QORIN PARDANING KLINIK ANATOMIYASI: YO‘NALISHI, PARIETAL VA VISSERAL VARAQLARI, QORIN BO‘SHLIG‘I TOPOGRAFIYASI. ERKAK VA AYOLLAR QORIN PARDASI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

5

File size

Fayl hajmi

19,5 KB


QORIN PARDANING KLINIK ANATOMIYASI: YO‘NALISHI,
PARIETAL VA VISSERAL VARAQLARI, QORIN BO‘SHLIG‘I
TOPOGRAFIYASI. ERKAK VA AYOLLAR QORIN PARDASI.
Qorin parda - peritoneum
Qorin parda - peritoneum - qorin bo`shlig`i devorini va qorin bo`shlig`idagi
a’zolarni o`rab turadigan seroz parda. Bu parda ikki qavatdan: tunica serosa va
tela subserosa lardan tashkil topgan. 
Qorin bo`shlig`i devorining ichki tarafini qoplaydigan seroz parda - pariyetal
qorin parda -  peritoneum parietale; qorin bo`shlig`idagi a’zolarni o`rab turgan
seroz parda - visseral qorin parda - peritoneum viscerale deyiladi. Pariyetal va
visseral qorin pardalar o`zaro tutashgan bo`lib, bu ikki qorin parda orasida qorin
pardalar aro bo`shliq - cavitas peritonei joylashadi. Qorinning oldingi devoridagi
serbar  mushaklar  ichki  tarafdan  pariyetal  qorin parda bilan qoplangan. Qorin
oldingi devorining pastki qismida 5-ta kindik sohasiga yo`nalgan burma ko`rinadi.
Toq holda, o`rtadagi  burma  plica umbilicalis mediana va juft holdagi  plica
umbilicalis mediales hamda plica umbilicale laterales. 
CHov kanali sohasida esa, chov chuqurchasi -  fossa inguinales,son kanali
sohasida esa son chuqurchasi - fossa femoralis bo`ladi. Qorin oldingi devoridan
qorin  parda  diafragma  yuzasiga  yo`naladi.  Diafragma  yuzasidan  seroz  parda
visseral  qorin  pardaga  davom  etadi.  Natijada  diafragma  bilan  jigar  orasida
o`roqsimon boylam lig. falciforme hepatis,  tojsimon boylam - lig. coronarium
hepatis, uchburchaksimon boylam - lig. triangulare dextrum et sinistrum hosil
bo`ladi. 
Jigarni  o`rab  olgan  visseral  qorin  parda  o`ng  buyrak  yuzasiga  lig.
hepatorenale vositasida  davom  etadi.  Jigar  darvozasidan  me’da  kichik
egriligigacha  lig.   hepatogastricum boylami,  jigar  darvozasi  sohasidan  12
barmoqli ichak yuzasigacha lig.  hepatoduodenale boylami yo`naladi. 
Lig.  hepatogastricum  hamda  lig.  hepatoduodenale boylamlari  umumiy
holda kichik charvi - omentum minus deyiladi. Kichik charvi omentum minus
quyidagi boylamlardan hosil bo`ladi: 
a) lig. hepatophrenicum – jigarning chap tojsimon boylamining qismi;  
Logotip
QORIN PARDANING KLINIK ANATOMIYASI: YO‘NALISHI, PARIETAL VA VISSERAL VARAQLARI, QORIN BO‘SHLIG‘I TOPOGRAFIYASI. ERKAK VA AYOLLAR QORIN PARDASI. Qorin parda - peritoneum Qorin parda - peritoneum - qorin bo`shlig`i devorini va qorin bo`shlig`idagi a’zolarni o`rab turadigan seroz parda. Bu parda ikki qavatdan: tunica serosa va tela subserosa lardan tashkil topgan. Qorin bo`shlig`i devorining ichki tarafini qoplaydigan seroz parda - pariyetal qorin parda - peritoneum parietale; qorin bo`shlig`idagi a’zolarni o`rab turgan seroz parda - visseral qorin parda - peritoneum viscerale deyiladi. Pariyetal va visseral qorin pardalar o`zaro tutashgan bo`lib, bu ikki qorin parda orasida qorin pardalar aro bo`shliq - cavitas peritonei joylashadi. Qorinning oldingi devoridagi serbar mushaklar ichki tarafdan pariyetal qorin parda bilan qoplangan. Qorin oldingi devorining pastki qismida 5-ta kindik sohasiga yo`nalgan burma ko`rinadi. Toq holda, o`rtadagi burma plica umbilicalis mediana va juft holdagi plica umbilicalis mediales hamda plica umbilicale laterales. CHov kanali sohasida esa, chov chuqurchasi - fossa inguinales,son kanali sohasida esa son chuqurchasi - fossa femoralis bo`ladi. Qorin oldingi devoridan qorin parda diafragma yuzasiga yo`naladi. Diafragma yuzasidan seroz parda visseral qorin pardaga davom etadi. Natijada diafragma bilan jigar orasida o`roqsimon boylam lig. falciforme hepatis, tojsimon boylam - lig. coronarium hepatis, uchburchaksimon boylam - lig. triangulare dextrum et sinistrum hosil bo`ladi. Jigarni o`rab olgan visseral qorin parda o`ng buyrak yuzasiga lig. hepatorenale vositasida davom etadi. Jigar darvozasidan me’da kichik egriligigacha lig. hepatogastricum boylami, jigar darvozasi sohasidan 12 barmoqli ichak yuzasigacha lig. hepatoduodenale boylami yo`naladi. Lig. hepatogastricum hamda lig. hepatoduodenale boylamlari umumiy holda kichik charvi - omentum minus deyiladi. Kichik charvi omentum minus quyidagi boylamlardan hosil bo`ladi: a) lig. hepatophrenicum – jigarning chap tojsimon boylamining qismi;
b)  lig. hepatoesophageale – jigarning visseral yuzasidan qizilo`ngachning
qorin qismiga yo`nalgan boylam;  
v) lig. hepatogastricum – jigarning visseral yuzasidan oshqozonning kichik
egriligiga yo`nalgan boylam; 
g)  lig. hepatoduodenale -  jigarning visseral  yuzasidan  o`nikki  barmoqli
ichakga yo`naladigan boylam. 
Me’daning kichik egriligi sohasida qorin parda ikki varaqga ajralib me’dani
hamma  tarafdan  o`rab  olgan  holda  katta  egrilik  sohasida  ikki  parda  o`zaro
uchrashadi.  Qorin parda katta egrilikdan pastga ichaklarning oldingi yuzasidan
yo`naladi va chanoq sohasida qayrilib yuqoriga ko`tariladi. Ikki varaqdan iborat
bo`lgan qorin parda qorin bo`shlig`ining orqa devoridagi pariyetal qorin pardaga
davom etadi. Bu sohadagi qorin pardaning pastki varag`i esa qorin bo`shlig`ining
orqa devoridan ko`ndalang chambar ichak tutqichini hosil qilishda qatnashadi.
Me’daning katta egriligi bilan ko`ndalang chambar ichak visseral qorin pardalari
orasi qo`shilib ketishi natijasida, ichaklarning oldingi sohasida to`rt qavatli seroz
parda tashkil bo`ladi va bu hosilaga katta charvi - omentum majus deyiladi. 
Katta charvi - omentum majus tarkibi quyidagi boylamlardan hosil bo`ladi: 
a) lig. gastrophrenicum – diafragma bilan oshqozon orasidagi boylam; 
b) lig. gastrosplenicum – oshqozon bilan taloq orasidagi boylam; 
v) lig. gastrocolicum – oshqozon bilan ko`ndalang chambar ichak orasidagi
boylam;
g) lig. phrenicosplenicum – diafragma bilan taloq orasidagi boylam; 
d) lig. splenorenale – taloq bilan chap buyrak orasidagi boylam; 
e)  lig. pancreaticosplenicum – taloq bilan oshqozon osti bezi orasidagi
boylam;  
m) lig. pancreaticocolicum – ko`ndalang chambar ichak bilan oshqozon osti
bezi orasidagi boylam;
n)  lig. splenocolicum – taloq bilan ko`ndalang chambar  ichak orasidagi
boylam; 
o)  lig.  phrenicocolicum –  diafragma  bilan  ko`ndalang  chambar  ichak
orasidagi boylam.
Qorin bo`shlig`ini orqa devori sohasidagi pariyetal qorin parda ingichka ichak
devorini  o`raydigan  visseral  qorin  pardaga  ingichka  ichak  tutqichlari  -
mesenterium -  holida  yo`naladi.  Ingichka  ichak  tutqichining,  qorinning  orqa
devoriga birikish ildiziga radix mesenteri deyiladi. Qorin orqa devoridagi qorin
parda yo`g`on ichakning ko`tariluvchi va tushuvchi qismlarini uch tarafdan o`rab
oladi. Yo`g`on ichakning ko`r ichak, ko`ndalang chambar ichak hamda S - simon
ichak qismlari qorin parda bilan hamma tarafdan o`ralganligida tutqichlar hosil
bo`ladi.  Bu  to`tqichlar  chuvalchangsimon  o`simta  sohasida  mesoappendix,
Logotip
b) lig. hepatoesophageale – jigarning visseral yuzasidan qizilo`ngachning qorin qismiga yo`nalgan boylam; v) lig. hepatogastricum – jigarning visseral yuzasidan oshqozonning kichik egriligiga yo`nalgan boylam; g) lig. hepatoduodenale - jigarning visseral yuzasidan o`nikki barmoqli ichakga yo`naladigan boylam. Me’daning kichik egriligi sohasida qorin parda ikki varaqga ajralib me’dani hamma tarafdan o`rab olgan holda katta egrilik sohasida ikki parda o`zaro uchrashadi. Qorin parda katta egrilikdan pastga ichaklarning oldingi yuzasidan yo`naladi va chanoq sohasida qayrilib yuqoriga ko`tariladi. Ikki varaqdan iborat bo`lgan qorin parda qorin bo`shlig`ining orqa devoridagi pariyetal qorin pardaga davom etadi. Bu sohadagi qorin pardaning pastki varag`i esa qorin bo`shlig`ining orqa devoridan ko`ndalang chambar ichak tutqichini hosil qilishda qatnashadi. Me’daning katta egriligi bilan ko`ndalang chambar ichak visseral qorin pardalari orasi qo`shilib ketishi natijasida, ichaklarning oldingi sohasida to`rt qavatli seroz parda tashkil bo`ladi va bu hosilaga katta charvi - omentum majus deyiladi. Katta charvi - omentum majus tarkibi quyidagi boylamlardan hosil bo`ladi: a) lig. gastrophrenicum – diafragma bilan oshqozon orasidagi boylam; b) lig. gastrosplenicum – oshqozon bilan taloq orasidagi boylam; v) lig. gastrocolicum – oshqozon bilan ko`ndalang chambar ichak orasidagi boylam; g) lig. phrenicosplenicum – diafragma bilan taloq orasidagi boylam; d) lig. splenorenale – taloq bilan chap buyrak orasidagi boylam; e) lig. pancreaticosplenicum – taloq bilan oshqozon osti bezi orasidagi boylam; m) lig. pancreaticocolicum – ko`ndalang chambar ichak bilan oshqozon osti bezi orasidagi boylam; n) lig. splenocolicum – taloq bilan ko`ndalang chambar ichak orasidagi boylam; o) lig. phrenicocolicum – diafragma bilan ko`ndalang chambar ichak orasidagi boylam. Qorin bo`shlig`ini orqa devori sohasidagi pariyetal qorin parda ingichka ichak devorini o`raydigan visseral qorin pardaga ingichka ichak tutqichlari - mesenterium - holida yo`naladi. Ingichka ichak tutqichining, qorinning orqa devoriga birikish ildiziga radix mesenteri deyiladi. Qorin orqa devoridagi qorin parda yo`g`on ichakning ko`tariluvchi va tushuvchi qismlarini uch tarafdan o`rab oladi. Yo`g`on ichakning ko`r ichak, ko`ndalang chambar ichak hamda S - simon ichak qismlari qorin parda bilan hamma tarafdan o`ralganligida tutqichlar hosil bo`ladi. Bu to`tqichlar chuvalchangsimon o`simta sohasida mesoappendix,
ko`ndalang chambar ichak sohasida  mesocolon transversum, S – simon ichak
sohasida mesocolon sigmoideum deb nomlanadi.  
To`g`ri ichakning esa yuqori qismi introperitoneal, o`rta qism mezoperitoneal,
pastki qismi esa ekstraperitoneal holda o`raladi. 
Qorin orqa devoridan qorin parda chanoq sohasida to`g`ri ichakdan siydik
pufagiga yo`naladi. Ayollarda esa to`g`ri ichakdan bachadon yuzasiga va so`ngra
siydik pufagiga yo`naladi. Siydik pufagidan so`ng visseral  qorin parda, qorin
oldingi devorining ichki yuzasiga davom etadi. 
Visseral va pariyetal qorin parda varaqlari orasidagi bo`shliqni uch qavatga
ajratgan holda o`rganish mumkin: yuqori qavat; o`rta qavat; ostki qavat. 
Qorin  parda  bo`shlig`ining  yuqori  qavati  diafragma  va  yo`g`on  ichak
ko`ndalang qismining tutqichi mesocolon transversum orasida joylashadi. 
Qorin parda bo`shlig`ining o`rta qavati ko`ndalang chambar ichak tutqichi
mesocolon transversum bilan katta chanoq bo`shlig`i orasida joylashadi. 
Qorin parda bo`shlig`ining pastki qavati kichik chanoq bo`shlig`i sohasiga
to`g`ri keladi. 
1. YUqori qavatda uchta qopcha (bo`shliq) hosil bo`ladi: 
a) jigar qopchasi (bo`shlig`i) - bursa hepatica; 
b) me’da oldi qopchasi (bo`shlig`i) - bursa pregastrica; 
v) charvi qopchasi (bo`shlig`i) - bursa omentalis. 
Bursa hepatica sohasida jigarning o`ng bo`lagi joylashadi. Uning devorlarini
diafragma,  lig. coronarium hepatis lar tashkil etadi. Bu bo`shliq sohasida o`ng
buyrak uchi va o`ng buyrak usti bezi ham joylashadi. 
Bursa pregastrica sohasida jigarning chap bo`lagi, me’daning oldingi yuzasi,
taloq joylashadi. Bu bo`shliqning devorlarini: lig. coronarium sinistra, me’daning
oldingi yuzasi, lig. gastrolienale, lig. phrenicolienale lar tashkil etadi. 
Vursa  omentalis 
me’daning  orqasida  joylashadi.  Bu  bo`shliqning
devorlarini:  qorin  bo`shlig`ining  orqa  devori,  diafragma,  ko`ndalang  chambar
ichakning  tutqichi,  lig.   gastrolienale,  diafragma  -  taloq  boylami  lig.
phrenicosplenium,  kichik  charvi  boylamlari  lig.  hepatogastricum,  lig.
hepatoduodenale tashkil  etadi.  Kichik  charvi  boylamlari  orasida  charvi
bo`shlig`iga teshik va charvi daxlizi  foramen et vestibulum bursae omentalis
joylashadi.  CHarvi  bo`shlig`ida  jigarning  chap  bo`lagi,  me’da  osti  bezi,  12
barmoqli ichak, chap buyrak va chap buyrak usti bezi joylashadi. 
Qorin  bo`shlig`ining  o`rta  qavat  bo`shlig`ida  ingichka  ichak  va  yo`g`on
ichakning qismlari joylashadi. Bu bo`shliqning qorin yon devori bilan yo`g`on
ichakning ko`tariluvchi qismi orasida o`ng yon kanal -  canalis laterales dexter
hosil bo`ladi. Qorin yon devori bilan yo`g`on ichakning tushuvchi qismlari orasida
esa chap yon kanal - canales lateralis sinister joylashadi. 
Logotip
ko`ndalang chambar ichak sohasida mesocolon transversum, S – simon ichak sohasida mesocolon sigmoideum deb nomlanadi. To`g`ri ichakning esa yuqori qismi introperitoneal, o`rta qism mezoperitoneal, pastki qismi esa ekstraperitoneal holda o`raladi. Qorin orqa devoridan qorin parda chanoq sohasida to`g`ri ichakdan siydik pufagiga yo`naladi. Ayollarda esa to`g`ri ichakdan bachadon yuzasiga va so`ngra siydik pufagiga yo`naladi. Siydik pufagidan so`ng visseral qorin parda, qorin oldingi devorining ichki yuzasiga davom etadi. Visseral va pariyetal qorin parda varaqlari orasidagi bo`shliqni uch qavatga ajratgan holda o`rganish mumkin: yuqori qavat; o`rta qavat; ostki qavat. Qorin parda bo`shlig`ining yuqori qavati diafragma va yo`g`on ichak ko`ndalang qismining tutqichi mesocolon transversum orasida joylashadi. Qorin parda bo`shlig`ining o`rta qavati ko`ndalang chambar ichak tutqichi mesocolon transversum bilan katta chanoq bo`shlig`i orasida joylashadi. Qorin parda bo`shlig`ining pastki qavati kichik chanoq bo`shlig`i sohasiga to`g`ri keladi. 1. YUqori qavatda uchta qopcha (bo`shliq) hosil bo`ladi: a) jigar qopchasi (bo`shlig`i) - bursa hepatica; b) me’da oldi qopchasi (bo`shlig`i) - bursa pregastrica; v) charvi qopchasi (bo`shlig`i) - bursa omentalis. Bursa hepatica sohasida jigarning o`ng bo`lagi joylashadi. Uning devorlarini diafragma, lig. coronarium hepatis lar tashkil etadi. Bu bo`shliq sohasida o`ng buyrak uchi va o`ng buyrak usti bezi ham joylashadi. Bursa pregastrica sohasida jigarning chap bo`lagi, me’daning oldingi yuzasi, taloq joylashadi. Bu bo`shliqning devorlarini: lig. coronarium sinistra, me’daning oldingi yuzasi, lig. gastrolienale, lig. phrenicolienale lar tashkil etadi. Vursa omentalis me’daning orqasida joylashadi. Bu bo`shliqning devorlarini: qorin bo`shlig`ining orqa devori, diafragma, ko`ndalang chambar ichakning tutqichi, lig. gastrolienale, diafragma - taloq boylami lig. phrenicosplenium, kichik charvi boylamlari lig. hepatogastricum, lig. hepatoduodenale tashkil etadi. Kichik charvi boylamlari orasida charvi bo`shlig`iga teshik va charvi daxlizi foramen et vestibulum bursae omentalis joylashadi. CHarvi bo`shlig`ida jigarning chap bo`lagi, me’da osti bezi, 12 barmoqli ichak, chap buyrak va chap buyrak usti bezi joylashadi. Qorin bo`shlig`ining o`rta qavat bo`shlig`ida ingichka ichak va yo`g`on ichakning qismlari joylashadi. Bu bo`shliqning qorin yon devori bilan yo`g`on ichakning ko`tariluvchi qismi orasida o`ng yon kanal - canalis laterales dexter hosil bo`ladi. Qorin yon devori bilan yo`g`on ichakning tushuvchi qismlari orasida esa chap yon kanal - canales lateralis sinister joylashadi.