QORAQALPOG‘ISTON TURISTIK MINTAQASI.
Reja:
1.
Qoraqalpog‘iston turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi o‘rni.
2.
Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.
3.
Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.
4.
Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.
1.Qoraqalpog‘iston turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi o‘rni.
Qoraqalpog‘iston turistik mintaqasi. Ustyurt - O’zbekistonning shimoliy-
g’arbi – Qoraqalpog’istonda joylashgan plato (yer yuzasi kam parchalangan
yassi tekislik). Uning maydoni juda katta (200 ming km2 ), yo’llari asfaltsiz,
o’nqir-cho’nqir yo’llardan iborat bo’lgani uchun ham ekoturistik
marshurutlar “djip ” rusumdagi mashinalar, samolyot yoki vertolyotlarda
olib borilgani maqul. Ustyurtning sayyohlarni o’ziga jalb qiladigan
ekoturistik obyektlariga :
- “chink”- dunyoda eng katta va yagona 60-150 metrlik tik qoyali jarlar
bilan o’ralgan plato, doimiy oqar suvlarga ega bo’lmagan, lekin yer osti
suvlariga ega supasimon tekisligi;
- davolash xususiyatiga ega bo’lgan juda katta (1000 km2) tuzli
Borsakelmas sho’rxoki. Unda o’simlik dunyosi deyarli yo’q. Osh tuzi va
balchiqli tuzning qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi ochilgan
Qo’ng’irot soda zavodi aynan Borsakelmas tuzlari hisobiga qurilgan ;
- neolit davridan qolgan “ustyurt makoni”. Unda 60 yaqin qadimiy
odamlar yashagan tabiiy obyektlar aniqlangan. Ularning ichida ham
tarixiy ham ekoturistik ahamiyatga moyili “Tempa” makoni bo’lib,
undan arxeolog S.P. Tolstov boshchiligidagi Xorazm ekspedisiyasi 1300
dan ortiq chaqmoqtosh qurollari topilgan.
2.Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.
Orol va Orolbo’yi rayoni ekologik inqirozli ekoturistik hudud bo’lgani
uchun ham unda yuzaga kelgan ekologik inqiroz holati asosiy ekoturistik
obyekt bo’lib hisoblanadi. Ekoturistik marshurutlar bir paytning o’zida ham
Orolning qurilgan, ham uning ta’sirida turgan Orol atrofi hududlarini
qamrab olishi zarur. Ekoturlar nafaqat trekking (piyoda) yoki tuya va
otlarda, balki samolyot va vertalyotlar orqali ham amalga oshirish lozim. Zero
u masofadan turib katta va tekis maydonni yuqoridan turib vizual kuzatish
imkoniyatini beradi. Orol dengizining shimoliy g’arbiy qismida joylashgan va
kundan kunga kattalashib borayotgan Borsakelmas oroli insonlarni atrof
tabiiy muhitga salbiy ta’sirini aks ettiruvchi ekoturistik obyektdir. Unda
Qozog’iston Respublikasi Borsakelmas qo’riqxonasi tashkil qilgan.
Amudaryoning o’zaniga yaqin har ikkala sohillarida to’qayzorlar mavjud
bo’lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft ko’rinishlardan
bo’lib hisoblanadi. Quyi Amudaryoning o’ng sohilida to’qay langshaftidagi
qushlar va hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto’qay qo’riqxonasi
tashkil etilgan. Unga ma’rifiy-ma’naviy maqsadda tashrif buyurishni
uyushtirish mumkin. Ornitafaunani saqlash uchun Xorazm buyurtmaxonasi
tashkil etilgan. Bulardan tashqari Qizilqumning g’arbiy qismida,
Amudaryoning o’ng qirg’og’ida, kembriy va kembriygacha burmalangan tog’
jinslari ochilmalaridan iborat, balandligi 485 metrlik Sulton Uvays tog’lariga
ekoturlar uyushtirish mumkin. Amudaryo rayonida O’zbekistonning ko’hna
shaharlaridan biri Xorazm joylashgan. Xorazmdagi arxitektura yodgorliklari
tarixiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Ekoturlarni tarixiy turlar
bilan kompleks olib borish tavsiya etiladi.
3.Mintaqaning turistik resurslari salohiyati