QAYTA TARASH JARAYONI. MAHSULOTNI QAYTA TARASHGA TAYYORLASH.

Yuklangan vaqt

2025-02-02

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

228,8 KB


 
 
 
 
 
 
QAYTA TARASH JARAYONI. MAHSULOTNI QAYTA TARASHGA 
TAYYORLASH.  
 
Reja 
1. Qayta tarash jarayonining maqsadi va mohiyati  
2. Qayta tarash sistemasining xom ashyosi 
3. Mahsulotni qayta tarashga tayyorlash usullari  
4. Xolstcha shakllantiruvchi mashinalar  
5. Piltabirlashtiruvchi mashina unumdorligi 
 
 
Tarash mashinasi piltasida turli uzunlikdagi, ajratilmagan tolalar, tugunaklar, 
tolali chigit po‘sti va iflosliklar sezilarli miqdorda (1 g taramda 1-1,5 % gacha) 
mavjud bo‘ladi. Xatto birinchi nav paxta tolalarini ishlatganda ham 1 g taram 
tarkibida 100-180 nuqsonlar saqlanib qoladi. Bularni bartaraf etish maqsadida qayta 
tarash sistemasi qo‘llaniladi. Bu sistemada olingan ip pishiqligi, ravonligi, silliqligi, 
elastikligi, jilvalanishi va tozaligi bilan ajralib turadi.  
Qayta tarash jarayoning maqsadi tarash piltasidan yaxshi tozalangan, 
uzunligi bo‘yicha ravon, tolalari to‘laligicha ajratilgan va tekislangan, bir - biriga 
parlell joylashgan qayta taralgan pilta olishdan iborat.  
Qayta tarash jarayonining mohiyati esa qisilgan xolatdagi tolalar tutamini 
bir necha taroqlar yordamida dastlab old uchlarini, so‘ngra orqa uchlarini tarab, 
ignalar yordamida alohida-alohida tolalarga to‘la ajratib, ularni paralell joylashtirib 
tekislashdan, kalta tolalar va nuqsonlarni tamomila tarab tashlashdan iboratdir. 
 
Qayta tarash sistemasining xom ashyosi 
QAYTA TARASH JARAYONI. MAHSULOTNI QAYTA TARASHGA TAYYORLASH. Reja 1. Qayta tarash jarayonining maqsadi va mohiyati 2. Qayta tarash sistemasining xom ashyosi 3. Mahsulotni qayta tarashga tayyorlash usullari 4. Xolstcha shakllantiruvchi mashinalar 5. Piltabirlashtiruvchi mashina unumdorligi Tarash mashinasi piltasida turli uzunlikdagi, ajratilmagan tolalar, tugunaklar, tolali chigit po‘sti va iflosliklar sezilarli miqdorda (1 g taramda 1-1,5 % gacha) mavjud bo‘ladi. Xatto birinchi nav paxta tolalarini ishlatganda ham 1 g taram tarkibida 100-180 nuqsonlar saqlanib qoladi. Bularni bartaraf etish maqsadida qayta tarash sistemasi qo‘llaniladi. Bu sistemada olingan ip pishiqligi, ravonligi, silliqligi, elastikligi, jilvalanishi va tozaligi bilan ajralib turadi. Qayta tarash jarayoning maqsadi tarash piltasidan yaxshi tozalangan, uzunligi bo‘yicha ravon, tolalari to‘laligicha ajratilgan va tekislangan, bir - biriga parlell joylashgan qayta taralgan pilta olishdan iborat. Qayta tarash jarayonining mohiyati esa qisilgan xolatdagi tolalar tutamini bir necha taroqlar yordamida dastlab old uchlarini, so‘ngra orqa uchlarini tarab, ignalar yordamida alohida-alohida tolalarga to‘la ajratib, ularni paralell joylashtirib tekislashdan, kalta tolalar va nuqsonlarni tamomila tarab tashlashdan iboratdir. Qayta tarash sistemasining xom ashyosi
 
 
Qayta tarash iplarini tayyorlash uchun, odatda 1a; 1b; 1; 2; 3 tiplarga mansub 
tolalar ishlatiladi. Qayta tarash iplarining tannarhini kamayatirish maqsadida, ularni 
tayyorlashda 4-5 tip o‘rta tolali paxtani ishlatish tajribasi ham qo‘llanilmoqda. 
Bulardan tashqari kimyoviy shtapel va paxta tolalari aralashmasidan qayta tarash 
iplari tayyorlash ham keng tarqalgan bo‘lib, bu katta iqtisodiy samara beradi. 
Kimyoviy shtapel tolalarni paxta bilan aralashtirish piltalash mashinasida amalga 
oshirilganda komponentlar doimiyligi saqlanib, yuqori sifatli qayta tarash iplari 
olinadi.  
 
 
Mahsulotni qayta tarashga tayyorlash usullari 
  
Tarash piltasi tarkibidagi tolalarning tekislanish darajasi past (=0,5-0,6) 
bo‘lib, u kerakligicha yo‘naltirilmaganligi tufayli uni qayta tarashda to‘g‘ridan 
to‘g‘ri ishlatilsa kalta tolalar bilan birgalikda uzun tolalar ham tarandi tarkibiga o‘tib 
ketadi. Shuning uchun mahsulot qayta tarashga tayyorlanadi.  
Mahsulotni qayta tarashga tayyorlashning maqsadi qayta tarash jarayonini bir 
maromda o‘tishini ta’minlashga xizmat qiluvchi bir tekis tuzilishdagi tolali mahsulot 
(xolstcha) tayyorlash va taralgan piltadan qayta taralgan piltasi xamda ip chiqish 
miqdorini oshirishdan iboratdir.  
Mahsulotni qayta tarashga tayyorlashni mohiyati esa cho‘zish asbobi 
orqali mahsulotni cho‘zish natijasida tolalarni uchlarini tekislash, paralellashtirish, 
mahsulotni qo‘shish orqali ko‘ndalang va bo‘ylamasiga tuzilishi bir xil bo‘lgan, 
g‘altakga o‘ralgan xolstcha tayyorlashdan iborat.  
Mahsulotning qayta tarashga tayyorlashning uch va ikki bosqichli usullari 
mavjud: 
1. Uch bosqichli usul: 
- taralgan piltadan piltalash mashinasida  piltalangan pilta olinadi; 
- olingan mahsulotdan piltabirlashtiruvchi mashinada xolstcha tayyorlanadi; 
- xolstcha xolst cho‘zish mashinasida cho‘zilib, tolalari to‘g‘rilangan bir tekis 
xolstchalarga aylantiriladi. 
2. Ikki bosqichli usul:  
Qayta tarash iplarini tayyorlash uchun, odatda 1a; 1b; 1; 2; 3 tiplarga mansub tolalar ishlatiladi. Qayta tarash iplarining tannarhini kamayatirish maqsadida, ularni tayyorlashda 4-5 tip o‘rta tolali paxtani ishlatish tajribasi ham qo‘llanilmoqda. Bulardan tashqari kimyoviy shtapel va paxta tolalari aralashmasidan qayta tarash iplari tayyorlash ham keng tarqalgan bo‘lib, bu katta iqtisodiy samara beradi. Kimyoviy shtapel tolalarni paxta bilan aralashtirish piltalash mashinasida amalga oshirilganda komponentlar doimiyligi saqlanib, yuqori sifatli qayta tarash iplari olinadi. Mahsulotni qayta tarashga tayyorlash usullari Tarash piltasi tarkibidagi tolalarning tekislanish darajasi past (=0,5-0,6) bo‘lib, u kerakligicha yo‘naltirilmaganligi tufayli uni qayta tarashda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlatilsa kalta tolalar bilan birgalikda uzun tolalar ham tarandi tarkibiga o‘tib ketadi. Shuning uchun mahsulot qayta tarashga tayyorlanadi. Mahsulotni qayta tarashga tayyorlashning maqsadi qayta tarash jarayonini bir maromda o‘tishini ta’minlashga xizmat qiluvchi bir tekis tuzilishdagi tolali mahsulot (xolstcha) tayyorlash va taralgan piltadan qayta taralgan piltasi xamda ip chiqish miqdorini oshirishdan iboratdir. Mahsulotni qayta tarashga tayyorlashni mohiyati esa cho‘zish asbobi orqali mahsulotni cho‘zish natijasida tolalarni uchlarini tekislash, paralellashtirish, mahsulotni qo‘shish orqali ko‘ndalang va bo‘ylamasiga tuzilishi bir xil bo‘lgan, g‘altakga o‘ralgan xolstcha tayyorlashdan iborat. Mahsulotning qayta tarashga tayyorlashning uch va ikki bosqichli usullari mavjud: 1. Uch bosqichli usul: - taralgan piltadan piltalash mashinasida piltalangan pilta olinadi; - olingan mahsulotdan piltabirlashtiruvchi mashinada xolstcha tayyorlanadi; - xolstcha xolst cho‘zish mashinasida cho‘zilib, tolalari to‘g‘rilangan bir tekis xolstchalarga aylantiriladi. 2. Ikki bosqichli usul:
 
 
- taralgan piltadan piltalash mashinasida piltalangan pilta olinadi; 
- 16, 24, 32, 48 ba’zan 60 tagacha piltalangan piltalar piltabirlashtiruvchi 
mashinasidan o‘tkazilib, xolstcha shakllantiriladi. 
Mahsulot qayta tarashga qanchalik sifatli tayyorlansa, qayta tarash jarayoni 
shunchalik yaxshi o‘tadi, tarandi kam chiqadi, qayta taralgan piltaning miqdori 
ortadi. Qayta tarashga tayyorlangan mahsulot - xolstchani tashkil etuvchi tolalarni 
tekislanish darajasi  =0,86 gacha etadi. 
  
 
Xolst  shaklantiruvchi mashinalar 
«Tekstima» firmasining 1576 modelidagi piltabirlashtiruvchi mashinada 
og‘irligi 24-27 kg bo‘lgan xolstchalar soatiga 300-350 kg unumdorlikda 
tayyorlanadi.  Mashina 24 ta piltani qo‘shib, chiziqli zichligi 60-80 kteks bo‘lgan 
eni 265 mm, diametri 380 mm xolstchalar tayyorlashga mo‘ljalangan. 
Ta’minlovchi stol atrofiga diametri 500 mm va undan katta bo‘lgan balandligi 
1000 mm li tazlarda joylashtiriladi. Tazlardagi piltalar tortib uzatuvchi silindr va 
valiklar juftligi yordamida xarakatlantirilib stolchaga yo‘naltiriladi.  
Stolchaning sirti sayqallanib (xromlangan) silliqlangan bo‘lib yashirin 
cho‘zilishni oldini oladi. Stolchada harakatlanayotgan alohida-alohida piltalar 
yassilovchi vallarga uzatiladi va piltalar tekislanib (dazmollanib), zichlab o‘rovchi 
mexanizmga uzatiladi. Ushbu mexanizmda piltalardan xolstcha shakllantiriladi. 
 
1576 pilta birlashtiruvchi mashinaning texnologik sxemasi 
1, 2-yo‘naltiruvchilar, 3-yassilovchi vallar, 4-o‘rovchi vallar, 5-g‘altak, 6-xolstcha, 
7-taz,  
- taralgan piltadan piltalash mashinasida piltalangan pilta olinadi; - 16, 24, 32, 48 ba’zan 60 tagacha piltalangan piltalar piltabirlashtiruvchi mashinasidan o‘tkazilib, xolstcha shakllantiriladi. Mahsulot qayta tarashga qanchalik sifatli tayyorlansa, qayta tarash jarayoni shunchalik yaxshi o‘tadi, tarandi kam chiqadi, qayta taralgan piltaning miqdori ortadi. Qayta tarashga tayyorlangan mahsulot - xolstchani tashkil etuvchi tolalarni tekislanish darajasi =0,86 gacha etadi. Xolst shaklantiruvchi mashinalar «Tekstima» firmasining 1576 modelidagi piltabirlashtiruvchi mashinada og‘irligi 24-27 kg bo‘lgan xolstchalar soatiga 300-350 kg unumdorlikda tayyorlanadi. Mashina 24 ta piltani qo‘shib, chiziqli zichligi 60-80 kteks bo‘lgan eni 265 mm, diametri 380 mm xolstchalar tayyorlashga mo‘ljalangan. Ta’minlovchi stol atrofiga diametri 500 mm va undan katta bo‘lgan balandligi 1000 mm li tazlarda joylashtiriladi. Tazlardagi piltalar tortib uzatuvchi silindr va valiklar juftligi yordamida xarakatlantirilib stolchaga yo‘naltiriladi. Stolchaning sirti sayqallanib (xromlangan) silliqlangan bo‘lib yashirin cho‘zilishni oldini oladi. Stolchada harakatlanayotgan alohida-alohida piltalar yassilovchi vallarga uzatiladi va piltalar tekislanib (dazmollanib), zichlab o‘rovchi mexanizmga uzatiladi. Ushbu mexanizmda piltalardan xolstcha shakllantiriladi. 1576 pilta birlashtiruvchi mashinaning texnologik sxemasi 1, 2-yo‘naltiruvchilar, 3-yassilovchi vallar, 4-o‘rovchi vallar, 5-g‘altak, 6-xolstcha, 7-taz,