QADIMGI YUNONISTON SIVILIZATSIYASI (Yunon sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlari, Qadimgi yunon madaniyati)
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
40,3 KB
Ilmiybaza.uz
QADIMGI YUNONISTON SIVILIZATSIYASI
Reja:
1. Yunon sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlari.
2. Qadimgi yunon madaniyati
Ilmiybaza.uz
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Krit-miken madaniyati, axeylar, doriylar, Buyuk yunon mustamlakachiligi, klassik
davr, ellinizm, polis, Afina, Sparta, miflar, falsafa, etrusklar,
1. Yevropada ilk bor yuzaga kelgan Yunon sivilizatsiyasi tarixi uch bosqichga
bo’linadi: birinchisi - bu m.a. II ming yillikda Krit va Mikenada ilk sinfiy jamiyatlar
va davlat birlashmalarining paydo bo’lishi va halokati.
Ikkinchi bosqich - bu Krit-Miken sivilizatsiyasining halokatidan keyin antik
Yunonistonning m.a. XI asrdan m.a. IV asrning so’ngi choragigacha bo’lgan
taraqqiyot davrini o’z ichiga oladi. Qadimgi Yunon jamiyati taraqqiyotining eng
yuqori cho’qqisi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy davlat tuzilmasi bo’lgan yunon
polislarining tug’ilishi, yuksalishi va tushkunligi bosqichi bo’ldi. Bu bosqich o’z
ichiga uch davrni oladi:
1. M.a. XI-IX asrlar - Gomer yoki polis arafasi (“Qorong’i asrlar”). Bu
bosqichda Bolqon Yunonistoni hududida urug’-qabila munosabatlari hukmron
bo’ladi.
2. Arxaika davri (m.a. VIII-VI asrlar) - polis-davlatlarning shakllanishi,
buyuk Yunon kolonizatsiyasi va ilk yunon tiraniyalari davri.
3. Klassik Yunoniston (m.a. V-IV asrlar.) - qadimgi yunon polislari, ularning
iqtisodiyoti va yunon madaniyatining gullab-yashnagan davri.
M.a. IV asrning so’ngi choragida yunon-makedonlar tomonidan Ahamoniylar
Eroni davlatining bosib olinishidan yunon tarixining uchinchi so’nggi bosqichi
boshlanadi. Bu bosqich qariyb uch yuz yilni o’z ichiga olib (m.a. IV asrning so’ngi
choragi – m.a. 30-yillar), sharq va g’arb madaniyati unsurlarini o’z ichiga olgan ellin
davlatlarining tashkil topishi, ellin madaniyatining rivojlanishi davridir. M.a. 30-
yilda so’ngi ellin davlatlaridan biri Ptolomeylar Misri mustaqilligini yo’qotib Rimga
tobe bo’ladi. Shu bilan antik Yunoniston sivilizatsiyasi tarixi tugallanadi.
Endi har bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlariga qisqacha to’xtalib
o’tamiz. Kritda yuzaga kelgan bronza davri sivilizatsiyasi Minoy nomi bilan ataladi.
M.a. III va II ming yilliklar chegaralarida Kritda dastlabki, markaz-saroylari Knoss,
Ilmiybaza.uz
Fest, Malliya, Kato-Zakroda bo’lgan davlatlar yuzaga keladi. “Saroy sivilizatsiyasi”
davri taxminan m.a. 2000 yildan 1400 yilgacha davom etgan. Uning nihoyasiga
etishi, ayrim olimlarning taxminiga ko’ra, ulkan tabiat ofatlari bilan bog’liq. Ko’p
o’tmasdan vayron bo’lgan saroylar o’rnida yangilari, yanada hashamatli va
muhtasham saroylar paydo bo’ladi. “Yangi saroylar” davriga oid Knossdagi saroy
arxeologik jihatdan juda yaxshi o’rganilgan. Minoy sivilizatsiyasi m.a. XVI-XV
asrning birinchi yarmida gullab-yashnagan. Yuqorida aytib o’tilganidek, tabiiy ofat
tufayli vayron bo’lgan va ziflashgan Kritga axeylar bostirib kirgan va sivilizatsiya
markazi materikka ko’chgan.
Axey sivilizatsiyasining gullab-yashnashi XV-XIII asrlarga to’g’ri keladi. Bu
davrga saroylar Mikena, Tirinf. Pilos, Afina, Fiva va boshqa joylardan topilgan.
Axey jamiyati iqtisodiy tizimining asosini saroy xo’jaligi tashkil etgan. Erlar xususiy
va jamoa erlariga bo’lingan. Jamiyatning eng quyi qatlamini tashkil etgan qullar
asosan saroyga qarashli bo’lgan. Erkin jamoachilar muhim ijtimoiy guruhni tashkil
etgan. Davlat tepasida siyosiy va diniy funksiyalarga ega bo’lgan podsho (“vanaka”)
turgan.
XIII asr oxirida Yunonistonga shimoliy xalqlarning, shu jumladan yunon-
doriylarning kirib kelish boshlandi va XII asr oxiriga kelib axey sivilizatsiyasi yakun
topdi.
M.a. XI-IX asrlar haqida ma’lumot beruvchi asosiy manbalar “Iliada” va
“Odisseya” epik poemalaridir. Ularda axeylarning Troyaga yurishi haqida hikoya
qilinadi. Ammo bu asarlarning muallifi hisoblanadigan Gomer m.a.VIII asrda
yashaganligini hisobga olish lozim. Bu davrda Yunoniston aholisi asosan
dehqonchilik bilan shug’ullangan, chorvachilik ham rivojlangan. Hunarmandchilik,
ayniqsa metallsozlikda muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Aynan shu davrda temirdan
keng foydalanila boshlandi.
Yunoniston iqtisodida erkin dehqon etakchi shaxs bo’lgan. Doriylar istilo
qilgan hududlarda, masalan Spartada ahvol boshqacha bo’lgan, ular mahalliy axey
aholisini o’zlariga qaram qilib olgan.
Ilmiybaza.uz
Jamiyatni tashkil etishning asosiy shakli jamoaning alohida shakli bo’lgan
polis edi. Polislarning fuqarolari unga kirgan patriarxal oilalarning boshliqlari edi.
Polis-jamoa ikki funksiyani bajargan: erni va aholini himoya qilish hamda ichki
jamoaviy munosabatlarni boshqarish. Faqatgina Spartaga o’xshash qaram aholi
bo’lgan polislar sodda davlat tashkiloti xususiyatlariga ega bo’la boshladi.
Arxaika davrida antik jamiyatning asosini tashkil etgan ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy xususiyatlar shakllandi: klassik qulchilik; pul munosabatlari va bozor tizimi;
siyosiy tashkilotning asosiy shakli-polis; xalq suvereniteti konsepsiyasi va
boshqaruvning demokratik shakli. Arxaik davrda ayrim shahar-davlatlarda
boshqaruvning tiraniya shakli (m.a. VII-VI asrlar) ham mavjud bo’lgan.
Aynan shu davrda antik dunyoga to xristianlika qadar ta’sir ko’rsatgan ahloq
me’yorlari va estetik idellar ishlab chiqildi. Nihoyat bu davrda antik madaniyatning
asosiy xususiyatlari shakllandi: falsafa va fan, adabiyotning asosiy janrlari, teatr,
order me’morchiligi, sport. Arxaik davrda sodir bo’lgan “buyuk yunon
koloniyalashtirishi” ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi.
Klassik davr m.a. VI–V asr chegaralaridan to m.a. 338 yilgacha davom etgan.
Bu davr Yunonistonning eng yuksalgan, arxaik davrda shakllangan hodisalarning
gullab-yashnagan, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tashkilotning o’ziga xos shakli
bo’lgan polislarning hukmronlik davridir. Olimlarning fikricha qadimgi yunon
jamiyati, shu jumladan madaniyat va san’at taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari
aynan jamiyatni tashkil etishning polis shakli bilan bog’liqdir.
Bu davrda sodir bo’lgan yunon-fors urushlari Elladaning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi: qulchilikning keng tarqalishi, Afinaning
yuksalishi va demokratik tuzumning shakllanishi. Shu bilan birga, bu davrda Delos
dengiz ittifoqi va Peloponnes ittifoqining yuksalishi ular o’rtasidagi Peloponnes
urushining kelib chiqishiga olib keldi. Bu urush Yunoniston tarixida polis inqirozini
boshlab berdi, hokimiyat tepasiga oligarxiya kela boshladi.
M.a. IV asrga kelib fuqaro-er egalarining jamoasi sifatida vujudga kelgan
polislar savdo-pul munosabatlarining rivojlanishiga to’sqinlik qila boshladi.
Iqtisodiy va siyosiy sohalarda o’zgarishlar sodir bo’ldi, tiraniya qayta tug’ildi.
Ilmiybaza.uz
O’zaro urushlar YUnonistonni zaiflashtirdi, mamlakat xo’jaligini izdan chiqardi.
Bundan esa Makedoniya podsholigi foydalanib qoldi. Aleksandr Makedonskiy davri
klassik davrdan ellinistik davrga o’tish davri bo’ldi.
Makedonskiyning Sharqqa yurishlari va yangi bosib olingan erlarga
ellinlarning ommaviy ko’chib borishi ellinistik davrni boshlab berdi. Ellinistik
sivilizatsiyaning geografik va xronologik chegaralari olimlar tomonidan turlicha
baholanadi. Ellinizm davri uch bosqichga bo’linadi: ellinistsik davlatlarning tashkil
topishi (m.a. IV asrning oxiri-III asrning boshi), bu davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy tizimining shakllanishi va gullab-yashnashi (m.a. III – II asrning boshlari)
va iqtisodiy tushkunlik, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashishi, Rim hokimiyatiga
bo’ysunish davri (m.a. II asr-milodiy I asrning oxiri).
2.
Antik yunon madaniyati uzoq vaqt davomida rivojlanib bordi. Yunon
madaniyatining eng qadimgi tarixi “Egey” yoki “Krit-Miken” madaniyati bilan
boshlanadi. Kritda o’ziga xos chiziqli yozuv bo’lgan.
Bu davrda hashamatli me’morchilik kompozitsiyalari, podsho saroylari,
tasviriy va amaliy-dekorativ san’at namunalari yaratilgan. Shunday nodir
yodgorliklardan biri ingliz arxeologi A.Evans tomonidan Kritdan topilgan Knoss
saroyining qoldiqlaridir. Knoss saroyida ustunlardan keng foydalanilgan. Saroy
devorlariga suratlar ishlangan, pollari esa bejirim naqshlar bilan bezatilgan. “Parijlik
ayol” deb nom olgan tasvirda shaffof materiallardan to’qilgan libos kiyib olgan ayol
tasvirlangan. Monumental haykaltaroshlik belgisi bu yerda uchramaydi. Lekin
amaliy-dekorativ haykaltaroshlik va zargarlik san’ati borasida kritliklar nodir
yodgorliklar qoldirganlar.
Krit madaniyati inqirozga yuz tutgach, Egey madaniyatining markazi yunon
materigiga - Peloponnes yarim oroliga ko’chdi. Bizgacha Mikena va Tirinfdagi
baland tepaliklar ustiga m.a. XIV-XIII asrlarda qurilgan qal’alar, qo’rg’onlar etib
kelgan. Bu qo’rg’onlarning devorlari og’irligi 12 tonnagacha keladigan toshlardan
qurilgan bo’lib, devorning qalinligi 6-10 m. hatto undan ham ortiq bo’lgan. Masalan,
Tirinf qo’rg’oni devorining saqlanib qolgan qismining qalinligi -4,5 m, balandligi -
Ilmiybaza.uz
7,5 m. Mikena qo’rg’onining markaziy darvozasi “Sherlar darvozasi” deb
nomlangan. Darvoza atrofi yaxlit katta toshlardan qurilgan, tepasiga ustunlarni
ushlab turgan ikki sherning bo’rtma tasviri ishlangan. Bu ustun Mikena podsholari
qudrati va birligining ramzi bo’lgan.
Eramizdan avvalgi XII asr o’rtalarida Bolqon yarim orollarining shimolidan
janubga tomon siljiy boshlagan doriy qabilalarining Egey orollaridagi davlatlarni
bosib olishi Peloponesdagi Egey madaniyatini tugashiga sabab bo’ldi. Lekin uning
keyingi ellin madaniyatiga ta’siri kuchli bo’ldi.
Elladaliklar Egey madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o’zlashtirdilar. Ular
Krit-Miken diniy-mifologik tushunchalarini qabul qildilar. Kulolchilik, mayda
plastika san’ati an’analari Ellada san’ati taraqqiyotida davom ettirildi.
Qadimgi Yunoniston tarixining Gomer davri san’ati va madaniyatini
o’rganishda “Iliada” va “Odisseya” dostonlari qimmatli manba hisoblanadi. Mikena
yozuvlarining o’qilishi shu davrga oid ma’lumotlarning kengayishiga yordam berdi.
Gomer davrida hunarmandchilik, ayniqsa, kulolchilik va u bilan bog’liq bo’lgan
ko’zaga gul solish san’ati ravnaq topgan. Dastlabki ishlangan kulolchilik buyumlari
- ko’zalarda qadimgi yunon amaliy-dekorativ san’atining o’ziga xos xususiyatlari
namoyon bo’ladi. Bu ko’zalar yuzasiga geometrik naqshlar, o’simliklardan
ishlangan naqshlar, hayotiy voqealarni sxematik talqin etuvchi tasvirlar ishlangan
bo’lib, ularning shakli ko’rkam, naqshlar kompozitsiyasi aniq (“Dipilon ko’zalari”).
Arxaika davrida Gretsiyada ilmiy fikrlar rivojlanadi. Tibbiyot, astronomiya,
tarix, geografiya, matematika taraqqiy qildi, poeziya, adabiyot, teatr kamol topdi.
Yunonlar o’zlaridan avvalgi xalqlar, Sharq mamlakatlari - Bobil, Misrning fan va
madaniyat borasidagi yutuqlarini chuqur o’rganib, o’zlarining betakror san’at va
madaniyatlarini yaratishga muyassar bo’ldilar.
Yunon dunyoqarashi uchun politeizm va tabiatning jonliligi haqidagi
tasavvurlar xos. Arxaika davrida umumyunon xudolari panteoni shakllandi. Bunga
misol-Gesiodning “Teogoniya” poemasi. Siyosiy tarqoqlik va kohinlar tabaqasining
yo’qligi tufayli yunonlarda yagona din shakllanmadi. Ko’plab bir-biriga yaqin diniy
tizimlar vujudga keldi.
Ilmiybaza.uz
Arxaika davri–me’morchilikning shakllanish davridir. Bu shaharlarning
rivojlanishi va qurilishi bilan bog’liq. Bu davr uylari sodda va primitiv, asosiy
e’tibor mahobatli me’morchilik, birinchi navbatda ibodatxonalarga qaratilgan.
Yunon ibodatxonalari bir necha tipda bo’lib, bularning ichida eng keng tarqalgan
tipi peripter hisoblangan. Bu tipda qurilgan binoning markaziy qismi muqaddas er-
sella bo’lib, atrofi esa ustunlar bilan o’ralgan. Yunon me’morchiligining o’zga xos
xususiyati – orderlar tizimining qo’llanilishidir.
Arxaika davrida yunon monumental haykaltaroshligi kamol topa boshladi.
Persey va Gerakl qahramonligiga, xudolar va gigantlar jangiga bag’ishlangan
kompozitsiyalar shu davr haykaltaroshligi mahsulidir.
Arxaika davrining ko’zaga surat solish san’ati dastlab qora figurali vazalarda
namoyon bo’ldi. Ayniqsa qora figurali vazalar ishlash san’ati m.a. VI asrning IIIII
choragida rivojlangan. Mashhur ustalardan biri, rassom Klitiy bo’lgan. U jahonga
mashhur bo’lgan “Fransua vazasi”ni bezatgan. Keyinroq qizil figurali vazalar
ishlash keng tarqaldi. Qizil figuralarda tasvirlangan obrazlar, tasvirlar ko’zaning
tabiiy rangi - pishirilgan loy rangida (qizg’ish, qizg’ish jigarrang) qoldirib, fon,
qolgan bo’shliq esa qora lak bilan bo’yab chiqilgan. Bu uslub voqelikni real
tasvirlashda katta imkoniyatlarga ega bo’lib, m.a. VI asrning 3-choragidan IV
asrgacha davom etdi.
Arxaika davrining eng katta yutug’i yunon yozuvining paydo bo’lishidir.
Finikiya bo’g’inli tizimini o’zgartirgan holda yunonlar axborotni aks ettirishning
oddiy usulini yaratdilar.
Yevropa madaniyati uchun ulkan ahamiyatga ega bo’lgan falsafaning vujudga
kelishi ham arxaika davri bilan bog’liq. Yunon falsafasining ilk shakli -
naturfilosofiya taraqqiyoti faylasuflar Fales, Anaksimen, Anaksimandr nomlari
bilan bog’liq. Bu davrda pifagorchilar maktabi ham yuzaga keldi.
Eramizdan avvalgi V asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Gretsiya madaniy
ravnaqining oltin davri boshlandi. Yangi an’analar dastlab shaharsozlikda ko’zga
tashlandi. Bu davrda miletlik Gippodamaning shahar qurilishi borasidagi sistemasi
muhim rol o’ynadi. Shu plan asosida qurilgan Milet, Olinf shaharlarining ko’chalari
Ilmiybaza.uz
ochiq va keng prospektlardan tashkil topgan. V asrning birinchi yarmida doriy
me’morchiligining mashhur namunasi bo’lgan Olimpdagi Zevs ibodatxonasi barpo
etildi. San’atning hamma tur va janrlari rivojlanib, yuqori klassika davri
kishilarining estetik ideal haqidagi tushunchalarini mukammal badiiy obrazlarda
ko’rsatadi. Bu taraqqiyotda, so’zsiz, shu davrning yirik davlat arbobi Perikl muhim
rol o’ynadi. Yuqori klassika davrida Afina akropoli o’zining tugal ko’rinishini
egalladi. Perikl tashabbusi bilan Afinaning ichki qal’asi - Akropol qayta tiklandi. Bu
qal’a Eron-Yunon urushida vayron bo’lgan edi. M.a. V asrning uchinchi choragida
bu yerda Parfenon, katta darvozaxona - Propiley, qanotsiz g’alaba ma’budasi Nikaga
atab qurilgan Nika Apteros qad ko’tardi. Bu binolar badiiy bezakka boy bo’lgan.
Masalan, Propiley devorlari davlatning jangovor o’tmishini tasvirlovchi suratlar
bilan bezatilgan. Akropolning ochiq maydonida Afina davlatining kuch-qudratini va
ulug’ligini o’zida ifodalab, yunon tarixida birinchi bor umumellin birligini namoyish
etuvchi me’morchilik ansambli edi. Yunon klassikasi me’morchiligining beqiyos
namunasi, yuksak aql-zakovat mevasi va afinaliklar homiysi bo’lgan Afina
ma’budasiga bag’ishlangan Porfenon ibodatxonasi hisoblanadi. U m.a. 447-438
yillarda
me’morlar
Iktin
va
Kallikrat
tomonidan
qurilgan.
Parfenon
ibodatxonasining bezak va haykallari esa davrning buyuk haykaltaroshi, Periklning
yaqin safdoshi Fidiy rahbarligida bajarilgan.
Bu davrga kelib, haykaltaroshlik yuksak kamolot davriga qadam qo’ydi.
Haykaltaroshlar endilikda odam qomati va yuz tuzilishini to’g’ri tasvirlabgina
qolmasdan, o’z asarlarida murakkab harakatlarni ham ifodashga, kompozitsiya
echimining hayotiy bo’lishiga, inson ma’naviy olamining turli qirralarini yoritishga
alohida e’tibor bera boshladilar. Bu xususiyat klassika davrining buyuk
haykaltaroshlari Miron (“Diskobol”, “Afina va Marsiy”), Poliklet (“Dorifor”,
“Diadumen”), Skopos (“Menada”) ijodida sezilarli edi. Klassika davri tasviriy
san’atida ham realistik an’analarga intilish kuzatiladi. Bu davrdagi rangtasvir rivoji
Polignot va Appolodorlar nomi bilan bog’liq.
M.a. V asr dramatik san’atning gullab-yashnash davridir. Esxil, Safokl,
Evripdlar yaratgan tragediyalar, Aristofan yaratgan komediyalar o’z davrining
Ilmiybaza.uz
muhim muammolarini ochib berishga xizmat qilgan.
M.a. V asrda eng yirik
yunon tarixchilari Gerodot va Fukidid o’z asarlarini yaratdilar va tarix ilmi rivojiga
ulkan hissa qo’shdilar. Klassika davrida yunon falsafasi ham o’ziga xos tarzda
rivoj topdi. Geraklit, Empedokl, Anaksagor, Levkipp, Demokrit, Protagor, Sokrat
kabi faylasuflar bu davrda turli falsafa maktablariga asos soldilar.
Ellinizm davri me’morchiligi o’zining hashamatliligi, dabdabadorligi va katta
hajmga intilishi bilan xarakterlanadi. Me’morchilik nazariyasi rivojlanadi Uning
bosh maydoni atrofi esa turli ijtimoiy binolar bilan o’ralgan.
Ellinizm
davri
madaniyati yaxlit tusga ega emas edi, u har bir hududda mahalliy an’anaviy va yunon
madaniyatining o’zaro ta’siri natijasida shakllangan edi. Shu bilan birga ellinistik
madaniyatni umumiy xususiyatlarga ega bo’lgan yaxlit hodisa sifatida baholash
mumkin. Ellinistik madaniyatning vujudga kelishida ellin turmush tarzi va ellin
ta’limotining tarqalishi muhim omil bo’ldi.
Ellinistik shaharlar o’ziga xos qiyofaga ega edi. Masalan, Misr Ptolemeylar
podsholigining poytaxti Aleksandriya ellinistik dunyoning yirik madaniy-siyosiy
markazi, yirik port shahri edi. Bu davrda jamoat binolarining yangi tiplari paydo
bo’ldi: kutubxonalar (Aleksandriya, Pergam va b.), Museyon (Aleksandriya,
Antioxiya), spetsifik binolar- 120 metrlik Faross mayog’i va Afinadagi SHamollar
minorasi.
Ellinizm davrida sharq va yunon dunyosida to’plangan bilimlarning
solishtirilishi uning klassifikatsiyasi va yanada taraqqiy etishiga asos bo’ldi.
Matematika (Evklid, Appoloniy, Arximed), astronomiya (Kiden, Naburian,
Aristarx, Gipparx), geografiya (Erastofen, Posidoniy, Gippal, Strabon), botanika
(Feofrast), meditsina (Gerofil Xalkedonskiy, Erasistrat) kabi fanlarda ulkan yutuqlar
qo’lga kiritildi.
Adabiyotda eski janrlar-epos, tragediya, lirika, ritorika va tarixiy proza yanada
rivojlandi va yangi janrlar-filologik tadqiqotlar, lug’atlar, biografiyalar va h.k.
yuzaga keldi.
Monumental haykaltaroshlik bu davrda yanada rivoj topdi.
Ellinistik
haykaltaroshlikka
mifologik
mavzular,
mahobat,
murakkab
kompozitsiyalar xos. Masalan, Rodos kolossi-Xeres tomonidan yaratilgan
Ilmiybaza.uz
Geliosning 35 metrlik bronza haykali san’at va texnika mo’’jizasi edi. Pergamdagi
Zevs mehrobida aks ettirilgan xudolar va gigantlar kurashi sahnalari ( uzunligi 120
m.) dinamikasi, ifodaliligi va dramatizmi bilan ajralib turadi. Bu davrda Lisipp,
Skopas va Praksitel an’analarini davom ettirgan rodoss, pergam va aleksandriya
haykaltaroshlik maktablari shakllandi. Aleksandrning “Melos orolidagi Afrodita”
(“Venera Miolsskaya”), noma’lum haykaltaroshlarning “Samofrakiya orolidagi
Nika”, “Anadiomen Afroditasi”, Agesandr, Polidor va Afinodorlar tomonidan
yaratilgan “Laokoon”, “Farnez buqasi”, “O’layotgan gall”, “O’zi va xotinini
o’ldirayotgan gall” kabi asarlar ellinistik haykaltaroshlikning durdonalaridir.
Portret haykaltaroshligi va rangtasviri ham yuksak darajada taraqqiy etdi. Bu
haqida Fayum vohasi portretlari orqali xulosa chiqarish mumkin.
Ellinistik davrdagi tarixiy va falsafiy asarlarda insonning jamiyatga, o’z
davrining siyosiy va ijtimoiy muammolariga munosabati aks etgan. Bu davr
falsafasida kiniklar va skeptiklar maktabining roli o’sdi. Stoiklar va Epikur falsafasi
yangi davrning dunyoqarashining asosiy xususiyatlarini o’zida aks ettirdi.
Ellinistik davr diniy e’tiqodlarida ham yunon va sharq diniy tasavvurlarining
o’zaro ta’sirini ko’rish mumkin. Bu davrda an’anaviy yunon xudolari bilan bir
qatorda sharq xudolariga (Aarapis, Isida, Kibela) topinish ham keng tarqaldi.
Ellinistsik podsholar, qadimgi SHarq an’analaridan foydalangan holda podsholarga
topinishni keng yoyishga harakat qilardilar. Rim tomonidan ellinistik davlatlarning
zabt etilishi, Sharqiy O’rta erdengizi mamlakatlariga siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarning rimcha shaklining yoyilishi o’z navbatida aks ta’sirga ega edi-
Rimga ellinistik madaniyat, mafkura va ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar kirib kela
boshladi. Ellinistik dunyoning ko’plab xususiyatlari Rim imperiyasi tomonidan
meros qilib olindi.
6.3. Italiyada m.a. avvalgi 3—2 minginchi yillarda shaharlar mavjud bo’lgan.
Bu davrda Italiyada bir qancha qabilalar yashagan. SHulardan biri italiy qabilalari
bo’lib, ular yashagan erlarni (hozirgi Rim atrofi), Italiya deb ataganlar. Keyinchalik
butun Apenin oroli Italiya deb yuritila boshlagan. Italiya, uning tuprog’ida
maydonga kelgan Rim davlati esa jahon madaniyatining ravnaqiga katta hissa
Ilmiybaza.uz
qo’shdi. Dastlab Tibr qirg’og’idagi uncha katta bo’lmagan oligarx respublika,
so’ngra butun Italiyaning xo’jayini bo’lgan va nihoyat, butun O’rta er dengizi bo’yi
va antik dunyoni zabt etib ulkan davlatga aylangan Rimning harbiy qudrati ortib
bordi. M.a. 146 yilda Karfagenning qulashi bilan Rim butun Gretsiyani egalladi.
Ammo «Asir olingan Gretsiya o’zining madaniyatsiz g’olibini endi»
(Goratsiy). Rimliklar yunonlardan juda ko’p sivlizatsiya yutuqlarini o’zlashtirdilar.
M.a. VII asrdan to yangi eraning V asriga qadar bo’lgan o’n ikki asr mobaynida
italiyaliklar san’ati va badiiy madaniyati o’zining gullagan davrini boshidan
kechirdi. Qadimgi dunyoning yirik davlatlaridan hisoblangan Rim imperiyasi
paytida katta hajmdagi me’morlik ansambllari vujudga keldi, me’morlikning yangi
tiplari paydo bo’ldi. Italiyaliklar qadimgi Gretsiya san’ati va madaniyatiga zo’r
hurmat bilan qaradilar. Uni ijodiy o’zlashtirdilar, nazariyasini yangi ilmiy bilimlar
bilan boyitdilar. Rim haykaltaroshligi va tasviriy san’atida ellinistik ta’sir juda
kuchli bo’lganligi o’ziga xos rim san’atining taraqqiyotiga halaqit berardi.
Keyinchalik rimliklar realistik portret, tarixiy mavzudagi relef yaratish, mozaika,
amaliy san’at borasida novatorlik namunalarini ko’rsatdilar.
Rim san’atining rivojlanish davrlari:
1.
Rim respublikasigacha bo’lgan davr (m.a. 3000 y-m.a.3 asr)
2.
Rim respublikasi davri (m.a. 3 asr-m.a.1 asrgacha)
3.
Rim imperiyasi davri (m.a. 1 asr oxiri-m. 5 asr)
Qadimgi Rim san’ati Apenin yarim orollaridagi ko’pgina xalqlar, jumladan,
etrusklar, keyinroq Rim bosib olgan erlardagi boshqa xalqlar san’ati ta’sirida rivoj
topdi. Rim tarixining ilk bosqichi (m.a. VIII-VI asrlar) da etrusklar – «dengiz
xalqlari» muhim o’rin tutgan. Etrusk san’ati o’ziga xos bo’lib, unda Kichik Osiyo,
keyinchalik Gretsiyaning ta’siri sezilib turadi. Etrusk san’atida realizmga intilish
kuchli, buni etrusk zodagonlarining dahmalaridagi tasvirlarda ko’rish mumkin.
Ularda xo’jalik hayotidan sahnalar tasvirlangan. Realistik an’analar portretlarda ham
ko’rinib turadi: vafot etganlarning niqoblari yoki inson boshi shaklidagi dafn
idishlari, ayniqsa terrakota qabrtoshlarida. Etrusk haykaltaroshligi rim portret
janriga katta ta’sir ko’rsatgan.