KURS ISHI
QO‘QON XONLIGINING TUGATILISHI
REJA:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1. QO‘QON XONLIGI
2. MA’MURIY–HUDUDIY TUZILISHI VA AHOLISI.
3. DAVLAT BOSHQARUVI. MANSABLAR VA UNVONLAR.
4. QO’QON XONLIGINING TUGATILISHI
III. XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. QO‘QON XONLIGI
Qo‘qon xonligi. Siyosiy tarix.
XVIII asrning boshlarida Farg‘ona vodiysida shakllangan yangi davlat –
Qo‘qon xonligiga mahalliy aholi vakillari bo‘lgan ming urug‘i asos soldi.
Chunonchi, XVII asrning oxiri – XVIII asr boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy va
ijtimoiy hayotida yuz bergan tushkunlik, Farg‘ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining
o‘sishi hamda 1704 yilda Chodak xo‘jalarining isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir
qismini egallashi bunga shart-sharoit yaratib berdi. Ammo, Farg‘onaning shimoli va
shimoli – g‘arbidagi Koson, Asht, Chodak hududlari xo‘jalar qo‘l ostida bo‘lsa – da,
ular mustaqil davlatga asos sola olmadilar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ming urug‘ining boshlig‘i, taxminan 1669-1670 yillarda
tug‘ilgan Shohruhbiy ibn Ashur Muhammad (1709-1721 yy.) Chodak xo‘jalari
qo‘lida bo‘lgan siyosiy hokimiyatni kuch bilan tortib olib, 1709/1710 yilda Farg‘ona
vodiysidagi minglar sulolasi hukmronligiga asos soldi. Ammo, uning hokimiyati
hali ashtarxoniylardan to‘la yoki batamom mustaqil emas edi. Chunki manbalarda
Shohruhbiyning nomi ashtarxoniy Abulfayzxondan so‘ng tilga olinib, Shohruhbiyga
Buxoro xoni tomonidan otaliq unvoni berilgani eslatiladi. Bu haqda
tadqiqotchilarning ham fikrlari munozaralidir. Nima bo‘lganda ham, Shohruhbiy
Buxoro xonligidan mustaqil ravishda (nisbatan bo‘lsa ham) siyosat olib borishga
harakat qilib, minglar sulolasi tasarrufidagi yerlarni kengaytira boshladi. Shohruhbiy
hukmronligi davrida Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara va ularning
atroflaridagi qishloqlar minglar sulolasi qo‘lida bo‘lgan.
Shohruhbiyning o‘g‘li va vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721-1733 yy.)
taxtga o‘tirganidan so‘ng minglar tasarrufidagi yerlar yana kengaya boshladi.
Abdurahimbiy 1724 yilda Andijonni, 1725 yilda Xo‘jandni, 1726 yilda O‘ratepani
bosib olib, xonlik hududlariga qo‘shib oldi. U qisqa muddat bo‘lsa-da Buxoroga
qarashli Samarqand va Kattaqo‘rg‘onni egallab, Shahrisabzga ham tahdid solgan.
Abdurahimbiy Qo‘qon (Xo‘qand) qishlog‘i o‘rni va atrofida yangi shaharga (dastlab
Qal’ai Rahimbiy deb nomlangan, keyin esa Qo‘qon) asos soladi va bu shahar
xonlikning poytaxtiga aylanadi.
1733-1750 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Abdulkarimbiy ibn
Shohruhbiy asosiy etiborini mudofaa ishlariga qaratdi. U xonlikning poytaxti
Qo‘qonda Isfara, Qatag‘on, Marg‘ilon, Haydarbek nomli darvozalar qurdirib, shahar
atrofini mustahkam devor bilan o‘ratib oldi. Shu bilan birga u 1741-1745 yillardagi
qalmoqlar (jung‘orlar) ning Farg‘onaga qilgan hujumlariga zarba berdi.
Abdulkarimbiy qalmoqlarga qarshi kurashda qirg‘iz-qipchoqlar va O‘ratepa hokimi
Fozilbiy yuz yordamiga tayandi hamda xonlik mustaqilligini saqlab qoldi.
Abdulkarimbiy 1750 yilda vafot etganidan so‘ng xonlik taxtiga uning o‘g‘li
Abdurahmon o‘tirdi. Ammo, u taxtga to‘qqiz oy o‘tirib, so‘ng Marg‘ilonga hokim
etib jo‘natildi hamda taxtga Abdurahimbiyning ikkinchi o‘g‘li Erdonabiy o‘tirdi.
1753 yilda qalmoqlarning tazyiqi va talabi bilan ularning qo‘lida garov sifatida
o‘shalab turilgan Bobobek xonlik taxtiga ko‘tarildi. Lekin, oradan bir yil ham
o‘tmay O‘ratepa yurishi vaqtida Bobobek Beshariqda o‘ldirildi hamda Erdonabiy
(1755-1769 yy.) qayta Qo‘qon taxtini egalladi. Xitoylik geograflarning
ma’lumotlariga ko‘ra, uning hukmronligi davrida, 1759-1760 yillarda Farg‘ona
to‘rtta mulk: Andijon, Namangan, Marg‘ilon va Qo‘qonga bo‘lingan bo‘lib, ular
ichida Qo‘qon yetakchilik qilgan. Erdonabiydan so‘ng taxtga Shohruhbiyning
uchinchi o‘g‘li Shodibekning farzandi Sulaymonbek o‘tiradi. Uning taxni
egallashida urug‘ oqsoqollarining ko‘magi katta bo‘lgan bo‘lsada u atigi 6 oy
hukmdorlik qildi.
1770 yilda Qo‘qon taxtiga Abdurahmonbiyning o‘g‘li Norbo‘tabiy (1770-1801
yy.) o‘tiradi. Norbutabiy Markaziy hikimiyatni mustahkamlashda, bo‘ysunmas
hokimlar qarshiligini bostirishda nisbatan muvaffaqiyat qozonadi. U Chust va
Namangandagi g‘alayonlarni bostirganidan so‘ng, bu shaharlarga o‘z odamlarini
hokim etib tayinlaydi. Norbutabiy bir qancha urinishlardan so‘ng Andijon, O‘sh,
Xo‘jand va yaqin atrofdagi qo‘shni hududlarni bosib oladi. U 1799 yilda Toshkentni
ham bosib olishga harakat qildi, ammo, uning yuborgan qo‘shinlari mag‘lubiyatga
uchradi.
Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon (1801-1810 yy.) taxtga o‘tirib,
Qo‘qon xonligining siyosiy qudratini mustahkamlash, mamlakat hududlarini
kengaytirishga alohida e’tibor berdi. Natijada Qo‘qon xonligining siyosiy mavqei
oshib bordi. Olimxon davriga kelib Qo‘qon xonligidagi davlat boshqaruvi oldingi
davlatlar boshqaruv tizimidan deyarli farq qilmas edi. Uning davrida Qo‘qon davlati
kuchayib borishi bilan davlatning siyosiy maqomi ham o‘zgaradi. Agar Qo‘qonning
dastlabki hukmdorlari “biy” va “bek” unvoni bilan mamlakatni idora qilgan
bo‘lsalar, Olimxon davridan boshlab (1805 yil) hukmdorlar rasman “xon” deb
yuritila boshlandi.
O‘z davrida Olimxon harbiy yurishlar qilib o‘ziga yangi viloyatlarni , jumladan
Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent, Turkistonni bo‘ysundirishga muvaffaq
bo‘ldi. Qisqa muddat O‘ratepani ham egalladi, Jizzax va Zominga yurishlar qildi.
Harbiy islohatlar o‘tkazib, markazlashgan va kuchli davlat tuzish uchun harakat
qilayotgan Olimxonning siyosatidan norozi bo‘lgan ayrim zodagonlar guruhi unga
qarshi fitna tayyorlay boshladilar. Olimxon o‘z hokimiyatini mustahkamlash
maqsadida ukasi Rustambekni, bir nechta sarkardalarni, din peshvolarini o‘ldirtirib
yuboradi. Manbalarning ma’lumot berishicha, bu voqealardan so‘ng kuchayib
ketgan fitnachilarga Olimxonning ukasi Umarbek boshchilik qilgan. Natijada, 1810
yilda Olimxon Toshkentdan Qo‘qonga qaytayotganda, Oltiqush mavzesida o‘g‘li
Shohruhbek bilan birga Qambar Mirza tomonidan otib o‘ldiriladi.
Manbalarga ko‘ra, Umarxon (1810-1822 yy.) hukmdorligi davrida yirik yer
egalari, harbiy sarkardalar va ruhoniylarning mavqei yanada oshadi. U davlat
boshqaruvi ishlarida izchil tartib, qonun – qoidalar o‘rnatdi va diniy ishlarni tartibga
soldi. Natijada, 1818 yilda Umarxon ruhoniylarnng roziligi bilan “amir al-muslimin”
unvonini olib ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatga ega bo‘ladi.
Muhammad Hakimxon ma’lumotlariga ko‘ra, Umarxon davrida Amir Temur
va Sulton Husayn Boyqaro zamoniga taqlidan unvon va lavozimlar joriy etilib,
ularga hokimiyatga yaqin shaxslar tayinlanadi.
Shuningdek, Olimxon zulmidan qochib ketgan ayrim amaldorlar Umarxon
xizmatiga qaytib kelib, lavozimlarni egallaydilar.
Manbalarning guvohlik berishiga qaraganda, Qo‘qon xonligining O‘rta Osiyo
mintaqasidagi siyosiy jarayonlar va o‘zaro munosabatlarga faol aralashuvi ham
Umarxon davridan boshlanadi. O‘z darvida Umarxonning elchilari Xiva, Xitoy va
Turkiya davlatlariga jo‘natilganligi ma’lum.
N.Petrovskiy Umarxon hukmronligi davri haqida quyidagi ma’lumotlarni
beradi: “Umarning xonligi ham oldingi xonlarnikidek davom etdi, ya’ni, u o‘z
yerlarini kengaytirdi. Bu xon davrida Turkiston viloyati musulmonlarning Hazrat
(Sulton al-orifin Ahmad Yassaviy davf etilgan Turkiston) shahri bilan birga zabt
etildi. Umarxon halq sevib ardoqlagan xonlardan biri bo‘ldi. Qo‘qonda ikki qator
she’r tarqalgan bo‘lib, unda Umarxon haqida juda iliq va yaxshi so‘zlar aytilar edi”.
1822 yilda Umarxon kasallanib vafot etganidan so‘ng taxtga uning o‘g‘li
Muhammadalixon (Madalixon) (1822-1842 yy.) o‘tiradi. Uning hukmronligi
davrida Qo‘qon honligining hududi yanada kengayib, qirg‘izlarning ba’zi tumanlari
xonlikka qo‘shib olinadi hamda Ko‘lob, Hisor, Badaxshon, Darvoz, Maschoh kabi
viloyatlar Muhammadalixon hukmronligini tan oladilar.
Manbalarga ko‘ra, Muhammadalixon hukmronligining dastlabki yillari yaxshi
va odilona kechgan. U 1826-1831 yillar davomida Qashg‘arga yurishlar qilib, bu
yerdagi musulmonlarni xitoyliklar zulmidan ozod qildi hamda 70 ming uyg‘ur
musulmonlarini Andijon viloyatiga ko‘chirib keltirdi. Natijada din peshvorlari
Muhammadalixonga “G‘oziy” (“din homiysi”, “din yo‘lida kurashuvchi”) unvonini
berdilar.
1840 yilda Muhammadalixonning bosh maslahatchisi, davlatni boshqaruv
ishlarida katta tajribaga ega bo‘lgan Haqquli mingboshining tuhmatga uchrab xon
tomonidan qatl etilishi shusiz ham qaltis bo‘lib turgan vaziyatni yanada
keskinlashtirib yubordi. Undan tashqari xon davlat ishlariga loqayd bo‘lib, asosiy
vaqtini haramida o‘tkaza boshladi. Natijada davlatni boshqaruv ishlarida
suiste’molliklardan umumiy noroziliklar boshlanib, xonni ag‘darish uchun fitna
tayyorlana boshladi.
Lekin o‘z kuchlari bilan fitnani amalga oshirishga ko‘zi yetmagan bir guruh
Qo‘qon amaldorlari boshqa xon saylash maqsadida Buxoro amiri Nasrulloga noma
yozib, undan yordam so‘rashdi. Qo‘qon yurishi uchun bahona topolmay turgan Amir
Nasrullo bu taklifni tezda qabul qilib, 1842 yil aprelda Qo‘qonni bosib oldi.
Qo‘qondan oilasi bilan Namangan tomonga qochgan Muhammadalixon tutib
keltirilib, oilasining bir qismi bilan qatl ettirildi.
Amir Nasrullo Qo‘qon xonligining Buxoroga qo‘shib olinganligini e’lon qilib,
Qo‘qonda o‘z noibi Ibrohim dodhoh Mang‘itni qoldiradi. Ammo, Ibroxim
dodhohning Qo‘qon halqiga o‘tkazgan jabr-zulmi, soliqlarning haddan tashqari
oshib ketishi natijasida aholi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Buxoro hukmronligidan ozod
qilish
uchun
qipchoqlarni
yordamga
taklif
etadilar.
Qipchoqlar
Muhammadalixonning
qarindoshi
SHerali
boshchiligida
Qo‘qonga
kelib,
buxoroliklarni tor-mor etdilar hamda SHeralixon (1842-1845 yy.) taxtni egalladi.
Qipchoqlar esa shu vaqtdan boshlab uzoq vaqt xonlikda yetakchi mavqega ega
bo‘ldilar.
Qo‘qonda bo‘lgan voqealardan xabar topgan amir Nasrullo 1842 yilning kuzida
yana Qo‘qonga yurish qildi, ammo bu safar unga omad kulib boqmadi.
Muhammadalixon davrida yuzboshi bo‘lgan Musulmonquli qipchoq Nasrulloning
ishonchiga kirib Qo‘qonga keladi va qo‘qonliklarni taslim bo‘lishga ko‘ndirish
o‘rniga bir tan - bir jon bo‘lib amir Nasrulloga qarshi kurashga chorlaydi. Uning
maslahatiga ko‘ra Qo‘qonda himoya vositalari kuchaytirildi. Bir oydan ziyodroq
Qo‘qonni qamal qilgan amir Nasrullo o‘ziga qarshi suiqasd uyushtirilayotligi hamda
xivaliklar chegaraga joylashgan Buxoro qishloqlariga hujum qilayotganligi haqidagi
xabarni olib Buxoroga qaytishga majbur bo‘ldi.
Buxoroliklarning ketishi bilan Qo‘qon xonligida bir muddat tinchlik va
osoyishtalik hukm surdi. SHeralixon keksa odam bo‘lib oqko‘ngil va muloyim inson
edi. Uning davrida barcha davlat lavozimlarini qipchoqlar egallab, davlat
boshqaruvini o‘z qo‘llariga oldilar.
Ammo, 1845 yilda Buxoroda bo‘lgan Olimxonning o‘g‘li Murodxon
(Qo‘qonda 11 kun xon bo‘lgan) amir Nasrulloning yordami bilan Qo‘qonga kelib
SHeralixonni qatl etadi va taxtni egallaydi. Bu paytda Namanganda bo‘lgan
mingboshi Musulmonquli bu voqeadan xabardor bo‘lgach SHeralixonning besh
o‘g‘lidan biri Xudoyorxonni olib Qo‘qonga keladi hamda uni xonlik taxtiga
o‘tqazadi (1845-1853, 1863, 1865-1875 yy.). 16 yoshga kirgan Xudoyorxonning
yoshligidan foydalangan Musulmonquli mamlakatni deyarli o‘zi boshqardi.
Xudoyorxonning birinchi xonligi davrida ikkita kuch – o‘troq aholi va ko‘chmanchi
turkiy qabilalar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash xonlikning asosiy muammosiga
aylandi.
Umuman olgan, XIX asrning o‘rtalariga kelib Qo‘qon xonligidagi siyosiy
jarayonlar hamda ichki ahvol yanada og‘irlashgan edi. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra,
buning sababi birinchidan, o‘troq aholi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lgan
qipchoqlar hokimiyatni tan olmaganlar. Xonlik hududlaridagi ba’zi viloyat
hukmdorlari Musulmonqo‘lga qarshi chiqdilar. Ikkinchidan, hokimiyatda yuqori
mavqeni egallash hamda xonga ta’sir o‘tkazish uchun qipchoqlar orasida ham o‘zaro
kurashlar borardi. Bu kurashlarda qipchoqlarning qulon urug‘idan bo‘lgan
Musulmonquli ham faol ishtirok etgan. Uchinchi sabab esa, qipchoqlarning o‘troq
aholiga nisbatan yuritgan siyosati edi. Qipchoqlar o‘troq aholiga nisbatan
bepisandlik nazari bilan qarab, boshqa elat va etnik guruhlarni kamsitganlar.
To‘rtinchidan esa, tashqi omil – Rossiya imperiyasining asta-sekinlik bilan xonlik
hududlariga bostirib kirishi siyosiy jarayonlarning yanada keskinlashuviga sabab
bo‘lgan edi.
1852 yilga kelib, Musulmonquli va qipchoqlarga qarshi kurash uchun o‘troq
mulkdorlar va toshkentlik zodagonlar Xudoyorxon atrofida birlashdilar. Bu kuchlar
yordamida Xudoyorxon Musulmonqulini 1853 yilda qatl etib, uning tarafdorlarini
yo‘q qilgani bilan taxt uchun kurashlarga barham bera olmadi. Bunday vaziyatda
xonlikning ichki ahvoli og‘irlashib, u faol tashqi siyosatdan ham ancha orqada qoldi.
1858 yilda SHeralixonning ikkinchi xotinidan bo‘lgan o‘g‘li Mallaxon
Xudoyorxonni taxtdan ag‘darib, o‘zini xon deb e’lon qildi. Mallaxon va Aliquli
qirg‘iz boshchiligida yangidan tiklangan ko‘chmanchilar guruhi uzoq hukm
surmadi. Aynan shu guruh a’zolari Mallaxonga qarshi til biriktirib, 1863 yil 25
fevralda uni o‘ldirdilar. Taxtga esa Xudoyorxonning akasi Sarimsoqbekning o‘g‘li
Shohmurod o‘tqazildi. Lekin, qo‘shin boshliqlari va saroydagi ko‘pchilik amaldorlar
unga qarshi fitna uyushtirib, Xudoyorxonga yana taxtga o‘tirishni taklif etib, odam
yuboradilar.
Bu paytda Mallaxon o‘limini eshitgan Xudoyorxon Amir Muzaffarning ruxsati
bilan Buxorodan Jizzaxga kelgan edi. Turkiston hokimi Qanoatshoh yordamida
qo‘shin yig‘ib, 1863 yilning mart oyida Jizzaxdan Toshkentga kelgan Xudoyorxon
Qo‘qonga qarshi yurish uchun Toshkent qo‘shini bilan Xo‘jandga keladi. Bu orada
amir Muzaffar ham Buxoro lashkari bilan Xo‘jandga keladi. Xudoyorxon Qo‘qonga
hujum qilishni rejalashtirayotga paytda, ya’ni, 1863 yilning 5 mayida shahar aholisi
unga shimoliy darvozalarni ochib berdilar. Natijada Qo‘qonda qirg‘in boshlanib,
Shohmurodxon o‘z tarafdorlari bilan Marg‘ilonga qochdi. Xudoyorxon ikkinchi
marta (1863 y.) taxtni qo‘lga kiritdi.
Ammo, xonlikdagi qirg‘iz-qipchoqlar Koson va Chust atroflarida qo‘zg‘olon
ko‘tardilar va To‘raqo‘rg‘onga hujum qildilar. Ular, hatto Toshkent atroflaridagi
qabila boshliqlariga noma yuborib madad berishni so‘radilar. Oqibatda Toshkent
atrofida qozoqlar qo‘zg‘olon ko‘tarib, Toshkentni qamal qildilar. Xudoyorxon
tomonidan yuborilgan qo‘shinlar bu isyonlarni bostirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Ammo, mag‘lubiyatga uchragan qirg‘iz-qipchoq boshliqlari taxt uchun kurashni
davom ettirdilar. Xususan, Shodmonxo‘ja, Said Mahmudxonto‘ra, Aliqulilar Sulton
Saidxon boshchiligida Marg‘ilon tomondan kelib Andijonni bosib oldilar va uning
atroflaridagi Baliqchi, Quva, Asaka, Shahrixon, O‘sh, Poytug‘ mavzelarini talon-
taroj qildilar. 1863 yil 26 aprelda Sulton Saidxonning qo‘shini Mingtutga kelib,
Qo‘qonni qamal qildi.
Amir Muzaffarning Xudoyorxonga yordami tufayli qirg‘iz-qipchoq lashkari
Asaka tomonga ketib, Qo‘rag‘ulcha darasida himoyaga o‘tdi. Qattiq kurashlardan
so‘ng 1863 yilning 24 iyulida Sulton Saidxon Qo‘qon taxtini (1863-1865 yy.)
egalladi. Xudoyorxon esa yana Buxoroga qochdi.
Xonlikdagi ichki nizolar tashqi dushmanlarga nihoyatda qo‘l kelgan edi.
Bunday vaziyatdan unumli foydalangan chor Rossiyasi qo‘shinlari 1864 yilda
Turkiston va Chimkentni bosib oldi. 1865 yil bahorida ular Toshkentga yaqinlashib,
Niyozbek qal’asini egalladilar. Uzoq qamaldan so‘ng 17 iyunda Toshkent egallandi.
Qo‘qondagi sarosimaliklardan foydalangan Xudoyorxon 1865 yilning yozida
amir qo‘shinlari yordamida so‘ngi marta Qo‘qon taxtini qo‘lga kiritdi. Shundan
so‘ng u amirning talablariga boshqa itoat etmay qo‘ydi. Xudoyorxon 1867 yil yanvar
oyida Rossiya bilan savdo bitimini, 1868 yil 13 fevralda Qo‘qon va Rossiya
shartnomasini imzoladi. Xudoyorxon 1868-1873 yillar oralig‘ida Rossiya bilan
munosabatlarini yaxshilash maqsadida Toshkentga ko‘plab sovg‘a- salomlar
yubordi. Shuningdek, Rossiya savdogarlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib
berdi. Natijada Qo‘qon xonligi amalda Rossiyaning vassaliga aylanib qoldi.
Xonlik hududida hukm surgan nisbiy osoyishtalik 1873 yilgacha davom etgan
bo‘lsa ham, hukmdor, uning yaqinlari va mahalliy hokimlarning jabr-zulmi hamda
qirg‘iz-qipqoqlarning qayta bosh ko‘tarishi natijasida bu yerlarda o‘zaro nizolar,
xalq chiqishlari boshlandi. Hususan, 1873 yilda Po‘latxon (asli ismi Mulla Ishoq
Hasan o‘g‘li) qirg‘izlar tomonidan xon qilib ko‘tarilib, u boshchiligida qo‘zg‘olon
ko‘tarildi. Saroydagi nufuzli amaldorlardan biri Abdurahmon oftobachi
Xudoyorxonni taxtdan ag‘darish va uning o‘g‘li Sayid Nasriddinbekni xon taxtiga
o‘tqazish maqsadida Po‘latxon bilan til biriktirdi va O‘rdada isyon ko‘tardi. Sayid
Nasriddinbek Abdurahmon oftobachi ko‘magida xon deb (1875-1876yy.) e’lon
qilindi. Xudoyorxon Nasriddinbek foydasiga taxtdan voz kechib, avval, Xo‘jandga,
undan Toshkentga qochdi.
Nasriddinbekning hokimiyat tepasiga kelishi ham mamlakatdagi siyosiy
vaziyatning keskinligini bartaraf eta olmadi. Buni tushunib yetgan Abdurahmon
oftobachi xonlik aholisini Rossiyaga qarshi kurashga safarbar qilmoqchi bo‘ldi.
Ammo, ruslarning qattiq qarshiligiga duch kelib Mahram yaqinidagi jangda ulardan
yengildi. Po‘latxon ham ruslarga qarshi kurashish maqsadida Qo‘qonga hujum
qilmoqchi bo‘lib turgan vaqtda, ya’ni, 1875 yil 25 sentabrda Nasriddixon Rossiya
imperiyasi hukumati bilan bitim tuzdi. Bu xabar tezda butun Qo‘qonga yoyilib aholi
yana isyon ko‘tardi va O‘rdaga hujum qildi. Nasriddinxon taxtni tashlab Xo‘jandga
qochdi. Marg‘ilonda Rossiya imperiyasi askarlariga qarshi aholini safarbar
qilayotgan Po‘latxon qo‘shiniga shaharliklar, madrasa talabalari va ko‘chmanchi
aholi vakillari kelib qo‘shildi. Ularga qo‘zg‘olon vaqtida bosqinchilar bilan
hamkorlik qilgan qishilar va xon oilasi vakillarini qatl etish buyurildi.
Bu paytda Namanganda bo‘lgan Skobelev Rossiya imperiyasining
topshirig‘iga asosan 1876 yil fevralida Qo‘qon xonligini butunlay bosib olishga
kirishdi. Abduraxmon oftobachi va Po‘latxon qo‘lga olindi. Abduraxmon oftobachi
Rossiyaning
Yekaterinoslav
guberniyasiga,
Nasriddinxon
esa
Vladimir
nuberniyasiga surgun qilindi. Shu tariqa, 1876 yil 19 fevralda 150 yildan ko‘proq
hukm surgan Qo‘qon xonligi tugatilib, uning hududlari Rossiya imperiyasi
tomonidan bosib olindi va uning o‘rniga Farg‘ona viloyati tashkil etildi.
2. MA’MURIY–HUDUDIY TUZILISHI VA AHOLISI.
Ma’muriy–hududiy tuzilishi va aholisi. XVIII asr oxirlarida xonlikning hududi
faqat Farg‘ona vodiysidan iborat bo‘lib, bu davrda Norbo‘tabiy vodiydagi barcha
beklik va viloyatlarni o‘z itoatiga kirgizib, ularni Qo‘qonga bo‘ysundirdi. Uning
davrida Andijon va Marg‘ilon viloyatlari vodiydagi eng katta mulklar edi. Olimxon
davrida xonlik hududlari Toshkent va uning atrofidagi yerlar hisobidan ancha
kengaydi. Tarixiy manbalarda Toshkent mulki - viloyat, shahar, Toshkent va Dashti
Qipchoq viloyati nomlari bilan tilga olinadi. Uning hududlariga Ohangaron, Chinoz,
Toshkent atrofi, Sirdaryo bo‘ylaridagi Turkiston shahri va uning atroflari kirgan. Bu
mulkning hokimlari manba va hujjatlarda hokim, hukmdor, voliy, noib atamalari
bilan tilga olinadi.
Umarxon davrida Xo‘jand, O‘ratepa va Jizzax atrofidagi yerlarga ham ketma-
ket yurishlar qilinib, 1817 yilda O‘ratepa bosib olinadi.
Muhammadalixon davrida xonlikning hududlari yanada kengayadi. Bu davrda
xonlik shimolda Rossiyaga qarashli Tashqi Sibir okrugi bilan, g‘arbda Xiva va
Buxoro amirligi bilan, janubda Qorategin, Darvoz va undan uzoqroqdagi yerlar –
Shug‘non, Ro‘shon va Vaxon (bu hudud Qo‘qonga nomigagiga qaram bo‘lgan)
Ko‘lob bilan, sharqda Qashg‘ar bilan chegaralangan. Xonlik yerlariga Sirdaryo bilan
Qorategin O‘rtasida joylashgan Farg‘ona hududlari, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida
joylashgan Namangan, Xo‘jand va boshqa shaharlar, Buxoro amirligi va Qo‘qon
xonligi o‘rtasida joylashgan Qurama viloyati, Turkiston, Sirdaryoning quyi
oqimidagi to Balxash ko‘ligacha bo‘lgan qirg‘izlar yashaydigan yerlar, ko‘chmanchi
qirg‘izlar yashaydigan Billur tog‘ining sharqiy etaklari, 1830 yildan boshlab g‘arbiy
etaklari ham kirgan.
XIX asr manbalarida Qo‘qon xonligi beklik, ba’zan viloyat va sarkorlik sifatida
tilga olingan ma’muriy – hududiy qismlarga bo‘lingan hamda ularni xon tomonidan
tayinlanadigan beklar, hokimlar va sarkorlar boshqargan. Ayrim manbalar (A. Kun)
Qo‘qon xonligidagi 15 ta beklikning nomini keltiradi. Bular: Qo‘qon va uning atrofi,
Marg‘ilon, Shahrixon, Andijon, Namangan, So‘x, Mahram, Buloqboshi, Aravon,
Baliqchi, Chortoq, Navkat, Koson, Chust va Bobo darhon. “Turkestanskiye
vedomosti” (1876, №13) to‘plamida esa Asaka, Marg‘ilon, Baliqchi O‘sh, So‘x,
Koson va O‘zgan sarkorlik sifatida ham tilga olinadi.
Hokimlar va hududiy bo‘linma boshliqlari xon oilasi a’zolari, unga yaqin
guruhlar, yuqori tabaqa vakillari hamda yetakchi qabilalar sardorlari orasidan
tayinlangan. Misol uchun, Xudoyorxon davrida yettita beklik xonning o‘g‘illari va
yaqin qarishdoshlari tomonidan boshqarilgan. O‘z navbatida hokimlar viloyat
hududlarini o‘zlarining farzandlari va qarindoshlariga bo‘lib berganlar. Qo‘qon
xonligining ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimida bek (hokim, voliy) va uning
o‘rdasi alohida o‘rin egallagan. Xon tomonidan tayinlangan hokim va qozi ko‘plab
vakolatlarga ega bo‘lgan.
Bek o‘rdasida ham xon saroyidagidek yuzlab amal va unvonlar joriy etilgan
bo‘lib, ular mahalliy aholidan yig‘iladigan soliq hamda to‘lovlar hisobidan kun
kechirishgan. Beklar xonning itoatkor vassallari bo‘lib, mamlakatni idora etishida
uni qo‘llab-quvvatlashlari, zarur bo‘lganda unga yordam berishlari, uning hurmat-
izzatini joyiga qo‘yishlari, kerakli vaqtda o‘z qo‘shinlari bilan harbiy yurishlarda
ishtiroq etishlari va sovg‘a-salomlar yuborib turishlari lozim bo‘lgan.
Qo‘qon honligida Qo‘qon, Toshkent, Andijon, Namangan, Marg‘ilon,
Chimkent, Jizzax, O‘sh, Xo‘jand, O‘ratepa kabi aholisining soni jihatidan katta,
hunarmandchilik va savdo rivojlangan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘nlab shaharlar mavjud bo‘lgan.
Xonlikning poytaxti Qo‘qon shahri bo‘lib, u mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy markazi edi.
XIX asrda xonlikning chegara hududlarini bir necha qal’a va istehkomlar
muhofaza qilgan. Ular jumlasiga Oqmasjid, Avliyoota, Pishpak, To‘qmoq, Qurtka,
Niyozbek, Mahram kabilarni kiritish mumkin. Chu vodiysi bo‘ylab bunyod etilgan
istehkomlar esa nafaqat chegara muhofazasi uchun, balki ularning atrofidagi shahar
va qishloqlarni itoatda ushlab turish uchun ham hizmat qilgan. Ushbu shahar va
qal’alarda harbiy qism hamda ularga boshliq bo‘lgan botirboshilar bo‘lgan.
Mudofaa maqsadlari uchun qurol va aslahalar saqlangan.
Xonlik tarkibiga kiruvchi hududlar aholisining joylashuvi va turmush tarzi bir
– biridan farq qilgan. Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysining sug‘orilib
dehqonchilik qilinadigan qismi aholi joylashuvi jihatidan zich bo‘lib, ular o‘troq
hayot kechirganlar. Sahro, tog‘ va tog‘ oldi tekisliklaridan iborat hududlarda
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi yashagan.
Xonlikdagi aholi soni haqida manbalar turli ma’lumotlar beradilar. Bu
ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asrning boshlarida xonlikda (Toshkent va Turkistonni
ham qo‘shib hisoblaganda) aholi soni 1 million, XIX asrning o‘rtalarida 1,5-2
million, XIX asrning ikkinchi yarmida 3 million kishi bo‘lgan bo‘lsa, Rossiya
imperiyasi tomonidan ko‘plab hududlarning bosib olinishi hamda ularning
bosqinchilar ma’muriyati tarkibiga kirishi natijasida xonlik tasarrufidagi Farg‘ona
vodiysida 2 millionga yaqin aholi qolgani taxmin qilinadi.
Aholi tarkibida o‘troq aholi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga
nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgan. XIX asr boshlarida aholining 40 foizdan ortig‘i
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lsa, shu asrning oxiriga kelib ular 15 foizni
tashkil etgan. Xo‘jalik mashg‘ulotlariga ko‘ra, o‘troq aholining asosiy qismi
dehqonchilik, hunarmandchilik, kosiblik hamda savdo-sotiq bilan band bo‘lsa,
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi chorvachilik bilan shug‘ullangan.
Qo‘qon xonligi aholisining ko‘pchiligi o‘zbeklar bo‘lib, mamlakat shahar va
qishloqlarida tojiklar ham yashagan. Xonlikda yana qirg‘izlar va qipchoqlar ham
istiqomat qilganlar. Ular Sirdaryoning boshlanish joylaridan Balxash ko‘ligacha
bo‘lgan tog‘li rayonlardan to Qashg‘ar chegarasigacha bo‘lgan yerlarda, Yettisuv,
Talas vodiysi, Oloy tog‘lari, Badaxshon, Farg‘ona vodiysi hududlarida ko‘chmanchi
va yarim ko‘chmanchi hayot kechirishgan. Bundan tashqari, Farg‘ona vodiysida
qoraqalpoqlar, Toshkent atroflarida qozoqlar, xonlikning sharqiy qismida, Qo‘qon
xonligini Buxoro va Rossiyadan ajratib turadigan cho‘llarda ko‘chmanchi qozoqlar
yashaganlar.
Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, XIX asrning boshlarida qirg‘izlar,
qalmoqlar, uyg‘urlar, qoraqalpoq, qozoq va qipchoqlar Xitoy hukumati tazyiqi
ostida Sharqiy Turkistondan Farg‘ona vodiysigacha ko‘chib kelishga majbur
bo‘lganlar. Shuningdek, xonlikning ayrim shaharlarida lo‘lilar, hindlar, afg‘onlar,
arablar va boshqa Osiyo xalqlari istiqomat qilganlar. Turkiston general-
gubernatorligi tashkil topganidan so‘ng yahudiylar, armanlar va boshqa millat
vakillari ham yashaganlar.
3. DAVLAT BOSHQARUVI. MANSABLAR VA UNVONLAR.
Davlat boshqaruvi. Mansablar va unvonlar. O‘zbeklarning ming qabilasi
(urug‘i) boshliqlaridan biri Shohruhbiy asos solgan Qo‘qon xonligidagi davlat
boshqaruv tizimi o‘rta asrlarda Movarounnahrda hukm surgan musulmon davlatlari
boshqaruv tizimidan farq qilmas edi. Xonlikda Buxoro amirligida bo‘lgani kabi
Amir Temur davrida shakllangan hamda Shayboniylar davrida qisman islohot qilgan
davlat boshqaruvi va tizimi mavjud bo‘lgan.
Xonlikda eng oliy va markaziy unvon xon unvoni bo‘lib, uning hukumati
cheklanmagan. Farmon berish va uning bajarilishini nazorat etish salohiyatlari
xonning qo‘lida bo‘lgan.
Xonlikning ming qabilasidan bo‘lgan hokimlar turli yillarda Shahrisabz, Urgut,
Mog‘iyon, Urmitan viloyatlari va bekliklarida ham hukm surganlar. Olimxon
davrigacha (1798y.) ming urug‘i boshliqlari XIX asrning boshlarida biy unvoni bilan
hokimiyatni boshqarganlar. Olimxon 1805 yilda o‘zini rasman xon deb e’lon qildi.
Xon unvoni bilan hokimiyatni boshqargan Umarxon (1810-1822yy.) 1818 yilda
o‘zini “amir ul-muslimin” deb e’lon qildi. 1822 yilda Muhammad Alixon ham hon
unvoni bilan taxga o‘tirgan.
Xon avlodlari xonzoda, amirzoda, mirzoda, shahzoda, to‘ra deb atalganlar.
Xonlikdagi davlat nizomi mutlaq yakka hokimlik bo‘lib, xonning o‘zi
cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lsa-da, ma’lum tarixiy davrlarda uning salohiyati
va hokimiyati cheklanib, saroy amaldorlari hamda qo‘shin boshliqlarining xonga
ta’siri kuchli bo‘lgan. Bunga Musulmonqulining mingboshi va otaliq bo‘lgan
davrini (Xudoyorxon davrida, 1844-1852yy.) yoki Aliqulining amirlashkarlik va
vazirlik davrini (Sulton Sayidxon, 1863-1865 yy.) misol qilib keltirish mumkin. Bu
holat xonning siyosiy kuch qudrati ma’lum iqtisodiy asoslarga hamda ma’lum
ijtimoiy guruhlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan deyishga asos bo‘ladi.
Mamlakatda xon eng katta va yirik mulkdor bo‘lib, xonlik hududidagi barcha
boyliklarga, yer, suv, qo‘riq yerlar, ko‘lu anhorlarga egalik qilgan. Ulardan
keladigan zakot, xiroj, tanobona va boshqa soliqlar shaklidagi daromadlar xon
xazinasini muntazam ravishda to‘ldirib turgan. Xon va uning qarindoshlari, saroy
ahli va ma’muriyat, qo‘shinlar va qo‘shin boshliqlari asosan soliqlar hisobidan
rag‘batlantirilgan.
Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, xon saroyida mingboshi boshchilik qiladigan
Kengash tuzilgan bo‘lib, bu kengash saroydagi davlat ahamiyatiga molik muhim
ishlarni ko‘rib chiqqan. Dasturxonchi, risolachi va boshqa muhim amaldorlar a’zo
bo‘lgan ushbu kengash davlat boshqaruvida muhim ahamiyatga ega edi.
Qo‘qon xonligida asosan Olimxon, Umarxon va Muhammad Alixonlar davrida
(1798-1842 yy.) davlat boshqaruvi va davlatchilik ichki va tashqi siyosat ancha
barqaror hamda nisbatan tinch rivojlangan. Ammo XIX asrning o‘rtalariga kelib
Qo‘qon xonligi inqirozga uchray boshlaydi. Tadqiqotchilar ushbu inqirozning asosiy
sabablari sifatida o‘troq xalq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklarni, o‘zaro nizo va urushlarni, xon taxti uchun olib borilgan kurashlarni,
Buxoro amiri bilan bo‘lgan nizolar va dushmanliklar, saroy amaldorlarining
xoinliklari kabilarni ko‘rsatadilar. Bularning natijasida iqtisodiy hayotda taraqqiyot
pasayib, ijtimoiy tarqoqlik kuchayib bordi va davlat inqirozga yuz tutdi.
Qo‘qon xonligida unvonlar va mansablar ular ijrochilarining vazifalari hamda
martabalariga qarab harbiy, harbiy-ma’muriy, saroy unvon va mansablari hamda
ma’muriy vazifalari, diniy mansab va unvonlar hamda diniy qozixona amallariga
bo‘linar edi.
Xon saroyida quyidagi harbiy mansab va unvonlar joriy etilgan:
- Amir ul-umaro – amirlar amiri. Xon tomonidan keng vakolatlar berilgan
(davlatdagi muhim ishlar, amaldorlarni amalga qo‘yish va olish, davlatdagi ichki
tartibni saqlash, saroydagi tartib – intizom kabilar) shaxs bo‘lib, xondan keyingi eng
yuqori mansab hisoblangan;
- Amirlashkar – amir ul-umarodan keyingi mansab. Qo‘qon xonligida
mingboshi harbiy unvonining vazifalari, darajasi amirlashkarlikka teng bo‘lgan;
- Mingboshi – ma’mur sifatida ming nafar otliq askar beradigan mulkning
hokimi. Bu unvondagi shaxs harbiy yurishlar vaqtida qo‘shinni boshqarib,
lashkarboshi unvonini olgan. Bu unvonning egasi vazirlikka ham da’vogar bo‘lgan.
Bu unvon SHeralixon davrida (1842-1844 yy.) yuqori darajadagi vazifaga aylanib
ketgan;
- Botirboshi – botir bahodirlar boshlig‘i. Besh yuz kishidan ko‘p lashkarga
boshchilik qilgan. Viloyatlarda botirboshi harbiy va qo‘shin ishlariga mas’ul edi.
Botirboshi ba’zan qurilish hamda sug‘orish ishlariga ham boshchilik qilgan. (Ulug‘
nahr arig‘i, Otabek botirboshi).
- Qo‘shbegi – harbiy qo‘shinning boshlig‘i. Bu mansab yurish va jang
vaqtlarida berilib, uning egasi mingboshi unvonini olishga da’vogarlik qilgan hamda
alohida viloyatga ham hokim bo‘lishi mumkin edi.
- Voli yoki voliy (noib, muovin) – tobe etilgan viloyat va tumanlarda xonning
o‘rinbosari. Viloyatlarda lashkar unga itoat etgan hamda u viloyatning harbiy
ma’muriy ishlariga boshchilik qilgan.
- Qal’abon yoki kutvol – Qo‘qon xonligining chegeralarida joylashgan qal’a
va istehkomlarining hokimi bo‘lib, shu hududlarning harbiy-ma’muriy, xiroj va boj
olish ishlariga javobgar bo‘lgan. Harbiy maqsadga ko‘ra, qal’abon vazifasiga
dodxohdan qushbegigacha bo‘lgan shaxslar tayinlangan.
- Qo‘rboshi – qo‘rxona ya’ni aslahaxona boshlig‘i. Bu mansab egasi xon va
mingboshiga itoat etgan. Qo‘rboshi qo‘rxona, miltiqxona, to‘pxonalarga boshchilik
qilib,xomashyo topib kelishdan tortib to tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ularni
xon qaroriga binoan tarqatib berish jarayoniga javobgar bo‘lgan.
- Yofar – soqchilar boshlig‘i. Bu mansab egasining guruhi yuz nafar askardan
iborat bo‘lgan. Yofar o‘z guruhining hisob-kitobi, yillik xarajatini askarlari uchun
xazinadan olib bergan. Manbalarda yofarlar g‘allagir (g‘alla oluvchi), javgir
(bug‘doy oluvchi) va sarpo oluvchi sifatida ham qayd etilgan.
- To‘pchiboshi – to‘pchilar, zambarakchilar guruhi boshlig‘i.
- To‘qsabo – o‘zlarining tug‘iga ega bo‘lgan harbiy guruhning boshlig‘i.
- Ponsadboshi – besh yuz nafar askardan iborat guruh rahbari.
- Yuzboshi – yuz kishilik harbiy dasta boshlig‘i.
- Panjohboshi – ellikboshi, ellik nafarli harbiy guruh boshlig‘i.
- Dahboshi – o‘n kishilik harbiy guruh boshlig‘i.
- Qorovulbegi – soqchilar va qorovullar boshlig‘i.
Harbiylar qatoriga askar, sarboz, nukar, sipohi, mergan, mahram, botur,
to‘pchi, zanbarchi, qo‘rchi, qorovul kabilar ham kirib, qo‘shin safida, nog‘orachi,
surnaychi, to‘g‘chi (bayroqdor) kabilar ham xizmat qilganlar. Bu harbiy unvonlar
orasida mingboshidan ponsadboshigacha bo‘lganlari oliy unvonlar, qo‘rboshidan
qorovulboshigacha bo‘lganlar o‘rta unvonli mansablar, qolganlari esa past unvonlar
hisoblangan. Elikboshidan mingboshigacha bo‘lgan harbiy lavozimdagi amaldorlar
o‘z xizmatlariga mulozimlar olganlar. Ponsadboshidan yuqori mansabdagi
harbiylarga yana mirzolar va munshiylar ham hizmat qilgan. Manbalarda
harbiylarga saroydan yiliga turli hajmdagi maosh berilganligi qayd etilgan.
Qo‘qon xoligidagi saroy unvon va mansablari quyidagilar edi:
- Otaliq – xon yoki xonzodaning murabbiysi, ularning homiylari. Ular
tarbiyalagan xonzoda taxtga o‘tirganidan so‘ng, otaliqlar ham yuqori mansab va
unvonlarni egallaganlar.
- Beklarbegi – beklarning begi. Bu unvon xonning vorisiga yoki ba’zi
viloyatlarning hokimiga berilgan.
- Biy – turkiy qabilalarning boshliqlari.
- Devonbegi – xon devonining boshlig‘i, Qo‘qon xonligi viloyatlaridan
Toshkent va Dashti qipchoq mulkida ham devonbegi mansabi bo‘lgan.
- Xazinachi – davlat xazinasining hisob-kitobiga javobgar shaxs.
Xazinachilar viloyat markazlarida ham faoliyat yuritgan.
- Inoq – xonning xos va sirdosh mulozimi.
- Eshikog‘asi yoki chehraog‘asi – eshik oldidagi soqchi, posbon. Xon
mahramlari va soqchi-mulozimlarining boshlig‘i. Notanish kishilarni xon huzuriga
ijozatsiz qo‘ymaslikka javobgar shaxs.
- Parvonachi – bu unvon egasi xon nomiga kelgan xat va arizalarni saroyga
olib kirib, javobini olib chiqqan. Bu unvon boshqa unvon sohiblariga ham berilgan.
- Dodxoh – xon oldiga fuqarolarning xohish-istak hamda maqsadlarini bayon
etish huquqiga ega mansab, saroy unvoni.
- Dasturxonchi – xon dasturxoniga, umuman, oshxonasiga javobgar saroy
mansabi.
- Saroy qorovulbegisi – xon o‘rdasining soqchilariga boshliq bo‘lgan saroy
amaldori.
- Tunqator – tun bo‘yi uyg‘oq bo‘ladigan soqchi. Xonning dam olishi va
yurishlari vaqtida qo‘riqchilik qilib, xonning yaqin kishilaridan tayinlanadigan
amaldor.
- Oftobachi – xonning xos mulozimlaridan bo‘lib, uning yuvinishi va tahorati
vaqtida xizmat qiladigan amaldor.
- Sharbatdor – eng oliy va faxriy unionlardan bo‘lib, xonning xos majlislari
va safarlarida hizmatda bo‘lgan.
- Hidoyatchi – xon saroyiga yuborilgan tortiq va sovg‘alarni qabul qilib olib,
xon nazaridan o‘tkazuvchi amaldor.
- Shig‘ovul – saroyga tashrif buyurgan elchilar va choparlarni xon huzuriga
boshlab kiruvchi amaldor. Manbalarga ko‘ra, bu mansabdagi amaldorning vazifalari
keng bo‘lgan.
- Sarkor – saroydagi xon amaldorlarining boshlig‘i. Bu mansabdagi shaxs
xonga tegishli shifoxonalar, korxonalar hamda qurilish ishlariga ham boshchilik
qilgan.
- Qushbegi (mirishkor) – ov paytida xonga hamrohlik qiladigan mansab
egasi. Qushbegining ovchi itlari, lochin va burgutlari bo‘lib, ov paytidagi xonning
dam olish jarayonlariga ham bu shaxs javobgar bo‘lgan.
- Salomog‘asi – xon nomidan xalqqa salom beruvchi.
- Kitobdor – saroy kitobxonasi uchun javob beradigan amaldor.
- Risolachi – elchilar va ularning xat-xabarlariga javob berish uchun mas’ul
bo‘lgan saroy amaldori.
- Jam’og‘a – xonning suhbati, qabuli hamda bazmlariga ishtirok etuvchilarga
xabar berib, chaqirib keladigan saroy amaldori.
- Jarchi – xalq yig‘iladigan ommaviy joylarda xonning farmon va
buyruqlarini jar solib (baland ovoz bilan) e’lon qiladigan shaxs.
- Chopquchi – pichoq yasovchi, xon saroyidagilar uchun qurollar (pichoq,
xanjar qilich) yasab, qo‘rchi vazifasini ham bajargan.
- Shotir – xon rikobi oldida yuradigan hizmatchi, odamlarni xon kelishidan
xabardor etib, ularni ta’zimga chorlab turgan.
- Udaychi - xon rikobi oldida yurib, uning sha’niga baland ovoz bilan
maqtovli so‘zlar va hamdu sanolar aytib boruvchi hizmatchi.
Yuqoridagi amal va mansab egalari o‘z hizmatlari evaziga yillik maosh (pul,
ot, qo‘y, g‘alla ko‘rinishida) olganlar. Bundan tashqari, ularga tegishli yer-mulklar
ham berilgan.
Butun o‘rta asrlar musulmon davlatlarida bo‘lgani kabi Qo‘qon xonligidagi
musulmon ruhoniylari ham alohida imtiyozlarga ega bo‘lgan ijtimoiy tabaqa
hisoblangan. Xonlikdagi davlat boshqaruvida, ta’lim – tarbiyada, sud ishlarida
hamda jamiyat hayotining turli sohalarida ularning fikri katta ahamiyat kasb etgan.
Qo‘qon xonligida qo‘yidagi diniy va qozixona mansab, unvon hamda amallari
mavjud bo‘lgan:
- Shayx ul-islom – dindorlarning eng oliy unvoni bo‘lib, 1818 yilda Umarxon
tomonidan joriy etilgan.
- Xoja kalon – fikh olimi (huquqshunos) ning faxriy unvoni.
- Xalifa – o‘rinbosar. Qo‘qondagi naqshbandiya, qalandariya, yassaviya
taraqqiyotlarining rahbarlari.
- A’lam – faqih, olim hamda shariat qonun – qoidalarning bilimdoni.
- Oxund – bilimli va madrasada o‘qiydigan kishi.
- Sudur – vaqf mulklarining daromadlari hamda hisob – kitobiga javobgar
mansabdor.
- O‘roq – vaqf yerlarining xiroj va soliqlariga mas’ul shaxs, O‘roq shaklidagi
nishonni sallasiga taqib yurgan.
- Mudarris – madrasada ta’lim beruvchi ustoz.
- Imom va imom xatib – masjid imomi hamda juma nomozlarida xutba o‘qib
xizmat qiladigan imom.
- Muazzin – musulmonlarni namozga chaqiruvchi, azon aytuvchi.
- Qozi ul – qo‘zzot – qozilar qozisi (adliya vaziri).
- Qozi kalon – xonlik poytaxti hamda viloyatlar markazlaridagi qozilar va
qozixonalar ustida nazorat qiluvchi amaldor.
- Qozii askar – qo‘shin qozisi.
- Tarakachi – meros qolgan mol-mulklarni merosxo‘rlarga taqsimlab (taraka)
beruvchi shaxs.
Xonlikdagi diniy va qozilik lavozimida bo‘lganlar davlat tomonidan
belgilangan maosh hamda turli ehsonlar hisobidan kun ko‘rganlar. Madrasa, masjid,
mozorlar o‘zlarining vaqf mulklariga ega bo‘lib, shu mulk daromadidan o‘z
xizmatchilariga maosh berganlar. Vaqf mulklariga muttavali mutasaddi – boshliq
edi.
4. QO’QON XONLIGINING TUGATILISHI
Markaziy Osiyoni zabt etish tashabbusini Pyotr I boshlab bergan u 1817- yili knyaz
Bekovich Cherkas 6574 kishilik qo`shini 3727 piyoda, 617 otliq askarlar, 2000
qozoq, 230 dengizchilar va 22 ta to`pni Xivani egallashga yubordi.Xorazmxoni
Sherg`ozixonning ishbilarmonligi, tadbirkorligi bilan olib borilgan jang tufayli
Bekovich Cherkaskiy sarbozlari qirib tashlandi. Chor ma`murlari Qo`qon xonligini
tamomila egallash uchun faqat XVIIi asrning o`zida Qozog`iston yerlarida 46 ta
katta va 96 ta kichik harbiy istexkomlar qurdilar. 1864-yil 16-iyunga qadar chor
armiyasi qo`shinlari ikki yo`nalish bo`yicha mustaqil harakatni davom ettirgan. Sibir
–Yerkend tomonidan 8- g`arbiy sibir 21-sibir qozoq armiyasi batareyasi Orenburg –
Xiva yo`nalishi bo`yicha esa 4- Orenburgliniya batyoni 1864 yildan boshlab 2-
Orenburgliniya 1-Vzvozdi, 1865 yilda Turkiston viloyatining tashkil etilishi bilan 6-
va 9- Orenburg liniyalari batolyoni janub tomondan o`z xarakati davom ettirib
shahar va qishloqlarni birin ketin egallab bordi.45 1847 yili general Obruchev orol
dengizining shimoliy qirg`og`ini egallab Rai`m qal`asini barpo etdi. 23-avgustda
polkovnik Yerofev 200 kazak va saldatlar hamda 2 to`p bilan Xiva qo`shinlarini tor-
mor keltirdi. Jahon Xo`ja qal`asini egalladi. ―Nikolay‖ va ―Konstantin‖ nomli
kemalar bilan orol flotiliyasini tashkil etdi. 1848-yili Xiva xonligida qarashli
Xo`janiyoz qal`asini qo`lga kiritildi va vayron qilindi. 1852-1853-yillarda polkovnik
Blaramberg va Graf Petrovskiy bo`linmalari Qo`qon xonligiga qarashli Kumush,
Qo`rg`on, Chimqo`rg`on, qo`shqo`rg`on va Oq masjid (qizil o`rda)ni egalladi. 1860-
yili Pishpakni olish uchun chor qo`shinlari bilan Qo`qon qo`shinlari o`rtasida
to`qnashuv yuz berdi. Palkovnik Simmerman qo`shini Qo`qon xonligining
beshming kishilik qo`shinini tor-mor keltirib, To`qmoq va Pishpek qal`alarini
egalladi. Bu hol butun xonlikda xalq noroziligini kuchaytirdi. O`zbek Qozoq va
Qirg`izlar Toshkent hokimini qanoat shoh boshchiligida yigirmaming sarboz
birlashtirdi. G`azovat e`lon qiladilar. Pishpak ostonalarida qonli to`nashuvlar bo`ldi.
Dushman askarlaridan 13 kishi o`ldirildi va yigirma uch kishi jarohatlanadi. 576
nafar sarboz, shundan 23 nafar sarboz boshlig`i asrlikka olingan. 1863- yili yozida
polkovnik Chernyayev Sirdaryo yoqasidagi Suvzoq qal`asini Rossiya mulkiga