QISHLOQ XO‘JALIGI UCHUN XAVFLI METEOROLOGIK HODISALAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

11

File size

Fayl hajmi

28,5 KB


QISHLOQ XO‘JALIGI UCHUN XAVFLI METEOROLOGIK HODISALAR
Reja:
1. Qora sovuqlar. Qora sovuq turlari va hosil bo‘lish sharoitlari
2.  Mahalliy  sharoitlarning  qora  sovuqlar  kuchiga,  to‘xtash  va  boshlanish
muddatlariga ta’siri
3. Qora sovuqlarning qishloq xo‘jalik ekinlariga ta’siri
4.  Qurg‘oqchilik  va  garmsellar.
 Qurg‘oqchilik  turlari  va  garmsellar.
Qurg‘oqchilikka qarshi kurash chora-tadbirlari
5.  Changli  bo‘ronlar. Changli  bo‘ronlarning  hosil  bo‘lishi  va  O‘zbekiston
hududlarida davomiyligi
Kundalik  turmushdan  ma’lumki,  ba’zi  hollarda  ob-havo  sharoitlari
o‘simliklar uchun noqulay bo‘ladi. Ular ba’zan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga
katta zarar keltiradi. Masalan, 1989 yilning 30 aprel kuni O‘zbekistonda havo
keskin  sovib  ketishi  ro‘y  bergani  sababli,  ba’zi  hududlardagi  ochiq  dalada
parvarish qilinayotgan pomidor, bodring va boshqa ekinlarni, shuningdek, g‘o‘za
maysalarini sovuq urdi. Shuning uchun dehqonlar bu ekinlarni qayta ekib iqtisodiy
jihatdan katta zarar ko‘rdilar. Bunday hollarda ob-havoning noqulay sharoitlarini
qishloq xo‘jaligi uchun xavfli meteorologik hodisalar qatoriga qo‘shiladi. 
Qishloq xo‘jaligi uchun xavfli meteorologik hodisalarning asosiylariga yilning
iliq davrida - qora sovuqlar, qurg‘oqchilik, quruq issiq shamol garmsel, changli
bo‘ronlar, do‘l, kuchli jalalar kirsa, qishda esa  qattiq sovuqlar, yaxmalak, muz
qatqaloqlari, qorsizlik yoki qalin qor qoplami va boshqalar kiradi.
Bunday  hodisalarga  qarshi  kurashishning  samarali  chora-tadbirlarini  ishlab
chiqish uchun dastavval ularning hosil bo‘lish tabiatini, mamlakatimizning turli
1
Logotip
QISHLOQ XO‘JALIGI UCHUN XAVFLI METEOROLOGIK HODISALAR Reja: 1. Qora sovuqlar. Qora sovuq turlari va hosil bo‘lish sharoitlari 2. Mahalliy sharoitlarning qora sovuqlar kuchiga, to‘xtash va boshlanish muddatlariga ta’siri 3. Qora sovuqlarning qishloq xo‘jalik ekinlariga ta’siri 4. Qurg‘oqchilik va garmsellar. Qurg‘oqchilik turlari va garmsellar. Qurg‘oqchilikka qarshi kurash chora-tadbirlari 5. Changli bo‘ronlar. Changli bo‘ronlarning hosil bo‘lishi va O‘zbekiston hududlarida davomiyligi Kundalik turmushdan ma’lumki, ba’zi hollarda ob-havo sharoitlari o‘simliklar uchun noqulay bo‘ladi. Ular ba’zan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga katta zarar keltiradi. Masalan, 1989 yilning 30 aprel kuni O‘zbekistonda havo keskin sovib ketishi ro‘y bergani sababli, ba’zi hududlardagi ochiq dalada parvarish qilinayotgan pomidor, bodring va boshqa ekinlarni, shuningdek, g‘o‘za maysalarini sovuq urdi. Shuning uchun dehqonlar bu ekinlarni qayta ekib iqtisodiy jihatdan katta zarar ko‘rdilar. Bunday hollarda ob-havoning noqulay sharoitlarini qishloq xo‘jaligi uchun xavfli meteorologik hodisalar qatoriga qo‘shiladi. Qishloq xo‘jaligi uchun xavfli meteorologik hodisalarning asosiylariga yilning iliq davrida - qora sovuqlar, qurg‘oqchilik, quruq issiq shamol garmsel, changli bo‘ronlar, do‘l, kuchli jalalar kirsa, qishda esa qattiq sovuqlar, yaxmalak, muz qatqaloqlari, qorsizlik yoki qalin qor qoplami va boshqalar kiradi. Bunday hodisalarga qarshi kurashishning samarali chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun dastavval ularning hosil bo‘lish tabiatini, mamlakatimizning turli 1
rayonlarida ularning takroriyligi va jadalligini bilish kerak, qishloq xo‘jalik ekinlari
hosildorligining bu hodisalarga bog‘liq ravishda o‘zgarishini o‘rganish va qishloq
xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  kelgusida  rivojlantirishda  har  bir  rayonning
agroiqlimiy xususiyatlarini e’tiborga olish kerak.
1. Qora sovuqlar. Qora sovuq turlari va hosil bo‘lish sharoitlari
Havoning o‘rtacha sutkalik harorati musbat bo‘lgan davrlarda havo va faol
sirt haroratining 0°C gacha va undan ham pasayib ketishi qora sovuq deyiladi.
Demak, yilning iliq davrlari (bahor va kuz) da yerga tutashgan havo qatlami va
tuproq sirti haroratining 0°C gacha va undan ham pasayib ketishi hodisasini qora
sovuq deb yuritamiz. Qora sovuqning kuchi va davomiyligiga qarab uning zararli
ta’siridan o‘simliklar qisman zararlanadi yoki butunlay     nobud bo‘ladi.
Qora sovuqlar vaqtida ekinlarni sovuq urishining sababi, o‘simlik hujayrasi
protoplazmasining  suvsizlanishidir.  Chunki  harorat  0°C  gacha  va  undan  ham
pasayganida o‘simlik hujayralari orasidagi suv muzlaydi va hujayradagi suvni
shimib oladi. Hujayra shirasi quyuqlashib, protoplazma suvsizlanib qoladi. Bundan
tashqari ko‘payayotgan muz kristallari hujayrani siqib shikastlantiradi.
Hujayralarning  zararlanishi  pirovardida  o‘simlikning  qisman  yoki  butunlay
nobud bo‘lishiga olib keladi. 
O‘simlikni sovuq urganda uning barglari qorayib qoladi. Shuning uchun bahor
va erta kuzda bo‘ladigan bunday atmosfera hodisasini dehqonlar qora sovuq deb
ataydilar.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ekinlarning eng faol o‘suv davriga
to‘g‘ri keladigan kech bahorgi va erta kuzda bo‘ladigan qora sovuqlar ayniqsa
xavflidir.
Qora sovuqlar o‘zining paydo bo‘lishi  sabablariga qarab quyidagi turlarda
uchraydi.
1. Advektiv qora sovuqlar. Bu turdagi qora sovuqlar biror hududga harorati
0°C dan past bo‘lgan sovuq havo massalarining kirib kelishidan hosil bo‘ladi. Kirib
kelgan sovuq havo massasi yerga tutashgan havo qatlami va tuproq yuzasini sovitib
2
Logotip
rayonlarida ularning takroriyligi va jadalligini bilish kerak, qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining bu hodisalarga bog‘liq ravishda o‘zgarishini o‘rganish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kelgusida rivojlantirishda har bir rayonning agroiqlimiy xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. 1. Qora sovuqlar. Qora sovuq turlari va hosil bo‘lish sharoitlari Havoning o‘rtacha sutkalik harorati musbat bo‘lgan davrlarda havo va faol sirt haroratining 0°C gacha va undan ham pasayib ketishi qora sovuq deyiladi. Demak, yilning iliq davrlari (bahor va kuz) da yerga tutashgan havo qatlami va tuproq sirti haroratining 0°C gacha va undan ham pasayib ketishi hodisasini qora sovuq deb yuritamiz. Qora sovuqning kuchi va davomiyligiga qarab uning zararli ta’siridan o‘simliklar qisman zararlanadi yoki butunlay nobud bo‘ladi. Qora sovuqlar vaqtida ekinlarni sovuq urishining sababi, o‘simlik hujayrasi protoplazmasining suvsizlanishidir. Chunki harorat 0°C gacha va undan ham pasayganida o‘simlik hujayralari orasidagi suv muzlaydi va hujayradagi suvni shimib oladi. Hujayra shirasi quyuqlashib, protoplazma suvsizlanib qoladi. Bundan tashqari ko‘payayotgan muz kristallari hujayrani siqib shikastlantiradi. Hujayralarning zararlanishi pirovardida o‘simlikning qisman yoki butunlay nobud bo‘lishiga olib keladi. O‘simlikni sovuq urganda uning barglari qorayib qoladi. Shuning uchun bahor va erta kuzda bo‘ladigan bunday atmosfera hodisasini dehqonlar qora sovuq deb ataydilar. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ekinlarning eng faol o‘suv davriga to‘g‘ri keladigan kech bahorgi va erta kuzda bo‘ladigan qora sovuqlar ayniqsa xavflidir. Qora sovuqlar o‘zining paydo bo‘lishi sabablariga qarab quyidagi turlarda uchraydi. 1. Advektiv qora sovuqlar. Bu turdagi qora sovuqlar biror hududga harorati 0°C dan past bo‘lgan sovuq havo massalarining kirib kelishidan hosil bo‘ladi. Kirib kelgan sovuq havo massasi yerga tutashgan havo qatlami va tuproq yuzasini sovitib 2
yuboradi. Advektiv qora sovuqlar ko‘pincha Arktikadan kirib kelgan sovuq havo
oqimlarining ta’sirida paydo bo‘ladi.
A.Q. Abdullayev va T.M. Muxtorov ma’lumotlariga ko‘ra 1999 yilning 22-24
aprelida Arktikaning sovuq havo oqimi O‘zbekistonning janubiy qismigacha kirib
kelishi natijasida harorat juda pasayib ketishiga, yomg‘ir va tog‘ oldi hududlarda
esa qor yog‘ishiga sabab bo‘lgan. Haroratning bunday pasayib ketishi ko‘pchilik
viloyatlardagi  qishloq  xo‘jalik  ekinlariga,  mevali  daraxtlarga  o‘zining  salbiy
ta’sirini  ko‘rsatdi.  Masalan,  mazkur  qora  sovuq  ta’sirida  Toshkent,  Sirdaryo,
Jizzax, Samarqand viloyatlarida aprel oyining birinchi yarmida ekilgan chigitlardan
unib chiqqan maysalar 80-100% gacha shikastlandi. Shuningdek, O‘zbekistonning
ko‘p viloyatlarida poliz-sabzavot ekinlari, tut va tok daraxtlari ham qora sovuqdan
shikastlandi. 
Advektiv qora sovuqlar bir necha kun to‘xtovsiz davom etadi, katta hududlarni
qamrab oladi, shamolli, bulutli ob-havo sharoitida o‘tadi va mahalliy sharoitlarga
unchalik  bog‘liq  bo‘lmaydi.  Bunday  qora  sovuqlar  vaqtida  havo  harorati
o‘zgarishining sutkalik amplitudasi unchalik katta bo‘lmaydi. Tuproq sirtidagi va 2
m balandlikdagi havo haroratlari bir-biridan juda kam farq qiladi.
Sovuq havo massasining isishi 3-4 kun davom etadi va bu davrning oxirida
havo harorati asta-sekin orta boshlaydi.
2.  Radiatsion qora sovuqlar. Bu turdagi qora sovuqlar havo ochiq kunlari
sokin tunda faol yuzaning nurlanish sababli sovishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunda
tuproq yuzasigina emas, balki tuproq yuzasiga juda yaqin ingichka havo qatlami
ham kuchli soviydi. Bu sovuq havo qatlamidan yuqorida iliq havo joylashadi.
Boshqacha aytganda yerga tutashgan havoda harorat inversiyasi ro‘yobga chiqadi. 
Yer sirtidan 2 m balanddagi havoning harorati tuproq yuzasining haroratidan
o‘rta hisob bilan 2,5-3°C ga farq qiladi. Sibir va Qozog‘istonning kontinental
iqlimli rayonlarida bu farq 4,0-4,5°C gacha yetadi. 
Havo ochiq shamolsiz tunlarda ko‘pincha tuproq sirtidan 2 sm dan 5 sm gacha
balandlikdagi qatlamda havo harorati eng past bo‘ladi.
Bunda  yalang  tuproq  yuzasining  minimal  harorati  2  m  balanddagi  havo
haroratidan 1,5-3°C ga ortiq bo‘ladi. 
3
Logotip
yuboradi. Advektiv qora sovuqlar ko‘pincha Arktikadan kirib kelgan sovuq havo oqimlarining ta’sirida paydo bo‘ladi. A.Q. Abdullayev va T.M. Muxtorov ma’lumotlariga ko‘ra 1999 yilning 22-24 aprelida Arktikaning sovuq havo oqimi O‘zbekistonning janubiy qismigacha kirib kelishi natijasida harorat juda pasayib ketishiga, yomg‘ir va tog‘ oldi hududlarda esa qor yog‘ishiga sabab bo‘lgan. Haroratning bunday pasayib ketishi ko‘pchilik viloyatlardagi qishloq xo‘jalik ekinlariga, mevali daraxtlarga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, mazkur qora sovuq ta’sirida Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida aprel oyining birinchi yarmida ekilgan chigitlardan unib chiqqan maysalar 80-100% gacha shikastlandi. Shuningdek, O‘zbekistonning ko‘p viloyatlarida poliz-sabzavot ekinlari, tut va tok daraxtlari ham qora sovuqdan shikastlandi. Advektiv qora sovuqlar bir necha kun to‘xtovsiz davom etadi, katta hududlarni qamrab oladi, shamolli, bulutli ob-havo sharoitida o‘tadi va mahalliy sharoitlarga unchalik bog‘liq bo‘lmaydi. Bunday qora sovuqlar vaqtida havo harorati o‘zgarishining sutkalik amplitudasi unchalik katta bo‘lmaydi. Tuproq sirtidagi va 2 m balandlikdagi havo haroratlari bir-biridan juda kam farq qiladi. Sovuq havo massasining isishi 3-4 kun davom etadi va bu davrning oxirida havo harorati asta-sekin orta boshlaydi. 2. Radiatsion qora sovuqlar. Bu turdagi qora sovuqlar havo ochiq kunlari sokin tunda faol yuzaning nurlanish sababli sovishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunda tuproq yuzasigina emas, balki tuproq yuzasiga juda yaqin ingichka havo qatlami ham kuchli soviydi. Bu sovuq havo qatlamidan yuqorida iliq havo joylashadi. Boshqacha aytganda yerga tutashgan havoda harorat inversiyasi ro‘yobga chiqadi. Yer sirtidan 2 m balanddagi havoning harorati tuproq yuzasining haroratidan o‘rta hisob bilan 2,5-3°C ga farq qiladi. Sibir va Qozog‘istonning kontinental iqlimli rayonlarida bu farq 4,0-4,5°C gacha yetadi. Havo ochiq shamolsiz tunlarda ko‘pincha tuproq sirtidan 2 sm dan 5 sm gacha balandlikdagi qatlamda havo harorati eng past bo‘ladi. Bunda yalang tuproq yuzasining minimal harorati 2 m balanddagi havo haroratidan 1,5-3°C ga ortiq bo‘ladi. 3
Radiatsion  qora  sovuqlarning  kuchi  va  davomiyligi  relef  shakliga,  tuproq
sirtining holatiga, havo va tuproq namligi hamda boshqa mahalliy sharoitlarga
bog‘liq.
Radiatsion  qora  sovuq  paydo  bo‘lishining  muhim  sharti  kechasi  shamol
bo‘lmasligi va havoning ochiq bo‘lishidir. Agar shamol esa boshlasa tuproqqa
yaqin sovuq havo yuqoridagi iliq havo bilan aralashib ketadi va shu bilan qora
sovuqning o‘zi va uning hosil bo‘lish imkoniyati yo‘qoladi. 
Yuqorida  aytganimizdek,  radiatsion  qora  sovuqning  paydo  bo‘lishi  havo
namligiga ham bog‘liq. Agar harorat pasayganida havo suv bug‘lariga to‘yingan
holatga o‘tsa, ya’ni shudring nuqtasiga erishilgandan keyin haroratning yanada
pasayishi keskin sekinlashadi. 
Chunki  suv  bug‘iga  to‘yingan  havo  harorati  yanada  pasayganda  uning
tarkibidagi suv bug‘ining kondensatsiyasi boshlanadi, bug‘lanishning «yashirin»
issiqligi ajraladi va bu issiqlik havoning yanada sovishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan
radiatsion qora sovuqqa qarshi kurashish uchun shudring nuqtasini ko‘tarish kerak
degan xulosaga kelamiz.
Radiatsion qora sovuq tunda boshlanib, quyosh chiqqandan keyin to‘xtaydi. 
3.  Radiatsion – advektiv qora sovuqlar. Bu turdagi aralash qora sovuqlar
sovuq havo massalarining kirib kelishi va uning havo ochiq kechalari faol sirtning
nurlanishi sababli yanada sovishi natijasida hosil bo‘ladi.
Kech bahordagi va erta kuzdagi qora sovuqlar ko‘pincha radiatsion-advektiv
turda bo‘ladi va nisbatan yuqori o‘rtacha sutkalik haroratlarda kuzatiladi. Bu vaqtda
havo haroratining sutkalik o‘zgarishi kechasi 0°C gacha pasaymaydi, shuning uchun
sovuq havo oqimining kelishi va uning havo ochiq kechalarda nur chiqarib sovigan
faol sirt ta’sirida yanada sovishidan hosil bo‘ladi.
Advektiv-radiatsion qora sovuqlar bahor oxirida, yoz boshlanishida va kuzda
kuzatiladi. Ular qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun eng xavfli hisoblanadi.
Advektiv-radiatsion  qora sovuqlarning jadalligi  unchalik  katta emas (-2-3°
chamasida). Ular odatda tuproq, o‘tzor va ekinlar sirtiga yaqin ingichka havo
qatlamida kuzatiladi. Bunday qora sovuqlar meteorologik stansiyalarda ko‘pincha
qayd etilmaydi, chunki bu vaqtda meteorologik budkadagi havo harorati musbat
4
Logotip
Radiatsion qora sovuqlarning kuchi va davomiyligi relef shakliga, tuproq sirtining holatiga, havo va tuproq namligi hamda boshqa mahalliy sharoitlarga bog‘liq. Radiatsion qora sovuq paydo bo‘lishining muhim sharti kechasi shamol bo‘lmasligi va havoning ochiq bo‘lishidir. Agar shamol esa boshlasa tuproqqa yaqin sovuq havo yuqoridagi iliq havo bilan aralashib ketadi va shu bilan qora sovuqning o‘zi va uning hosil bo‘lish imkoniyati yo‘qoladi. Yuqorida aytganimizdek, radiatsion qora sovuqning paydo bo‘lishi havo namligiga ham bog‘liq. Agar harorat pasayganida havo suv bug‘lariga to‘yingan holatga o‘tsa, ya’ni shudring nuqtasiga erishilgandan keyin haroratning yanada pasayishi keskin sekinlashadi. Chunki suv bug‘iga to‘yingan havo harorati yanada pasayganda uning tarkibidagi suv bug‘ining kondensatsiyasi boshlanadi, bug‘lanishning «yashirin» issiqligi ajraladi va bu issiqlik havoning yanada sovishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan radiatsion qora sovuqqa qarshi kurashish uchun shudring nuqtasini ko‘tarish kerak degan xulosaga kelamiz. Radiatsion qora sovuq tunda boshlanib, quyosh chiqqandan keyin to‘xtaydi. 3. Radiatsion – advektiv qora sovuqlar. Bu turdagi aralash qora sovuqlar sovuq havo massalarining kirib kelishi va uning havo ochiq kechalari faol sirtning nurlanishi sababli yanada sovishi natijasida hosil bo‘ladi. Kech bahordagi va erta kuzdagi qora sovuqlar ko‘pincha radiatsion-advektiv turda bo‘ladi va nisbatan yuqori o‘rtacha sutkalik haroratlarda kuzatiladi. Bu vaqtda havo haroratining sutkalik o‘zgarishi kechasi 0°C gacha pasaymaydi, shuning uchun sovuq havo oqimining kelishi va uning havo ochiq kechalarda nur chiqarib sovigan faol sirt ta’sirida yanada sovishidan hosil bo‘ladi. Advektiv-radiatsion qora sovuqlar bahor oxirida, yoz boshlanishida va kuzda kuzatiladi. Ular qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun eng xavfli hisoblanadi. Advektiv-radiatsion qora sovuqlarning jadalligi unchalik katta emas (-2-3° chamasida). Ular odatda tuproq, o‘tzor va ekinlar sirtiga yaqin ingichka havo qatlamida kuzatiladi. Bunday qora sovuqlar meteorologik stansiyalarda ko‘pincha qayd etilmaydi, chunki bu vaqtda meteorologik budkadagi havo harorati musbat 4
bo‘ladi.
Tuproq  sirtiga  o‘rnatilgan  minimal  termometr  ham  manfiy  haroratni
ko‘rsatmaydi.  Bunga  sabab  tuproq  yuzasiga  yotiq  holatda  rezervuarining
yarmisigacha botirib o‘rnatilgan minimal termometrning tuproqdan qo‘shimcha
issiqlik  olishidir.  Bunday  «yashirin»  qora  sovuqlardan  issiqsevar  o‘simliklar
shikastlanadi.  Chunki  ular  organlarining  harorati  0°C  gacha  yoki  undan  ham
ko‘proq pasayadi. Advektiv-radiatsion qora sovuqlar odatda tungi soatlarda, asosan
quyosh chiqishi oldidan paydo bo‘ladi, ularning davomiyligi 3-4 soatga teng.
Shunday  qilib,  o‘simliklar  vegetatsiyasi  davrida  havoning  o‘rtacha  sutkalik
harorati musbat bo‘lganda ham tuproq yuzasiga juda yaqin havo qatlamida qora
sovuq kuzatilishi mumkin. Shuning uchun sovuqsiz davr davomiyligini aniqlashda
meteorologik  budkadagi  yoki  tuproq  yuzasidagi  haroratni  kuzatish  bilan
cheklanmas-dan yana tuproq (yoki ekin) ustidagi haroratni ham bilish kerak.
Bahordagi eng keyingi qora sovuq ro‘y bergan sana bilan kuzdagi birinchi
qora sovuq sanasi orasidagi vaqtni qora sovuqsiz davr deb yuritiladi.
Tuproq yuzasidagi qora sovuqlar havodagi (2 m balandlikdagi) ga nisbatan
bahorda kechroq, kuzda esa ertaroq boshlanadi. Shuning uchun tuproq yuzasidagi
sovuqsiz davr, havodagi sovuqsiz davrga nisbatan 20-30 kun qisqa bo‘ladi.
V.V. Karnauxova ma’lumotlariga ko‘ra O‘rta Osiyo tekisliklarida havodagi
qora sovuqsiz davrning o‘rtacha ko‘p yillik davomiyligi 150 kundan 250 kungacha
cho‘ziladi. Tog‘larda bu davr 50-150 kunga teng bo‘lib qoladi. O‘rta Osiyoda
sovuqsiz davrning eng uzoq davomiyligi O‘zbekistonning janubi-sharqiy qismida
kuzatiladi. 
1936-73  yillarda  olib  borilgan  meteorologik  kuzatishlarga  asosan
O‘zbekistonda  havodagi  sovuqsiz  davrning  eng  uzoq  davomiyligi  Sherobod
meteostansiyasida kuzatilib, u 268 kunga teng bo‘lgan. 
Tuproq yuzasidagi sovuqsiz davrning maksimal davomiyligi ham xuddi shu
meteostansiyada kuzatilib, u 241 kunga teng bo‘lgan.
Demak,  Sherobod  meteostansiyasida  tuproq  yuzasidagi  sovuqsiz  davr
maksimal davomiyligi, havodagiga nisbatan 27 kunga qisqa bo‘lgan.
Radiatsion qora sovuqlar har xil iqlim sharoitida havoning turlicha o‘rtacha
5
Logotip
bo‘ladi. Tuproq sirtiga o‘rnatilgan minimal termometr ham manfiy haroratni ko‘rsatmaydi. Bunga sabab tuproq yuzasiga yotiq holatda rezervuarining yarmisigacha botirib o‘rnatilgan minimal termometrning tuproqdan qo‘shimcha issiqlik olishidir. Bunday «yashirin» qora sovuqlardan issiqsevar o‘simliklar shikastlanadi. Chunki ular organlarining harorati 0°C gacha yoki undan ham ko‘proq pasayadi. Advektiv-radiatsion qora sovuqlar odatda tungi soatlarda, asosan quyosh chiqishi oldidan paydo bo‘ladi, ularning davomiyligi 3-4 soatga teng. Shunday qilib, o‘simliklar vegetatsiyasi davrida havoning o‘rtacha sutkalik harorati musbat bo‘lganda ham tuproq yuzasiga juda yaqin havo qatlamida qora sovuq kuzatilishi mumkin. Shuning uchun sovuqsiz davr davomiyligini aniqlashda meteorologik budkadagi yoki tuproq yuzasidagi haroratni kuzatish bilan cheklanmas-dan yana tuproq (yoki ekin) ustidagi haroratni ham bilish kerak. Bahordagi eng keyingi qora sovuq ro‘y bergan sana bilan kuzdagi birinchi qora sovuq sanasi orasidagi vaqtni qora sovuqsiz davr deb yuritiladi. Tuproq yuzasidagi qora sovuqlar havodagi (2 m balandlikdagi) ga nisbatan bahorda kechroq, kuzda esa ertaroq boshlanadi. Shuning uchun tuproq yuzasidagi sovuqsiz davr, havodagi sovuqsiz davrga nisbatan 20-30 kun qisqa bo‘ladi. V.V. Karnauxova ma’lumotlariga ko‘ra O‘rta Osiyo tekisliklarida havodagi qora sovuqsiz davrning o‘rtacha ko‘p yillik davomiyligi 150 kundan 250 kungacha cho‘ziladi. Tog‘larda bu davr 50-150 kunga teng bo‘lib qoladi. O‘rta Osiyoda sovuqsiz davrning eng uzoq davomiyligi O‘zbekistonning janubi-sharqiy qismida kuzatiladi. 1936-73 yillarda olib borilgan meteorologik kuzatishlarga asosan O‘zbekistonda havodagi sovuqsiz davrning eng uzoq davomiyligi Sherobod meteostansiyasida kuzatilib, u 268 kunga teng bo‘lgan. Tuproq yuzasidagi sovuqsiz davrning maksimal davomiyligi ham xuddi shu meteostansiyada kuzatilib, u 241 kunga teng bo‘lgan. Demak, Sherobod meteostansiyasida tuproq yuzasidagi sovuqsiz davr maksimal davomiyligi, havodagiga nisbatan 27 kunga qisqa bo‘lgan. Radiatsion qora sovuqlar har xil iqlim sharoitida havoning turlicha o‘rtacha 5
sutkalik  haroratida  to‘xtaydi.  Masalan,  I.A.  Golsberg  ma’lumotlariga  ko‘ra
Rossiyaning  dengiz  bo‘yidagi  tumanlarida  qora  sovuqlar  havoning  o‘rtacha
sutkalik harorati 5-6°C ga, O‘rta Osiyoda esa havoning o‘rtacha harorati 12-13°C
ga teng bo‘lganda to‘xtaydi.
Mahalliy sharoitlarning qora sovuqlar kuchiga,
to‘xtash va boshlanish muddatlariga ta’siri
Joyning relefi, tuproq holati, o‘simliklar va suv havzalarining borligi qora
sovuqlarning  bahorda  to‘xtashi,  kuzda  esa  boshlanish  muddatlariga,  kuchiga
sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Advektiv qora sovuqlar o‘rnashgan joyga, radiatsion va advektiv-radiatsion
qora sovuqlarga qaraganda kam bog‘liq. Ammo sovuq shamollarga ochiq bo‘lgan
qiyaliklarda, tog‘ yonbag‘irlarida qora sovuq xavfi kuchliroq bo‘ladi. O‘rnashgan
joyning radiatsion va advektiv-radiatsion qora sovuqlarga ta’siri ancha sezilarli
bo‘ladi. 
Joyning relefiga qarab sovuq havo oqimlarining olingan joyga kelishi va ketishi
turlicha ro‘y beradi. Kechasi qiyaliklarda faol yuzaning radiatsion sovishi natijasida
unga tutashgan havo qatlami ham kuchli soviydi, natijada uning zichligi  ortib
og‘irroq bo‘lib qoladi va qiyalik pastiga oqib tushadi, shuning uchun qiyalik pastida
sovuqroq bo‘ladi. Qiyalikning pastida qiyalik tepasiga nisbatan sovuq havo ko‘proq
to‘plangani  uchun  qora  sovuq  bo‘lish  xavfi  kuchli  bo‘ladi.  Agar  qora  sovuq
boshlansa, qiyalik pastida uning kuchi ham katta bo‘ladi. Qiyalikning tepasida qora
sovuq tushish xavfi ancha kam, chunki pastga oqib ketgan sovuq havo o‘rnini
yuqoridan tushgan iliq havo egallaydi. Qiyalikning ufq bilan hosil qilgan burchagi
qanchalik katta bo‘lsa, bu qiyalik tepasiga qora sovuq tushish xavfi shunchalik kam
bo‘ladi. Vodiylar ham nisbatan pastlikda joylashgani uchun sovuqroq bo‘ladi. 
Relefning botiq shakllari (tog‘lar bilan o‘ralgan vodiylar, botiqlar, o‘rmondagi
yalangliklar)  da  sovuqsiz  davrning  davomiyligi  tekis  gorizontal  joylardagiga
nisbatan ancha qisqaradi, bunday botiq joylarda qora sovuqning kuchi  ortadi.
Chunki bunday yerlarda sovuq havo ko‘p to‘planadi va uzoq turib qoladi. Masalan,
6
Logotip
sutkalik haroratida to‘xtaydi. Masalan, I.A. Golsberg ma’lumotlariga ko‘ra Rossiyaning dengiz bo‘yidagi tumanlarida qora sovuqlar havoning o‘rtacha sutkalik harorati 5-6°C ga, O‘rta Osiyoda esa havoning o‘rtacha harorati 12-13°C ga teng bo‘lganda to‘xtaydi. Mahalliy sharoitlarning qora sovuqlar kuchiga, to‘xtash va boshlanish muddatlariga ta’siri Joyning relefi, tuproq holati, o‘simliklar va suv havzalarining borligi qora sovuqlarning bahorda to‘xtashi, kuzda esa boshlanish muddatlariga, kuchiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Advektiv qora sovuqlar o‘rnashgan joyga, radiatsion va advektiv-radiatsion qora sovuqlarga qaraganda kam bog‘liq. Ammo sovuq shamollarga ochiq bo‘lgan qiyaliklarda, tog‘ yonbag‘irlarida qora sovuq xavfi kuchliroq bo‘ladi. O‘rnashgan joyning radiatsion va advektiv-radiatsion qora sovuqlarga ta’siri ancha sezilarli bo‘ladi. Joyning relefiga qarab sovuq havo oqimlarining olingan joyga kelishi va ketishi turlicha ro‘y beradi. Kechasi qiyaliklarda faol yuzaning radiatsion sovishi natijasida unga tutashgan havo qatlami ham kuchli soviydi, natijada uning zichligi ortib og‘irroq bo‘lib qoladi va qiyalik pastiga oqib tushadi, shuning uchun qiyalik pastida sovuqroq bo‘ladi. Qiyalikning pastida qiyalik tepasiga nisbatan sovuq havo ko‘proq to‘plangani uchun qora sovuq bo‘lish xavfi kuchli bo‘ladi. Agar qora sovuq boshlansa, qiyalik pastida uning kuchi ham katta bo‘ladi. Qiyalikning tepasida qora sovuq tushish xavfi ancha kam, chunki pastga oqib ketgan sovuq havo o‘rnini yuqoridan tushgan iliq havo egallaydi. Qiyalikning ufq bilan hosil qilgan burchagi qanchalik katta bo‘lsa, bu qiyalik tepasiga qora sovuq tushish xavfi shunchalik kam bo‘ladi. Vodiylar ham nisbatan pastlikda joylashgani uchun sovuqroq bo‘ladi. Relefning botiq shakllari (tog‘lar bilan o‘ralgan vodiylar, botiqlar, o‘rmondagi yalangliklar) da sovuqsiz davrning davomiyligi tekis gorizontal joylardagiga nisbatan ancha qisqaradi, bunday botiq joylarda qora sovuqning kuchi ortadi. Chunki bunday yerlarda sovuq havo ko‘p to‘planadi va uzoq turib qoladi. Masalan, 6
qiyalik burchagi 10° dan katta bo‘lgan qiyalik cho‘qqisidagi qora sovuq xavfini 1
ball bilan baholaylik. U holda gorizontal keng tekis vodiylar va pastliklardagi qora
sovuq  bo‘lish  xavfi  5  ball  bilan  baholanadi.  Demak,  gorizontal  vodiylar  va
pastliklarda qora sovuq bo‘lish xavfi qiyaliklar tepasidagiga nisbatan 5 marta ko‘p
bo‘ladi.
Qavariq relefli joylar (tepalikning cho‘qqisi, qiyalikning ustki qismi) da qora
sovuqlarsiz davr davomiyligi tekis joylardagiga nisbatan katta.
O‘rmon bilan qoplangan qiyaliklarda sovuq havo o‘rmon oldida turib qoladi,
shuning uchun qiyalikdagi ochiq yerlarda qora sovuq bo‘lish xavfi kuchayadi.
O‘rmondagi radiatsion qora sovuqlar vaqtida harorat ochiq maydondagiga nisbatan
2-3° ga yuqori bo‘ladi. Ochiq yalangliklar (yoki o‘tzorlar) da qora sovuqlar kuchi
ortadi.
Tuproqning  issiqlik  xossalari  ham  radiatsion  qora  sovuqlarga  ancha  ta’sir
ko‘rsatadi. Tuproqning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi qanchalik kam
bo‘lsa, tuproq yuzasida hosil bo‘ladigan qora sovuq shuncha kuchli bo‘ladi.
Haydalgan (g‘ovak) tuproqning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi
haydalmagan (zich) tuproqnikidan oz bo‘lganligi-dan haydalgan tuproq yuzasida,
haydalmagan tuproq yuzasiga nisbatan qora sovuq tez-tez kuzatiladi. Biz bilamizki,
haydalgan yer tarkibida havo ko‘p, shuning uchun uning issiqlik sig‘imi va issiqlik
o‘tkazuvchanligi oz.
Zich  tuproqning  issiqlik  sig‘imi  kattaroq  bo‘lgani  uchun  kechasi  g‘ovak
tuproqqa nisbatan sekin soviydi va zich tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi ham
nisbatan katta bo‘lganidan tuproq yuzasining nurlanishda yo‘qotgan issiqligining
ancha qismini pastki qatlamlardan ko‘tarilgan issiqlik hisobiga qoplaydi, natijada
zich tuproq yuzasi keskin sovimay qora sovuq hosil bo‘lishi ehtimoli kamayadi. 
Kechasi g‘ovak tuproq yuza qatlami pastki qatlamlardan ko‘tarilgan issiqlik
oqimining tuproq yuzasiga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun g‘ovak
tuproq  yuzasi  kechasi  zich  tuproq  yuzasidan  ko‘proq  soviydi.  Buning  ustiga
tuproqning  nurlanib  sovishi  ham  qo‘shiladi.  Natijada  g‘ovak  tuproq  yuzasida
radiatsion qora sovuqning bo‘lish ehtimoli katta bo‘ladi.
Dengiz, katta ko‘llar qirg‘oqlarida qora sovuqsiz davr 25-30 kunga uzayadi.
7
Logotip
qiyalik burchagi 10° dan katta bo‘lgan qiyalik cho‘qqisidagi qora sovuq xavfini 1 ball bilan baholaylik. U holda gorizontal keng tekis vodiylar va pastliklardagi qora sovuq bo‘lish xavfi 5 ball bilan baholanadi. Demak, gorizontal vodiylar va pastliklarda qora sovuq bo‘lish xavfi qiyaliklar tepasidagiga nisbatan 5 marta ko‘p bo‘ladi. Qavariq relefli joylar (tepalikning cho‘qqisi, qiyalikning ustki qismi) da qora sovuqlarsiz davr davomiyligi tekis joylardagiga nisbatan katta. O‘rmon bilan qoplangan qiyaliklarda sovuq havo o‘rmon oldida turib qoladi, shuning uchun qiyalikdagi ochiq yerlarda qora sovuq bo‘lish xavfi kuchayadi. O‘rmondagi radiatsion qora sovuqlar vaqtida harorat ochiq maydondagiga nisbatan 2-3° ga yuqori bo‘ladi. Ochiq yalangliklar (yoki o‘tzorlar) da qora sovuqlar kuchi ortadi. Tuproqning issiqlik xossalari ham radiatsion qora sovuqlarga ancha ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi qanchalik kam bo‘lsa, tuproq yuzasida hosil bo‘ladigan qora sovuq shuncha kuchli bo‘ladi. Haydalgan (g‘ovak) tuproqning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi haydalmagan (zich) tuproqnikidan oz bo‘lganligi-dan haydalgan tuproq yuzasida, haydalmagan tuproq yuzasiga nisbatan qora sovuq tez-tez kuzatiladi. Biz bilamizki, haydalgan yer tarkibida havo ko‘p, shuning uchun uning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi oz. Zich tuproqning issiqlik sig‘imi kattaroq bo‘lgani uchun kechasi g‘ovak tuproqqa nisbatan sekin soviydi va zich tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi ham nisbatan katta bo‘lganidan tuproq yuzasining nurlanishda yo‘qotgan issiqligining ancha qismini pastki qatlamlardan ko‘tarilgan issiqlik hisobiga qoplaydi, natijada zich tuproq yuzasi keskin sovimay qora sovuq hosil bo‘lishi ehtimoli kamayadi. Kechasi g‘ovak tuproq yuza qatlami pastki qatlamlardan ko‘tarilgan issiqlik oqimining tuproq yuzasiga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun g‘ovak tuproq yuzasi kechasi zich tuproq yuzasidan ko‘proq soviydi. Buning ustiga tuproqning nurlanib sovishi ham qo‘shiladi. Natijada g‘ovak tuproq yuzasida radiatsion qora sovuqning bo‘lish ehtimoli katta bo‘ladi. Dengiz, katta ko‘llar qirg‘oqlarida qora sovuqsiz davr 25-30 kunga uzayadi. 7