QADIMGI KICHIK OSIYO VA SHARQIY O‘RTA YER DENGIZ BO‘YI SIVILIZATSIYALARI (Kichik Osiyo va Sharqiy O‘rta yer dengiz bo’yining qadimgi madaniyat markazlari, Xett sivilizatsiyasi)
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
32,3 KB
Ilmiybaza.uz
QADIMGI KICHIK OSIYO VA SHARQIY O‘RTA YER DENGIZ BO‘YI
SIVILIZATSIYALARI
Reja:
1. Kichik Osiyo va Sharqiy O‘rta yer dengiz bo’yining qadimgi madaniyat
markazlari.
2. Xett sivilizatsiyasi.
3. Sharqiy O‘rta yer dengiz bo‘yi sivilizatsiyalari.
Ilmiybaza.uz
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Nomlar, Yuqori va Quyi Misr, Sulolalikkacha davr, Ilk podsholik davri,
Qadimgi podsholik davri, O’rta podsholik davri, Yangi podsholik davri, Sais sulolasi
davri, ierogliflar, Amarna davri, Exnotonning diniy islohotlari.
Anatoliya, xettlar, Frigiya va Lidiya shohliklari, Falastin, Suriya, Livan, Bibl,
Alalax, Ebla, Yamxad davlati, giksos birlashmasi, Finikiya, Karfagen, Damashq
podsholigi, Isroil - YAhudiy podsholigi, yaxudo dini, Bibliya.
Qadimgi yunonlar Kichik Osiyoni Anatoliya deb atashgan. XX asrning 20-
yillaridan Turkiyaning Osiyo qismi ushbu nom bilan ataladi. Anatoliya dastlab
qadimgi sivilizatsiyalar tadqiqotchilarini jalb etmagan. Ammo Chatal-Guyuk
manzilgohining ochilishi bu hudud qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri
ekanligini ko’rsatdi. Anatoliyada turli davrlarda Xett, Mitanni, Osuriya, Frigiya,
Lidiya, Urartu kabi davlatlar gullab-yashnadi.
Mitanni davlatiga m.a. XVI asrda xurrit qabilasi mitannilar asos soladi.
Mitanni poytaxti yuqori Xaburdagi Vassokanda joylashgan edi. M.a. XVI asr
Mitanni Zagros va Nineviyadan Shimoliy Suriyagacha bo’lgan hududni egallab,
ulkan davlatga aylandi. Shu vaqtdan boshlab bir yuz ellik yil davomida Old Osiyoda
Mitannidan kuchli bo’lgan qudratli davlat yo’q edi. Mitanni bu davrda Misr bilan
Mesopotamiya va Sharqiy O’rta er dengizi havzasi uchun uzoq kurash olib bordi.
XV asrda xalqaro vaziyat o’zgarib Misr bilan Mitanni o’rtasida ittifoqchilik
munosabatlari o’rnatildi va sulolaviy nikohlar tuzildi. M.a. XIV asr boshlaridagi
Mitannidagi sulolaviy nizo, saroy fitnalari davlatni zaiflashtirdi. Xettalar va
Ossuriya
tomonidan
katta
hududlari
istilo
qilingan
Mitanni
shimoliy
Mesopotamiyadagi kichik bir davlatchaga aylanib qoldi. Qachonlardir qudratli
davlat qoldig’i sifatida Mitanni Ossuriya tomonidan tugatildi.
Ilmiybaza.uz
Qadimgi Osuriya markazi Ashshur bo’lgan kichik hududni o’z ichiga olgan
edi. M.a. XVIII asr o’rtalarida Ashshur Bobilga qaram bo’lib qoldi. M.a. XVI asrda
Bobil sulolasi qulagach, Ashshur qudratli qo’shni davlat Mitannining tazyiqiga
qarshi Misr bilan diplomatik aloqa o’rnatadi. Bunga qarshi m.a. XV asr o’rtalarida
Mitanni Ashshurni bosib oladi. Keyingi davrda Ashshur Bobilning hukmronligini
tan olish evaziga Mitanni zulmidan ozod bo’ladi va bir qancha vaqt o’tgach Bobildan
to’la mustaqil bo’ladi. M.a. XIV asrda Osuriya qudratli davlatga aylandi. Zaiflashib
qolgan Mitanni xettlar tazyiqiga qarshi Osuriyaga ittifoqchi sifatida chiqadi. Tez
orada Osuriya xettlarni yuqori Mesopotamiyadan haydab chiqarib, Frot daryosiga
chiqadi. Natijada Mitannining sharqiy viloyatlari, bu yerdagi diniy markaz Nineviya
bosib olinadi. Mitanni, keyinchalik Bobil ham Osuriya ta’siri ostiga tushib qoldi.
Osuriya shahar-davlatdan qudratli davlatga aylanib, etti yuz yil davomida o’zining
yurishlari bilan qo’shni hududlarga dahshat tug’dirdi.
M.a. I ming yillikda Xett va Mitanni kabi qudratli davlatlar tarix sahnasidan
tushib ketdi, Bobil va Misr ichki va tashqi siyosatda tushkunlikka yuz tutdi, natijada
Yaqin Sharqda Osuriya etakchi o’ringa chiqib oldi. Ossuriya m.a. X-VII asrlarda
o’zining iqtisodiy, harbiy qudratini qayta tikladi, siyosiy markazlashuv va
barqarorlikka erishdi. Osuriya bu davrda faol istilochilik urushlari olib bordi. M.a.
VIII asrga kelib, Osuriya davlati Shimoliy Mesopotamiyada o’z hokimiyatini
mustahkamlaydi.
Osuriya katta-katta hududlarni bosib olishi natijasida hududlar, shaharlarda
savdo-hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik rivojlanadi. Metallurgiya,
qurolsozlik sohalari yuqori darajada taraqqiy qiladi. Talonchilik urushlardan olingan
ko’plab o’ljalar va qullardan Osuriya Kichik Osiyo va asosan, O’rtaer dengizining
sharqiga o’z ta’sirini kuchaytirishga urindi. Bu davrda Osuriya davlati chegaralari
Nil daryosining birinchi ostonalaridan Kavkaz ortigacha, Eron past tog’idan Kichik
Osiyogacha, O’rtaer dengizidan Fors qo’ltig’igacha cho’ziladi. M.a. VII –asr
o’rtalarida Osuriya siyosiy tushkunlikka uchradi va m.a. VIII asrda barbod bo’ldi.
Osuriya shahar va qal’alarni qurishda keng foydalaniladi. M.a. XIII asr o’rtalarida
Bolqon yarim orollaridagi o’zini frigiyali deb atagan qabilalar Kichik Osiyoga kirib
Ilmiybaza.uz
keldilar. Yuz yildan keyin boshqa Bolqon qabilasi Qora dengiz bo’yi briglari Kichik
Osiyoga kelib bu yerdagi birinchi to’lqin frigiyaliklarni qisman assimilyasiya qilib,
qisman siqib chiqardi. Yangi birlik frigiyaliklar Ilion (Troya) shahrini to’la buzib
tashladilar. M.a. VIII asr o’rtalarida Frigiya davlati amalda butun Kichik Osiyoni
Egey dengizidan Tavr va Urartugacha bosib olib o’zini gullab yashnagan pallasiga
kirdi. M.a. 675 yilda kimmeriy va Urartu ittifoqchi qo’shinlarini zarbasi ostida
Frigiya davlati quladi. Frigiyada o’ziga xos madaniyat shakllangan edi. Frigiya
mabudalari Attisa va Buyuk ona Kibela antik madaniyatga kuchli tasirini
o’tkazdilar. Poytaxti Sard bo’lgan Lidiya podsholigi taxminlarga ko’ra eramizdan
avvalgi XII asrda Anatoliyaga egey-bolqon bosqinlaridan keyin xett kolonistlari,
mahalliy liviya qabilasi bo’lgan meonlar tomonidan tashkil etilgan. Eramizdan
avvalgi VIII asrda Lidiya Frigiyaga bo’ysunadi. 675-yildan Lidiya mustaqil bo’ldi.
Biroz vaqt o’tmay Lidiyaga kimmeriylar bostirib kirdi. Lidiya podshosi Ossuriyaga
yordam so’rab murojaat qildi va uning hokimiyatini rasman tan oldi. M.a. 654-yil
Lidiya zaiflashgan Osuriya tarkibidan chiqib Misr bilan ittifoq tuzdi. Eramizdan
avvalgi 644 yilda kimmeriylar Sardni bosib oldilar. Skif-Osuriya urushi Lidiyaning
mustaqil bo’lishiga imkon yaratdi. Lidiya Likiyadan tashqari Galis daryosidan
g’arbdagi butun Kichik Osiyoni bo’ysundirdi. Lidiya dunyoda birinchi bo’lib oltin
va kumushning tabiiy qo’shilmasi-elektradan (m.a. VII asr) tanga zarb qildi va oltin
tanga VI asrda zarb qilindi. M.a. VI asrda Lidiya fors davlati tarkibiga kirdi.
Xurritlarga qarindosh bo’lgan Urartu qabilalari m.a. 1300-yillar atrofida
qabilalar ittifoqiga birlashganlar. M.a. IX asr o’rtalarida bu ittifoq Biayneli (“Van”;
osurlar Urartu deb atagan) nomli davlatni barpo qildilar. Uning markazi Tushpa
bo’lib, Van ko’lini sharqida joylashgan edi.
Davlat xo’jaligining asosi sug’orma dehqonchilik bo’lib, ekinzorlarda erkin
dehqonlar mehnat qilganlar. Asir qullar ko’p sonli bo’lgan. Ular podshoh xo’jaligi,
dehqonchilik va hunarmandchilik sohalarida ishlaganlar. Urartuni davlat boshqaruvi
podshoning yakka hukmronligiga asoslangan. Podsholarning eng birinchi vazifasi
mamlakatni qudratli dushman Osuriya bosqinidan himoya qilish edi.
Ilmiybaza.uz
Urartu davlati uzoq vaqt Osuriya davlatining bosqiniga uchradi. Osuriyaning
ko’p sonli qo’shinlari Urartu qal’a, shaharlarini talon-taroj qildilar. M.a. VIII asr
oxirida Urartularning diniy markazi Musasin Osuriya qo’shinlari tomonidan bosib
olingan. Bundan tashqari ko’chmanchi kimmeriylar Urartu shahar, qishloqlarini
taladilar. Zaiflashib qolgan Urartu m.aVI asrda Midiya tomonidan bosib olindi.
Urartuni madaniyati va iqtisodi to’g’risida arxeologik qazishmalar boy ma’lumot
beradi. Teyshebani (Karmir Bilur) va Eribuni (qadimgi Erevan) shaharlari kuchli
fortifikatsiya inshootlari bilan o’rab olingan.
M.a. XX-XVIII asrlarda Kichik Osiyodagi Nesa (Kanish), Burusxan, Kussar
va Xattusi kabi shaharlarni o’z ichiga olgan siyosiy birlashmalar vujudga kela
boshlaydi. Kichik Osiyoning bu siyosiy birlashmalarining ilk birlashuvi eramizdan
avvalgi XVIII asrning birinchi yarmida yuz beradi.
Qadimgi Xett davlatida urug’-jamoa qoldiqlari hali kuchli bo’lgan. Xett
podsholari o’z hokimiyatlarini xalq kengashlariga tayanib amalga oshirganlar. Qurol
ko’tarishga qobiliyatli bo’lgan barcha erkaklar podsho chiqaradigan «pankus» deb
ataladigan yig’ilishga muntazam ishtirok etganlar. Zodagonlar davlat boshqaruvda
faol qatnashib, o’zlarini kuchli tayanchi bo’lgan zodagonlar kengashi (Tuliya) orqali
xalq yig’iniga boshchilik qilganlar. Xett davlatining hukmdorlari mamlakatni
birlashtirib, istilochilik yurishlari olib boradilar va davlat chegaralarini “dengizdan-
dengizgacha” kengaytiradilar. Poytaxt xettlarning sobiq bosh markazi Xattusiga
ko’chirilgach keyin davlat rasmiy ravishda “Xatti”, zamonaviy fanda “Xett” deb
atala boshlandi.
M.a. XVIII- XVI asrlar qadimgi Xett podsholigi davri deb ataladi. Xett
davlatining tushkunlik davri bo’lgan m.a. XV asr o’rta Xett podsholigi davri deb
nom oldi. M.a. XIV asr boshlarida Old Osiyoda Misr, kassitlar Bobili va Mitanni
davlatlari zaiflashib, xalqaro munosabatlarda Xett davlatining kuchayishi uchun
qulay shart-sharoit tug’iladi. YAngi Xet podsholigi davri sanalgan m.a. XIV -XII
asrlarda ushbu davlat yana yuksaldi.
YAngi sulola podsholari qadimgi xett buyuk davlatchiligi g’oyalarini
qaytarishga da’vo qilib, harbiy-byurokratik monarxiyani tashkil qildilar. Podsho
Ilmiybaza.uz
ilohiylashtirilgan mutlaq hukmdorga aylandi. Xett hukmdorlari bu davrda SHarqiy
O’rtaer dengizi qirg’og’i mayda davlatchalarini va Mitanni davlatini bosib oldilar.
Mitanniga tegishli Suriya viloyatlarini va shaharlarini, Kichik Osiyodagi janubiy
Frigiya va Lidiya, Milavan (Milet) hokimlarini bo’ysundiradilar. Ammo Misr XIX
sulola davrida yanada kuchayib va SHarqiy O’rtaer dengizi qirg’ogi uchun Xett
davlati bilan yana raqobat boshlaydi. Xettlar Falastin, Finikiya va Suriyani katta
qismidan siqib chiqariladi. Oxir oqibatda Misr va Xett davlati eramizdan avvalgi
1280 yilda tinchlik shartnomasini imzolaydilar. Shartnoma bo’yicha Suriyaning bir
qismi, Shimoliy Finikiya Xett davlati ta’siri ostida qoladi.
Endilikda Xett davlati kuchayib borayotgan Osuriyaning harbiy tazyiqiga
qarshi Bobil bilan ittifoq bo’lishga harakat qiladi, lekin Osuriyani Yuqori
Mesopotamiyadan siqib chiqara olmadi. Xett davlati kuchli qo’shinga ega bo’lgan
Osuriya tazyiqini qiyinchilik bilan qaytaradi.
So’ngi xett podsholari davrida axeylar, Bolqondan kelgan frigiyaliklarni
Kichik Osiyoning g’arbida hujumini zo’rg’a qaytaradilar. Axeylar tor-mor
qilinganidan keyin Kichik Osiyo g’arbidagi Ilion shahri bosib olinadi. M.a. XII asr
oxirida Egey dengizi qirg’oqlari va orollarining «dengiz xalqlari» Xett davlatini tor-
mor qiladilar. SHunday qilib, yangi Xett davlati tarix sahnasidan abadiy tushib ketdi.
Markazlari Karhamesh va Melida bo’lgan so’nggi Xett podsholiklari qoldiqlari m.a.
VIII asr oxirlarida Osuriya tomonidan tugatiladi.
Xettlar xo’jaligining asosi dehqonchilik, chorvachilikning qo’ychilik sohasi
bo’lgan.
Dehqonchilikda
sun’iy
sug’orish
sezilarli
bo’lmagan.
Hunarmandchilikning taraqqiyoti to’g’risida qonunlar va boshqa hujjatlarda
temirchi, kulol, duradgor va tikuvchi kasblari tilga olinadi. Mehnat qurollari va
harbiy aslahalar ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo dastlab mis, keyinchalik
qalay edi. Temirdan faqat diniy marosimlar uchun haykalcha va boshqa buyumlar
yasashda oz miqdorda foydalanilgan. Xett davlatida podsho oilasi va podsho bosh
koxin sifatida juda katta miqdorda erga egalik qilgan. Podsho va ibodatxona erlarida
ishlovchilar o’z erlariga berkitib qo’yilib, turli soliq va majburiyatlarni o’taganlar.
Xett jamiyatida barcha aholi ikki guruhga bo’lingan. Soliq to’lovlari va boshqa
Ilmiybaza.uz
majburiyatlarni o’tovchi (podsho, ibodatxona eki xususiy shaxs foydasiga) kishilar
erkin bo’lmagan mavqega ega bo’lib, kamsitilganlar. To’la ma’noda erkin kishilar
deb zodagonlar, amaldorlar, kohinlar va katta er egalari hisoblanganlar. Xett davlati
bosib olgan hududlarni boshqarmagan, faqat ulardan xiroj olish bilan cheklagan.
Xett jamiyati o’z madaniy tarqqiyotida Misr va Mesopotamiyaning yuksak
madaniyatlari ta’siri yaqqol seziladi. Xett dini o’ziga xos belgilarga ega edi.
Xettlarning ming ma’bud va ma’budalari to’g’risida manbalarda eslatishlar mavjud.
Amalda esa, cheklangan miqdorda ilohlarga sig’inilgan. Podsho quyoshga
o’xshatilib ilohiylashtirilgan. Xett podsholigining boshqa xalqlar bilan yaqin aloqasi
mavjudligidan dalolat beradigan yana bir madaniy yutuq uch tilli shumer-bobil-xett
lug’atlarining tuzilishidir. Xett haykal va rel’eflari vazmin va ulug’vorligi bilan
ajralib turadi. Mamlakatda ayniqsa, mudofaa inshootlari qal’a devorlari qurish
yuqori darajada bo’lgan. Xett madaniyati ko’p asrlik shimoliy Mesopotamiyada va
unga yaqin boshqa hududlarda yashagan qabila va xalqlarning madaniyatini o’zida
aks ettirgan va boshqa madaniyatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Xettlarning
madaniy merosi Xett davlati halokatidan keyingi asrlarda ham boshqa qo’shni
mamlakatlar madaniyatiga ijobiy ta’sir o’tkazadi.
M.a. III – II ming yilliklardagi davlat uyushmalari - Tavr tog’laridan va Frot
daryosining o’rta oqimining Misrgacha bo’lgan Sharqiy o’rtaer dengizi qirg’og’i
hududi va Suriyani qadimda yunonlar Finikiya va Falastin deb nomladilar. Qadimda
bu hududning katta qismini Xanaan deb atalgan dengiz qirg’og’i tashkil etardi.
M.a. IV ming yillik oxirida Sharqiy o’rta yer dengizi qirg’og’i jamoalarida
hunarmandchilik va dehqonchilik rivojlanadi. Dastlab shimol keyin janubda
kulolchilik charxi va sopol kuydirish uchun maxsus o’choqlar tadbiq etila boshlandi.
Metalldan keng foydalana boshlandi, g’alla, zaytun daraxti va uzum etishtira
boshlangan. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoni rivojlanishi m.a. III ming
yillikda shahar tipidagi manzilgohlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. O’rtaer
dengizi qirg’oqlarida Bibl, Ugarit, Sidon va Tir vujudga keldi. Mamlakat ichkarisida
shimoliy Suriyada Alalax shahri (m.a. IV ming yilliklar oxiri III ming yilliklar I
yarmida), m.a. III ming yilliklarda Ebla shahri shakllandi. M.a. III ming yillikda
Ilmiybaza.uz
Falastinda Megiddo, Quddus va Laxesh shaharlari shakllanadi. M.a. III ming
yillikda Sharqiy o’rtaer dengizi qirg’og’i aholisi o’z tarkibiga ko’ra xilma-xil edi.
M.a. XVIII asrda shimoliy Suriyaga bostirib kirgan amoriy qabilalaridan biri
tashkil etgan, bir necha shahar va davlatlarni birlashtirgan siyosiy birlashma
YAmxad nomini oldi. Dastlab bu birlashma qabilalar ittifoqi shaklida bo’lgan. U
shimolda Karxemishda janubda Oront daryosigacha bo’lgan bepoyon hududga
hukmronlik qilgan. (tax. M.a. XVII asrning II yarmida) Xalpa (hozirgi Aleppo)
shahri poytaxt vazifasini o’tadi. M.a. XVII asrda Yamxad zaiflashib tushkunlikka
yuz tutadi. M.a. 1600-yillar atrofida Yamxad davlatini xettlar bosib oladilar. M.a.
XIII-XVII asrda Yamxaddan janubroqda bir qancha shaharlarni birlashtirgan
qudratli giksoslar ittifoqi vujudga keladi. Zarbdor qism jang aravalari bo’lgan
qo’shinga ega bo’lgan giksoslar o’z hokimiyatlarini Misrda o’rnatdilar, Falastin va
Suriyada ham egalik qildilar. Giksoslar ittifoqiga Kadesh va Megiddo shaharlari
ham kiradi. Giksoslar davlati qurama bo’lib, unga semit qabilalari etakchi o’rin
egallab, bu davlat birlashmasiga xurrit va xett qabilalari qo’shildilar. Giksoslar
Misrdan haydalgach, Falastin va Suriyaga chekinib bu yerda qariyib yuz yil
hukmronlik qildilar. Shimoliy Suriyada xettlar hokimiyatni qo’lga oldilar, lekin tez
orada Mitanni davlati bu hududni egallab oladi. Er. avv. XVI asr oxiriga kelib,
Sharqiy o’rtaer dengizi Misr va Mitanni tomonidan bo’linib olinadi. M.a. XV-XIV
asrlarda Sharqiy O’rtaer dengizi siyosiy tarqoqlik, o’zaro urushlar girdobida qoldi.
M.a. XIII-XII asr boshlarida Suriya va Falastin O’rtaer dengizi qirg’og’i egey-
anatoliya xalqlari («dengiz xalqlari») bosqiniga uchraydi. Shundan so’ng ular
Misrga hujum qiladilar, lekin misrliklar hujumni qaytaradilar. Misrdan uloqtirib
tashlangan kelgindilar Falastin qirg’og’iga o’rnashib, Filistim (“Peleset”) nomi bilan
davlat tuzdilar. Tez orada ular bu yerdagi mahalliy aholining tili va madaniyatini
o’zlashtirdilar, ularning nomidan “Falastin” nomi kelib chiqdi.
M.a. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlarida Sharqiy o’rtaer dengizi
qirg’og’i shaharlari qayta tiklandilar. Sharqiy o’rtaer dengizi qirg’og’ida
finikiyaliklar xalqaro savdoda etakchi o’rinni egalladilar. Finikiya shaharlarida
kemasozlik, dengizchilik yuqori darajada rivojlanadi. Finikiyaliklar O’rtaer dengizi
Ilmiybaza.uz
havzasida o’zlarining o’nlab koloniyalarini barpo qiladilar. Tir va Sidon shaharlari
bu yo’nalishda faol harakat qiladilar va o’zaro birlashib yagona davlat tuzadilar.
Damashqning yuksalishi m.a. II ming yillik oxirida Arabistondan kelgan
somiy qabilalaridan biri oromiylar bilan bog’liq. M.a. II ming yillik oxirlarida savdo
yo’llari kesishgan nuqtada oromiylarning Suriyadagi bosh markazi - Damashq
shahri kuchayib ketadi. Damashq podsholigining iqtisodiyoti rivojlangan
chorvachilik, butun Yaqin Sharqqa mashhur bo’lgan qurolsozlik va oliy navli jun
bilan vositachilik savdosiga asoslangan. M.a. IX asr oxirida beto’xtov urushlar
sababli zaiflashib qolgan Damashq Osuriya tomonidan bosib olindi. M.a. XII asrda
Falastin hududida kelgindi ko’chmanchi isroil qabilalari va mahalliy xananlar
birlashib 12 qabila ittifoqini shakllantiradilar. M.a. XI asr boshlarida Falastinda
temir qurollar ishlab chiqarishda etakchi bo’lgan filistimlar hukmronligi o’rnatiladi.
Isroil qabilalari filistimlarga qarshilik ko’rsata olmaydi. Falastinda isroil qabilalari
Misrdan kelib o’rnashadilar. M.a. XIII asrda o’n ikki yahudiy qabilalari Falastinga
bostirib kirib, mahalliy Xanaan shahar-davlatlarini bo’ysundirganlar.
M.a. XI asrning oxirida yahudiy jamiyatida ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy
jamiyatga o’tish yuz bergan. Saylab quyiladigan yo’lboshchilar o’rniga merosiy
podsho hokimiyati shakllanadi. Dovud (1010-970 yillar) podsholigi davrida
markazlashgan davlat tuziladi. Bosib olingan Quddus yangi davlatning poytaxti
bo’lgan.
Dovudning o’g’li Sulaymonning shafqatsiz siyosatidan norozi bo’lgan
10 shimoliy yahudiya qabilalari ajralib chiqib, Isroil podsholigini tashkil qiladilar.
Uning poytaxti yangi qurilgan Samariya shahri bo’lgan. Dovud sulolasi hukmdor
bo’lgan Quddus podsholigi uning bosh qabilasi nomi bilan Yahudiya deb atalgan.
Ikkala podsholik ham bir-biri bilan dushmanchilik munosabatida bo’lib vaqti-vaqti
bilan konfederatsiya tashkil qiladilar. Yahudiyani parchalanganidan foydalangan
Misr Falastinga yurish qilib Yahudiya va Isroilni bosib oladi.
M.a. VIII asr o’rtalarida Osuriya Damashq va Isroil davlatlarini tor-mor
qiladi. Tir-Sidon podsholigining katta qismi Osuriya tomonidan bosib olinib, tobe
hududga aylantiriladi. Osuriyaning g’arbiy qismiga skiflarning hujumi Sharqiy
o’rtaer dengizi qirg’og’ida Osuriya hukmronligiga chek qo’yadi. Ossuriyaning
Ilmiybaza.uz
halokatidan keyin Sharqiy o’rtaer dengizi Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat
maydoniga aylanadi. Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat oxir-oqibatda m.a. 587-yilda
Yahudiyani halokati, yahudiylarning Mesopotamiyaga asir qilinib olib ketilishi,
butun Sharqiy O’rtaer dengizini Bobilga tobe bo’lishi bilan yakunlanadi. M.a. 539-
yilda ahamoniylar tomonidan Bobilni bosib olinishi bilan bu hududda forslar
hukmronligi o’rnatiladi. Sharqiy o’rtaer dengizi hududining eng katta yutug’i
alifboli yozuvning yaratilishi edi. M.a. XV-XII asrlardayoq Ugaritda o’ttiz belgili
mixxat alifbosi qo’llanilgan. Finikiya alifbosi yanada takomillashgan tizim bo’lib,
yunonlar tomonidan qabul qilinib, keyinchalik barcha zamonaviy alfavitlarga asos
bo’ldi.
Sharqiy O’rtaer dengizi xudolar panteoni tabiat kuchlarini aks ettiradi. Har bir
shaharni o’z homiy ma’budi bor edi. Falastinda m.a. VIII-VI asrlarda monoteistik
ta’limot keng tarqaldi. Yahudiyada vujudga kelgan monoteistik ta’limot Yaxvani
yagona xudo deb e’lon qiladi. Yaxudo dini insoniyat tarixidagi birinchi yakka
xudolikka asoslangan dindir.
Yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar
majmuasi bo’lmish Bibliyaning “Qadimgi ahd” qismi o’sha davrda yaratila
boshlangan. “Bibliya” eng qadimgi adabiy yodgorliklardan biri bo’lib, diniy pand-
nasihatlar, aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy
dostonlar, hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. Bibliya jahon bo’yicha keng
tarqalgan, asrlar mobaynida ko’pgina xalqlarning axloqi, ma’naviyati, madaniyati,
adabiyoti, musiqa va rangtasvir san’ati ga barakali ta’sir ko’rsatgan.