misra" — shartnoma, aqts va mahbud, sudi tilidagi
shakli ham "dqst" o’zbek tilida "meqr" shaklida bo’lib, quyo, oftob va sevgi
ma’nosini bildiradi), keyinchalik mavjud jamiyat tartibini saqlovchi iloxiyagga
aylantirilgan, vaqt qtishi bilan unga yangi-yangi vazifalar yuklatilgan. Zardushtiylik
mifologiyasida Mitra haqida quyidagi
fsona bor: Mitra qoyadan tug’ilgan, uni chuponlar tarbiyalagan Mitra quyo bilan
kurashadi va bu kurashda hech kim alabaga erisholmaydi. Ikkalasi ittifoq to’zadilar va
Mitra oq otda quyo oldida unga yo’l ko’rsatib borish vazifasini ado etishni ustiga
oladi. Axura Mazda dastlabki jonivor — hqkiz yaratadi. Mitra esa uni tutib olib, qilich
bilan sqyadi, uning qonidan insonlarga foyda keltiruvchi hamma o’simliklar qsib
chiqadi, er esa hosildorlik xususiyatiga ega bo’ladi, qadimgi yunon adabiyotida Mitra
dastavval Gerodot "Tarixi"ining birinchi kitobida tilga olinadi:
Afroditani "eroniylar Mitra deb ataydilar" (1, 131). Mitraning Gerodot
tomonidan berilgan talqini bizdagi "meqr" shakliga yaqin. Lekin keyinchalik, ayniqsa,
eroniylarda bu tushuncha o’zgarib ketgan, Agar Afrodita go’zallik, ishq-muhabbat
mahbudasi bo’lsa, Mitra quyoga yo’lboshchilik qiluvchi, narigi dunyoda qliklar
ustidan hukm chiharuvchi, dqstlik, aqts, shartnomalargl qomiylik qiluvchi. Ammo
qanday bo’lmaspn, oradan avvalgi V asrda Mitraning nomi yunoniylarga ma’lum
bo’lganligi jiqatidan Gerodot ma’lumoti ahamiyatli.
Xorazmda olib borilgan arxeologik qazilmalar choida Tuproq qaloadan topilgan
hujjatlarda qadim davrlarda mintaqada Mitraga sig’inish keng tarqalganligi haqida
ma’lumotlar bor. Bu erda Mitra qliklar ustidan hukm chiqaruvchi, hosildorlik xudosi
va suv maobudasi Aradvi Sura Anaxitaning (ma’nosi — nam., qudratli, pokdomon)
qallii sifatida tanilgan, Xorazmda Mitrani "suv beruvchi", "o’simliklarni qstiruvchi",
"qil beruvchi", "hayot baishlovchi" deb sifatlaydilar. Markaziy Osiyoda Mitra va
Siyovush timsollari baozida tutashib ham ketadi, Mitra oq otda quyosh va
kundo’zgi yorulik, Siyovush esa qora otda tun va qorono’lik ramzi bo’lishi ehtimol.
Ellinizm davrida Sharq xalqlari madaniyati avval Gretsiya, keyinchalik Rim
madaniyatiga ta’sir etganidek, Misr, Markaziy Osiyo, Eron dinlari ham ularga o’z
ta’sirini o’tqazgan. Misrliklar e’tiqodidan Isida, Markaziy Osiyo xalqlari dinlaridan
Mitra va Anaxita (grekcha Anaitis) Olimp xudolari qatoriga qqshiladi va ularga
ibodatxonalar kuriladi. Gretsiyada Mitra Appolon, Gelios bilan, Anaxita Artemida
va Afina bilan, Axura Mazda Zevs bilan, Siyovush Dionis bilan tenglashtirilgan.
Anaxita ibodatxonalarida sak bayramlari o’tqazilgan, bu bayramga atab may
tayyorlangan, Amaxita bayramlari ishtirokchilari skif, sak liboslarini kiyib ziyofat va
raqslarda ishtirok etganlar. Sak bayramlari Bobilda ham o’tqazilgan.
Mitra nomi bilan bog’liq, bo’lgan e’tiqod g’arb mamlakatlari xalklariga
yaqinlashgan sari o’z mazmunini va u bilan bogliq bo’lgan urf-odatlar o’z shaklini
o’zgartira boradi. Agar Anaxita ot bilan bog’liq, mahbuda sifatida talqin etilsa, Mitra
esa quyo bilan bog’liq va oliy iloxiyat bilan insonlar o’rtasida aloqa o’rnatuvchi xudo
sifatida qaralgan. Mitraizm, ayniksa. Rimda keng tarqalgan. Yozma manbalar
saqlanib holmagani uchun bu ta’limotning tarqalish tarixini aniqlash qiyin, har holda
faqat greklar ta’sirigina bo’lib holmay, Rim o’zoq, vaqtlar Parfiyaga qarshi urush olib
borgan, lashkarlari Markazny Osiyo qlkalarida bo’lgan. Albatta, ular erli xalqlar urf-
odatlari bilan tanishib, ko’p narsa o’rganganlar. Ikkinchidan, Rim bilan Markaziy
Osiyo orasida intensiv savdo aloqasi bo’lgan. Fikrimizcha, ana shu uch kanal orkali
mitraizm Rimga qtib, keng tarqalgan, hatto Misr va Britaniya orollarida ham unga
haykallar o’rnatilgan. Baozi Rim imperatorlari unga komiylik qilganlar,
ismlariga "mitra" so’zini ham qqshganlar. Mitraga siinuvchilar
bir qancha sinovlar, ochlik, tashnalik, sovuq, oriq kabi etti poonadan
qtishlari kerak bo’lgan. Mitraizmning xristian diniga ta’siri katta, hatto
Mitraning tug’ilgan kuni — 25 dekabrda quyoshning bahorga harab harakati»
kun o’zaya boshlashi Isoning ham tug’ilgan kuni deb e’lon qilingan, xristian
dinining baozi urf-odatlari (tavba, muqaddas suv sepish, Iso vafotidan so’ng
oliy iloxiyat tomonidan osmonga olib ketiilishi. va qk.), ayniqsa, bayram,
hayitlar ana shu maxjusiylpk dinidan qtgan. Gegelning fikricha, Mitraga xos
"alomatlar hatto O’rta asrlarda ham uchraydi"'.
Evropa mamlakatlarida keyingi davrlarda, hatto XVIII asrda ham, Sharq
madaniyati, fani, ayniqsa, tabobati bilan tanish bo’lgan bilimdon odamlarni
"mag" deb ataganlar. Oddiy kishilar bu so’zga "sehrgar" ma’nosini berganlar.
XIX asrda yashagan frantso’z Sharqshunosi Gyuining ma’lumot berishicha,
"Ispaniyada arab fanini o’rganganlar vatanlariga mag bo’lib qaytar ekanlar'.
Evropa mamlakatlarida va Rossiyada keng tarqalgan "magistr" ilmiy darajasi
nomi ham "mu" — "mag" bilan bog’liq, bo’lsa kerak, degan fikrlar ham ayrim
joylarda yqq emas.
Avesto"ning tarixi, talqini Evropada asrlar davomida ko’plab
olimlarni qiziqtirib kelmoqda (G. Lord, T. Xayd, A. Dyu Perron, R. Rask,
Gerder, E. Byurnuf, X. Bartolome, F. Altxaym, Gegel, I. Markvart, S. F.
Oldenburg, G. Videngren, E. Benvenist, I. M. Dyakonov, M. Boys va b.). Bu
qiziqish jahon klassikasidan qrin olgan badiiy asarlarda ham o’z aksini
topgan
Asar nasriy doston sifatida yozilgan. Mazmuni: Zaratustra baland
tog’da qn yil mutlaq yolizlikda yashaydi, quyoshga murojaat etib nutkdar
so’zlaydi, pirovardida erga tushib, o’zining hayot haqidagi qy-fikrlarini
odamlarga aytsa, ular donishmandni tushunmaydilar. Uning asosiy fikri oliy
inson ("sverx chelovek") g’oyasini tasdikdash, "oliy insonning yo’lidan
hamma ish keladi". "Donolik-botirlik hech narsaga parvo qilmay zqravonlik
qilishga layoqatli ekanlikdadir", "oliy insonlar boshqalarga yo’lboshchilik
qilmoi lozim" kabi zqravonlik, bosqinchilikni targ’ib etuvchi g’oyalarni
ola surishdir. Nitsshe asarida Zardusht nomidan boshqa bu ta’limotga aloqador
birorta so’z ham yqq, aksincha uning teskarisi bo’lgan g’oyalar targ’ib etiladi.
"Avesto" frantsuz, nemis va ingliz tillariga tarjima etilgan. 1990 yili esa
Leningrad Davlat universitetining eronshunoslik kafedrasining professori I.
M. Steblin-Kamenskiy "Avesto"ning etti yashtini sheoriy usulda rus tiliga
adardi. YuNESKO 1990 yilni "Avesto" yili deb e’lon qilgan.
Eradan avvalgi IV asrdan boshlab Markaziy Osiyo xalkdari tarixida yangi
davr boshlanadi. Hindistondan to Evropagacha, Evropadan to Misrgacha
bo’lgan hududni o’z ichiga olgan ellinnistik davlatlarning iqtisodiy. siyosiy,
ijtimoiy hayotida Markaziy Osiyo xalqpari ham ishtirok etadilar.
Ellinistik davr madaniyati, ya’ni grek va Sharq xalqlari madaniyatini
umumlashtirish jarayoni Aleksandr yurishlaridan avval boshlangan edi. ammo
yurishlar natijasida va ellinizm davrida, ayniqsa, keng tus oldi. Ta’sirning
harakteri ham o’zgardi, agar avval favqo’lodda rukda bo’lsa. endnlikda
qdisodiy-ijtimoiy taraqqiyot talabiga binoan ongli ravishda madaniyatlarni
qorishtirma etish jarayonn boshlandi.
qadimgi hind, axmoniy va yunon manbalarida Baktriya viloyatiga aloqida
ahamiyat beriladi. Baqtriyaga Aleksandr shox munosabati ham boshqacha bo’lgan.
Shoh Baqtriya amaldorlari va zodagonlari bilan yaqinlashishga uringai. Mintaqa
hokimlaridan bprining qizi bo’lmish Raxshonaga uylanishining faqat bir kqrishdagi
muhabbatdan tashqari siyosiy sabablari ham bo’lsa kerak. Aleksandr Baqtriya
shaharlarida grek va makedon lashkarlaridan ko’proq holdirishga uringan.
Albatta, bunday munosabatnnng tarixiy sabablari bor edi. Mintaqa Ipak yo’li,
G’arb va Sharq, savdo yo’lining muqim qismida joylashganligi tufayli boshqa
viloyatlarga iisbatan iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan avvalroq, rivojlangan. Bu
viloyatnnng Ioniya va Markaziy Gretsiya bilan aloqasi ham avvalroq boshlangan
(Amudaryo xazinasi deb ataluvchi sanoat buyumlari, ko’plab topilgan po’llar buning
isboti). Ana shunday zamin bo’lgani uchun ham ellinizm davrida Baktriyada
ellinlashtirish jarayoni avval va tez qtdi (Parfiya va Xorazmda bu jarayon ancha
kechikdi). Baktriyanpng grek podshoxlari Diodot, Evtidem, Evkratid, Antimax
kabilar viloyagni Gretsiyaniig bir qismi deb qaraganlar. Agar Parfiya, Sudiyona va
Xorazm uchun ellinistik madaniyat namunalarn eradan avvalgi Sh-P asrlarda
moda, rasm sifatida qabo’l qilinsa, Baktriyada madaniyatning tadrijiy taraqqiyoti
maqso’li sifatida qaralgan. Shuning uchun ham ellinistik sanoat namunalari,
ainiqsa,"‘aqtriyada etu&tus ^sh^. Uysh&-^&trk"g’k^ ^a^^-^j^'
deydilar). Haqiqatan bu vodiyda (Amudaryoning ikki soqili, O’zbekistonning
janubi va Afonistonning shimoli) arxeologlar ko’plab katta va kichik shaharlar
vayronasini topdilar. Agar Aleksandrdan avval greklar Baqtriya va Hindistonni
juda o’zoq qlkalar, dunyoning chekkasn deb tasavvur etsalar, Makedoniya
shoxi yurishlari bu tasavvurni puchga chiqaradi, yurishlar jarayonida minglab
lashkarlar bu erlarda qtroqlashib holadilar. Eradan avvalgi III asr o’rtalarida
Baqtriya Diodot rahbarligida Selevklar davlatidan ajralib chiqadi va o’zini
mustaqil davlat deb e’lon qiladi. Natijada Baqtriyada qo’ldorlikka asoslangan
greklar hukmronligidagi davlat tashqil topadi. Baktriya hokimlari, ayniqsa,
Evtidem va Evkratidlar koloniyalashtirish siyosati olib boradilar, hatto janubiy
Afgoniston va Shimoliy Hindistonni ham bosib oladilar. Baqtriyaning grek
shoxlarn grek polislari usulida shaharlar quradilar, binolar qurilishida esa, grek
va Sharq elementlari ishlatiladi. Arxeologlar G. A. Koshelenko va 3. V.
Serditixlarning fikricha, "shahar aholisining ko’pchiligi greklar bo’lgan", ular
qishloqlarda ham yashaganlar. Greklar Baktriyada qurgan shaharlarning hozirgacha
ma’lum bo’lganining eng yirigi Afonistonning shimolida joylashgan Aleksandriya
Oksiana, ya’ni Amu Aleksandriyasi (hozirgi nomi Oyxonim). Bu shahar 400
gektar erni ishol etgan. Unda teatr, gimnaziya (savodi chiqqan bolalar ilmiy va
jismoniy kamolot topganlar), kutubxona, xazina, grek xudolariga ibodatxonalar,
davlat idoralari, qasrlar, saroylar, haykallar bilan bezatilgan bo’lib fontan, shaxsiy
hovlilar mavjud ekanligini frantso’z arxeologlari aniqlashdi.
Shahar eradan avvalgi 147 yillar atrofida ko’chmanchilar tajovo’zp ostida
vayron etilgan. Oyxonimni kavlagan frantso’z olimlari D. Shlyumberje va Pol Bernarlar
grekcha yozuvli ikki papirus parchalari topganlar, ularning birida falsafiy
mazmundagi dialog, ikkinchisida sheor bo’lgan. Afsuski,
mgarchilikda
kutubxonaning er poliga yozuv iz bo’lib tushgan, erda ham, pergamentda ham
saqlangan yozuv izini qqib bo’lmagan. Arxeologlar topilgan idishlarda grekcha
yozuvlar (idishdagi narsalar nomi, oirligi va qokazo) bo’lganini aniqlaganlar.
Baktriyada Oyxonimdan boshqa Kofir qalha, Emishtepa, Dilberjin, Saksonoxur,
Taxti Sangin, Yovon, Tomoshatepa, Xalchayan, Yorqqron, Kanka kabi ellinistik
tipdagp shaharlar mavjud bo’lganligini arxeologlar aniqlaganlar. To’g’ri, bular
Aleksandriya Oksiana darajasiga kktarila olmaganlar. Lekin bu shaharlarning
ochilishi grek shoxlari Baktriyada hukmronlik qilgan davrlarda ellinistik madaniyat,
sanoat butun viloyat bo’ylabr keng tarqalganligini isbotlaydi. Shu qrinda agar ichki
iqtisodiy-ijtimoiy sharoit tashqaridan bo’lgan ta’sirni qabo’l qilib olish va rivojlantirish
darajasida bo’lmasa har qanday kuchli ta’sir ham erli madaniyatga singmasligi va
iz holdirmasligi mumkin. Haqiqatan, mintaqada yuzaga kelgan tarixiy sharoit
ellinistik madaniyatni o’zlashtirish va o’zi ham uning yuksak namunalarini yaratishga
qodirligini tahminladi.
Baqtriyada ellinistik uslubda yaratilgan sanoat buyumlari, rasmlarni po’llarda
tasvirlash maqorati yuksak bo’lgan. Bu qakda Sankt-Peterburglik olima K. V.
Trevsr shunday deydi; "Portretlarni po’llarda ajoyib, qta realistik tasvirlay olish
jiqatidan grek-baktriya sanoati Gretsiya va Suriyaning po’lda tasvirlay bilish
sanoatidan o’zib ketgan... Rassomlar har bir shaxsning o’ziga xos xususiyatlarini
individual ravishda rsalistik bera olganlar", deydi. Bu fikrni zamonaviy olimlar
ham (Marshak B. I., Kro’g’likova I. T. va b.) quvvatlaydilar. Baktriya po’llari
grek anoanasini davom ettirib, bir tomonda podshox, portreti, ikinchi tomonda
shaharga qomiylik qiluvchi xudo va mifologik syujet tasvirlangan. Ularni yuksak
sanoat namunasi deyish mumkin.
Baktriyadan tashqari, bir oz keyinroq, Sudiyona, Parfiya, Xorazmda ham
ellinistik madaniyat ta’siri ostida yaratilgan arxitektura va sanoat yodgorliklari
topilgan. Ularda ham ellinistik timsol va shakllar erli badiiy anoanalarga binoan qayta
ishlangan.
Markaziy Osiyoning ellinlashgan markazlarida ishlagan san’at
buyumlarini ko’chmanchilar Evroosiyo cho’lliklariga ham tarqatganlar. Haligacha
Ural, Oltoy, Qozoiston qqronlarida Amudaryo xazinasidagi buyumlarga Yaqin bo’lgan
sanoat asarlari topilmoqda.
Markaziy Osiyo va Shimolii Afonistonda rivojlangan ellinistik sanoat
asarlarini mavzu jiqatidan uch guruhga ajratish mumkin: diniy, epik va folklor bilan
bog’liq, bo’lgan asarlar. Ayniqsa, er. av. 1U-P asrlarda Baktriyada rivojlangan
ellinistik sanoat diniy e’tiqod bilan bog’liq edi.
Markaziy Osiyoda ellinizm davrida Olimp xudolari bilan erli mahbudlar
timsollari va vazifalari birlashtiriladi. Axura-Mazda-Zsvs, Mitra-Zevs, Appolon, Nika-
Tyuxs-Xvaninda, Anaxita-Afina, Poseydon-Vaxshu va b. qizii shundaki, ko’p
qrinlarda grek xudolari erli kiyimda, qiyofada tasvirlanganlar, masalan, Mitraning
boshidan nur sochib turgan qiyofasi Zevs, Golios, Xeraklga kqchirilgan, yoki aksincha
erli mahbuda Xvaninda Gretsiyada alaba maobudasi Nika (Tyuxe) ramzlari-go’ldasta
va uch tishli asbob bilan tasvirlanadi. Bulardan tashqari, mintaqada Dioskurlar, Dionis
e’tiqodlari ham keng tarqalgan (Bandiqonda Xerakl haykalchalari tayyorlovchi
holip, Oyxonimda Zevsning katta haykalining parchalangan bo’laklari, yana 12 Olimp
xudolarining tasviri tushirilgan gips holip, Dionis ko’ltining Sharq,
mlakatlarida keng tarqalgani haqida Evripid "Vakxankalar" tragediyasida
yozgan, Evripiddan olingan parchani Strabon ham keltirgan-1,11,20). Grek
madaniyati bilan tanishmasdan avval Markaziy Osiyo xalqlarida xudolarni inson
shaklida tasvirlash bo’lmagan. Eradan avvalgi V asrda eron-shoxlar tomonidan
mintaqa bosib olingach, xalqlar Eron orqali Ioniya va Gretsiya madaniyati bilan
tanishganlar. Shu davrdan boshlab erli xudolarni odam shaklidagi haykal va
haykalchalarda tasvirlaganlar. Xudolar tasviridan tashqari binolarni quyma tasvirlar
bilan bezash, kolonnalar, binolarni rejalashtirishlar ham Ellada sanoati, arxitekturasi
ta’siri ostida bo’lgan. Ma’lumki, Aleksandr yurishlari natijasida Sudiyona,
Samarqand katta talafot ko’rgan. Ammo bu mintaqada ham hayot sekin-asta izga
tushgan, hunarmandchilik, savdo, qishloq xqjaligi yo’lga qqyilgan, ellinistik va sud
madaniyatining ikki yoqlama boyish jarayoni amalga oshgan. Sudiyonada
ellinistik madaniyatning markazi Samarqand bo’lgan, lekin bu mintaqada ellinistik
po’llar, grek idishlari, taqlidiy yaratilgan buyumlar bo’lsa-da, Baqtriya masshtabida
emas. Bu mintaqada ellinistik usulda qurilgan shaharlar haligacha topilmagan, ammo
keyinroq barpo etilgan shaharlarda (Afrosiyob, Panjikent) ellinistik madaniyat
elementlari bor.
Aleksandr yurishlari natijasida tashqil etilgan imperiyada grek tili va yozuvi
rasmiy davlat tili, yozuvi sifatida qabo’l qilingan edi. Ellinizm davrida bu til o’z
movqeini yanada mustahkamladi, Hindistondan to Ita-liyagacha bo’lgan hududda
yashagan xalqlar o’zaro grek tili yordamida fikr almashadilar, u ikkinchi tilga
aylanadi, hatto Parfiyada ham grek tili ancha yuqori movqega ega bo’ladi. Til birligi,
o’z navbatida, madaniyatlar, adabiyot yaqinligiga olib keladi. Ammo, afsuski,
adabiy aloqalar haqida deyarli hech qanday material bizgacha etib kelmagan, turli
urushlar, ayniqsa, arablar istilosi davrida kitoblar shafqatsiz qo’ydirilgan.
Sharq, mamlakatlarida grek tilida asarlar yaratilgani haqida ma’lumotlar bor,
ammo ular saqlanib holmagan. To’g’ri, o’sha davrning madaniy markazlari bo’lmish
Aleksandriya, Pergam, Koss kabi shaharlarda rivojlangan grek adabiyotini
yaratishda ellinistik mamlakatlardan chiqqan adiblar (ularning ma’lum qismi, albatta,
grek bo’lmaganlar) ham ishtirok etganlar. Lekin bu markazlarda yaratilgan asarlar
xususiyat, uslub, maqorat jiqatidan grek adabiyotining tadrijiy davomi, ajralmas
qismini tashqil etadi. Yukorida aytilganlarni nazarda tutganimizda ellinistik
madaniyat ta’siri kuchli bo’lgan Baqtriyada ham adabiy asarlar yaratilishi
eqtimoldan o’zok emas. Bizgacha Parfiyada Artemon quli)Gerodor (e. av. 111-P
asr) tomonidan yozilgan uch epigramma va Appollonga baishlangan lirik oda etib
kelgan, xolos.
Badiiy asarlardan ko’ra tarixiy asarlar ko’proq yaratilgan bo’lsa kerak
(artemiyalik Apolodorning "Parfiya tarixi" va b.), ulardan parchalar boshqa mualliflar
asarlarida saqlangan.
Nemis olimi F.Altxaym "Aleksandr va Osiyo" asarida arab manbalariga
suyangan holda Parfiya shoxlari davrida yaratilgan etmishga Yaqin badiiy asarlar
bo’lgani haqida ma’lumot beradi. Albatta, bularga ham grek adabiyotining ta’siri
qtishi tabiiy hol edi. Aleksandr o’zi bilan birga shoirlar, tarixchilar, aktyorlarni olib
yurgani, joylarda shshrxonliklar, teatr qyinlari uyush-tirgani va Gomer asarlarini doim
olib yurib qkigani va majlislarda ko’pchilik uchun qqitgani haqida ma’lumotlar
borligini yuqorida
ytga edik. Plutarx va Elian esa Gomer asarlarini Erondan to Hindistongacha
bo’lgan masofada yashagan xalqlar qqiganlar deydi "Qomer dostonlarini faqat
hindlargina emas, eronshoxlar ham o’z tillariga adarib qqiydilar va kuylaydilar" —
Elian, XP,48). Plutarxning ma’lumotiga ko’ra Baktriya va Parfiya shoxlari
saroylarida Sofokl va Evripid tragediya-lari qynalgan, Fikrimizcha, bu ma’lumot
haqikatdan o’zoq bo’lmasa kerak, grek teatri bo’lgandan keyin, albatta, unda
grek tragediya va komediyalari qynalgan. Oyxonimda esa "Iliada" mazmuniga
aloqador tasvir tushirilgan idish topilgan. Albatta, bularning hammasi adabiyotga
ham o’z ta’sirini o’tqazishi tabiiy, ammo ularning namunalari saqlanib qolmagan.
Eradan avvalgi 111 asrda Markaziy Osiyo va Xurosonda Grek-Baktriya davlatidan
tashqari ikkinchi qudratli davlat Parfiya tashqil topdi. Parfiya ham Selevkiylarga
buysungan bo’lib, III asr o’rtalarida, Baktriyadan keyin o’zini mustaqil davlat dsb
e’lon qildi. qadimgi Rim tarixchisya Yustin (II asr) "Bu davrda kelib chiqishi
noma’lum bo’lgan, lekin qta jasur Arsak yashagan. Odatda, u qaroqchilik bilan
shug’ullangan. Selevk Osiyoda malubiyatga uchradi degan xabarni eshitib, endi
shoxdan qqrqmay qaroqchilar bilan parflarga hujum qiladi, ularning hokimi
Androgorni engadi, uni o’ldirib, xalq ustidan hokim bo’ladi" (X, 1, 4-7), deydi.
Strabonning fikricha, "baozilar Arsakni skiflardan desalar, boshqalar aksincha,
uni Baqtriyalik deydilar" (XI, 9, 3). Parfiya Mitridat I (e.av, 171-138G’37 yillar)
davrida o’z erlarini kengaytiradi, G’arbiy Eron, Midiya, Mesopo-tamiyani Kushib
oladi, aynik,sa, Mitridat II (123-87) davrida dunyodagi turt buyuk davlatning (Rim,
Xitoy, Kushan imperiyasi va Parfiya) biriga aylanadi. Efrat daryosi Rim va
Parfiyani ajratib turuvchi chegara bo’lgan, ammo Rimning agressiv siyosati
natijasida ikki davlat o’rtasida tez-tez tqqnashuvlar bo’lib turgan. Agar eradan avvalgi
65-yildagi tqqnashuvda rimliklar ustun chiqqan bo’lsa, 54-yilda mashqur
lashkarboshi Krass raxbarligidagi rim armiyasini parfiyanlar tor-mor etadi va
lashkarboshi xalok bo’ladi. Afsona yoki parfyanlar epik asarida berilgan ma’lumotga
binoan shox Orod II Krass boshini choptirpb, oziga eritilgan oltin quydiradi va "Sen
hech boylikka tqymagansan, endi tqygin" deydi. Yuqorida aytganimizdek, bu qrinda
Gerodotda keltirilgan Kir qalokati va malika Tomiris so’zlarining ta’siri ostida Krass
qalokati haqidagi hikoyat yaratilgan bo’lsa kerak. Rim shoiri Qoratsiy qasidalarida
(III, 5, 5) aytilishicha, asir tushgan rimliklar Marv sharqi atrofiga joylashtirilgan, ular
parfyanlar lashkarlari bilan xizmat qilganlar va oila qurib, qtroqlashib qolganlar.
Baozilari mintaqada tarqalib, hatto Xitoygacha borganlari haqida ma’lumotlar xitoy
manbalarida saqlangan.
O’zbekistonlik arxeolog olim M. E. Masson raxbarligidagi guruh Ashxobod
yaqinida 30-50 yillarda Nisa (Nasoim) vayronalarini kovlab, katta kashfiyotlar
qildi. Natijada Parfiya sanoati namunalari asosan Nisada saqlanib kolganligi
ma’lum bo’ldi, Bular marmar tosh, sopol va oddiy loydan ishlanib, ustidan alebastr
koplangan haykal va haykalchalar, may ichish uchun idish-ritonlar va muqrlardir.
Marmar haykallar ellinistik davr mahso’li bo’lib, ularda, asosan ilohiy personajlar
tasvirlangan. Izlanishlar natijasida Nisa mahbudasi Rodoguna, greklar e’tiqodida
go’zallik. ishq-muhabbat mahbudasi Afroditaning boshi, Artemidaning oyoi
topilgan. Haykalchalar orasida Afinaning oltin suvi berilgan kumush tasviri. ishq
mahbudi Erotning kumush haykalchasi badiiyati bilan alohida ahamiyat kasb
tadi. Ritonlar fil suyagidan ishlangan bo’lib, ularda qn ikki Olimp
xudolari, Penfeya haqidagi mif, Dionisiy bayramlari kabi syujetlar qyib ishlangan. qizii
shundaki, mif grekcha, personajlar kiyimi, qiyofasi erli, ko’pincha srli afsona grek
mifi bilan kontaminatsiya etilgan, lekin sof erli mazmun ham bor, masalan, Gopatshox
tasviri,
Muqrlarda turli-tuman tasvirlar bilan bir qatorda sof grekcha mazmun, Zevs,
Afina, Afrodita kabi xudolar tasviri berilgan. Samarqand yaqinidagi Panjikentda
topilgan devorlarga ishlangan rasmlarda tumshuida lentalik go’lchambar yoki halqa
ushlab turgan Qush tasvirlangan. Bu timsol grek va rim sanoatida keng tarqalgan
bo’lib, bu simvolik obraz
Markaziy Osiyoda Parfiya davrida paydo bo’lgan. Qush timsoli Gretsiyada
Nika va Zevsning burguti haqidagi mif bilan bog’liq. Parfiyada avval Nika shox
boshiga lentali go’lchambar kiydiruvchi sifatida po’llarda zarb etilgan bo’lsa,
keyinrok, Zevs va burgut tasvirlanadi. Fraat IV po’llarida esa faqat tumshuida
go’lchambar ushlab turgan Qush tasviri zarb etiladi. Nika o’rnini burgut egallaydi
(Nika va burgut timsollari Parfiyaning Yaqin Sharqda saqlanib qolgan sanoat
yodgorliklarida)ham ko’p uchraydi). Ham Nika, ham Zevs burguti bo’lajak shoxga
xudolar tortii, tojni simvollashtiruvchi go’lchambar keltiradilar. Shox boshiga
go’lchambar kiydirayotgan Nika tasvirlangan po’llar Xorazmda ham zarb etilgan. Bu
qrinda o’zbek ertaklarida uchraydigan boshiga Qush qqngan odamni podshox etib
saylash yoki "davlat Qushi" iborasi ham balki Zevs burguti bilan bog’liqtsir, dsgan fikr
tug’ildi.
Parfiyada grek yozuvi qqllansa-da, Nisadan faqat aramey yozuvida
bitilgan xqjalikka oid materiallar topilgan. Parfiya shoxi Mitridat II po’llarda o’zini
adolatli va saqovatli shaqanshox" deb atab, "filellin" (panellin) ham deydi.
Plutarxning xabariga ko’ra shox Orod II grek tilini yaxshi bilgan va grek
tragediyalarini teatrda qynatgan.
Rim adibi Pompey Trog "Filipp tarixi" asarining qirq birinchi kitobi
dsbochasida "Baktriya va Sudiyonani skif qabilalari sarauklar va osiyonlar bosib
olishdi", deydi. Xitoy manbalarida esa xunnlar yuechlar erlarini egallagach, ular
Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyoga kqchganlar, deyiladi. Xitoy manbalariga
binoan Markaziy Osiyoda yashovchi bir qancha qabila va elatlar bilan
tqqnashuvlardan so’ng yuechlar eradan avvalgi II asrning oxirgi choragida Baktriya
erlariga joylashadilar. Antik adiblari yuechlar nomini umuman tilga olmaydilar,
yuqoridagi voqeani Strabon quyidagicha tasvirlaydi: "Bu ko’chmanchilardan
Baktriyani grsklardan tortib olgan osiylar, pasianlar, tohar va sakaravllarning dovrui
tarqaladi, ular Yaksartning narigi soqilidan, sak va sudilar tomonidan ishol etilgan
viloyat yaqinidan kelganlar" Pompey Trog ham "Baktriya va Sudiyonani skif
qabilalari sarauklar va osiylar bosib oldilar" (XI kitob muqaddimasi) deydi.
Qaligacha Xitoy manbalarida "yuech" deb atalgan xalq, kimlar ekanini olimlar
aniklay olmadilar. qanday bo’lmasin, yuechlarning paydo bo’lishi Markaziy Osiyo va
unga Yaqin erlardagi (Sharqiy Turkiston, Ettisuv) ko’chmanchilarni harakatga
keltiradi, ular Baktriya va Sudiyonani bosib oladilar.
Eramizning boshlarida Baktriya va shimoliy Hindistondagi grek
davlatlari vayronalarida Kushan pmperiyasi tashqil topgan. Bu tarixiy voqeaning
aniq hatto taxminiy yili noma’lum, kushanlar kimlar va qaerdan keldilar degan
savolga ham haligacha javob yqq. Xitoy manbalariga haraganda
qushanlar yuechlarga taalluqli bir qabila. Har holda qanday bo’lmasin,
eramizniig boshlanich asrlarida Kushan imperiyasi jahondagi tqrt buyuk imperiyaning
biriga aylangan. Britaniya orollaridan to Tnnch okean soqillarigacha bo’lgan eng
madaniy ilor qlkalar Rim, Parfpya, Xntoy pa Kushanlar imperiyalariga karam
etilgan. Bu tqrt imperiya o’zaro qalin aloqa o’rnatadilar. Insoniyat tarixida qithalararo
savdo va diplomatik aloqalar o’rnatiladi, Buyuk Ipak yo’li rasmiy tan olinadi va
davlatlararo savdo aloqalari kuchayadi. Sharq va g’arb o’rtasida hind okeani orqali
dengiz yo’li ham ochiladn (Kushan po’llari Kiev, Efiopiya, Skandinaviya, Rimda
topilsa, Rim po’llari Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindistonda topilmoqda), Kushanlar
imperiyasi IV asrda Sosomiylar tomonidan tor-mor etiladi.
Kushanlar imperiyasi Markaziy Osiyo janubi, Shimoliy Afoniston,
shimoliy-g’arbpy Hindistonning talaygiia hududini o’z ichiga olgan bo’lsa-da,
uni hind davlati deb bo’lmaydi. Kushanlarning asosiy o’zagi qadimiy madaniyat
qchoi bo’lmish Baktriya edi. Uziga xos va murakkab kushanlar dunyosi "uch
komponent — erli, Baktriya-ellinistik va Markaziy Osiyoga qqshni bo’lgan
Afoniston, Pokiston, Hindiston va Eron madaniyati bilan hamohang bo’lgan
ko’chmanchilar madaniyati elementlaridan shakllanadi". O’z navbatida, kushanlar
madaniyati Sosoniylar davri Eron madaniyatining shakllanishiga katta ta’sir
etdi. "Ma’lumki, Sosoniylar sanoati esa nafaqat Eron, ham Vizantiya, ham
roman, ham rus, ham xitoy sanoati shakllanishida katta rolo qynadi".