QAYTA TARASH MASHINASIDA TEXNOLOGIK JARAYON
Reja
1. Qayta tarash mashinalarining turlari
2. Qayta tarash mashinasining ishlashi
3. Qayta tarash mashinalarining davrlari
4. Siklik diagramma
Qayta tarash mashinalarining turlari
Qayta tarash jarayoni qayta tarash mashinalarida amalga oshiriladi. Ular
quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflanadi: ishlash prinsipi, chiqaruvchi organlar soni,
tamonlar soni, qisqichlar va ajratuvchi mexanizmlar harakatlanishi.
Qayta tarash mashinasining harakatlanish usuliga ko‘ra davriy va uzluksiz
ishlovchi mashinalarga bo‘linadi. Davriy harakatlanuvchi mashinalar ko‘p tarqalgan
bo‘lib quyidagilarni qayta ishlashda qo‘llaniladi: paxta, nafis va yarim nafis,
o‘rtacha uzunlikdagi junlarni, kalta lub tolalarni va ularni tarandilarini, kimyoviy
tolalarni qayta ishlashda qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda davriy harakatlanuvchi mashinalar uzluksiz harakatlanadigan
mashinalarga qaraganda tolalarni yaxshiroq tekislaydi, ingichka tolalarni saralaydi
va ularda qayta taralgan pilta chiqish miqdori ko‘proq. Biroq uning unumdorligi
nisbatan kam. Uzluksiz harakatlanuvchi mashinalar uzun tolali dag‘al junlarni qayta
tarash uchun qo‘llaniladi.
Paxta tolasini qayta tarashda asosan davriy ishlovchi bir tomonli mashinalar
ishlatilmoqda. Qisqichlar va ajratuvchi moslamalar ishlashiga ko‘ra qayta tarash
mashinalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- qo‘zg‘almas qisqichli va qo‘zg‘aluvchan ajratuvchi moslamali mashinalar
Г-4 (Rossiya);
- qisqichlari davriy harakatlanuvchi va qo‘zg‘almas ajratuvchi moslamali
mashinalar - ГД -12 (Rossiya); 140-СA firmasi «Saco-Lowell» (AQSH);
- Qisqichlari va ajratuvchi moslamalari uzluksiz harakatlanuvchi mashinalar
1532 va 1533 «Textima»; TCO-1, TCO-12 «Truetzschler» (Germaniya); Senchuri-
720 «Platt» (Angliya); E-62, E-72, E-80 «Rieter» (Shveysariya); MC1 «Marzoli»
(Italiya); Kartori-K «Howa» (Yaponiya) 11-jadval.
11-jadval
Qayta tarash mashinalarining texnik tavsifi
№
Texnik ko‘rsatkichlari
TCO-12
«Truetzscher»
E 86
«Rieter»
SM-7
«Marzoli»
1
Taroqli barabanchaning tezligi,m/min
600
550
600
2
Unumdorligi, kg/s
74
66
85
3
Chiqaruvchi organlar soni, dona
8
8
8
4
Piltaning chiziqiy zichligi, kteks
3-6
3-6
3-6
5
Cho‘zish asbobining turi
4×4
3×3
3×4
6
Xolstchaning eni, mm
300
300
300
7
Xolstchaning diametri, mm
600
650
600
8
Tazlarning diametri, mm
600 × 1200
600 × 1200
600
9
Qo‘shilishlar soni, dona
8
8
8
10 Umumiy cho‘zilish, E
8,8-22,3
9,12-25,12
9-24
11 Elektr energiya sarfi, kvt
9
5,6
12.0
12 Ta’minlash uzunligi, mm
4,15-5,92
4,3-5,9
4.7-6.3
13 Mashinaning eni, mm
2884
2431
3470
14 Mashinaning balandligi, mm
1890
1830
1896
15 Mashinaning uzunligi, mm
8372
7195
8372
Qayta tarash mashinasining ishlashi
Yigirish korxonalarining har qanday turdagi qayta tarash mashinalari
quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: tolalarni qayta tarash, taralgan tutamdan
tolalar porsiyasini ajratish, alohida tolalar porsiyasidan tolali taramni shakllantirish,
tolali tutamdan pilta shakllantirish, barcha chiqaruvchi organlarning piltalarini
qo‘shish, cho‘zish asbobida piltalarni cho‘zish, cho‘zilgan piltalarni qo‘shish, qayta
taralgan piltani shakllantirish va piltalar pakovasini shakllantirish – ularni bitta pilta
taxlagichda tazga joylash.
62-rasmda E 65 modelidagi qayta tarash mashinasining texnologik sxemasi
keltirilgan. Xolst shakllantiruvchi mashinadan keltirilgan xolstcha 1 yo‘naltiruvchi
vallar 2 ga joylashtirilgan. Yumalatuvchi valiklar xolstchani taroqli barabancha 10
va ustki taroq 8 ning tarash zonasiga uzatadi. Mashinada jarayon sikl oralig‘ida
bajariladi, taroqli barabanchaning o‘z o‘qi atrofida bir marta to‘liq aylanishi bir
siklni tashkil etadi. Shartli ravishda to‘liq sikl 4 ta davrga bo‘lingan, ular oldinma-
ketin tartib bilan bajariladi, ammo vaqt bo‘yicha ma’lum farq oralig‘ida. Hozirgi
vaqtda qayta tarash mashinalarida bitta siklning davomiyligi bor-yo‘g‘i 0,2 s ni
tashkil etadi va taroqli barabanchalar 600 min-1 aylanish chastota bilan ishlamoqda.
62-rasm. E 65 qayta tarash mashinasining texnologik sxemasi
1 - xolstcha;
2 - yumalatuvchi valik;
3 - ekssentirik val;
4 - ta’minlovchi silindr;
5 - qisqichlarning pastki jag‘i;
6 - qisqichlarning yuqori jag‘i;
7 - prujina;
8 - ustki taroq;
9 - taroqli segment;
10 - taroqli barabancha;
11 - shyotka;
12 - qisqichlar vali;
13 - ajratuvchi mexanizm;
14 - yo‘naltiruvchi lotok;
15 - chiqaruvchi juftlik;
16 - pilta shakllantiruvchi
zichlagich;
17 - pilta birlashtiruvchi
stolchaning yassilovchi vallari.
Mashina davriy holatda ishlashga moslashgan bo‘lib, 4 ta davr asosida
mahsulotni qayta taraydi. Tarab ajratilgan kalta tolalar va nuqsonlar tozalovchi
shchetka orqali ajratilib perfo baraban sirtiga havo yordamida yig‘iladi va umumiy
sistemaga uzatiladi. Tarab tozalangan uzun tolalardan pilta shakllantirilib, ular
to‘rtta-to‘rttadan birlashtiriladi va cho‘zish asbobida cho‘zilib ikkita piltaga
aylantirilgach pilta taxlagich yordamida tazga joylanadi.
Uzun tolali paxta ishlatilganda 25 foizgacha, o‘rta tolali paxta ishlatilganda
esa 8-15 foizgacha qayta tarash tarandisi ajratiladi.
Qayta tarash mashinasining davrlari.
Qayta tarash mashinasida bir sikl 4 davrdan iborat bo‘lib, u juda qisqa vaqt
oralig‘ida 0,3-0,4 sekund (soniya) davom etadi.
Birinchi davr – tolalar tutamini oldingi uchlarini taroqli barabancha bilan
tarash.
Xolstgachaning
uchlari
tutam
shaklida qisqichlarga 15 va 3 larga
qisilgan xolatda osilib turadi. Taroqli
baraban 14 segment ignalari 13 bilan
ularni
tarab,
kalta
tolalardan
va
nuqsonlardan tozalaydi. Uzun tolalar
to‘laligicha alohida tolalarga ajraladi,
to‘g‘rilanadi va parallellashadi.
Ikkinchi davr – Taralgan tolalar tutamini ajratishga va orqa uchlarini
tarashga tayyorlash.
Qisqichlar
15
va
3
oldinga
harakatlanib, ochila boshlaydi va taralgan
tolalar tutamini ajratuvchi moslamaga yaqin
olib boradi.
Ajratuvchi moslama 5 v 10 avvalgi
siklda taralgan tolalar tutami porsiyasini
ozgina orqaga qaytaradi. Orqadagi ajratuvchi
valik faqat xarakatlanib qolmasdan, silindr
ustida yumalab tutamni pastga bosib,
uzatilayotgan porsiya bilan tutashishiga
qulay imkoniyat yaratadi. Ustki taroq 4
oldinga qarab xarakatlanib tolalarning orqa
uchlarini tarashga tayyor holatga keltiradi.
Uchinchi davr–tolalar tutami orqa uchlarini tarash, ajratish va porsiyalarni
ulash.
Ajratuvchi moslamaga 5 va 10 keltirilgan
old uchlari taralgan tolalar tutami avval
ajratilgan porsiyaga ulanib orqa juftlikka
qisiladi.
Ajratuvchi
silindrlar
xarakat
yo‘nalishini o‘zgartirib, katta tezlikda
tolalarni ustki taroq 4 ignalari orasidan olib
o‘tadi va tolalar tutamining orqa uchlari
taraladi. Qisqichlar 3 va 15 oldinga
harakatlanishini davom ettiradi.
To‘rtinchi davr – Tolalar tutami oldingi uchlarini tarashga tayyorlash.
Ajratuvchi moslama 3 va 15 tolalar tutami
porsiyasini olib chiqishda davom etadi.
Qisqichlar va ustki taroq yo‘nalishini
o‘zgartirib
orqaga
qarab
xarakatlana
boshlaydi va sekin yopila boradi. To‘rtinchi
davrning oxirida qisqichlar to‘la yopiladi,
tolalar tutami ular orasida qisilib, osilgan
xolatga keladi.
Qayta tarash mashinasi ishchi organlarining o‘zaro
mutanosib ishlashi. Siklik diagramma
Qayta tarash mashinasining barcha qismlari ozaro aniq, bir-biri bilan
kelishgan holda va operatsiyalarni aniq ketma-ketlik bilan bajarib ishlashi lozim.
Qayta tarash jarayonining tahlilidan ma’lum bo‘ldiki, mashinananing asosiy ishchi
organlari bir - biri bilan aniq bog‘langan holda hamma operatsiyalarni aniq va
muntazam bajarishi zarur. Shu maqsadda taroqli barabanlar valigiga disk o‘rnatilgan
bo‘lib, u 40 bo‘linmaga bo‘lingan (91-rasm) mashinaning alohida ish organlari
shunga asosan rostlanadi. Qayta tarash mashinasining barcha ishchi organlari o‘zaro
mutanosib ishlashi va operatsiyalarni ketma-ket amalga oshishini ta’minlashi kerak.
Shuning uchun ishchi qismlar 40 bo‘linmaga ajratilgan indikatorli disk yordamida
sozlangan bo‘ladi. Taroqli barabancha yordamida tarash siklining 12,5% ini, ustki
taroq yordamida tarash esa 30% ini tashkil etadi. Umumiy tarash 42,5% davom
etadi. Siklning qolgan 57,5% tayyorlash ishlariga sarf etiladi.
91-rasm. Textima 1532 qayta tarash mashinasining siklik diagrammasi
92-rasm Rieter firmasi qayta tarash mashinasining ishlashi siklik diagrammasi
Qayta tarash mashinasining asosiy mexanizmlari
Qayta tarash mashinasini ta’minlovchi mexanizm, qisqichlar, taroqli
barabancha, ustki taroq, ajratuvchi mexanizm kabi asosiy ish qismlaridan iborat.
Ularning o‘zaro mutanosib ishlashi qayta tarash jarayonining samaradorligini
ta’minlaydi.
Ta’minlovchi mexanizm
Ta’minlovchi mexanizm asosan xolstchaning ta’minlash uzunligiga teng
qismini ta’minlash silindrlari yordamida tarash jarayoniga uzatish vazifasini
bajaradi. Ta’minlovchi mexanizm ikkita yumalatuvchi valik va ta’minlovchi
silindrdan iborat bo‘lib, yumalatuvchi valiklar xolstchani uzluksiz yoyib, lotok
orqali ta’minlovchi silindr ostida qisilgan holda ushlab turadi. Ta’minlovchi
silindrlar davriy holda harakatlanib, to‘rtinchi davrda xolstchaning bir qismini tarash
zonasiga uzatadi.Taroqli barabanchaning bir marta aylanishi davomida xolstcha
yoyilgan qismining tarangligini ikki qismdan iborat yig‘ma lotoklar- kompensator
rostlab turadi.Taroqli barabancha bir marta aylanganda ta’minlovchi silindr
xrapovik tishlari soniga va qayta tarash mashinasi konstruksiyasiga bog‘liq holda
ta’minlash uzunligiga teng xolstchani uzatadi 94-rasm.
1 - xrapavik; 2 - ilgak; 3 - val;
4 - ta’minlovchi silindr;
5 - ta’minlovchi silindr bo‘yni.
94-rasm. Ta’minlovchi mexanizm
Ta’minlovchi silindrlar bilan birga qisqichlar har bir siklda oldinga harakati
davomida ilgak xrapovik tishga tiralib, uni bitta tishga aylantiradi. Xrapovik bilan
birga ta’minlovchi silindr ham aylanib, xolstchani qisqichga nisbatan oldinga
harakatlantiradi. Qisqichlar orqaga qaytganda ilgak xrapovik tishilari ustida
sirpanadi, lekin silindrni harakatlantirmaydi.
Ta’minlovchi silindrlar siklning 1/3 qismida harakatlanadi, yumalatuvchi
valiklar esa uzluksiz harakatda bo‘ladi. Uzatilayotgan uzunlikning ortiqcha qismi
yo‘naltiruvchi lotokning buklanishi hisobiga kompensatsiyalanadi. Ta’minlash
uzunligi silindrning uzatayotgan tolalar tutami uzunligi bilan ifodalanib, uning
kattaligi Riter firmasining E80 rusumidagi qayta tarash mashinasida ta’minlash
uzunligi 4,3;4,7;4,95; 5,2; 5,55;5,9 mm ni, Trutzschler firmasining TSO 1 qayta
tarash mashinasida ham ta’minlash uzunligi shu diapazonda bo‘lib, 4,15 mm dan -
5,92 mm gachani tashkil etadi. Harakat uzatilishini aniq bajarish uchun asosan tishli
tasmalar o‘rnatilgan
Qisqichlar
Qisqichlar taroqli barabancha xolstchani tarayotgan vaqtda uni mahkam qisish
va taralgan tutamni oldin taralgan tolalar porsiyasiga ulash uchun ajratuvchi
mexanizmga uzatish vazifasini bajaradi. Qisqichlar mayatnik tipidagi osma ramaga
o‘rnatilgan. Osma ramaga pastki jag‘i mahkamlangan bo‘lib, ular maxsus o‘qga
osilgan. Qisqichlar tebranma harakatni richaglar yordamida qisqichlar validan oladi.
Qisqichlar vali esa kulisa mexanizmi orqali baraban validan harakatlanadi.
Qisqichlar oldinga sekin, orqaga esa tez harakat qiladi.
1 - pasti qisqich jag‘i; 2 - ustki qisqich jag‘i; 3 - ta’minlovchi silindr; 4 - pastki
qisqich richagi; 5 - richaq; 6 - osma val; 7,13,14 - sharnirlar; 8 - ustki qisqich
richagi; 9 - spiral prujina; 10 - ustki taroq; 11 - ajratuvchi mexanizm; 12 - taroqli
barabanicha; 15 - yo‘naltiruvchi
Ustki qisqich jag‘i richagga mahkamlangan, richaglar esa qisqichlar ramasiga
sharnir vositasida bog‘langan. Tolalar tutami qisqich jag‘lari orasida sterjenga
kiygizilgan spiral prujina yordamida qisilib turadi. Prujinaning qisish kuchini
sterjenga mahkamlangan halqa yordamida rostlab turish mumkin. Qisqich ustki
jag‘ining ko‘tarilishi va pastga tushishi qisqichlar valining harakatiga bog‘liq
bo‘lmaydi, u harakatni ikkinchi tebranuvchi valdan oladi. Uski jag‘ning alohida
yuritmadan harakat olishi qisqichlarning ravon ishlashi va ochilib-yopilib turishini
rostlab turishga imkon beradi.
Mashinadan chiqadigan qayta tarash tarandisi miqdorini pastki qisqich jag‘lari
bilan ajratuvchi mexanizm orasidagi razvodkani o‘zgartirib rostlab turiladi.
Razvodka 18-19 mm bo‘lsa 10 %, agar 21-22 mm bo‘lsa 20% qayta tarash tarandisi
ajratiladi.
Taroqli barabancha
Taroqli barabanchaning ignali yoki tishli garnituralari xolstcha tolalalarining
old uchlarini taraydi va qisqichlardagi taramdan iflos va nuqsonli, kalta va
qisilmagan tolalarni chiqarib tashlaydi, uzun tolalar ajratiladi, to‘g‘rilanadi va
yo‘naltiriladi.
Maxsus konstruksiyali barabancha har bir chiqaruvchi qism uchun umumiy
valga o‘rnatiladi. Barabanchada ignali yoki tishli garniturali qayta tarash segmenti
o‘rnatilgan. Qayta tarash mashinasi rusumiga qarab qayta tarash segmenti 3 yoki
4 blokdan iborat bo‘ladi 96-rasm.
96-rasm. Tarash segmentlari sxemasi.
Segment bloklarining garnituralari shkastlangandan so‘ng oson almashtiriladi
va almashtirilgandan keyin segment radiusini nazorat qilishga zarurat qolmaydi.
Bloklar ignalarining yo‘nalishi, qiyalik burchagi va tishlar soni bilan farq qiladi va
shuning uchun ishonchli identifikatsiya maqsadida ular oq, kulrang, to‘q sariq,
yashil, ko‘k, qizil, qora va jigarrang ranglarga bo‘ladi. Sektorda tishlar soni 5 dan
12 gacha bo’ladi, xomaki mahsulot sifati yoki ipning assortimentiga qarab tishlar
yoki ignalarning qalinligi 1 sm2 da 17.5 dan 120.5 gacha o‘zgaradi. Taroqli
plankalarni tayyorlashda oddiy payvandlash texnologiyasidan farqli o‘laroq, yangi
usul, ya’ngi ignalarni elastik elimlash usuli qo‘llangan. Bu usulda ignalarni
korroziyalanishi ro‘y bermaydi, ignaning aniq belgilangan zichligi hisobiga qayta
tarash taramini sifati oshadi va muddati uzayadi.
Mazkur mashinaning asosiy ishchi organi hisoblangan tarash barabanining
taroqli segmenti PRIMOCOMB Graf firmasida tayyorlangan bo‘lib, u to‘rt xil
garnituralari bilan farqlanuvchi sektorlardan tashkil topgan. Tryuchler firmasining
TSO 1 qayta tarash mashinasi ham xuddi shunday tuzilgan tarash segmentiga ega,
lekin u “Staedtler+Uhl” firmasida tayyorlanadi.
E80 qayta tarash mashinasini qo‘llash natijasida ipdagi nuqsonlar 20 %ga
kamayib ipning sifati yaxshilanganligi ma’lum. Bundan tashqari Ri-Q-Comb
taroqli barabancha garnituralari sifati yuqori bo‘lganligidan hamda ignalar soni
ko‘paytirilganidan shunday ijobiy natijalarga erishilgan.
Bo'lim
Shakli
Pozitsiyasi
Zichlik
28’470
Ustki taroq
Ustki taroqning asosiy vazifasi tolali tutamning orqa uchlarini tarashdan
iborat. Ustki taroq ajratish davrida tutamni tekislaydi va bunda ignalar orasidagi
tolaning massasi zichlanadi, buning natijasida ajralib chiqqan uzun tolalar katta
ishqalanish kuchini engib o‘tib, tolalar tutamiga nisbatan harakatlanadi. Bunda
tolalarning orqa uchlari ignalardan ajralib chiqadi va ularni o‘rab turgan tolalar
massasi tekislanib parallellashtiriladi, kalta tolalar, iflos va nuqsonli tolalar bo‘lsa
ustki taroq orqasida qoladi va taroqli barabancha garnituralari yordamida keyingi
siklda taraladi.
Har bir chiqaruvchi qismda ignalar kavsharlangan metall plastinka
ko‘rinishidagi ustki taroq mavjud. Taroq uni ushlab turuvchi o‘yiqqa joylashtiriladi
va tozalash yoki ta’mirlash uchun oson olinishi mumkin.
Ustki taroqni krivoshipli mexanizm harakatga keltiradi (ekssentrikli valning
tebranma harakati). Ekssentrik burilganda ustki taroq ajratuvchi silindr tomon
suriladi va bir vaqtning o‘zida pastlab xolstcha tutamchaga botadi (kiradi).
Ekssentrik teskari tomonga burilganda ustki taroq ajratuvchi silindrdan
uzoqlasha boshlaydi va bir vaqtni o‘zida ko‘tariladi. Ustki taroqning harakati orqa
ajratuvchi valikning silindr ustida yumalanishi bilan sinxron amalga oshadi.
Zamonaviy qayta tarash mashinalari o‘zini o‘zi tozalovchi ustki taroqlar bilan
jixozlangan (99-rasm).
99-rasm. Ustki taroq.
1 – ignalar; 2 - plastinka; 3 - g‘ovak korpus; 4 - taroqni ushlab turuvchi o‘yiq; 5 -
havo bo‘shlig‘i; 6 - zichlangan havoni qabul qilish zonasi
Shuning uchun operator mashinani davriy tozlash uchun to‘xtatmaydi.
Soniyaning bir necha oralig‘ida zichlangan havo tepadan pastga qarab ignalarga
purkaladi va ignalarga yopishgan iflos aralashmalarni va tolalarni ajratadi.
Ajratuvchi mexanizmning ishlashi
Ajratuvchi mexanizm muayyan bir vaqtning o‘zida avval ajratilgan tolalar
tutami porsiyasini yangi ajratilgan tolalar porsiyasi bilan biriktirish uchun biroz orqa
tomonga qaytaradi. Shundan so‘ng qisqichlar va ustki taroq uzatayotgan yangi
porsiyani ushlab oladi va xolstchadan ajratadi. Ajratuvchi mexanizm ikkita old va
orqa silindrlardan, hamda ular ustiga yuk ta’sirida bosilib turuvchi elastik qoplamali
valiklardan iborat 100-rasm. Ajratuvchi silindrlar barcha chiqaruvchi qismlar uchun
umumiy. Valiklarning uzunligi chiqaruvchi qism eniga mos keladi.
100-rasm. Ajratuvchi mexanizm
1 - ajratuvchi silindrlar; 2 - ajratuvchi valiklar;
3 - ustki taroq ignalari; 4-ustki taroq plastinkasi; 5-taroqli barabancha.
Ajratuvchi silindrlar planetar uzatma orqali reversiv harakatni yo‘nalishi
o‘zgaruvchan krivoshipli mexanizmdan oladi. Silindrlar tezligi va yo‘nalishi
o‘zgarmas asosiy harakatni oraliq valdan oladi hamda tezligi va yo‘nalishi
o‘zgaruvchan qo‘shimcha harakatni diffirensial mexanizmdan oladi. Agar asosiy
harakat qo‘shimcha harakatga mos kelsa ajratuvchi silindrlar katta tezlikda taramni
mashinadan chiqaradi. Agar asosiy harakat qo‘shimcha harakatga qarama-qarshi
yo‘nalishda bo‘lsa, silindrlar teskari tomonga aylanib, avvalgi taralgan taramni
ulanishi uchun orqaga qaytaradi.
Pilta shakllantiruvchi moslama, cho‘zish
asbobi va pilta taxlagich
Taramdan pilta shakllantirish Ikkala uchlari taralgan tolalar tutamlari bir
oz siljib, bir birining ustiga joylashib ulanadi, natijada uzluksiz taram hosil bo‘ladi.
Har bir tutam bir-biriga nisbatan siljib, oldingi tutamning ustiga S masofada
joylashadi. Bu masofa ulanish uzunligi deyiladi. Har bir alohida tutamning
uzunligini L bilan, ikkita porsiya o‘rtasidagi oraliqni d bilan belgilaymiz.
Qayta tarash taramidagi tolalar taramning eni bo‘yicha egallangan holatiga
bog‘liq holda ajratuvchi mexanizmdan chiqaruvchi organning zichlagichgacha
harakatlanib bir xil tezlikda lekin har xil masofani bosib o‘tadi. Buning natijasida
taramning qalin va yupqa joylari piltada katta uzunligida taqsimlanadi va shuning
uchun mahsulotning qalin-yupqa joylari bir oz tekislanadi. Bunday tekislash
samadorligini oshirish mumkin. Zichlagich har bir chiqaruvchi organning o‘rtasiga
emas, bir tomonga siljitib o‘rnatiladi.
01-rasm. Taram shakllantirish sxemasi
Pilta qо‘shish mashinasi stolchasida piltalarning xarakati
Turli xil modellardagi mashinalarda ajratilgan tutamning uzunligi 85 - 160
mm, ulanish uzunligi esa 36 - 110 mm. Tutamning chiziqli zichligi Tx xolstchaning
chiziqli zichligiga, ta’minlash uzunligi F ga va qayta tarash tarandisi foiziga y
bog'liq: