MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….2
I BOB. QO`QON XONLIGINING ICHKI VA TASHQI SIYOSTI……………6
1.1.Qo`qon xonligining Ichki siyosati........................................................................6
1.2. Qo`qon xonligining tashqi siyoasti...…...............................................................9
II. BOB. XVIII-XIX ASRLARDA QO`QON XONLIGINING SIYOSIY
VOQEALARNING IJTIMOIY HAYOTGA TA`SIRI………………………..18
2.1.Qo`qon xonligida qo`zg`alonlarnning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta`siri……...18
2.2. Qo`qon xonligida qipchoqlar davrining ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta`siri …..31
XULOSA………………………………………………….………...……………39
FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI…….41
1
KIRISH
Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda
mamlakatimiz xalqining ko‘p ming yillik madaniyati, milliy qadriyatlari va urf-
odatlarini tiklash hamda fuqarolarda o‘zlikni anglash xalqimizning boy moddiy va
ma’naviy merosini tiklashb asrab-avaylash bo‘yicha ulkan ishlar amalga
oshirilmoqda.1 “Milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini
o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari
faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim”.2 Tarix ilmi umuminsoniy
qadriyatlar ichida eng asosiysidir. Vatanimiz tarixi va madaniyatida katta o‘rin
tutuvchi Qo`qon xonligining ijtimoiy-iqtisodiy davrini o‘rganish, o‘sha davr voqea-
hodisalarini, davlat negizini tashkil etgan boshqaruv tizimini haqqoniy o‘rganish
bugungi tarix fanining dolzarb mavzularidan hisoblanadi. O‘zbekiston davlatchiligi
tarixining ajralmas qismi bo‘lgan – Qo`qon xonligi davrida Movarounnahr va
Xurosonning siyosiy hokimiyatining o‘rnatilishi o‘rganish alohida ahamiyat kasb
etadi. Mazkur davr O‘rta Osiyo hududida va Qo`qon xonligining mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotida keskin o‘zgarishlar yuz bergan davr hisoblanadi. Shu bois, o‘zbek
xalqi davlatchiligi tarixini o‘rganishda nisbatan kam tadqiq etilgan hamda e’tibordan
chetda qolib kelgan Qo`qon xonligining ijtimoiy-iqtisodiy davri ham o‘ziga xos
o‘ringa ega. O‘zbek davlatchiligi tarixini o‘rganishga jiddiy e’tibor berilayotgan
bugungi kunda Qo`qon xonligining tashkil topishi, markazlashuvi, markaziy va
mahalliy
boshqaruv
hamda
unda
faoliyat
olib
borgan
mansablar
transformatsiyasining o‘ziga xos jihatlari, mamlakatda faoliyat olib borgan
mansabdor shaxslar hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilgan tadbirlar,
yer egaligi, uning taqsimlanishi bilan bog‘liq an’analar, suv inshootlari va ularning
qurilish mexanizmlari, xorijiy mamlakatlar bilan olib borilgan diplomatik
munosabatlar, savdo-sotiq va boshqa jarayonlarni tadqiq etish va ochib berishga
ehtiyoj benihoya katta. Davlatchilikning muhim tayanchi bo‘lgan xonlikning
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari tarix fanida maxsus o‘rganilmaganligi bois
1 I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch. T., ―Manaviyat‖, 2008, l 4-bet.
2 I.A. Karimov. O`zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo`lida T.. ―O`zbekiston‖, 1995, l 8-bet.
2
mazkur ilmiy muammo tadqiqot mavzusi qilib olindi hamda tadqiqotda ushbu
davlatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tizimiga oid masalalarni yoritish mavzuning
dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishi mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Kurs ishi
mavzuning tarixshunoslik masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlarni uch guruhga: 1)
sovet hukumati davridagi adabiyotlar, 2) Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan
tadqiqotlar, 3) xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan tadqiqotlarga ajratilib
o‘rganildi.
Birinchi guruhga oid sovet davrida chop etilgan adabiyotlarda sinfiylik
mafkurasining ustunligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biroq, tadqiq etilayotgan mavzu
mohiyatini ochib berishda bu adabiyotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davrda
chop etilgan qatoriga quydagi mualliflar: V.V.Bartold, A.A.Semyonov va
P.P.Ivanov, YE.E. Bertels, A.M.Belenitskiy, G.A.Pugachenkova, R.G.Muqminova,
B.A.Ahmedov, H.Z.Ziyayev va boshqalar asarlarini kiritish mumkin. Ikkinchi
guruhni O‘zbekistonda mustaqillik yillarida chop etilgan adabiyotlar tashkil etib,
o‘zbek davlatchiligi tarixida alohida ahamiyat kasb Shayboniyxon davri tarixi
nisbatan kamroq tadqiq etildi. Shunday bo‘lsada, bu davr davlatchilik, ijtimoiy-
iqtisodiy tizimi ayrim tarixchi olimlar tomonidan imkon qadar o‘rganildi. Bu olimlar
qatoriga:
B.Ahmedov,
G.Sultonova,
A.Zamonov,
A.Ziyo,
G.Agzamova,
A.Qandaharov, S.Inoyatov, O.Hayitova, Q.Rajabov, E.Ochilov, R.Muqminova,
B.Eshov, Z.Muqimov, K.Tuxtabekov va boshqalar ilmiy izlanishlarini kiritildi.
Uchinchi guruhga: Xorijiy tadqiqotlar tashkil etib, ularda Movarounnahr va
Xurosonda Muhammad Shayboniyxon siyosiy faoliyati va u asos solgan
shayboniylar sulolasi hamda davlati tarixini yoritishga oid bir qator ma’lumotlarni
berib o‘tgan. Ularni H.Vamberi (Vengriya), Karter Van Findliy (AQSH), Mustafo
Budak, Remzi Kilich (Turkiya), V.V.Poxlebkin (Rossiya), S.S.Xoseynishirazi
(Tojikiston) va boshqa xorijlik tadqiqotchilar4 ilmiy ishlari tashkil etadi.
Shuni ta’kidlash joizki, Qo`qon xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarixi
xususida yozilgan manbalar yetarlicha. Ushbu Kurs ishini yaratishda, asosan,
xonlikda tuzilgan turli hujjatlar asosida yaratilgan xrestomatiyalar, XVI asrda
3
Qo`qon xonligiga tashrif buyurgan sayyohlar, elchilar va savdogarlarning
kundaliklari, hisobotlari hamda mahalliy tarixchilarning asarlaridan, sovet va
mustaqillik yillarida mavzuga doir amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalaridan
keng foydalanildi.
Kurs ishi mavzusining obekti: Markaziy Osiyoning o‘rta asrlar tarixi
kontekstida Qo`qon xonligining Movarounnahr va Xuroson davlatchiligi tarixida
tutgan o‘rni va siyosiy hokimiyatining o‘rnatilishini tadqiq etish hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining predmeti: XVI asr Movarounnahr va Xurosonda Minglar
boshchiligidagi sulolaviy boshqaruv va uning siyosiy hokimiyatining o‘rnatilishida
yuz bergan jarayonlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini ochib berishdan
iborat etib belgilandi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi: Minglar sulolasining Movarounnahr va
Xurosonda siyosiy hokimiyati uchun kurashi va Farg`ona vodiysida hokimyati
o‘rnatilishini tadqiq qilishdan iborat bo‘lib, Unda XV asrning ikkinchi yarmi – XVI
asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda Xonlikdagi ijtimoiy-siyosiy voqealar o‘zida
aks etgan manbalar ham turli davrlardagi tadqiqotlar tahlili orqali ochib berish.
Kurs ishi mavzusining vazifalari: Qo`qon xonligining Movarounnahr va
Xuroson davlatchiligi tarixida tutgan o‘rnini turli ilmiy tadqiqot metodlari asosida
o‘rganish maqsadida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- Qo`qon xonligi ijtimoiy-iqtisodiy davri tarixining o‘rganilishi natijalarini tahlil
qilib, umumlashtirish va ularning XVI asr tarixi va madaniyatini o‘rganishdagi
ahamiyatini ochib berish;
- Qo`qon xonligi ijtimoiy-iqtisodiy davri tarixi va madaniyatiga oid to‘plangan
ma’lumotlarni o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixining yangi sahifalarini yoritishda
muhim manba sifatida tahlil etish;
- Qo`qon xonligi tarixi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning XVI asrdagi siyosiy va
iqtisodiy jarayonlarini qamrab olgan holda tadqiq etish;
- mavjud ma’lumotlarni qiyoslagan holda Qo`qon xonligi siyosiy faoliyatini
o‘rganish hamda siyosiy masalalariga yangidan baho berish, manbalar va so‘nggi
4
tadqiqotlar asosida ushbu masalalarni oydinlashtirish, munozarali masalalarga
aniqlik kiritish;
- manba va adabiyotlarni tahliliy o‘rganib, Qo`qon xonligi ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi faoliyatidagi ilmiy muammolarni, ularning o‘rganilishi natijalari,
tadqiqotchilar xulosalarini qiyoslab, yangi asoslarda tadqiq etish;
- o‘zbek xalqining o‘rta asrlar davlatchiligi tarixida Qo`qon xonliginingb tutgan
o‘rnini va uning siyosiy-tarixiy jarayonlarda tutgan mavqeyini yoritib berish.
Kurs ishining hajmi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa,
foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, Kurs ishi umumiy
35 betni tashkil etadi.
5
I BOB. QO`QON XONLIGINING ICHKI VA TASHQI SIYOSTI
1.1.Qo`qon xonligining Ichki siyosati
Qo‘qon xonligida aholi sun’iy sug‘orish mahoratini mukammal egallagan edi.
Suvdan oqilona foydalanilardi, Qo‘qon xonligi yerlarida bug‘doy, arpa, tariq,
jo‘xori, makkajo‘xori, sholi, mosh, loviya, kunjut, zig‘ir, paxta, beda; poliz
ekinlaridan: qovun, tarvuz, bodring, qovoq; mevalardan: uzum, o‘rik, shaftoli, olma,
nok, behi, yong‘oq, olxo‘ri, olcha, gilos; sabzavotlardan: sabzi, piyoz, lavlagi va
hokazolar yetishtirilardi. Asosiy g‘alla ekini bug‘doy edi. Xonlikda paxtachilik ham
alohida o‘rin egallagan. Farg‘ona vodiysining ko‘pgina dehqonlari paxtakor bo‘lib,
paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Rossiyaning O‘rta Osiyodan, avvalo
Qo‘qondan paxta sotib ola boshlashi bu ekin maydonlarining yanada kengayishiga
sabab bo‘ldi. Paxta savdosiga hatto boj ham bekor qilindi. Shu sababli Qo‘qon
savdogarlari Rossiyaga serqatnov bo‘lib qolishdi. Talabning o‘sib borishi bilan
paxta narxi ham oshib bordi. Qo‘qon xonligida yer egaligining quyidagi shakllari
mavjud bo‘lgan:
1. Amlok yerlari.
2. Xususiy mulk yerlari.
3. Vaqf yerlari.
Mamlakatdagi butun yer davlatniki edi. Shuning uchun ham xususiy yer egalari
aslida yerga emas, balki undan olinadigan mahsulot hamda shu yerlarda qurilgan
imoratlarga egalik qilar edilar.3 Mulklarning ko‘pchiligi 30 sotixdan 60 sotixgacha
bo‘lgan. Bir gektar yeri bor kishi boy hisoblanar edi.4 Yerlar ishlov berish uchun
dehqonlarga ijaraga berilar edi. Dehqonlar xon yerlarida ham mehnat qilar edilar.
Xon yerlarida ishlash uchun majburan safarbar etilganlar soni 10 ming nafargacha
yetardi. Bunday dehqonlar mardikor deb atalardi. Xonlikda xususiy yerlarda
hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi yersiz, ot-ulovsiz tabaqa vujudga
kelgan bo‘lib, ular chorikorlar deb atalar edilar. Bundan tashqari, korandalar deb
3 Бабабеков X. Народные движения в Кокандском ханстве и их социально-экономические и политические
предпосылки (XVIIIXIX вв.). - Ташкент: Фан, 1990. B-112
4 Абдуллаев У.С. Фаргона водийсида этнослар аро жараёнлар. (XIX-XX аср бошлари). - Тошкент, 2005. B-223
6
ataluvchilar ham bo‘lib, ular hosilning yarmi uchun yerlarni ijaraga olib, o‘z mehnat
qurollari bilan yollanib ishlar edilar. Asosiy soliq-xiroj bo‘lib, uning miqdori ekin
ekiladigan yer maydoni va ekin turiga qarab 1/3-1/5 olinar edi. Ko‘chmanchi
xalqlardan olinadigan zakotning ham turi ko‘p edi. Ularning asosiylari "qo‘ra boshi",
"tutun haqi", "yig‘im soliq" deb atalar edi. "Qo‘ra boshi" zakoti-ko‘chmanchi
chorvadorlardan moli boshiga va qo‘rasiga qarab olinadigan zakot edi. Bu zakot
qishda mollar qo‘ralarda turganida yig‘ib olinar edi. "Tutun haqi" zakoti-bu bahor
kelganda yangi o‘tloqlarga ko‘chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo‘y bilan
olinadigan soliq (zakot) edi. "Yig‘im soliq" esa zakot to‘lamaydigan boylar va
ularning qarindoshlarining bekka beradigan 9 buyumdan iborat in’omlaridan tborat
bo‘lgan.
Ahvol shu darajaga borib yetgan ediki, mehnatkash xalq deyarli hamma narsa
uchun soljq to‘lar edi. Chunki hamma qo‘riq yerlar, chakalakzorlar, to‘qaylar,
daraxtzorlar, ko‘llar, barcha yaylovlar xonning ixtiyorida edi. Aholi qal’a
devorlarini ta’mirlash, istehkomlar qurishga, kanallar qazishga, ariqlarni tozalashga,
yo‘l
qurilishiga
safarbar
etilardi.
Xonlik
hujjatlariga
ko‘ra,
Qo‘qonda
hunarmandchilikning miskar, zargar, o‘ymakor, kulol, qog‘ozgar, to‘qimachi,
do‘ppi tikuvchi, kashtachi, ko‘priksoz, temirchi, novvoy, aravasoz, baxmalbof,
bo‘yoqchi, dorukash, devorzan, degrez, ko‘nchi, miltiqsoz, nayzagar, panjarasoz,
pillakash, po‘stindo‘z, taqachi, paranjido‘z, chevar, chitgar, gilamchi kabi turlari
bo‘lgan. Xonlikda oltin ma’dani Kosonsoy (Namangan)dan, Qoratog‘ shimolidagi
Ko‘krev daryosidan, Chirchiq daryosi bo‘ylaridan, Chotqol daryosi yuqori
oqimlaridan olingan. Samarqandda bo‘lganidek, Qo‘qon xonligida ham qog‘oz
ishlab chiqarilgan. Qog‘oz juvozxonasi Qo‘qon shahrining Mo‘yi muborak
darvozasi orqasida maqbara yonida joylashgan. Qo‘qonga qo‘shni shaharlar va
xorijiy mamlakatlardan savdogarlar kelib turgan. Shaharda yakshanba va
chorshanba kunlari bozor bo‘lgan.5 Qo‘qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro
amirligi, Xiva xonligi, Qashg‘ar, Hindiston, Afg‘oniston, Eron va ayniqsa Rossiya
5 Илхомов 3. А. Алщули амирлашкар ва унинг Кукон хонлиги сиёсий хаётида тутган урни. Тарих фанлари
номзоди... дисс. - Тошкент, 2004. B-322
7
bilan bo‘lgan savdo katta o‘rinni egallagan. Masalan, Qashg‘ar bilan olib borilgan
savdo-sotiq faqat Qo‘qon orqali bo‘lar edi. Qo‘qondan Qashg‘argacha yuklangan ot
karvoni 14-20 kun yo‘l yurgan. Qo‘qondan Qashg‘arga temir, qizil charm, mato,
ipak va ipdan to‘qilgan matolar, oltin olib borilgan. Qashg‘ardan Qo‘qonga esa har
yili 30000 otda choy, 200 otda mato, 200 otda qimmatbaho toshlar, 50 otda attorlik
buyumlari keltirilgan. Qo‘qon karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Qashg‘ar,
Buxoro amirligi, Afg‘oniston, Rossiyadan olib kelingan mollar ayirboshlanardi.
Qo‘qonga savdogarlar karvon yo‘llari orqali kelganlar. Xonlikning bosh shahri
Qo‘qon edi. Tarixiy manbalarda Qo‘qonga oid ma’lumotlar X asrdan boshlab
uchraydi. Qo‘qonning yoshi 2000 yildan ortiqdir. Ma’lumotlarda "Havoqand",
"Ho‘qand" degan nomlar bilan qayd etilgan. "Havoqand" so‘zi-"go‘zal", "yoqimli",
"xushmanzara", "shamol shahri" degan ma’noni anglatadi, degan fikrlar ham
mavjud. Mahalliy aholi o‘z shahrini Ho‘qandilatif yoki Qo‘qon deb aytganlar.
Qo‘qon shahri XVIII-XIX asr birinchi yarmida nafaqat xonlikning, ayni paytda
O‘rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi. Qo‘qon mustahkam devor bilan
o‘ralgan. Shaharga 12darvozadan kirilgan. Shaharning 12 darvozali bo‘lishiga sabab
uning ma’muriy jihatdan 12 dahaga bo‘linganligi edi. Bu davrda shaharda 30000
aholi yashagan. XIX asr o‘rtalarida Qo‘qondagi madrasalar ichida Madalixon,
Norbo‘tabek, Jome, Hojimoyim, Xoja dodxoh, Mingoyim madrasalari alohida
ajralib turadi. Ularning har birida 38 dan 100 tagacha hujrasi bo‘lgan. Qo‘qon shahri
xonlikning siyosiy, madaniy, iqtisodiy va diniy markazi edi. Marg‘ilon (Marg‘inon)
shahriga bundan 2000 yil avval asos solingan. Marg‘ilondagi Sulton Murodbek
saroyi Toshkent yoki Samarqandning badavlat xonadonidan uncha farq qilmasdi.
Shahar devor bilan o‘ralgan edi. Marg‘ilon Qo‘qon xonligidagi pilla sotiladigan
asosiy bozor markazi edi. Shaharda ko‘plab pillakashlik va shoyi to‘qish
ustaxonalari bor edi. Umuman, Qo‘qon xonligidagi shaharlar bir xilda bo‘lib, ular
bir-biridan aholisi, madrasa va masjidlarining soni, mahsulotining sifati bilangina
farq qilardi. U yoki bu shaharning ahamiyati uning strategik mavqeyi bilan
belgilanardi. Katta shaharlarga xonning o‘g‘illari yoki yaqin qarindoshlari hokim
etib tayinlanardi. Qolgan shaharlarni o‘zbek, tojik, qirg‘iz, qipchoq va qozoq
8
zodagonlarining vakillari boshqargan. Andijon "Buyuk ipak yo‘li"da tashkil topgan.
Ayrim manbalarda shahar nomi "andi", "adoq" kabi urug‘ atamalari bilan bog‘liqligi
ko‘rsatilgan. Arablar istilo qilgan davrda shahar "Andukon" deb atalgan, degan
rivoyat ham bar. Andijon XV asrdan boshlab Farg‘ona vodiysining markazi bo‘lgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur davrida Andijonda xo‘jalik, fan va madaniyat ravnaq
topgan. U "Boburnoma"da Andijon haqida bunday deb’yozgan edi: "Oshlig‘i vofir,
mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo‘lur... Movarounnahrda Samarqand va
Kesh qo‘rg‘onidin so‘ngra mundin ulug‘roq qo‘rg‘on yo‘qtur. Uch darvozasi bor.
To‘qqiz tarnov suv kirar". Qo‘qon xonligi tashkil topgach endi u Andijon
bekligining markazi bo‘lib qolgan. Andijon 4 dahaga bo‘lingan edi. Har dahaning
qozisi, mingboshisi bo‘lgan. Dahalar oqsoqol boshliq mahallalarga bo‘lingan.
Namangan shahri ham xonlikning yirik shaharlaridan biri edi. 1620-yilda
Farg‘onaning qadimgi poytaxti Axsikant qattiq zilzila oqibatida vayron bo‘lganligi
uchun aholi Namangan atrofiga ko‘chgan. Namangan tuz koni ("namak kon")
yaqinida qurilgan edi. Uning nomi manbalarda XVII asrdan boshlab uchraydi. XVIII
asrda Qo‘qon xonligi hududiga kirgan. Beklik markazi bo‘lgan. Namangan aholisi
hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. 1819-1822-yillarda Namangan aholisi kuchi
bilan katta Yangi ariq kanali qazilib, shaharning suv ta’minoti yaxshilangan. 1842
1845-yillarda shahar baland devor bilan o‘ralgan.
1.2. Qo`qon xonligining tashqi siyoasti
Qo‘qon xonligida aholi sun’iy sug‘orish mahoratini mukammal egallagan edi.
Suvdati oqilona foydalanilardi, Qo‘qon xonligi yerlarida bug‘doy, arpa, tariq,
jo‘xori, makkajo‘xori, sholi, moshv loviya, kunjut, zig‘ir, paxta, beda; poliz
ekinlaridan: qovun, tarvuz, bodring, qovoq; mevalardan: uzum, o‘rik, shaftoli, olma,
nok, behi, yong‘oq, olxo‘ri, olcha, gilos; sabzavotlardan: sabzi, piyoz, lavlagi va
hokazolar yetishtirilardi. Asosiy g‘alla ekini bug‘doy edi. Xonlikda paxtachilik ham
alohida o‘rin egallagan. Farg‘ona vodiysining ko‘pgina dehqonlari paxtakor bo‘lib,
paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Rossiyaning o‘rta Osiyodan, avvalo
Qo‘qondan paxta sotib ola boshlashi bu ekin maydonlarining yanada kengayishiga
9
sabab bo‘ldi. Paxta savdosiga hatto boj ham bekor qilindi.6 Shu sababli Qo‘qon
savdogarlari Rossiyaga serqatnov bo‘lib qolishdi. Talabning o‘sib borishi bilan
paxta narxi ham oshib bordi. Mamlakatdagi butun yer davlatniki edi. Shuning uchun
ham xususiy yer egalari aslida yerga emas, balki undan olinadigan mahsulot hamda
shu yerlarda qurilgan imoratlaiga egalik qilar edilar. Mulklarning ko‘pchiligi 30
sotixdan 60 sotixgacha bo‘lgan. Bir gektar yeri bor kishi boy hisoblanar edi. Yerlar
ishlov berish uchun dehqonlarga ijaraga berilar edi. Dehqonlar xon yerlarida ham
mehnat qilar edilar. Xon yerlarida ishlash uchun majburan safarbar etilganlar soni
10 ming nafargacha yetardi. Bunday dehqonlar mardikor deb atalardi. Xonlikda
xususiy yerlarda hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi yersiz, ot-ulovsiz
tabaqa vujudga,kelgan bo‘lib, ular chorikorlar deb atalar edilar. Bundan tashqari,
korandalar deb ataluvchilar ham bo‘lib, ular hosilning yarmi uchun yerlarni ijaraga
olib, o‘z mehnat qurollari bilan yollanib ishlar edilar. Asosiy soliq - xiroj bo‘lib,
uning miqdori ekin ekiladigan yer maydoni va ekin turiga qarab 1/3-1/5 olinaredi.
Ko‘chmanchi xalqlardan olinadigan zakotning ham turi ko‘p edi. Ularning asosiylari
«qo‘raboshi», «tutunhaqi», «yig‘im soliq» deb atalaredi. «Qo‘raboshi» zakoti -
ko‘chmanchi chorvadorlardan moli boshiga va qo‘rasiga qarab olinadigan zakot edi.
Bu zakot qishda mollar qo‘ralarda turganida yig‘ib olinar edi. «Tutun haqi» zakoti -
bu bahor kelganda yangi o‘tloqlarga ko‘chishdan oldin xonadon boshiga bittadan
qo‘y bilan olinadigan soliq (zakot) edi.7 «Yig‘im soliq» esa zakot to‘lamaydigan
boylarva ularning qarindoshlarining bekka beradigan 9 buyumdan iborat
irfomlaridan iborat bo‘lgan. Ahvol shu darajaga borib yetgan ediki, mehnatkash xalq
deyarli hamma narsa uchun soliq to lar edi. Chunki hamma qo‘riq yerlar,
chakalakzorlar, to‘qaylar, daraxtzorlar, ko‘llar, barcha yaylovlar xonning ixtiyorida
edi. Aholi qal’a devorlarini ta’mirlash, istehkomlar qurishga, kanallar qazishga,
ariqlarni tozalashga, yo‘1 qurilishiga safarbar etilardi. Xonlik hujjatlariga ko‘ra,
Qo‘qonda hunarmandchilikning miskar, zargar, o‘ymakor, kulol, qog‘ozgar,
6 Мадрахимов 3. Ш. Кукон хонлигида савдо муносабатлари. Тарих фанлари номзоди... дисс.. - Тошкент,
2009..
7 Мадрахимов 3. Ш. Кукон хонлигида савдо муносабатлари тарихи.- Монография. - Тошкент: Yangi nashr,
2014.
10
to‘qimachi, do‘ppi tikuvchi, kashtachi, ko‘priksoz, temirchi, novvoy, aravasoz,
baxmalbof, bo‘yoqchi, dorukash, devorzan, degrez, ko‘nchi, miltiqsoz, nayzagar,
panjarasoz, pillakash, po‘stindo‘z, taqachi, paranjido‘z, chevar, chitgar, gilamchi
kabi turlari bo‘lgan. Xonlikda oltin ma’dani Kosonsoy (Namangan)dan, Qoratog‘
shimolidagi Ko‘krev daryosidan, Chirchiq daryosi bo‘ylaridan, Chotqol daryosi
yuqori oqimlaridan olingan. Samarqandda bo‘lganidek, Qo‘qon xonligida ham
qog‘oz ishlab chiqarilgan. Qog‘oz juvozxonasi Qo‘qon shahrining Mo‘yi muborak
darvozasi orqasida maqbara yonida joylashgan. Qo‘qonga qo‘shni shaharlar va
xorijiy mamlakatlardan savdogarlar kelib turgan. Shaharda yakshanba va
chorshanba kunlari bozor bo‘lgan. Qo‘qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro
amirligi, Xiva xonligi, Qashg‘ar, Hindiston, Afg‘oniston, Eron va ayniqsa Rossiya
bilan bo‘lgan savdo katta o‘rinni egallagan. Masalan, Qashg‘ar bilan olib borilgan
savdo-sotiq faqat Qo‘qon orqali bo‘lar edi. Qo‘qondan Qashg‘atgacha yuklangan ot
karvoni 14 - 20 kun yo‘1 yurgan. Qo‘qondan Qashg‘arga temir, qizil charm, mato,
ipak va ipdan to‘qilgan matolar, oltin olib borilgan. Qashg‘ardan Qo‘qonga esa har
yili 30000 otda choy, 200 otda mato, 200 otda qimmatbaho toshlar, 50 otda attorlik
buyumlari keltirilgan. Qo‘qon karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Qashg‘ar,
Buxoro amirligi, Afg‘oniston, Rossiyadan olib kelingan mollar ayirboshlanardi.
Qo‘qonga savdogarlar karvon yo‘llari orqali kelganlar.8
O`zbeklarning ming qabilasidan chiqqan xonlar idora qilgan. Sulola asoschisi
Shohruxbiy 1710 yili Chodak (Chust shahridan 40 km sharqda) xojalari
hokimiyatini yo`qotib, dastlab Farg`ona vodiysida Buxoro amiligidan mustaqil bir
kichik mulkka asos solgan. Shoxruxbiy o`g`li Muhammad Raximbiy hukmronligi
davrida (1721 - 1740)Xo`jand, Marg`ilon shaharlarida savdo va hunarmandchilik
taraqqiy etgan, yangi ariqlar qazilib, dehqonchilik, bog`dorchilik rivojlangan.
Shoxruxbiyning ikkinchi o`g`li Abdulkarimbiy (1740 – 1760 yil) Farg`onaga xujum
qilgan qalmoqlarga zarba bergan. Uning davrida Rossiya bilan iqtisodiy aloqalar
yo`lga qo`yilib, Qo`qon, Anijon, Namangan va Marg`ilon shaharlarida savdo va
8 Мулла Олим Махдум Х,ожи. Тарихи Туркистон. - Карши: Насаф, 1992. B-24
11
hunarmandchilik
taraqqiy
etgan.
Abdulkarimbiy
markaziy
hokimiyatini
mustahkamlash uchun feodallar o`zboshimchaligiga chek qo`yishga intilgan. XVIII
asrning o`rtalarida Farg`ona bilan qo`shni bo`lgan Jung`oriya (Qalmiqiston) Xitoy
imperatori Kuen – Lun tomonidan talon – taroj qilindi, natijada jung`orlar g`arbga
intilib, Farg`onaga kirib bordilar. Qonli .janglar jung`orlarning chekinishi bilan
tugadi. Biroq Farg`ona hukmdorlari mustahkam davlat apparatiga ega emas edi.
Bundan turli ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi qabilalar foydalanishdi. XVIII
asrning ikkinchi yarmida Toshkentda hokimiyat XVI asrning mashhur shayxi
Shayxontohur (Shayx Xovandi Tohur)ning avlodlari bo`lmish xojalar qo`liga o`tdi.
Ularga Yunusxoja boshchilik qildi. Toshkentning turt dahasi Shayxontohur. Sebzor,
Ko`kcha, Beshyog`ochning o`z hokimlari, o`z qo`shini bo`lib ular bir – biri bilan
doim kurashib kelgan. Buning oqibati – dehqonchilik tanazzulga uchradi, bog`lar
vayron bo`lgan, hunarmandchilik to`xtab qolgan. Qo`qon xonligi aholisining ko`p
sonli guruhini qadimgi aholi avlodlari tashkil etgan. Ulardan bir qismi etnik va tili
jixatidan – tojik tilini saqlab qolgan va toqqa yaqin hamda Pomirning tog`
dehqonchilik viloyatlaridan, qisman Toshkent viloyatida yashagan. Farg`ona
vodiysining murakkab etnik tarkibini turkiylar tashkil etgan. Ular Toshkent
viloyatida, Yettisuvda, qozoq dashtlarining janubiy qismida yashagan. Ularning
umumiy nomi Xivadagidek "sart" bo`lgan, qirg`izlar va ko`chmanchi o`zbeklar ham
aralashib ketgan. XVII asrdan ularni o`zbek deb hisoblangan quramalari
(qozoqlarning o`zbeklar bilan duragayi) yashagan. Ko`chib kelganlar – qashg`arlar,
hindlar, arablar va no`g`aylar. No`g`aylar XVII asrda Rossiyadan kelib Toshkent
yaqinidan No`g`oyqo`rg`on qishlog`ida joylashgan. Taxtga esa Xudoyorxonning
akasi Sarimsoqbekning o‘g‘li Shohmurod o‘tqazildi. Lekin, qo‘shin boshliqlari va
saroydagi ko‘pchilik amaldorlar unga qarshi fitna uyushtirib, Xudoyorxonga yana
taxtga o‘tirishni taklif etib, odam yuboradilar.9 Bu payda Mallaxon o‘limini eshitgan
Xudoyorxon Amir Muzaffarning ruxsati bilan Buxorodan Jizzaxga kelgan edi.
Turkiston hokimi Qanoatshoh yordamida qo‘shin yig‘ib, 1863-yilning mart oyida
9 Бабабеков X. Народные движения в Кокандском ханстве и их социально-экономические и политические
предпосылки (XVIIIXIX вв.). - Ташкент: Фан, 1990. B-114
12
Jizzaxdan Toshkentga kelgan Xudoyorxon Qo‘qonga qarshi yurish uchun Toshkent
qo‘shini bilan Xo‘jandga keladi. Bu orada amir Muzaffar ham Buxoro lashkari bilan
Xo‘jandga keladi. Xudoyorxon Qo‘qonga hujum qilishni rejalashtirayotga paytda,
ya’ni, 1863-yilning 5 mayida shahar aholisi unga shimoliy darvozalarni ochib
berdilar. Natijada Qo‘qonda qirg‘in boshlanib, Shohmurodxon o‘z tarafdorlari bilan
Marg‘ilonga qochdi. Xudoyorxon ikkinchi marta (1863 y.) taxtni qo‘lga kiritdi.
Ammo, xonlikdagi qirg‘iz-qipchoqlar Koson va Chust atroflarida qo‘zg‘olon
ko‘tardilar va To‘raqo‘rg‘onga hujum qildilar. Ular, hatto Toshkent atroflaridagi
qabila boshliqlariga noma yuborib madad berishni so‘radilar. Oqibatda Toshkent
atrofida qozoqlar qo‘zg‘olon ko‘tarib, Toshkentni qamal qildilar. Xudoyorxon
tomonidan yuborilgan qo‘shinlar bu isyonlarni bostirishga muvaffaq bo‘ldilar.10
Ammo, mag‘lubiyatga uchragan qirg‘iz-qipchoq boshliqlari taxt uchun kurashni
davom ettirdilar. Xususan, Shodmonxo‘ja, Said Mahmudxonto‘ra, Aliqulilar Sulton
Saidxon boshchiligida Marg‘ilon tomondan kelib Andijonni bosib oldilar va uning
atroflaridagi Baliqchi, Quva, Asaka, Shahrixon, O‘sh, Poytug‘ mavzelarini talon-
taroj qildilar. 1863-yil 26 aprelda Sulton Saidxonning qo‘shini Mingtutga kelib,
Qo‘qonni qamal qildi. Amir Muzaffarning Xudoyorxonga yordami tufayli qirg‘iz-
qipchoq lashkari Asaka tomonga ketib, Qo‘rag‘ulcha darasida himoyaga o‘tdi.
Qattiq kurashlardan so‘ng 1863-yilning 24-iyulida Sulton Saidxon Qo‘qon taxtini
(1863-1865 yy.) egalladi. Xudoyorxon esa yana Buxoroga qochdi. Xonlikdagi ichki
nizolar tashqi dushmanlarga nihoyatda qo‘l kelgan edi. Bunday vaziyatdan unumli
foydalangan chor Rossiyasi qo‘shinlari 1864-yilda Turkiston va Chimkentni bosib
oldi. 1865-yil bahorida ular Toshkentga yaqinlashib, Niyozbek qal’asini egalladilar.
Uzoq qamaldan so‘ng 17-iyunda Toshkent egallandi. Qo‘qondagi sarosimaliklardan
foydalangan Xudoyorxon 1865-yilning yozida amir qo‘shinlari yordamida so‘ngi
marta Qo‘qon taxtini qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng u amirning talablariga boshqa
itoat etmay qo‘ydi. Xudoyorxon 1867-yil yanvar oyida Rossiya bilan savdo bitimini,
1868-yil 13-fevralda Qo‘qon va Rossiya shartnomasini imzoladi. Xudoyorxon 1868-
10 Mirzo Olim. Maxdum Hoji. Tarixi Turkiston. T., ―Yangi asr avlodi‖, 2008. 6-bet.
13
1873-yillar oralig‘ida Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilash maqsadida
Toshkentga ko‘plab sovg‘a- salomlar yubordi.11 Shuningdek, Rossiya savdogarlari
uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berdi. Natijada Qo‘qon xonligi amalda
Rossiyaning vassaliga aylanib qoldi. Xonlik hududida hukm surgan nisbiy
osoyishtalik 1873-yilgacha davom etgan bo‘lsa ham, hukmdor, uning yaqinlari va
mahalliy hokimlarning jabr-zulmi hamda qirg‘iz-qipqoqlarning qayta bosh
ko‘tarishi natijasida bu yerlarda o‘zaro nizolar, xalq chiqishlari boshlandi. Hususan,
1873-yilda Po‘latxon (asli ismi Mulla Ishoq Hasan o‘g‘li) qirg‘izlar tomonidan xon
qilib ko‘tarilib, u boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Saroydagi nufuzli
amaldorlardan biri Abdurahmon oftobachi Xudoyorxonni taxtdan ag‘darish va
uning o‘g‘li Sayid Nasriddinbekni xon taxtiga o‘tqazish maqsadida Po‘latxon bilan
til biriktirdi va O‘rdada isyon ko‘tardi. Sayid Nasriddinbek Abdurahmon oftobachi
ko‘magida xon deb (1875-1876yy.) e’lon qilindi. Xudoyorxon Nasriddinbek
foydasiga taxtdan voz kechib, avval, Xo‘jandga, undan Toshkentga qochdi.
Nasriddinbekning hokimiyat tepasiga kelishi ham mamlakatdagi siyosiy vaziyatning
keskinligini bartaraf eta olmadi. Buni tushunib yetgan Abdurahmon oftobachi xonlik
aholisini Rossiyaga qarshi kurashga safarbar qilmoqchi bo‘ldi. Ammo, ruslarning
qattiq qarshiligiga duch kelib Mahram yaqinidagi jangda ulardan yengildi. Po‘latxon
ham ruslarga qarshi kurashish maqsadida Qo‘qonga hujum qilmoqchi bo‘lib turgan
vaqtda, ya’ni, 1875-yil 25-sentyabrda Nasriddixon Rossiya imperiyasi hukumati
bilan bitim tuzdi. Bu xabar tezda butun Qo‘qonga yoyilib aholi yana isyon ko‘tardi
va O‘rdaga hujum qildi. Nasriddinxon taxtni tashlab Xo‘jandga qochdi. Marg‘ilonda
Rossiya imperiyasi askarlariga qarshi aholini safarbar qilayotgan Po‘latxon
qo‘shiniga shaharliklar, madrasa talabalari va ko‘chmanchi aholi vakillari kelib
qo‘shildi.12 Ularga qo‘zg‘olon vaqtida bosqinchilar bilan hamkorlik qilgan qishilar
va xon oilasi vakillarini qatl etish buyurildi. Bu paytda Namanganda bo‘lgan
Skobelev Rossiya imperiyasining topshirig‘iga asosan 1876-yil fevralida Qo‘qon
xonligini butunlay bosib olishga kirishdi. Abduraxmon oftobachi va Po‘latxon
11 G. Xolliyev, X.G`ulomov. O`zbekiston tarixi. T., ―Universitet‖, 1997, 25-bet.
12 R.Shamsuddinov, Sh Karimov, O`. Ubaydullayev. Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 100-b.
14
qo‘lga olindi. Abduraxmon oftobachi Rossiyaning Yekaterinoslav guberniyasiga,
Nasriddinxon esa Vladimir nuberniyasiga surgun qilindi. Shu tariqa, 1876-yil 19-
fevralda 150-yildan ko‘proq hukm surgan Qo‘qon xonligi tugatilib, uning hududlari
Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olindi va uning o‘rniga Farg‘ona viloyati
tashkil etildi. Ma’muriy–hududiy tuzilishi va aholisi. XVIII asr oxirlarida xonlikning
hududi faqat Farg‘ona vodiysidan iborat bo‘lib, bu davrda Norbo‘tabiy vodiydagi
barcha beklik va viloyatlarni o‘z itoatiga kirgizib, ularni Qo‘qonga bo‘ysundirdi.
Uning davrida Andijon va Marg‘ilon viloyatlari vodiydagi eng katta mulklar edi.
Olimxon davrida xonlik hududlari Toshkent va uning atrofidagi yerlar hisobidan
ancha kengaydi. Tarixiy manbalarda Toshkent mulki – viloyat, shahar, Toshkent va
Dashti Qipchoq viloyati nomlari bilan tilga olinadi. Uning hududlariga Ohangaron,
Chinoz, Toshkent atrofi, Sirdaryo bo‘ylaridagi Turkiston shahri va uning atroflari
kirgan. Bu mulkning hokimlari manba va hujjatlarda hokim, hukmdor, voliy, noib
atamalari bilan tilga olinadi. Umarxon davrida Xo‘jand, O‘ratepa va Jizzax
atrofidagi yerlarga ham ketma-ket yurishlar qilinib, 1817-yilda O‘ratepa bosib
olinadi. Muhammadalixon davrida xonlikning hududlari yanada kengayadi. Bu
davrda xonlik shimolda Rossiyaga qarashli Tashqi Sibir okrugi bilan, g‘arbda Xiva
va Buxoro amirligi bilan, janubda Qorategin, Darvoz va undan uzoqroqdagi yerlar
– Shug‘non, Ro‘shon va Vaxon (bu hudud Qo‘qonga nomigagiga qaram bo‘lgan)
Ko‘lob bilan, sharqda Qashg‘ar bilan chegaralangan. Xonlik yerlariga Sirdaryo bilan
Qorategin O‘rtasida joylashgan Farg‘ona hududlari, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida
joylashgan Namangan, Xo‘jand va boshqa shaharlar, Buxoro amirligi va Qo‘qon
xonligi o‘rtasida joylashgan Qurama viloyati, Turkiston, Sirdaryoning quyi
oqimidagi to Balxash ko‘ligacha bo‘lgan qirg‘izlar yashaydigan yerlar, ko‘chmanchi
qirg‘izlar yashaydigan Billur tog‘ining sharqiy etaklari, 1830-yildan boshlab g‘arbiy
etaklari ham kirgan. XIX asr manbalarida Qo‘qon xonligi beklik, ba’zan viloyat va
sarkorlik sifatida tilga olingan ma’muriy – hududiy qismlarga bo‘lingan hamda
ularni xon tomonidan tayinlanadigan beklar, hokimlar va sarkorlar boshqargan.
Ayrim manbalar (A. Kun) Qo‘qon xonligidagi 15 ta beklikning nomini keltiradi.
Bular: Qo‘qon va uning atrofi, Marg‘ilon, Shahrixon, Andijon, Namangan, So‘x,
15
Mahram, Buloqboshi, Aravon, Baliqchi, Chortoq, Navkat, Koson, Chust va Bobo
darhon. “Turkestanskiye vedomosti” to‘plamida esa Asaka, Marg‘ilon, Baliqchi
O‘sh, So‘x, Koson va O‘zgan sarkorlik sifatida ham tilga olinadi. Hokimlar va
hududiy bo‘linma boshliqlari xon oilasi a’zolari, unga yaqin guruhlar, yuqori tabaqa
vakillari hamda yetakchi qabilalar sardorlari orasidan tayinlangan. Misol uchun,
Xudoyorxon davrida yettita beklik xonning o‘g‘illari va yaqin qarishdoshlari
tomonidan boshqarilgan.13 O‘z navbatida hokimlar viloyat hududlarini o‘zlarining
farzandlari va qarindoshlariga bo‘lib berganlar. Qo‘qon xonligining ma’muriy-
hududiy boshqaruv tizimida bek (hokim, voliy) va uning o‘rdasi alohida o‘rin
egallagan. Xon tomonidan tayinlangan hokim va qozi ko‘plab vakolatlarga ega
bo‘lgan. Bek o‘rdasida ham xon saroyidagidek yuzlab amal va unvonlar joriy etilgan
bo‘lib, ular mahalliy aholidan yig‘iladigan soliq hamda to‘lovlar hisobidan kun
kechirishgan. Beklar xonning itoatkor vassallari bo‘lib, mamlakatni idora etishida
uni qo‘llab-quvvatlashlari, zarur bo‘lganda unga yordam berishlari, uning hurmat-
izzatini joyiga qo‘yishlari, kerakli vaqtda o‘z qo‘shinlari bilan harbiy yurishlarda
ishtiroq etishlari va sovg‘a-salomlar yuborib turishlari lozim bo‘lgan. Qo‘qon
honligida Qo‘qon, Toshkent, Andijon, Namangan, Marg‘ilon, Chimkent, Jizzax,
O‘sh, Xo‘jand, O‘ratepa kabi aholisining soni jihatidan katta, hunarmandchilik va
savdo rivojlangan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan o‘nlab shaharlar mavjud bo‘lgan. Xonlikning poytaxti
Qo‘qon shahri bo‘lib, u mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
markazi edi. XIX asrda xonlikning chegara hududlarini bir necha qal’a va
istehkomlar muhofaza qilgan.14 Ular jumlasiga Oqmasjid, Avliyoota, Pishpak,
To‘qmoq, Qurtka, Niyozbek, Mahram kabilarni kiritish mumkin. Chu vodiysi
bo‘ylab bunyod etilgan istehkomlar esa nafaqat chegara muhofazasi uchun, balki
ularning atrofidagi shahar va qishloqlarni itoatda ushlab turish uchun ham hizmat
qilgan. Ushbu shahar va qal’alarda harbiy qism hamda ularga boshliq bo‘lgan
13 Набиев Р. Н. Из историй Кокандского ханства (Феодальноехозяйство Худаяр-хана). - Ташкент: Фан, 1973.B-
232
14 Бичурин Н Я Собрани сведени по исторической географии Восточной и Срединной Азии
Чебоксари1960 стр 178
16
botirboshilar bo‘lgan. Mudofaa maqsadlari uchun qurol va aslahalar saqlangan.
Xonlik tarkibiga kiruvchi hududlar aholisining joylashuvi va turmush tarzi bir –
biridan farq qilgan. Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysining sug‘orilib
dehqonchilik qilinadigan qismi aholi joylashuvi jihatidan zich bo‘lib, ular o‘troq
hayot kechirganlar. Sahro, tog‘ va tog‘ oldi tekisliklaridan iborat hududlarda
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi yashagan. Xonlikdagi aholi soni haqida
manbalar turli ma’lumotlar beradilar. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asrning
boshlarida xonlikda (Toshkent va Turkistonni ham qo‘shib hisoblaganda) aholi soni
1 million, XIX asrning o‘rtalarida 1,5-2 million, XIX asrning ikkinchi yarmida 3
million kishi bo‘lgan bo‘lsa, Rossiya imperiyasi tomonidan ko‘plab hududlarning
bosib olinishi hamda ularning bosqinchilar ma’muriyati tarkibiga kirishi natijasida
xonlik tasarrufidagi Farg‘ona vodiysida 2 millionga yaqin aholi qolgani taxmin
qilinadi. Aholi tarkibida o‘troq aholi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga
nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgan. XIX asr boshlarida aholining 40 foizdan ortig‘i
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lsa, shu asrning oxiriga kelib ular 15 foizni
tashkil etgan. Xo‘jalik mashg‘ulotlariga ko‘ra, o‘troq aholining asosiy qismi
dehqonchilik, hunarmandchilik, kosiblik hamda savdo-sotiq bilan band bo‘lsa,
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi chorvachilik bilan shug‘ullangan.
II. BOB. XVIII-XIX ASRLARDA QO`QON XONLIGINING SIYOSIY
VOQEALARNING IJTIMOIY HAYOTGA TA`SIRI
2.1.Qo`qon xonligida qo`zg`alonlarnning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta`siri
Qo‘qon xonligi aholisining ko‘pchiligi o‘zbeklar bo‘lib, mamlakat shahar va
qishloqlarida tojiklar ham yashagan. Xonlikda yana qirg‘izlar va qipchoqlar ham
istiqomat qilganlar. Ular Sirdaryoning boshlanish joylaridan Balxash ko‘ligacha
bo‘lgan tog‘li rayonlardan to Qashg‘ar chegarasigacha bo‘lgan yerlarda, Yettisuv,
Talas vodiysi, Oloy tog‘lari, Badaxshon, Farg‘ona vodiysi hududlarida ko‘chmanchi
va yarim ko‘chmanchi hayot kechirishgan. Bundan tashqari, Farg‘ona vodiysida
17
qoraqalpoqlar, Toshkent atroflarida qozoqlar, xonlikning sharqiy qismida, Qo‘qon
xonligini Buxoro va Rossiyadan ajratib turadigan cho‘llarda ko‘chmanchi qozoqlar
yashaganlar. Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, XIX asrning boshlarida qirg‘izlar,
qalmoqlar, uyg‘urlar, qoraqalpoq, qozoq va qipchoqlar Xitoy hukumati tazyiqi
ostida Sharqiy Turkistondan Farg‘ona vodiysigacha ko‘chib kelishga majbur
bo‘lganlar. Shuningdek, xonlikning ayrim shaharlarida lo‘lilar, hindlar, afg‘onlar,
arablar va boshqa Osiyo xalqlari istiqomat qilganlar. Turkiston general-
gubernatorligi tashkil topganidan so‘ng yahudiylar, armanlar va boshqa millat
vakillari ham yashaganlar.15 Davlat boshqaruvi. Mansablar va unvonlar.
O‘zbeklarning ming qabilasi (urug‘i) boshliqlaridan biri Shohruhbiy asos solgan
Qo‘qon xonligidagi davlat boshqaruv tizimi o‘rta asrlarda Movarounnahrda hukm
surgan musulmon davlatlari boshqaruv tizimidan farq qilmas edi.16 Xonlikda Buxoro
amirligida bo‘lgani kabi Amir Temur davrida shakllangan hamda Shayboniylar
davrida qisman islohot qilgan davlat boshqaruvi va tizimi mavjud bo‘lgan. Xonlikda
eng oliy va markaziy unvon xon unvoni bo‘lib, uning hukumati cheklanmagan.
Farmon berish va uning bajarilishini nazorat etish salohiyatlari xonning qo‘lida
bo‘lgan. Xonlikning ming qabilasidan bo‘lgan hokimlar turli-yillarda Shahrisabz,
Urgut, Mog‘iyon, Urmitan viloyatlari va bekliklarida ham hukm surganlar. Olimxon
davrigacha (1798y.) ming urug‘i boshliqlari XIX asrning boshlarida biy unvoni bilan
hokimiyatni boshqarganlar. Olimxon 1805-yilda o‘zini rasman xon deb e’lon qildi.
Xon unvoni bilan hokimiyatni boshqargan Umarxon (1810-1822yy.) 1818-yilda
o‘zini “amir ul-muslimin” deb e’lon qildi. 1822-yilda Muhammad Alixon ham hon
unvoni bilan taxga o‘tirgan. Xon avlodlari xonzoda, amirzoda, mirzoda, shahzoda,
to‘ra deb atalganlar. Xonlikdagi davlat nizomi mutlaq yakka hokimlik bo‘lib,
xonning o‘zi cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lsa-da, ma’lum tarixiy davrlarda
uning salohiyati va hokimiyati cheklanib, saroy amaldorlari hamda qo‘shin
boshliqlarining xonga ta’siri kuchli bo‘lgan. Bunga Musulmonqulining mingboshi
va otaliq bo‘lgan davrini (Xudoyorxon davrida, 1844-1852yy.) yoki Aliqulining
15 R.Shamsiddinov, Sh Karimov. O`. Ubaydullayev. Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 99-bet.
16 Бобобеков X- Кукон тарихи. - Тошкент: Фан, 1996
18
amirlashkarlik va vazirlik davrini (Sulton Sayidxon, 1863-1865 yy.) misol qilib
keltirish mumkin. Bu holat xonning siyosiy kuch qudrati ma’lum iqtisodiy asoslarga
hamda ma’lum ijtimoiy guruhlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan deyishga asos bo‘ladi.
Mamlakatda xon eng katta va yirik mulkdor bo‘lib, xonlik hududidagi barcha
boyliklarga, yer, suv, qo‘riq yerlar, ko‘lu anhorlarga egalik qilgan. Ulardan
keladigan zakot, xiroj, tanobona va boshqa soliqlar shaklidagi daromadlar xon
xazinasini muntazam ravishda to‘ldirib turgan. Xon va uning qarindoshlari, saroy
ahli va ma’muriyat, qo‘shinlar va qo‘shin boshliqlari asosan soliqlar hisobidan
rag‘batlantirilgan. Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, xon saroyida mingboshi
boshchilik qiladigan Kengash tuzilgan bo‘lib, bu kengash saroydagi davlat
ahamiyatiga molik muhim ishlarni ko‘rib chiqqan. Dasturxonchi, risolachi va
boshqa muhim amaldorlar a’zo bo‘lgan ushbu kengash davlat boshqaruvida muhim
ahamiyatga ega edi. Qo‘qon xonligida asosan Olimxon, Umarxon va Muhammad
Alixonlar davrida (1798-1842 yy.) davlat boshqaruvi va davlatchilik ichki va tashqi
siyosat ancha barqaror hamda nisbatan tinch rivojlangan. Ammo XIX asrning
o‘rtalariga kelib Qo‘qon xonligi inqirozga uchray boshlaydi. Tadqiqotchilar ushbu
inqirozning asosiy sabablari sifatida o‘troq xalq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasidagi
qarama-qarshiliklarni, o‘zaro nizo va urushlarni, xon taxti uchun olib borilgan
kurashlarni, Buxoro amiri bilan bo‘lgan nizolar va dushmanliklar, saroy
amaldorlarining xoinliklari kabilarni ko‘rsatadilar. Bularning natijasida iqtisodiy
hayotda taraqqiyot pasayib, ijtimoiy tarqoqlik kuchayib bordi va davlat inqirozga
yuz tutdi. Qo‘qon xonligida unvonlar va mansablar ular ijrochilarining vazifalari
hamda martabalariga qarab harbiy, harbiy-ma’muriy, saroy unvon va mansablari
hamda ma’muriy vazifalari, diniy mansab va unvonlar hamda diniy qozixona
amallariga bo‘linar edi.17 Amir ul-umaro – amirlar amiri. Xon tomonidan keng
vakolatlar berilgan (davlatdagi muhim ishlar, amaldorlarni amalga qo‘yish va olish,
davlatdagi ichki tartibni saqlash, saroydagi tartib – intizom kabilar) shaxs bo‘lib,
xondan keyingi eng yuqori mansab hisoblangan;
17 H.Bobobekov. Qo`qon xonligining qisqacha tarixi. ―Turon tarixi jurnali to`plam‖, N-2. T., ―Fan‖, 2008, 20bet
19
Amirlashkar – amir ul-umarodan keyingi mansab. Qo‘qon xonligida mingboshi
harbiy unvonining vazifalari, darajasi amirlashkarlikka teng bo‘lgan;
Mingboshi – ma’mur sifatida ming nafar otliq askar beradigan mulkning hokimi. Bu
unvondagi shaxs harbiy yurishlar vaqtida qo‘shinni boshqarib, lashkarboshi
unvonini olgan. Bu unvonning egasi vazirlikka ham da’vogar bo‘lgan. Bu unvon
Sheralixon davrida (1842-1844 yy.) yuqori darajadagi vazifaga aylanib ketgan;
Botirboshi – botir bahodirlar boshlig‘i. Besh yuz kishidan ko‘p lashkarga boshchilik
qilgan. Viloyatlarda botirboshi harbiy va qo‘shin ishlariga mas’ul edi. Botirboshi
ba’zan qurilish hamda sug‘orish ishlariga ham boshchilik qilgan. (Ulug‘ nahr arig‘i,
Otabek botirboshi).18
Qo‘shbegi – harbiy qo‘shinning boshlig‘i. Bu mansab yurish va jang vaqtlarida
berilib, uning egasi mingboshi unvonini olishga da’vogarlik qilgan hamda alohida
viloyatga ham hokim bo‘lishi mumkin edi.
Voli yoki voliy (noib, muovin) – tobe etilgan viloyat va tumanlarda xonning
o‘rinbosari. Viloyatlarda lashkar unga itoat etgan hamda u viloyatning harbiy
ma’muriy ishlariga boshchilik qilgan.
Qal’abon yoki kutvol – Qo‘qon xonligining chegeralarida joylashgan qal’a va
istehkomlarining hokimi bo‘lib, shu hududlarning harbiy-ma’muriy, xiroj va boj
olish ishlariga javobgar bo‘lgan.19 Harbiy maqsadga ko‘ra, qal’abon vazifasiga
dodxohdan qushbegigacha bo‘lgan shaxslar tayinlangan.
Qo‘rboshi – qo‘rxona ya’ni aslahaxona boshlig‘i. Bu mansab egasi xon va
mingboshiga itoat etgan. Qo‘rboshi qo‘rxona, miltiqxona, to‘pxonalarga boshchilik
qilib,xomashyo topib kelishdan tortib to tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ularni
xon qaroriga binoan tarqatib berish jarayoniga javobgar bo‘lgan.
Yofar – soqchilar boshlig‘i. Bu mansab egasining guruhi yuz nafar askardan iborat
bo‘lgan. Yofar o‘z guruhining hisob-kitobi,-yillik xarajatini askarlari uchun
xazinadan olib bergan. Manbalarda yofarlar g‘allagir (g‘alla oluvchi), javgir
(bug‘doy oluvchi) va sarpo oluvchi sifatida ham qayd etilgan.
18 Бобобеков X- Кукон тарихи. - Тошкент: Фан, 1996 B-36
19 G.Xolliyev. X. G`ulomov. O`zbekiston tarixi. T., Universitet. 1997, 52 bet.
20
To‘pchiboshi – to‘pchilar, zambarakchilar guruhi boshlig‘i.
To‘qsabo – o‘zlarining tug‘iga ega bo‘lgan harbiy guruhning boshlig‘i.
Ponsadboshi – besh yuz nafar askardan iborat guruh rahbari.
Yuzboshi – yuz kishilik harbiy dasta boshlig‘i.
Panjohboshi – ellikboshi, ellik nafarli harbiy guruh boshlig‘i.
Dahboshi – o‘n kishilik harbiy guruh boshlig‘i.
Qorovulbegi – soqchilar va qorovullar boshlig‘i.
Harbiylar qatoriga askar, sarboz, nukar, sipohi, mergan, mahram, botur, to‘pchi,
zanbarchi, qo‘rchi, qorovul kabilar ham kirib, qo‘shin safida, nog‘orachi, surnaychi,
to‘g‘chi (bayroqdor) kabilar ham xizmat qilganlar. Bu harbiy unvonlar orasida
mingboshidan
ponsadboshigacha
bo‘lganlari
oliy
unvonlar,
qo‘rboshidan
qorovulboshigacha bo‘lganlar o‘rta unvonli mansablar, qolganlari esa past unvonlar
hisoblangan. Elikboshidan mingboshigacha bo‘lgan harbiy lavozimdagi amaldorlar
o‘z xizmatlariga mulozimlar olganlar. Ponsadboshidan yuqori mansabdagi
harbiylarga yana mirzolar va munshiylar ham hizmat qilgan. Manbalarda
harbiylarga saroydan-yiliga turli hajmdagi maosh berilganligi qayd etilgan.
Qo‘qon xoligidagi saroy unvon va mansablari quyidagilar edi:
Otaliq – xon yoki xonzodaning murabbiysi, ularning homiylari. Ular tarbiyalagan
xonzoda taxtga o‘tirganidan so‘ng, otaliqlar ham yuqori mansab va unvonlarni
egallaganlar.
Beklarbegi – beklarning begi. Bu unvon xonning vorisiga yoki ba’zi viloyatlarning
hokimiga berilgan.
Biy – turkiy qabilalarning boshliqlari.
Devonbegi – xon devonining boshlig‘i, Qo‘qon xonligi viloyatlaridan Toshkent va
Dashti qipchoq mulkida ham devonbegi mansabi bo‘lgan.
Xazinachi – davlat xazinasining hisob-kitobiga javobgar shaxs. Xazinachilar viloyat
markazlarida ham faoliyat yuritgan.
Inoq – xonning xos va sirdosh mulozimi.
21
Eshikog‘asi yoki chehraog‘asi – eshik oldidagi soqchi, posbon. Xon mahramlari va
soqchi-mulozimlarining boshlig‘i. Notanish kishilarni xon huzuriga ijozatsiz
qo‘ymaslikka javobgar shaxs.
Parvonachi – bu unvon egasi xon nomiga kelgan xat va arizalarni saroyga olib kirib,
javobini olib chiqqan. Bu unvon boshqa unvon sohiblariga ham berilgan.
Dodxoh – xon oldiga fuqarolarning xohish-istak hamda maqsadlarini bayon etish
huquqiga ega mansab, saroy unvoni.
Dasturxonchi – xon dasturxoniga, umuman, oshxonasiga javobgar saroy mansabi.
Saroy qorovulbegisi – xon o‘rdasining soqchilariga boshliq bo‘lgan saroy amaldori.
Tunqator – tun bo‘yi uyg‘oq bo‘ladigan soqchi. Xonning dam olishi va yurishlari
vaqtida qo‘riqchilik qilib, xonning yaqin kishilaridan tayinlanadigan amaldor.
Oftobachi – xonning xos mulozimlaridan bo‘lib, uning yuvinishi va tahorati vaqtida
xizmat qiladigan amaldor.
Sharbatdor – eng oliy va faxriy unionlardan bo‘lib, xonning xos majlislari va
safarlarida hizmatda bo‘lgan.
Hidoyatchi – xon saroyiga yuborilgan tortiq va sovg‘alarni qabul qilib olib, xon
nazaridan o‘tkazuvchi amaldor.
Shig‘ovul – saroyga tashrif buyurgan elchilar va choparlarni xon huzuriga boshlab
kiruvchi amaldor. Manbalarga ko‘ra, bu mansabdagi amaldorning vazifalari keng
bo‘lgan.
Sarkor – saroydagi xon amaldorlarining boshlig‘i. Bu mansabdagi shaxs xonga
tegishli shifoxonalar, korxonalar hamda qurilish ishlariga ham boshchilik qilgan.
Qushbegi (mirishkor) – ov paytida xonga hamrohlik qiladigan mansab egasi.
Qushbegining ovchi itlari, lochin va burgutlari bo‘lib, ov paytidagi xonning dam
olish jarayonlariga ham bu shaxs javobgar bo‘lgan.
Salomog‘asi – xon nomidan xalqqa salom beruvchi.
Kitobdor – saroy kitobxonasi uchun javob beradigan amaldor.
Risolachi – elchilar va ularning xat-xabarlariga javob berish uchun mas’ul bo‘lgan
saroy amaldori.
22
Jam og‘a – xonning suhbati, qabuli hamda bazmlariga ishtirok etuvchilarga xabar
berib, chaqirib keladigan saroy amaldori.
Jarchi – xalq yig‘iladigan ommaviy joylarda xonning farmon va buyruqlarini jar
solib (baland ovoz bilan) e’lon qiladigan shaxs.20
Chopquchi – pichoq yasovchi, xon saroyidagilar uchun qurollar (pichoq, xanjar
qilich) yasab, qo‘rchi vazifasini ham bajargan.
Shotir – xon rikobi oldida yuradigan hizmatchi, odamlarni xon kelishidan xabardor
etib, ularni ta’zimga chorlab turgan.
Udaychi – xon rikobi oldida yurib, uning sha’niga baland ovoz bilan maqtovli
so‘zlar va hamdu sanolar aytib boruvchi hizmatchi.
Yuqoridagi amal va mansab egalari o‘z hizmatlari evaziga-yillik maosh (pul, ot,
qo‘y, g‘alla ko‘rinishida) olganlar. Bundan tashqari, ularga tegishli yer-mulklar ham
berilgan.21 Butun o‘rta asrlar musulmon davlatlarida bo‘lgani kabi Qo‘qon
xonligidagi musulmon ruhoniylari ham alohida imtiyozlarga ega bo‘lgan ijtimoiy
tabaqa hisoblangan. Xonlikdagi davlat boshqaruvida, ta’lim – tarbiyada, sud
ishlarida hamda jamiyat hayotining turli sohalarida ularning fikri katta ahamiyat
kasb etgan. Qo‘qon xonligida qo‘yidagi diniy va qozixona mansab, unvon hamda
amallari mavjud bo‘lgan:
Shayx ul-islom – dindorlarning eng oliy unvoni bo‘lib, 1818-yilda Umarxon
tomonidan joriy etilgan.
Xoja kalon – fikh olimi (huquqshunos) ning faxriy unvoni.
Xalifa
–
o‘rinbosar.
Qo‘qondagi
naqshbandiya,
qalandariya,
yassaviya
taraqqiyotlarining rahbarlari.
A’lam – faqih, olim hamda shariat qonun – qoidalarning bilimdoni.
Oxund – bilimli va madrasada o‘qiydigan kishi.
Sudur – vaqf mulklarining daromadlari hamda hisob – kitobiga javobgar mansabdor.
20 Мулла Олим Махдум Х,ожи. Тарихи Туркистон. - Карши: Насаф, 1992. B-34
21 H/Bobobekov. Qo`qon xonligining qisqacha tarixi. ―Turon tarixi‖ jurnali. To`plam № 2, T., ―Fan‖.2008, 21-
bet.
23
O‘roq – vaqf yerlarining xiroj va soliqlariga mas’ul shaxs, O‘roq shaklidagi nishonni
sallasiga taqib yurgan.
Mudarris – madrasada ta’lim beruvchi ustoz.
Imom va imom xatib – masjid imomi hamda juma nomozlarida xutba o‘qib xizmat
qiladigan imom.
Muazzin – musulmonlarni namozga chaqiruvchi, azon aytuvchi.
Qozi ul – qo‘zzot – qozilar qozisi (adliya vaziri).
Qozi kalon – xonlik poytaxti hamda viloyatlar markazlaridagi qozilar va qozixonalar
ustida nazorat qiluvchi amaldor.
Qozii askar – qo‘shin qozisi.
Tarakachi – meros qolgan mol-mulklarni merosxo‘rlarga taqsimlab (taraka)
beruvchi shaxs.
Xonlikdagi diniy va qozilik lavozimida bo‘lganlar davlat tomonidan
belgilangan maosh hamda turli ehsonlar hisobidan kun ko‘rganlar. Madrasa, masjid,
mozorlar o‘zlarining vaqf mulklariga ega bo‘lib, shu mulk daromadidan o‘z
xizmatchilariga maosh berganlar. Vaqf mulklariga muttavali mutasaddi – boshliq
edi. Yer egaligi munosabatlari va soliqlar. Qo‘qon xonligi xo‘jalik hayotining
asosini tashkil qiladigan soha dehqonchilik edi. Chunki xonlikning asosini tashkil
etgan Farg‘ona vodiysida suv manbalarining yetarli darajada bo‘lganligi
dehqonchilik xo‘jaligida mo‘l hosil bo‘lishni ta’minlagan. Xonlikda XVIII asrga
qadar yerlarni sug‘orish uchun soylar va jilg‘alarning suvlaridan ham unumli
foydalanilgan. Xonlikdagi taxt uchun o‘zaro kurashlar hamda siyosiy tarqoqlik
davom etayotgan bo‘lishiga qaramay XVIII asr ikkinchi yarmidan boshlab ayrim
tumanlarning sug‘orish tarmoqlari ta’mirlangan va yangilari qazilgan. Chunki,
xonlikda ip va gazlama ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, bu mahsulotlarni
Rossiya va u orqali Sharqiy Yevropa mamlakatlari bozorlarida ko‘plab sotila
boshlashi, ularga bo‘lgan talabning tobora kuchayib borishi sug‘orma dehqonchilik
yerlarini kengaytirish hamda yangi yerlarni o‘zlashtirishni taqozo qilar edi. Shuning
uchun ham XIX asr Qo‘qon xonligida, xususan, Farg‘ona vodiysining sug‘orilishi
tarixida yangi davrni boshlab berdiki, aynan shu davrdan boshlab, vodiyda yirik
24
sug‘orish inshootlari, ariqlar, kanallar, to‘g‘onlar qurila boshlangan. Masalan,
Sirdaryoning asosiy irmoqlaridan bo‘lgan Norin va Qoradaryolardan suv oladigan
Shahrixonsoy kanali, Namangan Yangi arig‘i, Chinobod arig‘i, Ulug‘nahr,
Andijonsoy kanali, Oltiariq, Mutagan arig‘i va boshqa sug‘orish tarmoqlarining
ko‘payishi, sug‘oriladigan dalalarning sezilarli darajada kengayishi hamda
dehqonchilik va bog‘dorchilikning rivojlanishiga olib kelgan. Qo‘qon xonligida
sug‘orish inshootlarini barpo etishning ma’lum tartib – qoidalari mavjud bo‘lgan.
Chunonchi, sug‘orish tarmoqlari va ularni barpo etish ishlari ikki guruhga ajratilgan.
Birinchi guruhga hajm jihatdan kichik sug‘orish inshootlaridan foydalanuvchi
qishloq aholisi ishtirok etgan. Ularga mahalliy mutasaddi kishilar, mirobboshilar
boshchilik qilgan. Ikkinchi guruh sug‘orish inshootlariga hajm jihatdan katta va yirik
kanallar kiritilib, ularni bunyod qilish ishlariga xonlikning turli viloyatlaridan
qazuvchi – hasharchilar jalb etilgan. Bunday inshootlar qurilishiga bevosita xon yoki
joylardan uning vakili boshchilik qilgan. Xonlikda dehqonchilik ekinlarining
aksariyati O‘rta Osiyo xonliklariga xos bo‘lib, g‘allachilik, bog‘dorchilik, sabzavot
va poliz mahsulotlari yetishtirish hamda ipakchilik yaxshi rivojlangan.22 Donli
ekinlardan makkajo‘xori yetishtirish keng tarqalgan bo‘lib, u shahar va qishloqlarda
kambag‘allarning asosiy iste’mol mahsuloti hisoblangan. Shuningdek, XIX asrga
kelib xonlikda paxtachilik sohasiga katta e’tibor berila boshlangan. Xonlik g‘arbiy
qismining tabiiy sharoitida bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish uchun juda
qo‘lay bo‘lgan. Janubi-g‘arbiy Xo‘jand, Konibodom, Isfara, So‘x, Chimyon,
Rishton hududlari asosan o‘rik yetishtirishga to‘la ixtisoslashgan. Bu davrda butun
Farg‘ona vodiysida tut daraxti keng tarqalib, u tog‘ oldi va qadimgi dehqonchilik
vohalaridan hisoblangan So‘x, Isfara, Namangan, Ashtda ipakchilik uchun
qadimdan o‘stirib kelinan. Xonlikda yer va suv hukmron tabaqalariniki hisoblanib,
yerga egalik qilishning to‘rtta turi mavjud bo‘lib ular quyidagilar edi:
1. Xiroj yerlar – yer egalarining xususiy yerlari.
22 G.Xolliyev, X.G`ulomov. O`zbekidton tarixi. T., ―Universited‖. 1997, 53bet.
25
2. Davlat yoki amloq yerlari – xonga qarashli yerlar – o‘rmonlar, to‘qaylar, yo‘lu-
ko‘priklar.
3. Xususiy yerlar – xonning maxsus farmoyishi bilan yirik amaldorlarga berilgan
yerlar (suyurg‘ol).
4. Vaqf yerlari – diniy muassalar, ya’ni, masjid, madrasa va mozorlarga qarashli
yerlar.
Manbalarga ko‘ra, amloq xon ixtiyoridagi yer bo‘lib, u “zamini xos”, deb
atalgan. Bunday yerlar xon tomonidan ayrim guruh va mansabdor shaxslarga
berilgan. Yerni olgan kishi unga o‘z hisobidan ishlov berib, sug‘organ. Olgan
hosilidan esa xonga soliq to‘lagan va bu soliq miqdori xiroj (xiroj – hosilning 1/5
dan 1/8 qismigacha tashkil etgan) dan ko‘proq bo‘lgan. Yerga egalik qilishda mulk,
ijara, urg‘u, tanho shakllaridan ham foydalanilgan. Mulk – boylarga qarashli xususiy
yerlar bo‘lib, ular dehqonlarga ijaraga berilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ijara –
muayyan shartlar asosida beriladigan barcha ko‘chmas va ko‘chadigan mulk-yer,
ariq, tegirmon, tim, rasta, ulov av boshqalarni o‘z ichiga olgan mulk shakli bo‘lsa,
urg‘u – musodara qilish yo‘li bilan xon mulkiga aylantirilgan yoki gunohkorni
qo‘lga olishda jonbozlik qilgan shaxslarga berilgan yer va mol-mulkdir. Tanho –
hukmdor tomonidan alohida xizmat ko‘rsatgan kishilarga amloq yerlardan ba’zilari
in’om etilishi tufayli paydo bo‘lgan mulk shakli bo‘lib, bunday yerlarda soliq yig‘ish
huquqi tanho egalari – tanhodorlarga berilgan.23 U o‘ziga berilgan yer, bir nechta
qishloq, hatto, katta mulkning-yillik yoki yarim -yillik daromadini hadya sifatida
olgan.24 Ba’zan, amaldorlar bir umr tanhodor bo‘lgan va o‘g‘li xon marhamatiga
sazovor bo‘lsa, tanhodorlik meros sifatida davom etgan. Harbiylarga tanho yoki
xiroj taqdim etilsa, u tarxon deb atalgan. Bu davrda xonlikning daromadi mahsulot
va puldan iborat bo‘lib, ular asosan soliqlar undirish yo‘li bilan hosil qilingan. Soliq
va majburiyatlar xonlikning barcha shahar va qishloqlarida deyarli bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Mamlakatda mavjud soliqlar joriy etilishiga ko‘ra,
to‘rt turga: shariat qonun-qoidalariga binoan belgilangan asosiy soliqlar; rasmiy
23 Мушриф Мирзаолим. Ансоб ус-салотин ва таворих улхавокин.-Тошкент, 1995.
24 Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi. T., Sharq, 2000, 297-bet.
26
soliqlar; an’anaviy soliqlar; favqulodda joriy etilgan soliqlar. Manbalarga ko‘ra,
shariat qonun-qoidalari asosida joriy etilgan asosiy soliqlar. – xiroj, ushr va zakot
hisoblangan. Dehqonchilikda donli ekinlar ekiladigan yerlardan olinadigan soliq –
xiroj deb atalgan. Bu soliq hosilning beshdan bir qismini tashkil etib, 5 qop
g‘allaning bir qop miqdorida undirilgan. Soliqning bir qismi mahsulot, bir qismi esa
pul bilan to‘langan. Ushr yerlari – “zamini ushr” deb yuritilgan yerlardan hosilning
undan bir qismi miqdorida ushr solig‘i ruhoniylar foydasiga undirilgan.25 Zakot –
mahsulotdan olinadigan savdo solig‘i yoki chorva mollari hisobidan olinadigan soliq
bo‘lib, daromadning qirqdan bir qismini tashkil etgan. Xonlikning savdogarlik
sarmoyalari aniq bo‘lmaganligi sababli, sharoitga qarab daromaddan zakot olingan.
Shuningdek, chorva mollaridan ham qirqdan bir ulush hisobida zakot olingan. Arxiv
hujjatlarida an’anaviy zakotdan tashqari – bo‘roqi zakoti, elatiya zakoti, sarkarda
zakoti kabilar haqida ma’lumotlar bor. Xonlikda joriy etilgan tanobona, xonsoliq,
karvonlardan chegara yoki maxsus belgilangan shaharlarda, Sirdaryo kechuvidan
olinadigan boj to‘lovlari, tuz boji, bozorlarda savdogarlardan, xon mablag‘iga
qurilgan barcha inshootlardan olinadigan soliq kabilar rasmiy soliqlarga kirgan.
Bog‘dorchilik, sabzavotchilik, polizchilikda ekin ekiladigan yer maydonining
hajmiga qarab tanob solig‘i olingan. Soliq yig‘uvchi amaldor tanobchi (har bir tanob
yerdan soliq oluvchi), eakot solig‘ini yig‘uvchi amaldorlar zakotchi deb atalgan.
An’anaviy soliqlarga to‘y marosimlaridan, meros bo‘linishidan, tarozidan, daryodan
o‘tish uchun sollardan, qirg‘iz va qozoqlarning chorvasidan olinadigan va shunga
o‘xshash soliqlar kirgan. Xonlikda bulardan tashqari yana turli xil favqo‘lodda
soliqlar mavjud bo‘lib, u tilla puli va mis puli, ulov puli, alaf puli, nafsona, mushtak,
kafsan, yaksara va boshqalardir. Soliqlar qat’iy belgilangan miqdorda hamda o‘z
vaqtida yig‘ilishi shart bo‘lsa-da, xon va amaldorlarning ihtiyori bilan bu holat
o‘zgarib turgan. Harbiy harakatlar paytida, ayniqsa, soliqlarning turi va miqdori
oshirilgan. Xon xazinasiga kelib tushgan soliqlar – xossachi, bek xazinasiga tushgan
soliqlar – beklik deb atalgan. Manbalarga ko‘ra, xon ihtiyoridagi yerlar “zamini
25 В Масалский Россия. Полное географическое описание нашего отечества. Спб. 1913 423 стр
27
xos”deb atalib, undan keladigan barcha daromad xonning ihtiyorida bo‘lgan.26 Xon
xazinasiga tushadigan soliqlarning deyarli barchasi Qo‘qon shahri va uning
atrofidagi qishloqlardan yig‘ilgan. Chetdan xon ihtiyoriga mahsulot va chorvadan
yig‘iladigan zakot, Sirdaryo kechuvdan olinadigan boj , tuzdan, xossachi joylardan,
xon mablag‘iga qurilgan barcha inshootlardan olinadigan soliq, to‘y marosimlaridan
va meros bo‘lishdan yig‘iladigan soliqlar tushgan.
Qo‘qon xoligida soliqlardan ozod qilingan, ya’ni, “mulki xur” yerlar ham
mavjud bo‘lib, ularning egalari bo‘lgan sayyid, xo‘jalar, shayxlar va eshonlar
xonning maxsus inoyatnomalari asosida barcha soliqlardan ozod qilinganlar.
Shuningdek, xonzoda va to‘ralar, ba’zi qozi, rais, amin, darvesh va so‘filar ham
tanob solig‘idan ozod qilingan. Soliqlardan tashqari aholi majburiy ravishda turli
ishlarga – kanallar qazish, ariqlarni tozalash, obodonchilik ishlari, turli qurilishlarga,
ayniqsa, hukmron tabaqalarning xizmatlariga jalb etilgan. Soliq, to‘lov va
majburiyatlarning-yildan-yilga oshib borishi natijasida Qo‘qon xonligida xalqning
noroziligi ortib borib, xonlikdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi
davlatning siyosiy inqirozini ta’minlab bergan edi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq.
Qo‘qon xonligida mamlakat poytaxti va boshqa ko‘plab shaharlar aholisining asosiy
qismi hunarmandchilik va kosibchilik va shug‘ullanganlar. Hunarmandchilik
shaharlarda ixtisoslashgan ko‘rinishga ega bo‘lib, buyumlarning bir turi va biror
qismini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sohalar mavjud bo‘lgan. Hunarmandlar o‘z
kasblarining sir-asrorlarini mukammal o‘zlashtirgan mohir ustalari bo‘lib, ishlab
chiqargan mahsulotlarini yuksak san’at darajasiga ko‘targanlar. Xonlikning deyarli
barcha shahar va qishloqlarida hunarmandchilikning taraqqiyoti bir xil bo‘lgan
bo‘lsa-da, ishlab chiqarish o‘zining ayrim xususiyatlari, ya’ni, mahsulotning turi,
sifati bilan ajralib turgan. Hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, to‘quvchilik,
degrezlik, kulolchilik, misgarlik va boshqa tarmoqlari keng rivojlangan bo‘lib,
xonlikning har bir shahri muayyan sohada ishlab chiqargan mahsuloti bilan dong
taratgan. Misol uchun, Qo‘qon shahri zargarlik va qog‘oz ishlab chiqarish,
26 Muxtorov.A.Дилшод и его место в истории оьшественной мисли тадомского народа в XIX кагом XX
в.в. 301 стр