QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI
Reja:
1. Qishqi olimpiya o‘yinlari.
2. Qishki olimpiya sport turlarining tavsifi
Qishki Olimpiya o‘yinlari – qishki sport turlari bo‘yicha har 4 yilda bir marta XOQ
rahbarligida o‘tkaziladigan kompleks musobaqalardir. I Qishki Olimpiya o‘yinlari
1924 yilda Xalqaro sport haftaligi sifatida tashkil qilingan. Sport haftaligi yuqori
saviyada tashkil qilingan. Qishki O‘yinlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror XOQning
1925 yilda Praga shahrida bo‘lib o‘tgan sessiyasida qabul qilingan. 1992 yilga qadar
qishki va yozgi Olimpiya o‘yinlari bir yilda o‘tkazilgan, 1994 yilda ularning oralig‘i
2 yilni tashkil etishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
1924 – 2014 yillarda o‘tkazilgan Qishki Olimpiya o‘yinlari
№
Yil
O‘tkazilgan joyi
Mamla
kat
Sport
-chi
1-o‘rin
(davlat)
I
1924
Shamoni, Frantsiya
16
293
Norvegiy
a
II
1928
Sankt-Morits, Shveytsariya
25
464
Norvegiy
a
III
1932
Leyk-Plesid, AQSh
17
252
AQSh
IV
1936
Garmish-
Partenkirxen,Germaniya
28
646
Norvegiy
a
V
1948
Sankt-Morits, Shveytsariya
28
669
Shvetsiya
VI
1952
Oslo, Norvegiya
30
694
Norvegiy
a
VII
1956
Kortina-d’Ampettso, Italiya
32
821
SSSR
VIII
1960
Skvo-Velli, AQSh
30
665
SSSR
IX
1964
Insbruk, Avstriya
36
1091
SSSR
X
1968
Grenobl, Frantsiya
37
1158
Norvegiy
a
XI
1972
Sapporo, Yaponiya
35
1006
SSSR
XII
1976
Insbruk, Avstriya
37
1123
SSSR
XIII
1980
Leyk-Plesid, AQSh
37
1072
SSSR
XIV
1984
Sarayevo, Yugoslaviya
49
1274
GDR
XV
1988
Kalgari, Kanada
57
1634
SSSR
XVI
1992
Albervil, Frantsiya
64
1801
Germani
ya
XVII
1994
Lillexammer, Norvegiya
67
1923
Rossiya
XVIII
1998
Nagano, Yaponiya
72
2176
Germani
ya
XIX
2002
Solt-Leyk-Siti, AQSh
77
2399
Germani
ya
XX
2006
Turin, Italiya
84
2573
Germani
ya
XXI
2010
Vankuver, Kanada
82
2574
Kanada
XXII
2014
Sochi, Rossiya
88
2800
Rossiya
I qishgi Olimpiya o‘yinlari 1924 yil 25 yanvar – 4 fevral kunlari Shamoni
shahrida (Frantsiya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 16 ta davlatdan 293 nafar (11 ayol)
sportchi ishtirok etgan. Dastlab bu musobaqalar “VIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga
bag‘ishlangan Xalqaro sport haftaligi” sifatida tashkil qilingan. Musobaqalar
yuqori saviyada tashkil etilganlagi va katta qiziqish uyg‘otganligi sababli XOQ
qarori bilan I qishgi Olimpiya o‘yinlari, deb hisoblangan. Dasturga bobsley,
chang‘i sporti, tramplindan sakrash, konkida tez yugurish, xokkey, konkida
figurali uchish kiritilgan. Ayollar uchun faqat konkida figurali uchish
musobaqalari o‘tkazilgan. Kyorling va harbiylar o‘rtasida chang‘i sporti bo‘yicha
ko‘gazmali musobaqalar tashkil qilingan.
Norvegiya va Finlyandiya sportchilari chang‘i sporti turlarida eng yuqori
natijalarga erishgan edi. Norvegiya sportchisi Turleyf Xaut 3 ta oltin va 1 ta
bronza medallarga sazovor bo‘lgan. Finlyandiya sportchi Klas Tunberg chang‘i
sportining 1500m va 5000m masofalarida hamda ko‘pkurashda birinchi orinlarni
egallagan.
I qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘ri
n
Davlat
olti
n
kumus
h
bronz
a
Jam
i
1
Norvegiya
4
7
7
18
2
Finlyandiy
a
4
3
3
10
3
AQSh
1
2
0
3
4
Avstriya
2
1
0
3
II qishki Olimpiya o‘yinlari 1928 yil 11-19 fevral kunlari Sent-Morits shahrida
(Shveytsariya) o‘tkazilgan. O‘yinlarda 25 ta davlatdan 464 nafar (26 nafar ayol)
sportchi ishtirok etgan. Dasturga bobsley, chang‘i sporti, tramplindan sakrash,
konkida tez yugurish, xokkey, skeleton, konkida figurali uchish kiritilgan.
Harbiylar o‘rtasida chang‘i sporti bo‘yicha ko‘gazmali musobaqalar o‘tkazilgan.
II qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
Norvegiya
6
4
5
15
2
AQSh
2
2
2
6
3
Shvetsiya
2
2
1
5
4
Finlyandiya
2
1
1
4
III qishgi Olimpiya o‘yinlari 1932 yil 4-15 fevral kunlari Leyk-Plesid
shahrida (AQSh) o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlarini Nyu-York shtatining gubernatori
Franklin Delano Ruzvelt rasmiy ochib bergan. O‘yinlarda 17 ta davlatdan 464 nafar
(21 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Qishgi Olimpiya o‘yinlari birinchi marta
Shimoliy Amerikada tashkil qilingan. Leyk-Plesidga yo‘l haqqi narxining
qimmatligi sababli davlatlar ishtiroki va sportchilar soni oldingi o‘yinlarga nisbatan
keskin qisqargan. Qishgi sport turlari rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olgan
Shvetsiya – 12 nafar sportchi, Finlyandiya – 7 nafar sportchidan iborat
delegatsiyalari qatnashgan. AQSh va Kanada sportchilari o‘yin ishtirokchilarining
50 foizini (150 nafar) tashkil etgan.
III qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
AQSh
6
4
2
12
2
Norvegiya
3
4
3
10
3
Kanada
1
1
5
7
4
Shvetsiya
1
2
0
3
Musobaqalarda AQSh sportchilari konkida tez yugurish bo‘yicha eng ko‘p
medallarga sazovor bo‘lgan, chang‘i sporti bo‘yicha esa Norvegiya sportchilari eng
yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Avstriya sportchilari konkida figurali uchish, Kanada
jamoasi shaybali xokkey bo‘yicha olimpiya chempioni bo‘lganlar.
IV qishki Olimpiya o‘yinlari 1936 yil 6-16 fevral kunlari Garmish-
Partenkirxen shahrida (Germaniya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 28 ta davlatdan 646
nafar (80 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Birinchi marta qishki Olimpiya
o‘yinlarida Avstraliya, Bolgariya, Gresiya, Ispaniya, Lixtenshteyn va Turkiya
sportchilari qatnashgan. Jahonning progressiv sport jamoatchiligi Olimpiya o‘yinlari
fashistik davlatda o‘tkazilishiga qarshi bo‘lgan. Lekin XOQ o‘z qarorini
o‘zgartirmagan. Olimpiya o‘yinlarini Germaniya kansleri Adolf Gitler rasman ochib
bergan.
Dastlabki
qishki
olimpiada
musobaqalarida
asosan
Skandinaviya
mamlakatlari, ayniqsa Norvegiya sportchilari katta muvaffaqiyatlarga erishgan.
1932 va 1936 yillardagi o‘yinlarda g‘alaba qozongan novregiyalik figurachi Soniya
Xeni olimpiya chempioni bo‘lgan. Shveysariya sportchilari bobsley, Germaniya
sportchilari chang‘i sporti bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan.
IV qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
Norvegiya
7
5
3
15
2
Shvetsiya
2
2
3
7
3
Germaniya
3
3
0
6
4
Finlyandiya
1
2
3
6
V qishgi Olimpiya o‘yinlari 1948 yil 30 yanvar – 8 fevral kunlari Sankt-
Morits shahrida (Shveytsariya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 28 ta davlatdan 669 nafar
(77 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida birinchi marta
Daniya, Islandiya, Livan, Chili, Janubiy Koreya sportchilari qatnashgan. Olimpiya
o‘yinlarini Shveysariya prezidenti Enriko Selio rasman ochib bergan. Sport
musobaqalarida Ikkinchi jahon urushida qatnashmagan davlatlarning terma
jamoalari yaxshi natijalarga ega bo‘lgan. Shvetsiya sportchilari chang‘i sporti va
konkida tez yugurish, Shveysariya - bobsley va tog‘ chang‘isi sporti, AQSh
sportchilari konkida figurali uchish bo‘yicha eng yaxshi natijalar ko‘rsatgan.
V qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
Shvetsiya
4
3
3
10
4
3
3
10
Shveytsariya
3
4
3
10
AQSh
3
4
2
9
VI qishgi Olimpiya o‘yinlari 1952 yil 14 – 25 fevral kunlari Oslo shahrida
(Norvegiya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 30 ta davlatdan 694 nafar (109 nafar ayol)
sportchi ishtirok etgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida ilk bor Yangi Zelandiya,
Portugaliya va GFR sportchilari tashrif buyurgan. Olimpiya dasturiga to‘pli xokkey
bo‘yicha ko‘rgazma uchrashuvlari o‘tkazilgan. Sport musobaqalarida eng ko‘p
medallarni Norvegiya sportchilari olgan.
VI qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
7
3
6
16
AQSh
4
6
1
11
Finlyandiya
3
4
2
9
Avstriya
2
4
2
8
VII qishgi Olimpiya o‘yinlari 1956 yil 26 yanvar – 5 fevral kunlari
Italiyaning Kortina-d’Ampettso shahrida o‘tkazilgan. O‘yinlarda 32 ta davlatdan
821 nafar (134 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida ilk bor
sobiq SSSR, Boliviya va Eron terma jamoalari ishtirok etgan. 1956-1964 yillarda
GDR va GFR sportchilari Birlashgan Germaniya jamoasi sifatida qatnashgan edi.
VII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
SSSR
7
3
6
16
2
Avstriya
4
3
4
11
3
Shvetsiya
2
4
4
10
4
Finlyandiya
3
3
1
7
VIII qishgi Olimpiya o‘yinlari 1960 yil 18-28 fevral kunlari Skvo-Velli
shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 31 ta davlatdan 665 nafar (144 nafar
ayol) sportchi ishtirok etgan. Olimpiya o‘yinlarini AQSh vitse-prezidenti Richard
Nikson rasman ochib bergan.
VIII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
SSSR
7
5
9
21
2
AQSh
3
4
3
10
3
Germaniya
4
3
1
8
4
Finlyandiya
2
3
3
8
IX qishgi Olimpiya o‘yinlari 1964 yil 29 yanvar – 9 fevral kunlari Insbruk
shahrida (Avstriya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 37 ta davlatdan 1091 nafar (199 nafar
ayol) sportchi qatnashgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida ilk bor Hindiston va Mongoliya
terma jamoalari ishtirok etgan. Olimpiya o‘yinlarini Avstriya prezidenti Adolf
Shyurf rasman ochib bergan.
IX qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
SSSR
11
8
6
25
2
Norvegiya
3
6
6
15
3
Avstriya
4
5
3
12
4
Finlyandiya
3
4
3
10
X qishki Olimpiya o‘yinlari 1968 yil 6 -18 fevral kunlari Grenobl shahrida
(Fransiya) o‘tkazilgan. O‘yinlarda 37 ta davlatdan 1158 nafar (211 nafar ayol)
sportchi ishtirok etgan. Bu Olimpiya o‘yinlaridan boshlab GDR va GFR sportchilari
alohida jamoalar bo‘lib qatnashgan, Marokash terma jamoasi ilk bor ishtirok etgan.
Olimpiya o‘yinlarini Fransiya prezidenti Sharl de Goll rasman ochib bergan.
X qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
Norvegiya
6
6
2
14
2
SSSR
5
5
3
13
3
Avstriya
3
4
4
11
4
Frantsiya
4
3
2
9
XI qishgi Olimpiya o‘yinlari 1972 yil 3 – 13 fevral kunlari Sapporo
shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 35 ta davlatdan 1006 nafar (206 nafar
ayol) sportchi ishtirok etgan. Qishgi Olimpiya o‘yinlari ilk bor Osiyo qit’asida
o‘tkazilgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida Filippin sportchilari birinchi marta ishtirok
etganlar. Olimpiya o‘yinlarini Yaponiya imperatori Xiroxito rasman ochib bergan.
XI qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
SSSR
8
5
3
16
2
GDR
4
3
7
14
3
Norvegiya
2
5
5
12
4
Shveytsariya
4
3
3
10
XII qishgi Olimpiya o‘yinlari 1976 yil 4-15 fevral knlari Insbruk shahrida
(Avstriya) o‘tkazilgan. O‘yinlarda 37 ta davlatdan 1123 nafar (231 nafar ayol)
sportchi ishtirok etgan. XOQ ikkinchi marta Incbruk shahrini tanlagan va bu safar
ham olimpiya musobaqalari yuqori darajada tashkil etilgan edi. Bu Olimpiya
o‘yinlarida Andorra va San-Marino sportchilari birinchi marta ishtirok etganlar.
Olimpiya o‘yinlarini Avstriya prezidenti Rudolf Kirxshlayger rasmiy ochib bergan.
XII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
SSSR
13
6
8
27
2
GDR
7
5
7
19
3
AQSh
3
3
4
10
4
GFR
2
5
3
10
XIII qishgi Olimpiya o‘yinlari 1980 yil 13-24 fevral kunlari Leyk-Plesid
shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 37 ta davlatdan 1072 nafar sportchi
qatnashgan. Qishgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun Leyk-Plesid shahri
ikkinchi marta tanlangan. Bu Olimpiya o‘yinlarida Kipr, Xitoy va Kosta-Rika
sportchilari birinchi marta ishtirok etganlar. Olimpiya o‘yinlarini AQSh vitse-
prezidenti Uolter Mondeyl rasman ochib bergan.
XIII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
SSSR
10
6
6
22
2
GDR
9
7
7
23
3
AQSh
6
4
2
12
4
Norvegiya
1
3
6
10
XIV qishgi Olimpiya o‘yinlari 1984 yil 8-19 fevral kunlari Sarayevo
shahrida (Yugoslaviya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 49 ta davlatdan 1272 nafar
(ulardan 274 nafar ayol) sportchi qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarini Yugoslaviya
prezidenti Mika Spilyak rasman ochib bergan.
Finlyandiya sportchisi Mar’ya LIIsa Xyamyalyaynen chang‘i poygasi va
estafeta bo‘yicha birinchi o‘rinlarni egallab, Olimpiada o‘yinlari qahramoniga
aylangan. Shvetsiya sportchisi Gunde Svan 15, 30 va 50 km poyga musobaqalarida
oltin medallarga sazovor bo‘lgan.
XIV qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
SSSR
6
10
9
25
2
GDR
9
9
6
24
3
Finlyandiya
4
3
6
13
4
Norvegiya
3
2
4
9
XV qishgi Olimpiya o‘yinlari 1988 yil 13-28 fevral kunlari Kalgari
shahrida (Kanada) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 57 ta davlatdan 1423 nafar (ulardan 301
nafar ayol) sportchi qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarini Kanada general-gubernatori
Jan Savve ochib bergan.
XV qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
SSSR
11
9
9
29
2
GDR
9
10
6
25
3
Shveytsariya
5
5
5
15
4
Avstriya
3
5
2
10
XVI qishgi Olimpiya o‘yinlari 1992 yil 8-23 fevral kunlari Albervil
shahrida (Frantsiya) o‘tkazilgan. O‘yinlarda 64 ta mamlakatdan 1801 nafar (ulardan
488 nafar ayol) sportchi qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarini Fransiya prezidenti
Fransua Mitteran rasman ochib bergan.
Bu Olimpiya o‘yinlarida Sloveniya, Xorvatiya, Braziliya, Irlandiya, Jazoir,
Bermud orollari, Svazilend va Gonduras sportchilari birinchi marta ishtirok etganlar.
Sobiq SSSR sportchilari MDH Birlashgan terma jamoasi sifatida qatnashgan. MDH
Birlashgan terma jamoasi tarkibiga 129 nafar sporchi: 110 – Rossiya, 8 –
Qozog‘iston, 7 – Ukraina, 4 – Belorussiya, 1 nafari O‘zbekiston vakillari bo‘lgan.
Latviya, Litva va Estoniya ilk bor mustaqil davlat sifatida qatnashgan. Musobaqalar
12 ta sport turida 57 ta medallar jamlanmasi uchun o‘tkazilgan. O‘zbekiston
sportchisi Lina Cheryazova fristayl bo‘yicha ko‘rgazmali musobaqalarda ishtirok
etib, fahrli 5-o‘rinni egallagan.
XVI qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
Germaniya
10
10
6
26
2
MDH
9
6
8
23
3
Avstriya
6
7
8
21
4
Norvegiya
9
6
5
20
XVII qishgi Olimpiya o‘yinlari 1994 yil 12-27 fevral kunlari Lillexammer
shahrida (Norvegiya) o‘tkazilgan. O‘yinlarida 68 ta mamlakatdan 1737 nafar (522
ayol) sportchi ishtirok etgan. Olimpiya o‘yinlarida sobiq Ittifoq respublikalari
Belorussiya, Ukraina, Qozog‘iston va O‘zbekiston mustaqil davlatlar sifatida ilk bor
tashrif buyurgan. Olimpiya o‘yinlari dasturida 12 sport turi bo‘lib, ular qatoriga
fristayl, 500 m va 1000 m short-trek kiritilgan. Norvegiya xalq ertaklarining
qahramonlari aka-singil “Xakon va Kristin” o‘yinlarning ramziy belgisi sifatida
tanlangan.
O‘zbekiston terma jamoa tarkibi 7 nafar sportchidan iborat bo‘lib, ular Aliki
Sergiadu, Dinara Nurbaeva, Muslim Sattarov, Yuris Razgulyaev – figurali uchish;
Larisa Udodova, Dmitriy Brener va Lina Cheryazova – fristayl bo‘yicha
musobaqalarda qatnashgan.
Mustaqil O‘zbekiston olimpiya harakati tarixida Lina Cheryazova olimpiya
oltin medaliga sazovor bo‘lgan. XVII qishki Olimpiya o‘yinlarida umumjamoa
hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 68 ta mamlakat orasida 14-o‘rinni egallagan.
Fristayl bo‘yicha 13 ta mamlakatdan kelgan 22 nafar sportchilar orasida
L.Cheryazova birinchi o‘rinni egallagan.
XVII qishgi Olimpiya o‘yinlarining fristayl bo‘yicha g‘oliblari
O‘rin
Sportchining ismi-sharifi
Davlat
Ball
1
L.Cheryazova
O‘zbekiston
166,84
2
M.Lindgren
Shvetsiya
165,88
3
X.Lid
Norvegiya
164,13
4
M.Shmid
Shvetsiya
156,88
XVII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
Norvegiya
10
11
5
26
2
Germaniya
9
7
8
24
3
Rossiya
11
8
4
23
4
Italiya
7
5
8
20
5
AQSh
6
5
2
13
6
Kanada
3
6
4
13
7
Shveytsariya
3
4
2
9
8
Avstriya
2
3
4
9
9
Janubiy Koreya
4
1
1
6
10
Shvetsiya
2
1
0
3
11
Yaponiya
1
2
2
5
12
Qozog‘iston
1
2
0
3
13
Ukraina
1
0
1
2
14
O‘zbekiston
1
0
0
1
XVIII qishgi Olimpiya o‘yinlari 1998 yil 7-22 fevral kunlari Nagano
shahrida (Yaponiya) o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlarida 72 ta mamlakatdan 2176
nafar (ulardan 787 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Qishgi Olimpiya o‘yinlarida
ilk bor Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Moldova, Isroil, Keniya,
JAR, Trinidad va Tobago, Venesuela, Urugvay, Makedoniya, Bosniya va
Gertsegovina davlatlarining terma jamoalari qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarini
Yaponiya imperatori Akixito rasman ochib bergan.
O‘yinlarning dasturi 14 ta sport turidan iborat bo‘lib, dasturga kyorling,
snoubording, slalom-gigant kiritilgan. Olimpiya o‘yinlarining ramziy belgisi sifatida
«Sukki, Nokki, Lekki, Tsukki» - to‘rtta boyqushi (O‘yinlar har 4 yilda o‘tkazilishi
ma’nosida) tanlangan edi.
Mazkur qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoa tarkibi 13
nafar sportchidan iborat bo‘lib, ular 3 ta sport turlari bo‘yicha musobaqalarda
qatnashgan. O‘zbekiston sportchilari yaxshi natijalarga erishib, Tat’yana Malinina
figurali uchish bo‘yicha 30 nafar sportchilar orasida 8-o‘rinni, Lina Cheryazova
fristayl bo‘yicha 24 nafar sportchidan 13-o‘rinni, Komil Urunbayev 50 mamlakat
sportchilari orasida 28-o‘rinni, Roman Skornyakov 24 ta mamlakatdan 29 nafar
sportchi orasida figurali o‘chish bo‘yicha 19-o‘rinni egalladilar. Mamlakatimiz
sportchilarining qishki Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi
O‘zbekiston sportining jahondagi mavqe’ini yanada mustahkamladi.
XVIII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
Germaniya
12
9
8
29
2
Norvegiya
10
10
5
25
3
Rossiya
9
6
3
18
4
Avstriya
3
5
9
17
XIX qishgi Olimpiya o‘yinlari 2002 yil 8-24 fevral kunlari Solt-Leyk-Siti
shahrida (AQSh) o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlarida 77 ta mamlakatdan 2399 nafar
(886 nafar ayol) sportchi qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarida ilk bor Gonkong,
Kamerun, Nepal, Tojikiston va Tailand terma jamoalari ishtirok etgan. Olimpiya
o‘yinlarining ochilish marosimi 56500 tomoshabinga mo‘ljallangan “Rice Eccles
Olympic Stadium” sport kompleksida namoyish etilgan. Olimpiya o‘yinlarini AQSh
prezidenti Jorj Bush rasman ochib bergan. XOQ tomonidan Olimpiya o‘yinlari
yuqori saviyada o‘tkazilganligi uchun Solt-Leyk-Siti Tashkiliy qo‘mita rahbari Oltin
Olimpiya ordeni bilan taqdirlangan. Olimpiya o‘yinlari dasturida 15 sport turi bo‘lib,
ularga bobsley (ayollar), skeleton, biatlon, 1500m short trek kiritilgan. Sport
musobaqalari 78 ta medallar jamlanmasi uchun o‘tkazilgan. Ayollar o‘rtasida ikki
ekipajli bobsley musobaqalarida AQSh sportchilari Jill Bakken va Vonetta Flauers
birinchi o‘rinni egallaganlar.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga 6 nafar sportchi kirgan: Kamil
Urunbayev va Elmira Urunbayeva (tog‘ chang‘isi); Tatyana Malinina, Roman
Skornyakov, Natalya Ponomaryova va Evgeniy Sviridov (figurali uchish). Kamil
Urunbayev 79 nafar sportchi orasida 36-o‘rinni, Elmira Urunbayeva – 32 o‘rinni,
Roman Skornyakov 29 nafar sportchi orasida 19-o‘rinni, N. Ponomaryova va E.
Sviridov 18-o‘rinni egallaganlar. T. Malinina 13-o‘rin egallagan edi, biroq tibbiy
qo‘mita tomonidan gripp sababli musobaqalardan chetlatilgan.
XIX qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
Germaniya
12
16
8
36
2
AQSh
10
13
11
34
3
Norvegiya
13
5
7
25
4
Kanada
7
3
7
17
Olimpiya o‘yinlarining ramziy belgisi sifatida quyon «Pouder» («Poroh»),
koyot «Kopper» («Mis») va qora ayiq «Koul» («Ko‘mir») tanlangan.
XX qishgi Olimpiya o‘yinlari 2006 yil 10-26 fevral kunlari Turin shahrida
(Italiya) bo‘lib o‘tgan. Olimpiya o‘yinlarida 80 ta mamlakatdan 2508 nafar sportchi
qatnashgan. Qishki Olimpiya o‘yinlarida Jazoir, Senegal, Efiopiya vakillari ilk bor
ishtirok etgan. Olimpiya musobaqalari 15 ta sport turidan 84 ta (erkaklar o‘rtasida
45 ta, ayollar – 37 ta, aralash turlarda – 2 ta) medallar komplekti uchun o‘tkazilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga Kayrat Ermetov (tog‘ chang‘isi), Marina
Aganina va Artem Knyazyev (figurali uchish), Anastasiya Gimazetdinova (figurali
uchish) kirganlar. Qishki Olimpiadalar tarixida ilk bor O‘zbekiston vakili Evgeniy
Rohin figurali uchish musobaqalarida hakamlik qilgan. XX qishki Olimpiya
o‘yinlari da umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Germaniya, 2 -o‘rinni AQSh, 3 -o‘rinni
Avstriya egallagan.
XXI qishgi Olimpiya o‘yinlari 2010 yil 12-28 fevral kunlari Vankuver
shahrida (Kanada) o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlarida 82 ta mamlakatdan 2574 nafar
sportchi qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimlari
Vankuver markazida joylashgan va 55 ming tomoshabinlarga mo‘ljallangan «BC
Place» yopiq stadionida namoyish etilgan. Olimpiya dasturi 15 ta sport turidan iborat
bo‘lgan. Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari uchun 615 ta olimpiya va 399 ta paralimpiya
medallari ishlab chiqilgan va ularning diametri 100 mm, qalinligi 6 mm, og‘irligi
500 dan 576 grammgacha bo‘lgan.
O‘zbekistondan bu Olimpiya o‘yinlariga 3 nafar sportchi - Kseniya
Grigoryeva va Oleg Shamayev (tog‘ chang‘isi), Anastasiya Gimazetdinova (figurali
uchish) ishtirok etgan.
XXII qishgi Olimpiya o‘yinlari 2014 yil 7-23 fevral kunlari Sochi shahrida
(Rossiya) o‘tkazilgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida 88 ta davlatdan 2800 nafar sportchi
qatnashgan. Olimpiya mash’alasi estafetasi Moskva shahrida boshlanib, 123 kun
davomida Rossiya Federatsiyasining 83 ta hududini bosib o‘tgan va 40 ming
kilometrdan ortiq masofani tashkil etgan. Olimpiya estafetasida 14 ming sportchi
ishtirok etgan.
XXII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali
O‘rin
Davlat
Medallar turi va soni
Jami
oltin
kumush
bronza
1
Rossiya
13
11
9
33
2
Norvegiya
11
5
10
26
3
Kanada
10
10
5
25
4
AQSh
9
7
12
28
Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi “Fisht” stadionida namoyish
etilgan. O‘yinlar dasturiga 15 ta sport turidan 98 ta medallar jamlanmasi uchun
musobaqalar o‘tkazilgan. Sochi Olimpiya o‘yinlarining ramziy belgisi sifatida “Oq
ayiq”, “Qor Yo‘lbarsi” va “Oq Quyoncha” tanlangan.
QIShKI OLIMPIYa SPORT TURLARINING TAVSIFI
Olimpiya Xartiyasi talabiga ko‘ra olimpiya dasturiga kiritilishi uchun qishki
sport turi jahonning 2 ta kontinenti va 25 ta mamlakatlarida keng rivojlangan bo‘lishi
kerak. Qishki Olimpiya o‘yinlarining zamonaviy dasturiga – konkida yugurish,
chang‘i poygasi, short-trek, chang‘ida tramplindan sakrash, bobsley, tog‘ chang‘isi
sporti, chana sporti, skeleton, fristayl, konkida figurali uchish, snoubording, shaybali
xokkey, kyorling, biatlon, chang‘ida ikkikurash kiritilgan.
Konkida tez yugurish sport turi 500, 1500, 5000 va 10000 m masofalaridan
iborat. Konkida tez yugurish musobaqalari I qishki Olimpiya o‘yinlari (1924 y.)
dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempioni – AQSh sportchisi Charlz Jutrou
500 m masofasida g‘olib bo‘lgan. VIII qishki Olimpiya o‘yinlari (Skvo-Velli, 1960
y.) dasturiga ilk bor ayollar o‘rtasida 500,1000,1500 va 3000 mga konkida tez
yugurish musobaqalari kiritilgan. Ayollar o‘rtasida birinchi olimpiya chempioni
sobiq Ittifoq sportchisi Lidiya Skoblikova bo‘lgan.
Qishki Olimpiya o‘yinlari tarixida konkida tez yugurish musobaqalarida
Norvegiya sportchilari eng ko‘p medallarga (78 ta) sazovor bo‘lgan. Keyingi
o‘rinlarni Niderlandiya (66 ta medal), sobiq Ittifoq (60), AQSh (56), Germaniya,
Finlyandiya, Kanada, Shvetsiya Yaponiya, Avstriya terma jamoalari egallagan.
Chang‘i poygasi – chang‘ida tez yugurish musobaqalari I qishki Olimpiya
o‘yinlari (Shamoni,1924 y.) dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempioni –
Norvegiya sportchisi Turleyf Xaut 18 va 50 km masofaslarida g‘olib bo‘lgan.
Qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga erkaklar o‘rtasida 4x10 km chang‘i
estafetasi, 15 km (18 km o‘rniga), 30 km chang‘ida poyga, ayollar o‘rtasida 10 kmga
chang‘i poygasi va 3x5 km chang‘i estafetasi kiritilgan. VI qishki Olimpiya
o‘yinlari (Oslo, 1952 y.) dasturiga ilk bor ayollar o‘rtasida 10 kmga chang‘ida
yugurish musobaqalari kiritilgan. Ayollar o‘rtasida birinchi olimpiya chempioni –
Finlyandiya sportchisi Lidiya Videman bo‘lgan.
Short-trek – (ingl. short – qisqa, track – yo‘l) konkida tez yugurishning
o‘ziga xos turi bo‘lib, muz ustida xokkey maydonining ichida belgilangan maxsus
aylanma yo‘laklarda qisqa masofalarga konkida yugurish musobaqalaridan iborat.
XV qishki Olimpiya o‘yinlarida (Kalgari, 1988 y.) short-trek bo‘yicha ko‘rgazmali
musobaqalar otkazilgan. XVI qishki Olimpiya o‘yinlarida (Albervil, 1992 y.) ilk bor
short-trek olimpiya dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempioni – Koreya
sportchisi Kim Ki Xun 1000 m masofasida g‘olib bo‘lgan. Ayollar o‘rtasida birinchi
olimpiya chempioni – AQSh sportchisi Keti Terner 500 m masofasida g‘olib bo‘lgan
bo‘lgan. Qishki Olimpiya o‘yinlarida umumjamoa medallar hisobida 1-o‘rinni
Koreya, 2-o‘rinni – Kanada, 3-o‘rinni AQSh terma jamoasi egallagan.
Chang‘ida tramplindan sakrash – chang‘i sportining bir turi bolib, uning
vatani Norvegiya hisoblanadi. I qishki Olimpiya o‘yinlarida chang‘ida tramplindan
sakrash ilk bor olimpiya dasturiga kiritilgan. Bu sport turidan musobaqalar faqat
erkaklar o‘rtasida o‘tkaziladi. Birinchi olimpiya chempioni – Norvegiya sportchisi
Yakob Tullin Tams bo‘lgan. 1972 yildan boshlab “o‘rta” va “katta” tramplindan
sakrash (70 m va 90 m) musobaqalariga “chang‘ida parvoz”, deb nomlangan turi
qo‘shilgan. 1992 yilda 70 m va 90 m tramplindan sakrash musobaqalari 90 m va 120
m tramplindan sakrash musobaqalariga o‘zgartirilgan. Qishki Olimpiya o‘yinlarida
umumjamoa medallar hisobida 1-o‘rinni Norvegiya, 2-o‘rinni – Finlyandiya, 3-
o‘rinni Avstraliya terma jamoasi egallagan. Finlyandia sportchisi Matti Nyukyanen
tramplindan sakrash bo‘yicha eng ko‘p medallarga (5 ta oltin va 1 ta kumush)
sazovor bo‘lgan.
Bobsley – chanada maxsus muz trassa bo‘ylab tog‘dan tez uchib tushish
musobaqasidir. Bobsley uchun trassa turli keskin burilishlardan iborat muz yo‘lak
shaklida bo‘lib, uning asosi temir-beton bilan qoplangan. Bobsley chanasining trassa
tezligi soatiga 100 km gacha yetadi, uning boshqaruv ruli va tormozi bor. Bobsley
trassasining uzunligi, start va finish orasidagi balandlik, yo‘lakdagi burilishlar soni
doimiy bir xil bo‘lmagan. Masalan, Leyk-Plesid (1932 y.) da trassa uzunligi 2366
m, vertikal balandlik o‘zgarishlari – 228 m, trassa burilishlari – 26 ta bo‘lgan.
Lillexammerda (1994 y.) esa bobsley musobaqalari 1365 m - trassa, 107 m -
balandlik va 16 ta burilishlardan iborat bo‘lgan. Ko‘p yillar mobaynida bu sport turi
bo‘yicha musobaqalar faqat erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan.
Bobsley vatani Shveysariya hisoblanadi. 1896 yilda Sankt-Morits shahrida
bobsley bo‘yicha birinchi sport klubi tashkil qilinib, musobaqa qoidalari ishlab
chiqilgan. Dastlab bobsley chanasining ekipaj a’zolari besh kishidan iborat bo‘lgan,
keyinchalik esa ularning tarkibi ikki, to‘rt, sakkiz nafargacha o‘zgargan.
Bobsley musobaqalari ilk bor I qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.
Birinchi olimpiya chempionlari – Shveytsariya terma jamoasining to‘rttalik chana
ekipaj a’zolari bo‘lgan. XIX qishki Olimpiya o‘yinlari (2002 y.) dasturiga ilk bor
ayollar o‘rtasida bobsley kiritilgan. Bobsley bo‘yicha ayollar o‘rtasida birinchi
olimpiya chempioni – AQSh sportchilari Jil Bakken va Vonetta Flauers bo‘lganlar.
Qishki Olimpiya o‘yinlarida bobsley bo‘yicha eng ko‘p medallar hisobida 1-o‘rinni
Shveysariya, 2-o‘rinni–AQSh, 3-o‘rinni Germaniya sportchilari egallagan.
Skeleton – (ingl. skeleton – skelet) chana sportining turi bo‘lib, sportchi
harakat yo‘nalishi bo‘yicha chanada boshi oldinga, yuzi pastga qaragan holatda
joylashgan bo‘ladi. Skeleton chanasining boshqaruv ruli bo‘lmaydi va chana oyoq
kiyimining maxsus bo‘rtmalari orqali boshqariladi. Skeleton vatani – Shveysariya.
1887 yilda Sankt-Morits shahrida birinchi skeleton chanasi yasalgan va sport
musobaqalari boshlangan. Skeleton musobaqalari ilk bor II qishki Olimpiya
o‘yinlari (1928 y.) dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempioni – AQSh
sportchisi Jennison Xiton bo‘lgan. Skeleton 1948 yilda 20-yillik hamda 2002 yilda
54-yillik tanaffusdan so‘ng yana olimpiya dasturiga kiritilgan. ko‘p mamlakatlarda
xalqaro talablarga javob beradigan skeleton trassalari bo‘lmaganligi sababli, bu
sport turi uzoq vaqt davomida olimpiya dasturiga kiritilmagan. 2002 yilda ayollar
o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilgan va skeleton bo‘yicha birinchi ayol olimpiya
chempioni – AQSh sportchisi Tristan Geyl bo‘lgan. Qishki Olimpiya o‘yinlari
tarixida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni – AQSh, 2-o‘rinni – Buyuk Britaniya, 3-
o‘rinni Italiya sportchilari egallagan.
Snoubording – (ingl. snow – qor, board – taxta) qishki sport turi bo‘lib,
sportchi maxsus taxta ustida tik turgan xolatda qor bilan qoplangan yarim aylana
shaklidagi inshoot ichida akrobatik mashqlarni bajaradi. Snoubording inshooti yarim
quvur shaklida quriladi, shuning uchun unung nomi half-payp inglizcha “half” –
yarim, “pipe”- truba, quvur ma’nolarini anglatadi. Musobaqalar ikki xil - half-payp
va slalom-gigant snoubordingdan iborat.
Sport turi sifatida snoubording 1960-yillardan boshlab rivojlangan va aynan
shu yillarda amerikalik kashfiyotchi Sherman Poppen qorli qoyalarda qor taxtacha
ustida uchishni o‘ylab topgan. Snoubording bo‘yicha birinchi musobaqalar 1981
yilda Vudston (AQSh) o‘tkazilgan, 1982 yilda esa Vermont shtatida (AQSh) bu
sport turi bo‘yicha birinchi xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tgan. 1983 yilda Soda-
Spring shahrida (Kaliforniya) snoubording bo‘yicha birinchi Jahon chempionati
o‘tkazilgan. 1990-yillarda Xalqaro snoubording federatsiyasi (ISF) tashkil topgan.
Snoubording musobaqalari ilk bor XVIII qishki Olimpiya o‘yinlari
(Nagano,1998 y.) dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempionlari – erkaklar
o‘rtasida Shveysariya sportchisi Jan Simmen, ayollar o‘rtasida – Germanya
sportchisi Nikolya Tost bo‘lgan. Qishki Olimpiya o‘yinlarida snoubording bo‘yicha
eng ko‘p medallarga AQSh, Fransiya, Shveysariya, Germaniya sportchilari sazovor
bo‘lgan.
Fristayl – (ingl. free – erkin, style – usul), qishki sport turi, uch xil
musobaqalardan iborat: mogul (murakkab sakrashlar bilan notekis trassadan
chang‘ida uchib tushish), chang‘ida akrobatika, chang‘ida balet. Fristayl sport turi
sifatida ilk bor 1966 yil AQShning Attitash shahridagi musobaqalarda namoyish
qilingan. 1975 yildan boshlab har yili fristayl bo‘yicha Jahon kuboklari
o‘tkazilmoqda. 1979 yilda Xalqaro chang‘i sporti federatsiyasi (FIS) tarkibida
fristayl bo‘yicha texnik ko‘mita tuzilgan va bu sport turi FIS rahbarligida
o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalar dasturiga kiritilgan. 1980-yillarga kelib fristayl
30 dan ziyod mamlakatlarda rivojlangan. 1986 yil Fransiyada bu sport turi bo‘yicha
birinchi Jahon chempoinati o‘tkazilgan.
XV qishki Olimpiya o‘yinlarida (Kalgari, 1988 y.) fristayl bo‘yicha
ko‘rgazmali musobaqalar o‘tkazilgan. XVI qishki Olimpiya o‘yinlari (1992 y.)
dasturiga fristaylning mogul musobaqalari kiritilgan. Mogul bo‘yicha birinchi
olimpiya chempionlari – erkaklar o‘rtasida Fransiya sportchisi Edgar Grospiron,
ayollar o‘rtasida – AQSh sportchisi Donna Ueynbrext bo‘lgan.
XVII qishki Olimpiya o‘yinlari (1994 y.) dasturiga fristaylning mogul va
chang‘ida akrobatika turlari kiritilgan. Chang‘ida akrobatika bo‘yicha birinchi
olimpiya chempionlari – erkaklar o‘rtasida Shveysariya sportchisi Andreas
Shyonbexler, ayollar o‘rtasida O‘zbekiston sportchisi Lina Cheryazova bo‘lgan.
Fristayl bo‘yicha eng ko‘p medallarga AQSh, Norvegiya, Kanada, Fransiya,
Finlyandiya sportchilari sazovor bo‘lgan.
Kyorling – (ingl. curl – aylantirmoq), muz ustida kegli o‘yinining turi, XIV
asrda Shotlandiyada paydo bo‘lib, so‘ng Yevropa va Kanada mamlakatlarida keng
tarqalgan. XIX asrda uning shotlandcha, nemischa va shveytsarcha o‘yin usullari
mavjud bo‘lgan. 1950 yilda Yevropa va Amerika bir qator mamlakatlarining milliy
federatsiyalari tashabbusi bilan Xalqaro kyorling federatsiyasi (FIK) tashkil topgan.
1951 yildan boshlab bu sport turi bo‘yicha Yevropa chempionatlari muntazam
o‘tkazilmoqda.
Zamonaviy kyorling – qishki sport o‘yini, 40x30 m muz maydonida
o‘ynaladi. O‘yin maqsadi – muz ustuda chizilgan nishonga bita – diskni (20 kg)
tushirish. Bita chizig‘i nishondan 31 m masofada bo‘ladi. Kyorling bo‘yicha
ko‘rgazmali musobaqalar I, III, IV, IX, XV, XVI qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga
kiritilgan. Nihoyat, 1994 yilda XOQ sessiyasida kyorling sport turini olimpiya
dasturiga kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan. XVIII qishki Olimpiya
o‘yinlarida (1988 y.) kyorling musobaqalari ilk bor o‘tkazilgan. Kyorling bo‘yicha
birinchi olimpiya chempionlari – erkaklar o‘rtasida Shveysariya, ayollar o‘rtasida –
Kanada terma jamoalari bo‘lgan. Olimpiya musobaqalarida kyorling bo‘yicha eng
ko‘p medallarga Kanada, Shveysariya, Norvegiya sportchilari sazovor bo‘lgan.
QIShKI OLIMPIYa O‘YINLARI 90 YILLIK TARIXGA EGA:
“O‘yinlar rivojlanishi bilan birga ularning marosimlari ham rivojlangan,
shu jumladan ochilish va yopilish Marosimlari. Televizor kashf qilinishidan oldin
namoyishlarning bu shakllari har xil xarakterga ega bo‘lgan – ular butun jahonga
elektron uzatish vositalari orqali sodir bo‘layotgan narsalarni kuzatayotgan emas,
balki arenada o‘tirgan tomoshabinlar uchun ishlab chiqilgan edi.
Bayram, tomosha va karnaval
“Festival” so‘zi bayramga nisbatan ko‘llaniladi va xursandchilik ma’nosini
bildiradi.U bayramona xodisadir. Bayramning umumiy elementlaridan biri
mushakbozlik hisoblanadi. Mushakbozlik tomosha hisoblanadimi? Mushakbozlik
shunisi bilan qiziqarli-ki, u o‘zining eng chiroyli ko‘rinishida an’anaviy tarzda
hukumat tomonidan shou sifatida tashkillashtiriladi. Shu bilan birga mushakbozlik
Qishki Olimpiya o’yinlari 1924-2014 yillar davomida jami 22 marta
o’tkazildi.
I qishki Olimpiya o’yinlarida (Shamoni, 1924 y.) 16 ta
mamlakadan 293 nafar sportchi qatnashgan.
XXII qishki Olimpiya o’yinlarida (Sochi, 2014 y.) 88 ta davlatdan
2800 nafar sportchi qatnashdi.
Yozgi Olimpiya o’yinlari – 16 kun,
qishki Olimpiya o’yinlari – 12 kun davom etadi.
sizni hech qachon tark etmaydigan hayratlanish hissini yuzaga keltiradi.
Mushakbozlik shousi ko‘ngilochar tomoshalarning eng o‘ziga tortadigan va ta’sirli
shakli hisoblanadi.
“Tomosha” so‘zi ko‘rishdan olinadigan lazzatni, ya’ni qaysidir darajada
hodisa, tomosha yoki obyekt hamda tomoshabin orasidagi bog‘liqlikni anglatadi.
O‘zining bu ma’nosida u “bayram” ma’nosini beradigan so‘zga qaraganda
jo‘shqinligi kamroq bo‘lgan hursandchilik modelini anglatadi.
“Karnaval” so‘zi bayramning maxsus va aniq shaklini anglatadi. Karnaval
– bu paradlar, kishini hayratlantiruvchi (ekstravagant) kostyumlar billan bog‘liq
bo‘lgan kundalik tushuncha hisoblanadi.
MakAlon (1999) Olimpiya o‘yinlarini “zamonaviy yuqori saviyadagi
marosim” deb hisoblaydi, u madaniy ijro sifatida Olimpizmning quyidagi to‘rtta
janrini ko‘rsatadi – tomosha, festival, marosim va o‘yinlar.
Mash’ala estafetasi – o‘zining tabiatiga ko‘ra odamlarga Olimpiadani
jo‘shqin tarzda ko‘chalarda nishonlash imkonini beradigan bayramona hodisa.
Aslida esa mash’ala estafetasi miqyosining ortib borishi Olimpiada arenasida
reklamaning taqiqlanganini hisobga olgan holda homiylarning maksimal reklama
imkoniyatlariga ega bo‘lish istagidan kelib chiqqan. 2008 yilgi mash’ala estafetasi
yo‘lining London qismi o‘z brendini ko‘rsatish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan
hamma narsani, ya’ni turli-tuman bayroqlar, bannerlar, gigant qo‘lqoplar,
plakatlarni namoyish qilayotgan homiylarning vakillari bilan to‘lib ketgan edi”. 1
1 J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o‘yinlari konsepsiyasi. III-qism. Zamonayiy tomoshalar:
postmodernizm dunyosiga yo‘l sari 8-bob. Bayram, tomosha, karnaval va iste’mol. Taylor-Francis
Group. London and New York. 2012. 237 p.