QAYTA TARASH JARAYONI. MAHSULOTNI QAYTA TARASHGA TAYYORLASH.
Yuklangan vaqt
2025-02-02
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
1,3 MB
QAYTA TARASH JARAYONI. MAHSULOTNI QAYTA TARASHGA
TAYYORLASH.
Reja
1. Qayta tarash jarayonining maqsadi va mohiyati
2. Qayta tarash sistemasining xom ashyosi
3. Mahsulotni qayta tarashga tayyorlash usullari
4. Xolstcha shakllantiruvchi mashinalar
5. Piltabirlashtiruvchi mashina unumdorligi
Tarash mashinasi piltasida turli uzunlikdagi, ajratilmagan tolalar, tugunaklar,
tolali chigit po‘sti va iflosliklar sezilarli miqdorda (1 g taramda 1-1,5 % gacha)
mavjud bo‘ladi. Xatto birinchi nav paxta tolalarini ishlatganda ham 1 g taram
tarkibida 100-180 nuqsonlar saqlanib qoladi. Bularni bartaraf etish maqsadida qayta
tarash sistemasi qo‘llaniladi. Bu sistemada olingan ip pishiqligi, ravonligi, silliqligi,
elastikligi, jilvalanishi va tozaligi bilan ajralib turadi.
Qayta tarash jarayoning maqsadi tarash piltasidan yaxshi tozalangan,
uzunligi bo‘yicha ravon, tolalari to‘laligicha ajratilgan va tekislangan, bir - biriga
parlell joylashgan qayta taralgan pilta olishdan iborat.
Qayta tarash jarayonining mohiyati esa qisilgan xolatdagi tolalar tutamini
bir necha taroqlar yordamida dastlab old uchlarini, so‘ngra orqa uchlarini tarab,
ignalar yordamida alohida-alohida tolalarga to‘la ajratib, ularni paralell joylashtirib
tekislashdan, kalta tolalar va nuqsonlarni tamomila tarab tashlashdan iboratdir.
Qayta tarash sistemasining xom ashyosi
Qayta tarash iplarini tayyorlash uchun, odatda 1a; 1b; 1; 2; 3 tiplarga mansub
tolalar ishlatiladi. Qayta tarash iplarining tannarhini kamayatirish maqsadida, ularni
tayyorlashda 4-5 tip o‘rta tolali paxtani ishlatish tajribasi ham qo‘llanilmoqda.
Bulardan tashqari kimyoviy shtapel va paxta tolalari aralashmasidan qayta tarash
iplari tayyorlash ham keng tarqalgan bo‘lib, bu katta iqtisodiy samara beradi.
Kimyoviy shtapel tolalarni paxta bilan aralashtirish piltalash mashinasida amalga
oshirilganda komponentlar doimiyligi saqlanib, yuqori sifatli qayta tarash iplari
olinadi.
Mahsulotni qayta tarashga tayyorlash usullari
Tarash piltasi tarkibidagi tolalarning tekislanish darajasi past (=0,5-0,6)
bo‘lib, u kerakligicha yo‘naltirilmaganligi tufayli uni qayta tarashda to‘g‘ridan
to‘g‘ri ishlatilsa kalta tolalar bilan birgalikda uzun tolalar ham tarandi tarkibiga o‘tib
ketadi. Shuning uchun mahsulot qayta tarashga tayyorlanadi.
Mahsulotni qayta tarashga tayyorlashning maqsadi qayta tarash
jarayonini bir maromda o‘tishini ta’minlashga xizmat qiluvchi bir tekis tuzilishdagi
tolali mahsulot (xolstcha) tayyorlash va taralgan piltadan qayta taralgan piltasi
xamda ip chiqish miqdorini oshirishdan iboratdir.
Mahsulotni qayta tarashga tayyorlashni mohiyati esa cho‘zish asbobi
orqali mahsulotni cho‘zish natijasida tolalarni uchlarini tekislash, paralellashtirish,
mahsulotni qo‘shish orqali ko‘ndalang va bo‘ylamasiga tuzilishi bir xil bo‘lgan,
g‘altakga o‘ralgan xolstcha tayyorlashdan iborat.
Mahsulotning qayta tarashga tayyorlashning uch va ikki bosqichli usullari
mavjud:
1. Uch bosqichli usul:
- taralgan piltadan piltalash mashinasida piltalangan pilta olinadi;
- olingan mahsulotdan piltabirlashtiruvchi mashinada xolstcha tayyorlanadi;
- xolstcha xolst cho‘zish mashinasida cho‘zilib, tolalari to‘g‘rilangan bir tekis
xolstchalarga aylantiriladi.
2. Ikki bosqichli usul:
- taralgan piltadan piltalash mashinasida piltalangan pilta olinadi;
- 16, 24, 32, 48 ba’zan 60 tagacha piltalangan piltalar piltabirlashtiruvchi
mashinasidan o‘tkazilib, xolstcha shakllantiriladi.
Mahsulot qayta tarashga qanchalik sifatli tayyorlansa, qayta tarash jarayoni
shunchalik yaxshi o‘tadi, tarandi kam chiqadi, qayta taralgan piltaning miqdori
ortadi. Qayta tarashga tayyorlangan mahsulot - xolstchani tashkil etuvchi tolalarni
tekislanish darajasi =0,86 gacha etadi.
Xolst shaklantiruvchi mashinalar
Xolst shakllantiruvchi mashinaning asosiy ishchi qismlari: ta’minlovchi
qurilma, cho‘zish asbobi, yassilovchi val, o‘rash mexanizmi va tayyor xolstchani
avtomatik ajratuvchi moslamalardan iborat.
«Tekstima» firmasining 1576 modelidagi piltabirlashtiruvchi mashinada
og‘irligi 24-27 kg bo‘lgan xolstchalar soatiga 300-350 kg unumdorlikda
tayyorlanadi. Mashina 24 ta piltani qo‘shib, chiziqli zichligi 60-80 kteks bo‘lgan
eni 265 mm, diametri 380 mm xolstchalar tayyorlashga mo‘ljalangan.
Ta’minlovchi stol atrofiga diametri 500 mm va undan katta bo‘lgan balandligi
1000 mm li tazlarda joylashtiriladi. Tazlardagi piltalar tortib uzatuvchi silindr va
valiklar juftligi yordamida xarakatlantirilib stolchaga yo‘naltiriladi.
Stolchaning sirti sayqallanib (xromlangan) silliqlangan bo‘lib yashirin
cho‘zilishni oldini oladi. Stolchada harakatlanayotgan alohida-alohida piltalar
yassilovchi vallarga uzatiladi va piltalar tekislanib (dazmollanib), zichlab o‘rovchi
mexanizmga uzatiladi. Ushbu mexanizmda piltalardan xolstcha shakllantiriladi.
Angliyaning Lap-Forms xolst shaklantiruvchi mashinasida 48 piltalash
piltasi, Amerikaning Super Lap xolstcha shaklantiruvchi mashinasida 60 ta piltalash
piltasidan (3 guruhga bo‘lingan 16-20 ta pilta) xolstcha tayyorlash usuli mavjud.
Dunyo to‘qimachilik korxonalarida Marsoli (Italiya), Xova, Tayota
(Yaponiya), Uayting (AQSh), Tryuchler (Germaniya), Riter (Shveysariya)
firmalarining piltabirlashtiruvchi mashinalari xolstcha shakllantirishda samarali
ishlatilmoqda.
Rieter firmasining UNIlap E32, OMEGAlap E35 pilta birlashtiruvchi
mashinalari ham xuddi shunaqa tuzilgan. UNIlap E32 pilta birlashtiruvchi mashina
E72 va E76 qayta tarash mashinalariga, OMEGAlap E35 mashinasi esa E80 qayta
tarash mashinasiga xolstcha tayyorlashga mo‘ljalangan.
3.3-rasm UNIlap E32 mashinasining texnologik sxemasi
Mashina quyidagicha ishlaydi. Tazdagi pilta 1 nazorati datchikli
yunalturuvchi 2 orqali o'tadi va "3 x 3" cho’zish asbobi 3 ga yo'naltiriladi. Riete
furmasi mutahasisslarining ta'kidlashicha, faqat ikki zonali cho’zish qurilmasi
dastlabki va asosiy cho’zish zonalari o'rtasidagi cho’zish miqdorini to'g'ri o'rnatish
imkonini beradi. Tola uzunligi oshishi bilan dastlabki cho’zishni kamaytirish va
asosiy cho’zishni oshirish tavsiya etiladi. Mashinada bitta xolstcha shakllantir
mexanizmida ishlaydigan ikkita kallagi mavjud. Har bir kallag 14 tagacha piltani
qayta ishlaydi. Har bir kallagning cho’zish asbobida cho’zilgan pilta chiqib, yupqa
qatlam 4 ni hosil qiladi. Orqa kallag qatlami 5 valik orqali stol 6 ga o’zatiladi,
so'ngra valik 7 yordamida oldingi kallag qatlam bilan qo’shiladi. Mashinaga texnik
xizmat ko'rsatish qulay, bu ergonomik dizayn va operatorning mashinaning
istalgan joyiga oson kirishi bilan ta'minlanadi. Ishlash parametrlarini boshqaruv
panelidan o'rnatiladi.
Ikki yupqa qatlamdan tashkil topgan xolstchani shakillantiruvchi yassilovchi
moslamasiga beriladi, u erda qatlam yassilovchi vallar 8 da zichlanadi. Zichlangan
xolstchani yumalatib o’rosh qurilmasiga kiradi, unda ikkita yumalatuvchi barabani
bo’lib (yuqori 9 riflyali qilingan va pastki 10 silliq) g'altak 11 ning ustiga o'raladi.
Xolstcha shakllantirish mashinalarining eski konstruksiyasidan farqli o'laroq,
zichlash va o’rash moslamalari o'rtasida hech qanday latok yo'q, bu orqali o'tish
vaqtida xolstcha sifati yomonlashmaydi. Buning o'rniga, oxirgi yassilovchi val
xolstchani to'g'ridan-to'g'ri yuqori barabanga o’zatadi.
Mashina xolstchani o'rashda g’altak ustidagi bosimni avtomatik boshqarish
tizimi bilan jihozlangan, bu uning bir xil tuzilishini (strukturani) ta'minlaydi.
Oldindan belgilangan uzunlikdagi xolstcha g'altakga o'ralganidan so'ng, uzish
mexanizmi ishga tushadi, mashina to'xtaydi, qisish disklari 12 ko'tariladi va bir-
biridan uzoqlashadi, o'ralgan xolstcha 13 chiqish latogi 14 chiqadi. Keyinchalik,
qisish disklari tushiriladi, ular orasiga avtomatik ravishda bo'sh g'altak o'rnatiladi
va yangi xolstchani o'rash boshlanadi. Bo'sh g'altaklar zahira moslamasi 15 ga
joylashtiriladi. Unilap E 32 mashinasi VARIOspeed tizimi bilan jihozlangan bo'lib,
u xolstchani o’rash jarayonida yumalatib o’rash barabanlarni tezligini o'zgartiradi,
bu unumdorlikni oshishiga ham, xolstcha sifatini yaxshilanishiga ham imkonini
beradi. (3.3-rasm).
Xolstcha shakllantirish mashinalarida chiqarish tezligi (yumalatib o’rash
barabanlarni tezligi) tolaning uzunligiga qarab tanlanishi kerak. Rieter firmasi
mutaxasisslari tomonidan chiqarish tezligini tanlash uchun quyidagi tavsiyalarni
ishlab chiqan:
− tola uzunligi 28 mm va undan kam bo’lganda - 90 m/min;
− tola uzunligi 32 – 34 mm bo’lganda – 100 m/min bilan;
- tola uzunligi 36 - 38 mm bo’lganda - 110 m/min;
− tola uzunligi 40 mm bo’lganda - 115 m/min;
− tola uzunligi 42 mm va undan uzun bo’lganda - 120 m/min.
UNIlap E32 mashinasida xolstcha ikkita yumalatuvchi barabanlar sirtida
o‘raladi (3.19-rasm). TCL 1 mashinasida ham xolstchaning o‘ralishi xuddi
shuningdek amalga oshiriladi.
a
b
3.19-rasm. UNIlap E32 va TCL 1 mashinalarida xolstcha shakllanishi
O‘ram diametri kattalashgan sari g‘altakning aylanishlar chastotasi kamayib
boradi. Bu salbiy xodisa, chunki o‘rash tezligi o‘zgarishi bilan tolalarning qatlamda
joylashishi ham o‘zgaradi. Buning asosiy sababi dinamik ta’sirlar bo‘lib,
yumalatuvchi barabanlar sirtidagi riflya o‘yiqlarida tolalar bosim ostida egilib, riflya
qirralari ta’sirida ishqalanib sidiriladi. Natijada xolstchaning strukturasi buzulib,
sifati pasayishi ma’lum bo‘lgan. Buni yo‘qotish maqsadida UNIlap E32 mashinasida
VARIOspeed rostlagichi ishlatiladi. Uning vazifasi xolstcha o‘rami diametrining
oshishiga mos holda g‘altakning aylanishlar chastotasini pasaytirishdir.
Unilap, LW 3, TCL 1 xolst shakllantiruvchi mashinalarning ishlash prinsipi
Textima firmasining mashinalari bilan o‘xshash. Bu mashinalarda xolst
shakllantirish prinsipi 84-rasm, a da keltirilgan.
a
b
84-rasm. Xolstcha shakllantirishning turli usullari