QADIMGI TURKIY TIL, YOZMA MANBALARI. GRAFIKA (Qadimgi tukriy til fanining tarkibiy qismlari, Yozuv. Qadimgi yozuvlar. Qadimgi manbalar bitilgan yozuv turlari, Unli va undosh tovushlar. Kontrast tovushlar. Singarmonizm)
Yuklangan vaqt
2024-05-25
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
28
Faytl hajmi
131,5 KB
ilmiybaza.uz
QADIMGI TURKIY TIL, YOZMA MANBALARI. GRAFIKA
Reja:
1.Qadimgi turkiy til fani predmeti, maqsad va vazifalari haqida.
2.Fanning tilshunoslik fanlari bilan aloqadorligi.
3.Qadimgi tukriy til fanining tarkibiy qismlari.
4. Qadimgi turkiy til manbalari.
5.Yozuv. Qadimgi yozuvlar. Qadimgi manbalar bitilgan yozuv turlari.
6.Unli va undosh tovushlar. Kontrast tovushlar. Singarmonizm.
ilmiybaza.uz
Kirish
Qadimgi turkiy til davri barcha turkiy urug‘ va qabilalarning
umumiy tili sifatida VII-XIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Qadimgi turkiy til
o‘zining kelib chiqishi va rivojlanishi jihatidan oltoy va xun tili davrlari
bilan uzviy ravishda bog‘langan. Bu davr tili haqida B.YA.Vladimirtsov
quyidagi fikrlarni bayon qiladi: «…mo‘g‘ul tili turk va tungus tillari bilan
birga o‘zlarining bir umumiy ajdodiga ega bo‘lganki, uni shartli ravishda
oltoy tili deb atash mumkin. Oltoy tili hozircha ma’lum emas, ya’ni oltoy
tilining rivojlanishi jarayonida tashkil topgan mo‘g‘ul, turk, tungus tillari
ma’lum. Bu davr turkiy tillar taraqqiyotining birinchi, eng qadimgi
bosqichi bo‘lib, fanda u oltoy til birligi nomi bilan yuritiladi. Bu davrda
hali turkiy tillar mo‘g‘ul tillaridan mo‘g‘ul tillari esa, o‘z navbatida,
tungus-manchjur tillaridan ajralib chiqmagan edi, ular bir til birligi
sifatida qo‘llanar edi. Shunday qilib, qandaydir eng qadimgi tilning
bo‘lganligi taxmin qilinadi. Bu tilga xos umumiy leksik, fonetik va
grammatik belgi-xususiyatlar esa hozirgi mo‘g‘ul, turkiy va tungus-
manchjur tillarida saqlanib qolgan».1
Oltoy davrining xarakteri, bu davrda yashagan xalqlar va ularning
tili haqida aniq ma’lumotlar beruvchi tarixiy yodgorliklar yo‘q. Bu davr
tilining ayrim xususiyatlari qadimgi o‘lik tillarning eng qadimgi belgilari
bilan hozirgi jonli tillarni tarixiy-qiyosiy usul asosida qiyoslab o‘rganish
orqali taxminiy ravishda aniqlanishi mumkin. Tarixiy taraqqiyot
jarayonida tillarning qo‘shilishi, ajralib ketishi natijasida oltoy davrining
oxirlarida bu tillar tabaqalanadi va ikkita katta til guruhlariga bo‘linadi,
ya’ni tungus-manchjur va turk-mo‘g‘ul tillar guruhlari ajralib chiqadi.
O‘z navbatida ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning o‘sishi, ajralib chiqishi,
farqlanish jarayonining davom etishi asosida bu tillarning har qaysisi
1 Bela Kempf. Mongolic chilagun : Turcik tash. Germany. 2010.
ilmiybaza.uz
asta-sekin o‘ziga xos leksik, fonetik va grammatik xususiyatlarga ega
bo‘lib boradi. Buning natijasida xun davrining oxirlarida turk-mo‘g‘ul til
birligidan turk tillari va mo‘g‘ul tillari ajralib chiqadi.
Turkiy tillarning eng qadimgi davrlardagi taraqqiyotining ikkinchi
bosqichi xun davri hisoblanadi (eramizgacha III asrdan eramizning IV
asrigacha). Bu davrda Markaziy Osiyodan Sharqiy Yevropagacha bo‘lgan
katta hududda qudratli Xun imperiyasi tuziladi. Bu imperiya juda ko‘p
turk-mo‘g‘ul, tungus-manchjur va boshqa qabilalarni birlashtiradi.
Eramizning I asri oxirlarida o‘zaro ichki urushlar natijasida Xun davlati
ikki qismga – G‘arbiy xun va Sharqiy xun davlatlariga bo‘linadi.
Keyincha bular asosida g‘arb va sharqda turklar boshchiligida bir qancha
qabila ittifoqlari mustahkamlanishi ko‘p jihatdan turkiy qabilalar va
tillarning rivojlanishiga katta ta’sir qiladi, ular umumiy belgilarini
saqlagan holda, asta-sekin o‘zlariga xos xususiyatlarni ham hosil qila
boshlaydilar, natijada bu barcha turkiy tillarning ikki guruhga – sharqiy
va g‘arbiy turkiy tillarga bo‘linishiga olib keladi. Bu davrdagi turkiy
tillarning xususiyatini ko‘rsatuvchi tarixiy manbalar yo‘q. V.V.Bartolьd
chuvash tili bo‘yicha tadqiqotlariga asoslanib, xun davridagi til chuvash
tili bilan umumiylikka ega bo‘lgan, buni venger tilidagi turkiy
unsurlarning chuvash unsurlari bilan o‘xshashligi ham tasdiqlaydi, degan
fikrni ilgari suradi.2
Xun davrida turlicha turk, mo‘g‘ul, tungus-manchjur qabilalari
tillarining o‘zaro bir-biriga ta’sir qilishi, qo‘shilishi, chatishib ketishi va
qayta tashkil topishi jarayonida o‘sha vaqtda Markaziy va O‘rta Osiyoda
hamda Sharqiy Yevropada yashagan qadimgi eroniy, xitoy, sanskrit va
slavyan qabilalari tillarining ishtiroki ham bo‘lgan.
2 Rogar D. Woodard. The Ancient languages of Asia and the Americas. – New York. 2008
ilmiybaza.uz
Xun davrida turkiy tillar ham ko‘pgina urug‘ va qabilalarning tillari
sifatida mavjud edi va ularga xizmat qilar edi. Bu davrda ularning r-l
tillari (qadimgi avar, bulg‘or va hozirgi chuvashlarning o‘tmishdoshi)
hamda z-sh tillariga (qadimgi o‘g‘uz, qirg‘iz, qarluq va qipchoqlar)
ajralishi davom etardi. Fonetik qurilish va leksikadagi -s/z va l-sh/j
tarzida moslashish hodisasining qoldiqlarini hozirgi oltoy va bir qator
turkiy tillarda uchratish mumkin: r-s/z, bas-bormoq va bir-bormoq; kөz
va kөr (ko‘rmoq), l-sh/j; besh va belek-tirsak (chuvashcha pilek-besh),
bїsh-bulg‘a-aralashtirmoq kabi. Shu bilan birga, bu davrda mayda-mayda
turkiy qabilalarning tabaqalanishi va bir-biriga qo‘shilishi, birlashishi
jarayoni ham davom etar edi.
Qadimgi turkiy til davri. Bu davrda turkiy urug‘ va qabilalar xun
(ham sharqiy xun, ham g‘arbiy xun) davlati tarkibiga kirar edi. VI asr
o‘rtalarida turklar kuchayib, yirik bir qabila ittifoqiga birlashadi, qo‘shni
qabilalarni yengib, 552 - yilda o‘zlarining mustaqil davlatlarini – turk
xoqonligini barpo qiladi. 555 - yilga kelib, Markaziy Osiyodagi xalqlar
Manjuriya va Enasoy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan yerlarni o‘zlariga qaratib
oladilar. Harbiy va siyosiy qudrati asta-sekin kuchayib borgan turk
xoqonligi eftalitlar davlatini tor-mor qiladi, Amudaryo va Orolgacha
bo‘lgan joylarni, VI asrning 70-yillarida esa Shimoliy Xitoydagi CHjou
va TSi davlatlarini bosib oladi. Xoqonlikning chegarasi Amudaryodan
Hindistongacha cho‘zilar edi. Ammo qabilalar o‘rtasidagi o‘zaro
urushlar hamda Xitoyning kuchayib ketishi va bu urushlarga aralashuvi
natijasida VI asrning 80-yillarida turk xoqonligi parchalanib, Sharqiy turk
xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketadi.
Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda o‘z hokimiyatini o‘rnatadi,
VII asrning 2-choragida Xitoyga qaram bo‘lib qoladi. 681 - yilda hoqon
qutlug‘ (Ilterin) va uning maslahatchisi Tonyuk mustaqillikni qo‘lga
kiritadilar. Sharqiy turk hoqonligining keyingi kuchaygan davri 682-745
ilmiybaza.uz
yillarga to‘g‘ri keladi. Hoqon Qopog‘on (691-716 yillar) davrida turklar
Samarqandgacha borib yetadilar. Hoqon Bilga vafoti (734 yil)dan keyin
kuchaygan o‘zaro urushlar natijasida Sharqiy turk hoqonligi parchalanib
ketadi, 745-yilda esa uyg‘urlar tomonidan bosib olinadi.
Markazi Yettisuv bo‘lgan G‘arbiy turk hoqonligi esa mustaqil davlat
sifatida VII asrning 1-yarmida Sharqiy Turkistondan Kaspiy dengizgacha
bo‘lgan yerlarda o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Qo‘shni davlatlar bilan
savdo-sotiq ishlari rivojlanadi. Samarqand, Buxoro, Choch (Toshkent),
Marv, Chorjo‘y kabi katta shaharlar obod bo‘ladi. Ammo Xitoy va
shimoliy qo‘shni davlatlarning hujumi, ichki o‘zaro feodal urushlar
natijasida G‘arbiy turk hoqonligi tugatiladi. Turklarning bir qismi Sharqiy
Turkistonda o‘zlarining ittifoqini barpo qiladi, Yettisuv va uning
atroflarini esa turgeshlar qo‘lga kiritadi. Keyinroq esa bu yerlar Oltoydan
ko‘chib kelgan qarluqlar qo‘liga o‘tadi. O‘g‘uzlar esa g‘arbga tomon
yurish
qilib,
VIII
asrda
Sirdaryoning
quyi
qismi
havzasida,
Qoraqumgacha bo‘lgan hududda o‘z davlatlarini barpo qiladilar.
Turkiy tillar taraqqiyotining uchinchi bosqichiga, ya’ni qadimgi
turkiy davrdagi turkiy urug‘ va qabilalar, ularning tillariga oid juda ko‘p
yozma manbalar, tarixiy yodgorliklar mavjud. Jumladan, turk hoqonligi
tarkibiga kirgan turkiy urug‘lar va ularning tillari O‘rxun-Enasoy
yodgorliklari
orqali
aniqlangan.
O‘rxun-Enasoy
yodgorliklarining
ko‘pchiligi rus olimlari tomonidan topilgan. Bular orasida, ayniqsa,
sibirlik
o‘lkashunos
N.M.YAdrintsev
tomonidan
1889
yilda
Mo‘g‘ulistonda O‘rxun daryosi bo‘ylaridan topgan yodgorliklar katta
ahamiyatga ega. Xuddi shunday yodgorliklarning kattagina bir qismi
Enasoy daryosining yuqori qismidan va Qirg‘izistondagi Talas
ilmiybaza.uz
vodiysidan, shuningdek, Baykal ko‘li atroflari, Lena daryosi sohillaridan
ham topilgan.3
O‘rxun-Enasoy yodgorliklari, asosan, toshlarga o‘yib bitilgan
yozuvlardan, idish, tangalar kabi buyumlarda va qog‘ozlarga yozilgan
bitiklardan iborat bo‘lib, bir qancha vaqtlar olimlar uchun o‘qilishi
jumboq bo‘lib qoladi. Shunga ko‘ra, u qadimgi skandinav-german
tillariga oid run, runiy (runa-sirli, yashirin demakdir) yozuvi nomi bilan
ham yuritiladi. Faqat XIX asrning 90-yillarida bu yozuvni dastlab
daniyalik olim V.Tomsen va rus turkshunosi V.V.Radlov o‘qiydilar. Ular
bu yodgorliklarning til xususiyatlari turkiy xalqlarga tegishli ekanligini
aniqlab beradilar. SHundan keyin ko‘p yillar davomida bu yozuvlarni
tarjima qilish, til xususiyatlarini o‘rganish va nashr etish sohasida katta
ishlar qilindi.
Bu bitiktoshlar VII-VIII asrlarga tegishli bo‘lib, turk xoqonligi
davrida runiy yozuvda bitilgan. Ular grafik jihatdan bir-biriga ancha
yaqin turadi. Sug‘diy yozuvi asosida paydo bo‘lgan qadimgi turkiy run
yozuvi G‘arbiy va Sharqiy turk hoqonligida keng tarqalgan edi.
Eramizning 745 yilida turk hoqonligini bosib olgan uyg‘urlar
davlati, asosan, ilgari SHarqiy turk hoqonligi tarkibiga kirgan qabilalarni
birlashtirar edi. G‘arbiy turklarning ajralib ketishi uyg‘urlar davlatini
kuchsizlantiradi. Buning natijasida 840 yilda uyg‘ur davlati qirg‘izlar
tomonidan bosib olinadi. Qirg‘izlar hukmronligi X asrgacha davom etadi.
Ammo o‘zining birligini, ittifoqini yo‘qotgan ko‘pgina uyg‘ur qabilalari
qirg‘izlar hujumidan keyin g‘arbga yo‘l olib, o‘z mustaqil davlatini
tuzadi, bir qismi esa qarluqlar tomoniga ketadi.
Turk hoqonligi tarkibiga kirgan turklarning bevosita davomchisi,
vorisi bo‘lgan uyg‘urlar juda katta meros – o‘sha davr tilini aks ettiruvchi
3 History of civilizations of Central Asia, Volume III - UNESCO, 1996.
ilmiybaza.uz
yozma yodgorliklar qoldirganlar. Bu yodgorliklar birin-ketin yozilganligi
– xronologik jihatdan ikki davrga bo‘linadi.
Birinchi davrga xos obidalar eng qadimgi yodgorliklar bo‘lib, ular
o‘rxun yozuvi obidalari bilan umumiylikka ega bo‘lgan bitiktoshlardan
iborat. Bular ichida eng mashhuri turk xonlari Kultigin va To‘nyuquq
sha’niga qo‘yilgan qabr toshlariga yozilgan yodgorliqdir. Bu toshlar
O‘rxun (Mo‘guliston) va Enisey daryolari bo‘ylaridan topilganligi sababli
fanda «o‘rxun-enisey yozuvlari» deb nomlanadi. SHuningdek, bu yozuv
run nomi bilan ham ataladi. «Run» so‘zi skandinaviya xalqlari tilida
«sirli, tilsim» ma’nolarida qo‘llangan. Sibirda surgunda bo‘lgan shved
ofitseri F.T.Tabbert-Stralenberg 1730 yilda o‘rxun-enisey yozuvining bir
nechalarini topib, hali tarixda noma’lum bo‘lgan va hech kimsaga
tushunarli bo‘lmagan bu yozuvni yuqoridagidek nomlagan edi.
Bu yozuvni dastlab V.Tomsen o‘qidi. U 1893 yil 15 dekabrda
Daniya fanlar akademiyasi majlisida O‘rxun daryosi bo‘yidan topilgan
yodgorliklarning sirini topganligini ma’lum qildi va bu yodgorlik turkiy
xalqlar tilida yozilganligini bildirdi. 1894 yil 19 yanvarida V.Radlov
«Kultegin» sharafiga qo‘yilgan yodgorlikning tarjimasini beradi.
R.Melioranskiy 1899 yilda uning qayta tarjimasini beradi. O‘rxun-Enisey
yodgorliklari o‘z navbatida yana , uch tarmoqqa bo‘linadi. 4
1. Yenisey yodgorliklari. Bu hozirgi Enisey va Tuva avtonom
viloyatidan topilgan yodgorliklardir.
2. O‘rxun yodgorliklari. Mo‘g‘uliston territoriyasidagi O‘rxun
daryolari bo‘yidan topilgan Kultegin, To‘nyuquq yodgorliklardir.
3. Talas yodgorliklari. Hozirgi Jambul viloyatidan topilgan
yodgorliklardir.
4 Рустамов А.,Абдураҳмонов Ғ. Қадимги туркий тил. -Т.: 1982.
ilmiybaza.uz
Qadimgi turkiy tilning run yozuvida bitilgan yirik namunalari
quyidagilardir:
1. Kultigin bitiklari. Bu bitiktosh Eltarish o‘g‘li Bilga Hoqonning
inisi Kultigin sharafiga qo‘yilgan.
2. Bilga hoqon bitiktoshi. Bu marmar Eltarish hoqonning o‘g‘li
Kultiginning og‘asi Bilga hoqon sharafiga 735 yilda qo‘yilgan.
3. To‘nyuquq bitiktoshi. Bu yozuv yodgorligi ikkinchi turk
hoqonligining asoschisi Eltarish hoqon va uning xotini Elbilga xotun
sharafiga, so‘ngra Qapag‘an hoqon sharafiga qo‘yilgan deb taxmin
qilingan edi. J.Klosson bitikning ayrim erlariga tuzatish kiritib,
yuqoridagi fikrlarning noto‘g‘riligini isbotladi va bitiktosh Qapag‘on
bilan Bilga hoqonlarning sarkardasi Eltarishning sharafiga qo‘yilgan
degan qarorga keldi.
5. Kulichur bitiktoshi. Bitiktoshni 1912 yilda polьshalik professor
V.Kotvich
Mo‘g‘ulistonning
Ulan-Bator
yaqinidagi
Ixe-Xushotu
manzilidan topgan.
6. Moyunchur bitiktoshi. Buni fin olimi G.I.Ramstedt 1909 yilda
SHimoliy Mo‘g‘ulistonda Selenga daryosi va SHineusu ko‘liga yaqin
erda topgan. Bitiktosh 759 yilda qo‘yilgan deb taxmin qilinadi. Qadimgi
turkiy tilning taxminan V-X asrlarda vujudga kelgan.
Ikkinchi davrga tegishli yodgorliklarga esa so‘g‘d yozuvi asosida
shakllangan uyg‘ur yozuvida bitilgan matnlar kiradi. Ular turli
mazmundagi va til xususiyati jihatidan ham har xil bo‘lgan asarlar,
hujjatlardan (monaviy), buddiy va xristian yodgorliklari deb qaralsa ham,
bir umumiy nom bilan uyg‘ur yozuvi yodgorliklari deb yuritiladi.
Uyg‘ur
yozuvida
bitilgan
yodgorliklarning
eng
muhimlari
quyidagilardir:
1. Xuastuanift (monaviylarning tavbanomasi). Bu yodgorlikning
uch nusxasi bor, ular Sankt-Peterburg, Berlin va Londonda saqlanadi.
ilmiybaza.uz
Turfondan topilgan Sankt-Peterburg nusxasi uyg‘ur yozuvida bitilgan.
Turfondan va «Ming budda g‘ori» ibodatxonasidan topilgan Berlin va
London nusxalari monaviy yozuvi bilan bitilgan bo‘lib, uning til
xususiyatlarini aks ettiradi. Bu yodgorliklarni 1910-1911 yillarda ingliz
olimi Le Kok Berlin Londonda nashr ettirgan. L.V.Dmitrieva 1963 yilda
uni lotin alifbosida ruscha tarjimasi bilan nashr ettirdi.
2. Shahzodalar Qalyanamqara va Papamqara haqida qissa. Bu
yodgorlikning matni 1914 yilda frantsuz olimi P.Pello tomonidan
frantsuzcha tarjimasi bilan nashr ettirilgan.
3. Oltin yoruq. Asli qadimgi hind-sanskritcha «Suvarnaprabhasa»
(oltin jilo). Budda diniga oid bo‘lgan sutra (muqaddas kitob)ning turkiy
tarjimasi bo‘lib, qisqacha «Oltun yoruq» nomi bilan yuritiladi. U X asrda
beshbaliqlik Singku Seli Tutung tomonidan turkiy tilga o‘girilgan.
Bizgacha uning 10 ga yaqin nusxasi etib kelgan. 1909-1917 yillarda rus
turkshunosi S.E.Malov Suchjou shahriga yaqin Vungshagudan topgan va
1913-1917 yillarda nashr ettirgan (V.V.Radlov bilan birga) nusxa
boshqalarga nisbatan mukammalroq bo‘lib, Sankt-Peterburgga saqlanadi.
4. Sekiz yukmak. Turfondan topilgan bu yodgorlik matnini nemis
olimlari V.Bang, A.Fon Gaben va turk olimi G.R.Rahmatiylar 1934 yilda
Berlinda nashr ettirganlar. Bulardan tashqari, uyg‘ur yozuvida yozilgan
bir qancha obidalar, turli afsonalardan olingan parchalarning matnlari
bitilgan yodgorliklar bor. SHuningdek, VIII-X asrlarga va keyingi
davrlarga oid juda ko‘p uyg‘urcha yuridik-huquqiy xujjatlar ham mavjud.
Bu yodgorliklarda ham adabiy til, ham xalq so‘zlashuv tili xususiyatlari
aks etgan.
G‘arbiy turk hoqonligi davrida (VI-VIII asrlar) turkiy qabilalar
o‘troqlasha boshlaydi. O‘troqlashgan turklar shaharda hunarmandchilik,
savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi, cho‘l va qishloq joylarda esa
dehqonchilik qiladi. Buning natijasida turkiy qabilalarning etnik jihatdan
ilmiybaza.uz
o‘zaro yaqinlashuvi va fors tillarida so‘zlashuvchi xalqlar bilan iqtisodiy,
siyosiy va madaniy aloqalari kuchayadi.
VIII asrda G‘arb va Janubda – Movarounnahr hududi (Samarqand,
Buxoro, CHoch, Farg‘ona, Xorazm)da yashagan aholi va sug‘diy-eroniy
xalqlar arablar tomonidan bosib olinadi, Abbosiylar xalifaligiga qaram
bo‘lib qoladi. Bu erdagi xalqlar esa islom dinini qabul qiladi. Bu tarixiy
hodisa Movarounnahrda yashagan xalqlarning, shu jumladan, turkiy
xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, fan va adabiyotning
rivojiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, IX asrning 2-
yarmidan, Somoniylar davridan boshlab turkiy xalqlarning ijtimoiy-
siyosiy hayotida jiddiy siljishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, urug‘-
qabilachilik munosabatlari kuchsizlanadi, feodal munosabatlar rivojlanib
boradi.5
Shu asnoda turk hoqonligi davrida turkiy qabilalar to‘liq
tabaqalanadi. Markazlashish, o‘zaro birlashish jarayonida qo‘shilish va
ajralib ketish asosida rivojlangan turkiy tillar uyg‘urlar hukmronligi
davrida umumturkiy adabiy til sifatida shakllanadi. Bu adabiy tilning
tashkil topishida qarluq-chigil tillari, shuningdek uyg‘ur tili asos sifatida
qatnashadi, uning taraqqiyotiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. X-XII
asrlarda Qoraxoniylar hukmronligi davrida qo‘llangan, ma’lum darajada
me’yorga solingan turkiy adabiy til qisman o‘g‘uz-qipchoq tillari
xususiyatlarini ham o‘z ichiga olar edi. Eski o‘zbek adabiy tilining xalq
tili sifatida shakllanish davri ham mana shu vaqtlarga to‘g‘ri keladi.
Savol va topshiriqlar:
1.
O‘rxun –Enasoy yozuvi nima uchun run yozuvi deb atalgan?
2.
Uyg‘ur yozuvida bitilgan yodnomalarni sanang.
3.
O‘rxun-Enisoy yozuvi qaysi olimlar tomonidan o‘qilgan?
5Michael Witzel, Limguistic evidence for cultural exchange in prehistoric Western Central Asia,/Sino –
Platonic Papers, N 129. 1-70.
ilmiybaza.uz
4.
«O‘zbekiston tarixi» darsligidan qadimgi turkiy til tarixini o‘qib
chiqing.
5.
To‘nyuquq bitiktoshi haqida ma’lumot bering.
6.
Kultegin yodgorligi haqida gapirib bering.
Ma’lumki, grafika tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, unda ma’lum
bir tilning yozuv sistemasi o‘rganiladi. Qadimgi turkiy tilda yozuv
sistemasini o‘rxun yozuvi tashkil etadi. SHu bilan birga, uyg‘ur yozuvi
ham amalda bo‘lgan.
O‘rxun yozuvi.
O‘rxun yozuvi turkshunoslikka va yozuv tarixiga oid asarlarda
«O‘rxun-Enisey yozuvi», «Yenisey-O‘rxun yozuvi», «Sibir yozuvi»,
ko‘proq «turkiy run(a) yozuvi» deb yuritiladi. Bunga O‘rxun harflarining
qadimgi german xalqlariga mansub Rin(e) deb ataluvchi yozuvga tashqi
jihatdan bir oz o‘xshashligi sabab bo‘lgan. Bu yozuvning Sharqda
«Dulbarchin» nomi bilan yuritilgani haqida mashhur filolog ibn Arabshoh
(1389-1450) o‘zining «Ajoyib-ul-maqdur fi navoyibi Taymur» (Temur
falokatlarida qismatning qiziqliklari) nomli asarida ma’lumot beradi.
«Xitoyda ularning (turklarning - A.R.) «dulbarjin» deb ataladigan
yozuvi bor. Ko‘rdim, harf qirq bitta. Ko‘pligining sababi shundaki, ular
[tovushlarning] qalin va ingichkalarini, shuningdek, ayirgichlarni harf
hisoblaydilar, natijada qo‘shimchalar va qo‘shimcha harflar paydo
bo‘ladi» (Qohira xalq kutubxonasidagi 3543-qo‘lyozma, var.286a).
Ammo ibn Arabshoh kitobida alifboni keltirmagan.
Hamma yozuvlarda bo‘lganidek, dulbarchin (O‘rxun-enisey) yozuvi
ham zamoni va makoni bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim shakliy farqlar tufayli
o‘rxun, turfon va yenisey variantlariga ega. Bularning eng qadimiysi
o‘rxun variantidir.
ilmiybaza.uz
O‘rxun yozuvida unli tovushlarni bildiradigan to‘rtta, enisey
bitiklarida esa beshta harf bor.
1. A harfi. Bu harf ikki uchi ilgakli tayoqchadan iborat. Ilgakning biri
o‘ngga, biri chapga qaragan. Qaysi birining o‘ngga qaragan bo‘lishining
ahamiyati yo‘q. SHuning uchun bu harf ikki ko‘rinishga ega. Biroq ustki
ilgak o‘ngga, pastki ilgak chapga qaragan bo‘lib, ___bu O‘rxun
yodnomalariga xos. Ikkinchisida aksincha - ustki ilgak chapga va pastki
ilgak o‘ngga qaragan:__ Enisey bitiklarida har ikkala ko‘rinishi ham bor.
Bu harf til oldi ә va til orqa a tovushini bildiradi. A yoki ә ekanligini
undosh tovushlarni ifodalovchi harflardan bilish mumkin. A harflari so‘z
boshida t tovushini, ikkinchisi a tovushini bildiruvchi harf bo‘ladi.
Boshqa yozuvdagi yodnomalarni ilmiy ravishda o‘qishni ta’minlash
maqsadida
transliteratsiya
va
transkriptsiyadan
foydalaniladi.
Transliteratsiya (harf ag‘darish)da bitikdagi harflar, transkriptsiyada esa
tovush yoki fonemalar maxsus belgilar bilan aniq beriladi. Demak,
transliteratsiya yozuvni aniq aks ettirsa, transkriptsiya talaffuzni aniq aks
ettiradi.
A harfining transliteratsiyasi uchun ‘ belgisi qabul qilinadi.
2. I harfi. Bu harf bir ilgakli tayoqchadan iborat bo‘lib, ilgak yuqoriga va
o‘ng tomonga qaragan:__. Agar ilgak chapga qaragan bo‘lib yuqorida
bo‘lsa, p ni bildiruvchi harf, pastda bo‘lsa__, qalin l tovushini
anglatuvchi harf bo‘ladi. I harfi til oldi i va til orqa ї tovushini bildiradi va
a harfidan farq qilib, so‘z boshida ham ishlatiladi. Bu harf
transliteratsiyada ь belgisi bilan ifodalanadi.
Lablanmagan unlilar uchun qo‘llanadigan bu ikki harf tovushlarning
qatordagi farqini aks ettirmaydi, faqat tor-kengligini ko‘rsatadi. Ikki
ilgakli a harfi keng unlilarni va bir ilgakli i harfi tor unlilarini anglatadi.
ilmiybaza.uz
3. O‘qu harfi. Bu harf uchi o‘ngga qaragan burchak shakliga___ ega.
O‘qu harfi lablangan til orqa o va u unlilarini bildiradi. Bu harf
transliteratsiyada v belgisi bilan ifodalanadi.
4. O‘ku harfi. Bu harf bir butun va ikki yarim tayoqchadan tuzilib, yarim
tayoqchalar burchak hosil qilgan holda butun tayoqchaning o‘ng
tomoniga, yarmidan yuqorisiga quyidagi ilgaklarda birlashtiriladi:____
O‘qu harfi lablangan til oldi ә va ү unlilarini
bildiradi. Bu transliteratsiyada
belgisi bilan ifodalanadi.
5. E harfi. Bu harf O‘rxun yodgorliklarida yo‘q. Buning shakli
ayqashgan yoki yondoshgan ikki yoy yoki burchakdan iborat:___ Bu harf
e tovushini biddiradi.
Quyidagi harflar lab undoshlarini bildiradi:
1. Pi harfi. Bu harf i harfidan ilgagining chap tomonga
qaraganligi bilan farqlanadi___va p fonemasini anglatadi. Pi
harfi transkriptsiyada ham transpliteratsiyada ham, p harfi bilan
ifodalanadi. Harf faqat muayyan bir fonemani bildirganda
transkriptsiya bilan transliteratsiya belgisi bir xil bo‘ladi. P
tovushining oldiga lablangan unli qo‘shib talaffuz qilinadigan
harf ham bor. Bu O‘p harfi bo‘lib, shakllariga ega. Bu
transliteratsiyada p harfi bilan beriladi___.
2. Ab harfi. Bu harfning asosiy ko‘rinishi____ shaklida bo‘lib, enisey
yodnomalarida tik va yopiq shakllariga ega. Ab harfi b fonemasining
qalin variantini bildiradi. Undoshlarning qalin variantini bildiruvchi
harflarga esa ikki raqami qo‘yib ifodalanadi.
3. ab harfi. Bu ќarf b fonemasining ingichka variantidir. YOzuvda _____
shakllarga ega. CHap tomondagi birinchi shakl enisey yodnomalarida ә
unlisini, O‘rxun yodnomalarida esa faqat mazkur undoshni ifodalaydi.
Enisey yodnomalarida eb harfining yana ____ ko‘rinishlari bor. Eb harfi
transliteratsiyada _ bilan beriladi.
ilmiybaza.uz
4. Mi harfi. Bu harf m fonemasini anglatadi va ________shakllarga ega.
Transkriptsiyada ham, translitertsiyada ham m harfi bilan ifodalanadi.
O‘rxun yodnomalarida quyidagi harflar til oldi-tish undoshlarini
bildiradi:
1. At harfi. Bu harf t fonemasining qalin variantini bildiradi. YOzuvda
__________ shakllarga ega. At harfi transliteratsiyada t harfi bilan
ko‘rsatiladi.
2. Әt harfi. Bu harf t fonemasining ingichka variantini anglatadi va ____
shakllarga ega. Agar bu harfni yon tomonga aylantirilsa aq harfi, yuqorisi
pastga akdarilsa o‘qu harfi hosil bo‘ladi. Әt harfi t fonemasining ingichka
variantini bildiradi. Transliteratsiyada t harfi bilan ko‘rsatiladi.
3. Ad harfi. Bu harf d fonemasining- qalin variantini bildiradi va
_____shakliga
ega.
Enisey
yodnomalarida
shakliga
ham
ega.
Transliteratsiyada d bilan beriladi.
4. Әd harfi. Bu harf d fonemasining ingichka variantini anglatadi va X
shakliga ega. Enisey yodnomalarda shakli ham bor. Transliteratsiyada d
bilan ko‘rsatiladi.
5. As harfi. Bu harf s fonemasining qalin variantini, ba’zan sh ni bildiradi
va _____ shakllarga ega. Transliteratsiyada s bilan beriladi.
6. Әs harfi. Bu harf asosan s fonemasining ingichka variantini anglatadi
va shakli tik tayoqchadan (|) iborat, Es harfi transliteratsiyada s bilan
beriladi.
7. Zi harfi, Bu harf z fonemasini bildiradi va ______shakllarga ega.
Transkriptsiyada ham, transliteratsiyada ham z bilan beriladi.
8. An harfi. Bu harf n fonemasining qalin variantini anglatadi va )]
shakliga ega. Enisey yodnomalarida o‘ ngga ochilgan ko‘rinishi ham bor.
Transliteratsiyada n bilan ko‘ rsatiladi.
ilmiybaza.uz
9. Әn harfi. Bu harf n fonemasining ingichka variantini
bildiradi va________shakllarga ega. Transliteratsiyada n
harfi bilan ifodalanadi.
10. Ar harfi. Bu harf r fonemasining qalin variantini
ifodlaydi va_____shakllarga ega.
Ar harfi yon tomonga ag‘darilsa O‘qu harfi, ost-ust holatda aq arfi
hosil bo‘ladi. Ar harfi, transliteratsiyada r bilan yoziladi.
11. Әr ќarfi. Bu ќarf r fonemasining ingichka variantidir. YOzuvda __
shaklga ega.
12. Al ќarfi. Bu ќarf l fonemasining šalin varianti bo‘lib, ___ shakliga
ega.
13. Әl ќarfi. Bu l fonemasining ingichka varianti bœlib, ___ shaklga ega.
O‘rxun yozuvida til oldi-tanglay undoshlarini bildiruvchi quyidagi
harflar bor.
1.
CHi harfi. CH fonemasini ifodalaydi. YOzuvda _____ shaklga
ega.
2.
Ich harfi. Bu harf yozuvda ___ shaklga ega bo‘lib, ich deb
o‘qiladi.
3.
SHi ќarfi. YOzuvda ___ shaklga ega bo‘lib, sh deb o‘qiladi.
Quyidagi til o‘rta va til orqa undoshlari bo‘lgan:
1.
Ay harfi. Y fonemasining qalin varianti bo‘lib, yozuvda ___
shaklga ega.
2.
әy harfi. Y fonemasining ingichka varianti bo‘lib, yozuvda ___
shaklga ega.
3.
Aq harfi. Q fonemasini ifodalaydi. YOzuvda __ shaklga ega.
4.
O‘q harfi. Bu harf aq, uq ba’zan q, qo, qu deb o‘qiladi. YOzuvda
___ shaklga ega.
5.
Iq ќarfi. Bu harf –їš, q deb o‘qiladi va yozuvda ____ shaklga ega.
6.
әk harfi. Bu harf k, š(k) tovushini ifodalaydi yozuvda ___ shakliga
ilmiybaza.uz
ega.
7.
O‘q harfi. өk, үk va ba’zan k, kө, kү deb o‘qiladi. ____ shakliga
ega.
8.
Aђ harfi. Bu harf g‘(g)tovushini ifodalaydi. YOzuvda ____
shaklga ega.
9.
әg harfi. Bu harf g undoshini, ya’ni g‘(g) fonemasinng o‘rta
variantini ifodalaydi.
O‘rxun yozuvida nazar va birdan ortiq undoshlarni bildiruvchi quyidagi
harflar bor:
1.
Inyi harfi. Nazal y yoki ny fonemasini ifodalaydi. YOzuvda ___
shakliga ega.
2.
ingi harfi. Bu harf ___ shaklga ega, tanskriptsiyada ң ni ifodalaydi.
3.
Inti harfi. Bu harf yozuvda _____ shakllariga ega. T yo id yoxud
nt, nd fonemalarini ifodalaydi.
4.
Inchi harfi. Lt, ld deb o‘qiladi. YOzuvda __ shaklga ega.
5.
Art harfi. Bu harf ___shakliga ega. Rt fonemasini ifodalaydi.
Savollarga javob bering.
1. Qadimgi turkiy tildagi unlilarni sanang.
2.
Unlilarni tasnif qiling.
3.
Qadimgi turkiy tildagi unllarning hozirgi o‘zbek tilidagi
unlilardan qanday farqli tomonlari bor?
4.
Singarmonizm nima?
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Abdurahmonov G‘. Rustamov A. Qadimgi turkiy til.-Toshkent,
«O‘qituvchi» 1982.
2.Abdurahmonov N. Qadimgi turkiy til.-Toshkent, 1989.
3. Azimov I., Rahmatov M. Qadimgi turkiy til. –TDPU, 2005
ilmiybaza.uz
TAYANCH TUSHUNCHALAR: turkiy tillar, o‘zbek tili,
qadimgi turkiy til, til va nutq, nutq tovushlari, harf, yozuv, fonetik
hodisalar, singarmonizm.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Mahmudov Q. XIII – XIV turkiy yozma obidalar tilining
fonetik sistemasi. – T: Fan, 1990.
2. Ne’matov H.F. O‘zbek tilining tarixiy fonetikasi.–Toshkent,
1992.
ilmiybaza.uz
2-MAVZU: QADIMGI TURKIY TIL FONETIKASI: UNLI VA
UNDOSHLAR TIZIMI
TA’LIM BERISH TEXNOLOGIYASI
Mashg‘ulot vaqti-
2 soat
Talabalar soni: 50 –70 gacha
Mashg‘ulot shakli
Ma’ruza
Ma’ruza rejasi
1.Qadimgi turkiy tilning fonetik qurilishi haqida.
2.Mavzuning o‘zbek tili fanlari bilan bog‘liqligi.
Z.Unli va undosh tovushlar:
4. Undosh tovushlar.
5. Unli tovushlar
6. Kontrast tovushlar.
7. Singarmonizm.
8. Fonetik hodisalar.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Qadimgi turkiy va eski turkiy tilining fonetik
xususiyatlariga umumiy tavsif berish, qadimgi, shu jumladan eski turkiy tildagi
unlilar tizimi, unlilarning miqdori va sifat xarakteristikasi, ularning hozirgi o‘zbek va
turkiy tillarida taraqqiy qilish xususiyatlari, qadimgi turkiy tildagi fonetik
qonuniyatlar: unli va undoshlar cho‘ziqligi, singarmonizm, uning palatal-velyar va
labial garmoniya turlari, ularning hozirgi o‘zbek va boshqa turkiy tillardagi
taraqqiyot darajasi haqida ma’lumot berish.
Pedagogik vazifalar:
Qadimgi turkiy tildagi tovushlar
tizimi haqida nazariy bilim berish;
Qadimgi turkiy tildagi fonetik
hodisalarning mazmun mohiyatini
ochib berish;
O‘quv faoliyati natijalari (talaba):
O‘zbek tilining bu tarixiy davridagi
fonetik xususiyati xususida mustaqil fikr
yuritish imkoniga ega bo‘ladi;
Tovush va yozuv haqida nazariy qarashlar
haqida bilimga ega bo‘ladi.
ilmiybaza.uz
Harf va yozuv haqidagi bilimlarni
berish;
Qadimgi turkiy tildagi tovushlar
tizimi haqida nazariy bilim berish.
Kadimgi
turkiy
tilda
fonetik
hodisalar haqida ma’lumot berish.
Tovushlar tizimini hozirgi o‘zbek tilidagi
holati bilan taqqoslash imkoniyati hosil
bo‘ladi.
Talabalarda turkiy tillarga xos fonetik
hodisalar
haqida
yaxlit
tushuncha
shakllanadi.
Ta’lim berish usullari
Ko‘rgazmali, ma’lumotli, jamoada ishlash.
Ta’lim berish shakllari
Ommaviy, jamoaviy, juftlikda ishlash.
Ta’lim berish vositalari
O‘quv qo‘llanma, tarqatma materiallar,
proektor, doska.
Ta’lim berish sharoiti
Hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga
oshirish imkoniga ega bo‘lgan auditoriya.
Monitoring va baholash
Og‘zaki nazorat: savol-javob
MA’RUZA MASHG‘ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI
Ish bosqichlari
va vaqti
Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
Ta’lim
oluvchilar
ilmiybaza.uz
Tayyorgarlik
bosqichi
1. Mavzu bo‘yicha o‘quv mazmunini tayyorlash.
2. Kirish ma’ruzasi uchun taqdimot slaydlarini
tayyorlash.
3.
Talabalar
o‘quv
faoliyatini
baholash
mezonlarini ishlab chiqish.
4. O‘quv fanini o‘rganishda foydalaniladigan
adabiyotlar ro‘yxatini tuzib chiqish.
1. Mavzuga
kirish
(15 daqiqa)
1.1 O‘quv fanining nomini aytadi. Mavzular va
adabiyotlar ro‘yxatini berib, ularga qisqacha
ta’rif beradi. (1 ilova).
1.2.
Birinchi
mashg‘ulot
mavzusi,
uninng
maqsadi va o‘quv faoliyati natijalari bilan
tanishtiradi.
1.3. Talabalar o‘quv faoliyatini baholash mezoni
bilan tanishtiriladi (2 ilova).
1.4.
Talabalar
bilimlarini
faollashtirish
maqsadida savollar beradi.
Tinglaydilar
Tinglaydilar
Tinglaydilar
Talabalar
savollarga
javob
beradilar.
2. Asosiy
bosqich
(55 daqiqa)
2.1. Power Point dasturi yordamida slaydlarni
namoyish qilish va izohlash bilan mavzu
bo‘yicha asosiy nazariy jihatlarini tushuntirib
beradi.
2.2. Qadimgi turkiy tilning fonetik qurilishi.
2.3.
Mavzuning
o‘zbek
tili
fanlari
bilan
bog‘liqligi.
2.4. Unli va undosh tovushlar:
2.5.. Undosh tovushlar.
2.6. Unli tovushlar
2.7. Singarmonizm.
Tinglaydilar,
yozadilar.
Tinglaydilar,
yozadilar.
Talabalar
savollarga
javob
beradilar.
ilmiybaza.uz
2.8. Fonetik hodisalar..
Talabalar
bilimlarini
faollashtirish
va
mustahkamlash maqsadida quyidagi savollarni
beradi:
2.6. Qadimgi turkiy tili fani nimalarni o‘rganadi?
2.7. Turkiy tillar va o‘zbek tili, ularning tarixiy
ildizi degan birikmalarni qanday izohlaysiz?
2.8.Adabiy til nima? Turkiy adabiy til deganda
nimani tushunasiz?
2.9.Qadimgi turkiy adabiy til qaysi davrlarni o‘z
ichiga oladi?
Qadimgi turkiy adabiy tilning tovush tizimiga
xos xususiyatlarni aytib bering.
Fonetik hojdisalardagi forq nimada?
3. Yakuniy
bosqich
(10 daqiqa)
3.1. Mavzu bo‘yicha talabalarda yuzaga kelgan
savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa
qiladi.
3.2 Mustaqil ishlash uchun vazifa topshiriladi:
1. Qadimgi turkiy til fonetik qurilishi (4 soat)
2. Qadimgi turkiy tilda (bitiktoshlardagi)yozuv
va fonetik qurilish (4 soat)
Savollar
beradilar
Vazifani
yozib oladilar.
Fonetika
Ma’ruza matni
Ma’lumki, fonetika ma’lum bir til unli va undosh tovushlarining turli
davrlardagi taraqqiyoti, har bir taraqqiyot davri uchun xos bo‘lgan fonetik
sistema, ayrim unli va undosh tovushlarning shakllanishi va tarixiy
taraqqiyoti, asosiy fonetik qonuniyatlar kabi masalalarni o‘rganadi.
ilmiybaza.uz
Qadimgi turkiy til fonetikasi, undagi unli va undosh tovushlar haqida
aniq va qat’iy bir fikr aytish mushkul, chunki ularning bevosita talaffuz
me’yorlarini kuzatishdan, tadqiq qilishdan mahrummiz. Bu haqda
yodnomalar tilini o‘rganish orqali xulosalar chiqarish mumkin.
U n l i l a r
Qadimgi turkiy tilda sakkizta unli fonema bo‘lib, ular bir-biridan
qatori, tor-kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko‘ra farq qiladi. Bulardan
- a, ї, o, u orqa qator va ә, i, ө, ү old qator unlilaridir. Keng unlilar - a, ә,
o, ө; tor unlilar - i, ї, u, ү. Lablanmagan unlilar – a, ә, o, ө; lablangan
unlilar – o, ө, u, ү. Qadimgi turkiy tilning unli fonemalari
munosabatidagi bunday mikdoriy tenglik ularning sistemasini kub
shaklida ifodalashga imkon beradi.
ә
Kubning yuqori qismida tor unlilar, quyi qismida keng unlilar, old
qismida old qator unlilari, orqasida orqa qator unlilari, o‘ng tomonida
lablangan va chap tomonida lablanmagan unlilar berildi.
Demak, a - lablanmagan, keng va orqa qator; ә - lablanmagan, keng
lekin old qator unlidir. Bu unlining talaffuzi qozoq va qirg‘iz hamda
ko‘pgina turkiy tillarda, o‘zbek tilining singarmonizmli lahja va
shevalarida saqlangan. Tatar va boshqa tillarida bu unli yanada orqaga
siljishi va kengayishi natijasida õ (hozirgi o‘zbek tilidagi til orqa,
lablangan o unlisi)ga aylangan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ba’zi
o‘rinlarda oldingi tomon õ ga yaqinlashgan, ayrim hollarda orqaga tomon
kengayib ә ga aylangan. Qadimgi turkiy tillardagi ә unlisi esa hozir
ilmiybaza.uz
torayib, ko‘pgina turkiy tillarda, jumladan o‘zbek tilida birinchi bo‘g‘inda
e ga aylangan.
Misollar:
at (ot)
ab (ov)
ar (alda)
ash (osh)
san (son)
әt (et, go‘sht)
әb (uy)
әr (er)
әsh (esh)
sәn (sen)
adag‘
(oyoq)
qag‘an (xoqon)
anda (unda)
ara (ora)
qara (qora)
Ї unlisi lablanmagan, tor va orqa qator; i lablanmagan, tor, old qator
unli. Bu ikki unli fonema hozirgi o‘zbek adabiy tilida va singarmonizmsiz
lahja va shevalarda ї ning oldinga siljishi natijasida konvergentsiyaga
uchragan, ya’ni bir fonema (i)ga aylangan. Ammo o‘zbek tilining
singarmonizmli lahja va shevalarida hamda boshqa turkiy tillarda o‘z
holicha saqlangan. Qadimgi turkiy tilda ham orqa qator ї bilan old qator i
ikki mustaqil fonemadir.
yig (yaxshi)
yїg (yig‘)
tik- (tik-)
tїq (tiq-)
yal (yol)
yїl (yil)
O unlisi lablangan, keng va orqa qator; ө ham lablangan, keng,
lekin old qator unlidir. Qadimgi turkiy tilda orqa qator o bilan
alohida ikki fonemadir.
ol (u)
өl (o‘l)
ot (olov)
өt (o‘t-)
oz (o‘z)
өz (o‘z, jon)
U unlisi lablangan, tor va orqa qator; ү ham lablangan, tor, lekin old
qator unlidir. Bu unlilarning ham hozirgi holati ө va o unlilariniki
singaridir. Qadimgi turkiy tilda ham u va ү alohida fonemadir.
tu- (to‘s-)
tү (tuk)
ur- (ur.-)
үr- (pufla)
ilmiybaza.uz
uch (tugash joyi)
үch (3)
Hozirgi õ unlisini qadimgi turkiy tilda a unlisi ifodalaydi. Masalan
hozirgi bõsh, so‘zi bash, qõr so‘zi qar tarzida talaffuz etiladi.
Undoshlar
Qadimgi turkiy tilda quyidagi undoshlar amalda bo‘lgan: b, p, d, t, q,
k, ğ, g, z, s, č, š, y, l, m, n, ń, η, r6
1. Sonorlar: l, m, n, ң, r
2. Jarangli: b, g, d, z, g‘, y
3. Jarangsizlar: p, t, s, sh, k, q, ch
Avval ta’kidlaganimizdek, o‘rxun alifbosidagi ayrim harflar
tovushlar birikmasini ifodalaydi. Bu birikmalar jarangli va jarangsiz
tovushlar birikmasidan iborat: bunday xususiyat uyg‘ur va arab alifbosida
uchramaydi.
Qadimgi turkiy tilda b, m, p lab undoshlari mavjud. Sirg‘aluvchi lab
undoshi f yo‘q. O‘rxun yozuvida v uchun maxsus harf yo‘q. Uning
o‘rnida b ni bildiruvchi harf ishlatiladi. Uyg‘ur yozuvida esa v uchun
maxsus harf bor. b undoshi lab-lab, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh
bo‘lib, so‘z boshida ham, o‘rtasida ham, oxirida ham uchraydi: bu,
yabg‘u (amir), sab (nutq).
M undoshi b dan uning talaffuzida burun bo‘shlig‘ining - ishtiroki
borligi va shovqinsizligi bilan farqlanadi. Demak, m lab-lab, nazal,
portlovchi, sonor (shovqinsiz) undoshdir.
P undoshi b dan jarangsizligi bilan farq qiladi. Bu undosh hamma
pozitsiyalarda uchraydi: Purum (Rum), Apa tarqan (unvon), tep (deb).
6 L.Johanson. From the intimate life of Turkic sonorant consonants/Turkic languages – 17. 6 Seite(n)
(176 - 181)
ilmiybaza.uz
V undoshi, yuqorida aytilganidek, faqat uyg‘ur yodnomalarda bor. V
faqat so‘z o‘rtasi va oxirida o‘rxun yodnomalaridagi b o‘rnida uchraydi:
sav (nutq), sәvinch (sevinch).
S til oldi-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema bo‘lib, qalin
(velyar) va ingichka (palatal) variantlariga ega.
Z undoshi s dan faqat jarangliligi bilan farq qiladi.
T undoshi s dan faqat portlovchililigi bilan farq qiladi.
D undoshi z dan faqat portlovchililigi bilan farq qilib, so‘z o‘rtasi va
oxirida uchraydi. Bodun (xalq), od (zamon).
N undoshi d dan sonorligi bilan va nazalligi bilan farqlanadi. Demak,
bu tovush til oldi, portlovchi, sonor, nazal undosh bo‘lib, so‘z boshida
kamroq va boshqa pozitsiyalarda ko‘proq uchraydi. Neңg (narsa), ana
(ona), ben (men).
L undoshi n dan yon tovushligi va burnaki emasligi bilan farq qiladi.
(yon yoki laterial undosh deb o‘pkadan chiqqan havoning tilning bir yoki
ikki yonidan o‘tishi natijasida hosil bo‘lgan tovushga aytiladi.)
R undoshi l dan yonsizligi va qaltiroqligi bilan farq qiladi. (Qaltiroq
yoki vibrant undosh deb til uchining titrashi natijasida vujudga kelgan
tovushga aytiladi).
Qadimgi turkiy tilda til oldi –tanglay, jarangsiz undoshlardan ch
bilan sh bor.
J bilan җ esa yo‘q. ch portlovchi, sh - sirg‘aluvchi undosh: chab
(shuhrat), shad (unvon).
Y til o‘rta va til orqa variantlarga ega bo‘lgan sirg‘aluvchi sonor
fonemadir. Yablaq (yomon), ay (oy).
K (q) til o‘rta (k) va chuqur til orqa (q) variantlariga ega bo‘lgan
portlovchi, jarangsiz, undosh fonemadir. G (g‘) fonemasi k (q) dan
jarangliligi bilan farq qiladi.
ilmiybaza.uz
Qadimgi turkiy tilda g‘ (g) so‘z o‘rtasida va oxirida uchraydi: qag‘an
(xoqon), ogut (o‘git).
Q tovushi g‘ (g) dan nazalligi va sonorligi (shovqinsizligi) bilan farq
qiladi. Bu fonema ham til o‘rta va chuqur til orqa variantlariga ega bo‘lib,
so‘z o‘rtasida va oxirida uchraydi: yaңї (yangi), aң (ong).
Qadimgi turkiy tilda bo‘g‘iz undoshi h va til orqa x undoshi yo‘q.
Singarmonizm
Qadimgi turkiy tilda singarmonizm qonuni amaldagi qonuniyat
bo‘lgan. Bu davrda birinchi bo‘g‘inning qattiq va yumshoqligiga ko‘ra
so‘z yoki butun bir jumla qattiq va yumshoq talaffuz qilingan.
Singarmonizm deb so‘zdagi tovushlarning bir-biriga hamda o‘zakka
qo‘shimchalarning talaffuz jihatdan uyg‘unlashishiga aytiladi. Masalan:
kөrur, kөzum kөrmәztәg, bilir biligim bilmәz tәg boltї. Qadimgi turkiy
tilda singarmonizmning ikki qonuni mavjudligi aniq:
1) tanglay uyg‘unligi yoki palatal attraktsiya;
2) lab uygunligi yoki labial attraktsiya.
Tanglay uyg‘unligi — so‘zdagi tovushlarning bir-biriga va
qo‘shimchalarning o‘zakka qatorda va qalin-ingichkalikda moslashuvidir:
Yashїmqa (yoshimda)
әlig (elni, davlatni)
ilgәrү (oldinga)
og‘uzg‘aru (o‘g‘uzga)
bәrtimiz (bordik)
bilig (bilim)
Lab uyg‘unligi - birinchi bo‘g‘indagi unliga keyingi bo‘g‘indagi
unlining yoki o‘zakdagi unliga qo‘shimchadagi unlining lablanish
jihatdan moslashuvidir.
ishig (ishni)
kүchүg (kuchni)
inim (ukam)
kөzүm (ko‘zim)
әlimiz (davlatimiz)
sүmүz (lashkarimiz)
Demak, singarmonizm qonunida so‘zning birinchi bo‘g‘inidagi unli
fonema qanday bo‘lsa, qolgan bo‘g‘inida ham shu unli fonemaga
ilmiybaza.uz
moslashadi, ya’ni so‘zning birinchi bo‘g‘inida til orqa unlisi bo‘lsa, uning
hamma bo‘g‘inlarida ham til orqa unlisi bo‘ladi. So‘zning birinchi
bo‘g‘inida til oldi unlisi bo‘lsa, qolganlarida ham til oldi unlisi bo‘ladi.
Qadimgi turkiy tilda singarmonizm qonuniyatining ba’zan tanglay
yoki lab garmoniyasi buzilganligi ham kuzatiladi, biroq uning qattiq-
yumshoqligi
har
doim
saqlanib
qoladi.
Masalan:
…budunlїg‘
yoңshurtuqin үchүn Tүrk budun әllәdүk (T).
Yopiq bo‘g‘inli so‘zlarda lablangan unlilarning ishlatilishi doimiy
hodisa sifatida saqlanib qoldi. Lab garmoniyasi ko‘proq fe’lning shaxs-
son formalarida uchraydi. Shuningdek, egalik, so‘roq yuklamasi,
ravishdosh, sifatdosh, fe’l zamonlari qo‘shimchalarida ham ko‘rinadi.
Masalan: әzum, өzuң, ichikdim, olur va h.
Mahmud Qoshg‘ariy lablangan va lablanmagan unlilarning o‘rni
haqida fikr yuritib, bunga o‘tgan zamon fe’lining birinchi shaxs birligini
misol qilib ko‘rsatadi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, fe’lning bu formasi
turklarda bardїm, o‘g‘uzlarda esa bardum shakliga ega.
Bundan ko‘rinadiki, o‘sha davrdayoq dialektlarda singarmonizm
qonunining buzilishi boshlangan.
Singarmonizm hodisasi hozirgi bir guruh turkiy tillarda to‘la aks
etgan bo‘lsa-da, hozirgi bir guruh turkiy tillarda kuchsizroq xususiyatga
ega. Turkiy tillarda singarmonizm qonuni mavjudligini birinchi bo‘lib XI
asrdayoq M.Qoshg‘ariy tasdiqlagan. U turkiy so‘zlarning o‘zak
xarakteriga qarab qattiq o‘zakli so‘zlarga qattiq affikslar, yumshoq
o‘zakli so‘zlarga yumshoq affikslar qo‘shilishini aytib o‘tgan.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Abdurahmonov G‘. Qadimgi turkiy til. –Toshkent, 1992.
2. Rahmonov N. , Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent, 2009.
ilmiybaza.uz
3. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Qozoqboyev M. O‘zbek tilining
tarixiy grammatikasi. –Toshkent, 2008.
4. Ashirboyev S., Azimov I. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi.
Toshkent, 2002.