QORIN PARDANING KLINIK ANATOMIYASI: QORIN PARDANING YO‘NALISHI, PARIETAL VA VISSERAL QORIN PARDA, QORIN BO‘SHLIG‘I TOPOGRAFIYASI. QORIN PARDANING JINSGA NISBATAN FARQLARI

Yuklangan vaqt

2025-09-06

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

25,2 KB


 
 
 
 
 
QORIN PARDANING KLINIK ANATOMIYASI: QORIN PARDANING 
YO‘NALISHI, PARIETAL VA VISSERAL QORIN PARDA, QORIN 
BO‘SHLIG‘I TOPOGRAFIYASI. QORIN PARDANING JINSGA 
NISBATAN FARQLARI. 
 
 
Qorin parda - peritoneum. 
 
Qorin parda - peritoneum - qorin bo‘shlig‘i devorini va qorin bo‘shlig‘idagi 
a’zolarni o‘rab turadigan seroz parda. Bu parda ikki qavatdan: tunica serosa va tela 
subserosa lardan tashkil topgan.  
Qorin bo‘shlig‘i devorining ichki tarafini qoplaydigan seroz parda - parietal 
qorin parda - peritoneum parietale; qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni o‘rab turgan 
seroz parda - visseral qorin parda - peritoneum viscerale deyiladi. Parietal va 
visseral qorin pardalar o‘zaro tutashgan bo‘lib, bu ikki qorin parda orasida qorin 
pardalar aro bo‘shliq - cavitas peritonei joylashadi. Qorinning oldingi devoridagi 
serbar mushaklar ichki tarafdan parietal qorin parda bilan qoplangan. Qorin oldingi 
devorining pastki qismida 5-ta kindik sohasiga yo‘nalgan burma ko‘rinadi. Toq 
holda, o‘rtadagi burma plica umbilicalis mediana va juft holdagi plica umbilicalis 
mediales hamda plica umbilicale laterales.  
Chov kanali sohasida esa, chov chuqurchasi - fossa inguinales,son kanali 
sohasida esa son chuqurchasi - fossa femoralis bo‘ladi. Qorin oldingi devoridan 
qorin parda diafragma yuzasiga yo‘naladi. Diafragma yuzasidan seroz parda visseral 
qorin pardaga davom etadi. Natijada diafragma bilan jigar orasida o‘roqsimon 
Logotip
QORIN PARDANING KLINIK ANATOMIYASI: QORIN PARDANING YO‘NALISHI, PARIETAL VA VISSERAL QORIN PARDA, QORIN BO‘SHLIG‘I TOPOGRAFIYASI. QORIN PARDANING JINSGA NISBATAN FARQLARI. Qorin parda - peritoneum. Qorin parda - peritoneum - qorin bo‘shlig‘i devorini va qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni o‘rab turadigan seroz parda. Bu parda ikki qavatdan: tunica serosa va tela subserosa lardan tashkil topgan. Qorin bo‘shlig‘i devorining ichki tarafini qoplaydigan seroz parda - parietal qorin parda - peritoneum parietale; qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni o‘rab turgan seroz parda - visseral qorin parda - peritoneum viscerale deyiladi. Parietal va visseral qorin pardalar o‘zaro tutashgan bo‘lib, bu ikki qorin parda orasida qorin pardalar aro bo‘shliq - cavitas peritonei joylashadi. Qorinning oldingi devoridagi serbar mushaklar ichki tarafdan parietal qorin parda bilan qoplangan. Qorin oldingi devorining pastki qismida 5-ta kindik sohasiga yo‘nalgan burma ko‘rinadi. Toq holda, o‘rtadagi burma plica umbilicalis mediana va juft holdagi plica umbilicalis mediales hamda plica umbilicale laterales. Chov kanali sohasida esa, chov chuqurchasi - fossa inguinales,son kanali sohasida esa son chuqurchasi - fossa femoralis bo‘ladi. Qorin oldingi devoridan qorin parda diafragma yuzasiga yo‘naladi. Diafragma yuzasidan seroz parda visseral qorin pardaga davom etadi. Natijada diafragma bilan jigar orasida o‘roqsimon
boylam lig. falciforme hepatis,  tojsimon boylam - lig. coronarium hepatis, 
uchburchaksimon boylam - lig. triangulare dextrum et sinistrum hosil bo‘ladi.  
Jigarni o‘rab olgan visseral qorin parda o‘ng buyrak yuzasiga lig. hepatorenale 
vositasida davom etadi. Jigar darvozasidan me’da kichik egriligigacha lig.  
hepatogastricum boylami, jigar darvozasi sohasidan 12 barmoqli ichak 
yuzasigacha lig.  hepatoduodenale boylami yo‘naladi.  
Lig. hepatogastricum hamda lig. hepatoduodenale boylamlari umumiy holda 
kichik charvi - omentum minus deyiladi. Kichik charvi omentum minus quyidagi 
boylamlardan hosil bo‘ladi:  
a) lig. hepatophrenicum – jigarning chap tojsimon boylamining qismi;   
b) lig. hepatoesophageale – jigarning visseral yuzasidan qizilo‘ngachning 
qorin qismiga yo‘nalgan boylam;   
v) lig. hepatogastricum – jigarning visseral yuzasidan oshqozonning kichik 
egriligiga yo‘nalgan boylam;  
g) lig. hepatoduodenale - jigarning visseral yuzasidan o‘nikki barmoqli 
ichakga yo‘naladigan boylam.  
Me’daning kichik egriligi sohasida qorin parda ikki varaqga ajralib me’dani 
hamma tarafdan o‘rab olgan holda katta egrilik sohasida ikki parda o‘zaro 
uchrashadi.  Qorin parda katta egrilikdan pastga ichaklarning oldingi yuzasidan 
yo‘naladi va chanoq sohasida qayrilib yuqoriga ko‘tariladi. Ikki varaqdan iborat 
bo‘lgan qorin parda qorin bo‘shlig‘ining orqa devoridagi parietal qorin pardaga 
davom etadi. Bu sohadagi qorin pardaning pastki varag‘i esa qorin bo‘shlig‘ining 
orqa devoridan ko‘ndalang chambar ichak tutqichini hosil qilishda qatnashadi. 
Me’daning katta egriligi bilan ko‘ndalang chambar ichak visseral qorin pardalari 
orasi qo‘shilib ketishi natijasida, ichaklarning oldingi sohasida to‘rt qavatli seroz 
parda tashkil bo‘ladi va bu hosilaga katta charvi - omentum majus deyiladi.  
Katta charvi - omentum majus tarkibi quyidagi boylamlardan hosil bo‘ladi:  
a) lig. gastrophrenicum – diafragma bilan oshqozon orasidagi boylam;  
b) lig. gastrosplenicum – oshqozon bilan taloq orasidagi boylam;  
Logotip
boylam lig. falciforme hepatis, tojsimon boylam - lig. coronarium hepatis, uchburchaksimon boylam - lig. triangulare dextrum et sinistrum hosil bo‘ladi. Jigarni o‘rab olgan visseral qorin parda o‘ng buyrak yuzasiga lig. hepatorenale vositasida davom etadi. Jigar darvozasidan me’da kichik egriligigacha lig. hepatogastricum boylami, jigar darvozasi sohasidan 12 barmoqli ichak yuzasigacha lig. hepatoduodenale boylami yo‘naladi. Lig. hepatogastricum hamda lig. hepatoduodenale boylamlari umumiy holda kichik charvi - omentum minus deyiladi. Kichik charvi omentum minus quyidagi boylamlardan hosil bo‘ladi: a) lig. hepatophrenicum – jigarning chap tojsimon boylamining qismi; b) lig. hepatoesophageale – jigarning visseral yuzasidan qizilo‘ngachning qorin qismiga yo‘nalgan boylam; v) lig. hepatogastricum – jigarning visseral yuzasidan oshqozonning kichik egriligiga yo‘nalgan boylam; g) lig. hepatoduodenale - jigarning visseral yuzasidan o‘nikki barmoqli ichakga yo‘naladigan boylam. Me’daning kichik egriligi sohasida qorin parda ikki varaqga ajralib me’dani hamma tarafdan o‘rab olgan holda katta egrilik sohasida ikki parda o‘zaro uchrashadi. Qorin parda katta egrilikdan pastga ichaklarning oldingi yuzasidan yo‘naladi va chanoq sohasida qayrilib yuqoriga ko‘tariladi. Ikki varaqdan iborat bo‘lgan qorin parda qorin bo‘shlig‘ining orqa devoridagi parietal qorin pardaga davom etadi. Bu sohadagi qorin pardaning pastki varag‘i esa qorin bo‘shlig‘ining orqa devoridan ko‘ndalang chambar ichak tutqichini hosil qilishda qatnashadi. Me’daning katta egriligi bilan ko‘ndalang chambar ichak visseral qorin pardalari orasi qo‘shilib ketishi natijasida, ichaklarning oldingi sohasida to‘rt qavatli seroz parda tashkil bo‘ladi va bu hosilaga katta charvi - omentum majus deyiladi. Katta charvi - omentum majus tarkibi quyidagi boylamlardan hosil bo‘ladi: a) lig. gastrophrenicum – diafragma bilan oshqozon orasidagi boylam; b) lig. gastrosplenicum – oshqozon bilan taloq orasidagi boylam;
v) lig. gastrocolicum – oshqozon bilan ko‘ndalang chambar ichak orasidagi 
boylam; 
g) lig. phrenicosplenicum – diafragma bilan taloq orasidagi boylam;  
d) lig. splenorenale – taloq bilan chap buyrak orasidagi boylam;  
ye) lig. pancreaticosplenicum – taloq bilan oshqozon osti bezi orasidagi 
boylam;   
m) lig. pancreaticocolicum – ko‘ndalang chambar ichak bilan oshqozon osti 
bezi orasidagi boylam; 
n) lig. splenocolicum – taloq bilan ko‘ndalang chambar ichak orasidagi 
boylam;  
o) lig. phrenicocolicum – diafragma bilan ko‘ndalang chambar ichak orasidagi 
boylam. 
Qorin bo‘shlig‘ini orqa devori sohasidagi parietal qorin parda ingichka ichak 
devorini o‘raydigan visseral qorin pardaga ingichka ichak tutqichlari - mesenterium 
- holida yo‘naladi. Ingichka ichak tutqichining, qorinning orqa devoriga birikish 
ildiziga radix mesenteri deyiladi. Qorin orqa devoridagi qorin parda yo‘g‘on 
ichakning ko‘tariluvchi va tushuvchi qismlarini uch tarafdan o‘rab oladi. Yo‘g‘on 
ichakning ko‘r ichak, ko‘ndalang chambar ichak hamda S - simon ichak qismlari 
qorin parda bilan hamma tarafdan o‘ralganligida tutqichlar hosil bo‘ladi. Bu 
to‘tqichlar chuvalchangsimon o‘simta sohasida mesoappendix, ko‘ndalang 
chambar ichak sohasida mesocolon transversum, S – simon ichak sohasida 
mesocolon sigmoideum deb nomlanadi.   
To‘g‘ri ichakning esa yuqori qismi introperitoneal, o‘rta qism mezoperitoneal, 
pastki qismi esa ekstraperitoneal holda o‘raladi.  
Qorin orqa devoridan qorin parda chanoq sohasida to‘g‘ri ichakdan siydik 
pufagiga yo‘naladi. Ayollarda esa to‘g‘ri ichakdan bachadon yuzasiga va so‘ngra 
siydik pufagiga yo‘naladi. Siydik pufagidan so‘ng visseral qorin parda, qorin oldingi 
devorining ichki yuzasiga davom etadi.  
Visseral va parietal qorin parda varaqlari orasidagi bo‘shliqni uch qavatga 
ajratgan holda o‘rganish mumkin: yuqori qavat; o‘rta qavat; ostki qavat.  
Logotip
v) lig. gastrocolicum – oshqozon bilan ko‘ndalang chambar ichak orasidagi boylam; g) lig. phrenicosplenicum – diafragma bilan taloq orasidagi boylam; d) lig. splenorenale – taloq bilan chap buyrak orasidagi boylam; ye) lig. pancreaticosplenicum – taloq bilan oshqozon osti bezi orasidagi boylam; m) lig. pancreaticocolicum – ko‘ndalang chambar ichak bilan oshqozon osti bezi orasidagi boylam; n) lig. splenocolicum – taloq bilan ko‘ndalang chambar ichak orasidagi boylam; o) lig. phrenicocolicum – diafragma bilan ko‘ndalang chambar ichak orasidagi boylam. Qorin bo‘shlig‘ini orqa devori sohasidagi parietal qorin parda ingichka ichak devorini o‘raydigan visseral qorin pardaga ingichka ichak tutqichlari - mesenterium - holida yo‘naladi. Ingichka ichak tutqichining, qorinning orqa devoriga birikish ildiziga radix mesenteri deyiladi. Qorin orqa devoridagi qorin parda yo‘g‘on ichakning ko‘tariluvchi va tushuvchi qismlarini uch tarafdan o‘rab oladi. Yo‘g‘on ichakning ko‘r ichak, ko‘ndalang chambar ichak hamda S - simon ichak qismlari qorin parda bilan hamma tarafdan o‘ralganligida tutqichlar hosil bo‘ladi. Bu to‘tqichlar chuvalchangsimon o‘simta sohasida mesoappendix, ko‘ndalang chambar ichak sohasida mesocolon transversum, S – simon ichak sohasida mesocolon sigmoideum deb nomlanadi. To‘g‘ri ichakning esa yuqori qismi introperitoneal, o‘rta qism mezoperitoneal, pastki qismi esa ekstraperitoneal holda o‘raladi. Qorin orqa devoridan qorin parda chanoq sohasida to‘g‘ri ichakdan siydik pufagiga yo‘naladi. Ayollarda esa to‘g‘ri ichakdan bachadon yuzasiga va so‘ngra siydik pufagiga yo‘naladi. Siydik pufagidan so‘ng visseral qorin parda, qorin oldingi devorining ichki yuzasiga davom etadi. Visseral va parietal qorin parda varaqlari orasidagi bo‘shliqni uch qavatga ajratgan holda o‘rganish mumkin: yuqori qavat; o‘rta qavat; ostki qavat.
Qorin parda bo‘shlig‘ining yuqori qavati diafragma va yo‘g‘on ichak 
ko‘ndalang qismining tutqichi mesocolon transversum orasida joylashadi.  
Qorin parda bo‘shlig‘ining o‘rta qavati ko‘ndalang chambar ichak tutqichi 
mesocolon transversum bilan katta chanoq bo‘shlig‘i orasida joylashadi.  
Qorin parda bo‘shlig‘ining pastki qavati kichik chanoq bo‘shlig‘i sohasiga 
to‘g‘ri keladi.  
1. Yuqori qavatda uchta qopcha (bo‘shliq) hosil bo‘ladi:  
a) jigar qopchasi (bo‘shlig‘i) - bursa hepatica;  
b) me’da oldi qopchasi (bo‘shlig‘i) - bursa pregastrica;  
v) charvi qopchasi (bo‘shlig‘i) - bursa omentalis.  
Bursa hepatica sohasida jigarning o‘ng bo‘lagi joylashadi. Uning devorlarini 
diafragma, lig. coronarium hepatis lar tashkil etadi. Bu bo‘shliq sohasida o‘ng 
buyrak uchi va o‘ng buyrak usti bezi ham joylashadi.  
Bursa pregastrica sohasida jigarning chap bo‘lagi, me’daning oldingi yuzasi, 
taloq joylashadi. Bu bo‘shliqning devorlarini: lig. coronarium sinistra, me’daning 
oldingi yuzasi, lig. gastrolienale, lig. phrenicolienale lar tashkil etadi.  
Vursa omentalis me’daning orqasida joylashadi. Bu bo‘shliqning devorlarini: 
qorin bo‘shlig‘ining orqa devori, diafragma, ko‘ndalang chambar ichakning tutqichi, 
lig.  gastrolienale, diafragma - taloq boylami lig. phrenicosplenium, kichik charvi 
boylamlari lig. hepatogastricum, lig. hepatoduodenale tashkil etadi. Kichik charvi 
boylamlari orasida charvi bo‘shlig‘iga teshik va charvi daxlizi foramen et 
vestibulum bursae omentalis joylashadi. Charvi bo‘shlig‘ida jigarning chap 
bo‘lagi, me’da osti bezi, 12 barmoqli ichak, chap buyrak va chap buyrak usti bezi 
joylashadi.  
Qorin bo‘shlig‘ining o‘rta qavat bo‘shlig‘ida ingichka ichak va yo‘g‘on 
ichakning qismlari joylashadi. Bu bo‘shliqning qorin yon devori bilan yo‘g‘on 
ichakning ko‘tariluvchi qismi orasida o‘ng yon kanal - canalis laterales dexter hosil 
bo‘ladi. Qorin yon devori bilan yo‘g‘on ichakning tushuvchi qismlari orasida esa 
chap yon kanal - canales lateralis sinister joylashadi.  
Logotip
Qorin parda bo‘shlig‘ining yuqori qavati diafragma va yo‘g‘on ichak ko‘ndalang qismining tutqichi mesocolon transversum orasida joylashadi. Qorin parda bo‘shlig‘ining o‘rta qavati ko‘ndalang chambar ichak tutqichi mesocolon transversum bilan katta chanoq bo‘shlig‘i orasida joylashadi. Qorin parda bo‘shlig‘ining pastki qavati kichik chanoq bo‘shlig‘i sohasiga to‘g‘ri keladi. 1. Yuqori qavatda uchta qopcha (bo‘shliq) hosil bo‘ladi: a) jigar qopchasi (bo‘shlig‘i) - bursa hepatica; b) me’da oldi qopchasi (bo‘shlig‘i) - bursa pregastrica; v) charvi qopchasi (bo‘shlig‘i) - bursa omentalis. Bursa hepatica sohasida jigarning o‘ng bo‘lagi joylashadi. Uning devorlarini diafragma, lig. coronarium hepatis lar tashkil etadi. Bu bo‘shliq sohasida o‘ng buyrak uchi va o‘ng buyrak usti bezi ham joylashadi. Bursa pregastrica sohasida jigarning chap bo‘lagi, me’daning oldingi yuzasi, taloq joylashadi. Bu bo‘shliqning devorlarini: lig. coronarium sinistra, me’daning oldingi yuzasi, lig. gastrolienale, lig. phrenicolienale lar tashkil etadi. Vursa omentalis me’daning orqasida joylashadi. Bu bo‘shliqning devorlarini: qorin bo‘shlig‘ining orqa devori, diafragma, ko‘ndalang chambar ichakning tutqichi, lig. gastrolienale, diafragma - taloq boylami lig. phrenicosplenium, kichik charvi boylamlari lig. hepatogastricum, lig. hepatoduodenale tashkil etadi. Kichik charvi boylamlari orasida charvi bo‘shlig‘iga teshik va charvi daxlizi foramen et vestibulum bursae omentalis joylashadi. Charvi bo‘shlig‘ida jigarning chap bo‘lagi, me’da osti bezi, 12 barmoqli ichak, chap buyrak va chap buyrak usti bezi joylashadi. Qorin bo‘shlig‘ining o‘rta qavat bo‘shlig‘ida ingichka ichak va yo‘g‘on ichakning qismlari joylashadi. Bu bo‘shliqning qorin yon devori bilan yo‘g‘on ichakning ko‘tariluvchi qismi orasida o‘ng yon kanal - canalis laterales dexter hosil bo‘ladi. Qorin yon devori bilan yo‘g‘on ichakning tushuvchi qismlari orasida esa chap yon kanal - canales lateralis sinister joylashadi.