QO‘SHMA GAP, UNING TURLARI. BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR, ULARNING TURLARI.
Yuklangan vaqt
2024-10-01
Yuklab olishlar soni
8
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
17,9 KB
QO‘SHMA GAP, UNING TURLARI. BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR,
ULARNING TURLARI.
Reja:
1. Qo‘shma gap turlari haqida ma’lumot
2. Bog‘langan qo‘shma gap
3. Bog‘langan qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
QO‘SHMA GAP
Qo‘shma gap turlari haqida ma’lumot
Qo‘shma gaplar, qismlarining o‘zaro birikish usuli va semantik munosabatiga
ko‘ra, uch xil bo‘ladi: 1) bog‘langan qo‘shma gap; 2) ergashgan qo‘shma gap; 3)
bog‘lovchisiz qo‘shma gap.
Qiyoslang: Iste’dod hamisha har xil bo‘ladi, iste’dodsizlar esa hamma joyda
bir xildir. (E.Vohidov) Shuni aytmoqchimizki, odam hamma vaqt bilimga tashna
bo‘lishi shart. (F.Julio Kyuri).
Keltirilgan misollarning birinchisi bog‘langan qo‘shma gap bo‘lib, uning
qismlari esa yordamchisi vositasida o‘zaro teng bog‘langan; ikkinchisi ergashgan
qo‘shma gap bo‘lib, uning qismlari –ki aniqlov bog‘lovchisi orqali ikkinchi qismni
birinchi qismga tobelik yo‘li bilan bog‘lagan; uchinchi gap bog‘lovchisiz qo‘shma
gap bo‘lib, uning qismlari o‘zaro hech qanday bog‘lovchi vositasiz - faqat ohang
orqali birikkan.
Bog‘langan qo‘shma gap
Qismlarining o‘zaro teng aloqaga kirishuvidan tuziladigan gap bog‘langan
qo‘shma gap deyiladi. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘zaro biriktiruv
bog‘lovchilari (va, hamda, ham), zidlov bog‘lovchilari (ammo, lekin, biroq, balki),
ayiruv bog‘lovchilari (yo, yoki, yohud, dam... dam, goh... goh, ba’zan... ba’zan,
hali... hali, bir... bir), teng bog‘lovchi vazifasidagi –da, -u (-yu), na... na yuklamalari,
shuningdek, bo‘lsa, esa yordamchilari vositasida bog‘lanadi.
Shunga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Biriktiruv bog‘lovchilari yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap.
2. Zidlov bog‘lovchilari yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap.
3. Ayiruv bog‘lovchilari yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap.
4. Teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida tuzilgan bog‘langan
qo‘shma gap.
5. Bo‘lsa, esa yordamchi so‘zlari vositasida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap.
Biriktiruv bog‘lovchilari (va, hamda; ba’zan shu vazifadagi ham yuklamasi)
yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi qismlardan bir paytda yoki
ketma-ket ro‘y beradigan voqea-hodisalar anglashilib turadi. Masalan: Haqiqat va
to‘g‘rilikni sevadigan odam doim vijdoni farmoniga itoat qiladi va uning vijdoniga
hech kim hokim bo‘la olmaydi. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur.) Keng bog‘dagi har bir
nihol qonib-qonib suv ichdi va uning yaproqlari nurga intilib o‘sa boshladi.
(O‘.Hoshimov.)
Zidlov bog‘lovchilari (lekin, ammo, biroq, balki) yordamida tuzilgan
bog‘langan qo‘shma gap qismlari mazmunan bir-biriga zid bo‘ladi. Masalan: Har
qanday narsada isrofgarchilik bor, ammo yaxshilikda isrof bo‘lmaydi. («Ajoyib
nasihatlar») Burni, qoshi, yana allaqaeri otasiga o‘xshardi, lekin Akbarov ham bir
vaqtlar o‘g‘liday ajinsiz, quyuq qora sochli bo‘lganini tasavvur etish qiyin edi.
(P.Qodirov).
Ayiruv bog‘lovchilari (yo, yoki, yohud, goh..., goh, dam..., dam, ba’zan...,
ba’zan...) yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gapda birini tanlash lozim
bo‘lgan yoki galma-gal ro‘y beradigan voqea-hodisalar ifodalanadigan qismlar
birikadi.
a) yo (yo..., yo), yo..., yo bo‘lmasa; yoki (yoki..., yoki); yo..., yoki; xoh..., xoh
bog‘lovchilari birini tanlash lozim bo‘lgan voqea-hodisalarni ifodalovchi qismlarni
birlashtiradi. Masalan: Yo ko‘k unga o‘z sirlarini ochishni tilamas, yo uning aql
ko‘zgusi xiralashib qolgan. (O.Yoqubov.)
b) goh..., goh; dam..., dam; ba’zan..., ba’zan bog‘lovchilari galma-gal ro‘y
beradigan voqea-hodisalarni ifodalovchi qismlarni bog‘laydi. Masalan, Ba’zan oy