QON SISTEMASINING FIZIOLOGIYASI.
Reja:
1.Qon va limfa haqida tushuncha.
2.Qonning vazifalari, ahamiyati va turli hayvonlar organizmidagi miqdori.
3.Qonning tarkibi va fiziko-ximiyaviy xossalari. Qon hosil bo‘lishi va
tarkibini boshqarilishi.
TAYaNCh IBORALAR.
Qon suyuq biriktiruvchi to‘qima, transport, himoya, termoregulyatsiya,
korrelyatsiya, fiziko-ximiyaviy muhit, oqsil, albumin, globulin, fibrinogen, oqsil
koeffitsienti, yog‘, uglevod, fiziologik eritma, qon reaksiyasi, bufer sistemalar,
asedoz, alkoloz, eritrotsit, gemoliz, leykotsit, trombotsit, gemoglobin, oqsil,
karbgemoglobin, karboksigemoglobin, metgemoglobin, anoksiya, gemotsitoblast
(stvol hujayra), Aleksandr Shmidt, fagositoz, antitela, properdin, Yanskiy,
Landshteyner, nerv va gumoral sistema.
1.Qon suyuq biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, organizmning ichki muhitini tashkil
etadi.
Qon organizmda tashqi muhit bilan hujayralarning o‘zaro aloqadorligini
ta’minlaydi.
Qon hosil bo‘lishi uzoq davom etgan evalyusion mahsuli bo‘lib, bir hujayrali
hayvonlarda qon bo‘lmasdan, ularda moddalar hujayra po‘sti orqali kirib, chiqindi
moddalar shu po‘st orqali tashqariga chiqariladi.
Hayvonot dunyosining rivojlanishi bilan hayvonlar qon tomirlarida suvsimon
suyuqlik gidrolimfa oqib, tarkibida oqsil va azot moddalari kam bo‘ladi. Bir
muncha yuqori taraqqiy etgan hayvonlarda gemolimfa paydo bo‘lib tarkibida
organik va anorganik moddalar ko‘p, oqsil va kislorodni biriktirib tashiydigan
pigment bo‘lib, gemolimfaga qizg‘ish rang beradi.
Issiq qonli hayvonlar qonning tarkibi murakkab va juda ko‘p vazifalarni
bajarib, o‘ziga xos xossa va xususiyatlarga ega. Qonning organizmdagi ahamiyati
juda murakkab bo‘lib, ular quyidagilardir:
a). Transport vazifasi-qon kislorod, glyukoza, aminokislotalar, yog‘lar va
hayot uchun zurur bo‘lgan moddalarni organizmning barcha hujayra va
to‘qimalariga yetkazib beradi, chiqindi moddalarni esa ayiruv organlariga toshib
beradi;
b). Termoregulyatsiya vazifasi organizmning turli organ va to‘qimalarida
moddalar almashinuvi bir xil bo‘lmagani uchun ularda hosil bo‘ladigan ortiqcha
issiqlikni boshqa organlarga, issiqlik chiqaruvchi organlarga-teri, o‘pka va boshqa
ayiruv organlariga yetkazib, chiqarib, organizm haroratini boshqaradi.
v). Qon hujayra va to‘qimalar uchun fiziko-ximiyaviy muhitdir ya’ni qondagi
ko‘rsatkchilar doimiy va ma’lum chegarada o‘zgarib, organizm hujayra va
to‘qimalari qon va limfada mavjud bo‘lgan muhitda yashab, bu muhitni o‘zgarishi,
hujayra va to‘qimalarda kechadigan jarayonlarni buzadi. Chunki to‘qima va
hujayralardagi suv va elektrolitlar miqdori o‘zgaradi.
g). Qon organizmda himoya vazifasini bajaradi ya’ni qon tarkibidagi
leykotsitlar va antitelalar yot moddalarni yemiradi, fagotsitoz qilib,
zararsizlantiradi.
Masalan: agglyutininlar mikroorganizmlarni bir-biri bilan yopishtiradi,
presiptinlar ularni cho‘ktiradi, sitolizinlar qonga tushgan mikroorganizmlarni
parchalasa, antitoksinlar mikroorganizmlar ajratgan toksinlarni zararsizlantiradi.
Frenk 1955 yil qonda yangi himoya qiluvchi sistema-properdin borligini
aniqlab, properdin oqsili magniy ioni va to‘rtta komplement-properdin sistemasini
tashkil etadi. Properdin sistemasi bir qancha bakteriya va viruslarni o‘ldirib, bu
sistema faol bo‘lganida organizmning kasallik chaqiruvchi sabablarga turg‘inligi
kuchli bo‘ladi.
Qondagi lizotsim turli mikroorganizmlarni parchalasa, qonning ivishi, bufer
xususiyati ham muhim ahamiyatga ega. Agar qon tarkibiga zaharli moddalar
tushsa, suyuqliklar hisobiga ularni zaharli ta’siri kamayadi.
d).Qon organizmdagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni boshqaradi.
Ya’ni ichki sekresiya bezlari ajratayotgan gormonlar, moddalar almashinuvi
natijasida hosil bo‘lgan fiziologik aktiv moddalarni tegishli organlarga olib borib,
bu organlar faoliyatini o‘zgartiradi. Qonning bu muhim vazifalari faqatgina qon
qon tomirlari bo‘ylab uzluksiz harakat qilib yurganida bajariladi.
Qonning miqdori turli xil hayvonlarda turlicha bo‘lib, tana og‘irligiga
nisbatan umirtqali hayvonlarda 2-10% ni (otda 9,8%, qoramollarda 8,0%, qo‘y
echkilarda 8,1%, cho‘chqada 4,6% itda 6,4%, tovuqda 8,5% odamda 7,0% baliqda
3,0% amfibiyada 6,0%) ni tashkil etadi.
Organizmdagi qonning hammasi ham qon tomirlarida uzluksiz harakat qilib
yurmasdan, balki bir qismi depo organlarida (taloqda 16%, jigarda 20% va terida
10%) saqlanib, qolgan qismi organizm bo‘ylab uzluksiz harakat qilib turadi. Depo
qonlarining organizmdagi ahamiyati katta bo‘lib, organizm ko‘p qon yo‘qotganida,
jismoniy ish davrida, atmosfera havosida kislorodning porsial bosimi kamayganila,
tana harorati ko‘tarilganida, kuchli hayajonlanishlarda, hayvon bug‘ilganida qon
reflektor yo‘l bilan qon tomirlariga chiqariladi. Qonning depo organlarida
saqlanishi yurakning ishini osonlashtirib, yurak bu vaqtda ortiqcha qonning qon
tomirlari bo‘ylab haydamaydi. Qon qon depolarida uzoq vaqt saqlanib qolganida
uning tarkibidagi suv to‘qimalarga so‘rilib, tomirlarda oqib yurgan qondan farq
qiladi ya’ni tomirlarda oqadigan qonda shaklli elementlarining soni ko‘p bo‘ladi.
Odamlar va hayvonlar suyuqliklarni ko‘p iste’mol qilganida bu suyuqliklar
hazm organlari orqali qonga o‘tib, tomirlarda oqib yuradigan qon miqdorini
ko‘paytiradi. Bu esa yurak ishini og‘irlashtiradi, bunday suv sirash terlaganda, ich
ketganida yoki qon yo‘qotganda qon miqdorini kamayishiga olib keladi.
Tomirlarda suvning miqdori ko‘payganda, uning to‘qimalarga, muskullarga va
teriga o‘tishi tezlashadi. Buyrak, o‘pka orqali suvning chiqarilishi kuchayadi. Qon
tomirlarida suvning miqdori kamayib ketsa, suv to‘qimalardan qon tomirlariga
o‘tib, suvni tashqariga chiqarilishi kamayadi.
Qon organizm bo‘ylab tomirlarda aylanib turishiga qoramasdan uning
miqdorini turli xil usullar yordamida aniqlash mumkin:
a). Qonga zararsiz bo‘yoq yuborib, keyinchalik shu hayvon venasidan qon
olib, bo‘yoqning suyulishi darajasiga qarab qon miqdorini aniqlash mumkin.
b). Radiaktiv izotoplar usuli yordamida ham qon miqdorini aniqlash mumkin.
Odam va hayvonlar organizmi ma’lum darajada qon yo‘qotganida tomirdagi
suyuqlik tezda asliga qaytadi. Lekin tomirlarda oqib yurgan qonning miqdorini
birdan kamayishi organizm uchun juda xavfli bo‘lib qon bosimini kamayishiga olib
keladi.
2.Qon ikki qismdan, qon plazmasi va shaklli elementlardan iborat.Qon qizil
rangli, sho‘rtak ta’mli va yopishqok suyuqlikdir. Qonning yopishqoqligi, suvning
yopishqoqligini birga teng deb olsak, undan 3-5 marta ko‘p. Qonning yopishqoqligi
qon tarkibidagi eritrotsitlar bilan oqsillarga bog‘liqdir. Qonning 80% ni suv, 20%
quriq moddalar tashkil etadi. Qonning rangi qonning kislorod bilan to‘yinishiga
bog‘liq. Uy hayvonlarining qonining solishtirma og‘irligi o‘rtacha 1,050-1,060
gacha bo‘ladi. I.P.Pavlov tekshirishlar asosida bosh miya yarim sharlar
po‘stlog‘idan keladigan impulslar ta’sirida qon tarkibini o‘zgarishi mumkin
ekanligini aniqlagan.
Qonning fiziko-ximiyaviy xususiyatlari plazmaning fiziko-ximiyaviy
xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, qonni sentrafugaga solib aylantirgannida qonning
shaklli elementlari 40-% ni plazmasi esa 60% ni tashkil qiladi. Qon plazmasining
90-92% ni suv, 8-10-% ni anorganik va organik moddalar tashkil etadi. Qon
plazmasining rangi sarg‘imtir va tiniq bo‘lib, organik moddalar 7-8%ni tashkil
qiladi: jumladan oqsillardan albbuminlar 2,1-4%, globulinlar 2-4%, fibrinogen
0,4% bo‘ladi. Albuminlarning globulinlarga nisbati oqsil koeffitsienti deyilib,
cho‘chqa, qo‘y, yechki, it, quyon va odamlarda 1 dan yuqori bo‘lib, ot va
qoramollarda 1 dan kamdir. Bu koeffitsient EChT ga ta’sir etadi. Oqsillarning
miqdori hayvonlarning yoshiga, jinsiga, zotiga, organizmning holatiga, yilning
fasliga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Plazmadagi fermentlar ham oqsil moddalar bo‘lib, 0,1% ga yaqindir.
Plazmada oqsillardan tashqari azotli organik birikmalar: polipeptidlar, kreatin,
siydik kislotasi, siydikchil, ammiak va boshqa birikmalar bo‘lib, bu moddalar
tarkibidagi azotga qon zardobining qoldiq azoti deyilib 20-65 mg% yoki 0,25-
0,35%dir. Qoldiq azot miqdoriga qarab organizmdagi oqsillar almashinuvi
to‘g‘risida fikr yurgizish mumkin.
Plazmada oksillardan tashqari 0,1-0,2% yog va yog mahsulotlari bo‘lib,
yog‘lar plazmada yog kislotalari, neytral yog‘lar, fosfatidlar va xolesterinlar
holatida uchraydi.
Qon plazmasidagi uglevodlarning miqdori 40-60 mg% bo‘lib, bir turdagi
hayvon qon plazmasida kam chegarada farq qiladi. Qondagi glyukoza miqdori
organizmning hayotiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shuning uchun ham glyukozaning
o‘zgarishiga organizm sezuvchan bo‘lib, surunkali ko‘paysa yoki kamaysa u
vaqtda kasallik kelib chiqqanini bildiradi. Bu organik moddalardan tashqari
plazmada gormonlar, immuntanachalar, vitaminlar, aseton tanachalari, pirouzum
kislotalari bo‘ladi.
Qon plazmasining tarkibida organi moddalardan tashqari anorganik moddalar
ham bo‘lib NaCl, KCl, CaCl2, MgCl2, kaliy va natriy bifasfat, natriy va kalsiy
sulfat xamda boshqa tuzlar uchrab, bu tuzlar plazmada erigan, dissosiatsiyalangan
ya’ni anion va kationlar holatida bo‘lib, umumiy tuzlar miqdori 0,89% bo‘lib,
doimiydir. Tuzlar miqdorining doimiyligi organizmda muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, eritrotsitlarning normal yashashi uchun osmotik bosimni vujudga keltiradi.
Qon plazmasidagi osmotik bosimni hosil qiladigan tuzlar aralashmasining 0,6%ni
osh tuzi hosil qilib, 0,9%li osh tuzining eritmasi fiziologik eritma deb ataladi.
Fiziologik eritmalardan meditsina va veterinariya qon yo‘qotganda, qon bosimi
pasayganda va boshqa holatlarda belgili miqdorda qonga quyiladi. Bu eritma bilan
plazma tuzlarining osmotik bosimi bir xil bo‘lganligi uchun bu eritmalar o‘zaro
izotonik va plazma o‘rnini o‘tayoladi. Plazmadagi tuzlar bir qancha xil tuzlar
eritmasidan iborat bo‘lganligi tufayli bu tuz eritmasi faqat vaqtincha plazma
vazifasini o‘tashi mumkin, lekin uzoq vaqt o‘tay olmaydi. Tarkibi plazma tarkibiga
mos eritma yaratish kiyin bo‘lganligi tufayli 0,9%li NaC1 eritmasi shartli ravishda
fiziologik eritma deb olingan. Hozir tuz tarkibi bilan plazmaga yaqin turadigan
Ringer, Lokk, Tirade kabi bir qancha fiziologik eritmalar mavjuddir. Bu eritmalar
tarkibi plazmaga yaqin eritma bo‘lsada shartli ravishda fiziologik eritma deyilib,
qisman plazma o‘rnini bosadi. Chunki ular tarkibida hujayra va to‘qimalarga
kerakli moddalar yo‘q. Shuning uchun ham keyingi paytlarda kislorod va organik
moddalar bilan to‘yintirilgan eritmalar tayyorlanilmoqda. Qonning osmotik bosimi
doimo bir xil.
Qon plazmasining oqsillari kolloid zarrachalar bo‘lib, ma’lum bosimga ega
bo‘lib onkotik bosim deyiladi. Onkotik bosim tuzlar hosil qilgan 7 atmosfera
osmotik bosimning simob ustuni hisobida 25-30 mm simob ustuniga to‘g‘ri
keladigan qismini tashkil qiladi. Chunki oqsillar plazmada ko‘p bo‘lishiga
qaramasdan ular yirik malekulali kolloid moddalar bo‘lib, bu oqsillar yuqori
malekulali bo‘lganligi uchun tomirlarning endoteliy devorlaridan o‘taolmaydi va
tomirlarda ma’lum miqdorda suvni ushlab turadi. Qonning onkotik bosimi oshsa
to‘qima oraliq suyuqliklardan ma’lum miqdordagi suv plazmaga so‘riladi va
aksincha.
Qonning ximiyaviy xususiyatlaridan biri qonning muhiti hisoblanib, u N+ va
ON- ionlarining miqdoriga bog‘liqdir. Qon reaksiyasi qon tarkibidagi N ionlarining
konsentrasiyasi bilan belgilanib, zaif ishqoriy muhitga ega, turli hayvonlarda bir-
biridan kam farq qiladi:
Masalan: Otda 7,40, Qoramolda 7,50, Qo‘y va echkida 7,49,
cho‘chqada 7,47, itda 7,40, quyonda 7,58
tovuqda 7,42
Qonning kuchsiz ishqoriy xususiyatga ega bo‘lishi, uning tarkibida ON-
ionlariining N+ ionlaridan ko‘p bo‘lishini bildirib, qonning muhiti katta ahamiyatga
ega. Organizm hujayralarida muhit ko‘rsatkichi qondagidan bir oz pastdir, ya’ni
hujayrada rN 7,0-7,2 teng. Bu hujayralardagi moddalar almashinuvining oqibatiga
bog‘liq bo‘lib 0,1-0,2 oralig‘ida o‘zgarishi mumkin. Qonning aktiv muhit
ko‘rsatkichlarining nisbatan o‘zgarmasligi qonning buferlik xossalariga va ayiruv
organlar faoliyatiga bog‘liq.
Kam dissosiatsiyalanuvchi kuchsiz kislotalar va shu kislotalarning kuchli
asoslari bilan hosil qilgan tuzlar eritmalariga buferlik xususiyatlari xos bo‘lib, bu
eritmalarga kuchli kislota yoki ishqor qo‘shilsa ularning muhiti kam o‘zgaradi.
Qonda quyidagi bufer sistemalar mavjuddir:
a). Karbanat bufer sistemasi;
b). Fasfat bufer sistemasi;
v). Oqsil bufer sistemasi.
A). Karbanat bufer sistemasining tarkibida karbanat kislota va uning tuzi
bo‘lib, bu sistema qonda ham kislota ham ishqorni o‘ziga biriktiraoladi. Karbanat
kislotaning qondagi miqdori ko‘p bo‘lib, asosan NaNSO 25 % qonning buferligini
bajaradi.
B). Fasfat bufer sistemasi tarkibidagi bir asosli fosforning Na li birikmasi ikki
asoslinikidan 1:5 ko‘p bo‘lgani uchun minimal holatda bo‘lib, bu sistema kam
ahamiyatlidir;
v). Gemoglobin buferlik xususiyatlari shundaki ular sekin
dissosiatsiyalanadigan kislota hisoblanib, gemoglobin o‘pkada oksigemoglobinga
aylanganida kislotali xususiyati 80 martagacha ortadi. Faolligi oshgan
oksigemoglobin o‘ziga kaliy yoki Na biriktirib, K yoki Na tuzlari holatida
to‘qimalarga borib, kislorodni borib K va Nani ajiratadi va SO2 ni biriktiradi. SO2 K
va Na bilan birikib o‘pkaga olib boradi.
3.
Qon plazmasidan tashqari qonning tarkibida qonning shaklli
elementlari ham bo‘lib. Ular uch xildir: eritrotsitlar, leykotsitlar va trombositlar.
Qonning har bir shaklli elementi o‘ziga xos vazifa, xususiyat va tuzilishga ega.
Eritrotsitlar-qizil qon hujayralari issiq qonli hayvonlarda disksimon tuya va
lamalarda oval, yadrosi, reptiliy, baliq va quyoshlarda yadroli va oval shakldadir.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarining qonidagi eritrotsitlar diametri 4-7 m, tarkibida
60% suv va 40% quruq modda saqlab, quruq moddasining 90% ni gemoglobin,
5,8% ni oqsillar, qolgan qismini lipoidlar, glyukoza va mineral tuzlar tashkil qiladi.
Eritrotsitlarda katalaza va karbangidraza fermenti bor.
Eritrotsitlarning
organizmdagi ahamiyati muhim bo‘lib, tarkibidagi gemoglobin kislorodni biriktirib
to‘qimaga va to‘qimalardan SO2
ni o‘pkaga olib keladi.
Eritrotsitlar
aminoksilotalarni tashiydi.
Eritrotsitlarni arteriyasiga o‘xshab katakchasi tuzilishga ega bo‘lib,
katakchalardagi gemoglobin joylashib, eritrotsitlarga qizil rang beradi va shuning
uchun qizil qon hujayrasi deyiladi. Eritrotsitlarni ikki tamoni botiq bo‘lib, ularning
tuzilishi bajaradigan vazifasiga mosdir. Eritrotsitlardagi gemoglobinni 30% sirtida,
qolgani ichida bo‘lib, ikki tomoni botiq bo‘lganida gemoglobinni kislorod
biriktirishi qiyin bo‘lar edi.
Eritrotsitlar tashqi tomonidan oqsil-lipoid parda bilan o‘rlagan bo‘lib, yarim
o‘tkazgich xususiyatiga ega va moddalarni tanlab o‘tkazadi ya’ni glyukoza suvlarni
o‘tkazib, kationlardan N+, gaz, mochevina o‘tkazadi, lekin oqsil va metal
kationlarini o‘tkazmaydi. Eritrotsitlar hayotiy muhim hujayralar bo‘lib, qonning
shaklli elementlarini asosiy qismini tashkil qiladi. Odam qonidagi barcha
eritrotsitlar 27 trilion yoki larni yonma-yon joylashtirilsa 187000 km uzinlikni
tashkil qilsa, ularni bir-birini ustiga qo‘yib chiqilsa 62000 kmli ustun hosil qiladi
yoki har daqiqada 100 dan eritrotsit sanay olsak organizmdagi eritrotsitlarni sanash
uchun 475000 yil vaqt kerak bo‘ladi. Organizmdagi eritrotsitlarni hosil qiladigan
yuza 3000 m2 tana yuzasidan 1500 barobar kattadir.
Eritrotsitlarni miqdori hayvonni yoshiga, jinsiga, organizmni holatiga,
yilning fasliga va boshqa sabablarga bog‘liq holda o‘zgaradi. Masalan: yangi
tug‘ilgan qo‘zida eritrotsitlar 14,5-18,0 mln bo‘lsa, tug‘ilgandan 24-48 soat
o‘tganida 10,5-12,0 mln. Qorako‘l qo‘ylarining bug‘ozlik davrida eritrotsitlar
kamayadi. Ramanov zotidagi qo‘ylarda eritrotsitlar Kuybishev zotli qo‘ylarnikidan
ko‘p bulib, eritrotsitlarni ko‘payishiga eritrotsitoz, kamayishiga eritropeniya
eritrotsitlarni bujmayishiga anizotsitoz, shaklini o‘zgarishiga poykilotsitoz, yorilib
ketishiga gemoliz deyiladi.
Leykotsitlar oq qon hujayralari, eritrotsitlarga nisbatan katta bo‘lib 5-20 m,
1mm3 qonda minglab sanalib, yadro va protoplazmaga egadir. Leykotsitlar
organizmda fagotsitoz, antitela ishlab chiqarish, oqsil tabiatli toksinlarni parchalash
vazifasini bajaradi. Oq qon hujayralari organizm hayot faoliyatida bo‘ladigan
o‘zgarishlarga sezgir bo‘lib, organizmda ularning miqdori ko‘paysa leykotsitoz,
kamaysa leykopeniya deyiladi. Leykotsitoz holatini ikki turi farq qilinib, oziqa
iste’moli, homiladorlik, muskul ishi davridagi leykotsitozga fiziologik leykotsitoz,
yallig‘lanish va boshqa patologik jarayonlarda hosil bo‘lgan leykotsitozlarni
patologik leykotsitoz deyiladi.
Trombotsitlar-qon plastinkalari 1882 yil Italiya olimi Bitsesero tomonidan
yozilgan. Trombotsitlar kumik, taloq hujayralari-megokaratsitlarning sitoplazmatik
parchalaridir. Tuban umirtqali hayvonlar trombotsitlari yadrolilidir. Trombotsitlar
miqdorini laboratoriyada Fonio usuli yordamida aniqlash mumkin. Ya’ni
trombositlarni agglyutinatsiyadan saqlash uchun 14% li magniy sulfat eritmasi
bilan aralashtiriladi va shu qonni buyum shishasi ustiga surkab mozok surtma
tayyorlab bo‘yaymiz. Keyin 1000 eritrotsitga to‘g‘ri keladigan trombotsit
aniqlanadi. 1mm3 qonda eritrotsit miqdorini bilsak, trombotsitlar miqdorini
aniqlasak bo‘ladi. Ularning kattaligi 2-4 m oval, o‘roqsimon, 5-8 kun yashaydigan
yadrosiz hujayralardir. 1 mm3 qonda 100000-600000 dona bo‘ladi. Yosh
hayvonlarda trombotsitlar katta hayvonlarnikidan kam. Trombositlar anafilaktik
shokda, dorivor moddalar, radiatsiya ta’sirda kamayadi. Simpatik nerv qo‘zg‘alsa,
adrenalin, turli jarohatlar davrida trombotsitlar ko‘payadi. Kunduzgi jismoniy ish
bajarganda trombotsitlar ko‘paysa, kechasi kamayadi. Trombotsitlar anafilaktik
shokda, dorivor moddalar, radiatsiya ta’sirida kamayadi. Simpatik nerv qo‘zg‘alsa,
adrenalin, turli jaroohatlar davrida trombotsitlar ko‘payadi. Kunduzi jismoniy ish
bajarganda trombotsitlar ko‘paysa, kechasi kamayadi. Trombositlar taloq va RES
hujayralarida parchalanadi, qon ivishida qatnashadigan moddalar bilan serotinin
moddasini hosil bo‘lishida qatnashadi. Serotinin tomirlarni toraytirib, qonni
ivishiga qulaylik tug‘diradi.
5.Organizmlar qon yo‘qotganida, qonda gemoglobin miqdori kamayganida,
turli zaharlanishlarda organizm hayotini saqlab qolish uchun qon quyiladi. Lekin
qon quyish uchun qon oluvchi va qon beruvchi kishilar qonining guruhlarini
bilishimiz lozim. Agar bilmasdan guruhlari to‘g‘ri kelmaydigan qonni bir
organizmdan olib ikkinchisiga quyilsa ko‘ngilsiz hodisalar yuzaga kelishi mumkin.
Demak biz qon guruhlari va ularning xususiyatlari to‘g‘risida tushinchaga ega
bo‘lishimiz kerak.
Qon
eritrotsitlarida bo‘ladigan agglyutinogen va plazmasidagi
agglyutininlariga qarab qon guruhlarga bo‘linadi. Agglyutinogenlar oqsil tabiati
antigen modda bo‘lib tegishli sharoitda bir biri bilan yopishadi. Xuddi shunday
agglyutininlar ham oqsil tabiatli modda bo‘lib yopishtirish xususiyatiga ega va
yopishtiruvchi modda deyiladi. Quyilgan qon donor-eritrotsitlarida agglyutinogen,
qon oluvchi organizm-ressipient deyiladi. Qon plazmasida shu agglyutinogenga
mos agglyutinini bo‘lsa, bir-biri bilan yopishadi, agglyutinatsiya hisobiga ressipient
og‘ir axvolga tushadi.
Agglyutinogen va agglyutininlarning bir necha turi mavjud bo‘lib,
agglyutinogen A va V, agglyutinin alfa va beta qilinadi. Bir organizmda o‘xshash
agglyutinogen va agglyutininlar uchraydi. Eritrotsitlardagi agglyutinigen va qon
plazmasidagi agglyutininlarga bog‘liq ravishda qon 4 guruhga bo‘linadi. (Plakat).
Birinchi qon guruhi eritrotsitlarida hech qanday agglyutinogenlar bo‘lmaganligi