QADRIYATLAR (tabiiy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, falsafiy qadriyatlar, badiiy qadriyatlar)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
19,5 KB
QADRIYATLAR
Qadriyatlar — inson uchun ahamiyatli bo‘lgan millat manfaatlari yo‘lida
xizmat qiladigan erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, haqiqat, ma'rifat, go‘zallik,
yaxshilik, halollik, burchga sodiqlik singari fazilatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Qadriyatlar o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi, ya'ni:
— tabiiy qadriyatlar (yashash uchun zarur bulgan tabiiy shart-sharoitlar);
— iqtisodiy qadriyatlar (ishlab chiqarish kuchlari va vositalari);
— ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar (erkinlik, tenglik, adolat, tinchlik, hamkorlik);
— ilmiy qadriyatlar (bilimlar, tajribalar, yutuqlar);
—falsafiy qadriyatlar (oyalar, mafkuralar, konsepsiyalar);
— badiiy qadriyatlar (san'at, adabiyot, madaniyat);
diniy qadriyatlar (iymon, e'tiqod, vijdon. Savob)
Shu bilan birga, qadriyatlarning milliy va umuminsoniy turlarga ajratilishi an'ana
tusiga kirgan. Milliy qadriyatlar ma'lum bir millat, xalq va elatlarning o‘z tarixiy
taraqqiyotida yaratadigan barcha moddiy va madaniy (ma'naviy) boyliklari
yig‘indisidan iboratdir.
An'ana- (lotincha trado-uzatish) bu o‘ziga xos ijtimoiy hodisa bo‘lib,
kishilarning ongida, hayotida o‘z o‘rnini topgan, avloddan-avlodga o‘tadigan,
takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki ma'lum guruh
tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalardir.
Odat (urf-odat) — kishilarning turmushiga singib ketgan, ma'lum muddatda
takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor
qoidalari. Masalan:
— kichiklarning kattalarga salom berishi;
— katta turar joy,yashash,uy-hovlini tartibga keltirib qo‘yish;
— mehmonlarga alohida hurmatda bo‘lish;
— bayram arafasida kasal, ojiz, qiynalganlardan habar olish;
— yordam lozim bo‘lganlarnikiga hasharga borish, kabilar o‘zbek xalqining
yaxshi odatlari hisoblangan.
Marosim — an'ana va urf-odatning tarkibiy qismi bo‘lib, inson hayotidagi
muhim voqyealarni nishonlashga qaratilgan rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik,
tantanavor vaziyatda o‘tadigan o‘zining umumiy qabul qilingan ramziy
harakatlariga ega bo‘lgan hayotiy tadbir. Masalan:
- ism qo‘yish marosimi: -nikohdan o‘tish marosimi; -xotirlash marosimi;
- urug‘ qadash marosimi; - o‘rimga kirish marosimi va boshqalar.
Milliy qadriyatlar asosida shaxs dunyoqarishining shakllanishi. “Qadriyat”
tushunchasining ilmiy iste'molga olib kirilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan , ammo uning
negizi, insonning ijtimoiy faoliyati ekanligi mudom e'tirof etilgan. Antik davr
mutaffakkirlarida “qadriyat” , “qadr”, “qadrlash” tushunchalarini ijtimoiy borliq,
inson faoliyatining baxosi, baxolanishi boshqalar tomonidan ma'lum bir normalar
asosida qadrlanishi tarzida tushunganlar. Masalan Aristotelning fikriga ko‘ra,
qadriyat hodisalarga baxo, munosabat, yaxshilik va yovuzlik tushunchalarida talqin
qilinadi.
Falsafa qomusiy lug‘atida “Qadriyat – voqyelikdagi muayyan hodisalarning
umumiesoniy, ijtimoiy – ahloqiy, ma'naviy – madaniy ahamiyatini ko‘rsatish uchun
qo‘llanadigan falsafiy tushuncha.
Qadriyatlar ichida eng birinchisi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki
hayotdan mahrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa
chiqaradi.
Qadriyatlarning mazmuni jamiyaning moddiy ne'matlar ishlab chiqarish
jarayonlari bilan boliqdir. U keng ma'noda madaniyat dunyosidir, bu esa inson
ma'naviy hayotining hamma faoliyatining qimmatini belgilovchi baxodir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, qadriyatlarni o‘z mohiyati va amal
qilish doirasiga qarab bir necha shakllarga bo‘lish mumkin:
1.Moddiy qadriyatlar-mehnat va mehnat qurollari, moddiy nematlar.
2.Manaviy qadriyatlar-manaviyat, madaniyat ilmiy falsafa, axloqiy-estetik
qarashlar, diniy, tarixiy, badiiy, dunyoviy qimmatli nomoddiy boyliklar.
3.Tabiiy qadriyatlar-insonni o‘rab turgan va insoniyat yashashi uchun zarur
bo‘lgan tabiiy boyliklar, o‘simliklar, hayvonot olami, yer osti va yer usti boyliklari,
tuproq, suv, havo kabilar.
4.Iqtisodiy qadriyatlar-texnika va texnalogiya, shuningdek, mehnat bozori
munosabatlari va hokazo.
5.Ijtimoiy–siyosiy qadriyatlar-davlatchilik, demokratiya. adolat, tinchlik,
mustaqillik.
Milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlardan muayyan millat yoki elatning
manfaatlar yig‘indisini tashkil etishi bilan farqlanadi. Bir millat qadriyatlari boshqa
millat tomonidan qabul qilinmasligi mumkin Shunga qaramay, har bir millat boshka
millat uchun qimmatli bo‘lgan qadriatlarni hurmat qilmoi manaviyatdir. Zero,
manaviyatning asasiy o‘zagi – milliy, umuminsoniy va shaxsiy qadriyatlardir. Milliy
qadriyatlarga to‘xtalganda, alohida shaxslar yaratgan qadriyatlarni etirof etish lozim.
Alohida shaxslarning qadriyatlari ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar
darajasiga ko‘tarila olishini xalqimiz tarixidan ko‘plab misollar keltirib isbotlash
mumkin . Masalan, Faroniyning “Astronomiya negizlari”, Ibn Sinoning “Tib
qonunlari”, Xorazmiyning “Algorit”i, Beruniyning “Meneralogiya”si, Forobiyning
“Fozil odamlar shahri” asari, Buxoriy, Termiziy, Naqshbandiy, Kubroviy, Yassaviy
kabilarning manaviy meroslarini keltirish mumkin.
Milliy madaniyat va qadriyatlarning mazmunini bilish, ularga etiqod qilish , yosh
avlod ongiga insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiradi. Vatan
baxt-saodati va milliy istiqlolimiz yo‘lida fidokorona mehnat qilishga, komil inson
bo‘lib voyaga yetishga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, milliy qadriyatlar bir millat azolari ming yillar davomida
yaratgan moddiy va manaviy madaniyat boyliklari, milliy til, milliy adabiyot, uning
psixik ifodasi, xarakteri, ijtimoiy-siyosiy qarashlari, Sharqona ahloqiy prinsiplari,
urf-odatlari, ananalari kabilardir.
Umuminsoniy qadriyatlar esa jamiyat taraqqiyoti dvvomida takomillashib borib,
kishilarga hayotning mazmunini chuqurroq tushinish, o‘zlarining xatti-harakatlarini
manaviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi. Umuminsoniy qadriyat-
jamiyat va odamzod nasli uchun eng qadrli va umumijtimoiy ahamiyatga ega
bo‘lgan narsalar,hodisalar, sifat, faoliyat va boshqalarning ismi yoki nomini emas,
balki ularning ijtimoiy qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan aksiologik
tushunchadir. Yoshlarimiz ongiga singdirilayotgan milliy istiqlol g‘oyasi manaviy
meros asosidagi umuminsoniy qadriyatga tayanadi. Umuminsoniy qadriyatlarqlar
alohida xalqlarning, millatlarninggina emas, balki bashariyatning mulkidir. Shu
bois, manaviy meros, tarixiy tajriba, anana va urf-odatlar-barkamol avlod
O‘zbekistonida qadriyatlar darajasiga yetishishi tarbiya institutlarining o‘rni
beqiyosdir. Zero, millat o‘z qadriyatini boshqa millat qadriyatlaridan ayri holda
yarata olmaydi. Milliy o‘zlikni anglashda milliy g‘oya, mafkura va millatga xos
bo‘lgan yangilanish jarayonlari jadal ruvojlanmog‘i lozim.
Yosh avlodga talim-tarbiya, bilim berish, uni ijtimoiy hayot va faoliyatga
tayyorlashning asosiy mezonlaridan biridir. Talim - tarbiya orqali yoshlarning milliy
qadriyatlar sirasiga kiruvchi ahloqiy fazilatlari shakllanadi, jamiyatdagi g‘oyaviy,
mafkuraviy jarayonlarga nisbatan munosabati o‘zgaradi va barkamol shaxs bo‘lib
yetishishida imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Shaxsning ijtimoiy mavqyeini aniqlashda,
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tizimini isloh qilish, ijtimoiy tartib va barqarorlikni
qo‘llab-quvvtlash, ishtimoiy nazoratni amalga oshirishda talim-tarbiya jarayoni
muhim ahamiyat kasb yetadi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov oila qadriyatlari yoshlarning barkamol
insonlar bo‘lib shakllanishiga alohida ahamiyatga egaligi, xalqimiz mustabidlik
davrida ham o‘z qiyofasini unutmagani, insoniylik o‘zbek xalqi qadriyatini asosi
ekanligini takidlaydi. Har qaysi mamlakat, eng avvalo, o‘zining yuksak madaniyati
va manaviyati bilan qudratlidir. Mustaqilligimizning boshidayoq yurtimizda
maniviy merosga asoslangan qadriyatlarni tiklash, manaviy va marifat ishlariga
alohida ahamiyat bergani muximdir.
O‘zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarga xurmat, azaliy milliy yondashuv
sanaladi. Xalqimizga xos bo‘lgan mehmondo‘stlik, birodarlik, do‘stlik, sadoqat,
halimlik umuminsoniy hamjihatlikning asosini tashkil yetadi. Umuminsoniy
manfaatlarga milliy tiklanish g‘oyasining uyg‘unlashuvi istiqlolga erishgan
vatanimiz tashqi va ichki siyosatining o‘zagini tashkil etadi. Milliy o‘zlikka egalik,
ozodlik, hurriyatni qo‘ldan bermaslik, uni oliy qadriyat deb bilish milliy
mentalitetimizning
negizidir.
Shu bois, yoshlarni ezgulikka yo‘g‘rilgan qadriyatlar asosida tarbiyalash,
ularga vatanparvarlik g‘oyalarini singdirish muhimdir. Vatanparvarlik, eng avvalo,
davlatimiz ramzlari bayroq, madhiya. gerbimizda o‘z ifodasini topgan. Til orqali esa
yurtimizni ululaymiz, yoshlarimizni uning qadriga yetishga chaqiramiz. Ramzlarda
xalqimizning orzu-umidlari, hayot yo‘li, urf-odatlari, tabiatga bo‘lgan munosabati,
qadriyatlariga sodiqligi, mehr-muhabbati kabilar o‘z aksini topgan. Vatan ona
allasiga yo‘rilgan beshikdan boshlanib, ota-onani tanlab bo‘lmaganidek, Vatan ham
tanlanmaydi. U Vatanni sevish, ardoqlash, taraqqiy yetishiga hissasini qo‘shish
imkoniyatiga ega. Shu orqali u hayotda ham o‘ziga, ham oilasiga baxt bera oladi.
Xalqimizda ota-ona qanchalik ulug‘lanib, ardoqlansa, tug‘ulib o‘sgan Vatan
shunchalik qadrlidir. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat o‘zbek mentalitetiga xos
xususiyatdir. Shuning uchun ham yoshlar ongiga milligimizga xos bo‘lgan or-
nomus, milliy g‘urur, mehribonlik, vijdonlilik, sadoqat, mehmondo‘stlik, ahillik,
ota-bobolardan faxrlanish, nasl-nasabini ulug‘lash kabilar yoshlarni vatanparvar
bo‘lishga undaydi.
“O‘zbekiston tanlagan yo‘l-umuminsoniy va umume'tirof etilgan demokratik
qadriyatlarga erishishga qaratilgan, ko‘p asrlik madaniyatimizning eng sara
yutuqlari, milliy an'analarimiz” ajdodlarimiz diniga bo‘lgan sadoqatimiz bilan
uyug‘nlashib ketgan yo‘l-biz uchun o‘zgarmasdir. Yoshlar tarbiyasida barqaror
qadriyatlarning
ahamiyati
katta.
Yoshlarimiz orasida ba'zida loqayd, ijtimoiy-taraqqiyotning o‘ziga xos
tomonlaridan bexabar, xudbin, mustaqil fikrdan yiroqlari ham uchrab turadiki,
aynan shular orasidan ommaviy madaniyatga berilib, o‘zligini unitayotganlar,
giyohvandlar, ichkilikka berilganlar chiqayotgani achinarli holdir. Albatta,
yoshlarning bunday yo‘llarga kirib ketishi jamiyatimiz va ijtimoiy taraqqiyotimiz
uchun katta xavfdir. Chunki yoshlar jamiyatimizning tayanchi ekan, nafaqat
ularning jismonan sog‘lomligi, balki ruhan ma'naviy sog‘lomligi ham katta
ahamiyatga egadir. Qadriyatlarni teran anglagan yoshlar ota-onalari yaratib bergan
imkoniyatlar va sharoitlardan foydalanibgina qolmay, o‘zlari ham kelajaklari uchun
harakat qiladilar. Bu borada mukammal bilim olib, uni hayotga tadbiq eta bilish katta
ahamiyatga egadir.
Qadriyatlar uyg‘unligi insonning komil inson darajasiga yetish uchun
intilishida, erkin yashashida, farovon hayot kechirishida alohida vosita hisoblanadi.
Qadriyatlarni asrab-avaylash, rivojlantirish ijtimoiy taraqqiyot uchun muhimdir.
Demak, hayot tarzini o‘zgartirish uchun tafakkurni o‘zgartirish kerak. Yoshlar o‘z
fikrlash tarziga ega bo‘la borgan sari o‘zligini, ma'naviy merosimizning ahamiyatini
anglay boshlaydilar. Shuning uchun avvalo yoshlarda fikrlash qobiliyatini
shakllantirishga alohida e'tibor berish kerak. Donolik insonni shahardagi o‘nta
hukmdordan qudratliroq qiladi. Inson yaxlit bir menga yetishi kerak.O‘zlikni tanish
degani ana shu. Nafsni yo‘lga solgandan keyin ahloqiy me'yorning qadri oshadi.
Shunday qilib, istiqlol davrida erishilgan eng katta ijtimoiy taraqqiyotdagi yutiq bu
milliy o‘zlikni anglash davri bo‘ldi. Ajdodlarimizga xos mehnatsevarlik,
adolatparvarlik, halollik, insonparvarlik milliy istiqlol g‘oyasi yoshlarga
yetkazilmoqda va shakllantirilmoqda. Mustaqillikni asrash va uni taraqqiy ettirish
e'tiqodli, elim deb, yurtim deb yashash, har bir insonning yuragidan joy olmoqda.
Milliy o‘zlikni anglashda yangi qadriyatlarning o‘rni muhimdir. Ularni xalqimiz
o‘zining
ehtiyojlariga
muvofiq
umuminsoniy
qadriyatlar
bilan
uyg‘unlashtirilmoqda. Qaysidir xalq uchun qadriyatli bo‘lgan voqyea, jarayon, narsa
predmet boshqa millat uchun ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Ma'naviy madaniyati
yuksak o‘zbek xalqining qadriyatlari ham ajdodlari merosi kabi yuksakdir.
Qadriyatlarni xalqning ijtimoiy ongidan, ma'naviyati va madaniyatidan, hech
qachon siqib chiqarish mumkin emas. O‘zbekiston jamiyatining ma'naviy
yangilanishi jarayonida xalqimiz ongida yuksalish ro‘y berdi. Zero, mustaqillikning
ma'naviy asoslarini mustahkamlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi
muhim ahamiyatga ega.