O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
ARXIVSHUNOSLIK YO‘NALISHI
O‘ZBEKISTONING DAVLAT MUASSASALARI TARIXI
FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
QORAXONIYLAR DAVRIDA HARBIY BOSHQARUV
1
Mavzu: Qoraxoniylar davrida harbiy boshqaruv
Reja:
Kirish…………………………………………………………………..……...…..3
1.Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi………………………………...……4-6
2.Qoraxoniylar davlati hukmdorlar boshqaruvi…………………………....….7-10
3.Harbiy va ma’muriy boshqaruvlar, lavozimlar……………………....……11-15
Xulosa…………………………………………………………………..……….16
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………17
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Davlat tarixchiligining ajralmas bo‘lagi hisoblangan
Qoraxoniylar davlati haqidagi asl tarixni, ularni davlat boshqaruvi, hududiy
tuzilishi harbiy boshqaruvi haqidagi ma'lumotlarni kelajak avlodga to‘liq
yetkazishdan iborat.
Mavzuning o'rganilish darajasi: Davlatimiz tarixi uchun alohida ahamiyatga ega
bo'lgan Qoraxoniylar haqidagi aniq va keng ma'lumotlarni akademik
A.S.Sagdullayev, Z Saidboboyev muharrirligi asosida chop etilgan ,,Davlat
muassasalari tarixi " B.Eshov, A.Odilov, Azamat Ziyo tomonidan amalga
oshirilgan izlanishlari natijasida bilib olishimiz mumkin.
Mavzuning maqsad va vazifalari: Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi davlat
boshqaruvi haqidagi tarixni asl ko'rinishini o‘quvchi yoshlarga yetkazishdir.
Davriy chegarasi: 927-1212 yillarni o‘z ichiga oladi.
3
1.Qoraxoniylar davlatini tashkil topishi
Qoraxoniylar davlati yoki qisqacha Qoraxoniylar — 840-1212 yillar oraligʻida Oʻrta
Osiyo va Movarounnahrda hukmronlik qilgan turk sulolasi. Bu Markaziy Osiyoda
barpo etilgan birinchi islom sulolasidir.
Afzal qarashga ko‘ra, Qoraxoniylar davlati qarluq turkiy qabilalariga mansub edi.
389/999-yillarda
Ilekxon
(388-403/998-1013)
qo‘mondonligi
ostidagi
qoraxoniylarning hujumlari ularga Movarounnahr hududidagi hukmronlikni qo‘lga
kiritish imkonini berdi.
Bu hujumlar Somoniylar davlatining qulashi haqida ham xabar berdi. Chunki
hujumlardan keyin Qoraxoniylar davlati mintaqadagi Somoniylar davlatining koʻp
joylarini bosib oldi. Qoraxoniylar davlati ichki nizolar va boʻlinishlar bilan koʻp
davrlarni boshidan kechirdi. Bo‘linishlar va ichki nizolar, tabiiyki, davlat
boshqaruvida sheriklik tizimini qo‘llash natijasida sodir bo'lgan. Chunki davlatda bir
vaqtning o‘zida ikki xil hukmdor bo‘lgan: Buyuk xon va oddiy xon. Buyuk Xon
davlatning sharqiy qismida istiqomat qilgan va sharqiy tomonni boshqargan. Boshqa
Xon g‘arbda istiqomat qilib, davlatning g‘arbiy qismini boshqargan.
Davlat nomi: Qoraxoniylar davlati yoki Turk xoqonligi — 840—1212 yillar
oraligʻida markazi hozirgi Qirgʻizistonda joylashgan Oʻrta Osiyo yerlarida
hukmronlik qilgan turk davlati1.Ayrim tarixiy manbalarda bu saltanat “Ilexon
saltanati” deb yuritiladi. Topilgan tangalarning koʻpchiligida “Ilek (Ilik, qoʻl va
boshqalar)” tipik soʻz bor. Masalan, islomiy manbalarda Ali ibn al-Asir bu sulola
nomini al-Hoqoniya, al-Haniya yoki al-Afrasiya deb taʼriflagan.
Tarixshunoslik va uslubga ko‘ra, eng to‘g‘ri nomenklatura "Et-Türkü‘l-Hakaniyye"
ya‘ni Kasgarli Mahmud aytganidek , "Turk xoqonligi" deganidir.
Davlat nomi ikki turkiy soʻzdan iborat: Kara va Xan. “Kara” turkchada qora va
zodagonlikni bildiradi, “xon”, toʻgʻrirogʻi xoqon esa tanhu, jabg‘u, yabgʻu, ilbey
kabi hukmdorlarga beriladigan turkcha unvondir.
1 Karayev O. Qoraxoniy xoqonligi tarixi. Frunze. 1983.
4
Omeljan Pritsak masalani boshqa tomondan tushuntirdi. Qora, qizil, oq va ko‘k
turklarda to‘rt yo‘nalishni ifodalaydi. Kompas shimoliy tomonni ko‘rsatadi va
aksariyat shaharlarda bu yo‘nalishlarning darvozalari alohida nomlanadi.Balxning
shimoli, ya‘ni Karaning yo‘nalishi (tomoni) turk darvozasidir. Janub darvozasi hind,
gʻarbiy darvozasi yahudiy, sharqiy darvozasi esa xitoy. Qora kuchli, ulug‘vor va
jasur degan ma‘noni ham anglatadi. Shuning uchun ular bu nomni olishlari kerak
edi.Mahmud G‘azniyga xitoylar tomonidan berilgan “Qoraxon” atamasi ham xuddi
shunday ma’noga ega. "Qora" buyuklik, balandlik va ustunlikni anglatadi. [14]
Tashkil topishi 840 yilda [15] Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh
yagʻma" yoki "ilakxon" boshchiligidagi Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu
davlat tarkibiga turli turkiy urugʻlar - qarluqlar, chigillar, argʻular, yagʻmolar va
boshqa xalqlar kirgan boʻlib, ular 960-yilga qadar islom dinini qabul qilganlar.
Qoraxoniylar
davlati
Movarounnaxrda
Qoraxoniylar
davlatining
saltanat
darajasidagi rivoji va taraqqiyoti 10-asrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Abdulkarim
Sotuq Bugʻroxon hokimiyatni egallab, oʻzini "Qoraxon" deb eʼlon qiladi.
Bugʻroxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu unvon bilan ulugʻlangan.
Qoraxoniylar hukmronligini Movarounnaxrda oʻrnatilishi 999-yili qoraxoniylar
yana Buxoroni ishgʻol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar.
Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal boʻlishiga
olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgʻardan Amudaryogacha choʻzilgan Sharqiy
Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qadimgi Soʻgʻd yerlarini oʻz ichiga olgan.
1005-yilgacha somoniylarning soʻnggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan
muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning koʻpsonli qoʻshini pirovard gʻalabani
taʼminlagan. Bogʻdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oʻz
hukmronligini oʻrnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar
tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga
topshirganlar. Elikxon Nasr 1012-yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin
vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gʻaznaviylar davlatiga
qarshi muntazam urushlar olib borishadi, 11-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan
davlatiga tobe boʻlib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan,
5
soʻngra Samarqandga koʻchirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe boʻlgan.
Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda koʻplab binokorlik ishlarini
amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon
dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoʻshishgan.
Oqibatda Qoraxoniylar davlati 1040-yilga kelib 2 mustaqil davlatga: sharqiy
va gʻarbiy qismga boʻlinib ketadi. Sharqiy qismiga Yettisuv, Qashqar, Taroz, Isfijob,
Shosh va Sharqiy Fargʻona kirgan. Poytaxti Bolasogʻun, madaniy markazi Qashqar
boʻlgan. Gʻarbiy qism Movarounnahrdan to Fargʻona vodiysining gʻarbiy
chegarasigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga oladi. Markazi Samarqand hisoblangan.
Yagona Qoraxoniylar davlati bu tarzda ikkiga boʻlinishi va ular
oʻrtasida sulolaviy kurashlarning davom etishi, yerdan foydalanishga iqto
tartibotining keng yoyilishi va mahalliy hokimlarning kuchayishi markaziy
hokimiyatni zaiflashtirib qoʻyadi. Natijada Qoraxoniylar davlati 1130-yil
saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarga tobe boʻlib qoladi. 12-asrning 30-yillari
oxirida
Qoraxoniylar
davlati
sharqdan
kelgan
yangi
istilochilar
—
koʻchmanchi qoraxitoylar hujumiga duchor boʻlib, parchalanib ketdi2. Lekin
Qoraxoniylar davlati, garchi tarqoq holda boʻlsa-da, 13-asr boshiga qadar
mavjud boʻlgan. 1212-yilda qoraxoniylarning soʻnggi vakili Usmon ibn
Ibrohimning Aloud-din Muhammad Xorazmshoh tomonidan qatl etilishi
qoraxoniylarni sulola sifatida rasman barham topishiga olib keldi.
2 Istoriya Uzbekskiy SSR. T. 1. Kniga pervaya. 1955, s. 255.
6
2.Qoraxoniylar davlati hukmdorlar boshqaruvi
Qoraxoniylar davlat boshqaruvi yuqoridan quyiga qarab shakllantirilgan boʻlib,
davlat viloyatlarga boʻlib idora qilingan. El-yurt hokimlari eloqxon deb nomlanib,
bu unvon egalari "elning oq xoni", yaʼni "buyuk xon" qoraxondan nufuz va
darajasiga koʻra keyingi oʻrinda turuvchi "kichik xon" hisoblangan. Elokxonlar
xoqon noibi boʻlishsa-da, oʻlkada oʻz nomlari bilan tanga-chaqalar zarb etib, ichki
va tashqi siyosatda mustaqillikka intilishgan. Eloqxonlar orasida, Movarounnahr
eloqxoni katta obroʻga ega boʻlib, u, odatda, Samarqandda turgan. Bu davrda
viloyatlarni "takin" unvonidagi kishilar boshqargan. "Takin" atamasi dastlab qadim
turkiylarda xoqon vorisi, valiahdiga nisbatan qoʻllanilib, keyinchalik harbiy
lashkarboshilar unvoni sifatida ham ishlatilgan. somoniylar va qoraxoniylar davriga
kelib "takin" unvonidagi harbiy lashkarboshilar ayni vaqtda biron-bir viloyat
noibligini ham boshqargan. Qoraxoniylar davrida takinlarning nufuzi oshgan.
Chunki harbiy yurishlar vaqtida ular davlat hayotida muhim ahamiyatga ega
boʻlgan. Shaharlar boshqaruvi esa shahar hokimi, rais va muhtasiblar qoʻlida
boʻlgan. Ular shaharning ichki hayoti va ijtimoiyiqtisodiy ravnaqi uchun masʼul
hisoblangan. Diniy hayotda islom dini davlat mafkurasi darajasiga koʻtarilgan.
Davlatning mustahkamligi va goyaviy birligi uchun qoraxoniylar ruhoniylar bilan
yaqin va doʻstona munosabatda boʻlishga intilishgan. Bu davrda imomlar, saidlar,
shayxlar va sadrlarga eʼtibor kuchayib, ularning obroʻsi nihoyatda baland boʻlgan.
Bu esa davlatning siyosiy hayotida ular taʼsirining kuchayishi va vaqf yerlarining
kengayishiga olib kelgan3.
Qoraxoniylar davlat boshlig’i lavozimi merosiy xisoblanib, ma’muriy idoralar
ikkiga-dargox va devonga bo’lingan. Ulug’ xojib lavozimidagi amaldor xoqon va
fuqaro o’rtasidagi qushi (xarbiy lageri) xonto’y deb atalgach, bu yerda xar doim
to’qqizta bayroq xilpirab turgan. Elchilar yalavoch yoki yalafar deb atalgan, davlat
el va viloyat hududlariga bo’lingan.
3 Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000.
7
Qoraxoniylarning davlat tepasiga kelishi Movarounnaxr jamiyati xayotida ham
o’zgarishlar yasaldi. Alohida mulklar boshqaruvi, ma’muriy idoralar somoniylar
davridagi tartiblarga muvofiq kelar, ijtimoiy mansab va boshqalarda farq katta
emasdi. Bu davrda dexqonlar o’zlarining ijtimoiy tuzumdagi xukumronlik mavqeini
yo’qotdi. Qoraxoniylar davriga kelib, jamiyatning ijtimoiy bo’g’inlari quydagicha
shakilga ega bo’ldi:
eloqxon-xoqondan keyingi pog’onada turuvchi amaldor. U xoqon xonadoniga
mansub bo’lib, viloyatning mulk soxibi xisoblangan: iqtidorlar-qoraxoniylar
davlatining tayanch qatlami, martabalariga ko’ra bir-birlaridan farq qilganlar islom
dinining peshvolari-imomlari, sayyidalar, shayxlar, sadrlar.
Xokimlar, raislar, muxtasiblar va xokazo.
Tariqchilar-ziroatchilarning turkcha nomi.
Xunarmandlar
Savdogarlar
Ko’chmanchilar-chorvadorlar.
Qoraxoniylar davrida oddiy xalq butun deb atalgan. Soliq to’lovchi fuqaro
raiyat, qabila boshliqlar bek, savdogarlar sart deb atalgan. Xoqon, vaqf, jamoa
mulklari qoraxoniylar tasarrufidagi asosiy yer-mulklar xisoblangan. Qoraxoniylarda
xuquqiy munosabatlar islom dini an’analariga asoslangan xolda yuritilgan va islom
dini peshvolarining mavqei davlatda birmuncha yuqori bo’lgan. Shuningdek,
qoraxoniylar ko’chmanchi turkiyqabilalarga xos tartib-qoidalarga ham rioya
etganlar manbalarda keltirilgan (Nizomulmulk, Ibn al Asir va boshq).
Shunga qaramay, qoraxoniylar raxbarlari islom dini va shariatga amal qilish
bilan o’z davlatlarining xuquqiy asoslarini saqlay olganlar, va unga qattiq rioya
etganlar.
Xorazm davlati o’z mustaqilligiga g’aznaviylar va saljuqiylar xukmronligiga
qarshi kurash jarayonida erishdi. Xorazmshohlar markaziy davlat boshqaruvi «al-
majlis ul oliy al faxri at-toji» deb nomlangan bo’lib, unga vazir boshchilik qilgan.
Vazir bevosita shohga bo’ysingan va uning vazifalari Quyidagilardan iborat
bo’lgan:
8
-asxob ad-davovin, ya’ni, devonamaldorlarining boshlig’i bo’lib, yuqori
mansab soxiblarini ishga tayinlash va bo’shatish bilan shug’ullangan.
-davlat amaldorlariga nafaqa(arzaq) belgilash.
-davlat amaldorlarini hayot uchun zaruriy maxsulotlar bilan ta’minlashni
belgilash.
-soliq va xazinani nazorat qilish.
-xukmdorni xalqaro aloqalar, rasmiy
marosimlarda rasmiy tanishtirish, raiyat bilan munosabatlarda vositachilik
qilish.
-xukmdorni xalqaro aloqalar, rasmiy marosimlarda rasmiy tanishtirish, raiyat
bilan munosabatlarda vositachilik qilish:
-xukmdorga muntazam xamroxlik qilish, qo’shinga boshchilik qilish.
Vazirliklarda sadr, dastur, xojayi buzurg kabi unvonlar bo’lgan. Xorazm
vazirlari asosan Xorazm, Buxoro, Nishopur, Isfaxon, Balx, Xirotdan chiqqan
shaxslardan tayinlangan. Xorazmshohlar saroyida shuningdek, quydagi qator
lavozimlar ham mavjud edi:
-Xojib ul-kabir yoki xojib ul-xos xukmdor shaxsi bilan bog’liq masalalar va
ularga doimiy xamroxlik, eng zarur vazifalarni bajarish bilan shug’ullanganlar.
-Ustozdor-barcha xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi amaldor.
-Amir oxur-otxona boshlig’i lavozimi.
-Amir shikor-sultonning ov ishlari boshlig’i.
-Tashtdor, Sharobdor, kissador, choshnigir, davotdor, farrosh, amir al-alam va
boshqa unvonlar xorazmshohlar saroyi boshqaruv tizimini tashkil etgan4.
Manbalarda keltirilishicha (muxammad Bag’dodiy), Xorazmda axolining turli
qatlamlari va ular o’rtasidagi tafovutlar o’ziga xos shakillangan: Sayyidlar–
payg’ambar avlodi sanalib, katta xurmatga sazovor bo’lgan. Imomlar va olimlar–
ijtimoiy hayotda ancha ustunlikka ega bo’lgan va davlat ishlariga o’zlarining
maslahatlari va yo’l–yo’riqlari bilan ta’sir etgan.
4 Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000.
9
-Qozilar va hokimlar–xuquq va tartibot ishlarini nazorat qilgan va amalga
oshirganlar.
-Tasavvuf vakillari–faqirona hayot kechirganlar, xalq tomonidan nihoyatda
e’zozlangan, hukmdorlar ham ularni hurmat qilganlar va ulardan ko’pincha duo
tilaganlar.
-Oqsoqollar - qishloq, qasaba, urug’ qabilalari boshliqlari.
-Amaldorlar va sipohiylar.
-G’oziylar – islom dini uchun kurashuvchilar.
Mehnatkashlar qatlami va martabalar o’rtasidagi farqlar somoniylardagi singari
edi. Bu davrda ham iqto’ yerlari berish davom etgan.
10
3.Harbiy va ma’muriy boshqaruvlar, lavozimlar
Qoraxoniylar davlatchilik tizimi oʻzidan oldin oʻtgan Turk xoqonligi, Turkash
davlati kabi turkiy davlatlarning davlatchilik tajribasi va anʼanalariga asoslangan.
Qoraxoniylar sulolasi davlat boshqaruvida bu tajribalardan unumli foydalanib, oʻz
navbatida, uni rivojlantirib, yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. Qoraxoniylar
davlati dastlab tashkil topgan vaqtda (9-asr oʻrtasi) maʼmuriy-boshqaruv tizimi,
qabilalarning oʻzaro ittifoqi negiziga asoslangan edi. Bunda davlat boshligʻi
"yabgʻu" deb nomlangan. Oʻlkadagi barcha qabilalar yabgʻuga boʻysungan, ayni
vaqtda yabgʻu oʻzi hukmronlik qilayotgan hududdagi barcha qabilalarni tashqi
hujumlardan himoya qilgan. Joylarda har bir qabilani oʻz sardorlari boshqargan.
Qabila sardorlari ayni vaqtda, shu qabilani harbiy sarkardasi boʻlib, xoqon noibi
hisoblangan. Harbiy hara-katlar vaqtida ular yabgʻuning buyrugʻiga binoan oʻz
harbiy boʻlinmalari bilan urushda qatnashishgan.
X-asr oxirida Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yag`ma"
yoki "elikxon" boshchiligidagi qoraxoniylar davlati tashkil topadi5. Bu davlat
tarkibiga turli turkiy millatlar - qorluqlar, chigillar, arg`ular, yag`malar va boshqa
xalqlar kirgan bo`lib, ular 960 yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. 992 yili
elikxon Bug`ra boshchiligidagi qoraxoniylar qo`shini Movarounnahr hududiga
bostirib kiradi. Qoraxoniylar g`alabasiga Bug`raxon bilan Xurosonning somoniy
hokimi Abuali Simjur o`rtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi
Foiqning sotqinligi sabab bo`lgan. Natijada qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishg`ol
etadilar, amir Nuh esa Chorjo`yga qochishga majbur bo`ladi. Ammo Bug`raxon
kasallanib, o`z vatani Koshg`arga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar
Buxorodan katta o`lja bilan qaytadilar.
Qoraxoniyalarning yangi yo`lboshchisi bo`lgan elikxon Nasr Buxoroga qayta
hujum uyushtiradi. 995-996 yillarda Nuh II Sabuh Tegin madadi bilan qoraxoniylar
hujumini daf etadi. 999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni yana ishg`ol etib, amir
5 Sagdullaev A., Mavlonov O’. O’zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi.- Toshkent: Akademiya, 2006.