Qon bosimi ko’tarilganda va pasayganda qo’llaniladigan dori vositalari
Yuklangan vaqt
2024-09-14
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
50,0 KB
Qon bosimi ko’tarilganda va pasayganda qo’llaniladigan dori vositalari
1.Dibazol, papaverin, eufillin moddalari
2.Magniy sulfat, apressin, natriy nitroprussid moddalari.
Moddalar asosan gipertoniya kasalligida qo'llaniladi, gipertoniya keng
tarqalgan kasallik, keyingi paytlarda yoshlar orasida, hatto bolalarda ham uchrab
turadi. Kasallik sabablari, turlari har xil.
Gipertoniya kasalligida qo'llanadigan moddalar kimyoviy tuzilishi, ta’sir
mexanizmi jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin ularning asosiy ta’siri qon bosimini
tushirishdan iborat. Gipertoniyaga qarshi moddalar 6 guruhga bo'linadi:
1. Neyrotrop modalar.
2. Miotrop moddalar.
3. Kalsiy kanallarini falajlovchi moddalar.
4. Kaliy kanallarini faollovchi moddalar.
5. Renin — angiotenzin sistemasiga ta’sir etuvchi moddalar.
6. Suv-tuz almashinuviga ta’sir etuvchi, siydik haydovchi moddalar.
Gipertoniya kasalligining boshlang'ich davrida markaziy nerv sistemasini
tinchlantiruvchi moddalar — bromidlar, valeriana, trankvilizatorlar hamda uyqu
dorilari qo'llaniladi.
Neyrotrop moddalar:
1) Vazomotor markazlarining tonusini pasaytiradigan;
2) Vegetativ gangliylarni falajlovchi; 3) α-adrenoretseptorlarni falajlovchi;
4) β -adrenoretseptorlarni falajlovchi; 5. α,β-adrenoretseptorlarni falajlovchi;
6. α,β-adrenoretseptorlarni bilvosita falajlovchi moddalar — simpatolitiklar.
1.Vazomotor markazlarni tinchlantiruvchi klofelin, metildofa markaziy nerv
sistemasining solitar trakt sohasida joylashgan neyronlarii, postsinaptik α -
adrenoretseptorlarni rag'batlantirib, qon tomirlar tonusini boshqaruvchi uzunchoq
miyada
joylashgan
vazomotor
markazlarni
tinchlantiradi,
qisqartiruvchi
impulslarning tomirlarga yetib kelishiga to'sqinlik qiladi, qon bosimi pasayadi.
Moddalar simpatik nervlarning presinaptik joylashgan α2- adrenoretseptorlar
faolligiga ta’sir ko'rsatib, noradrenalinni ajralishini kamaytiradi. Shu tufayli chetda
(periferiyada) joylashgan qon tomirlarning qarshiligi, buyrakda rejimning
sekretsiyasi kamayadi, yurak urishi sekinlashadi, natijada qon bosimi pasayadi.
Klofelin miyani boshqa tuzilmalaridagi a2 - adrenoretseptorlarni tinchlantirib
uxlatuvchi, tinchlantiruvchi, og'riq qoldiruvchi ta’sir ko'rsatadi, yosh bolalarda nafas
tezligini hamda hajmini kamaytiradi.
Klofelin me’da-ichak orqali yaxshi so'riladi, ayrim hollarda venaga yuborish
mumkin, gipotenziv ta’siri 2 soatdan keyin boshlanib, 6-12 soat davom etadi,
buyraklar orqali chiqib ketadi. Uxlatuvchi, psixotrop moddalar bilan birga ehtiyot
bo'lib qo'llanishi lozim Klofelin ishtahani ochadi, so'lak, oshqozon bezlarining
sekretsiyasini, ichak peristaltikasini kamaytiradi.
Organizmda natriy va suyuqlikni ushlab turushi mumkin, shuning uchun uni
siydik haydovchi moddalar bilan birga qo'llash tavsiya etiladi. Klofelin berishni
birdaniga to'xtatib bo'lmaydi, chunki «olib tashlash» sindromi yuz berib, qon bosimi
to'satdan ko'tarilib ketishi mumkin. Klofelin oftalmologiyada birlamchi ochiq
burchakli glaukomani davolashda ham keng qo'llaniladi.
Metildofa organizmda metabolizmga uchrab oldin a - metildofamin, keyin
soxta mediator —a-metilnoradrenalinga aylanadi, klofelinga o'xshab markaziy nerv
sistemasidagi
postsinaptik
a-adrenoretsep
torlarni
qo'zg'atib,
vazomotor
markazlarini tinchlantiradi, shu bilan birga metildofa chetdagi qon tomirlar
qarshiligini, renin, angiotenzin II hosil bo'lishini kamaytiradi, yurakning kislorodga
bo'lgan ehtiyojini oshiradi va sedativ ta’sirga ham ega. Metildofaning gipotenziv ta
’siri 4-6 soatdan keyin boshlanadi, 2-5 kun ichida ta’siri oshib boradi. Metildofaning
salbiy ta’sirlari: jigar hamda immunologik holatining o'zgarishi, ko'ngil aynishi,
qusish, og'iz qurishi mumkin. Bu moddani jigar kasalligida, feoxromotsitoma,
buyrak faoliyati buzilganda qo'llash man etiladi.
Dibazol, papaverin, eufillin, magniy sulfat, apressin, natriy
nitroprussid
Ushbu moddalar bevosita qon tomirlarning silliq mushaklariga ta’sir ko'rsatib,
ularni bo'shashtiradi, tomirlarni kengaytiradi. Papaverin dibazol, magniy sulfat,
eufillin faqat qon tomirlarini emas, boshqa a’zolarda joylashgan silliq mushaklarni
ham bo'shashtirib, spazmolitik ta’sir ko'rsatadi. Bularning miotrop, spazmolitik
ta’sir mexanizmi fosfodiesteraza fermentini ingibitsiya qilib, siklik 3,5 AMFni
hajmini oshirish bilan bog'liq, siklik AMF esa silliq mushaklar qisqarishini
kamaytirib, ularni spazm holatida kengaytiradi. Moddalardan papaverin ko'proq
spazmolitik ta’sirga ega bo'lgani uchun kengroq qo'llanadi.
Gipertoniya kasalligida papaverin murakkab kukunlar, tabletkalar — papazol,
nikoverin tarkibida ko'proq qo'llaniladi.
Dibazol benzimidazol unumlaridan bo'lib, gipertoniya kasalligida og'iz orqali,
mushaklar orasiga, venaga yuboriladi. Dibazol mayin immunostimullovchi ta’sirga
ega, modda nerv sistemasi kasalliklarida — poliomielit falajida qo'llaniladi.
Dibazolning salbiy ta’sirlari kam uchraydi, lekin davomli qo'llanilsa, yoshi katta
bemorlarda yurakdan chiqadigan qonning hajmi kamayib, yurak faoliyati susayishi
mumkin.
Eufillin purinlar unumidan bo'lib, qon tomirlarni kengaytiradi, shuningdek,
bronx mushaklarini, o'pka tomirlarida qon bosimini pasaytiradi, buyrakda qon
aylanishini oshiradi, siydik haydaydi, yurak mushaklarining kislorodga bo'lgan
ehtiyoji oshadi.
Magniy sulfat ham miotrop ta’sir ko'rsatadi, qon bosimi keskin oshganda,
gipertoniya krizlarida asosan mushaklar orasiga yuboriladi.
Magniy sulfat, bundan tashqari, asabni tinchlantiradi, nerv-mushak
o'tkazuvchanligini kamaytiradi, homiladorlarda uchraydigan eklampsiyada ham
qo'llaniladi, magniy sulfat og'iz orqali yuborilganda miqdoriga qarab surgi hamda
safro haydovchi ta’sir ko'rsatadi.
Apressin atreriolalarga hamda kichik arteriyalar mushaklariga bevosita ta’sir
ko'rsatib, ularni kengaytiradi, umumiy periferik qarshilikni kamaytirib, qon bosimini
pasaytiradi. Qon bosimi pasayishi bilan yurak reflektor yo'l bilan tez ura boshlaydi,
yurakdan chiqayotgan qonning hajmi oshadi. Apressin gipertoniya krizlarida
qo'llaniladi.
Apressinning salbiy ta’sirlari: taxikardiya, yurakda og'riq, bosh og'rishi,
dispeptik o'zgarishlar, revmatoid sindromi paydo bo'lishi mumkin. Apressin
ko'pincha boshqa gipotenziv moddalar bilan ularning ta’sirini oshirish hamda zararli
ta’sirlarini kamaytirish uchun birga qo'llaniladi.
Nitroprussid natriy ham miotrop ta’sir ko'rsatadi, arteriolalarga, mayda
arteriyalarga hamda venulalarga, vena mushaklariga bevosita ta’sir ko'rsatib, ulami
kengaytiradi. Venulalarga ta’sir etishi tufayli ham qon bosimi pasayadi, lekin
yurakdan chiqadigan qon hajmi oshmaydi, chunki yurakka venalardan qon kam
qaytib keladi, yurak urishi reflektor yo'l orqali tezlashadi. Nitroprussid natriy