Qisqichbaqasimonlar sinfi. Tashqi, va ichki tuzilishi. Og’iz apparati. Ko’payishi va rivojlanishi. Klassifikatsiyasi: kenja sinflari, turkumlari va muhim vakillari.
Qisqichbaqasimonlar sinfi. Tashqi, va ichki tuzilishi. Og’iz apparati.
Ko’payishi va rivojlanishi. Klassifikatsiyasi: kenja sinflari, turkumlari
va muhim vakillari.
R E J A:
1. Qisqichbaqasimonlar sinfiga tavsif.
2. Qisqichbaqasimonlar sinfining tashqi va ichki tuzilishi haqida tushunchalar
bering.
3. Qisqichbaqasimonlar sinfi qanday usulda ko’payadi?
4. Qisqichbaqalarning klassifikatsiyasi.
QISQICHBAQASIMONLAR (CRUSTACEA) SINFI.
Qisqichbaqasimonlar birlamchi suv hayvonlari hisoblanadi. Bir qancha
vakillari quruqlikda hayot kechiradi (zaxkashlar, ayrim krablar).
Qisqichbaqasimonlar (kalanuslar, diaptomuslar, dafniyalar, sikloplar) dengiz va
chuchuk suv planktonining 90 foizidan oshiqroq qismini tashkil etadi.
Ko’p turlari suv tubida harakat qilib hayot kechiradigan bentos hayvonlari
hisoblanadi. Qisqichbaqasimonlar tabiatda keng tarqalgan hayvonlar bo’lib, ularni
tropikdan boshlab shimoliy mintaqalardagi barcha suv havzalarida, g’orlardagi
ko’llarda, hovuzlar va ayrim ko’lmak suvlarda uchratish mumkin.
Qisqichbaqasimonlarning mikroskopik kattalikdan boshlab bir necha metrgacha
kattalikdagi turli-tuman tuzilishga ega bo’lgan 30 mingga yaqin turi bor.
Tana bo’g’imlari va bo’limlari. Qisqichbaqasimonlarning tanasi ko’p sonli
bo’g’imlardan iborat.
Eng tuban tuzilgan ayrim vakillarida tana bo’g’imlari bir xilda ya’ni
gomonom bo’lishi tufayli bosh, ko’krak va qorin bo’limlarini ajratib bo’lmaydi.
Ko’pchilik qisqichbaqasimonlarda esa tana bo’g’imlari har xil tuzilgan, ya’ni
geteronom bo’lib, tanasi bosh, ko’krak hamda qorin bo’limlariga ajraladi. Har bir
bo’g’imda bir juftdan o’simtalar bo’ladi. Bosh qismi halqali chuvalchanglari
prostomiumiga mos keladigan akrondan va to’rtta tana bo’limlaridan tashkil topgan
bo’lib, 5 juft o’simtalarga ega. Birinchi jufti antenullalari halqali
chuvalchanglarning palpalariga mos keladi. Ikkinchi jufti antennalari esa halqali
chuvalchanglarning birinchi tana bo’g’imi parapodiylardan hosil bo’lgan. 2-4 bosh
bo’g’imlarining o’simtalari halqali chuvalchanglarning parapodiylaridan kelib
chiqqan bo’lib, ular og’iz organlari xususan, bir juft yuqori jag’lar, ikki juft pastki,
jag’lar (birinchi va ikkinchi maksillar) ni hosil qiladi. Jag’lar oziqni ushlab turish
va chaynash uchun xizmat qiladi. Ko’krak va qorin bo’g’imlarining soni va shakli
har xil bo’ladi. Yuksak qisqichbaqasimonlar ko’kragi 8, qorin bo’limi 6
bo’g’imdan, butun tanasi esa 18 bo’g’imdan iborat qorin bo’limining oxirgi
bo’g’imi anal plastinka, ya’ni telsonni hosil qiladi.
Tuban qisqichbaqasimonlarning telsonida furka deb ataladigan bir juft ayri
o’simtasi bo’ladi. qisqichbaqasimonlarning oyoq o’simtalari soni tana bo’g’imlari
sonidan kamroq bo’ladi. Masalan yuksak qisqichbaqasimonlarning 18 tana
bo’g’imlariga 17 juft oyoqlar to’g’ri keladi. Tuban qisqichbaqasimonlarning qorin
bo’g’imlarida oyoq o’simtalari bo’lmaydi.
Bosh bo’limining o’simtalari besh juftdan iborat. Birinchi juft o’simtalari
antennulalar bosh bo’lagi-arqonning o’simtasi hisoblanadi. Antennulalar asosan
tuyg’u va xid bilish ayrim hayvonlar harakatlanish organi vazifasini ham bajaradi.
Bir juft yuqori jag’lar ya’ni mandibulalar boshning ikkinchi o’simtalari
hisoblanadi. Ular oziqni maydalash uchun xizmat qiladi. Uchinchi va to’rtinchi
bosh bo’g’imlari o’simtalari yupqa plastinkaga o’xshash bo’lib ikki juft yuqori
jag’lar ya’ni birinchi va ikkinchi maksilalarni hosil qiladi. Ko’krak bo’g’imlarining
o’simtalari tuzilishiga ko’ra har xil vazifani bajarishga ixtisoslashgan. Aksariyat
hollarda ular haqiqiy harakat organlari bo’lib suzish va o’rmalash uchun xizmat
qiladi. Ko’pincha oldingi 1-3 juft ko’krak oyoqlari ozuqni tutib turish va
maydalash vazifasini bajaradi. Ular jag’oyoqlar deb qorin oyoqlari yuksak
qisqichbaqalarda nafas olish va tashqi jinsiy organlar vazifasini bajaradi. Tana
devori kutikula va uning ostidagi gipodyermal epiteliy hamda bazal membrana
kavatlaridan iborat. Kutikula sirti ohak bilan shimdirilgan bo’lib qattiq va
mustahkam bo’ladi. Qisqichbaqasimonlar kutikulasining tuzilishi hasharotlar va
o’rgamchaksimonlardan suvni bug’lantirmaydigan sirtqi epikutikula qavati
bo’lmasligi bilan farq kiladi. Shu sababdan ular faqat suvda Yoki o’ta nam joylarda
yashashi mumkin. qisqichbaqasimonlar va hamma bo’g’imoyoqlarda ko’ndalang-
targ’il muskullar rivojlangan. Muskullar teri -muskul xaltasi hosil qilmasdan to’p-
to’p bo’lib joylashgan.
Hazm qilish sistemasi. Qisqichbaqasimonlarning og’iz teshigi boshining ostki
tomonida joylashgan. Ichagining oldingi va keyingi bo’limlari embrional
rivojlanishda ektodyerma yaproqlaridan hosil bo’ladi.
Ko’pchilik
qisqichbaqasimonlarning ichagi to’g’ri naydan iborat, ichagining og’iz teshigidan
og’iz teshigidan yuqori tomonga tik yo’nalgan oldingi qismi qisqa halqumni
keyingi qismi esa ikki bo’lmali oshqozonni hosil qiladi. Oshqozonning kardial
ya’ni chaynovchi oshqozon deb ataladigan birinchi bo’lmasi devorida xitin
tishchalardan iborat uchta plastinkasi bo’ladi. Ikkinchi pilorik bo’lmasidagi yupqa
kutikulali o’simtalar elak vazifasini bajaradi. Bu o’simtalar orkali o’rta ichakka
faqat suyuq oziq o’tishi mumkin. Oshqozonda oziq maydalanishi bilan birga
qisman hazm ham bo’ladi. Oziqning maydalanmasdan qolgan qismi esa pilorik
oshqozondan to’g’ridan - to’g’ri orqa ichakka, undan anal teshigi orqali tashqi
muhitga chiqariladi.
O’rta ichak juda kalta bo’lib, jigar bilan bog’langan. Tuban
qisqichbaqasimonlar jigari o’rta ichakning Yon o’simtalaridan hosil bo’lgan juft
naychalardan iborat. Yuksak qisqichbaqa-simonlarda bu naychalar ketma-ket ko’p
marta shoxlanganligi tufayli jigar yiriklashadi. Daryo qisiqichbaqasining ana
shunday naychalardan hosil bo’lgan jigari ikkita bo’lakdan iborat. Jigar suyuqligi
ana shu naylar orqali o’rta ichakka tushadi. Bu suyuqlik Yog’ moddalarni emulsiya
(mayda tomchilar) holiga keltiradi: oqsil va uglevodlarni parchalaydi. Suyuq oziq
o’rta ichakdan jigar naychalariga o’tib, hazm bo’ladi.
Qisqichbaqasimonlarning jabralari aksariyat hollarda ko’krak oyoqlarida
joylashgan. Daryo qisqichbaqasi jabralari 3 qator bo’lib, jag’oyoqlari va yurish
oyoqlari asosida joylashgan. Suvbosh ko’krak qalqonining bir cheti bilan tana
oralig’ida hosil bo’ladigan tirqish orqali jabra bo’shliqlariga kiradi, ikkinchi
chetdagi xuddi shunga o’xshash tirqishdan chiqib ketadi. Suv ikkinchi va uchinchi
juft jag oyoqlarining harakati tufayli jabralarni yuvib turadi.
Quruqlikda hayot kechirishga moslashgan qisiqichbakasimonlarda
atmosfyera havosi bilan nafas olishga imkon byeruvchi maxsus moslanishlar paydo
bo’lgan. Masalan, xurmo o’g’risi qisqichbaqasining nafas olish organi jabra
bo’shlig’i o’rnida hosil bo’lgan o’pkadan iborat.
Zaxkashlarning qorin oyoqlari bo’shlig’ida juda murakkab tarmoqlangan,
havo to’ldirilgan naychalari bo’ladi. Naychalar kutikulani tana ichiga botib
kirishdan hosil bo’lgan bo’shliqqa tutashgan. Bu xildagi nafas olish sistemasining
tuzilishi azaldan quruqlikda yashayotgan bo’g’imoyoqlilar traxeyalariga o’xshab
ketadi.
Qisqichbaqasimonlar va boshqa bo’g’imoyoqlilarning qon aylanish sistemasi
ochiq.
Kon aylanish sistemasining tuzilishi nafas olish organlarining
rivojlanganligi bilan bog’liq. Tana yuzasi orqali nafas oladigan vakillarining qon
aylanish sistemasi ham juda soddalashib, faqat yurakning o’zi saqlanib qolgan
Yoki qon aylanish sistemasi butunlay yo’qolib ketgan (bargoyoqlilar).
Qisqichbaqasimonlarning yuragi odatda bir necha kamerali naychaga yoki pufakka
o’xshash bo’lib, tanasining orqa qismida joylashgan. Yurakni miksotsel
bo’shlig’idan hosil bo’lgan xaltasimon yurakoldi bo’lmasi o’rab turadi.
Yurak devorida tirqishsimon klapanli ostiylar (teshik)lar joylashgan. Daryo
qisqichbaqasining ostiylari 3 juft bo’ladi. Yurak kengayganida klapanlar ochiladi
va gemolimfa yurak oldi bo’lmasidan yurakka o’tadi. Yurak qisqarganida aksincha
klapanlar Yopilib, gemolimfa yurakdan chiquvchi arteriya tomirlariga o’tadi.
Daryo qisqichbaqasining qon aylanish sistemasi ancha mukammal tuzilgan, uning
yuragidan oldinga uchta, orqa tomonga bitta yirik arteriya chiqadi. Har qaysi qon
tomiri bir qancha mayda tomirlarga ajraladi va tana bo’shlig’iga kelib qo’shiladi.
Bu tomirlar orqali oqib kelgan gemolimfa to’qimalarga kislorod byerib, SO2 gazini
oladi. Shundan so’ng qorin sinusiga to’planib, jabralarga boradi va yerda kislorod
bilan boyidi. Jabralardan gemolimfa vena tomirlari orqali yurak oldi bo’lmasiga
kelib quyiladi.
Qisqichbaqasimonlarning ayirish sistemasi 1-2 juft antennal yoki maksillyar
bezlardan iborat. Yuksak qisqichbaqasimonlarning ayirish organlari bosh qismida
joylashgan bir juft uzun chigal naychalardan iborat. Naychalar chigali bir uchida
selomik xaltacha, ikkinchi uchida esa siydik pufagi (qovuq) joylashgan. Qovuq
antennalarning asosida tashqariga ochiladi. Shuning uchun yuksak
qisqichbaqasimonlar lichinkasining ajratish sistemasi maksillyar bezlardan iborat.
Bu bezlarning chiqarish yo’li ikkinchi juft pastki jag’larning asosiga ochiladi.
Qisqichbaqasimonlar nerv sistemasining umumiy tuzilish sxemasi halqali
chuvalchanglarnikiga o’xshaydi. Eng oddiy hollarda (masalan jaraoyoqlilar) nerv
sistemasi bir juft bosh gangliylari, halqum atrofi konnektivalar, tananing qorin
tomonidan o’tadigan nerv stvollari hamda nerv stvollari ustida har bir tana
bo’g’imida bir juftdan joylashgan nerv gangliylaridan iborat. Qorin stvollari bir-
biridan uzoqlashganligi va qarama-qarshi tugunlari o’zaro ko’ndalang komisurolar
orqali qo’shilishi tufayli nerv sistemasi narvon shakliga kiradi.
Narvon tipidagi nerv sistemasi sodda tuzilgan va tanasi juda ko’p
bo’g’imlarga bo’lingan qisqichbaqasimonlar uchun xos. Evolyutsiya jarayonida
nerv sistemasining bundan keyingi o’zgarishi ikki xil yo’nalishda borgan.
Birinchidan, ikkala qorin nerv stvollari biri bilan yaqinlashib, nerv tugunlarini
o’zaro qo’shilib ketishi va ular orasidagi ko’ndalang komissuralar yo’qolib ketishi
natijasida qorin nerv zanjiri paydo bo’lgan. Ikkinchidan ayrim tana bo’g’imlarining
bir-biri bilan qo’shilib ketishi tufayli bu bo’g’imlardagi nerv tugunlari ham
birlashib ketadi, qorin nerv stvoli esa qisqaradi. Masalan, daryo qisqichbaqasining
tanasi 18 bo’g’imdan tuzilgan bo’lsada qorin zanjiri bo’ylab faqat 12 ta qorin nerv
tugunlari joylashgan.
Qisqichbaqalarning bosh miyasi prototserebrum va deytotserebrum
bo’limlaridan iborat. Ko’pincha antennalarning segment tugunlari ham bosh
miyaga yondoshib uchinchi bosh miya bo’limi tritotserebrumni hosil qiladi.
Prototserebrumdan ko’zlariga deytotserebrumdan antennulalarga nervlar chiqadi.
Qisqichbaqalarning tuyg’u hid bilish, ko’rish va muvozanat saqlash a’zolari
yaxshi rivojlangan. Ko’rish a’zolari ikki xilda bo’lib, oddiy tuzilgan bitta nauplius
va ikkita murakkab fasetkali ko’zlardan iborat. Nauplius ko’z chuqurcha shakldagi
ikki yoki to’rtta qadaqchalardan tarkib topgan. Chuqurchalarning devorida qora
pigment bilan qoplangan. Bir vaqt retinal (sezgir) hujayralar joylashgan. Fasetkali
ko’zlar juda ko’p mayda ko’zchalar ommatidiylardan iborat. Daryo
qisqichbaqasining ko’zida 3000 dan ko’proq ommatidiylar bo’ladi. Pigmentli juda
yupqa parda ommatidiylarni bir-biridan ajratib turadi. Har bir ommatidiylar
yorug’lik nurini qaytaruvchi va sezuvchi elementlarga ega bo’lgan mustaqil
ko’zcha hisoblanadi.
Muvozanat saqlash organlari yuksak qisqichbaqasimonlar, asosan o’n
oyoqlilarda rivojlangan. Statosistalar deb atalgan muvozanat saqlash organlari
antennulalarning asosiy bo’g’imida joylashgan bo’lib, xitin po’stining tana ichiga
botib kirishdan hosil bo’lgan chuqurchadan iborat.
Qisqichbaqasimonlarning jinsiy a’zolari sodda tuzilgan bo’lib, ko’pincha bir
juft jinsiy bezlar (urug’donlar va tuxumdonlar) va ulardan boshlanadigan tuxum
yoki urug’ chiqaruvchi naylardan hamda tashqi jinsiy teshikdan iborat. Ko’pchilik
hayvonlarning urug’donlari Yoki tuxumdonlari qisman yoki butunlay qo’shilib
ketadi, lekin ularning juft naylari alohida saqlanib qoladi. Masalan, daryo
qisqichbaqasi urug’donining oldingi uchi ikkiga ajralganligi uni ikkita urug’dondan
kelib chiqqanligini ko’rsatadi, qisqichbaqasimonlarning urug’ chiqarish yo’llari bir
juft uzun naylardan iborat. Urug’ chiqarish nayi davrida maxsus bezlar bo’ladi. Bu
bezlar sekreti yordamida urug’ hujayralarining bir-biriga yopishib, ancha yiroq
qopchiqlar-spermatoforalarni hosil qiladi. Kopulyatsiya (urug’lanish) da erkaklarni
spyermatoforalarini urg’ochi jinsiy teshigiga kiritadi yoki uning yaqiniga osib
qo’yadi.
Jabraoyoqlilar kenja sinfi vakillarining tuxum hujayralari partenogenetik yo’li
bilan, ya’ni urug’lanmasdan rivojlanish xususiyatiga ega. Daryo qisqichbaqasi
erkagining jinsiy teshigi beshinchi juft yurish oyoqlari koksopoditlarida,
urg’ochilarida uchinchi juft yurish oyoqlari koksopoditlarida joylashgan. Sariqligi
kam tuxumdan ancha sodda tuzilgan nauplius lichinka chiqadi. Naupliusning jag
o’simtalari antennalarning orqasida joylashgan bo’lib, dastlab suzish uchun xizmat
qiladi. Lichinkada ichak, bosh miya, ikkita qorin, nerv ganglisi nauplius ko’zi va
bir juft ayirish organlari (antennalar, bezlar) rivojlangan. Dastlabki ikki juft pastki
jag’lar (maksilalar) va oldingi ko’krak oyoqlari shakllanishi bilan lichinka
metanauplius stadiyasi o’tadi. Metanauplius esa rivojlanib faqat yuksak
qisqichbaqasimonlarga xos bo’lgan zoea stadiyasiga o’tadi. Zoea lichinkasining
og’iz organlari, oyoq jagg’ari va qorin bo’limi bo’g’imlari rivojlangan, ko’krak
oyoqlari to’la rivojlangan, qorin oyoqlarining faqat keyingi jufti shakllangan
bo’ladi. Metamorfozning bundan keyingi mizid bosqichida ikki shoxli ko’krak
oyoqlari to’la shakllanadi, qorin oyoqlari paydo bo’ladi. Mizid lichinka to’lagach,
yosh qisqichbaqaga aylanadi.
Klassifikatsiyasi.Qsqichbaqasimonlar jabra oyoqlilar sefalokaridlar, yuqori
qisqichbaqasimonlar kenja sinfiga bo’linadi.
Jabra oyoqli qisqichbaqasimonlar (Branchiapoda) kenja sinfi
Jabraoyoqlilar - eng tuban tuzilgan qisqichbaqasimonlar. Ularning bo’g’imlari
deyarli bir xil (gomonom) tuzilgan bo’lib, boshi ko’kragi bilan qo’shilmagan,
tanasidagi bo’g’imlari soni doimiy emas.
Bargga o’xshash ko’krak oyoqlari xarakatlanish, nafas olish va ozig’ini
og’izga xaydash vazifasini bajaradi. Kon aylanish jinsiy sistemasi boshqa
qisqichbaqalarga nisbatan birmuncha sodda tuzilgan.
Asosiy ko’pchilik turlari chuchuk suvlarda ayrim turlari esa yerkin hayot
kechiradi. Mazkur kenja sinfga ikki turkum kiradi.
1. Jabraoyoqlilar (Anostraca)
turkumi. Jabraoyoqlilar-gomonom tana
bo’g’imlariga bo’lgan eng tuban tuzilgan hayvonlar. Ularning tanasi bosh, ko’krak
va qorin bo’limlaridan tashkil topgan. Boshning oldingi qismida antennalar,
yagona nauplius ko’zi va bir juft fasetkali ko’zlari: keyingi qismda ikki juft erkin
joylashgan jag’lari bo’ladi. Bosh qalqoni - karapaks rivojlanmagan.
Jabraoyoqlilarning ko’kragi 11-19 bo’g’imdan iborat. Har bir bo’g’imda bir juftdan
ikki shoxli bargsimon oyoqlar joylashgan. Ko’krak oyoqlari bir xil tuzilgan. Har
bir oYog’ining tashqi tomonida 2-3 ta nafas olish, bitta suzish va ichki tomondan
suvni og’iz tomonga aylantirish uchun xizmat qiladigan 6 ta o’simtalari bo’ladi. 8
bo’g’imli qorin da oyoqlari bo’lmay u yaxshi rivojlangan ayricha bilan tugallanadi.
Jabraoyoqlilar urug’langan tuxumlarini suvga qo’yadi. Tuxumlari tashqi muhit
ta’sirlariga juda chidamli bo’lib qurib qolgan suv havzalarida ham 3-4 yilgacha o’z
hayotchanligini Yo’qotmaydi. Jabra oyoqlilarning 180 ga yaqin turi bor.
Ko’pchilik turlari chuchuk suv havzalarida, ko’lmak suvlarda uchraydi. Sho’r suvli
ko’llarda artemiya Artemia salina keng tarqalgan.
Artemiya qulay sharoit bo’lganda juda tez ko’paya boshlagandan har m3
suvda 13,6 gacha biomassa hosil qilishi mumkin. Ular baliqlarning asosiy ozuqasi
hisoblanadi. Bargoyoqlilar ko’proq chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Boshqa
jabraoyoqli qisqichbaqalardan bosh, ko’krak qalqoni (karapaks) ning kuchli
rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
Daryo qisqichbaqasi anatomiyasi: A - orqa tomondan ochib ko’rsatilgan. В -
chaynovchi oshqozon ochib ko’rsatilgan: 1- rostrum, 2 - chaynovchi oshqozon,
3 - jigar, 4 - ichak, 5 - yurak, 6, 7 - arteriyalar, 8- tuxumdon, 9 - qorin nerv
zanjiri, 10 - jabralar.
2. Bargoyoqlilar (Phyllopoda) turkumi tashqi tuzilshlari jihatlar bilan
jabraoyoqlilarga yaqin keladi. Biroq boshoyoq qalqonining kuchli rivojlanganligi
bilan farq qiladi. Sodda tuzilgan vakillarining ko’kraklarida ikkishoxli oyoqlar
joylashadi. Mazkur turkum qalqondorlar, chig’anoqlilar va shoxdor mo’ylovlilar
kabi uchta kenja turkumlariga bo’linadi. Qalqondorlar kenja turkumi vakillarning
bosh ko’krak va qisman qorin bo’limini yopib turuvchi ko’krak qalqoni yaxshi
rivojlangan. Ko’krak bo’g’imlaridagi oyoqlar soni har xil bo’ladi. Oldingi 1-10
ko’krak bo’g’imlarida bir juftdan keyingilarida esa 4-6 juftdan oyoqlari bor.
Shuning uchun ham hamma ko’krak bo’g’imlarining soni 40 ga yaqin bo’lgan
holda ko’krak oyoqlilar 70 juftni tashkil qiladi. Qalqondorlar hovuz va ko’lmak
suvlari tubidagi balchiqdan har-xil organik qoldiqlar mayda jonivorlarni topib eydi,
qalqondorlar partenogenz orqali ko’payadi. Quyosh nuri tushib turadigan suv
havzalarida ba’zan yomg’irdan so’ng hosil bo’ladigan halqob suvlarda Triops
concriformis va Lepidurus ni uchratish mumkin.