QADIMGI SHARQ MAMLAKATLARIDA TIBBIYOTNI RIVOJLANISHI
Reja:
1. Qadimgi Misr tibbiyoti
2. Qadimgi Xitoy tibbiyoti
3. Qadimgi Xindiston tibbiyoti
4. Qadimgi Tibet tibbiyoti
Qadimgi Mirs tibbiyoti.
Qadimgi Sharq butun dunyo tarixining beshigi xisoblangan. Bu erda yer
shari bo’yicha eng avval ibtidoiy jamoa tuzumidan, qo’ldorlik tuzumiga o’tilgan.
Nisbatan ancha ilg’or bo’lgan qo’ldorlik tuzumi va uning ishlab chiqarish dori
xujalik va jamiyat xayotning barcha soxalarida ish bilan birgalikda tibbiyotni xar
tomonlama rivojlanishga keng yo’l ochib berdi. Qadimgi Misrning o’zining xos
yorqin madaniyatini ajralmas qismi bo’lgan tibbiyot xalqning amaliy tajribasi
tufayli o’sdi va rivojlandi.
Misrliklar odam tanasi to’g’risida dastlabki tasavvurlarini mumiyolash
amaliyotidan olganlar.
Misrliklarning odam tanasi to’g’risidagi tushunchalari o’sha davr uchun juda
yuqori bo’lgan. Ular miya, yurak tomirlar, ichaklar, musqullar kabi yirik organlarni
bilganlar. Ammo, ularni maxsus o’rganmaganlar.
Miya to’g’risidagi Misrliklarga tegishli bizgacha yetib kelgan ayrim
yozuvlarda miya jaroxatlanganda kasallik xolatlari tananing boshqa a’zolarida
ko’rish mumkin deyilgan. Shunday qilib, qadimgi Misr tabiblari, miya to’g’risidagi
tasavvurlarini ilmiy asosda tushunishga dastlabki asos soldilar.
Qadimgi Misrliklar kasalliklarni aniqlashni tomir urishi orqali aniqlash
san’atiga ham ega edilar.
Misrliklar kasalliklarni kelib chiqish sabablarini ham tabiiy xodisalar, hamda
g’ayri tabiiy kuchlardan deb tasavvur qilganlar.
Kasalliklarni kelib chiqishidagi tabiiy sabablarni, aynigan ovqatlardan, ichak
parazitlari, xavo o’zgarishidan deb bilganlar.
Shu bilan birgalikda kasallikni o’lganlarning yomon ruxlari, guyoki ular
kasalni tanasiga kirib olib chiqarishi mumkin deb tasavvur qilganlar. Shuning
uchun ham davolash vositalari turli xil marosimlar bilan birgalikda olib borilgan.
Qadimgi Xindiston tibbiyoti.
Eramizning boshlarida qadimgi Xindiston meditsina bilimlarining
rivojlangan tizimlari paydo bo’la boshladi. Inson tanasining tuzilishi to’g’risidagi
ma’lumot qadimgi Xindistonda ancha mukammal bo’lgan. Bu murdalarni yorib
ko’rishni din tomonidan ta’qiqlanmaganligini natijasi bo’lsa kerak.
Sushrutning ma’lumotiga asosan, inson organizmi 7 pardadan, 500
musquldan, 900 boylamdan, 90 paylardan, 300 suyakdan, 107 bo’g’inlardan, 40
bosh tomirlaridan, 24 asab tolalari, 9 sezish organlaridan va 3 ta suyuqlik (o’t, shira
va xavo) dan iborat deb ko’rsatilgan.
Qadimgi Xindistonda organizmlarning funksiyalari to’g’risidagi tasavvurlar
«Uch suyuqlik» ta’limotiga hamda, beshta koinot elementlaridan (er, suv, olov,
xavo va efir yorug’lik manba’i) asoslangan.
Sushrut kasalliklarni tashxis qilishda bemorni surashdan tana xaroratini
tekshirish, teri va til rangi, o’pka shovqinini eshitish kabilardan foydalangan.
Davolash taktikasi avvalo kasallikni davolash mumkinligi yoki mumkin
emasligi asosida tanlab olingan. Kasallikni davolashda tabib kasallikni xarakteri,
yil fasli, bemorning yoshi, temperamenti, kuchi va aqliga katta ahamiyat bergan.
bunga u dastlab dorilar vositasida va jarroxlik uslublari asosida erishgan.
Qadimgi Xitoy tibbiyoti:
Kasallarni davolashda qadimgi Xitoy tabiblari boshqa xalqlarda bo’lmagan
o’ziga xos usullarni ishlab chiqqanlar. Shu usullardan eng mashxurlari uchta –
moksa, massaj va igna sanchish davolash usullaridir.
Moksa usuli kasal a’zoni, to’g’rirogi, shu a’zoni qoplab turuvchi terini, quritilgan
turli o’simliklarni tutatib, qizitishdan iborat bo’lgan. Bu usulga u vaqtda Xitoy
tabiblari qanday baho berganlari aniq emas, ammo xozirgi zamon Fani nuqtai
nazaridan qaralsa, bu usul ekstraretseptorlarga, ya’ni teridagi nerv tomirlariga ta’sir
qilish prinsipiga asoslangani seziladi. Ekstrareseptorlar orqali ichki a’zolarga ta’sir
qilish mumkinligini fiziologiya fanidan ma’lum. Demak, moksa usuli ilmiy
jixatdan foydali ekanligi isbot etilgan.
Massaj (uqalash) usuli ham keng qo’llanilgan. Bu usul oyoq-qo’lni yoki butun
tanani xushbo’y, maysimon moddalar bilan uqalashdan iborat. Bu usul bilan xar xil
bo’g’im kasalliklari, miozit va nevritlar davolangan. Bundan tashqari, uqalash usuli
umuman organizmni bardam qilish va kuch-quvvatni oshirish uchun qo’llangan.
Qadimgi Xitoyda ishlab chiqilgan va mamlakatda eng keng tarqalgan davo usuli
akupunktura, ya’ni igna sanchib davolash usulidir. Bu usul xozir ham
klinikalarda qo’llanmoqda.
Qadimgi Xitoy tabiblarining fikricha, odam tanasida og’riq sezmaydigan 360
ta nuqta bo’ladi. Shu nuqtalarga igna sanchilsa, bemor og’riq sezmaydi va
kasallikdan sogayadi.
Igna sanchib davolash usuli ham reseptorlarga ta’sir qilish prinsipiga
asoslanadi. Ammo Qadimgi Xitoy tabiblari bu usulga boshqacharoq baho
berganlar. Ular sanchiladigan ignalar ichini kovak qilib yasaganlar va
organizmdagi qarama-qarshi kuchlardan biri ko’payib ketsa, u shu kovak orqali
chiqib ketadi, agar yetishmasa, yana shu ignadagi kovak orqali organizmga kiradi,
deb faraz qilganlar.
Qadimgi Xitoy tabiblari dori-darmonlardan foydalanishda ham juda muhim
muvvafaqiyatga erishganlar. Ular tibbiyotda umuman ma’lum dori-darmonlardan
tashqari yangi, juda ta’sirchan o’simlik va xayvonlardan olinadigan dorilar ham
kashf etdilar. masalan, mashxur jenshen o’simligi Xitoy tibbiyotining eng buyuk
kashfiyotlaridan biridir. Xayvonlardan olinadigan dori moddalaridan birinchi
o’rinda targil kiyik shoxida olinadigan panti (pantokrin) moddasini ko’rsatish
mumkin. Bundan tashqari, Xitoy limonnigi deb ataluvchi dori ham mavjud. Xitoy
tibbiyotida o’sha davrdagidek mingdan ortiq xar xil dorivor o’simliklar, mineral
moddalar va xayvonlar tanasidan olinadigan dorilar ishlatilgan.
Xitoy olimlari tomonidan tuzilgan 52 jidlik farmakopiya kitobi mavjud.
O’sha zamonda Xitoy tabiblari qatorida Van Shu Xe dan boshqa ham buyuk
tabiblar bo’lgan. Shulardan Byan Sio, Xua Tu ismli tabiblar aloxida e’tiborga
sazovardilar.
Byan Sio eramizdan oldingi VI asrda yashagan. Uning «Qiyinchilik haqida kito»
nomli asari ma’lum. Bu asarda muallif odam anatomiyasi, fiziologiyasi, kasallik
sabablari, belgilari, tashxis va davolash usullarini bayon etadi Byan Sio igna
sanchib davolashda juda ham moxir bo’lgan. U ayollar kasalliklari va bolalarga xos
kasalliklar haqida ancha ta’lim ma’lumot bergan.
Shunday qilib, Qadimgi Sharqda, Misrdan tibbiyot eng yuksak rivojlangan
mamlakat Xitoy edi. Xitoy tibbiyoti Xind, Tibet, Mo’g’iliston va O’rta Osiyo
tibbiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Qadimgi Tibet tibbiyoti.
Qadimgi Sharq mamlakatlaridan Tibet ham tibbiyot ancha rivojlangan edi.
Tibet tibbiyotning rivojlanishida Qadimgi Xitoy va Xind tibbiyoti ma’lum darajada
rol uynagan. Masalan, IX asrda sanskrit tilidan tibetgacha «Jud-Shi» nomli
tibbiyotga oid kitob tarjima qilingan va undan Tibet tabiblari keng foydalanganlar.
Kitobda turli kasalliklar, ularning belgilari va davolash usullari bayon
etilgan. Kasalliklarni belgilashda xar bir a’zo asos qilib olingan. Masalan, o’pka,
jigar, taloq, me’da kasalliklari va x.k. «Jud-SHu» da dori-darmonlar bilan davolash
aloxida ahamiyat berilgan. Dori o’zining ta’mi va moddasi orqali ta’sir etadi, deb
ko’rsatilgan. Kitobda salomatlikni saqlash usullari aloxida ko’rsatib o’tilgan. Tibet
tabiblari kasalliklarni 4 turga bo’lganlar: oson davolanuvchi, qiyin davolanuvchi,
juda qiyin davolanuvchi va davolab bo’lmaydigan kasalliklar. Tibet tabiblari
kasallik paydo bo’lishi sababi masalasida quyidagi fikrda bo’lganlar. Odam
tanasida uch xil moda-xavo, xilt va safro aylanib yuradi. Shu uch modda miqdori
va sifati muvozanatda bo’lsa, kishi sog’lom bo’ladi, agar muvozanat buzilsa,
kasallik kelib chiqadi. Bu moddalardan safro (jigar o’ti) ga aloxida ahamiyat
berilgan. Tibet tabiblarining fikricha, jigar kishi organizmida xayotiy jarayonlarini
tartibga solib turishda katta rol o’ynaydi. Shuning uchun jigar o’tining o’zgarishi
(buzilishi) ko’p kasalliklarga sabab bo’ladi. Tibet tibbiyotida shu uch modda