Qonga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar.
Darsning maqsadi: Bu amaliy mashgulotda talabalarga Qonga ta’sir
ko‘rsatuvchi moddalar, ularning guruxlari va preparatlari bilan tanishishadi.
Mulohazalar o‘tkazadi. Xar xil sxemalarda retseplar yozadi.
Darsning utkazish usuli: Talabalar bu dasrga ta’luqli bo‘lgan barcha dori
moddalari bilan tanishadi. Qonga doir dorilarning lotincha nomlarini yozish.
Qonning shaklli elementlari bo‘lgan eritrotsitlar, trombotsitlar va
leykotsitlaming ishlab chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlarga gemopoezga
ta’sir etuvchi vositalar deyiladi. Fiziologiya kur~idan ma’lumki, qonning shaklli
elementlari doimiy bo‘lmasdan, ma’lum muddatgacha o‘z faoliyatini saqlaydi. Ular
vaqti-vaqti bilan yemiriladi va o‘miga yangi qon hujayralari paydo bo‘ladi
(eritrotsitlar 2-3 oygacha, leykotsit va trombotsitlar bir necha kungacha urnr
ko‘radi). Boshqacha aytganda, bu shaklli elementlar doimo yangilanib turadi. Bu
jarayon, ya’ni suyakning ko‘mik qismidagi ilik va boshqa limfoid to‘qin:talarida
qon shaklli elementlarining ishlab chiqarilishi fiziologik regeneratsiya hisobiga
sodir bo‘ladi. Qon hujayralarining ishlab chiqarilishi ancha murakkab fiziologik
jarayon bo‘lib, uning amalga oshishida bir qator moddalar, shu jumladan, nuklein
kislotalari zarur. Ayrim patologik hollarda, kasalliklarda qon shaklli elementlari
ishlab chiqarilishining buzilishi, ulaming soni kamayishi yoki, aksincha, ortishi
mumkin. Bunday hollarda qon hujayralarining normal miqdorini (eritrotsitlaming
normal soni 4, 5-5xlO-t> mkl, leykotsitlar 3,8-9, 3xlO3 mkl) ta’minlash uchun
gemopoezga ta’sir etuvchi vositalar ishlatiladi. Ular ta’siriga qarab eritropoezga va
leykopoezga ta’sir etuvchi vositalarga ajratiladi. Bu preparatlar, o‘z navbatida,
rag‘batlantiruvchi va tormozlovchi bo‘lishi mumkin. Eritropoezga ta’sir etuvchi
vositalar. Ma’lurnki, eritrotsitlaming asosiy fiziologik faoliyati, o‘z tarkibidagi
gemoglobin hisobiga tana to‘qimalariga kislorod yetkazib berishdan iborat.
Eritrotsitlar yoki ular tarkibidagi gemoglobinning kamayib ketishi kamqonlikka
olib keladi. Kislorod yetishmasligi natijasida, tanada har xiI o‘zgarishlar
(quvvatsizlik, bosh aylanishi va h.k.) sodir bo‘ladi.
Gipoxrom kamqonlikda beriladigan dorilar orasida temir preparatlari asosiy
hisoblanadi. Ma’lumki, tanada temirning miqdori 2-5 g atrofida bo‘ladi. Buning
2/3 qismi gemoglobinda joylashgan bo‘lsa, qolgan qismi to‘qimalarda (suyak
iligida, jigarda, taloqda) bo‘ladi. Ovqat tarkibidagi temirning ichakdan qonga
o‘tishi ancha murakkab bo‘lib, bu faol transportlikjarayonidir. Me’da-ichak
tizimidan temir faqat ikki valentli ionlashgan holatida so‘riladi. Me’daning xlorid
kislotasi ta’sirida molekular temir ionlangan shaklga kiradi, askorbin kislota esa
uch valentlik temirni ikki valentlikka o‘tkazib, temirning qonga o‘tishini
ta’minlaydi. Shimilishdan oldin temir ingichka ichak shilliq pardasidagi apoferritin
oqsili bilan birlashadi va shundagina u qonga o‘tkaziladi. Qondagi globulinlar
transferritin bilan birlashadi va transferrinhesil qiladi. Temir ushbu transferrin
shaklida a’zolarga, to‘qimalarga yetib boradi hamda gemoglobin 189 va ayrim
fermentlaming sintezi uchun sarflanadi (21- jadval). Eritrotsitlaming yemirilishi
hiso-· biga kuniga taxminan 25 mg temir ajraladi. Ushbu temir qaytadan·
gemoglobinning sinteziga sarflanadi. Ichak orqali qonga o‘tadigan temir esa tana
yo‘qotgan temimi qoplash uchun zarur bo‘ladi (misol uchun, ayollar xayz
ko‘rishida 20 mg gacha temir yo‘qotadi). Homiladorlik davrida esa temirga bo‘lgan
ehtiyoj ancha ortadi. Bundan tashqari, temir terlashda, og‘ir jismoniy ish
bajarilganida ko‘p miqdorda yo‘qotiladi. Me’da va ichak kasalliklarida (kislotalilik
pasayishi bilan kechadigan gastritlar, enterit va boshqalarda) temiming qonga
so‘rilishi buzilib, uning tanadagi miqdori kamayib boradi va gipoxrom kamqonlik
hosil bo‘ladi. Ko‘pincha bu kasallik ko‘p bolali ayollarda uchraydi. Bemorlami
temir preparatlari bilan davolashda kasallikning asosiy sabablarini aniqlab, tanaga
qancha miqdorda temir preparatini yuborish belgilanadi. Ma’lumki, sog‘ tanada
750 g gemoglobin bor, uning tarkibida esa 2,5 g temir saqlanadi. I % Ii
gemoglobinni hosil qilish uchun 25 mg temir moddasi zarur, 15 mg esa to‘qima
fermentlari uchun kerak.
Giperxrom kamqonlikda beriladigan dorilar. 1925- yilgacha bu kamqonlikka
davo qilib bo‘imaydi deb hisoblanar edi. Chunki bu kasallikka duchor bo‘igan
bemorIar qon ishlab chiqarilishining buzilishi, me’da-ichak, asab tizimining
o‘zgarishidan nobud bo‘lar edilar. Shu yildan boshlab kasallarga xom jigar bilan,
keyinchalik esa jigardan olingan ekstrakt bilan davo qilina boshlandi. 1929- yilda
Kasl birinchi marta qon ishlab chiqarilishi ovqat tarkibidagi omilga (tashqi omil)
bog‘liqligini aytdi.
Preparatlar. Temir laktat (Ferri lactas). I g dan kapsulalarda chiqariladi,
kuniga 3-4 marta ichish uchun beriladi. Konferon (Conferonum). Tarkibi: 250 mg
temir suI fat va 35 mg natriy dioktilsulfosuksinat. 0,25 g dan kapsulada chiqariladi.
Buyurilishi: ovqatdan so‘ng 1-2 kapsuladan kuniga 3 marta ichiladi. Feramid
(Feramidum). Temir xlorid bilan nikotinamid kompleks birikmasi. Tabletkalarda
0,1 g dan chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan keyin I tabletkadan kuniga 3 marta
ichiladi. Ferropleks (Ferroplexum). Tarkibida temir sulfat (50 mg) va askorbin
kislota (30 mg) bor. Draje shaklida chiqariladi·. 1-3 drajedan kuniga 3 marta
ichiladi. Ferrum-Lek (Ferrum-Lek). Mushaklar orasiga yuborish uchun
mo‘ljallangan 2 ml Ii ampulada 100 mg temir saqlaydi. Buyurilishi: mushaklar
orasiga kunora chuqurroq yuboriladi. Venaga birinchi kun 2,5 ml, ikkinchi kun 5
ml, uchinchi kun esa 10 mlli 2 ampula, keyinchalik 10 mlli 2 ampuladan bir
haftada ikki marta yuboriladi. Ferbitol (Ferbitolum). Temir-sorbitol kompleksining
suvli eritmasi 4,5-5 % temir saqlaydi. 2 ml dan ampulada mushaklar orasiga har
kuni yuborish uchun chiqariladi. Gemostimulin (Gaemostimulinum). Temir laktat,
glukoza, mis sulfat va quruq albumindan tayyorlanadi. Tabletkada chiqariladi.
Ovqat bilan 0,25-0,5 g dan kuniga 3 marta 3-5 hafta mobaynida ichiladi
(suyultirilgan xlorid kislotasidan 10 tomchi yarim stakan suvga qo‘shib ichiladi).
Temir dekstrani (Iron dextran). Ampulada 2 ml dan chiqariladi, har bir ml da 50
mg temir bor. Mushak orasiga yuboriladi (gipoxrom kamqonlikda). 192 lektofer
(lectofer). Ampulada 2 ml dan chiqariladi. Mlishaklar orasiga yuboriladi.
Sianokobalamin (Cyanocobalaminum). Vitamin BI ". I ml da 30-100-200-500 mkg
sianokobalamin saqlaydigan ampulada chiqariladi. Tabletkalari 0,00005 g
sianokobalamin va 0,0008 g folat kislotani saqlaydi. Ampliladagi eritmalar teri
ostiga yoki mllshaklar orasiga ikki hafta davomida kunora yuboriladi. Folat kislota