QIYOSLASH VA KALIBRLASH

Yuklangan vaqt

2025-02-02

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

16,6 KB


 
 
 
 
 
 
QIYOSLASH VA KALIBRLASH 
 
 
Reja: 
1. O'lchash vositalarining turini tasdiqlash. 
2. O'lchash vositalarini metrologik attestatlash. 
3. O'lchash vositalarini qiyoslash. 
4. O'lchash vositalarni kalibrlash va tamg’alash. 
 
O'lchash vositalarining (O'V) turini tasdiqlash. 
O'Vning turini tasdiqlash - bu metrologiya bo'yicha Milliy organ qarori bilan 
o'lchash vositasi turini mamlakat territoriyasida qo'llanilishini qonuniy tan 
olinishidir. O'V ning turi deganda, bir maqsad uchun mo'ljallangan, bir ish 
tamoyiliga va bir hil konstrukciyaga va yagona texnik hujjatga ega bo'lgan o'lchash 
vositalari kompleksi tushuniladi. Davlat tekshiruvi va nazorati qo'llaniladigan 
sohalarda foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan va import bo'yicha keltiriladigan 
o'lchash vositalari (O'V) davlat sinovlaridan o'tkazilib, ularning turi tasdiqlanishi 
yoki metrologik attestatlanishi lozim. Davlat sinovlarini o'tkazish, turini tasdiqlash 
va O'V ni Davlat ro'yhatiga kiritish ishlarini O'zstandart Agentligi bajaradi. • O'V 
ning turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni tashkillashtirish, o'tkazish tartibi va 
mazmuniga talablar va davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida 
qo'llanilishi mumkin bo'lgan O'V ning turini tasdiqlash tartibi O’z DSt 8.009:2004da 
o'rnatilgan. • O’z DSt 8.009:2004 standartning talablari O'zbekiston Respublikasida 
yaratiladigan va (yoki) seriyali ishlab chiqarilishi mo'ljallangan O'V ga va 
O'zbekiston hududiga import bo'yicha to'pi bilan keltiriladigan o'lchash vositalariga 
nisbatan qo'llaniladi. • O'V ning turini tasdiqlash to‘g’risidagi qarorni metrologiya 
QIYOSLASH VA KALIBRLASH Reja: 1. O'lchash vositalarining turini tasdiqlash. 2. O'lchash vositalarini metrologik attestatlash. 3. O'lchash vositalarini qiyoslash. 4. O'lchash vositalarni kalibrlash va tamg’alash. O'lchash vositalarining (O'V) turini tasdiqlash. O'Vning turini tasdiqlash - bu metrologiya bo'yicha Milliy organ qarori bilan o'lchash vositasi turini mamlakat territoriyasida qo'llanilishini qonuniy tan olinishidir. O'V ning turi deganda, bir maqsad uchun mo'ljallangan, bir ish tamoyiliga va bir hil konstrukciyaga va yagona texnik hujjatga ega bo'lgan o'lchash vositalari kompleksi tushuniladi. Davlat tekshiruvi va nazorati qo'llaniladigan sohalarda foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan va import bo'yicha keltiriladigan o'lchash vositalari (O'V) davlat sinovlaridan o'tkazilib, ularning turi tasdiqlanishi yoki metrologik attestatlanishi lozim. Davlat sinovlarini o'tkazish, turini tasdiqlash va O'V ni Davlat ro'yhatiga kiritish ishlarini O'zstandart Agentligi bajaradi. • O'V ning turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni tashkillashtirish, o'tkazish tartibi va mazmuniga talablar va davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo'llanilishi mumkin bo'lgan O'V ning turini tasdiqlash tartibi O’z DSt 8.009:2004da o'rnatilgan. • O’z DSt 8.009:2004 standartning talablari O'zbekiston Respublikasida yaratiladigan va (yoki) seriyali ishlab chiqarilishi mo'ljallangan O'V ga va O'zbekiston hududiga import bo'yicha to'pi bilan keltiriladigan o'lchash vositalariga nisbatan qo'llaniladi. • O'V ning turini tasdiqlash to‘g’risidagi qarorni metrologiya  
 
bo'yicha milliy idora - O'zstandart Agentligi qabul qiladi. • O'V ning turi O'V ning 
namunalarini (nushalarini) sinash natijalari bo'yicha tasdiqlanadi. Sinash jarayonida 
O'V namunalarining tafsilotlari har tomonlama tadqiq qilinadi va bu tafsilotlar 
(harakteristikalar) ning mazkur O'V ning turiga oid me'yoriy hujjatlarning 
talablariga muvofiqligi aniqlanadi. • O'V ning turini tasdiqlash maqsadida O'V ning 
namunalari (nusxalari) ni sinash O’z DSt 16.4:2001 va O’z DSt 8.006:1999 bo'yicha 
akkreditlangan sinash (o'lchash) laboratoriyalarida o'tkaziladi. • O'zstandart 
Agentligi tasdiqlangan O'V turini O'z RH 51-019:2005 bo'yicha Davlat ro'yxatiga 
kiritadi. • Turi tasdiqlangan O'V ga, O'zstandart Agentligi tasdiqlagan tartibda, turni 
tasdiqlash to‘g’risidagi sertifikat beriladi. • Seriyali chiqarishga mo'ljallangan O'V 
sinalganda O'Vning me'yoriy parametrlarini va uni qiyoslash metodikasi 
tasdiqlanadi va tur Davlat reestrda registratsiyadan o'tadi, O'Vga turini tasdiqlash 
bo'yicha sertifikat beriladi. Tasdiqlangan turdagi O'V Davlat (reestrda) belgisi bilan 
markalanadi (O’z DSt 1.x19) • Sertifikat besh yil muddatga beriladi. 
 
O'lchash vositalarini metrologik attestatlash. 
Ekspluatatsiyaga kam sonli O'V kiritish metrologik attestaciya orqali amalga 
oshiriladi. O'V metrologik attestatsiyani O'z Rst 8.011 bilan reglamentlangan. 
O'Vning MA Davlat metrologiya hizmati va yuridik shahslarning metrologiya 
hizmatining akkreditlangan organlari tomonidan o'tkaziladi. MA ijobiy natijalariga 
ko'ra O'V Davlat reestrda registraciya qilinadi va unga MA to‘g’risida sertifikat 
beriladi. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo'llaniladigan sohada 
foydalaniladigan yoki foydalanishga mo'ljallangan o'lchash vositalari metrologik 
attestatlanadi. Bunda quyidagilar attestatlanadi: • donalab ishlab chiqariladigan O'V; 
• chet mamlakatlardan donalab keltiriladigan O'V; • o'zining bevosita vazifasi 
bo'yicha qo'llanilmaydigan yoki xilni tasdiqlashda o'rnatilgan qo'llanish 
sharoitlaridan farqlanuvchi sharoitlarda qo'llaniladigan, vatanda yoki horijda ishlab 
chiqarilgan, turi tasdiqlangan O'V; • turi tasdiqlashda o'rnatilganlardan farqlanuvchi 
individual metrologik tafsilotlarni o'rnatishga imkon beruvchi texnik imkoniyatlarga 
ega, seriyalab ishlab chiqarilgan O'Vning dona nushalari; • ilmiy-tadqiqot va tajriba-
bo'yicha milliy idora - O'zstandart Agentligi qabul qiladi. • O'V ning turi O'V ning namunalarini (nushalarini) sinash natijalari bo'yicha tasdiqlanadi. Sinash jarayonida O'V namunalarining tafsilotlari har tomonlama tadqiq qilinadi va bu tafsilotlar (harakteristikalar) ning mazkur O'V ning turiga oid me'yoriy hujjatlarning talablariga muvofiqligi aniqlanadi. • O'V ning turini tasdiqlash maqsadida O'V ning namunalari (nusxalari) ni sinash O’z DSt 16.4:2001 va O’z DSt 8.006:1999 bo'yicha akkreditlangan sinash (o'lchash) laboratoriyalarida o'tkaziladi. • O'zstandart Agentligi tasdiqlangan O'V turini O'z RH 51-019:2005 bo'yicha Davlat ro'yxatiga kiritadi. • Turi tasdiqlangan O'V ga, O'zstandart Agentligi tasdiqlagan tartibda, turni tasdiqlash to‘g’risidagi sertifikat beriladi. • Seriyali chiqarishga mo'ljallangan O'V sinalganda O'Vning me'yoriy parametrlarini va uni qiyoslash metodikasi tasdiqlanadi va tur Davlat reestrda registratsiyadan o'tadi, O'Vga turini tasdiqlash bo'yicha sertifikat beriladi. Tasdiqlangan turdagi O'V Davlat (reestrda) belgisi bilan markalanadi (O’z DSt 1.x19) • Sertifikat besh yil muddatga beriladi. O'lchash vositalarini metrologik attestatlash. Ekspluatatsiyaga kam sonli O'V kiritish metrologik attestaciya orqali amalga oshiriladi. O'V metrologik attestatsiyani O'z Rst 8.011 bilan reglamentlangan. O'Vning MA Davlat metrologiya hizmati va yuridik shahslarning metrologiya hizmatining akkreditlangan organlari tomonidan o'tkaziladi. MA ijobiy natijalariga ko'ra O'V Davlat reestrda registraciya qilinadi va unga MA to‘g’risida sertifikat beriladi. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo'llaniladigan sohada foydalaniladigan yoki foydalanishga mo'ljallangan o'lchash vositalari metrologik attestatlanadi. Bunda quyidagilar attestatlanadi: • donalab ishlab chiqariladigan O'V; • chet mamlakatlardan donalab keltiriladigan O'V; • o'zining bevosita vazifasi bo'yicha qo'llanilmaydigan yoki xilni tasdiqlashda o'rnatilgan qo'llanish sharoitlaridan farqlanuvchi sharoitlarda qo'llaniladigan, vatanda yoki horijda ishlab chiqarilgan, turi tasdiqlangan O'V; • turi tasdiqlashda o'rnatilganlardan farqlanuvchi individual metrologik tafsilotlarni o'rnatishga imkon beruvchi texnik imkoniyatlarga ega, seriyalab ishlab chiqarilgan O'Vning dona nushalari; • ilmiy-tadqiqot va tajriba-  
 
konstruktorlik ishlarini olib borishda tayyorlangan va metrologik attestatlashni 
o'tkazishni tashkillashtirishga va tartibiga umumiy talablarni o'rnatishda. O'Vni 
metrologik attestatlashning asosiy vazifalari: - O'Vning davlat metrologik tekshiruvi 
va nazorati sohasida o'z vazifasiga muvofiq qo'llanilishiga huquqli ekanligini 
o'rnatish; - attestatlanadigan O'V metrologik tafsilotlarining O'Vni yaratishga texnik 
topshiriqda 
o'rnatilgan 
yoki 
O'Vdan 
foydalanuvchi 
(attestatlashni 
buyurtiruvchi)ning attestatlashga topshirig’i (so'rovnomasi)ga binoan o'rnatilgan 
talablarga muvofiqligini baholash; - O'Vning haqiqiy metrologik tafsilotlarini 
aniqlash; - O'V texnik tafsilotlarining havfsizlik talablariga, gigienik va hos sinovlar 
jarayonida o'rnatilgan boshqa mahsus talablarga muvofiqlikning to'liqligini 
baholash. 
 
O'lchash vositalarini qiyoslash. 
• O'lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash va tasdiqlash ularni 
qiyoslash orqali amalga oshiriladi. 
• Davlat tekshiruvi va nazorati soqasida foydalaniladigan, qiyoslanishi lozim 
bo'lgan O'Vning ro'yhati O'zstandart Agentligi tomonidan tasdiqlanadi. 
• O'V ni Davlat qiyoslashini davlat metrologik hizmati idoralari o'tkazadi, 
lekin O'V ni qiyoslash huquqi yuridik shahslarning akkreditlangan metrologik 
hizmatlariga qam topshirilishi mumkin. 
• Boshqa davlatlarda bajarilgan O'V ni qiyoslash natijalari halqaro 
shartnomalar va bitimlar asosida tan olinadi. 
• Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta'minlangan va import bo'yicha 
sotib olinadigan O'V ni qiyoslashni tashkil qilish ka o'tkazish bo'yicha asosiy 
nizomlar O’z DSt 8.003:2005 "O'z O'DT. O'lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy 
nizomlar" da bayon etilgan. 
• Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta'mirlangan va import bo'yicha 
sotib olinadigan barcha O'V davlat qiyoslashidan o'tishi lozim. 
• O'V birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspekcion va ekspert 
qiyoslashdan o'tkaziladi. 
konstruktorlik ishlarini olib borishda tayyorlangan va metrologik attestatlashni o'tkazishni tashkillashtirishga va tartibiga umumiy talablarni o'rnatishda. O'Vni metrologik attestatlashning asosiy vazifalari: - O'Vning davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida o'z vazifasiga muvofiq qo'llanilishiga huquqli ekanligini o'rnatish; - attestatlanadigan O'V metrologik tafsilotlarining O'Vni yaratishga texnik topshiriqda o'rnatilgan yoki O'Vdan foydalanuvchi (attestatlashni buyurtiruvchi)ning attestatlashga topshirig’i (so'rovnomasi)ga binoan o'rnatilgan talablarga muvofiqligini baholash; - O'Vning haqiqiy metrologik tafsilotlarini aniqlash; - O'V texnik tafsilotlarining havfsizlik talablariga, gigienik va hos sinovlar jarayonida o'rnatilgan boshqa mahsus talablarga muvofiqlikning to'liqligini baholash. O'lchash vositalarini qiyoslash. • O'lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash va tasdiqlash ularni qiyoslash orqali amalga oshiriladi. • Davlat tekshiruvi va nazorati soqasida foydalaniladigan, qiyoslanishi lozim bo'lgan O'Vning ro'yhati O'zstandart Agentligi tomonidan tasdiqlanadi. • O'V ni Davlat qiyoslashini davlat metrologik hizmati idoralari o'tkazadi, lekin O'V ni qiyoslash huquqi yuridik shahslarning akkreditlangan metrologik hizmatlariga qam topshirilishi mumkin. • Boshqa davlatlarda bajarilgan O'V ni qiyoslash natijalari halqaro shartnomalar va bitimlar asosida tan olinadi. • Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta'minlangan va import bo'yicha sotib olinadigan O'V ni qiyoslashni tashkil qilish ka o'tkazish bo'yicha asosiy nizomlar O’z DSt 8.003:2005 "O'z O'DT. O'lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy nizomlar" da bayon etilgan. • Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta'mirlangan va import bo'yicha sotib olinadigan barcha O'V davlat qiyoslashidan o'tishi lozim. • O'V birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspekcion va ekspert qiyoslashdan o'tkaziladi.  
 
• Ishlab chiqarishdan yoki ta'mirlashdan chiqqan va import bo'yicha 
keltiriladigan O'V birlamchi qiyoslashdan o'tkaziladi. O'V ning har bir nusxasi 
birlamchi qiyoslashdan o'tkaziladi. O'V yalpi ishlab chiqarilganda tanlab qiyoslash 
ruxsat etiladi. Tanlab birlamchi qiyoslash qoidalari, o'tkazish tartibi bu O'V ni 
qiyoslash metodikasida ko'rsatiladi. 
• Ekspluatatsiyada turgan yoki operativ saqlanayotgan O'V qiyoslashlararo 
oraliq vaqtlardan keyin davriy qiyoslashdan o'tkaziladi. Davriy qiyoslash vaqti 
o'lchash vositasining bu davr ichida yaroqliligini ta'minlashni hisobga olgan holda 
aniqlanadi va belgilanadi. 
• Davriy qiyoslashlar o'rtasidagi vaqt: 
• Davlat qiyoslashiga taqdim etilgan o'lchash vositasiga davlat metrologik 
xizmati idoralari tomonidan belgilanadi. 
• Davlat davriy qiyoslashi namunaviy va ishchi O'V ni qiyoslash grafiklari 
(shartnomalari) da belgilangan kalendar muddatlarda o'tkaziladi. Ekspluatatsiyada 
turgan va saqlanayottan O'V uchun navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi qollarda 
o'tkaziladi: - qiyoslashlararo davrning yarim vaqti o'tgandan keyin o'lchash 
vositasidan butlovchi sifatida foydalanilganda; - qiyoslash tamg’asi, plombasi, 
shikastlanganda yoki O'V ning birlamchi yoki davriy qiyoslashdan o'tganligini 
tasdiqlovchi hujjatlar yo'qolganda; - agar qiyoslash tamg’asining yoki o'lchash 
vositasining qo'llanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilinish muddati 
tugagan bo'lsa, saqlashdan olinib ekspluatatsiyaga kiritishda; - qiyoslashlararo vaqt 
ichida haridga chiqarilmagan O'V ni tayyorlovchi korxona iste'molchiga etkazib 
berishda. Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda o'tkaziladigan vositalar: 
• davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik sub'ektlarining namunaviy 
o'lchash vositalari; 
• o'zining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy O'V sifatida yoki 
tayyorlashga buyurtnoma shartlari bo'yicha ishlab chiqarilgan O'V; 
• nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor bo'lgan 
O'V; 
• Ishlab chiqarishdan yoki ta'mirlashdan chiqqan va import bo'yicha keltiriladigan O'V birlamchi qiyoslashdan o'tkaziladi. O'V ning har bir nusxasi birlamchi qiyoslashdan o'tkaziladi. O'V yalpi ishlab chiqarilganda tanlab qiyoslash ruxsat etiladi. Tanlab birlamchi qiyoslash qoidalari, o'tkazish tartibi bu O'V ni qiyoslash metodikasida ko'rsatiladi. • Ekspluatatsiyada turgan yoki operativ saqlanayotgan O'V qiyoslashlararo oraliq vaqtlardan keyin davriy qiyoslashdan o'tkaziladi. Davriy qiyoslash vaqti o'lchash vositasining bu davr ichida yaroqliligini ta'minlashni hisobga olgan holda aniqlanadi va belgilanadi. • Davriy qiyoslashlar o'rtasidagi vaqt: • Davlat qiyoslashiga taqdim etilgan o'lchash vositasiga davlat metrologik xizmati idoralari tomonidan belgilanadi. • Davlat davriy qiyoslashi namunaviy va ishchi O'V ni qiyoslash grafiklari (shartnomalari) da belgilangan kalendar muddatlarda o'tkaziladi. Ekspluatatsiyada turgan va saqlanayottan O'V uchun navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi qollarda o'tkaziladi: - qiyoslashlararo davrning yarim vaqti o'tgandan keyin o'lchash vositasidan butlovchi sifatida foydalanilganda; - qiyoslash tamg’asi, plombasi, shikastlanganda yoki O'V ning birlamchi yoki davriy qiyoslashdan o'tganligini tasdiqlovchi hujjatlar yo'qolganda; - agar qiyoslash tamg’asining yoki o'lchash vositasining qo'llanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilinish muddati tugagan bo'lsa, saqlashdan olinib ekspluatatsiyaga kiritishda; - qiyoslashlararo vaqt ichida haridga chiqarilmagan O'V ni tayyorlovchi korxona iste'molchiga etkazib berishda. Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda o'tkaziladigan vositalar: • davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik sub'ektlarining namunaviy o'lchash vositalari; • o'zining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy O'V sifatida yoki tayyorlashga buyurtnoma shartlari bo'yicha ishlab chiqarilgan O'V; • nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor bo'lgan O'V;  
 
• priborlarni ta'mirlovchi ho'jalik yurituvchi sub'ektlari chiqargan, ta'mirdan 
keyin boshqa ho'jalik yurituvchi sub'ektlarga berish uchun mo'ljallangan O'V; 
• milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd qilish bilan bog’liq o'lchash 
vositalari; 
• davlat arbitraj idoralarn tomonidan ekspertiza o'tkazishda, shuningdek 
bojhona tekshiruvida o'lchashlar uchun qo'llaniladigan O'V; 
• o'lchash uchun ishchi O'V sifatida qo'llaniladigan, o'lchash natijalari: 
• tabiatni muhofazalash; 
• Sog’liqni saqlash; 
• mehnat havfsizligini ta'minlash; 
• barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini ta'minlash; 
• ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta'minlash; 
• aloqa tizimlarini ta'minlash; • xo'jaliklararo o'zaro hisoblashlar; • savdoning 
barcha turlari; 
• axoliga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qo'llaniladigan O'V. 
O'lchash vositalarini kalibrlash. 
• Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidan tashqarida 
qo'llaniladigan O'V ekspluatatsiya jarayonida davriy kalibrlashga tortiladi. 
• O'Vni birlamchi kalibrlashga ishlab chiqarishda va ta'mirlashda turi 
tasdiqlanmaydigan O'V tortiladi. O'V kalibrlash yuridik shaxslar metrologiya 
xizmatlarning kalibrlash laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi. 
• O'V ni kalibrlash – O'lchash vositalarining haqiqiy metrologik tafsilotlari 
(xarakteristikalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda 
bajariladigan amallar majmui. 
• Kalibrlash tizimi – Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati 
qo'llanilmaydigan sohada o'lchashlar birliligini ta'minlashga yo'naltirilgan faoliyat 
va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va 
o'tkazishga o'rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi sub'ektlar majmui. 
• priborlarni ta'mirlovchi ho'jalik yurituvchi sub'ektlari chiqargan, ta'mirdan keyin boshqa ho'jalik yurituvchi sub'ektlarga berish uchun mo'ljallangan O'V; • milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd qilish bilan bog’liq o'lchash vositalari; • davlat arbitraj idoralarn tomonidan ekspertiza o'tkazishda, shuningdek bojhona tekshiruvida o'lchashlar uchun qo'llaniladigan O'V; • o'lchash uchun ishchi O'V sifatida qo'llaniladigan, o'lchash natijalari: • tabiatni muhofazalash; • Sog’liqni saqlash; • mehnat havfsizligini ta'minlash; • barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini ta'minlash; • ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta'minlash; • aloqa tizimlarini ta'minlash; • xo'jaliklararo o'zaro hisoblashlar; • savdoning barcha turlari; • axoliga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qo'llaniladigan O'V. O'lchash vositalarini kalibrlash. • Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidan tashqarida qo'llaniladigan O'V ekspluatatsiya jarayonida davriy kalibrlashga tortiladi. • O'Vni birlamchi kalibrlashga ishlab chiqarishda va ta'mirlashda turi tasdiqlanmaydigan O'V tortiladi. O'V kalibrlash yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarning kalibrlash laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi. • O'V ni kalibrlash – O'lchash vositalarining haqiqiy metrologik tafsilotlari (xarakteristikalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmui. • Kalibrlash tizimi – Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo'llanilmaydigan sohada o'lchashlar birliligini ta'minlashga yo'naltirilgan faoliyat va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va o'tkazishga o'rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi sub'ektlar majmui.  
 
• 
Kalibrlash 
to‘g’risidagi 
sertifikat 
– 
O'lchash 
vositalarining 
kalibrlanganligini va uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni 
bajargan tashkilot tomonidan beriladi. 
• Kalibrlash belgisi – Kalibrlash natijalarining ijobiy ekanligini tasdiqlash 
maqsadida o'lchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion hujjatlariga 
bosiladigan tamg’a. 
Nazorat savollari: 
1. O’lchash vositalarini qiyoslash deb nimaga aytiladi? 
2. O’lchash vositalarini kalibrlash deb nimaga aytiladi? 
3. Qiyoslashni turlari qanday? 
4. Qiyoslash grafiklari qanday bo’ladi? 
 
• Kalibrlash to‘g’risidagi sertifikat – O'lchash vositalarining kalibrlanganligini va uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot tomonidan beriladi. • Kalibrlash belgisi – Kalibrlash natijalarining ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida o'lchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion hujjatlariga bosiladigan tamg’a. Nazorat savollari: 1. O’lchash vositalarini qiyoslash deb nimaga aytiladi? 2. O’lchash vositalarini kalibrlash deb nimaga aytiladi? 3. Qiyoslashni turlari qanday? 4. Qiyoslash grafiklari qanday bo’ladi?