Qadimgi Sharqda siyosiy fikr va mafkuralar

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

22,6 KB


Qadimgi Sharqda siyosiy fikr va mafkuralar.
REJA:
1.Qadimgi Sharqda diniy-afsonaviy, siyosiy qarashlarning shakllanishi va
rivojlanishi.
2.Qadimgi Misr va qadimgi Bobildagi siyosiy ta’limotlar.
3.Qadimgi Turonda siyosiy qarashlar (“Avesto”).
Logotip
Qadimgi Sharqda siyosiy fikr va mafkuralar. REJA: 1.Qadimgi Sharqda diniy-afsonaviy, siyosiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi. 2.Qadimgi Misr va qadimgi Bobildagi siyosiy ta’limotlar. 3.Qadimgi Turonda siyosiy qarashlar (“Avesto”).
1. Qadimgi Sharqda diniy-afsonaviy, siyosiy qarashlarning shakllanishi
va rivojlanishi.
Dastlabki siyosiy xuquqiy ta’limotlar asosan diniy bilimlarda, afsonalarda,
dostonlarda aks etgan. Davlat paydo bo’lgach uni ilohiylashtirishga e’tibor beriladi.
Masalan: Qadimgi Misr davlatida Misr podsholari (Fir’avn) «Xudo Raning o’g’li»
deb e’tirof etilgan. Afsonalarda davlat ilohiy quvvat tufayli paydo bo’lgan degan
tasavvur
mavjud bo’lgan.
Dastlabki mifologik tasavvurlarning asta-sekin, konkretlashib, ijtimoiy
hayot,  davlat,  siyosat,  huquq  haqidagi  dastlabki  ta’limotlarning  paydo
bo’lishi tarixi uzoq tarixga ega. Bu jarayon turli xalqlarda turli xil kechgan.
Lekin barcha xalqlarga, mamlakatlarga xos bo’lgan  umumiy qonuniyatlarni
olsak adolatsizlikka qarshi adolat, zo’rlik va qonunsizlikka qarshi qonuniylik,
rahm-shafqat,
 urushga  qarshi  tinchlik  g’oyalarining  ilgari  surilishini
kuzatamiz. Harakterli joyi shundaki, xalq og’zaki ijodida, yozma manbalarda
diniy va dunyoviy kitoblarda ezgulikka intilish, inson nomini ulug’lash, sotsial
adolatga erishish uchun kurash tarixi barcha qadimgi xalqlar hayotiga xosdir.
Shunday  qilib,  eng  qadimgi  davlat  va  xuquq  to’g’risidagi  qarashlar,
g’oyalar Sharqda taxminan to’rt ming  yil avval xalq og’zaki ijodida, yozma
diniy kitoblarda diniy-mifologiyalar tarzida shakllandi1.
2. Qadimgi Misr va qadimgi Bobildagi siyosiy va huquqiy ta’limotlar.
Qadimgi  Misrda  mamlakat  Fir’avnga  qarashli  bo’lgan.  Uning  huquqlari
cheksiz hisoblangan. Fir’avn mamlakatni vazilar, ayonlar, katta-kichik amaldorlar
yordamida boshqargan. Qo’shin podshoning asosiy  tayanchi bo’lgan. Qadimgi
Misrni davlat boshqaruv tashkilotlari 3 bosqichli – markaziy, viloyat va mahalliy
davlt tashkilotlaridan iborat bo’lgan.
Qadimgi Misrdagi siyosiy-huquqiy ta’limotlar asosan padsholar yoki biror
bir voqea hodisa yuzasidan berilgan xulosalarda ko’rinadi. Miloddan avvalgi 1750
yilda sodir bo’lgan qadimgi Misrdagi yirik xalq qo’zg’oloni xaqidagi hikoyada
siyosiy-huquqiy g’oyalar berilgan. Misrdagi bu voqealar o’sha vaqtda yaratilgan
«Ipuser so’zlari» nomli yodgorlikda o’z ifodasini topgan. Bu yodgorlik muallifi
1 Сиёсий ва ҳуқуқий таълимотлар тарихи.проф.Ҳ.Б.Бобоев таҳрири остида .
(Дарслик).Тошкент. ТДЮИ.2003йил.19-бет
Logotip
1. Qadimgi Sharqda diniy-afsonaviy, siyosiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi. Dastlabki siyosiy xuquqiy ta’limotlar asosan diniy bilimlarda, afsonalarda, dostonlarda aks etgan. Davlat paydo bo’lgach uni ilohiylashtirishga e’tibor beriladi. Masalan: Qadimgi Misr davlatida Misr podsholari (Fir’avn) «Xudo Raning o’g’li» deb e’tirof etilgan. Afsonalarda davlat ilohiy quvvat tufayli paydo bo’lgan degan tasavvur mavjud bo’lgan. Dastlabki mifologik tasavvurlarning asta-sekin, konkretlashib, ijtimoiy hayot, davlat, siyosat, huquq haqidagi dastlabki ta’limotlarning paydo bo’lishi tarixi uzoq tarixga ega. Bu jarayon turli xalqlarda turli xil kechgan. Lekin barcha xalqlarga, mamlakatlarga xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni olsak adolatsizlikka qarshi adolat, zo’rlik va qonunsizlikka qarshi qonuniylik, rahm-shafqat, urushga qarshi tinchlik g’oyalarining ilgari surilishini kuzatamiz. Harakterli joyi shundaki, xalq og’zaki ijodida, yozma manbalarda diniy va dunyoviy kitoblarda ezgulikka intilish, inson nomini ulug’lash, sotsial adolatga erishish uchun kurash tarixi barcha qadimgi xalqlar hayotiga xosdir. Shunday qilib, eng qadimgi davlat va xuquq to’g’risidagi qarashlar, g’oyalar Sharqda taxminan to’rt ming yil avval xalq og’zaki ijodida, yozma diniy kitoblarda diniy-mifologiyalar tarzida shakllandi1. 2. Qadimgi Misr va qadimgi Bobildagi siyosiy va huquqiy ta’limotlar. Qadimgi Misrda mamlakat Fir’avnga qarashli bo’lgan. Uning huquqlari cheksiz hisoblangan. Fir’avn mamlakatni vazilar, ayonlar, katta-kichik amaldorlar yordamida boshqargan. Qo’shin podshoning asosiy tayanchi bo’lgan. Qadimgi Misrni davlat boshqaruv tashkilotlari 3 bosqichli – markaziy, viloyat va mahalliy davlt tashkilotlaridan iborat bo’lgan. Qadimgi Misrdagi siyosiy-huquqiy ta’limotlar asosan padsholar yoki biror bir voqea hodisa yuzasidan berilgan xulosalarda ko’rinadi. Miloddan avvalgi 1750 yilda sodir bo’lgan qadimgi Misrdagi yirik xalq qo’zg’oloni xaqidagi hikoyada siyosiy-huquqiy g’oyalar berilgan. Misrdagi bu voqealar o’sha vaqtda yaratilgan «Ipuser so’zlari» nomli yodgorlikda o’z ifodasini topgan. Bu yodgorlik muallifi 1 Сиёсий ва ҳуқуқий таълимотлар тарихи.проф.Ҳ.Б.Бобоев таҳрири остида . (Дарслик).Тошкент. ТДЮИ.2003йил.19-бет
yirik mansabdor shaxs bo’lgan. Shuning uchun xalq ommasiga nafrat bilan qaraydi.
Ipuserdagi  ma’lumotlarga ko’ra  kambag’allar  va  qullar  zodagon va  ayonlarga
qarshi  bosh  ko’targanlar.  Quyida  undan  bir  parcha  keltiriladi:  «Nasl-nasabi
bo’lmagan kishilar endi zodagonlardan farq qilmaydilar. Hokimlarning farzandlari
qo’zg’alonchilar  qo’lida  asirga  tushgan,  ularni  urib  kaltaklaganlar.  Podsho  va
badavlat kishilarning mol-mulklari butunlay taqsimlangan. Boshpanasi bo’lmagan
kishilar endilikda hashamatli turar joylarga ega. Bitta qayig’i bo’lmagan kishilar
butun bir kemalar flotiliyasiga egalik qalganlar. Bir vaqtlar bashang kiyinib yurgan
kishilar  endilikda juldur  kiyimda yuradilar. Qo’zg’alonchilar  sud idorasiga  va
arxivlarga kirib, unda saqlanayotgan  xujjatlarni  soliq ro’yxatlarini  ko’chalarga
uloqtirib  tashaganlar.  Qullar  quldorlarga  aylandi.»  Ipuserdagi  bu  qo’zg’olonni
qancha davom etgani to’g’risidagi ma’lumot saqlanmagan.
Fir’avn Amenxotep III davlatni boshqarish to’g’risida fikr bildirib, «tinchlik
eng ulug’ ish» deydi. Aynan uning davrida istilochilik yurishlariga barham beriladi.
Mil. av. 1280 yilda Ramzes II bilan Xett podshosi Xettisuli III o’rtasida
tinchlik va do’stlik bitimi tuziladi. Bu sulh shartnomasiga ko’ra har ikki tomon bir-
birlariga  mamlakat  xududiga  bostirib  kirmaslik  to’g’risidagi  sharnomani
imzolaydilar.  Ular  harbiy  ittifoq  tuzadilar.  Jinoyatchilarni  jazolashda  har  ikki
tomonning o’zaro yordam berishligi qayd etilgan. Ayni paytda birdan ikkinchisiga
qochib o’tgan muxojirlarni o’z yurtiga qaytarish va ularga umumiy avf berish
majburiyati ham olingan.
Qadimgi Misr xalqlarida keng tarqalgan g’oyalarga ko’ra, barcha haqiqat,
Adolat, odil sudlov (Maat) xudo tomonidan boshqariladi. Sudyalar Maat tasviri
tushirilgan  tumorlarni  taqib  yurganlar.  Erdagi  barcha  tartibotlar,  siyosat,
qonunlar,  odamlar  o’rtasidagi  o’zaro munosabatlar, bosh ijodkorga sig’inish
«Ptaxotep  nasihatlari" (mil.avv. XXV -XXIV asrlar), «Murdalar kitobi» kabi
qadimgi  yozma  manbalarda  o’z  aksini  topgan.  «Ptaxotep  nasixatlari»  da
ta’kidlanishicha, barcha erkin fuqarolar tabiiy ravishda bir-biriga tengdir, ushbu
holat  insonning  axloqiy  jihatlarini  ko’rsatuvchi  printsip  bo’lgan  -  har  bir
insonning  hatti-harakatlari  adolat  va  yaxshilik  me’yorlariga  mos  bo’lishi
kerak.2 Albatta  bu  talablar  qadimgi  misr  jamiyatining  yuqori  tabaqa
2 История политических и правовых учений. В.С.Нерсесянц .Москва.  «НОРМА-ИНФРА.М»,1999.17-бет.
Logotip
yirik mansabdor shaxs bo’lgan. Shuning uchun xalq ommasiga nafrat bilan qaraydi. Ipuserdagi ma’lumotlarga ko’ra kambag’allar va qullar zodagon va ayonlarga qarshi bosh ko’targanlar. Quyida undan bir parcha keltiriladi: «Nasl-nasabi bo’lmagan kishilar endi zodagonlardan farq qilmaydilar. Hokimlarning farzandlari qo’zg’alonchilar qo’lida asirga tushgan, ularni urib kaltaklaganlar. Podsho va badavlat kishilarning mol-mulklari butunlay taqsimlangan. Boshpanasi bo’lmagan kishilar endilikda hashamatli turar joylarga ega. Bitta qayig’i bo’lmagan kishilar butun bir kemalar flotiliyasiga egalik qalganlar. Bir vaqtlar bashang kiyinib yurgan kishilar endilikda juldur kiyimda yuradilar. Qo’zg’alonchilar sud idorasiga va arxivlarga kirib, unda saqlanayotgan xujjatlarni soliq ro’yxatlarini ko’chalarga uloqtirib tashaganlar. Qullar quldorlarga aylandi.» Ipuserdagi bu qo’zg’olonni qancha davom etgani to’g’risidagi ma’lumot saqlanmagan. Fir’avn Amenxotep III davlatni boshqarish to’g’risida fikr bildirib, «tinchlik eng ulug’ ish» deydi. Aynan uning davrida istilochilik yurishlariga barham beriladi. Mil. av. 1280 yilda Ramzes II bilan Xett podshosi Xettisuli III o’rtasida tinchlik va do’stlik bitimi tuziladi. Bu sulh shartnomasiga ko’ra har ikki tomon bir- birlariga mamlakat xududiga bostirib kirmaslik to’g’risidagi sharnomani imzolaydilar. Ular harbiy ittifoq tuzadilar. Jinoyatchilarni jazolashda har ikki tomonning o’zaro yordam berishligi qayd etilgan. Ayni paytda birdan ikkinchisiga qochib o’tgan muxojirlarni o’z yurtiga qaytarish va ularga umumiy avf berish majburiyati ham olingan. Qadimgi Misr xalqlarida keng tarqalgan g’oyalarga ko’ra, barcha haqiqat, Adolat, odil sudlov (Maat) xudo tomonidan boshqariladi. Sudyalar Maat tasviri tushirilgan tumorlarni taqib yurganlar. Erdagi barcha tartibotlar, siyosat, qonunlar, odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, bosh ijodkorga sig’inish «Ptaxotep nasihatlari" (mil.avv. XXV -XXIV asrlar), «Murdalar kitobi» kabi qadimgi yozma manbalarda o’z aksini topgan. «Ptaxotep nasixatlari» da ta’kidlanishicha, barcha erkin fuqarolar tabiiy ravishda bir-biriga tengdir, ushbu holat insonning axloqiy jihatlarini ko’rsatuvchi printsip bo’lgan - har bir insonning hatti-harakatlari adolat va yaxshilik me’yorlariga mos bo’lishi kerak.2 Albatta bu talablar qadimgi misr jamiyatining yuqori tabaqa 2 История политических и правовых учений. В.С.Нерсесянц .Москва. «НОРМА-ИНФРА.М»,1999.17-бет.
vakillarga tegishli edi. Aholining ko’pchiligini tashkil  etgan qo’llar bundan
tashqarida edi.
Shuni ta’kidlash joizki, qadimgi siyosiy-huquqiy ta’limotlar avvalambor
xalq og’zaki ijodida keyinchalik  yozma manbalarda afsonaviy qahramonlar,
xalq xaloskorlari  xudolar to’g’risidagi yozma manbalarda ifodalangan bo’lsa,
keyinchalik "Avesto" (Axura Mazda) hamda Siptomen haqidagi afsonoviy
diniy ta’limotlarga muxolifat sifatida dunyoviy ta’limotlar ham taraqqiy etdi.
Masalan,  qadimgi Yunon mutafakkirlari Suqrot, Aflotun, Arastu sharqda esa
Farobiy  kabilar  asarlarida  o’z  ifodasini  topdi.  Qadimgi  Vaviloniyada
tarkalgan  mifga  ko’ra,  adolat  homiysi,  ezilganlarni  himoya  qiluvchi  xudo
Shaman bo’lib, u barcha adolatsiz va yomonlikni keskin jazolardi. Kimda kim
Shamanning  adolatli,  haqiqiy  tamoyillarini  buzsa,  o’sha  paytda  amaldagi
qonunlar asosida qattiq jazoga tortilardi. Shaman talablarini buzish bu og’ir
jinoyat edi.
Shumer va Vaviloniya hukmdorlari o’z hokimiyatlarini xudo tomonidan
berilgan deb hisoblardilar. Bu g’oyalar  eramizgacha XVIII asrda yaratilgan
Xammurapi  qonunlarida  (bu  qonunlar  o’z  davrida  keng  tarqalgan  edi)
ifodalab  berilgan.  Bu  qonunlar  odamlarni  erkinlar  va  qullarga  ajratardi.
Erkinlar ham bir qancha tabaqalarga bo’linardi.
Xammurapi (1792 – 1750) Bobil podsholigiga hukumronlik qilgan davrda
o’zi tuzgan qonunlar asosida davlatni boshqardi.
Xammurapi qonunlari qora bazalt toshga yozilgan bo’lib, 282 moddadan
iborat bo’lgan biroq uning 274 tasi bizga qadar etib kelgan. Qonunning kirish
qismida qonunlarni chiqarishdan asosiy maqsad mamlakatda adolat o’rnatish deb
aytilgan. Unda podsho ulug’lanib ko’klarga ko’tarilgan.
Qonunlarning  asosiy  qismida  mamlakat  xo’jaligining  o’rmonchilik,
chorvachilik, chorva mollari, ekinzorlar va mulkiy munosabatlar  bilan bog’liq
ko’plab masalalar to’g’risida fikr bildiriladi. Qonunda hususiy mulk qattiq himoya
qilinadi. Oilaviy munosabatlar va turli jinoyatlarga tegishli bo’lgan masalar ko’rib
chiqilgan. Qonunda ko’rsatilishicha jinoyat qilgan shaxslar kim bo’lishidan qat’iy
nazar  qattiq  jazolangan.  Qonunda  podsho  xuquqlarining  cheklanmaganligi
Logotip
vakillarga tegishli edi. Aholining ko’pchiligini tashkil etgan qo’llar bundan tashqarida edi. Shuni ta’kidlash joizki, qadimgi siyosiy-huquqiy ta’limotlar avvalambor xalq og’zaki ijodida keyinchalik yozma manbalarda afsonaviy qahramonlar, xalq xaloskorlari xudolar to’g’risidagi yozma manbalarda ifodalangan bo’lsa, keyinchalik "Avesto" (Axura Mazda) hamda Siptomen haqidagi afsonoviy diniy ta’limotlarga muxolifat sifatida dunyoviy ta’limotlar ham taraqqiy etdi. Masalan, qadimgi Yunon mutafakkirlari Suqrot, Aflotun, Arastu sharqda esa Farobiy kabilar asarlarida o’z ifodasini topdi. Qadimgi Vaviloniyada tarkalgan mifga ko’ra, adolat homiysi, ezilganlarni himoya qiluvchi xudo Shaman bo’lib, u barcha adolatsiz va yomonlikni keskin jazolardi. Kimda kim Shamanning adolatli, haqiqiy tamoyillarini buzsa, o’sha paytda amaldagi qonunlar asosida qattiq jazoga tortilardi. Shaman talablarini buzish bu og’ir jinoyat edi. Shumer va Vaviloniya hukmdorlari o’z hokimiyatlarini xudo tomonidan berilgan deb hisoblardilar. Bu g’oyalar eramizgacha XVIII asrda yaratilgan Xammurapi qonunlarida (bu qonunlar o’z davrida keng tarqalgan edi) ifodalab berilgan. Bu qonunlar odamlarni erkinlar va qullarga ajratardi. Erkinlar ham bir qancha tabaqalarga bo’linardi. Xammurapi (1792 – 1750) Bobil podsholigiga hukumronlik qilgan davrda o’zi tuzgan qonunlar asosida davlatni boshqardi. Xammurapi qonunlari qora bazalt toshga yozilgan bo’lib, 282 moddadan iborat bo’lgan biroq uning 274 tasi bizga qadar etib kelgan. Qonunning kirish qismida qonunlarni chiqarishdan asosiy maqsad mamlakatda adolat o’rnatish deb aytilgan. Unda podsho ulug’lanib ko’klarga ko’tarilgan. Qonunlarning asosiy qismida mamlakat xo’jaligining o’rmonchilik, chorvachilik, chorva mollari, ekinzorlar va mulkiy munosabatlar bilan bog’liq ko’plab masalalar to’g’risida fikr bildiriladi. Qonunda hususiy mulk qattiq himoya qilinadi. Oilaviy munosabatlar va turli jinoyatlarga tegishli bo’lgan masalar ko’rib chiqilgan. Qonunda ko’rsatilishicha jinoyat qilgan shaxslar kim bo’lishidan qat’iy nazar qattiq jazolangan. Qonunda podsho xuquqlarining cheklanmaganligi