QISHLOQ XO‘JALIGINI “YASHIL IQTISODIYOT” ASOSIDA BARQAROR RIVOJLANTIRISH
Yuklangan vaqt
2024-05-21
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
33,9 KB
QISHLOQ XO‘JALIGINI “YASHIL IQTISODIYOT” ASOSIDA
BARQAROR RIVOJLANTIRISH
1. Qishloq xo‘jaligini “yashil iqtisodiyot” asosida rivojlantirish muammolari
Rivojlangan mamlakatlarning oltinchi texnologik ukladga o‘tishi munosabati
bilan IHTT 2009 yilda “yashil iqtisodiyot” asosida uzoq muddatli (2030 va 2050
yillarga qadar) davrga mo‘ljallangan rivojlanish siyosatini rasman e’lon qildi1.
“Yashil iqtisodiyot”ni shakllantirishda “dekapling”2 samarasiga erishish muhim
ahamiyatga ega. “Dekapling” ekologik jihatdan barqaror iqtisodiyotga qarab
rivojlanishning strategik asosi hisoblanadi. Uning mohiyati o‘sib borayotgan
ehtiyojlarni tabiiy kapitalning kamayishini minimallashtirish hisobidan qondirishda
namoyon bo‘ladi3. Shuning uchun qishloq xo‘jaligini “yashil texnologiyalar”
asosida rivojlantirish, tabiiy kapitalni maksimal darajada tejash, yer va suv
resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqlim o‘zgarishlariga tez moslasha oladigan,
ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish
masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi aholi ish bilan band
bo‘ladigan asosiy soha va kambag‘allar uchun yagona daromad manbai hisoblanadi.
“Yashil” qishloq xo‘jaligi jahonda kambag‘allik darajasini pasaytirishda muhim rol
o‘ynaydi.
Qishloq
xo‘jaligining
“yashil”
usullarini
qo‘llash
ekologik
1 United Nations Environmental Programme: Green Economy. http://www.unep.org
2 decoupling – инглизча сўз бўлиб, ажратиш, бўлиб ташлаш, деган маъноларга эга.
3 Decoupling natural resource use and environmental impacts from economic growth. UNEP. http://www.unep.org.
degradatsiyalashuv va kambag‘allik muammolarini birgalikda hal etishga yordam
beradi. Yer yuzida 2,6 mlrd. kishi bevosita qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq hayot
kechiradi, ularning aksariyat qismi qishloq joylarda kichik fermalarda kuniga 1
dollardan kam daromad evaziga mehnat qiladi.
Qishloq joylarda kambag‘allarning 70 foizi yashash manbaini qishloq
xo‘jaligi bilan bog‘lashadi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra qishloq xo‘jaligining
YaIMdagi ulushi jahon bo‘yicha o‘rtacha 3 foizni tashkil etgani holda past
daromadli mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 32 foizga teng4.
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari tarkibidagi 2-maqsad “Ochlikka
barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’molni yaxshilash va
barqaror qishloq xo‘jaligini targ‘ib qilish”dan iborat bo‘lib, ushbu maqsadga
erishishda qishloq xo‘jaligi muhim ahamiyat kasb etadi. Jahonda 815 milliondan
ortiq kishi to‘yib ovqatlanmaydi, ularning aksariyat qismi rivojlanayotgan
mamlakatlarda istiqomat qiladi va ular aholining 12,9 foizini tashkil etadi5. So‘nggi
yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha bir qator
choralar amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston dunyoda egallagan o‘rnini
mustahkamlashga erishdi va bosqichma-bosqich global reytinglarda o‘z mavqeini
yaxshilab oldi. O‘zbekiston Respublikasi 2019 yilda Global ochlik indeksi bo‘yicha
119 mamlakat o‘rtasida 49-o‘rinni egallab, 10,7 ko‘rsatkich bilan “mo‘tadil”
darajaga erishdi6.
Jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, qishloq xo‘jaligida organik ishlab chiqarishni
joriy etishdagi asosiy muammo agrasonat majmuasida “yashil texnologiyalar”ni
qo‘llash biznes uchun manfaatli sharoitlar yaratish muammosi hisoblanadi. Ushbu
maqsadga erishish uchun davlat, xususiy investorlar va iste’molchilar birgalikda
hamkorlik qilishi zarur bo‘ladi. Organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda yetakchi
mavqe davlatga tegishli bo‘lishi kerak. Sohani rivojlantirish uchun maqsadli
4https://www.greengrowthknowledge.org/sites/default/files/downloads/resource/The_Little_Green_Data_Book_201
4_0.pdf
5 https://www.un.org/sustainabledevelopment/ru/hunger/
6 https://www.welthungerhilfe.org/hunger/global-hunger-index/
dasturlar doirasida loyihalarni imtiyozli kreditlash va soliqqa tortish bo‘yicha
rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar tizimidan keng foydalanish lozim.
Qishloq xo‘jaligini “yashillashtirish” fermerlarning daromadliligi va
unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jaligidan makroiqtisodiy darajada foyda olish,
iqlim o‘zgarishlariga moslashish va ekotizim xizmatlarini rivojlantirish kabi
afzalliklarga olib keladi.
Qishloq xo‘jaligini yashillashtirishga qaratilgan strategik islohotlar va
investitsiyalar sohada quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini yaratadi:
- iqtisodiy tizimni diversifikatsiyalash;
- hosildorlikni oshirish hisobiga kambag‘allik darajasini pasaytirish va
mehnat unumdorligi yuqori “yashil” ishchi o‘rinlarini yaratish;
- barqaror oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
- sanoatga asoslangan qishloq xo‘jaligining amaldagi usullari bilan bog‘liq
iqtisodiy va ekologik xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish.
2. Organik qishloq xo‘jaligi tushunchasi, rivojlanish ko‘rsatkichlari va
usullari
Nemis olimi Ralf F. Qishloq xo‘jaligiga “... jahonda qishloq xo‘jaligi
tarkibining turlichaligi va rivojlantirish usullarining ko‘pligiga qaramasdan ilmiy
asosda rivojlanadigan agrosanoatdir”, deb ta’rif beradi7.
Organik qishloq xo‘jaligi deyilganda, atrof-muhitni saqlab qolish,
rivojlantirish va tabiiy kapitalni jamg‘arishga ko‘maklashuvchi agrar ishlab
chiqarishni boshqarishning yaxlit tizimi nazarda tutiladi. Ushbu tizim avvalo, har bir
mintaqaning o‘ziga xos shart-sharoitlarini hisobga olgan holda tashqi resurslardan
emas, balki mintaqa uchun moslashtirilgan boshqaruv mexanizmlaridan
foydalanishni taqozo etadi. Bu esa agrar ishlab chiqarishda ekstensiv usullardan,
sintetik materiallardan foydalanish qarama-qarshi bo‘lgan agronomiya, biologiya va
7 Ральф Ф. Зеленая революция. Экономический рост без ущерба для экологии. Пер. с немец. –М.: АНФ,
2016. С. 204.
mexanik usullardan foydalanishni nazarda tutadi. Zamonaviy organik qishloq
xo‘jaligi ilmiy yondashuv asosida rivojlantiriladi. O‘simliklarni yetishtirish
jarayoni, tuproqshunoslik, ozuqa yem ishlab chiqarish, chorvachilik va boshqa
sohalarni intensiv “yashil texnologiyalar”ni qo‘llash orqali rivojlantirish taqozo
etiladi.
Organik qishloq xo‘jaligini yuritishning tamoyillari 1980 yilda Xalqaro
organik qishloq xo‘jaligi harakati federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va
quyidagilardan iborat: salomatlik, ekologiya, adolat va g‘amho‘rlik8.
Organik qishloq xo‘jaligi global “yashil iqtisodiyot”ning muhim yo‘nalishi
sifatida dunyoning 181 mamlakatida rivojlantirilmoqda. Organik ishlab chiqarish
uchun ajratilayotgan yer maydonlari yildan yilga ko‘payib bormoqda. Jumladan,
2008-2018 yillarda 15,0 mln. gektardan 71,5 mln. gektargacha yoki 4,8 martaga
ortdi. Ushbu davrda jahon organik mahsulotlar bozorining hajmi 5,4 martaga oshib,
2018 yilda 96,7 mlrd. dollarni tashkil etdi va prognozlarga ko‘ra 2020 yilga qadar
200 mlrd. dollardan oshib ketishi kutilmoqda. Ushbu jarayonga organik
mahsulotlarni qayta ishlash infratuzilmasi va marketingning rivojlanishi katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Organik qishloq xo‘jaligi jahon mintaqalari bo‘ylab notekis rivojlangan.
Jumladan, 2018 yilda organik qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan jami yer
maydonlarining katta qismi Okeaniya (50%) va Yevropa (22%) mintaqasiga to‘g‘ri
kelgan. Organik qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan yer maydonlari hajmi 2008-2018
yillarda 4,8 martaga oshganligiga qaramasdan ularning jami yer maydonlaridagi
ulushi dunyo bo‘yicha bor-yo‘g‘i 1,5 foizni tashkil etmoqda. Shu bilan bir vaqtda
dunyoning 16 ta mamlakatida ushbu ko‘rsatkich 10%dan, Lixtenshteyn (38,5%),
Samoa (34,5%) va Avtrsaliyada (34,7%) esa 25%dan yuqori.
Organik mahsulotlarni sotishning asosiy bozori rivojlangan mamlakatlar
hisoblanadi va ushbu bozorning 90 foizga yaqini AQSh, Yevropaning hissasiga
to‘g‘ri keladi. Jumladan, 2018 yilda AQSh organik mahsulotlar bozori hajmi 40,6
mlrd. yevroni, Yevropa bozori hajmi esa 30 mlrd. yevrodan ko‘proqni tashkil etdi.
8 https://www.ifoam.bio
Yevropa organik mahsulotlar bozorida Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya,
Italiya, Shveysariya, Shvesiya, Ispaniya yetakchi mavqega ega.
Organik mahsulotlarni jon boshiga iste’mol qilish miqdori ko‘rsatkichi
bo‘yicha ham rivojlangan mamlakatlar yetakchi mavqega ega. 2018 yilda ushbu
ko‘rsatkich bo‘yicha mutlaq birinchilik Daniya va Shveysariyaga tegishli bo‘lib, jon
boshiga organik mahsulot iste’mol qilish miqdori 312 yevroni tashkil etdi.
2018 yilda jahonda 2,8 million organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqaruvchilar ro‘yhatga olingan. Hindiston hissasiga jami organik mahsulotlar
ishlab chiqaruvchilar sonining 50%i to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi o‘rinlarni Uganda
(210 000) va Efiopiya (204 000) egalladi.
Hindiston organik mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha sertifikatga
ega ishlab chiqaruvchilar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi mamlakat hisoblanadi.
Hindistonda organik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun 1,9 mln. ga yer ajratilgan
va mamlakat o‘z mahsulotlarini 40 dan ortiq mamlakatlarga eksport qiladi.
Hindiston eksportining katta qismini organik mahsulotlar texnologiyasi asosida
ishlab chiqilgan kokos yog‘i, ziravorlar, o‘tlar va an’anaviy hind choylari tashkil
etadi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra
2050 yilga qadar jahon oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi aholi
ehtiyojlariga mos ravishda 70 foizga ortadi. Hozirda ushbu maqsadga qanday usullar
yordamida erishish mumkinligi borasida tortishuvlar davom etmoqda va ushbu
maqsadga erishish yo‘llaridan biri qishloq xo‘jaligini “yashil iqtisodiyot” usullari
yordamida rivojlantirish hisoblanadi. Agrosanoatning ko‘p energiya talab etishi, yer
osti suvlarini ifloslantirishi, tuproq tarkibining buzilishiga olib kelishi, eroziyani
kuchaytirishi, hayvonlarni ishlab chiqarish mashinalariga aylantirishi, bio xilma-
xillikni qisqartirishi, tabiiy landshaftlarni cho‘llarga aylantirishi bilan bog‘liq salbiy
oqibatlari qishloq xo‘jaligida yashil texnologiyalarni qo‘llash jarayonini
jadallashtirishni taqozo etadi.
3. Organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari
Jahon amaliyotida organik qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashning turli usullari mavjud. Rivojlangan mamlakatlarda aholi turmush
darajasining ortishi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga olib
kelmoqda. Ushbu talablarni inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq risklarni pasaytirish,
mahsulotlarning miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yilayotgan mezonlarning
takomillashib borayotganligi bilan izohlash mumkin. Iste’molchilar tomonidan
ekologik toza mahsulot yoki organik oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab o‘sib
bormoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda agrosanoat mahsulotlarini ekologik talablar
asosida ishlab chiqarish bundan 30 yil oldin boshlangan bo‘lib, bu turdagi
mahsulotlarning asosiy bozorlari AQSh, Kanada, YeI mamlakatlari ( Germaniya,
Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya), Osiyo mintaqasi mamlakatlari (Yaponiya)
hisoblanishadi.
Rivojlangan mamlakatlar agrosanoat majmuasining rivojlanishida ushbu
sohani davlat tomonidan turli usullar yordamida qo‘llab-quvvatlash muhim o‘rin
tutadi. An’anaviy tarzda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qiluvchi AQSh, YeI
mamlakatlari jahon bozoridagi yetakchi mavqelarini saqlab qolish va ekologik
xavfsiz ishlab chiqarishni ta’minlash uchun milliy qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqaruvchilarini eksport subsidiyalari ajratish orqali har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashga harakat qilishadi. Texnologik jihatdan rivojlangan Yaponiya,
Norvegiya, Avstriya kabi oziq-ovqat mahsulotlarining sezilarli qismini import
qiluvchi mamlakatlar eksporterlarga bog‘liqlikni pasaytirish maqsadida milliy
ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashadi.
Organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashda sertifikatlash tizimini joriy etish muhim ahamiyatga ega. Ishlab
chiqaruvchilar sertifikatlar yordamida o‘z xo‘jaliklarida organik mahsulotlar ishlab
chiqarayotganliklarini isbotlay olishadi. Sertifikatlashdan maqsad organik
mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning tijorat faoliyatini rivojlantirish, sifatni
kafolatlash, qalbaki mahsulotlardan ogohlantirish hisoblanadi. XX asrning 70-
yillaridan boshlab ilk bor Yevropa va Amerikada xususiy assotsiatsiyalar organik
mahsulotlarni o‘z standartlari doirasida sertifikatlashni boshlashgan. 1980 yillarda
organik qishloq xo‘jaligini yuritish bo‘yicha davlat tavsiyanomalari, 1990 yillardan
esa ushbu sohaga davlat standartlarini joriy etish boshlandi.
Dehqonchilik,
chorvachilik
va
mahsulot
ishlab
chiqarish
bilan
shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaligi faoliyati organik sertifikat olish uchun quyidagi
tamoyillarga mos kelishi zarur:
- mahsulot tarkibidagi ingredientlarning 95%i organik standartlarga mos
kelishi, 5%i esa tabiiy bo‘lishi va YeIda qo‘llaniladigan talablarga muvofiq bo‘lishi
lozim;
- organik mahsulotlar yetishtirish uchun ajratilgan yerlarda kamida uch yil
davomida kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlar va organik dehqonchilikda foydalanish
mumkin bo‘lmagan boshqa qo‘shimchalardan ozod etilishi zarur. Yerning tozaligi
muntazam laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazib turiladi;
- chorvachilikda barcha hayvonlar erkin boqilishi va aylanib yurishi lozim.
Hayvonlarning kasal bo‘lib qolishining oldini olish maqsadida har bir hayvon turi
uchun mos qulay sharoit yaratish, garmonlar va turli antibiotiklardan foydalanish
ta’qiqlanadi.
- o‘tho‘r hayvonlar uchun yemishlarning kamida 60%i fermer xo‘jaligining
o‘z maydonlarida ishlab chiqarilgan bo‘lishi, agar buning imkoni bo‘lmasa shu
hududdagi boshqa xo‘jalikda yetishtirilgan bo‘lishi zarur. Yosh hayvonlar uch
oygacha ona suti bilan ozuqlanishi shart.
- organik o‘g‘itlardan (jumladan, go‘ng, hayvonlarning chiqindilaridan
kompost va boshqalar) foydalanish ham cheklangan. Tuproqning umumiy holatini
yaxshilash uchun mikroorganizmlarning tarkibiy qismlaridan foydalanish mumkin.
4. O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlari