QADIMGI RIM SIVILIZATSIYASI (Rim sivilizatsiyasi taraqqiyoti, Rim madaniyati)
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
31,0 KB
Ilmiybaza.uz
QADIMGI RIM SIVILIZATSIYASI
Reja
1. Rim sivilizatsiyasi taraqqiyoti
2. Rim madaniyati.
Ilmiybaza.uz
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Afina, Sparta, miflar, falsafa, etrusklar, respublika, patritsiy va plebeylar, Rim
saltanati, Rim huquqi.
1. Italiyada m.a. avvalgi 3—2 minginchi yillarda shaharlar mavjud bo’lgan. Bu
davrda Italiyada bir qancha qabilalar yashagan. Shulardan biri italiy qabilalari
bo’lib, ular yashagan erlarni (hozirgi Rim atrofi), Italiya deb ataganlar. Keyinchalik
butun Apenin oroli Italiya deb yuritila boshlagan. Italiya, uning tuprog’ida
maydonga kelgan Rim davlati esa jahon madaniyatining ravnaqiga katta hissa
qo’shdi. Dastlab Tibr qirg’og’idagi uncha katta bo’lmagan oligarx respublika,
so’ngra butun Italiyaning xo’jayini bo’lgan va nihoyat, butun O’rta yer dengizi bo’yi
va antik dunyoni zabt etib ulkan davlatga aylangan Rimning harbiy qudrati ortib
bordi. M.a. 146 yilda Karfagenning qulashi bilan Rim butun Gretsiyani egalladi.
Ammo «Asir olingan Gretsiya o’zining madaniyatsiz g’olibini endi»
(Goratsiy). Rimliklar yunonlardan juda ko’p sivlizatsiya yutuqlarini o’zlashtirdilar.
M.a. VII asrdan to yangi eraning V asriga qadar bo’lgan o’n ikki asr mobaynida
italiyaliklar san’ati va badiiy madaniyati o’zining gullagan davrini boshidan
kechirdi. Qadimgi dunyoning yirik davlatlaridan hisoblangan Rim imperiyasi
paytida katta hajmdagi me’morlik ansambllari vujudga keldi, me’morlikning yangi
tiplari paydo bo’ldi. Italiyaliklar qadimgi Gretsiya san’ati va madaniyatiga zo’r
hurmat bilan qaradilar. Uni ijodiy o’zlashtirdilar, nazariyasini yangi ilmiy bilimlar
bilan boyitdilar. Rim haykaltaroshligi va tasviriy san’atida ellinistik ta’sir juda
kuchli bo’lganligi o’ziga xos rim san’atining taraqqiyotiga halaqit berardi.
Keyinchalik rimliklar realistik portret, tarixiy mavzudagi relef yaratish, mozaika,
amaliy san’at borasida novatorlik namunalarini ko’rsatdilar.
Rim san’atining rivojlanish davrlari:
1.
Rim respublikasigacha bo’lgan davr (m.a. 3000 y-m.a.III asr)
2.
Rim respublikasi davri (m.a. III asr-m.a.I asrgacha)
3.
Rim imperiyasi davri (m.a. I asr oxiri-m. V asr)
Ilmiybaza.uz
Qadimgi Rim san’ati Apenin yarim orollaridagi ko’pgina xalqlar, jumladan,
etrusklar, keyinroq Rim bosib olgan erlardagi boshqa xalqlar san’ati ta’sirida rivoj
topdi. Rim tarixining ilk bosqichi (m.a. VIII-VI asrlar) da etrusklar – «dengiz
xalqlari» muhim o’rin tutgan. Etrusk san’ati o’ziga xos bo’lib, unda Kichik Osiyo,
keyinchalik Gretsiyaning ta’siri sezilib turadi. Etrusk san’atida realizmga intilish
kuchli, buni etrusk zodagonlarining dahmalaridagi tasvirlarda ko’rish mumkin.
Ularda xo’jalik hayotidan sahnalar tasvirlangan. Realistik an’analar portretlarda ham
ko’rinib turadi: vafot etganlarning niqoblari yoki inson boshi shaklidagi dafn
idishlari, ayniqsa terrakota qabr toshlarida. Etrusk haykaltaroshligi rim portret
janriga katta ta’sir ko’rsatgan.
Rim me’morlari ham etrusklardan ko’p narsalarni qabul qilgan. Etrusklar
toshlardan katta-katta imoratlar solganlar, birinchi bo’lib toshdan gumbaz va arkalar
ishlaganlar. Etruriya shaharlari (Kere, Tarkvini, Veym, Klezium) baland, qalin,
mustahkam devorlar bilan o’ralgan. Keng yo’llar, mustahkam ko’prik va kanallar
qurilgan. Etrusk dahmalari yunon namunalari asosida qurilgan bo’lsada, mahalliy
me’morlar unga ancha o’zgarish kiritishgan. Ular frizlar va karnizlarni bareleflar
bilan qoplashgan, frontonlar esa terrakota shakllar bilan bezatilgan.
Haykaltaroshlar
asosan
terrakota,
gil,
bronzadan
foydalanishgan.
Haykaltaroshlik namunalari: sarkofaglar, Veylik Appolon haykali, «Advokat»
bronza
haykali,
Arretiyadagi
sher
va
echki
boshli ximeralar.
Etrusk
haykaltaroshlaridan biri Vulka hisoblanadi. U Rimga Kapitoliydagi Yupiter
ibodatxonasini bezashga taklif etilgan. Vulka Veyidagi Apollon ibodatxonasining
dekorativ haykallarini ham ishlagan. Apollon (Veym Apoloni deb vaqti
tasvirlangan. Shaffof, engil libos ostidan uning rivojlangan yuritiladi) san’atkor
ijodining o’ziga xos tomonini xarakterlaydi. Unda san’at va nur xudosi bo’lgan
Apollonning shaxdam qadamlar bilan odimlab ketayotgan muskuli va kuchli qomati
ko’rinib turibdi.
Etrusk
madaniyatining
Sharq
bilan
bog’liqligini
avvalo
mahalliy
zodagonlarning mahobatli dahmalari orqali ko’rish mumkin. Toloslar - dafn
kamerasi va koridordan iborat bo’lib, ustida ulkan qo’rg’on barpo etilgan. Volk,
Ilmiybaza.uz
Tarkviniya va Kornetodagi dahmalar ichki tomondan yorqin suratlar bilan
bezatilgan. Etrusk madaniyatining rivojlanishida italiyadagi yunon koloniyalari
katta rol o’ynagan. Etruriya jamiyatining eng gullagan davri eramizdan avvalgi VII-
VI asrlarga to’g’ri keladi. Eramizdan avvalgi VI asrdan boshlab, Etrusk san’atiga
Italiyaning janubidagi yunon koloniyalari san’atining tasviri sezila boshladi.
Etrusklar yunon alfavitini, teatr va mifologiyasini qabul qildilar. Yunonlar singari
ular ham yuzasiga bareleflar tushirilgan oltin tangalar chiqara boshladilar.
VI asr oxirida Rimning qudrati oshdi. M.a. 753 yilda barpo etilgan Rim m.a. 280
yilda butun Italiyada o’z hukmronligini o’rnatgan. Erishgan buyuk zafarlariga
qaramay Rim shahri hali ellinistik Sharqning hashamatli va to’g’ri rejalashtirilgan
shaharlariga bas kelolmas edi. Rim ibodatxonalarida etrusklar san’ati ta’sirini
ko’rish mumkin. Kapitoliy ibodatxonasi YUpiter, Minerva sharafiga 509 yilda
qurilgan.
Rim me’morligida I asrning oxiri va II asr boshlarida eng katta me’morlik
komplekslari yaratildi, ko’p qavatli binolar vujudga keldi va shahar qiyofasini
belgiladi. Yuliylar, Flaviylar, Severlar kabi imperatorlar davrida qurilgan g’oyatda
katta saroylar, zafar ustunlari shu davr ideologiyasini badiiy ifodalovchi yodgorlik
sifatida xarakterlidir. Shunday me’morlik kompozitsiyalaridan biri 81-yilda qurilgan
Tit me’morial zafar arkidir. Keyinroq Septima, Sever, Troyan va Konstantinlarga
atab shunday zafar arklari qurilgan.
Qadimgi Rimning eng katta binolaridan biri Kolizey amfiteatridir. Planda
Kolizey gigant oval bo’lib, uning asosi 188x156 m, devorlarning balandligi 48,5 m
ga yaqin. Gladiatorlar jangi uchun mo’ljallangan bu binoga bir vaqtning o’zida 55
ming tomoshabin kira olgan. Rim me’morligining yana muhim yodgorligi «hamma
xudolarning qasri» — Panteon hisoblanadi. Me’mor Apollodor Damashqiy
tomonidan 118—125 yillarda qurilgan bu bino antik dunyoning eng katta gumbazli
binosi bo’lib, unda Rim me’morligining novatorlik xususiyati yaqqol ko’zga
tashlanadi.
Rim me’morligida paydo bo’lgai yangi tiplardan biri termalar — (suv
saroylari)dir. Iliq va sovuq suvli hovuzlar, gimnastika zallari, oromgoxlar,
Ilmiybaza.uz
kutubxona bo’lgan 2—3 ming kishiga mo’ljallangan bunday suv saroylari bezagiga
aloxida e’tibor berilgan. Mozaika va devoriy suratlar, haykal va amaliy san’at
buyumlari saroy go’zalligiga go’zallik qo’shgan. Imperator Karakalla davridagi
terma (211—216 yillarda qurilgan), ayniqsa, katta va hashamatli bo’lgan. 11 gektar
erni egallagan bu saroy dam olish, ko’ngil ochish uchun ham mo’ljallangan.
Rim me’morligining so’nggi muhim yodgorligi Rim forumidagi Maksensiya
baziklikasidir. 306—312 yillarda karkas konstruksiyasida qurilgan bu bino antik
davrning eng katta grajdan me’morligidir. Turli siyosiy yig’ilishlar o’tkazish, savdo-
sotiq ishlarini olib borish uchun mo’ljallangan bu bino intereri uch nefli bo’lgan.
Shaharning markaziy maydonlari — forumlari, ayniqsa, go’zal bo’lgan.
Italiyaning asosiy yo’llari forumdan boshlangan, shaharning asosiy ko’chalari shu
forumga borib taqalgan. Uning markazida haykallar, dekorativ ustunlar o’rnatilgan.
Imperator Troyan forumi esa juda hashamatli bo’lgan. Me’mor Apollodor
tomonidan 109-113 yillarda qurilgan bu forum maydoni 116x95 m bo’lib, uning
o’rtasidagi 27 metrli ustunga Troyanning daklarga qarshi olib borgan kurashini aks
ettiruvchi bo’rtma tasvir yuqoriga o’ralib chiquvchi burama frizda ishlangan. Ustun
tepasiga imperatorning bronza haykali o’rnatilgan. Bu haykal XVI asrda olinib,
o’rniga apostol Pyotr haykali o’rnatilgan. Ustun pedestaliga Troyan vafotidan keyin
uning xoki solingan urna joylashtirilgan.
Qulchilikning avj olishi, savdo-sotiqning kuchayishi Rim provinsiyalarida
ham madaniy jonlanishni keltirib chiqardi. U erlarda ham yangi madaniy markazlar,
shaharlar vujudga kela boshladi. Bu shaharlar qurilishi Rim me’morligiga xos
bo’lgan aniq planirovkada qad ko’tardi. Bizgacha yaxshi saqlangan shaharlardan biri
Timgad hisoblanadi. Troyan buyrug’i bilan barpo etilgan bu shahar maydoni
kvadratga yaqin bo’lib, markaziy forum atrofi ustunlar bilan o’ralgan, teatr,
kutubxona va shahar hammomlari joylashgan. SHaharning asosiy ko’chalaridan biri
oxirida esa Troyan zafar arki qurilgan. Boylarning villalari shahar chekkasida
bo’lgan. Timgad Rim imperatorligi davridagi shahar qurilish san’atini ko’rsatuvchi
yorqin misoldir.
Ilmiybaza.uz
Rim tasviriy san’atidan bizgacha ko’pgina haykaltaroshlik namunalari (relef,
portret, mavzuli kompozitsiyalar) saqlanib qolgan. Rimliklarning portret san’atidagi
yutuqlari, ayniqsa kattadir. Respublika davrida realistik portret rivojlandi va antik
dunyo san’atida etakchi o’rinni egalladi. Bunga, birinchidan, Rim amaldorining o’z
portret va haykallarini ijtimoiy joylarga qo’yish imtiyozi bo’lsa, ikkinchidan,
ko’mish marosimi bilan bog’liqligi edi. Boy aristokratlarning mehmonxonalarida
(qabulxonalarida) shu uy xo’jayini ajdodlarining portreti, haykallarini saqlaganlar
va shundan g’ururlanganlar. Bunday haykal-portretlar toshdan ishlangan bo’lib,
ko’mish marosimi vaqtida marhumning tobuti ortidan ko’tarib olib borilgan. Bu
portretlar marhumning o’ziga juda o’xshatilgan bo’lib, dokumental aniqligi bilan
xarakterlangan va bunday portretlar, asosan, marhum yuzidan olingan niqob-qolip
asosida ishlangan. Badiiy jihatdan bo’sh bo’lgan bu portretlarni rimliklarning o’zlari
grek san’atkorlarining asarlaridan ustun qo’yganlar. Bu portretlar keyingi Rim
realistik portretining rivojlanishida muhim rol o’ynadi.
Eramizdan avvalgi III—I asrlarda Rim ma’naviy hayotidagi o’zgarishlaridan
biri, bu tasvirlanuvchi shaxsning individual xislatlari va ma’naviy dunyosiga
qiziqishning oshishi bo’ldi. Natijada Rim respublikasi davrida mavjud bo’lgan
portretchilik san’atidagi yo’nalish — tasvirlanuvchining faqat tashqi qiyofasini
dokumental aniqlikda aks ettiruvchi portretlar bilan bir qatorda, ikkinchi yo’nalish
— tashqi ko’rinishni aniq tasvirlash, grek plastikasiga xos bo’lgan xususiyat —
umumlashma obrazni yaratish, uni birmuncha ideallashtirish va ma’naviy dunyosini
ochib berishga intilish an’anasi sezilarli bo’ldi.
Rim imperatorligi davrida hukmronlar va ularning kuch-qudratini ifodalash
san’atkorlarning bosh vazifasi bo’lib qoldi. Ular o’z asarlarida imperatorlarni o’ziga
o’xshatish bilan bir qatorda, uni ongli ravishda ideallashtirishga intila boshladilar.
Eramizdan avvalgi V—IV asr grek san’ati namunalari taqlid uchun asosiy
manba bo’lib qoldi. Grek klassikasidagi ulug’vorlik va tantanavorlik vafosi,
xaraktyerdagi vazminlik, sipolik, tanlangan nisbatlar va aniq, sodda shakllar Rim
san’atkorlarini o’ziga jalb eta bordi. Oktavian Avgust haykalida shu intilishlar o’z
ifodasini topdi. Haykalda u sarkarda va davlat arbobi sifatida tasvirlanadi. Mag’rur,
Ilmiybaza.uz
ulug’vor turishi, qo’l harakatining ifodali olinishi butun kompozitsiyaga
monumentallik baxsh etgan. Qo’lidagi nayza-cho’qmori ramziy xarakterga ega
bo’lib, uning hukmdorligini belgilaydi. Avgust pansir — temir niqobga o’ralgan.
Niqob yuzasi bo’rtma tasvir bilan bezatilgan. Avgustning o’ng oyog’ida Veneraning
o’g’li Amur tasvirlangan, bu bilan san’atkor go’yo Avgustlar oilasi, ajdodlari shu
muqaddas xudolar avlodidan ekanligini ko’rsatmoqchi bo’ladi. Haykalda yuz
ko’rinishi Avgustning o’ziga o’xshatilgan, lekin haykaltarosh obrazni ideallashtirib,
uning ko’rinishiga mardlik, jasurlik va sof vijdonlilik baxsh etadi. Shunday qilib, u
Rimning ideal fuqarosi obrazini yaratadi.
Flaviylar sulolasi davrida haykaltaroshlikda tanqidiy realizm etakchi o’rinni
egallay boshladi. Haykaltatarosh tashqi effekt va dabdabalikka e’tibor bergan holda,
yaratilgan obrazning xarakterini to’liq va haqiqiy ochib tashlashga harakat qiladi.
Tasvirlanuvchidagi manmanlik, kaltafahmlik, qattiqqo’llik ro’yi-rost ko’rsatiladi.
Bu xususda Neron portreti xarakterlidir. Antoniylar davrida portret san’atida
jiddiylik o’rnini nafislik, charchagan holatni ochishga intilish, mushohadali shaxslar
tasvirini ishlashga intilish hollari seziladi. Bu davr portretlaridagi odamlar
birmuncha insonparvar, lekin cho’chiganroq, g’amgin holda goho kulib, goho
xayolga cho’mgan holatda tasvirlanadi. Chunonchi, «Suriyalik qiz» haykalidagi
engil lirik kayfiyat, qarashi va turishidagi g’amginlik haykaltarosh tomonidan
ustalik bilan tasvirlangan.
III asr rim portret san’atining haqiqiy rivojlangan davridir. Bu davrdan
boshlab, haykaltaroshlar avvalgi mavjud an’analardan voz kecha boshlaydilar.
Endilikda kuch-g’ayrati toshib yotgan, janglarda toblangan, hukmdor, qattiqqo’l
shaxslar qiyofasi keng o’rinni egallay boshlaydi. Imperator Karakalla byusti Rim
realizmining shoh asarlaridandir.
Imperatorlik davrining so’nggida yaratilgan portretlarda kelajakka umidsizlik
bilan boqish, insonni tabiat oldida ojiz qilib ko’rsatishga intilish seziladi. Yerdagi
hayot, uning go’zalligiga nafrat bilan qarash, narigi dunyo farog’ati to’g’risida
o’ylash, taqdirga tan berish kayfiyatlarini ko’rsatish bu davr san’atida etakchi o’rinni
egallay boshladi. Shunday qilib, asta-sekin antik an’analari bilan aloqa uzildi. Rim
Ilmiybaza.uz
imperatorligining so’nggi davri san’atida o’rta asrchilikka xos bo’lgan xususiyatlar
endilikda ko’proq ko’zga ko’rina boshladi. Rimning gullagan shaharlari Pompey va
Gerkulanumdagi boy, zodagonlarning uylari devorlariga ishlangan suratlar Rim
rassomligi haqida ma’lumot beradi. Devoriy suratlarda qadimgi grek ustalari
ishlagan nusxalardan ko’chirmalar, turli naqsh, gul va girlyandalar tasviri ham keng
uchraydi. Bu uylarning pollari mozaika bilan bezatilgan. Shunday mozaikalardan
biri Favn uyidagi Aleksandr Makedonskiyning Eron shohi Doro bilan qilayotgan
jangi tasviridir.
Rim dastgoh rangtasviri to’g’risida ma’lumotlar kam saqlangan. Faqat bu
haqda I—III asrlarda ishlangan Fayum portretlari tasavvur bera oladi. Bu
portretlarning nomi Rim imperiyasining sharqiy provinsiyasi bo’lgan Misrdagi El-
Fayum vohasidagi nekropoldan topilgani uchun shunday deb ataladi. Fayum
portretlari ellin-rim san’ati ta’sirida rivojlandi. Lekin bu yerda u ko’proq qadimgi
Misr portret san’ati an’analarini davom ettirdi. Portret tasvirlanuvchi hayot vaqtida
taxta yoki xolstga ishlangan bo’lib, u o’lgandan keyin marhumning jasadi bilan
qabrga qo’yilgan. Fayum portretlari o’zining realistik xarakteri bilan ajralib turadi.
Tasvirlanuvchining yoshi, xarakteri, o’ziga xos individual xislatlari san’atkor
tomonidan mahorat bilan talqin etilgai. Keksa rimlik (I asrning III yarmi) va «Yosh
ayol», «Oltin chambarli yigit» portretlari shu jihatdan diqqatga sazovordir. II asrdan
boshlab, Fayum portretidagi realizm asta so’na boshladi. Uning o’rnini sxematik,
quruq portretlar egallay boshladi. Bular, albatta, davrning ma’naviy, iqtisodiy va
siyosiy dunyosidagi o’zgarishlar natijasi edi. Bundan tashqari, antik dunyoda yangi
din — xristian dinining keng yoyila boshlashi ham bu inqirozning sababi bo’ldi.
Ilmiybaza.uz