Qog‘oz bilan ishlash darslarining mazmunini tashkil etish metodikasi
Reja:
1. Qog‘oz bilan ishlash texnologiyasi
2. Qog‘ozni murakkab usullarda buklab maketlar yasash haqida tushuncha
3. Texnika xavsizligi qoidalaridan foydalanish.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Qog`oz, karton, ishlab chiqarishdagi
o’rni, ishlov berish usullari, ishlash texnologiyalari , Ish joyini tashkil qilish,
texnik xavsizligi qoidalari.
Tarix manbalarida yozilicha qadim Hindistonda yozuvlar palma barglariga
bitilgan. Palma yaproqlarini quritib ulardan plastinkalar qirqib olinib keyin tush
bilan yozilgan. Bu plastinkalar keyin bir biriga mustakahmlanib, jilti yaxshi
silliqlangan, taxtachalardan qilingan ustiga bezak berilib kitob holatiga keltirilgan.
Qadimgi Greklar mum kitoblarini ixtiro qilishgan. Bu yaxshi tekislangan taxtacha
o’rtasidan kvadrat o’yilgan bo’lib, u sariq yoki qora mum bilan to’ldirilgan.
Yozuvda esa po’lat cho’pdan foydalanilgan. Bir uchi o’tkir po’lat cho’p bilan
yozishgan bo’lsa, ikkinchi dumaloq uchi bilan yozilgan narsani o’chirishgan. Bir
biri bilan biriktirilgan taxtachalardan kitoblar yasalgan, kitob jadval yoki
sahifalarning qulayligi shundaki, ulardan uzoq muddat bemalol foydalanish,
yozuvni o’chirish va qayta yozish juda oson bo’lgan. Misrliklar yozish
materiallarini
Nil
daryosidan
olganlar. Nil vodiysi botqoqliklarida qamishga o’xshash o’simliklar bo’lib qadimgi
Rim xalqi uni papirus deb ataganlar. Silliq poyasiz, bargsiz o’simliklarni bo’yi 4
metrga yetar edi. Yozuv quroli uchun poya barglaridan tozalanib, uning o’rtasidagi
yumshoq g’ovvak o’zak olinar edi. Ulardan uzun yupqa plastinkalar qirqilib tik
holda taxlanardi. So’ngra ho’l barg yopishtirilib presslanar edi, ular qurigach
sirti pemza bilan sayqallanardi. Bulardan qilingan eng katta kitob Britaniya muzeyi
kutubxonasida saqlanardi. Bir necha ming yillar davomida papirus yagona yozuv
materiali bo’lib kelgan. Unda asosan misrliklar, greklar, rimliklar foydalanib
kelganlar.Osiyoda yozuv uchun hayvonlar terisidan foydalanilgan. Teri masus
eritmada namlangan, cho’zilgan, quritilgan keyin qirilgan, sayqal berilgan va
tekislangan. Bu kitob uchun butun bir poda mol so’yilgan. Teri kitob papirusga
nisbatan bir necha afzalliklarga ega bo’lib, uning ikkala tomonidan bemalol yozish
mumkin bo’lgan. Eramizdan V asr muqaddam uzoq Sharq mamlakatlarida shoyiga
yozish rasm bo’lgan. Bu ham qimmatbaho material bo’lib, madaniyat rivojlana
brogan sayin yozish uchun arzon materialga talab orta borgan. Qog’oz
tayyorlashda XVIII asr fransuz Nikola Lui Robert kashf etgan samocherpka-
birinchi qog’oz mashinasi kashf qilgan.
Qog’oz ishlab chiqarishda yog’och, poxol ip, gazlama, eski ishlatilgan qog’oz
xom-ashyo hisoblanadi. Ip, gazlamadan asosan qog’ozning qimmatbaho va maxsus
navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Poxoldan karton, uram qog’ozlari
tayyorlanadi.Qog’oz ishlab chiqarishda suv ko’p talab qilinadi. Bundan tashqari
yog’ochni o’tkazish ham qulaydir. Tarkibida klechatka foizi ko’p bo’lgan qora
qarag’ay sellyuloza tayyorlashda eng yaxshi xom-ashyo hisoblanadi. Har bir
qog’oz navi o’z tayyorlash retseptiga egadir. Qog’oz va karton faqatgina
kollegrafiya sanoatidagina emas, balki xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida ham
keng qo’llaniladi.Gazeta qog’ozi eng arzon va ko’p tarqalgan qog’oz turidir.
Sifatiga ko’ra unchalik pishiq emas ,namlikni va yelimni yaxshi singdiradi. Yozuv
qog’ozi sathi silliq, yelim, singdirilgan namlikni kamroq singdiradi. Narsalarni
muqovalash, kartondan yasalgan narsalarni yelimlashda juda qulay.Chizmachilik
qog’ozi eng pishiq va eng qalin qog’oz. Lattadan tayyorlanadi. Unda karnaval
maskalari va shu kabilarni yasashda foydalaniladi.
Rasm qog’ozi ikki nomerli bo’lib, to’liq sellyulozadan tayyorlanadi, oliy
naviga 25 % latta qo’shiladi. Qo’l mehnati darslarida, shuningdek chizmalar
chizishda
foydalaniladi.
Yelimlangan qog’oz jilo berilgan qog’oz bo’lib, bir tomoniga yelim surtilgan, qo’l
mehnati darslariga juda qulay. Gul qog’ozining rangi va guli turlicha bo’lib,
muqovalash, narsalarning ustidan yelimlash, bezash ishlarida keng foydalaniladi.
Karton qog’oz deb, 1kv.m.200 gr.dan ortiq bo’lgan qog’ozga aytiladi. Oq karton –
uni qirqish oson, u unchalik pishiq emas, tez sinadi. Sariq karton oq kartondan
ko’ra pishiqroq, egiluvchan yaxshi qirqiladi, yelimdan shishmaydi.
Dastlab I sinfda o’quvchilar qog’oz va uning turlari bilan tanishtiriladilar. 1-sinf
“Texnologiya” darsligida “ Qog’oz va uning turlari” mavzusi bilan tanishadilar.
Qog`oz va karton bilan ishlash texnologiyasi II sinf texnologiya
darslari ni tashkil etishda o’ziga xos xususiyatligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Birinchi navbatda, o`quvchilar qog`ozdan tayyorlanadigan buyumlarni yaxshi
tayyorlashlari uchun ularni qog`oz turi va navlarini yaxshi bilishga, bu
materialning ko`p ishlatiladigan turlarining muhim sifat xususiyatlarini farqlashga
o`rgatish
muhim.
O`quvchilar qog`oz turlaridan ba‘zi namunalarning nomi va farqli xususiyatlarini
bilmasligi mumkin. Dars jarayonida o’qituvchi o’quvchilarga ko`p miqdorda
qog`oz turlarining borligi, mamlakatda turli xususiyatga ega bir necha yuz turdagi
qog`oz ishlab chiqarilishini misollar va ko’rgazmali materiallar orqali ko’rsatib,
tushucha berib borishi lozim..
O’qituvchi o`quvchilarni o`zlari ko`p ko`radigan va ishlatadigan
qog`ozning asosiy xususiyatlarini farqlash, ularni ayta olishga o`rgatishi maqsadga
muvofiq. Yozuv qog`ozi, muqova qog`ozlari, bosmalash, rasm chizish, o`rash
uchun qog`oz, rangli qog`ozlar haqida, keyinchalik esa bu ro`yxatni papiros
qog`ozi, stol usti qog`ozlari va gulqog`ozlar bilan to`ldirish mumkin.
O`quvchilar texnologiya darslari uchun materiallarni, xususan, qog`ozlarni
hamma vaqt ham ehtiyotkorona asramaydilar. Birinchi texnologiya fani
darslaridayoq bolalar bilan kuzatishlar o`tkazib, qog`ozni asramay saqlanishi undan
tayyorlanuvchi buyumlar sifatiga qanday ta‘sir etishini yaqqol va ishonchli
ko`rsatish muhimdir. Keyinchalik, III va IV sinflarda o`qituvchi oddiy va
g`ijimlangan qog`oz xususiyatlarini solishtirishga bir necha marta qaytishi zarur.
Tajriba ko`rsatishicha, o`qituvchi tomonidan bolalar turmushda
va maktabda doimo foydalanadigan qog`oz turlari va navlarining eng muhim
xususiyatlari va sifatlarini yaqqol aniqlash maqsadida tashkil etiluvchi ko`rsatishlar
va maxsus jamoa bo`lib kuzatishlari katta foyda keltiradi.
Qog`oz xususiyatlari bilan tanishish o`quvchilarga turli amaliy maqsadlar –
yozish, chizish, buyumlar yasash, turli predmetlarni o`rash uchun qog`ozdan to`g`ri
foydalanishga yordam beradi. Qog`oz xususiyatlari to`g`risidagi bilimlarni
o`quvchilar texnologiya fani darslarida va atrofdagilarning qog`ozdan
foydalanishini har kuni kuzatish orqali egallaydilar.O`z qog`oz namunalari va
o`qituvchi tayyorlagan va ko`rsatayotgan namunalarni ko`rib chiqib, o`quvchilar
o`qituvchi yordamida turli maqsadlarda qo`llanuvchi qog`ozlarning katta
miqdordagi turlari mavjudligini qayd etishadi. Vazifasiga ko`ra har bir tur va nav
qog`ozi muayyan xususiyatlar, sifatlarga ega. Bu xususiyatlar qog`ozga uni qog`oz
fabrikalarida tayyorlashda yoki keyingi qo`shimcha pardozlashda maxsus
beriladi.O`quvchilar oddiy ko`rib chiqish va ushlab ko`rish, hamda o`zlari
to`plagan hayot tajribalarini ishga solib osongina aniqlash mumkin bo`lgan
qog`ozning quyidagi umumiy xususiyatlarini qayd etishadi:
- qog`oz – varaqli material. Qog`oz katta varaqli (chizish va stol usti qog`ozi),
o`ramlarda (applikatsiyalar uchun qog`oz, texnologiya darslari uchun rangli
qog`ozlar va pochta qog`ozi to`plamlari, qog`oz salfetkalar),
rulonlarda(gulqog`ozlar, gofri qog`oz) va hokazo holatda sotiladi;
- qog`oz qalin va yupqa bo`ladi (masalan, rasm chizish va chizmalar uchun qog`oz,
papiros va nusxalash qog`ozi);
- qog`oz oq va rangli (yozuv qog`ozi va rangli yaltiroq qog`oz). U to`liq
ranglangan, bo`yoq eritmasi qog`oz tayyorlash massasiga qo`shilgan bo`ladi yoki
uni tayyorlangandan keyin bir tomonidan bo`yashadi (applikatsiyalar uchun rangli
qog`ozlar, gulqog`ozlar, o`rash uchun qog`ozlar);
- qog`oz yuzasi silliq va nosilliq bo`lishi mumkin. Masalan, yozuv qog`ozi unda
yozish mumkin bo`lishi uchun albatta silliq bo`lishi kerak, namni shimib oluvchi
va o`rash uchun qog`ozlar nosilliq yuzali bo`ladi. Ba‘zi qog`ozlarning bir tomoni
silliq, ikkinchi tomoni nosilliqroq bo`ladi. Misol sifatida afisha yoki chiptalar
uchun
qog`ozni keltirish mumkin – teatr afishalari, tramvay va avtobus biletlari matni
faqat silliq tomonda bosmalanadi;
- qog`ozning ba‘zi turlari yarim tiniq bo`lib, undan hamma narsa ko`rinib
turadi, boshqalari esa aksincha. Qog`oz kalka tayyorlashda uni iloji boricha
tiniqroq bo`lishiga harakat qilinadi, aks holda chizmalardan nusxa ko`chirish qiyin
bo`ladi yoki umuman ko`chirib bo`lmaydi. Papiros qog`ozi va pergamin tiniq
bo`ladi. Bosmalash va yozuv qog`ozlari, ularning ikki tomonida yozuv bajarish
uchun
tiniq
bo`lmasligi kerak;
- qog`oz zich va g`ovak bo`ladi. Masalan, chizma va namni shimib oluvchi
qog`ozlarni taqqoslash bunga misol bo’la oladi;
- qog`oz rasm bilan bezatilgan, yaltiroq yoki yaltiramaydigan yuzali bo`lishi
mumkin. Bunday qog`ozlarga muqova qog`ozlar, gulqog`ozlar, qog`oz-lederinlar
kiradi.
Oxirida o`qituvchi maxsus mo`ljallangan qog`ozlarni ko`rsatadi, ularga
tayyorlashda muayyan xususiyatlar beriladi. Bunday qog`ozlarga hujjatlar uchun
qog`oz (ularda pul, lotereya chiptalari, pasport va boshqa hujjatlar bosiladi);
fotoqog`oz (fotoemulsiyaning maxsus qatlami bilan qoplangan); parafinlangan
qog`oz ho`llanmaydi, muzqaymoq o`rash va sut mahsulotlari uchun o`ramlar
tayyorlashda qo`llanadi; pergamin – yog`ni o`tkazmaydigan qog`oz (yog`,
margarin, vetchina o`rash uchun qo`llanadi); metallashtirilgan qog`oz (metall folga
bilan yelimlangan qog`oz, choy qadoqlash uchun qo`llanadi), silliqlovchi qog`oz
(silliqlovchi kukun yupqa qatlami yelimlangan).Har qanday material yoki predmet
majmuasini tuzish, ularni maqsadli tanlash, ishlov berish, tizimlashtirish va
joylashtirishni talab etadi. Majmuada namunalar muayyan mantiqiy tartibda
joylashtiriladi, u qabul qilingan tasniflash to`g`risida yaqqol tasavvur beradi.
Qog`oz majmuasini har bir qog`oz turi va navining vazifasini ko`rsatishga qarab
tanlash va tasniflash kerak. Buning maqsadga muvofiqligi shundaki, eng ko`p
tarqalgan qog`oz turlarining nomlari odatda ularning vazifasini aks etiradi: yozuv –
yozish uchun, bosmalash – bosmalash uchun, chizish – chizish uchun, stol usti –
stol
ustini qoplash uchun, gulqog`oz – devorlarga yopishtirish uchun va hokazo.1-rasm.
O`quvchilar tomonidan qog`oz namunalari majmuasining joylashtirilishi:1 –
alohida varaqda; 2 – o`quvchi daftarida. To`plam tuzishda o`quvchilar qog`ozning
ko`p namunalarini ko`rib chiqadilar va ushlab ko`radilar hamda o`ziga xoslarini
tanlab
oladilar. Bunda ular qog`ozning sifat xususiyatlari va muhim jihatlari to`g`risidagi
dastlabki tasavvurlarga ega bo`ladilar. Bolalar qog`oz tayyorlashda unga vazifasiga
qarab u yoki bu xususiyat berilishini o`zlashtirib oladilar.1-rasmda o`quvchi ish
daftarining qog`oz majmuali sahifalari ko`rsatilgan.
O`quvchilar qog`oz namunalarini tanlash va majmuasini tayyorlash bo`yicha
o`z ishlarining ma‘nosini tushunib olishlari muhim bo`lib, u nafaqat muhim qog`oz
turlari va ularning nomlarini amaliy bilib olishdan iborat, balki qog`ozni uning
tashqi ko`rinishi va xarakterli xususiyatlari: qalinligi, rangi, yaltirashi, yuzasining
pardozi va hokazo bo`yicha farqlashga yordam beruvchi qo`lbola lug`at
tayyorlashdan ham iboratdir.
2-rasmda ko`p ishlatiladigan qog`oz turlari majmuasi ko`rsatilgan devoriy jadval
keltirilgan. Albatta, bu jadvalda ko`rsatilgan qog`oz mahsulotlarining barchasini
o`qituvchi darsga olib kelib ko`rsatishi mumkin. Biroq ushbu jadvalning didaktik
qimmati shundaki, u ikkinchi sinf o`quvchisi xotirasida qog`ozlar tasnifi va
ularning inson tomonidan bevosita vazifasiga ko`ra foydalanilishi muhimligini
saqlab
qolishga imkon beradi.Qog`oz devoriy majmuasi
2-sinf o’quvchilariga qog`oz – tez g`ijimlanuvchan material haqida ham
bilimlar beriladi. O`qituvchi o`quvchilarga rangli qog`oz (glyantslangan bo`lsa
yaxshiroq) olishni (taxminan 100x200 mm o`lchamda), uni ikkiga teng bukish va
egilish chizig`i bo`ylab qirqishni o’rgatadi. O`quvchilar qog`ozning qirqilgan
yarmini g`ijimlashadi. Keyin esa unga dastlabki ko`rinishni qaytarishga harakat
qilib, uni tekislashadi. Buning iloji bo`lmaydi. O`tkazilgan tajriba asosida
o`quvchilar xulosa chiqarishadi: g`ijimlangan qog`ozga oldingi ko`rinishni qaytarib
bo`lmaydi.
O`qituvchi taklifi bo`yicha bolalar rangli qog`oz tayyorlanmalaridan -
g`ijimlangan va tekis – shakli bo`yicha bir xil va tuzilishi oddiy ikkita buyum
yasashga harakat qilishadi (masalan, oddiy buklash bilan hosil bo`luvchi buyumni
tayyorlashni tavsiya etish mumkin). Bu narsalarni taqqoslash o`quvchilarni
quyidagi
xulosaga olib kelishga imkon beradi: g`ijimlangan qog`ozdan to`laqonli,
mustahkam va chiroyli narsa tayyorlab bo`lmaydi. Yuqorida aytilganlar asosida
o`quvchilar yana bir xulosani qayd etishlari kerak: qog`ozdan mustahkam va
chiroyli narsalarni tayyorlash imkoniga ega bo`lish uchun materialni avaylab
asrash kerak. Qog`ozni jildda saqlash kerak, katta varaqlarni rulonga o`ramasdan –
ular g`ijimlanadi – jild o`lchamiga mos qirqish maqsadga muvofiq. Bundan
tashqari, rulonga o`ralgan qog`ozni belgilash, kesish, yelimlash qiyin, ayniqsa
qog`oz
qalin
bo`lsa.
2-sinf o’quvchilari, shuningdek, qog`oz – tolali material haqida ham
ma’lumotlar oladi. Qog`oz va karton o`simlik materiallari – yog`och, poxol,
qamishdan tabiiy mineral to`ldiruvchilar (oq loy, talk) va yelimlovchi moddalar
qo`shish bilan tayyorlanadi. O`simlikdan olinuvchi materiallar tolali tuzilishga ega.
Ular katta yoki kichik, uzunlik, qalinlik, egiluvchanlik va turli mustahkamlikka ega
bo`lgan o’simlik tolalaridan tayyorlanadi. O`qituvchi o`quvchilarga gazlamalar
oddiy paxta, zig`ir yoki kanop, yog`och yoki shox va shu kabilardan iborat
ekanligini amalda ko`rsatadi.
O`quvchilarga yuqoridagi materiallarni nafaqat ko`rish, balki ularni ushlab
ko`rish, tolalarni ajratishga harakat qilish, ularning uzunligini aniqlash, uzib
ko`rishga berish foydali. Bunday tajriba ishi katta foyda keltiradi, bolalarning
materiallar tuzilishi, xususiyatlari to`g`risidagi tasavvurini kengaytiradi va
o`quvchilarni
ularning
muhim xususiyatlarini o`rganish, bu bilimlarni turli buyumlarni yasash bo`yicha
amaliy ishda qo`llashga tayyorlaydi. Navbatchilar o`quvchilarga ikki-uch turdagi
qog`oz namunalarining tayyorlangan to`plamlarini, masalan, gazeta, namni shimib
oluvchi va o`rash uchun qog`oz tarqatadilar. O`qituvchi bolalarga bu
namunalarning har biridan bir cheti bo`ylab tor yo`llarni yirtib olib, qog`oz chetini
yirtilish chizig`i bo`ylab qarab chiqishni taklif etadi. O`quvchilar birgalikda chetlar
tukli bo`lganini qayd etishadi. Keyingi suhbat davomida qog`oz varaqlarining
yirtilishida tolalar o`rtasidagi bog`lanish buzilishi, ularning ko`pchiligining
uzilishi, sinishi, bunda uzilish chizig`i bo`ylab po`pakchalar hosil bo`lishi
aniqlanadi.
O`simlikdan olinuvchi tolali materiallar:
1 – ip-gazlama paxta; 2 – zig`ir tola va zig`ir tolali ip;3 – ip-gazlama ip; 4 – ip-
gazlamalar; 5 – zig`ir toladan dasturxon 4-rasm. Qog`oz va karton tolali
materiallar:
1 – tolalar uzilish chizig`i bo`yicha yaxshi ko`rinadi; 2 – qog`oz va kartonni lupa
orqali qaraganda tolalar qo`shilib ketganligini ko`rish mumkin.
Bunday tajribani karton bilan takrorlab, o`qituvchi bu holda materialning tolali
tuzilishi ko’rsatishini ta‘kidlaydi: kartonda tolalar yirikroq, ya‘ni uzunroq,
qalinroq, qo`polroq.Yuqorida qayd etilgan ko`rsatish va oddiy tajribalar natijasida
ikkinchi sinf o`quvchilari keladigan birinchi xulosa shunday: qog`oz va karton
toladan iborat, bu material tolali tuzilishga ega. Ikkinchi xulosani ham o`quvchilar
qiynalmay ifodalab beradilar: ba‘zi tur va navli qog`oz tolalari mayin va bir turli
(yozuv qog`ozi, rasm qog`ozi) boshqalarida esa ular turli kattalikda va qo`pol,
ba‘zan esa to`qroq rangdagi tolalar qo`shilgan bo`ladi (bu, ayniqsa, karton va
arzon turdagi qog`oz, masalan, o`rash uchun qog`oz, afisha qog`ozida
yaqqol ko`rinadi).
Qog`oz kabi tolali tuzilishga ega materiallar (paxta, tikuvchilik iplari, muline,
zig`ir tola, arqon, gugurt qutisi bo`lagi)ning namunasini ko`rib chiqish asosida
o`qituvchi o`quvchilarga uchinchi xulosani chiqarishga yordam beradi: bu
materiallarning hammasi tolalardan iborat, faqat ulardagi tolalarning sifati turlicha
va o`zaro har xil tarzda bog`langan (paxtada ular chirmashgan, iplarda yigirilib
yengil yelimlangan, qog`ozda – chirmashgan va yelimlangan va hokazo).
O`quvchilarning kuzatishi va xulosalarni umumlashtirib, o`qituvchi ularni yana bir
xulosaga olib keladi: ular ko`rib chiqqan barcha materiallar o`simlikdan olinadi.
Ular o`simlik xom-ashyosidan tayyorlanib, paxta, zig`ir, kanop, yog`och, somon,
qamish tolalaridan tuzilgan. Keyinchalik gazlama bilan ishlashga bag`ishlangan
darslarda o`qituvchi I sinf o`quvchilariga o`simlik tolalaridan tayyorlangan
ipgazlama va zig`ir matolar to`g`risida hikoya qilib berganda bu xulosadan
foydalanadi.
III va IV sinflarda o`quv buyumlari konstruktsiyasi, ularni tayyorlash usullari
murakkablashtiriladi va shunga muvofiq texnologiya darslari da qo`llaniladigan
qog`oz va karton turlari assortimenti ham kengayadi. Har safar o`quvchilar o`z
buyumlari uchun yangi turdagi qog`oz yoki karton tanlashida o`qituvchi
materialning o`ziga xos xususiyatlari bilan bolalarni tanishtirish va bu xususiyatlar
aniq bir buyum yoki uning detalini tayyorlash uchun qanchalik mos kelishini
ko`rsatib o`tish imkoniyatini qo`ldan chiqarmaydi. Masalan, darsda samolyot yoki
planerning qog`oz modelini tayyorlashda bu buyum uchun qalin va tarang qog`oz
olish zarurligini qayd etadi. Turli qalinlik, zichlik va taranglikdagi bir xil
o`lchamdagi qog`oz ishlanmalarini ko`rsatib, o`qituvchi amalda ushbu modelni
tayyorlash uchun chizma va karton qog`ozi yaxshiroq mos kelishini ko`rsatib
beradi. Qog`ozning xuddi shu turlari turli inshootlar maketi, geometrik jismlar
modellarini tayyorlash uchun ham mos. Bolalar tomonidan ishlov beriluvchi
materiallar assortimentining yangi yoki o`ziga xos xususiyatlarga ega turlari bilan
asta-sekin
to`ldirilib borilishi kichik maktab o`quvchilariga bu xususiyatlarni yaxshiroq
o`rganish va olingan bilimlarini amaliy faoliyatlarida ongli qo`llashga
ko`maklashadi.
Bu bilimlar tizimlashtirilsa, o`quvchilarning material xususiyatlari va ularga
ishlov berish usullari to`g`risidagi bilim sifati yaxshilanadi. Bunday
tizimlashtirishning ajoyib vositasi – bu o`quvchilar tomonidan material
majmuasining tanlanishi va tayyorlanishidir. Shuning uchun o`quvchilarni qog`oz
va kartonning yangi turlari bilan o`quvchilarni amaliy tanishtirib borib, o`qituvchi
ular oldiga majmualarini yangi namunalar bilan to`ldirib borish vazifasini qo`yadi.
Masalan, III va IV sinf o`quvchilarining o`quv majmualarida o`rash qog`ozi, gul
qog`oz va gofrilangan qog`oz, kalka, metallashtirilgan va parafinlashtirilgan
qog`oz,
fotoqog`oz
va
hokazo
namunasi paydo bo`ladi.
III va IV sinf o`quvchilari o`z majmualariga yangi qog`oz turlarini oddiy
qo`shish va namunalar ostiga u yoki bu turdagi qog`oz nomlarini yozib qo`yish
bilan cheklanib qolmaydilar. Ular o`zlarining qog`oz va karton majmualari uchun
namunalar tanlab, bu namunalarni eng muhim belgilari: vazifasi, pardoz turi, sifati
bo`yicha guruhlaydilar.
Namuna ostiga qisqa yozuv yoziladi, shu yozuv asosida material nomi, uning
vazifasi, qo`llanish sohasi bo`yicha ma‘lumotga ega bo`lish mumkin. Masalan,
«Bosmalash qog`ozlari» degan umumiy sarlavha ostiga kitob-jurnallar uchun,
gazeta uchun, muqovalash uchun, afisha uchun, hujjatlar uchun degan yozuvlar
ostiga namunalar joylashtirilishi mumkin.
Albatta, III va IV sinf o`quvchilari tomonidan texnologiya darslari va sinfdan
tashqari mashg`ulotlarda qog`oz va kartonning aynan qaysi turlari amaliy
qo`llanishini oldindan bilish qiyin. Bu amaliy ishlar mavzusi va materiallar
borligiga bog`liq. Lekin barcha hollarda majmualar tuzish va tayyorlash bo`yicha
ishlarning muhim ahamiyatini tan olish zarur.
III sinfda qog`oz va kartonni o`rganish davom etadi, asta-sekin bu materiallarning
kuzatiluvchi sifat xususiyatlarini aniqlash malakasi takomillashtiriladi, o`quvchilar
aniqlay oladigan xususiyatlar to`ldirilib boriladi. O`quvchilar qog`oz va kartonning
mustahkamligi, qalinligi, egiluvchanligi va sinuvchanligini aniqlash va
taqqoslashning elementar usullari bilan tanishib boradilar. Buning uchun
kerakli kuzatishlar va eng sodda tajribalarni o`tkazib borib, III sinf o`quvchilari
qog`oz va yupqa kartondan detallarni bukish, qo`shish, kesish va yelimlash mehnat
operatsiyalarini bajarish jarayonida olingan bilimlardan foydalanadilar.
IV sinf o`quvchilari qog`oz va kartonning fizikaviy va texnologik
xususiyatlarini o`rganishda ularni texnologiya darslarida foydalanadigan boshqa
materiallar – gazlama, tabiiy material,plastmassa plyonkalar xususiyatlari bilan
taqqoslaydilar (3-rasm). O`quvchilar ishlov berilayotgan materiallarning sifat
xususiyatlari
to`g`risidagi o`z bilimlarini oshirib borib, ular bajarayotgan ishlari sifatining
yaxshilanishiga erishishlaridan qoniqish hosil qilishlari muhim.
O`quvchilar amaliyotidan aniq misollar asosida o`qituvchi materiallar
xususiyati to`g`risidagi bilimini to`ldirib borish qanchalik muhimligini
tushuntiradi. U bolalarga barcha ishlab chiqarish xodimlari o`rganadigan
materiallar to`g`risidagi maxsus fanlar –materialshunoslik, materiallar qarshiligi,
ularga
ishlov
berish
texnologiyasi – mavjudligini ma‘lum qiladi.
Qog`oz – varaqli material. Texnologiya darslarida amaliy ish, suhbat va
maxsus kuzatishlar jarayonida o`qituvchi o`quvchilarni qog`oz varaqli material
degan xulosaga olib keladi: uning qalinligi boshqa ikki o`lchamga (uzunligi va
kengligi) qaraganda ahamiyatsiz. Qog`oz sotuvga u yoki bu kattalikdagi varaqlar
yoki muayyan kenglik va foydalanish uchun qulay uzunlikdagi yo`llar ko`rinishida
chiqariladi. Boshqa ko`pchilik yupqa materiallar (gazlama, plyonka, tunuka va
hokazo) kabi qog`oz qaychi bilan kesiladi. Darsda birgalikda kuzatish, tajriba
almashish va turli tur va navdagi qog`oz namunalarini o`rganish orqali o`quvchilar
u yoki bu turdagi qog`oz vazifasiga qarab varaqlar va yo`llar shakli va o`lchami
o`zgarishini bilib oladilar. Yozuv uchun qog`oz «kanselyariya» formati
ko`rinishidagi o`ramlar shaklida kesilib sotuvga chiqariladi: katta bo`lmagan
varaqlarda yozish qulay, ularni saqlash ham qulay. Pochta qog`ozi varaqlari
formati yana ham kichik. Rasm va chizmalar uchun qog`oz, aksincha, katta
varaqlarda, ba‘zan esa rulonlarga o`ralgan keng yo`llar ko`rinishida chiqariladi:
inshootlar
va
mashinalar loyihalari chizmalari va rasmlar uchun turli formatdagi qog`oz kerak va
u joyida kesiladi.
Chizma uchun kalka, millimetr qog`ozi, gul qog`ozlar rulonlarda o`ralgan
holda chiqariladi, bosish va o`rash uchun qog`oz esa kata og`ir rulonlarda
chiqariladi: ularni bu holda tashish, saqlash va keragicha foydalanish oson.
Kuzatishlar orqali o`quvchilar qog`oz namunalarini boshqa varaqli materiallar
– gazlama, charm, plastmassa plyonka, fanera, tunuka, folga namunalari bilan
taqqoslaydilar. Bu ishning politexnik ahamiyati beqiyos: taqqoslash ishi kichik
maktab o`quvchilarining turli materiallar, ularning xususiyatlari, tasnifi
to`g`risidagi
tasavvurlarini kengaytirishga yordam beradi.
III sinfda qog`oz qalinligini baholash ishlari amalga oshiriladi. O’quvchilar
qog`ozning taxminiy qalinligini ushlab ko`rib aniqlash mumkin. O`quvchilar o`z
buyumlari uchun u yoki bu qog`ozni ishlatar ekanlar uni tanlashga o`rganadilar.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari qog`oz, karton va boshqa varaqli materiallarning
qalinligini to`g`ri aniqlay olmaydilar. Ular bunday o`lchovlar uchun mo`ljallangan
asbob – mikrometr va mos o`lchov birliklari – mikronlardan foydalana olmaydilar,
o`nlik kasrlarda o`lchovlarni bajara olmaydilar.
Biroq III sinf o`quvchilari matematika darslarida sonlarning ayirmasi va karrali
taqqoslanishini o`rganadilar va bir son ikkinchisiga nisbatan qanchaga katta yoki
kichikligini aniqlay oladilar. Shuning uchun texnologiya darslari da o`quvchilar
oldiga, masalan, shunday savol qo`yish mumkin: “Papiros qog`ozi yozuv
qog`oziga nisbatan necha marta yupqaroq yoki yozuv qog`ozi rasm qog`oziga
nisbatan necha marta yupqaroq?”. O`quvchilar tomonidan bunday masalaning
laboratoriya ishi shaklida yechilishi bolalarni turli varaqli materiallarni taqqoslay
olishga o`rgatib, amaliy ahamiyat kasb etadi. Masalani hal etish uchun kerakli
turdagi bir xil qalinlikdagi qog`oz o`ramlarini olish, har bir o`ramdagi varaqlar
sonini
hisoblash
va bu sonlar nisbatini aniqlash, ya‘ni katta sonni kichikka bo`lish kifoya. Bu
maqsad uchun 1 sm qalinlikdagi o`ramlarni olish qulay. Shunda, o`quvchilar bir
santimetr qalinlikdagi o`ramlarda, masalan, 60 varaq yozuv qog`ozi va 120 varaq
gazeta qog`ozi borligini aniqlab, gazeta qog`ozi yozuv qog`oziga qaraganda ikki
marta yupqaligini ayta oladi. Shunday qalinlikdagi o`ramlarda ular 85 va 90 varaq
qog`ozni sanashsa, bu o`ramlardagi qog`ozlar qalinligi deyarli bir xil deb
aytishlari mumkin.
III sinfda o`qituvchi tolali tuzilishga ega materiallar sifatida qog`oz va karton
ta’rifiga bir necha marta qaytadi. Busiz o`quvchilar tomonidan bu materiallarning
muhim texnologik xususiyatlarini o`zlashtirilishi qiyinlashib, ishlov berishda –
detallarni belgilash va yelimlashda – ularni hisobga olmay bo`lmaydi.
Hayvonlardan
olinadigan tolali materiallar – tabiiy jun va ipak to`g`risida texnologiya darslari da
dastlabki ma‘lumotlarni berishda o`quvchilarga o`simlikdan olinuvchi tolali
materiallar to`g`risida eslatish foydali. Bunda o`qituvchi hayvonlardan olinadigan
tolali materiallar: tabiiy jun parchasi, jun iplar o`rami, jun qo`lqop, namat
parchasi, tabiiy ipak o`rami va ipak mato parchasini ko`rsatishi mumkin.
IV sinfda o`qituvchi o`quvchilarga qog`oz va kartonning tolali tuzilishi to`g`risida
ma’lumot berib, karton detallarini qog`oz bilan yelimlab chiqishda qirilishi
sabablarini aniqlash maqsadida dasturda ko`zda tutilgan tajribalarni o`tkazish bilan
bog`liq tagribada eslatib o`tadi. Qog`oz va kartonning tolali tuzilishi xususiyatlari
to`g`risida qog`oz va karton ishlab chiqarish haqida suhbat o`tkazish chog`ida
ham fikr yuritiladi.
O`qituvchi IV sinf o`quvchilariga qog`oz va karton tayyorlash uchun asosiy
material yog`och ekanligi haqida gapirib beradi (uning turlaridan biri yog`och
karton deb ataladi). Odatda archa yog`ochidan foydalaniladi, unda smolali
moddalar nisbatan kam bo`lib, shu tufayli u tez qaynaydi va bo`tqasimon massaga
aylanadi. Bu massa qog`oz vakarton ishlab chiqarish uchun boshlang`ich material
bo`lib
xizmat
qiladi. Qarag`ayning smolali yog`ochi buning uchun kamyaroqli va kamroq
ishlatiladi. Qog`oz va karton ishlab chiqarishda keying yillarda bargli daraxtlarning
kam qimmatli yog`ochlaridan foydalana boshlashdi, masalan, osina, qayin, terak
daraxtlari, shuningdek, bug`doy poxoli va qamishning o`tli qismi. Bu qog`ozni
ancha arzonlashtiradi va xvoyali daraxtlarning qimmatli yog`ochini tejashga,
undan mebel, viskoz, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni
oshirish uchun samarali foydalanishga imkon beradi.
Qog`oz va karton ishlab chiqarishda yog`ochni tejash uchun makulatura -
qog`oz va kartonning sanoat va turmushdagi chiqindilaridan foydalanish katta
ahamiyatga ega. Xuddi shu maqsadda to`qimachilik sanoati chiqindilari hamda uy
xo`jaligi
chiqindilarini tashkil etuvchi turli lattalar ham qo`llanadi. Makulatura yig`ish va
topshirish orqali maktab o`quvchilari qog`oz ishlab chiqarishni kengaytirish –
bunda minglab gektar o`rmonni saqlab qolish, juda ko`p suv, yelim, oq loy va
boshqa materiallarni, yoqilg`i va elektr energiyasini tejashga yordam beradi.
O`rmon ishchilari, transport xodimlari, qog`oz, kimyo, mashina, qurilish va boshqa
sanoat tarmoqlari xodimlari mehnatining tejalishi ham, albatta, kata xalq xo`jaligi
ahamiyatiga ega.
Qog`oz, karton varag`ida tolalarning joylashuvi. Turli buyumlar tayyorlash
uchun material sifatida qog`oz va karton bilan tanishishning birinchi
qadamlaridanoq o`quvchilar maxsus kuzatish va tajribalar o`tkazib, bu
materiallardan texnologiya darslarida foydalanib, qog`oz va karton bir-biri bilan
tartibsiz
chirmashgan,
presslangan va yelimlangan son-sanoqsiz mayda tolalardan iborat ekanligini bilib
oladilar. Bu tolalarning joylashuvida bitta qonuniyat mavjud bo`lib, uni turli
buyumlar yasash uchun qog`oz va kartondan foydalanuvchi hamda bunda ishning
yuqori sifatiga erishmoqchi bo`lgan har bir kishi bilishi va hisobga olishi kerak.
Gap shundaki, qog`oz tayyorlash mashinalarida qog`oz quyishda ko`pchilik
tolalarning quyish yo`nalishida tortilishi yuz beradi (bu yo`nalish ko`pincha
bo`ylama deb ataladi). Natijada qog`oz turli yo`nalishlarda
– bo`ylama va ko`ndalang – turlicha xususiyatlarga ega bo`ladi. Yirtishda
mustahkamlik, qattiqlik, namlanishida cho`zilish (o`lchamlarning kattalashuvi)
farqlanadi. Ishda nuqson bo`lmasligi, buyumlarning yuqori sifatiga erishish uchun
bularning hammasini bilish va hisobga olish kerak.
Quyida keltirilgan kuzatishlar qatori va bajarilish texnikasi bo`yicha oddiy
tajribalar o`qituvchi tomonidan kichik maktab o`quvchilarini tushunarli,
ko`rgazmali va qiziqarli tarzda asta-sekin, darsdan darsga bu materiallardan amaliy
foydalanish jarayonida qog`oz va kartonning tolali tuzilishi xususiyatlarini qanday
hisobga olish kerakligi bilan tanishtirib borish maqsadini ko`zlaydi. Ushbu
kuzatishlar va tajribalarni o`tkazish jarayonida o`quvchilar egallaydigan bilim va
malakalar boshqa barcha materiallar bilan ishni to`g`ri bajarish uchun katta
ahamiyat kasb etishi haqida gapirish ortiqchadir.
O`qituvchi ko`rsatib berish va o`quvchilar tomonidan kuzatish va
tajribalarning mustaqil bajarilishini tashkil etib, ko`rgazmali va amaliy ishlarning
turli variantlarida bolalarga qog`oz varag`ida tolalar asosiy massasi yo`nalishi
(mashinada qog`oz quyish bo`ylama yo`nalishi) qog`oz varaqlari bo`ylama
tomonlari yo`nalishi bilan hamma vaqt ham mos kelmasligini ko`rsatib beradi.
Shuning uchun ham o`quvchilar mustaqil tajriba yo`li bilan qog`oz varag`ida
tolalar
qanday joylashganini bila olishlari kerak.
Yirtilish chiziqlari shakli bo`yicha qog`oz varag`ida bo`ylama va ko`ndalang
yo`nalishlarni aniqlash. Oddiy tajriba o`quvchilarga qog`oz varag`ining yirtilish
chizig`i uning bo`ylama yoki ko`ndalang yo`nalishda o`tishiga qarab turlicha
bo`lishini ko`rsatadi. Demak, qog`ozning yirtilish chizig`i shakli bo`yicha qog`oz
varag`i bo`ylama yo`nalishini aniqlash mumkin.
Yirtilish chizig`i shakli bo`yicha qog`oz varag`ida bo`ylama va ko`ndalang
yo`nalishlarni aniqlash: 1 – bo`ylama (to`g`ri chiziqli uzilish chizig`i); 2
ko`ndalang (uzilish chizig`i egri yo`lli); 3– ikki qog`oz varag`ini bir vaqtda
yirtish.Katta qog`oz varag`idan, yaxshisi yozuv yoki bosmalash qog`ozidan
o`quvchilar
o`lcham
va
shakli bo`yicha ikkita bir xil varaqcha kesib oladilar, undan oldin ularning asosiy
varaqdagi holatini belgilaydilar. Bir varaqchani ustki burchaklaridan ushlab bir
yo`nalishda, ikkinchisini perpendikulyar yo`nalishda yirtadilar.Har bir varaqchada
yirtilish chizig`i boshida dastlab kichik (2-3 mm) yirtiq hosil qilish maqsadga
muvofiq.
Yirtilgan qog`ozni ko`rib chiqib, o`quvchilar ularda yirtilish chiziqlari turli
shaklda bo`lganini qayd etishadi, lekin bir varaqda yirtilish chizig`i to`g`ri yo`lli,
boshqasida esa egri yo`lli ekanligini aytishadi. O`qituvchi bu holat sabablarini
tushuntirib beradi: qog`oz tayyorlash mashinasida qog`ozni quyishda qog`oz
massasi tolalarining bo`ylama yo`nalishda tortilishi yuz beradi. Qog`ozni bo`ylama
yo`nalishda yirtishda yirtilish chizig`i tolalar asosiy massasiga, ularni buzib emas,
ajratib, parallel boradi. Bunda yirtilish chizig`i to`g`riga yaqin bo`ladi. Qog`oz
varag`ini ko`ndalang yo`nalishda yirtishda ko`proq kuch sarflanadi, chunki bunda
ancha ko`p tolalar uziladi. Bu tolalar uzilish chizig`i yo`lini to`sadi va u qog`oz
varag`i yirtilayotgan to`g`ri chiziqli yo`nalishdan suriladi, og`adi. Yirtilish yo`li
egri chiziqli bo`ladi
Qog`oz varag`ida tolalar asosiy yo`nalishlarini aniqlash tajribasini
quyidagicha o`tkazish mumkin: O`qituvchi ikkita bir xil g`ijimlanmagan qog`oz
varag`ini
oladi.
Ularni biri bo`ylama tomoni gorizontal, ikkinchisining bo`ylama tomoni vertikal
qilib ustma-ust qo`yadi, varaqlarning ustki chetlarini tekislab, o`rtasida sal yirtilish
chizig`i boshini belgilaydi.
Keyin o`qituvchi ikkala varaqni shu nuqtadan teng masofada ustki chetlaridan
olib, qog`ozni turli tomonga tortadi. Ikkala qog`oz varag`i bir vaqtda yirtiladi,
bunda yirtilish chiziqlari turlicha bo`ladi: bir varaqning yirtilish yo`li – to`g`ri
chiziqli, ikkinchisining yo`li – murakkab, chetga ketuvchi shaklda bo`ladi.
O`quvchilar bu tajribani mustaqil takrorlab, ikki qog`oz varag`i yirtilish yo`lining
farqi sabablarini birga aniqlaydilar. Bo`ylama yo`nalishda qog`ozni yirtishda
yirtilish yo`li asosan tolalar orasidan boradi, qog`ozni ko`ndalang yo`nalishda
yirtishda ko`proq tolalarni tortish va uzishga to`g`ri keladi, bunda odatda
yirtilish chizig`i chetga og`adi.
O`quvchilar oldin qilgan xulosalarini takrorlaydilar: qog`ozning yirtilish
chizig`iga qarab uning varag`ida tolalar qanday joylashgani to`g`risida fikr yuritish
mumkin, ya‘ni ko`ndalang va bo`ylama yo`nalishlar holatini aniqlash mumkin.
Qog`oz yo`llarining egilishiga qarab bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni
aniqlash. O`qituvchi o`quvchilarning ko`zi oldida o`lchamlari bir xil (taxminan
10x150 mm) qog`oz yo`llarini tayyorlaydi, lekin ularni o`zaro perpendikulyar
qog`oz varag`i chetlari bo`ylab kesib oladi, ko`rsatilganidek ustma-ust qo`yib,
pastki chetlaridan ushlaydi.
Qog`oz varag`idan o`zaro perpendikulyar chetlardan qirqib olingan yo`llar
egilishi bo`yicha bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlash:
1 – tolalar asosiy massasi bo`ylama yo`nalishli;
2–ko`ndalang yo`nalishda kesib olingan yo`l.
O`qituvchi qog`oz yo`llarni avval o`ngga, keyin chapga egib, ularni muvofiq
tomonlarga egilishga majbur qiladi. O`qituvchi o`quvchilar diqqatini qog`oz
yo`llaridan birining ko`proq ikkinchisining esa kamroq egilishiga qaratadi.
O`quvchilar o`qituvchi bilan birgalikda buning sababini aniqlashadi. Bu qog`oz
yo`llar varaqdan turli yo`nalishlar: biri qog`oz bo`yiga, ikkinchisi ko`ndalang kesib
olingani bilan bog`liq. Demak, qog`oz yo`llaridan biri bo`ylama yo`nalishda,
ikkinchisi esa – ko`ndalang yo`nalishda kesib olingan. Xuddi shu qog`oz varag`i
bilan ularga ma‘lum bo`lgan ikki yo`nalishda qog`ozni yirtish tajribasini o`tkazib