QADIMGI MISR SIVILIZATSIYASI (Misr sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlari, Qadimgi Misr madaniyati va uning jahon sivilizatsiyaisda tutgan o’rni)
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
30,5 KB
Ilmiybaza.uz
QADIMGI MISR SIVILIZATSIYASI
Reja:
1. Misr sivilizatsiyasining asoslari.
2. Misr sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlari.
3. Qadimgi Misr madaniyati va uning jahon sivilizatsiyaisda tutgan o’rni.
Ilmiybaza.uz
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Nomlar, Yuqori va Quyi Misr, Sulolalikkacha davr, Ilk podsholik davri,
Qadimgi podsholik davri, O’rta podsholik davri, Yangi podsholik davri, Sais sulolasi
davri, ierogliflar.
2.1. Sivilizatsiya tug’ilgan qadimgi markazlardan biri Nil vodiysi bo’lgan. Nil
vodiysi aholisi o’z erlarini Ta kemet (Qora er) deb atashgan. Qadimgi yunonlar
Memfisning nomlaridan biri bo’lgan, qiyin talaffuz etiladigan Xet-ka-Ptaxni
Aygyuptos Egipet deb o’zgartirishgan.
Eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri qulay tabiiy – geografik joylashuvga, boy
tabiiy resurslarga ega bo’lgan, savdo, siyosiy va madaniy aloqalar chorrahasida
joylashgan yerda vujudga kelgan. Sivilizatsiyaning moddiy asosini yaratish uchun
zarur bo’lgan barcha narsalar Misrning o’zida yoki unga yondosh erlarda mavjud
bo’lgan. Metallar, asosan mis Arabiston sahrolari va Sinay yarim orolidan, oltin
Efiopiyadan keltirilgan. Nilni g’arbdan sharqqa tomon o’rab turuvchi tog’lardan
chaqmoqtosh, Qohira atrofidagi Tur tosh konlaridan ohaktosh, Asuan yaqinidan
marmarning qimmatbaho navlari qazib olingan. Mamlakat o’simlik va hayvonot
dunyosi ham boy bo’lib, misrliklar xo’jalik hayotida muhim o’rin tutgan.
Ilk odamlar Nilning qayirlarida neolit davrlarida paydo bo’lishgan. Bu erga
ularni tashqi sharoit boshlab kelgan: iqlim quruqlashib, sahro bostirib kela
boshlagan. Dastlab Nil vodiysi chekkalariga joylashgan odamlar dehqonchilik,
chorvachilik, ov, baliqchilik va termachilik bilan shug’ullanishgan. Ilk dehqon
jamoalari m.a. VI-V ming yillikda Quyi Misrda Fayum vodiysida mavjud bo’lgan.
Fayum manzilgohida g’alla ekinlari ekilgan, yirik va mayda qoramol boqilgan va
baliq tutilgan.
Vohaning qulay tabiiy sharoiti tufayli manzilgohlar rivojlanib, ularning
aholisi turmushi farovonlashib borgan. Ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan.
Bunga misol tariqasida Badari madaniyatini ko’rsatish mumkin. Yuqori Misrdagi
Ilmiybaza.uz
Badari madaniyati (er. avv. IV ming yillik) ga tegishli aholi o’troq tarzda urug’
jamosi bo’lib yashab, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Erga
motiga bilan ishlov berilib, kichik kanallar qazilgan. Ov va baliqchilik ham
mavjud bo’lgan. Badariylar Ular hunarmandchilik sohasida katta yutuqlarni qo’lga
kiritganlar.
Mis va mis mehnat qurollarining paydo bo’lishi bilan Nil vodiysini
o’zlashtirish boshlangan. M.a. IV ming yillikning birinchi yarmida misrliklar havza
sug’orish tizimini yaratishgan. M.a. IV ming yillikning II yarmida qishlog’i
nomidan) sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib
chiqqan. Ilk ijtimoiy tabaqalanish yuz bergan, ilk ibtidoiy qulchilik paydo bo’lgan.
Mashaqqatli kechgan Nilni bo’ysundirish jarayonida misrliklar hayotida jiddiy
o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat sharoitlari o’zgardi, uni tashkil etish bilan asosan
qabila boshliqlari va kohinlar shug’ullanishgan. Bu esa mulkiy tengsizlikni boshlab
berdi. Har bir sug’orish xo’jaligi insonlarni qandaydir hududiy birlikka, o’ziga xos
qo’shnichilik jamoasiga – nomlarga birlashtirdi. Davlat tashkil etilishidan oldingi
davrda Misrda 40 ga yaqin shu kabi nomlar mavjud edi. Ularning birlashtirilishi
oqibatida o’zaro raqobatchi ikki podsholik – Yuqori va Quyi Misr vujudga keldi.
Ular o’rtasidagi uzoq davom etgan kurash Quyi va Yuqori Misrning homiylari
bo’lgan xudolar Gor va Set o’rtasida borgan kurash to’g’risidagi diniy afsonada o’z
aksini topgan. Misr sivilizatsiyasi tarixi davomida mavjud bo’lgan ikki mamlakat
fir’avni unvoni va davlat ma’muriyatining ikkiga bo’linishi ham Yuqori va Quyi
Misrning alohida podsholik sifatida uzoq muddat mavjud bo’lganligini ko’rsatadi.
Misrning bu ikki qismining birlashishi bilan ularning ramzi bo’lgan qizil va oq
ranglardan iborat toj Misr sivilizatsiyasining yakuniga qadar podsholik ramziga
aylandi.
Har ikkala podsholik butun mamlakatda hukmronlik uchun kurash olib borar
ekan, o’z navbatida iqtisodiy jihatdan bir-birini to’ldirgan. Yuqori Misr
dehqonchilikning markazi bo’lgan bo’lsa, Quyi Misr – chorvachilik, uzumchilik va
bog’dorchilik markazi edi.
Ilmiybaza.uz
2.2. Qadimgi Misr tarixi m.a. IV ming yillikning II yarmidan - davlat va
sinfiy jamiyatning paydo bo’lishidan er.avv. VI asrda Misrning Ahmoniylar
davlatiga qo’shib olingan davrigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Qadimgi Misr
tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi:
1. Sulolalargacha bo’lgan davr (m.a. IV ming yillik). Urug’chilik munosabatlari
emirilishining boshlanishi, ijtimoiy tengsizlikning, ilk sug’orish inshootlarining
paydo bo’lishi, ilk nom birlashmalarining tashkil topishi. Davr oxirida Yuqori va
Quyi Misr davlatlarining paydo bo’ldi.
2. Ilk podsholik (m.a. XXX - XXVIII asrlar, I-II sulolalar).
3. Qadimgi podsholik davri (m.a. XXVIII-XXIII asrlar, III-IV sulolalar).
4. O’rta podsholik davri (m.a. XXII-XVIII asrlar, XII sulola).
5. Yangi podsholik davri (m.a. XVI-XI asrlar, XVIII-XX sulolalar)
6. So’nggi podsholik (m.a. XI-V asrlar XXII -XXV sulolalar)
Tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida Misr sivilizatsiyasi o’ziga xos
xususiyatlarga ega bo’lgan. Ilk podsholik davrida mamlakatni birlashtirish
tugallangan va taxminan m.a. 3000 yilda Nil vodiysida yagona davlat vujudga
kelgan. Bu voqea birinchi sulola asoschisi bo’lgan Menes (Mina) nomi bilan bog’liq.
U Yuqori va Quyi Misr tutashgan strategik muhim nuqtada yangi poytaxt
mustahkamlangan shahar Memfis shahriga asos soldi. Ilk podsholik davrida Misr I
va II sulolalar tomonidan boshqarilgan.
Ilk podsholik davrida sun’iy sug’orishning xo’jalik madaniyati asosida Misr
sivilizatsiyasining iqtisodiy va siyosiy tizimlari shakllana boshlagan. Bu davr asosiy
funksiyasi Nil vodiysida sug’orish ishini tashkil etish bo’lgan umummisr davlat
aparati tashkil topish davri edi. Yuqori mahsuldor bo’lgan qishloq xo’jaligi moddiy
madaniyatning taraqqiy etishiga asos bo’ldi. Hunarmandchilik rivoj topdi. Ilk
podsholik davridayoq misrliklar papirus tayyorlashni bilishgan. Papirusning paydo
bo’lishi sivilizatsiya rivojining asosiy omillaridan biri bo’lgan yozuvning keng
tarqalishiga turtki bo’ldi.
Qadimgi podsholik davri 500 yildan ortiq davom etdi ( m.a.2800-2300 yy).
Bu davrda Misr qo’shnilari bilan muvaffaqiyatli urushlar olib borayotgan yirik
Ilmiybaza.uz
markazlashgan davlatga aylandi, Misr sivilizatsiyasining ideallari va asosiy
qadriyatlari shakllandi. Mamlakatning mustahkam yaxlitligi uning iqtisodiy
gullab-yashnashiga asos bo’ldi. Qadimgi podsholik davri iqtisodida oliy amaldorlar
xo’jaligi katta rol o’ynagan. Podsho va ibodatxona xo’jaliklari ham amaldorlar
xo’jaligiga o’xshash bo’lgan. Ularni birlashtirgan xususiyat ko’psonli xizmatchilar
ustidan o’rnatilgan kuchli nazorat, mehnat va uning natijasini qattiq hisob-kitob
qilish bo’lgan.
Shakllangan Misr davlatining tepasida yunonlar fir’avn (misrcha pero –
“ulug’ uy”, “katta xonadon” so’zidan kelib chiqqan) deb atagan hukmdor turgan1.
Fir’avn odam qiyofasidagi xudo deb tasavvur qilingan. U cheklanmagan iqtisodiy,
siyosiy va oliy kohinlik hokimiyatiga ega bo’lgan. Qadimgi podsholik davridagi
Misr sivilizatsiyasi Qadimgi Sharq despotiyasining noyob namunasidir.
Despotiyaning moddiy timsoli fir’avnlarning muhtasham dahmalari – piramidalar
bo’lgan.
Davlat boshqaruvi tizimi yakka hukmronlikka, cheklanmagan hokimiyatga
ega podshoning ilohiyligini targ’ib etuvchi diniy mafkuraga asoslangan.
Fir’avnning eng yaqin yordamchisi oliy amaldor-chati (bosh vazir) bo’lgan. U bir
vaqtning o’zida bosh sudya, fir’avn nomidan mamlakat xo’jaligining umumiy
nazoratini amalga oshiruvchi, bir qator davlat amallarining egasi bo’lgan. Bu yuksak
amalni odatda podshoning o’g’li egallagan.
Davlat boshqaruvi uch bo’g’indan iborat bo’lgan: markaziy, viloyat (nom),
mahalliy (qishloq-jamoa). Nomlar boshqaruvi markaziy boshqaruvning kichikroq
ko’rinishidagi nusxasi bo’lgan. Ko’p hollarda nomarxlar separatizmi mavjud
bo’lgan.
M.a.
III
ming
yillik
o’rtalaridan
zodagonlar
hokimiyati
mustahkamlanib borgan. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi va mahalliy
zodagonlarning kuchayishi m.a. 2200 yilda Misrning mustaqil nomlarga bo’linib
ketishiga olib kelgan. Tarqoqlik va nomlar o’rtasdagi kurash Misr sivilizatsiyasi
farovonligi va taraqqiyotining asosi bo’lgan sug’orish tizimi holatiga salbiy ta’sir
1 Авдиев В.И. Қадимги Шарқ тарихи, - Т., 1965.
Ilmiybaza.uz
ko’rsatdi. Birlashish jarayoniga ikkita markaz boshchilik qildi: shimoldagi
Gerakleopol va janubdagi Fiva. Kurashda yakuniy g’alabani Fiva podshosi
Mentuxotep I qo’lga kiritdi va mamlakat yaxlitligini tikladi. Ushbu hodisadan O’rta
podsholik davri boshlandi (m.a. 2050-1700 yy). Bu Misr sivilizatsiyasi tarixidagi
murakkab, shu bilan birga ahamiyatli davr edi. Taxminan m.a. 2000 yilda
Amenemxet I ning fir’avn bo’lishi bilan O‘rta podsholikning gullab-yashnash davri
boshlandi. Mamlakatni birlashtirishga va markaziy hokimiyatni kuchaytirishga
intilgan fir’avnlar nomarxlarni o’z ta’sir doiralariga olishga urindilar. Amenemxet
va Senusert nomlari bilan 8 ta fir’avn hukmronlik qilgan bu davrda misrliklar o’z
qo’shnilari bilan muvaffaqiyatli urushlar olib bordilar, bronza quyish va shisha
tayyorlashni o’zlashtirdilar. Bu davrda hunarmandchilik, jumladan to’qimachilik
rivoj topdi. Yagona Misrning tashkil topishi tashqi savdoning yanada taraqqiy
etishiga olib keldi.
Misr moddiy boyligining asosiy yaratuvchisi bo’lgan mehnatkash xalq
“podsho odamlari” deb nomlangan. Ularning asosiy majburiyati qaysi er- mulkka
biriktirilganidan qat’iy nazar o’z kasblari doirasidagi ishni bajarish edi. Kasb va
hunar bo’yicha taqsimlanish misrliklarning ixtiyorida emas edi.
O‘rta podsholik davrida mayda mulkdorlar qatlami – nejeslar shakllana
boshladi. Boyib ketgan nejeslar kohinlar va amaldorlar safiga kira boshladilar.
Fir’avnlar eski aslzodalarni mavqeini pasaytirishga urunib, davlat mansablariga
o’rta qatlam vakillarini tayinlay boshladilar.
Misr sivilizatsiyasi Fayyum vohasidagi ulkan sug’orish ishlarini yakunlagan
va yunonlar Labirint deb nom bergan ulkan tosh imoratni barpo etgan Amenemxet
II davrida gullab – yashnadi.
M.a. 1700 yil atroflarida sharqdan Misrga Janubiy Suriya va Shimoliy
Arabiston qabilalarining ittifoqidan iborat giksoslar bostirib keldi. Shimoliy Misrda
o’rnashib olgan bosqinchi giksoslar misrliklarni yilqichilik, jang aravasi, janglarda
otliq qo’shindan foydalanish bilan tanishtirdilar. Giksoslarga qarshi kurashni tashkil
etgan Fiva nomining hukmdori Yaxmos nafaqat bosqinchilarni quvib chiqdi, balki
Ilmiybaza.uz
mamlakatni birlashtirdi. Shu tariqa m.a. 1600 yil atroflarida Misr sivilizatsiyasi
Yangi podsholik davriga qadam qo’ydi.
Yangi podsholik davrida (m.a. 1580-1085 yy) Misr iqtisodiy ko’tarilishni
boshidan kechirdi va Sharqiy O’rtaer dengizida hukmron mavqeni qo’lga kiritdi.
Temir paydo bo’ldi, ammo u hali noyob metall sifatida qabul qilinardi. Yangi
podsholik davrida metallurgiya taraqqiy etdi, yangi texnika va texnologiyalar joriy
etildi. Masalan, teri bosqon, takomillashgan omoch, shaduf va h.k. Yangi
podsholikning iqtisodiy yuksalishi fir’avnlarning bosqinchilik siyosati bilan bog’liq
edi. Janglarda toblangan qo’shin Misr podsholarining tayanchiga aylandi. Jangchilar
davlat ta’minotida edi.
Fir’avn Tutmos I Misrni o’sha davrdagi kuchli davlatga aylantirdi. Tutmos II
dan so’ng taxtni uning bevasi Xatshepsut egallab oldi. Taxminan m.a. 1500 yilda
Tutmos III taxtga o’tirib, Tutmos I boshlagan yurishlarni g’olibona davom ettirdi.
Qaram erlar va Misr aholisini talanishi natijasida hukmron tabaqa, ayniqsa ko’p
sonli yaxshi uyushgan kohinlar tabaqasi boyib ketgan. XVIII sulola davrida
Fivadagi Amon ibdoatxonasi nihoyatda katta obro’ – e’tiborga ega bo’lgan.
Mamlakatda Amon ibodatxonasi kohinlarining mavqei kuchayib, ular Misr
iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko’rsata boshlaganlar. Bu holat
davlat hokimiyatiga katta muammolarni tug’dirgan. Natijada Amenxotep IV diniy
islohot o’tkazgan. Amenxotep IV (m.a 1372-1354 yy) davrida “quyosh shu’lasi”
xudosi Aton birinchi o’ringa qo’yila boshlangan. Bu fir’avnning o’z nomini
Exnaton deb o’zgartirishida ham o’z ifodasini topgan. SHu bilan birga Exnaton Fiva
kohinlari bilan uzil-kesil suratda aloqani uzib, Fivadan go’zal saroy va ibodatxonalar
bilan bezalgan yangi poytaxt Axetaton (Aton shahri) ga butun saroy amaldorlari va
yangi quyosh xudosining kohinlari bilan birga ko’chib kelgan va Aton Misrning
yagona va oliy xudosi deb e’lon qilinadi. Exnaton Fiva kohinlari va nomlardagi
quldor zodagonlarni qudratini vaqtincha bo’shashtirishga muvaffaq bo’lgan.
Exnatondan keyin taxtga o’tirgan fir’avnlar uning diniy siyosatini davom ettira
olmaganlar. Ulardan biri Tutanxaton Fiva kohinlariga yon berib, Amon e’tiqodini
Ilmiybaza.uz
qaytadan tiklashga va hatto o’z ismini ham shunga yarasha o’zgartirib
«Tutanhamon» deb atashga majbur bo’lgan.
Ramzese I va Ramzese II davrida davom etgan xettlar bilan urushlar m.a 1292
yilda tinchilik sulhi tuzish bilan yakunlandi. Ammo Ramzese II vorislari davrida
Misr endi liviyalik qabilalar va dengiz xalqlari hujumidan himoyalanishga majbur
bo’ldi.
So’nggi davrda (m.a. XI-V asrlar) Misr sivilizatsiyasi og’ir damlarni boshidan
kechirdi. Misr tarixining So’nggi davridagi beqarorlik temirning sekinlik bilan joriy
etilishi, sudxo’rlikning avj olishi, jamiyatning erkinlar va qullarga yanada qat’iy
bo’linishi, mamlakatning tarqoqligi, Liviyalik yollanma qo’shin harbiy tabaqasining
shakllanishi, kohinlik lavozimlari uchun keskin kurash, janubdan efiopiyaliklar,
sharqdan ossuriyaliklarning bosqini bilan ifodalanadi. Shunga qaramasdan Misr
sivilizatsiyasi o’z yutuqlari va erishgan natijalarini saqlab qoldi.
Misrning ozod etilishi va qayta birlashishi Sais sulolasi asoschisi, yunon va
krit yollanshma qo’shiniga tayangan Psammetix I davrida yuz berdi. Misrliklarning
Suriya va Falastindagi hukmronligi qisqa muddatga tiklandi, Kipr, Samos, Kirena
bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatildi. Ammo m.a. 525 yilda Misr forslar, m.a. 332 yilda
Makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olindi. Fir’avnlar davridagi Misr
sivilizatsiyasi davri tugadi. Yana markazlashgan yagona davlatga aylangan Misr
uchun uch asrlik Ptolomeylar davri, ellinizm davri, siyosiy va iqtisodiy qudrat davri
boshlandi. Ushbu sulolani Makedonskiyning sarkardasi Ptolomey I boshlab berdi va
Kleopatra yakunladi. Ptolomeylar Misri uning davrida Rim tomonidan bosib olindi
va Rim provinsiyalaridan biriga aylantirildi.
2.3. Qadimgi Misr madaniyatining o’ziga xosligi va betakrorligini uning
geografik joylashuvi, Nil vodiysining nisbatan yopiqligi va tashqi hujumlardan
himoyalanganligi, fir’avnlar hokimiyati va butun ijtimoiy tizimning barqarorligi,
shuningdek misrliklarning yuqori turmush darajasi belgilab berdi. Misr
madaniyatiga chuqur konservatizm va an’anaviylik xos. Misrliklar o’zlarining
madaniy qadriyatlar tizimiga biror bir yangilik kiritishdan qochdilar. Aksincha,
ularda o’zlariga ma’lum g’oya, qonun, badiiy uslublarni asrash va taqlid qilish uzoq
Ilmiybaza.uz
asrlar asosiy tamoyil bo’lib qoldi. Albatta bu hol yangi unsur, g’oya va uslublarni
inkor qilmadi, ammo ular asta-sekin paydo bo’ldi. Shu sababli Misr ustalari doimo
rioya qilgan an’anaviylik va konservatizm Misr san’ati uchun xos bo’lgan
konseptuallik va yuqori malakalilik, mohirlik, uyg’unlikni o’zida aks ettirib
nihoyasiga etkazib ishlangan.
Misrda din ilk urug’chilik jamoalarida vujudga kelib, juda uzoq taraqqiyot
yo’lini bosib o’tgan. Diniy an’analar mustahkam va turg’un bo’lgan, fetishizm,
totemizm, ayniqsa hayvonlarga topinish Misrda uzoq davom etgan.
Misr xudolarining panteoni juda katta bo’lib, u ilk davrda vujudga kelgan
madaniyatga borib taqaladi. Misrliklarning xudolari hayvon qiyofasida tasvirlangan.
Xudolar mahalliy va umumisr miqyosida e’tiqod qilingan ilohlarga bo’lingan. Oddiy
odamlarning himoyachisi va homiysi bo’lgan Amonga topinish umumisr xarakteriga
ega bo’lgan. Quyosh xudosi Raning o’g’li Gorning yerdagi ifodasi sifatida qabul
qilinadigan, o’limidan so’ng xudo bo’lib Osiris bilan tenglashtirilgan fir’avn
shaxsini ilohiylashtirish alohida o’rin egallagan. Er osti saltanatining podshosi Osiris
butun Misrda e’zozlangan. Misrda yagona xudoga sig’inish konsepsiyasi o’z o’rnini
topmadi (Exnaton islohoti).
Misr dinida u dunyodagi hayotga katta o’rin berilgan, o’limdan keyingi hayot
bu hayotning davomi deb tushunilgan. Inson go’yoki, uch asosiy substansiya
jismoniy tana, uning ma’naviy ko’rinishi («Ka») va uning ruhi («Ba») dan iborat.
Faqat shu uch unsurning birligi boqiy yashashga imkon beradi. Mana shu boqiylikka
intilish ko’mish marosimlarining shakllanishiga, inson tanasini abadiy saqlash
uchun mumiyolashning paydo bo’lishiga olib kelgan.
Qadimgi Misr dini san’at taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Misr
sivilizatsiyasi o’ziga xos, tuzilishi bo’yicha murakkab, mazmunan boy madaniyat
yaratdi. Bu jahon madaniyati xazinasiga ko’plab durdonalarni etkazib berdi. Bular
qadimgi Misr yozuvi, yozuv uchun dunyodagi ilk material bo’lgan papirus, bugungi
kungacha saqlanib qolgan afsonalar, ertaklar, nasihatlar, ulug’vor piramidalar va
ibodatxonalar, fir’avnlar va amaldorlar dahmalaridagi suratlardir.
Misrliklar
yozuvning uch ko’rinishidan foydalanishgan: muqaddas hisoblangan ieroglif yozuv,
Ilmiybaza.uz
ieratik yozuv va demotik yozuv.
Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli
g’oyalar, badiiy obrazlar bilan sug’orilgan boy adabiyotni yaratdilar. Adabiyot
uchun qulay omil bo’lib xalq og’zaki ijodi xizmat qildi. Ilk abadiy asarlar m.a. IV
ming yillikda paydo bo’ldi. Ertaklar, didaktik nasihatnomalar, zodagonlar tarjimai
hollari, diniy matnlar va poetik asarlar Qadimgi podsholik davridayoq paydo bo’ldi.
O’rta podsholik davrida janrlarning xilma-xilligi ko’paydi. Yuqori darajada
yozilgan prozaik asarlar paydo bo’ldi (Sinuxet hikoyasi). Yangi podsholik davrida
Misr adabiyoti g’oyaviy-badiiy tugallanish davrini boshdan kechirdi.
Misr adabiyotida nasihatnoma va bashoratlar didaktik janri to’laroq aks
etgan. Nasihatnomalardan «Ptaxotep nasihatnomasi», «Gerakleopol podshosi
Axtoyning o’gli Merikaraga nasihati», «Fir’avn Amenxemxet I ning
nasihatnomasi» kabi asarlarda davlatni boshqarish qoidalari bayon qilingan.
«Axtoyning o’g’li Dauafaga nasihati»da mirzolikni boshqa kasblardan afzalligi
ko’rsatiladi. «Ani nasihati», «Amenemope nasihati»da turmush ahloqi va an’anaviy
ahloq qoidalari batafsil bayon qilinadi.
Ertaklar Misr adabiyotida alohida bir
janr sifatida shakllandi. Ulardan eng mashhurlari: «Fir’avn Xufu va sehrgarlar»,
«Kema halokatiga uchraganlar to’g’risida», «Egri va to’g’ri to’g’risida», «Ikki aka-
uka to’g’risida».
Sivilizatsion
tuzilmaning
tarkibiy
qismi
sifatida
maorif
ilk
sivilizatsiyalardayoq birinchi o’ringa chiqqan. Misr sivilizatsiyasi savodxonlik va
savodli odamlarni yuqori qadrlagan. Yozuv, xudo va xo’jayin ma’nolarini
anglatuvchi tushunchalar bitta ieroglif bilan ifodalangan. Kohinlar bir vaqtning
o’zida olimlar ham bo’lishgan.
Misr sivilizatsiyasida ulkan bilim xazinasini yaratdi, ammo u tor doirada
foydalanildi. Misr fani asosan matematika, astronomiya, tibbiyot yo’nalishlarida
rivojlandi. Dunyodagi birinchi Quyosh kalendari bo’lgan Misr kalendari osmon
jismlari va Nil daryosi rejimi asosida tuzilgan. Misrliklar Quyosh va oy tutilishini
oldindan ayta olganlar, yulduzlarning aniq xaritasini tuzganlar, suv va quyosh
soatlarini kashf qilganlar, o’nlik tizimga yaqin hisobni yaratganlar, qo’shish,
ayirish, bo’lish va ko’paytirishni bilganlar.
Ilmiybaza.uz
Misr tabiblari butun Old Osiyoga mashhur bo’lganlar. Bizgacha 10 tibbiyot
papirusi etib kelgan. Tabiblar 100 ga yaqin kasalliklarni davolash usullarini
bilganlar, qon aylanishi va yurak faoliyati to’g’risida bilimga ega bo’lganlar.
Qadimgi Misr san’ati misrliklarning kundalik hayoti, ularning qadriyatlari va
estetik qarashlarini aks ettiradi. Piramidalar Misr sivilizatsiyasining ramziga
aylandi, shaharlarning paydo bo’lishi esa varvalik va sivilizatsiyaning chegarasi
bo’lib xizmat qildi. Yirik madaniy markazlar bo’lgan Memfis, Fiva kabi shaharlar
nafaqat boy moddiy madaniyatni, balki sivilizatsiyalashgan jamiyatining universal
ma’naviy madaniyatini ham yaratdi. Misr sivilizatsiyasining qudrat, kuch va
donishmandligini aks ettiruvchi Fivadagi Luksor va Karnak ibodatxonalari bugungi
kungacha etib kelgan.
Me’morchilikda fir’avnlarning piramida-qabrlari, ibodatxonalar qurish
ustivor ahamiyat kasb etdi. Dahmalarning ikki xili: er usti dahmalari va qoyaga
o’yilgan dahmalar keng tarqaldi. Piramida va dahmalar qurish uchun I-II sulola
fir’avnlari dafn qilingan mastabalar namuna bo’lib xizmat qildi. III sulola fir’avni
Joser uchun balandligi 60 m bo’lgan zinapoyasimon ilk piramida mastaba o’rnida
qurildi. IV sulola fir’avni Xufu, Xafra va Menkaura piramidasini qoyadan o’yib
yasalgan 20 metrlik sfinks qo’riqlab turibdi.
Dayr-al Baxrdagi malika Xatshepsut ibodatxonasi va Ramzes III ning
Madinat Abudagi (Fiva) ibodatxonalari ulug’vor tarzda qurilgan. Yana shunday
ibodatxonalar qoyalarga o’yib yasalgan (Ramzes III ning Nubiyadagi Abu Simbel
ibodatxonasi). Yana bir me’morchilik san’ati namunasi podsho saroyi qarorgohi
monumental shaklda qurilgan. Barcha ibodatxona va saroylar rel’eflar, boy devoriy
rang tasvirlar bilan bezatilgan.
Misrda mahobatli haykaltaroshlikning eng qadimgi namunalarini ko’rish
mumkin masalan, Ramzes II ning ulug’vor haykali, hayotga to’la Nefertiti
haykalchalari.
Ilmiybaza.uz