QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH VA SUD HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Yuklangan vaqt
2024-07-25
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
469,1 KB
QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH VA SUD HUQUQ TIZIMINI
YANADA ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Reja:
1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash,sud tizimini
demokratlashtirish va takomillashtirish jarayonida sudlar faoliyatiga zamonaviy
axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
ta’minlash.
Ma’muriy,
jinoyat,
fuqarolik
va
iqtisodiy
qonunchilikni
takomillashtirish.
3. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikning oldini olish tizimini
takomillashtirish yo‘llari, jamoatchilik nazorati va kafolatlangan xavfsizlik.
Sud
hokimiyatining
chinakam
mustaqilligini,
fuqarolar
huquq
va
erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish orqali
sudning nufuzini oshirish va xalqning sudga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash sud
– huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor
yo‘nalishlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2018 yil 28 dekabr kuni
Parlamentga qilgan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “...yurtimizda so‘nggi
yillarda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasini takomillashtirish
bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘zgarishlar inson
huquqlari va erkinliklarini ta’minlash va odil sudlovga erishish, huquqni muhofaza
qilish
idoralari
faoliyatini
takomillashtirishga
qaratilgan”.
O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr –
qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi mustahkamlanib
qo‘yilgan (13-modda). Ijtimoiy qadriyatlarning davlat foydasini emas, balki inson
foydasini ko‘zlab o‘zgartirilishi jamiyat tomonidan to‘la qo‘llab – quvvatlanadi.
Zero, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi
tamoyilining Konstitutsiyamizda belgilanganligi (11-modda) mustaqilligimizning
eng muhim yutuqlaridan biri hisoblanadi.
O‘tgan davr mobaynida sud tizimi faoliyati samardorligini oshirish, sudyalarni
tanlash va joy – joyiga qo‘yish tartibini takomillashtirish, har bir ish bo‘yicha
qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarori chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan
kompleks chora – tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi sud
tizimi – Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va uning tarkibida harbiy sudlar, fuqarolik,
jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy sudlar to‘la – to‘kis tashkil etildi. O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi tuzildi, sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga
tayinlash (saylash) tartibi joriy qilindi. Ta’kidlash joizki, barcha toifadagi sud
ishlarini sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqish amaliyotining kengaytirilganligi
aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va sud hokimiyatining ochiqligini
oshirish yo‘lida ko‘rilgan muhim chora bo‘ldi.
Sud hokimiyati organlarining xususiyatlari shundaki, ular konstitutsiyaga
asosan (106 - modda ), qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy
partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Lekin, bu
davlat hokimiyati tizimiga kirgan har bir hokimiyat amaliy ish yuritishda qarama –
qarshi ish olib borishi mumkin, degan ma’noni anglatmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11 – moddasiga muvofiq davlat
hokimiyatining tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga
bo‘linsada, ularning biri ikkinchisidan ajralgan holda ish yuritmaydilar. Davlat
hokimiyati
tizimining
bo‘linish
prinsipiga
asoslanishi,
hokimiyatni o‘ta
markazlashtirishdan, uni yagona yuqori mansab egasi qo‘lida bo‘lishidan saqlaydi,
bitta hokimiyatning o‘zboshimchalik bilan ish yuritishiga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106 - moddasida va O‘zbekiston
Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunining 2 – moddasida ko‘rsatilganidek, sud
o‘z faoliyatini mustaqillik, sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi
prinsiplari asosida amalga oshiradi. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish
borasidagi faoliyatiga biron – bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday
aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Fanda sud hokimiyatining ta’rifi bo‘yicha ikkita asosiy yondoshuv mavjud
bo‘lib, birinchi konsepsiyaga ko‘ra, “sud hokimiyati qonunga bo‘ysundirilgan va
sud ishlarini yuritish tartibida qonunni qo‘llashga da’vat etilgan organlar tizimini
tashkil qiladi” deyilsa, “ikkinchisida” sud hokimiyatini sud ishlarini ko‘rib chiqish
bilan bog‘liq faoliyat sifatida talqin etiladi. Muhimi, har ikkala konsepsiyada sud
hokimiyatini ifodalovchi uzviy birlikdagi ikkita asosiy jihat ajratib ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublaikasi Oliy sudi Plenumi sud hokimiyati tushunchasiga
birinchi marta quyidagicha ta’rif beradi: ”Sud hokimiyati – bu sudlarning
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga so‘zsiz
rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha vakolatidir”1.
1993
yil
6
mayda
qabul qilingan
“O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonun2 Konstitutsiyaviy sudning faoliyatini
tashkil qilish masalalariga bag‘ishlangan ilk hujjat bo‘lgan.
Umumiy yurisdiksiya sudlari, shuningdek xo‘jalik (hozirda iqtisodiy)
sudlarining faoliyati dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1993
yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun3 bilan tartibga
solingan. Ushbu huquqiy hujjatda sud tizimining tashkiliy asoslaridan tashqari
demokratik huquqiy davlatning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashning zaruriy sharti
sifatida sudyalarning mustaqilligi kafolatlari belgilab qo‘yilgan.
Inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatni amalga
oshiradigan sud hokimiyatining shakllantirilishi, davlatda ijtimoiy barqororlik va
1 Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленуми қарорларининг тўплами. 1991 -1997. – Т.: “Шарқ”, 1997. – Б.
5-6.
2 Мазкур Қонун Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майдаги ЎРҚ – 434-сонли “Ўзбекистон
Республикасининг Конституциявий суди тўғрисида”ги Конституциявий қонунига асосан ўз кучини
йўқотган.
3 Мазкур Қонунга ўзгартиришлар ва қўшимчалар киритилиб, 2000 йил 14 декабрь 162-II сон Ўзбекистон
Республикасининг “Судлар тўғрисида”ги янги таҳрири қабул қилинди.
qonunchilikning ta’minlanishi, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy
sudi to‘g‘risida”gi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi O‘zbekiston
Respublikasida sud islohoti ilk bosqichining asosiy mazmunini tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012 yil 21 martda qabul
qilingan “Zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy
etish va rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va Vaziralar
Mahkamasining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Sudlar faoliyatiga zamonaviy
axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora – tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot –
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturi doirasida boshlanib, izchillik
bilan bosqichma – bosqich davom etib kelmoqda.
Xususan, “O‘zbekiston qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi
doirasida yaratilgan “E - SUD” milliy elektron sudlov tizimining sud buyrug‘ini
chiqarish bo‘yicha Zangiota, Yuqori Chirchiq, Bekabod tumanlararo sudlari,
Toshkent shahri fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod,
Shayxontohur
va
Uchtepa
tumanlararo
sudlarida,
bugungi
kunda
esa
respublikamizning barcha sudlarida samarali faoliyat yuritmoqda.
2015 yil 9 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun
hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, amalda
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 39 ta moddasiga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi va 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab fuqarolik
ishlari bo‘yicha sudlarga elektron shaklda murojaat qilish tartibi belgilandi. Natijada
fuqarolar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga elektron shaklda murojaat
qilish, sudlar esa, chaqiruv qog‘ozlari, qaror nusxalari va boshqa sud hujjatlarini
elektron shaklda yuborish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
“E - SUD” milliy elektron axborot sudlov tiziminini sudlar faoliyatiga yanada
jadal sur’atlarda joriy etish va undan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2016 yil 28 yanvardagi “Fuqarolik
ishlari bo‘yicha Respublika sudlarida elektron aloqa vositalaridan foydalangan
holda berilgan murojaatlarninig ko‘rib chiqilishini ta’minlash hamda Toshkent
shahar va Toshkent viloyat sudlarida “E - SUD” milliy elektron sudlov axborot
tizimidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2017 yil 30 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
imzolangan
“Sudlar
faoliyatiga
zamonaviy
axborot
–
kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ№ 3250 – son
qarordan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad sudlar faoliyati ochiqligi, shaffofligi va
tezkorligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, sudlarda ishlarning o‘z vaqtida ko‘rilishi
ustidan
samarali
nazorat
tzimini
yaratish
maqsadida
ularning
ishini
avtomatlashtirish va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtirishni nazarda
tutadi.
Mazkur qaror bilan 2017-2020 yillarda sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot –
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish navbatdagi yangi dasturi tasdiqlandi.
Dasturning amaliy ijrosi doirasida 2018 yil sentyabridan O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudining yangi rasmiy veb – sayti, undagi interaktiv xizmatlar yaratildi,
www.sud.uz, www.oliysud.uz va www.supcourt.uz manzillari bo‘yicha sayt
joylashtirildi. Endilikda ushbu tizim orqali fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga
elektron murojaat qilish bilan birga sud majlislarining jadvali, kuni va vaqtidan
elektron tarzda xabardor bo‘lish, barcha sud qarorlari bilan tanishish mumkin.
O‘zbekistonda ilk marotaba doimiy ishlovchi sud majlislarining onlayn
translyatsiyasi joriy etildi. Bu holat ayni sud jarayonini Oliy sudning veb – sayti
orqali to‘g‘ridan – to‘g‘ri kuzatib borish imkoniyatini beradi. Hozirda ushbu tizim
sinov tariqasida O‘zbekistonning chekka hududlari bo‘lgan Xorazm, Surxondaryo
va Namangan viloyatlaridagi 12 ta sudga o‘rnatildi va ishga tushirildi. 2018 yilning
oxirga qadar 22 ta, 2019 yilda esa 100 dan ortiq sudni onlayn translyatsiya tizimiga
o‘tkazish rejalashtirilmoqda4.
Xalqaro ekspertlar ushbu jihatga alohida e’tibor qaratib, O‘zbekistonda ishlab
chiqilgan davlat boshqaruviga AKT ni keng joriy qilish, “elektron hukumat” va
http://kun.uz/news4376
elektron hujjat aylanishi tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy – huquqiy
bazaga yuksak baho berdi.
2-&.Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya
qilish kafolatlarini ta’minlash.Ma’muriy, jinoyat, fukarolik va iktisodiy
konunchilikni takomillashtirish
Mustaqillik yillarida sud – huquq sohasini izchil demokratlashtirish va
erkinlashtirish, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolar huquq
hamda erkinliklarini himoya qilish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha ulkan
ishlar qilindi. Xalqaro normalarga mos soha qonunchiligi shakllantirilib, muntazam
takomillashtirib borildi.
Bugungi kunda bizning huquqiy doktrinamiz demokratik tamoyillarga
asoslangan bo‘lib, eng avvalo, O‘zbekiston Konstitutsiyasi talablariga ko‘ra inson
huquqlari ustuvorligini ta’minlaydi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud
orqali himoya qilish davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining
g‘ayriqonuniy xatti –harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqini kafolatlaydi.
Konstitutsiyaning ushbu qoidasi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarga mos
keladi. Xususan, “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining 8-moddasida
aytilganidek:” “Har bir inson unga konstitutsiya yoki qonunlari taqdim etgan asosiy
huquqlari buzilgan hollarda bunday huquqlarning vakolatli milliy sudlar tomonidan
samarali qayta tiklanishini talab qilish huquqiga egadir”.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq,
birinchidan, sud organlari faoliyatining shaffofligini yanada ta’minlash, aholi
bilan ochiq muloqotni kengaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik
roli kuchaytirildi;
ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi veb – saytida sud qarorlarini
tizimli ravishda e’lon qilish tartibi joriy etildi;
uchinchidan, sudlar faoliyati to‘g‘risida har chorakda viloyat sudlari raislari va
ularning o‘rin bosarlari tomonidan muntazam – ravishda brifinglar o‘tkazish yo‘lga
qo‘yildi;
to‘rtinchidan,
sud
hujjatining
mazmun
-
mohiyatini
sud
protsessi
ishtirokchilariga to‘liq tushuntirib berish sud amaliyotiga kiritildi;
beshinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari tomonidan
sud ishlarini nazorat tartibida, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan
sud ishlarini appelyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish amaliyotining
obzorlarini har chorakda e’lon qilish qat’iy belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyul “Sud
huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni
oshirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashining sudyalarni tanlash va lavozimga tayinlashning xolisligi
va shaffofligiga ishonchni oshirish maqsadida har bir hududda sudyalar korpusini
shakllantirishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tuzildi.
Shuni qayd etish zarurki, odil sudlovning amalga oshirilishi bir qator
umume’tirof etilgan demokratik tamoyillar: qonunchilik (O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 15-moddasi 2-qismi); sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat
qonunga bo‘ysunishi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 112 - moddasi);
barchaning qonun va sud oldida tengligi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
18 –moddasi 1- qismi); fuqarolarning sud himoyasida bo‘lishi (O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 44-moddasi); aybsizlik prezumpsiyasi (O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 26 - moddasi); barcha sudlarda ishlarning ochiq ko‘rib
chiqilishi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 113 - moddasi); sud ishlarini
yuritish tili (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 115 - moddasi); gumon
qilinuvchi,
ayblanuvchi
va
sudlanuvchining
himoyalanish
huquqi
bilan
ta’minlanishiga (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 118 - moddasi)
asoslanadi.
Huquqiy davlat qurish va uning qurilish prinsiplarini jamiyatda qaror toptirish
jarayonida eng avvalo, respublikamiz fuqarolarining huquqiy bilim va madaniyatini
oshirish dolzarb masalalardan biriga aylandi.
Mamlakatimiz rahbari davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish
borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar ko‘lamini belgilab berar ekan,
avvalo boshqaruv sohasidagi o‘zgartirishlar va shuning bilan bir qatorda bozor
iqtisodiyoti prinsiplari qaror topib borayotgan bir sharoitda fuqarolar, tadbirkorlar
va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquq va erkinliklari yanada ishonchli
muhofaza qilinishi lozimligini alohida ta’kidladi.
Ma’muriy
qonunchilikni
takomillashtirish
bo‘yicha.
Ma’muriy
qonunchilik davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga
keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Ma’muriy qonunchilik – ijro
etuvchi hokimiyatning tashkil qilinishi va amal qilishi jarayonida, davlat boshqaruvi
faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni
tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidir.
Ma’muriy
qonunchilikni
takomillashtirishning
asosiy
yo‘nalishlari
quyidagilarni:
-ma’muriy qonunchiligi normalarini ko‘rib chiqish va unifikatsiyalash;
-ma’muriy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirish;
-fuqarolarning huquq va erkinliklarini ma’muriy qonunchilik asosida ishonchli
muhofaza qilinishini ta’minlash;
-ma’muriy-protsessual
qonunchilik
normalarini
tizimlashtirish
va
uyg‘unlashtirish;
-ma’muriy protsessda shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli
ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha.
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligining samarali tizimini yaratish
davlatning qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, inson huquq va erkinliklari,
jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni ishonchli himoya qilish
bo‘yicha ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida
Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslari qariyb 25 yil oldin qabul qilinganligi,
o‘tgan davr mobaynida jamiyatdagi munosabatlar, odamlarning yashash tarzi, ongi,
dunyoqarashi o‘zgarganligi va bu kodekslar davr talabiga javob bermay qolganligi
ta’kidlandi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarligidagi
idoralararo komissiyaga 2019 yil 1 iyuliga qadar Jinoyat va Jinoyat protsessual
kodekslarining yangi loyihalarini tayyorlash topshirildi. Bugungi kunda zamonaviy
xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, shuningdek,
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq jinoyat va jinoyat-protsessual
qonunchiligini takomillashtirishning mutlaqo yangi ustuvor yo‘nalishlarini ishlab
chiqish va amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 14.05.2018 yil 14 maydagi №PQ-3723 - sonli Qarori bilan
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini
takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Ushbu konsepsiyada quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va
jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va
vazifalari etib belgilab berildi:
-jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish;
-jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirish;
-fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta’sirchan
va ishonchli muhofaza qilinishini ta’minlash;
-jinoyat-protsessual
qonunchiligi
normalarini
tizimlashtirish
va
uyg‘unlashtirish;
-jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli
ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish;
-jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-taomillarini kiritish.
Fuqarolik
qonunchiligini
takomillashtirish
bo‘yicha.
Fuqarolik
qonunchiligining asosiy manbalaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining
Fuqarolik Kodeksi 1993 - 1996 yillarda, ya’ni bundan 24 yil avval, iqtisodiyot
endigina rivojlana boshlagan, iqtisodiyotni huquq bilan tartibga solishga kirishilgan
bir sharoitlarda ishlab chiqilgan va 1997 yil 1 martdan boshlab amalga kiritilgan edi.
O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda fuqarolik qonun hujjatlarini
takomillashtirish va unifikatsiya qilish masalalariga doir bir qator xalqaro
konferensiyalar va davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash lozimki, Fuqarolik va va fuqarolik protsessual Kodekslarini
takomillashtirish yuzasidan ishlar olib borilar ekan, fuqarolik qonun hujjatlari
rivojlanishining strategiyasi hamda uni bosqichma-bosqich taktik jihatdan amalga
oshirish masalalari bo‘yicha aniq to‘xtamga kelish zarur bo‘lib hisoblanadi.
Biz qonun hujjatlari yuzasidan nimalarga ega ekanligimizni va yaqin yillar
hamda kelajak istiqboldagi 15-20 yil ichida fuqarolik qonun hujjatlarini
rivojlantirish bo‘yicha qanday ishlar olib borilishi kerakligi yuzasidan aniq
tasavvurga ega bo‘lishimiz lozim.
Fuqarolik qonun xujjatlarini takomillashtirish uchun avvalo quyidagilarga aloxida
e’tibor qaratish lozim:
-fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada
takomillashtirishga;
-fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalarini to‘laqonli bajarishga;
-sud orqali himoyalanish huquqini ta’minlashga;
-sudga murojaat qilish shakllarini tushintirishga
-fuqarolik ishini yuritish va sud hujjatlarini ijrosini ta’minlashga.
Iqtisodiy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha. Iqtisodiy qonunchilikni
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni:
-iqtisodiy
protsessual
qonunchiligi
normalarini
ko‘rib
chiqish
va
unifikatsiyalash;
-iqtisodiy-protsessual
qonunchilik
normalarini
tizimlashtirish
va
uyg‘unlashtirish;
-iqtisodiy protsessda yuridik shaxslarning huquqlarini ta’minlash;
-birinchi instansiya sudida, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasida ish yuritish;
-chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni yuritish;
-iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish,
iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini ijro etish mexanizmlarini takomillashtirish va
boshqalarni o‘z ichiga oladi
3-&. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikning oldini
olish tizimini takomillashtirish yo‘llari, jamoatchilik nazorati va
kafolatlangan xavfsizlik
Jamoat tartibini saqlash, avvalambor, voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasidagi
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini
oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning buzg‘unchi tahdidlarni barvaqt
aniqlash bo‘yicha yakdil harakatlarni, ularni hamkorlikda va sifatli bartaraf etilishini
ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga
muvofiq, Respublikamizda huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning jamoat
tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish
sohasidagi faoliyatini kelgusida tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari deb
quyidagilar hisoblanadi:
birinchidan, taraqqiy etayotgan respublikamiz xududlarini xavfsizligining
garovi sifatida harakatlar yakdilligi asosida barcha davlat organlari, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan
o‘zaro hamkorlik qilishning amaliy mexanizmini joriy etish;
ikkinchidan, "Jaholatga qarshi ma’rifat" ezgu g‘oyasi asosida har bir mahalla
kesimida diniy-ekstremistik xususiyatga ega bo‘lgan huquqbuzarliklarni sodir etish
sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va bartaraf etishga, birinchi navbatda,
ekstremistik oqim mafkurasi ta’siri ostiga tushib qolgan shaxslarni tuzatishga
alohida e’tibor qaratish;
uchinchidan, prokuratura organlari tomonidan kundalik asosda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, shu jumladan, ish o‘rinlarini yaratish va
aholi bandligini ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, aniqlangan
qonunbuzarliklar, sun’iy to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar
ko‘rish;
to‘rtinchidan, aholiga eng yaqin bo‘lgan joylarda kuch va vositalar faoliyatini
bevosita boshqarish va muvofiqlashtirishning samarali tizimini yaratish maqsadida
ichki ishlar organlarining amaldagi tuzilmasini takomillashtirish;
beshinchidan, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining intellektual va kasbiy
darajasini oshirish, ularga qo‘shimcha tadbir va ishlardagi ishtiroki tufayli ortiqcha
vazifalar yuklanishini bartaraf etish maqsadida sohaviy xizmatlar o‘rtasidagi
vazifalarning aniq chegaralarini belgilash;
oltinchidan, jinoyatlarga choralar ko‘rish va ularni fosh etishda, birinchi
navbatda, tezkorlik va muvofiqlashgan hamkorlikni ta’minlash maqsadida huquqni
muhofaza qiluvchi organlarni "Xavfsiz axoli punkti" apparat-dasturiy kompleksi
imkoniyatlaridan keng foydalanishga yo‘naltirish.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikni oldini olish tizimini
takomillashtirish uchun tumanlar va shaxarlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi,
tadbirkorlikni rivojlantirish va muammoli oilalar bilan ishlash ustidan nazorat qilish
jamoatchilik kengashlarini tuzish;
jamoatchilik kengashlari tarkibini tuman, shaxar xalq deputatlari Kengashlari
deputatlari raisligida mahalla faollari, mehnat faxriylari, fan, madaniyat va san’at
vakillari, mashhur sportchilar va boshqa jamoatchilik vakillari hisobidan
shakllantirish maqsadga muvofik.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar – bu davlat organlari va jamoat
tashkilotlari bo‘lib, ular o‘z faoliyatini qonun hamda demokratik prinsiplarga
asoslangan holda amalga oshiradilar, qonuniylik va huquqiy tartibotni
ta’minlaydilar, fuqarolar, mehnat jamoalari, jamiyat va davlatning huquq va
erkinliklarini himoya qiladilar, huquqbuzarlikning oldini olish va qonun hamda
huquq tartibotni buzgan shaxslarga davlatning majburlov yoki jamiyatning ta’sir
choralarini qo‘llaydilar5.
5 Robert Peel. History and Structure of American Law Enforcement.Part Two Law Enforcement.Chapter 5.p.142.
Ushbu tushuncha o‘zining mohiyatiga ko‘ra barcha davlat organlariga
tegishlidir, chunki sanab o‘tilgan funksiyalar ularning barchasiga xosdir. Hozirgi
kunda huquqni muhofaza qiluvchi faoliyati tushunchasini ta’riflashda unga bir qadar
chegaralangan mazmun berish an’anasi keng tarqalgan. Masalan, ayrimlar uchun
jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi vakolatli davlat organlari amalga
oshirayotgan faoliyat deb hisoblansa, boshqalar uchun esa jamoat tartibini
ta’minlash deb qaraladi6.
Olimlarning ta’kidlashicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar jumlasiga –
ichki ishlar, prokuratura, adliya organlari, milliy xavfsizlik, milliy gvardiya, soliq,
bojxona xizmatlari, advokatura va boshqa organlar kiradi.
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tashkiliy asoslari hamda
funksiyalarini o‘rganib chiqish uchun bir qancha normativ-huquqiy hujjatlarni
o‘rganish zarur bo‘ladi, vaholanki ularning aniq miqdorini aniqlash mushkul. Sud
va
huquqni
muhofaza
qiluvchi
organlari
tayanadigan
huquqiy
negizini
odatda
tasniflashga
yondashiladi.
Ta’kidlash kerakki, o‘tgan davr
mobaynida mamlakatimizda sud va
huquqni muhofaza qiluvchi oranlar
faoliyatini
tartibga
soluvchi
mustahkam huquqiy baza yaratildi.
Xususan, 2000 yil 14 dekabrdagi
(yangi tahrirda) “Sudlar to‘g‘risida”gi, 2001 yil 29 avgustdagi (yangi tahrirda)
“Prokuratura to‘g‘risida”gi, 1995 yil 30 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi, 1996 yil 27 dekabrdagi “Advokatura
to‘g‘risida”gi, 1998 yil 25 dekabrdagi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va
advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi, 2001 yil 23 avgustdagi “Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi, 2016 yil 16
6 Jones & Bartlett.The Fieled of law Enforcement.Chapter 1. 2011. p.2.
sentyabrda
“Ichki
ishlar
organlari
to‘g‘risida”gi
qonunlari,
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 14 dekabrdagi “Sudyalarning malaka
hay’atlari to‘g‘risidagi, sudyalarning malaka darajalari to‘g‘risidagi, sud
xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi, harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risidagi nizomlarga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 164-II-
son qarori, O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2005 yil 8 avgustdagi
“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–
3644-son, 2004 yil 20 fevraldagi “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini
tugatish va qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi PF–3400-son, 2008 yil 1 maydagi
“O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”giPF–3993-son, 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik
faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama
himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–4848-son, 2016 yil 21 oktyabrdagi
“Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–
4850-son fanmonlari hamda 2011 yil 23 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ–1602-son, 2006 yil 31 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va
moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–458-son qarorlari, 2012 yil 29 dekabr-dagi“O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish
bo‘yicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” F–3949-
son farmoyishi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida” 270-son, 1991 yil 2 noyabr-
dagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi 278-son,
1997 yil 30 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini
tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 374-son, 2001 yil 22 sentyabrgi “O‘zbekiston
Respublikasi
sudlari
faoliyatini
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari