QULOQ KASALLIKLARI
TASHQI QULOQ KASALLIKLARI.
1990 yilda Butun dunyo cog‘likni caqlash tashkiloti qabul qilgan barcha
kasalliklarning
xalqaro tasnifiga binoan tashqi quloq kasalliklariga quyidagilar kiradi:
740.0. Tashqi quloqning tug‘ma nuqsonlari.
380.3. Quloq suprasining orttirilgan nuqsonlari.
380.5. Tashqi eshituv yo‘lini torayishi. Tashqi quloq jarohati va uning oqibatlari.
920. Quloqni lat yeyishi. Otogematoma.
872.9. Jarohatdan so‘nggi asoratlar.
380.0. Quloq suprasining jarohatdan so‘nggi perixondriti.
911.0. Tashqi quloq kuyishlari.
991.0. Tashqi quloqning muzlashi.
991.9. Quloq suprasi tog‘aylarining suyaklanishi;
380.4. Quloq kiri. Tashqi quloqning yallig‘lanish kasalliklari.
380.0. Quloq suprasi perixondriti.
380.1. Tashqi eshituv yo‘lining furunkulyozi. Karbunkul, furunkul. Tashqi
otit.Tarqoq tashqi otit. Gemorragik tashqi otit. Otomikoz. Aspergillyoz. Monimaz.
Suvda suzuvchilar qulog‘i. Miringit. O‘rab oluvchi temiratki (03.7 boshqa
asoratlar bilan birga). O‘tkir tashqi bullyoz-gemorragik grippdan so‘nggi otit.
692.9. Dermatomikozlar va toksidermiyalar (kimyoviy, dori-darmonlar ta’sirida,
nur ta’sirida va metereologik omillar t’sirida rivojlangan).
390.2. Tashqi quloqning allergik kasalliklari. Ekzema.
710.0. Tashqi quloqni biriktiruvchi to‘qimaning tarqoq kasalliklarida zararlanishi
kollagenozlar. Qizil bo‘richa. Dermatomiozit.
785.4. Quloq suprasi gangrenasi.
380.1. Tashqi yuqumli otit. Saramas. Saramas va boshqa asoratlar. Piodermiya.
Impetigo. Oddiy gerpes (04.7 boshqa asoratlar bilan). Sklerodermiya. Tugunchali
periarteriit.
380.8. Quloq sohasidagi podagra asoratlari.
380.9. Tashqi quloqni retikulyozlarda zararlanishi.Tashqi quloqning kasb
kasalliklari. Saraton oldi kasalliklar. Tashqi quloqning xavfsiz o‘smalari.
380.1. Tashqi quloqning xavfli o‘smalari.
Yuqorida tashqi qulok kasalliklarining ro‘yxati va shifrlari keltirilgan.
TAShQI QULOQNING TUG‘MA NUQSONLARI ga makrotiya (quloq
o‘lchamlarini kattaligi), mikrotiya (quloq o‘lchamlarini kichikligi) va anotiyalar
(quloq suprasi yo‘qligi) kiradi. Bu nuqsonlar plastik jarrohlik amallari yordamida
bartaraf etiladi. Quloq nuqsonlari ellikka yaqin nuqsonlarni o‘z ichiga oladi.
Bularning barchasi jarrohlik amaliyoti yordamida bartaraf etiladi.
Quloq suprasi nuqsonlari ko‘pincha tashqi eshituv yo‘li atreziyasi bilan birga
kechadi. ToshPTI otorinolaringologiya klinikasining ma’lumotlariga ko‘ra quloq
gipogeneziyasi har 1500-2000 tug‘ilgan bolalarning 1 tasiga quloq nuqsoni to‘g‘ri
kelar ekan, lekin Orol bo‘yi mintaqasida bu hol nisbatan ko‘proq uchraydi. Agar
tashqi eshituv yo‘li atreziyasida nog‘ora parda, eshituv suyakchalari va labirint
darchalari saklanib qolgan bo‘lsa, unda mahalliy to‘qima va autogen erkin
transplantat (teri va fassiya) yordamida yangi tashqi eshituv yo‘lini hosil qilish
plastik jarrohlik amali bajariladi.
Quloq suprasining boshqa nuqsonlariga mushuk quloq (yuqoriga cho‘zilgan
quloq suprasi, Darvin tepachasi, makaka qulog‘i (burmalar yo‘qligi) kabi
nuqsonlar kiradi. Anotiyada bajariladigan quloq suprasini tiklash jarrohlik amallari
ancha murakkab. Shuning uchun bunday bemorlarga sun’iy quloq suprasi
o‘rnatiladi.
Tug‘ma quloq oldi oqmasi odatda quloq do‘mbog‘idan yukorida quloq
suprasining yukoriga ko‘tarilgan burma oldida joylashadi. Ba’zan oqmadan quyuq
sariq ajralma oqadi, yiringli oqma atrofida teri yallig‘lanib, bosilganda oqma
teshigidan yiring chiqadi. Oqma teshigi yopilgan hollarda kista hosil bo‘lishi
mumkin. Kasallik jarrohlik usulida davolanadi.
QULOQ JAROHATLARI. Tashqi, o‘rta va ichki quloqning alohida yoki
aralash jarohatlari uchraydi. Quloq jarohatlariga akustik, mexanik, termik,
fizikaviy va kimyoviy omillar sabab bo‘ladi. Barojarohat, vibrojarohat va
atmosfera bosimining o‘zgarishlari quloq jarohatlari orasida alohida o‘rinni
egallaydi. Yuzaki jarohatlarga - yumshoq to‘qimalarni zararlanishi, chuqur quloq
jarohatlariga - chakka suyagining piramidasini va boshqa qismlarini shikastlanishi
yoki sinishi kiradi.
Tashqi quloq jarohatlari. Quloq suprasining alohida o‘zini jarohatlanishi yoki
periaurikulyar to‘qima, o‘rta quloq va kalla suyagi boshqa qismlarining jarohatlari
bilan birga uchrashi mumkin. Tashqi quloq jarohatlari barcha tashqi quloq
kasallilarining 0,3% ni tashkil qiladi. Sentura va hammualliflar (1980) tashqi quloq
jarohatlarining quyidagi tasnifini keltiradi:
1. Lat yeyishi va gematoma hosil bo‘lishi;
2. Shilinishi;
3. Yirtilishi;
4. Perixondrit va xondroperixondrit;
5. Tashqi eshituv yo‘lini torayishi;
6. Kuyishi;
7. Muzlashi;
8. Radiatsiyadan zararlanishi;
9. Quloq gajagining tugunchali xondrodermatiti.
10. Tashqi aerootit.
Jarohatning darajasi klinik belgilar, chakka suyagining rentgenografiyasi va
kompyuterli tomografiya tekshiruvlari yordamida aniqlanadi.
Quloq suprasi jarohati zarb tegishi, tishlash yoki lat yeyish natijasida yuzaga
kelib, janjal, o‘yin yoki sport musobakalari paytida sodir bo‘ladi. Bunda tashqi,
o‘rta va hatto ichki quloq u yoki bu darajada jarohatlanib, quloq suprasini qisman
yoki butunlay uzilishi kuzatiladi. Quloq suprasining jarohat maydoniga infeksiya
tushgan yoki tibbiy yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilmagan hollarda bemorda quloq
suprasi xondroperixondriti rivojlanadi. Keyinchalik bunday asorat tog‘ayni
yemirilishiga va quloq suprasi shaklini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Davolash. Quloq suprasining yuzaki jarohatida jarohat maydonining terisiga
birlamchi ishlov berib, mahalliy og‘riqsizlantirish ostida choklar qo‘yiladi. Choklar
mumkin qadar erta, dastlabki 2 kun ichida qo‘yilishi lozim. Bemor qoqsholga
qarshi emlanib, mushak orasiga yoki ichish uchun antibiotiklar buyuriladi. Jarohat
maydoniga fizioterapiya muolajalari buyuriladi, boylami har kuni almashtirib
turiladi.
Yallig‘lanish tarqalmagan hollarda jarohat maydoni birlamchi bitishma bilan
bitib, iplar bir haftadan so‘ng olinadi.
Jaroxat maydoni yiringlaganda qo‘yilgan choklar olinib, yiringni chiqarish
maqsadida teri qo‘shimcha kesilib, rezina chiqargichlar qo‘yiladi. Jarohat maydoni
yiringli jarrohlik qoidalariga binoan parvarish qilinadi (furatsilin, 5-10% dimeksid
yoki osh tuzining gipertonik eritmasi bilan ishlov beriladi). Bunday hollarda
jarohat maydoni ikkilamchi bitishma hosil kilib bitadi.
Chuqur jarohatlarda, shu jumladan quloq suprasi qisman yoki butunlay
uzilganda, mahalliy yoki umumiy og‘riqsizlantirish ostida jarohat maydoni
birlamchi jarrohlik ishlovi yordamida ifloslangan to‘qima, yot jismlardan
tozalanadi va antibiotiklar qo‘shilgan anestetik eritma bilan aseptik boylamlar
qo‘yiladi. Jarohat maydonining chetlarini yaqinlashtirib yopishqoq plastir
qo‘yiladi.
Quloq suprasining uzilgan bo‘lagi toza polietilen qopchaga solinib, qisqa vaqt
ichida o‘z o‘rniga tikilishi mumkin. O‘q-yoy, suqilgan, kesilgan, chopilgan chuqur
jaroxatlar kalla suyagi va nog‘ora pardaning jarohati bilan birga kechishi mumkin.
Shuning uchun rentgenografiya, kompyuter tomografiya tekshiruvlari bilan birga
bemorning eshitish qobiliyati ham tekshiriladi (shivirlab yoki ovozni chiqarib
aytilgan so‘zlar, kamertonlar yordamida), spontan nistagm va nevrologik belgilar
mavjudligi aniqlanadi.
Tashqi eshituv yo‘li jarohatlari quloq suprasi jarohati bilan birgalikda yoki yot
jismni, quloq kirini chiqarish va quloqni tozalash paytida alohida jarohat sifatida
sodir bo‘lishi mumkin. Tashki eshituv yo‘li suyak qismining jarohati ko‘pincha
yonoq va so‘rg‘ichsimon o‘siqlar, chakka - pastki jag‘ bo‘g‘imi, nog‘ora bo‘shlig‘i,
ba’zan ichki quloq jarohatlari bilan birga kuzatilishi mumkin.
Bemor pastki jag‘i bilan yerga yiqilganda yoki zarb iyak sohasiga to‘g‘ri kelganda
tashqi eshituv yo‘li suyak qismining pastki-old qismi sinishi mumkin. Bunday
jarohat olgan bemorda quloqdan qon oqishi va pastki jag‘ harakatida keskin og‘riq
paydo bo‘lishi, nutqni buzilishi kabi belgilar kuzatiladi.
Tashxis bemor shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari, jarohat maydonini ko‘zdan
kechirish, zondlash, otoskopiya va chakka suyaklari va chakka-pastki jag‘
bo‘g‘imi rentgenografiyasi, eshituv va muvozanat a’zolarining tekshiruv natijalari
asosida qo‘yiladi.
Davolash. Birinchi tibbiy yordam quloqdan qon oqishini to‘xtatish, jarohat
maydoniga birlamchi jarrohlik ishlov berish, uni zararsizlantiruvchi eritmalar bilan
yuvish, teri ostiga qoqsholga qarshi anatoksinni yuborishdan iborat. Tashqi eshituv
yo‘lining torayishi yoki atreziyasini oldini olish maqsadida birinchi kundan
boshlab eshituv yo‘liga levomikol yoki sintomitsin emulsiyasiga shimdirilgan
pilikcha kiritiladi va boylam qo‘yiladi. Har safar boylam almashtirilganda tashqi
eshituv yo‘liga 10 tomchidan gidrokortizon suspenziyasi tomiziladi. Yallig‘lanish
jarayoni kamaygandan so‘ng tashqi eshituv yo‘liga silikondan yasalgan naychali
kengaytirgich kiritiladi. Bir vaqtning o‘zida bemorga antibiotiko-terapiya,
fizioterapiya tadbirlari (tashqi eshituv yo‘li sohasiga tubus kvars, UVCh,
mikroto‘lqinli terapiya va lazerterapiya) buyuriladi. Tashqi eshituv yo‘lining old-
pastki
devori
singan
hollarda
pastki
jag‘
suyagi
boylam
yordamida
harakatsizlantirilib,bemorga vaqtincha faqat suyuq ovqat iste’mol qilish tavsiya
etiladi.
Otgematoma - quloq suprasining tog‘ay va tog‘ay usti pardalari orasiga
yoki teri ostiga qon quyulishi. Otgematoma ayrim xollarda quloq sohasiga
o‘tmas zarb tegishi yoki quloq suprasi uzoq vaqt davomida qisilishi natijasida
paydo bo‘ladi, lekin u ko‘pincha kurash va boks bilan shug‘ullangan shaxslarda
kuzatiladi. Odatda otgematoma quloq suprasi yuqori qismining old yuzasida
joylashgan to‘q qizil yoki ko‘kimtir silliq shish shaklida bo‘lib, paypaslanganda
liqillash belgisi aniqlanadi; ba’zan otgematoma ustidagi teri o‘zgarmasligi
mumkin. Qon va limfa to‘plamidan iborat otgematoma odatda og‘rimaydi va
bemorni bezovta qilmaydi; u biroz noqulaylik his etadi (35-rasm).
Kichik
otgematoma
o‘z-o‘zidan
so‘rilishi,
ba’zan
yiringlab, quloq suprasi xondroperixondriti rivojlanishiga
olib kelishi mumkin.
Tashxis bemor shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari va
quloq suprasini ko‘zdan kechirish natijasi asosida
qo‘yiladi.
Davolash. Kichik otgematoma o‘z-o‘zidan yoki bosuvchi
boylam qo‘yilgandan so‘ng so‘rilib ketadi. Bunday
hollarda zararlangan maydonga 5% yodning spirtli
eritmasini surtish tavsiya etiladi. Yirik otgematoma aseptika qoidalariga rioya
qilgan holda teshiladi va ekssudat so‘rib olinadi. Keyin quloq suprasi sohasiga 5-7
kunga bosuvchi boylam qo‘yiladi. Yallig‘langan otgematoma keng ochilib,
bo‘shlig‘i nekrozga uchragan yumshoq to‘qimalardan tozalanadi. Yallig‘lanish
jarayoni chuqur va keng tarqalgan hollarda jarohat maydoni ochiq usulda
davolanadi.
Mikrofloraning antibiotiklarga sezuvchanligi e’tiborga olingan holda bemorga
antibiotikoterapiya buyuriladi (antibiotiklarni limfotrop usulda yuborish eng afzal
usul hisoblanadi). Quloq suprasi tog‘aylari singanda tog‘ay bo‘laklari o‘z joyiga
o‘rnatiladi va quloq suprasiga bosuvchi boylam qo‘yiladi.
Nog‘ora
parda
jarohatlari.
Nog‘ora
pardani
yirtilishi
o‘rta
quloq
jarohatlarining 90% hollarida uchraydi. Quloq sohasiga zarb tegishi, quloq sohasi
35-rasm.Otgematoma
bilan yiqilish, qor-bo‘ron yoki suvga sho‘ng‘ish o‘yinlari paytida tashqi eshituv
yo‘lining havo bosimi to‘satdan oshishi natijasida nog‘ora parda yirtilishi mumkin.
Bunday jarohatlar g‘ovvoclarda, kompressiya va dekopressiya qoidalari
buzilganda, yaqin masofada portlash sodir bo‘lib, nog‘ora pardaga kuchli havo
to‘lqini ta’sir etganda yuz berishi mumkin.
Chakka suyagining piramida sohasi uzunasiga singanda va sinish chizig‘i nog‘ora
parda ustidan o‘tgan hollarda ham nog‘ora parda yirtilishi mumkin. Nog‘ora
pardani bevosita jarohatlanishi quloqni turli qattiq jismlar bilan tozalash (masalan,
gugurt cho‘pi yoki shpilka bilan) yoki chakalakzorlarda yugurganda daraxt
shoxchalari quloqni ichiga kirib ketishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Bilar-
bilmas quloq ichidan yot jismni chiqarib olishga urinishlar ham shunday
oqibatlarga cabab bo‘ladi.
Klinik belgilari. Bemor qulog‘i og‘rishiga, qulog‘i shang‘illashiga va eshitishi
pasayganiga shikoyat qiladi. Otoskopiyada nog‘ora pardaga qon quyilganligi, unda
tirqishsimon teshik borligi va nog‘ora bo‘shlig‘ida gematoma hosil bo‘lganligi
ko‘rinadi. Ba’zan nog‘ora pardadagi teshik orqali nog‘ora bo‘shlig‘ining qizargan
shilliq pardasi va uning ichki devori ko‘rinib turadi. Teshiklar tirqishsimon,
nuqtali, aylana, ba’zan cheti qiyshiq shaklda bo‘lib, nog‘ora pardaning bitta yoki
undan ortiq qismlarini egallashi mumkin. Ko‘pincha nog‘ora pardaning old-pastki
qismi sohasi yirtiladi. Bug‘, qaynoq suv yoki kimyoviy modda ta’siri natijasida
nog‘ora parda to‘liq teshilishi yoki erib ketishi mumkin.
Tashxis bemor shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari,otoskopiya, akumetriya,
audiometriya, vestibulometriya tekshiruvlari asosida qo‘yiladi.
Davolash tadbirlari nog‘ora pardadagi teshik orqali infeksiyani o‘rta quloqqa
tarqalishini oldini olishga qaratiladi. Quloqni yuvish qat’iy taqiqlanadi! Birinchi
tibbiy yordam tashqi eshituv yo‘liga 5-7 kunga steril pilikchani kiritib turishdan
iborat. O‘rta quloqni yallig‘lanishini oldini olish maqsadida bemorga antibiotiklar
buyurilib, eshituv nayining o‘tkazuvchanligi tekshiriladi. Nog‘ora pardaning
teshigini o‘z-o‘zidan bitishi uning o‘lchamlariga va jarohatning xarakteriga bog‘liq
bo‘ladi. Mexanik jarohat olgan 55% bemorlarda nog‘ora pardadagi teshik o‘z-
o‘zidan bitib ketadi. Bu xol ko‘pincha tirqishsimon shakldagi teshik nog‘ora
pardaning 1/4 qismini egallaganda kuzatiladi.
Nog‘ora pardadagi teshik o‘z-o‘zidan bitmagan hollarda bemorlarda keyinchalik
miringoplastika jarrohlik amali bajariladi va teshik turli plastik materiallar
(meatotimpanal to‘qima bo‘lagi, chakka mushagining fassiyasi, ishlov berilgan
bosh miya pardasi va h.k.) yordamida yopiladi. Transplantatsiyadan so‘ng 90%
bemorlarda ijobiy natija qayd etilgan.
Quloqdan qon oqishi quloq suprasi, tashqi eshituv yo‘li yoki nog‘ora pardaning
mexanik jarohatlarida, kalla suyagi asosi singanda (sinish chizig‘i chakka suyagi
ustidan o‘tganda), bosh miya qon tomirlari (ayniqsa sigmasimon sinus), tashqi yoki
ichki uyqu arteriyalari shikastlanganda kuzatiladi. Bundan tashqari gripp yoki
jarrohlik amalidan so‘ng asorat sifatida rivojlangan o‘tkir va surunkali o‘rta
otitlarda ham quloqdan qon oqishi kuzatilishi mumkin.
Quloqdan qon oqishining keskinligi jarohat maydonining joylashuviga bog‘liq;
tashqi quloq jarohatida kamroq, chakka suyagi va tashqi eshituv yo‘li suyak
qismining jarohatida - ko‘proq qon oqishi kuzatiladi. Nog‘ora parda yirtilgan
hollarda bemor qulog‘ini og‘rishidan va shang‘illashidan, eshitish qobiliyati
pasayganligidan shikoyat qiladi. Otoskopiyada nog‘ora parda qizarganligi, unga
qon quyilganligi va tirqishsimon yoki aylana shaklda yirtilganligi ko‘rinadi.
Kalla suyagi asosi singan va bosh miyaning qattiq pardasi shikastlangan xollarda
quloqdan nafaqat qon, balki orqa miya suyuqligi ham oqadi; bemorning eshitish
qobiliyati keskin pasayadi yoki yo‘qoladi, ba’zan yuz asab tolasining falaji, bosh
aylanishi, ko‘ngil aynishi va qusish kabi vestibulyar buzilishlar kuzatiladi.
O‘rta quloq tomi va tubi shikastlangan hollarda nog‘ora bo‘shlig‘ida qon
to‘planadi (gemotimpanum). Otoskopiyada ko‘kimtir nog‘ora parda tashqi eshituv
yo‘liga bo‘rtganligi, nog‘ora bo‘shlig‘ida qon to‘plamining sathi ko‘rinadi.
Grippdan keyin rivojlangan o‘tkir o‘rta otitda quloqdan qon oqishi asosiy
kasallikning belgisi bo‘lib, otoskopiyada nog‘ora parda qizarganligi, uning epiteliy
qatlami ko‘chganligi va to‘q qizil qon pufakchalari paydo bo‘lganligi ko‘rinadi.
Surunkali yiringli o‘rta otit polip o‘sishi bilan kechganda tashqi eshituv yo‘lida
bajarilgan muolajadan so‘ng (masalan, tashqi eshituv yo‘liga kiritilgan zond
polipga tegib ketganda) quloqdan kam miqdorda qon oqishi mumkin.
Xolesteatoma nog‘ora bo‘shlig‘ining old devorida joylashib, ichki uyqu arteriya
devorini yemirgan hollarda quloqdan ko‘p miqdorda qon oqishi kuzatilishi
mumkin.
Tashxis
bemor
shikoyatlari,
anamnez
ma’lumotlari,
otoskopiya,
rentgenografiya, kompyuterli tomografiya tekshiruvlari natijalari asosida qo‘yiladi.
Ba’zan quloq ichida qon borligi tashqi eshituv yo‘lini paxta yoki zond bilan
tozalash paytida aniqlanadi. Kalla asosi singanda bosh miya qon tomirlarining
jarohatini aniqlash ancha qiyin.
Davolash. Bemorga quloqdan qon oqishini to‘xtatish tadbirlari o‘tkaziladi;
tomir ichiga yoki mushak orasiga qon oqishini to‘xtatuvchi dorilar (ditsinon,
etamzilat natriy) yuboriladi, tashqi eshituv yo‘liga kseroformga shimdirilgan
pilikcha qo‘yiladi. Zarurat tug‘ilgan hollarda umumiy uyqu arteriyasi bosiladi va
bemor shoshilinch ravishda shifoxonaga yuboriladi. Og‘ir hollarda tashqi uyqu
arteriyasi bog‘lanadi.
O‘rta quloq jarohatlari kalla suyagi asosi singanda va sinish chizig‘i chakka
suyagi ustidan o‘tganda yoki chakka suyagining toshsimon qismi uzunasiga
singanda kuzatiladi. Bunday hollarda sinish chizig‘i nogora bo‘shlig‘ining yuqori
devori va tashqi eshituv yo‘li ustidan o‘tadi.
Jarohatdan so‘nggi o‘rta otit o‘rta quloqning oddiy yallig‘lanishining klinik
manzarasi kabi kechadi. Shu bilan birga u ayrim xususiyatlarga ega. Bunday
xollarda o‘rta otit kalla suyagi, bosh miya, umurtqa pog‘onasi va boshqa a’zolar
jarohati bilan birga kechadi. Shuning uchun diagnostik va davolash tadbirlari
nevropatolog, neyrojarrox, oftalmolog mutaxassislari bilan birgalikda olib borilishi
lozim. Kalla suyagi asosi yoki umurtqa pog‘onasi singan bemorning boshi va
gavdasi albatta harakatsizlantirilishi lozim.
O‘rta quloq jarohati nog‘ora pardaning yirtilishi bilan kechgan hollarda
ikkilamchi infeksiya nog‘ora bo‘shlig‘iga tashqi eshituv yo‘li orqali, nog‘ora parda
yirtilmagan hollarda - eshituv nayi orqali tarqalishi va yallig‘lanish jarayonining
rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Infeksiyani nog‘ora bo‘shlig‘iga tarqalishi
so‘rg‘ichsimon o‘siqning ochiq shikastida ham kuzatiladi. Jarohatdan so‘ng
organizmning himoya kuchini pasayishi natijasida jarohatdan so‘nggi o‘rta otit
bilan og‘rigan bemorda mastoidit asorati rivojlanishi mumkin.
O‘rta quloq jaroxatlari ko‘pincha eshituv suyakchalarida o‘zgarishlar bilan
birga kechadi. Bunda bolg‘acha va sandonchani sinishi, chiqishi, siljishi,
uzangicha asosini labirint darchasidan chiqib ketishi kuzatiladi. Shunga o‘xshash
jarohatlar kalla suyagi va pastki jag‘ suyagi jarohatlarida xam qayd etiladi.
O‘rta quloq jaroxatida bemorning qulog‘idan qon, ba’zan miya suyuqligi oqadi,
unda ”zararlangan” tomonga yo‘nalgan nistagm belgisi paydo bo‘lishi mumkin.
Tashxis bemor shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari, zararlangan maydonni
ko‘zdan kechirish, paypaslash, otoskopiya, otomikroskopiya, Stenvers bo‘yicha
chakka suyagi rentgenografiyasi yoki kompyuter tomografiya, qon tahlillari, orqa
miya suyuqligining tarkibini tekshirish, akumetriya, audiometriya tekshiruvlari
natijalari asosida qo‘yiladi. Eshituv suyakchalarining shikastlanishi otoskopiya va
otomikroskopiyada, nog‘ora parda zararlanmagan hollarda - impendansometriya
tekshiruvlari yordamida aniqlanadi ( D shaklidagi timpanogramma). Ayrim
hollarda jarohatning xarakteri va eshituv suyakchalari zanjirining uzilishi
timpanotomiya va timpanoplastika jarrohlik amali paytida aniqlanadi.
Davolash. Ochiq jarohatlarda jarohat maydoniga birlamchi jarrohlik ishlovi
beriladi. Tashqi eshituv yo‘liga borat kislotasiga shimdirilgan bint bo‘lagi
kiritiladi, shikastlangan quloq sohasiga aseptik boylam qo‘yilib, yallig‘lanish
jarayonini oldini olish maqsadida bemorga antibiotiklar buyuriladi. Eshituv
suyakchalari va nog‘ora parda jarohatlangan xollarda o‘rta quloqning tovushni
o‘tkazish faoliyatini tiklash maqsadida nog‘ora bo‘shlig‘ida timpanoplastika
jarrohlik amali bajariladi.
Ichki quloq jarohatlari o‘tkir uchli yot jism (to‘g‘nog‘ich, shpilka) nog‘ora
bo‘shlig‘i va labirint darchasini teshib, quloq ichiga chuqur suqilgan hollarda sodir
bo‘ladi. O‘rta quloqda bajarilgan jarrohlik amali paytida ham ichki quloq
jarohatlanishi mumkin (masalan, tashqi yarim doira kanal jarohati yoki
uzangichani dahliz darchasidan ajralishi). Kalla suyagi asosining sinishi chakka
suyagi piramidasining sinishi bilan kechgan shikastlarda ham ichki quloq
jarohatlanishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan jarohatlar quloqning eshitish va
muvozanatni saqlash faoliyatini pasayishi, keskin vestibulyar reaksiyalar (bosh
aylanishi, muvozanatni buzilishi, ko‘ngil aynishi va h.k.) bilan kechadi. Bundan
tashqari, infeksiyani ichki quloqdan kallaning orqa chuqurchasiga tarqalishi
natijasida bunday bemorlarda kalla ichi asoratlari rivojlanishi mumkin.
Chakka suyagi piramidasini sinishi ko‘pincha kalla suyagi asosining sinishi
bilan bir paytda sodir bo‘ladi. Bunday sinish zarb peshona yo‘nalishi bo‘ylab,
kallaning ensa sohasiga to‘g‘ri kelganda yoki bemor iyagi sohasi bilan yerga
yiqilganda yuz beradi va cingan suyak bo‘laklari siljimasligi bilan boshqa suyak
sinishlaridan farq qiladi. Sinish chizig‘ining joylashuviga qarab chakka chuyagi
piramisini sinishi: uzun va ko‘ndalang sinishlarga bo‘linadi. Birinchi vaziyatda
nog‘ora bo‘shlig‘ining tomi va tashqi eshituv yo‘lining yuqori devori shikastlansa,
ikkinchisida - sinish chizig‘i piramidani ko‘ndalang kesib o‘tganda nog‘ora parda
shikastlanmaydi, lekin boshqa og‘ir klinik belgilar yuzaga keladi. Chakka suyagi
piramidasining turli sinishlari o‘ziga xos klinik belgilar bilan kechadi.
Chakka suyagi piramidasini uzunasiga sinishi odatda kalla suyagi asosi
ko‘ndalang singanda sodir bo‘ladi. Aksariyat hollarda bunday bemorlarda nog‘ora
pardani yirtilishi, quloqdan qon, ba’zan miya suyuqligi oqishi kuzatiladi.
Bemorda eshituv va muvozanat a’zolarining faoliyati buziladi, ayrim hollarda ular
saqlanib qolishi mumkin. Yumshoq to‘qimaning shishi va gematomasi yuz asab
tolasini bosishi natijasida bemorda yuz asab tolasi qisman falaji yoki falaji
rivojlanadi.
Chakka suyagi piramidasini ko‘ndalang sinishi kalla suyagi asosi uzunasiga
singanda sodir bo‘ladi. Bunday sinishda odatda nog‘ora parda zararlanmaydi,
quloqdan qon yoki miya suyuqligi ham oqmaydi. Otoskopiyada nog‘ora parda
o‘zgarmaganligi
yoki
nog‘ora
bo‘shlig‘ida
qon
to‘planganligi
ko‘rinadi
(gemotimpanum). Sinish chizig‘i ichki quloq ustidan o‘tishi natijasida ichki eshituv
yo‘lidan o‘tuvchi asab tolalari jarohatlanadi, bemorda eshituv va muvozanatni
saqlash a’zolarining faoliyati buziladi, yuz asab tolasi falaji rivojlanadi.
Chakka suyagi piramidasi singanda infeksiya o‘rta va ichki quloqdan kalla
bo‘shlig‘iga tarqalishi, bemorda kalla ichi asoratlari (otogen meningit, ensefalit va
boshq.) rivojlanishi mumkin.
Klinik belgilari. Jarohatdan so‘ng bemorning umumiy ahvoli og‘ir bo‘lib, unda
spontan vestibulyar reaksiyalar kuzatiladi (bosh aylanishi, spontan nistagm, statik
va dinamik muvozanatni yo‘qotilishi, ko‘ngil aynishi va qusish). Quloqdan qon va
miya suyuqligi oqayotganda (otolikvoreyada) doka bog‘lamda o‘ziga xos dog‘,
ya’ni markazda qon dog‘i, uning atrofida och-sariq tasma shaklida miya
suyuqligini dog‘i qoladi. Bemorda yuz asab tolasining falaji, meningial va bosh
miyaning o‘choqli belgilari kuzatiladi. Zararlangan tomonda tovushni qabul qilish
tizimining buzilishi yoki sensonevral past eshitishlik, ba’zan karlik rivojlanishi
mumkin. Labirint shikastlanganda Veber sinamasida tovush sog‘lom quloq tomon,
labirint shikastlanmagan hollarda, ya’ni o‘rta quloqqa qon quyilganda, tovushni
zararlangan quloq tomon og‘ishi kuzatiladi. Kalla suyagi singan hollarda orqa miya
suyuqligida qon aniqlanadi.
Tashxis bemor shikoyatlari, kasallikni boshlanishi, otoskopiya, paypaslash,
perkussiya, vestibulometriya, akumetriya, audiometriya, rentgenografiya va
kompyuter tomografiya tekshiruvlarining natijalari asosida qo‘yiladi. Bemorning
umumiy ahvolini e’tiborga olgan holda kalla suyagi rentgenografiyasi tekshiruvi
bajariladi. Lekin jarohatdan so‘nggi dastlabki kunlarda chakka suyagi
rentgenografiyasi
tekshiruvini
bajarish
imkoniyati
bo‘lmaydi.
Bemorga
nevropatolog, neyrojarroh va oftalmolog maslahati tavsiya etiladi.
Davolash. Quloqdan qon oqishini to‘xtatish maqsadida tashqi eshituv yo‘liga toza
steril doka yoki paxta bo‘lagi kiritilib, quloq sohasiga aseptik boylam qo‘yiladi.
Keyin boshi va buyin sohasiga korset qo‘yilib, chalkancha yotkizilgan holatda
bemor shifoxonaga yuboriladi. Yo‘lda silkinishlar, bemorga boshni harakatlantirish
va yonboshiga yotish taqiqlanadi. Subaraxnoidal qon oqishiga shubha tug‘ilganda
miya suyuqligi tekshiriladi; kalla ichi gematomasi aniqlanganda esa bemorda
neyrojarrohlik amali bajariladi. Keyingi davolash tadbirlari bemorning umumiy
ahvoli, shu jumladan kasallikning nevrologik belgilari e’tiborga olingan holda olib
boriladi.
Miya suyuqligini oqishi odatda o‘z-o‘zidan to‘xtaydi; ba’zan miya suyuqligi
bosimini pasaytirish maqsadida tomir ichiga 25% magneziy sulfat yuboriladi,
tashqi eshituv yo‘liga yog‘li pilikcha qo‘yiladi. Agar quloqdan orqa miya
suyuqligini oqishi to‘xtamasa, unda o‘rta quloqda jarrohlik amali bajariladi va bosh
miya qattiq pardasi ochilib, uning teshilgan joyi chakka suyagi mushagidan
olingan qiyiq bilan yopiladi.
Chakka suyagi shikastlarining oqibatlari kalla suyagi asosi sinishining
xarakteriga, muddatiga va nevrologik belgilarning rivojlanishiga, ya’ni bosh miya
pardalari va to‘qimasining jarohatiga bog‘lik bo‘ladi. Og‘ir aralash jarohatlarda
ko‘pincha jarohatdan so‘nggi dastalabki daqiqalarda yoki qisqa vaqt ichida bosh
miyani hosil bo‘lgan gematoma bilan bosilishi, bosh miya to‘qimasining shishi
natijasida bemorda o‘lim holati yuz berishi mumkin. Boshqa hollarda jarohatdan
so‘ng bemorlarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, epilepsiyaga o‘xshash talvasa
holatlari kabi asoratlar kuzatilishi mumkin.
QULOQNING TERMIK VA KIMYoVIY JAROHATLARI yuqori yoki past
haroratning, kislota yoki ishkorli eritmalarning ta’siri natijasida sodir bo‘ladi.
Tashqi quloqning termik jarohati deyarli doimo yuz, bosh va bo‘yin sohasi
kuyishlari bilan birga uchraydi.
Kuyishlarda quyidagi klinik darajalar tafovut qilinadi:
I daraja - eritema, quloq suprasi terisining qizarishi va shishi;
II daraja - shish va pufakchalarni hosil bo‘lishi;
III daraja – yuqoridagi belgilar va terining yuzaki nekrozi;
IY daraja – yuqoridagi belgilar va terining chuqur nekrozi.
Tashxis anamnez ma’lumotlari, bemor shikoyatlari va klinik manzara asosida
qo‘yiladi.
Davolashda bemorning umumiy ahvoli, kasallikning klinik belgilari,
zaharlanish darajasini hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Quloq suprasi va
tashqi eshituv yo‘li terisining termik jarohatlarida birinchi tibbiy yordam umumiy
jarrohlik qoidalari bo‘yicha olib boriladi. Mushak orasiga og‘riqsizlantiruvchi dori
vositalar (morfiy, pantapon, promedol) yuboriladi. Mahalliy davolash usuli
og‘riqni kamaytirish, jarohat maydonini nekrozga uchragan to‘qimalardan
tozalash, yallig‘lanishga qarshi davolash va teridagi jarohatni bitishini tezlashtirish,
chandiqlar hosil bo‘lishini oldini olish tadbirlaridan iborat.
Jarohat maydoniga aseptik sharoitda ishlov berilishi lozim. Nekrozga uchragan
teri qatlamlari olib tashlangandan so‘ng kuygan teri maydoni natriy xloridning
izotonik eritmasi bilan yuvilib, quritiladi va spirt bilan artiladi. Hosil bo‘lgan
pufakchalar ichidagi ekssudatni chiqarish maqsadida pufakchalar teshiladi yoki
qaychi bilan kesiladi. Birlamchi jarrohlik ishlovidan so‘ng jarohat maydoniga
aseptik boylam qo‘yilmaydi,uni o‘rniga burushtiruvchi eritma - 5% tanin,
permanganat kaliyning och pushti rangli eritmasi bilan namlanadi yoki maxsus
lampa ostida quritiladi.
Quloq suprasi termik kuyishining I-II darajasini davolash jarayonida aseptika
koidalariga jiddiy rioya kilinganda u 10-12 kun ichida izsiz bitib ketadi. III-IY
darajali kuyishlarda bemor qoqsholga qarshi emlanadi, nekrozga uchragan
to‘qimalarni olib tashlash bilan birga teri autotransplantatsiyasi jarrohlik amali
bajariladi. Nekrozga uchragan to‘qimalardan tozalash paytida antiseptik malham
(levomikol) va kortikosteroid dori moddalari (oksikazol aerozoli, gidrokortizon
suspenziyasi) ishlatiladi. Kuyishdan so‘ng rivojlangan perixondrit umumiy
tamoyillar bo‘yicha davolanadi. Chuqur kuyishlarda tashqi eshituv yo‘li
atreziyasini oldini olish maqsadida uning ichidagi ortiqcha yallig‘lanish o‘smalari
olib tashlanadi, joyi esa 10 – 40 % kumush nitrat eritmasi bilan kuydirilib, tashqi
eshituv yo‘liga bioinert materialdan tayyorlangan naycha kiritilib, tashqi eshituv
yo‘lining terisi epiteliy bilan qoplanmaguncha shu yerda qoldiriladi. Quloqning
termik kuyishi o‘rta quloqning o‘tkir yiringli yallig‘lanishi bilan birga uchragan
holda yiringli o‘rta otitni davolash tadbirlari o‘tkaziladi.
Quloqning kimyoviy kuyishlarda birinchi tibbiy yordam neytrallashtiruvchi
vositalarni zudlik bilan qo‘llashdan iborat. Quloq suprasining terisi kislota eritmasi
bilan kuyganda jarohat maydoni ishqorli eritma (2% natriy gidrokarbonat, magniy
oksidi, sovun suvi) bilan, ishkor eritmasi bilan kuyganda esa 1-2% sirka yoki
limon kislotasi bilan yuviladi. Keyin bemor termik kuyishlarni davolash qoidalari
buyicha davolanadi.
QULOQ SUPRASI MUZLAShLARIDA quyidagi klinik darajalar tafovut
qilinadi:
I daraja – terining shishi va ko‘karishi;
II daraja - pufakchalar hosil bo‘lishi;
III daraja - teri va teri osti yog‘ to‘qimasining nekrozi;
IY daraja - tog‘ay to‘qimasining nekrozi.
Tashxis anamnez ma’lumotlari, bemor shikoyatlari va klinik manzara asosida
qo‘yiladi.
Davolash. Quloq suprasi muzlashida birinchi tibbiy yordam uni iliq (370 S) suv
bilan isitish, spirt bilan ishlov berishdan iborat. Quloq suprasi qo‘l yoki yumshoq
mato bilan ishqalanadi. Teriga jarohat yetkazmaslik uchun quloqlarni qor yoki
dag‘al mato bilan ishqalash man etiladi. Terida pufakchalar hosil bo‘lganda jarohat
maydoniga burushtiruvchi eritma yoki malham surtiladi, pufakchalar aseptik
sharoitda ochilib, ichidagi ekssudat chiqariladi. Keyin jaroxat maydoniga antibiotik
malhami bilan boylam qo‘yiladi.
Og‘ir hollarda nekrozga uchragan to‘qimalar olib tashlanib, jarohat maydoniga
Vishnevskiy malhami, levomikolga shimdirilgan doka qiyiq qo‘yilib, bemorga
antibiotiklar, fizioterapevtik muolajalar (UVCh, UBN ) buyuriladi.
Muzlashdan so‘ng quloq suprasi terisining sovuq va issiq haroratga sezgirligi
oshadi. Muzlashdan so‘nggi venalar trombozi yoki qon aylanishining buzilishi
natijasida quloq suprasining rangi qizaradi yoki ko‘kimtir tus oladi.
QULOQNING AKUSTIK JAROHATI o‘ta kuchli tovush to‘lqinlari (120 DB)
eshituv a’zosiga qisqa muddatli yoki davomli ta’sir etishi natijasida sodir bo‘ladi
va eshituv a’zosi faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi.
Bunday jarohatlar o‘tkir va surunkali akustik jarohatlarga bo‘linadi. O‘tkir akustik
jarohat o‘ta kuchli va baland to‘lqinli tovush (portlash, quloq suprasi oldida
hushtak chalish) qisqa muddatli ta’sir etishi natijasida sodir bo‘lib, og‘riq bilan
kechadi.
Surunkali akustik, yoki shovkin ta’sirida yuzaga kelgan jarohatlar ko‘pincha tinch
hayotda uchraydi va kuchli tovush to‘lqinlarining davomli ta’siri natijasida
rivojlanadi. Agar o‘tkir akustik jarohat natijasida buzilgan eshitish kobiliyati
tiklansa, surunkali akustik jarohat spiral a’zoning atrofiyasiga olib kelishi mumkin.
Davomli shovqin va vibratsiyaning (masalan, to‘quv sexida, temirchilik
ustaxonasidagi vibratsiya) birgalikda ta’siri bemorda eshitish qobiliyatini og‘ir
buzilishlariga olib keladi.
Tashxis
bemor
shikoyatlari,
kasallikni
boshlanishini
aniqlash
asosida
qo‘yiladi.Akustik jarohatlarda bemorda odatda konduktiv past eshitishlik va suyak
orqali eshitish bo‘sag‘asini oshishi kuzatiladi.
Davolash. Kasb bilan bog‘liq eshituv buzilishlarining boshlang‘ich bosqichida
bemorga kasbni o‘zgartirish yoki shaxsiy himoya choralarini qo‘llash tavsiya
qilinadi. Bunday bemorlarga censonevral past eshitishlikni davolash tadbirlari
buyuriladi: V,S,A,Ye guruhi vitaminlar, tinchlantiruvchi vositalar, mehnat va dam
olish tartibiga rioya qilish.
Kasbiy past eshitishlik oldini olish choralari tibbiy va texnik tadbirlarga
bo‘linadi. Tibbiy tadbirlarga shovqin bilan bog‘liq ishlab chiqarish korxonalariga
ishga qabul qilinadigan shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va maxsus testlar
yordamida eshituv a’zosining kuchli tovushdan charchash darajasini aniqlash
ishlari kiradi. Eshitish qobiliyatini tiklanishi uzoq vaqt davom etgan shaxslar
shovqin sharoitida mehnat qilishga yaroqsiz deb topiladi. Korxona xodimlarini
otorinolaringologik ko‘rikdan o‘tkazib, ularning eshitish darajasini o‘z vaqtida
aniqlash censonevral eshitish zaifligini oldini olishda muhim profilaktik
ahamiyatga ega.
Texnik tadbirlarga ishchilarga ta’sir etuvchi tovush to‘lqinining kuchini
pasaytirish (tovush to‘lqinlarini yutish va tarqalishini cheklash) choralari kiradi.
Ishlab chiqarish korxonalarida yuqori to‘lqinli tovush kuchi 90 - 100 dB dan, o‘rta
chastotali tovush kuchi 85-90 dB dan va past to‘lqinli tovush kuchi 75-85 dB dan
oshmasligi talab qilinadi. Shaxsiy himoya vositalaridan ishchilarga shovqinga
qarshi turli moslamalar tavsiya etiladi.
VIBRATSION (ChAYQALISh) JAROHAT. Kasallikning nomidan bilinib
turibdiki, ushbu jarohat turli mexanizmlar (asbob-uskunalar, transport vositalari)
tarqatuvchi vibratsion tebranish (chayqalish) tufayli yuzaga keladi. Vibratsiyani
hayvonlarga ta’sirini o‘rganish borasida olib borilgan eksperimental tajribalar
shuni ko‘rsatadiki, chayqalish ta’sirida chig‘anoqda (uning cho‘qqisi va spiral
a’zoning hujayralarida, hamda chig‘anoq va muvozanat o‘zaklarda) degenerativ
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlarning xarakteri viratsiyaning kuchi va
ta’sirining davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi.
Davolash. Uzviy anatomik bog‘liklikni hisobga olgan xolda davolash tadbir-lari
akusitik jarhatni davolashday olib boriladi. Faqat vibrojarohatni oldini olish
maqsadida vibratsiyani izolyatsiya qilish, uni so‘ndirish va yutish chora-tadbirlari
ham qo‘shiladi.
BAROJAROHAT. Barojarohat atmosfera bosimini keskin o‘zgarishi tufayli
sodir bo‘ladi. O‘rta va ichki quloq bunday o‘zgarishlarga ayniqsa sezgir bo‘ladi.
Barojarohatning ikki turi tafovut qilinadi. Birinchi vaziyatda jarohat bosimni faqat
tashqi eshituv yo‘lidagi o‘zgarishi natijasida, masalan quloq sohasiga qo‘l kafti
bilan
urganda,
Zigle
pnevmatik
voronkasini
ishlatganda
rivojlanadi.
Barojarohatning ikkinchi turi esa tashqi muhit va nog‘ora bo‘shlig‘i bosimlari
orasidagi tafovut natijasida rivojlanadi, masalan uchuvchilar uchganda, g‘ovoslar
suvga sho‘ng‘iganda va h.k. Baro- va akustik jarohatlarni birga kechishi yaqin
masofada portlash sodir etilganda yoyi o‘q otilganda kuzatiladi. Bunday
buzilishlarning negizida atmosfera bosimini juda tez oshishi va kuchli tovushning
to‘satdan ta’siri yotadi.
Barojarohatda otoskopiya manzarasi nog‘ora pardani qizarishi, to‘qimasiga qon
quyilishi; ba’zan yirtilishlar yoki nog‘ora pardani to‘liq nobud bo‘lishi bilan
namoyon bo‘ladi. Jarohatdan so‘ng 2 kun davomida yallig‘lanish belgilari
kuzatilmasligi,
keyinchalik
ikkilamchi
infeksiyani
qo‘shilishi
natijasida
yallig‘lanish jarayoni rivojlanishi mumkin. Nog‘ora bo‘shlig‘iga qon quyilib,
nog‘ora parda yirtilmay qolgan hollarda uning rangi to‘q-qo‘kimtir bo‘ladi.
Barojarohat ichki quloq va markaziy asab tizimining qator funksional
buzilishlari bilan kechadi. Bemorda quloqlarni jang‘illashi, eshituvni pasa-yishi,
bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi paydo bo‘ladi. Ba’zan es-xushini yo‘qotilishi
kuzatiladi.
Barojarohatda eshituvni pasayish darajasi turlicha bo‘lib,eshituv a’zosining qaysi
qismi zarargaligiga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan halqum murtagi yoki nay
yostiqchasining gipertrofiyasi tufayli eshituv nayining o‘tkazuvchanligi buzilgan
bolalarda barojarohat samolyotda parvoz etganda rivojlanadi.
Davolash. Nog‘ora pardani yirtilishi, quloqdan qon oqishi yoki nog‘ora parda-
ning to‘qimasiga qon quyilishi bilan kechgan barojarohatda birinchi tibbiy yor-dam
tashqi eshituv yo‘lini zondga o‘ralgan steril paxta yordamida ehtiyotkorlik va
sinchkovlik bilan qon laxtalaridan, yot jismlardan (portlash paytida quloq ichiga
to‘proq kirishi mumkin) tozalashdan iborat. Quloqni yuvish qat’iyan man etiladi,
chunki bu nog‘ora bo‘shlig‘ini yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Tashqi eshituv
yo‘li tozalangandan so‘ng uning terisiga spirtga shimdirilgan paxta bo‘lagi bilan
ishlov beriladi, keyin jarohat maydoniga uchta sulfanilamid doridan tayyorlangan
kukun sepiladi. Infeksiya tushishini oldini olish va qon ketishini to‘xtatish
maqsadida tashqi eshituv yo‘liga quruq steril tiqmalar kiritiladi. Muolajalar har
kuni bajariladi.
Ichki quloqning funksional buzilishlari (bosh aylanishi va h.k) paydo bo‘lgan
hollarda bemor albatta to‘shakda yotishi talab etiladi. Unga umumiy quvvatlovli va
yallig‘lanishga qarshi terapiya buyuriladi. Davolashning 6-kunidan boshlab
davolash tadbirlari u yoki bu a’zoning zararlanishiga qarab olib boriladi.
Jarohatning xarakteri va keskinligiga qarab bemor poliklinika yoki shifoxona sha-
roitida davolanadi.
Barojarohatni oldini olish tadbirlari atmosfera bosimini asta-sekin o‘zgarishini
ta’minlash, eshituv nayining me’yoriy faoliyatini saqlashdan iborat. Shaxslarni
uchuvchilik, g‘ovvoslik kasbiga tanlovdan o‘tkazish ham muhim profilaktik
ahamiyatga ega.
TAShQI EShITUV YO‘LINING ChIPQONI (furunculus meatus acustici)
– tog‘ay-parda bo‘limida joylashgan soch follikulalari hamda atrofdagi
biriktiruvchi to‘qimaning o‘tkir yiringli-nekrotik yallig‘lanishi bo‘lib, tashqi
eshituv yo‘lining teri va teri osti yog‘ to‘qimasining chegaralangan yallig‘lanishi
bilan kechadi. Tashqi eshituv yo‘lining yallig‘lanishi, ya’ni tashqi otitning ikki
shakli: chegaralangan (jarayonni faqat tog‘ay parda qismiga tarqalishi) va tarqoq
(jarayonni suyak qismiga ham tarqalishi) tafovut etiladi.
Tashqi eshituv yo‘lining suyak qismida soch follikulalari yo‘qligi sababli bu
maydonda chipqonlar paydo bo‘lmaydi. Infeksiya (ko‘pincha S. aureus, ko‘k
yiringli tayoqcha, stafilokokklar) teridagi soch follikulalariga tashqi eshituv yo‘lini
shpilka yoki boshqa biror o‘tkir jism bilan jarohatlanganda tarqaladi. Shu sababdan
kasallik qulog‘idan vaqti-vaqti bilan yiringli ajralma oqadigan bemorlarda
uchraydi. Shamollash, modda almashinuvi, xususan uglevodlar almashinuvini
buzilishi, noto‘g‘ri ovqatlanish, gipovitaminoz kabi umumiy omillar tashqi eshituv
yo‘li chipqonining rivojlanishiga yordam beradi.
Klinik belgilari. Tashqi eshituv yo‘li chipqonining yetakchi belgisi - bu keskin
og‘riq bo‘lib, u tishlar va ko‘zlar sohasiga, bo‘yinga, ba’zan boshning barcha
qismlariga tarqaladi. Og‘riq gapirganda, chaynaganda, quloq do‘mboqchasi va
tashqi eshituv yo‘lining pastki devori bosilganda, quloq suprasi tortilganda
zo‘rayadi. Chipqon tashqi eshituv yo‘lining barcha devorlarida rivojlanishi
mumkin. Og‘rik tufayli otoskopiya ehtiyotlik bilan, kichik quloq qadoqchasi
(voronkasi)
yordamida
bajariladi.
Otoskopiyada
tashqi
eshituv
yo‘lida
yallig‘langan va qizargan terida shish hosil bo‘lib, uning yo‘lini torayganligi
ko‘rinadi. Ba’zan tashqi eshituv yo‘lida bir nechta chipqonlar paydo bo‘lishi
mumkin. Nog‘ora pardada o‘zgarish kuzatilmaydi, bemorning eshitish qobiliyati
o‘zgarmaydi. Mahalliy limfa tugunlar kattalashib, yengil paypaslanganda og‘riydi.
Ba’zan yallig‘lanish jarayoni quloq suprasi atrofidagi yumshoq to‘qimalarga,
so‘rg‘ichsimon o‘siq sohasiga tarqalishi mumkin. Chipqon tashqi eshituv yo‘lining
old yoki pastki devoridagi santoriy tirqishlari sohasida joylashganda infeksiya
quloq oldi beziga tarqalishi va yallig‘lanish jarayoniga sabab bo‘lishi mumkin.
Bemorning tana harorati biroz ko‘tarilib, qaltirash kuzatilishi mumkin.
Muvoffaqiyatli davolangan tashqi eshituv yo‘lining chipqoni infiltratsiya
bosqichida so‘rilib ketishi mumkin. Boshqa hollarda kasallikning 5-7 kuni
chipqonning cho‘qqisi yorilib, tashqi eshituv yo‘liga qon aralash yiringli ajralma
va nekrozga uchragan chipqon o‘zagi ham oqib chiqadi. Shundan so‘ng og‘riq
kamayib, bemorning ahvoli biroz yaxshilanadi. Kasallik ba’zan qaytalanishi
mumkin.
Tashxis bemor shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari, otoskopiya va audiometriya,
ob’ektiv tekshiruv (quloq dumbog‘i bosilganda va chaynaganda og‘riqni paydo
bo‘lishi) natijalari asosida qo‘yiladi. Chipqon tashqi eshituv yo‘lining kirish joyida
joylashganda u tibbiy asboblarsiz, qolgan hollarda kichik quloq qadoqchasi
yordamida ko‘zdan kechiriladi. Kasallikni boshida chipqonning o‘zagi ochilgandan
so‘ng shish ustida kratersimon chuqurlik va undan oqayotgan yiringli ajralma
ko‘zga ko‘rinadi.
Tashqi eshituv yo‘lining chipqoni mastoidit kasalligidan farqlanadi. Chipqonda
og‘riq va shish asosan quloq suprasining birikish maydonida, mastoiditda esa
so‘rg‘ichsimon o‘siq sohasida joylashadi. Mastoiditda quloq orqasidagi shish
bosilganda barmoq izi qolmaydi, chipqon maydoni bosilganda esa chuqur barmoq
izi qolib, u biroz vaqt ko‘rinib turadi. Bundan tashqari, mastoiditda tashqi eshituv
yo‘li
suyak
qismining
orqa-yuqori
devori
osilganligi,
chakka
suyagi
rentgenogrammasida - so‘rg‘ichsimon o‘siqning havoli kataklarida havo zichligi
kamayganligi va quloqning eshitish qobiliyati pasayganligi aniqlanadi. Chipqonda
esa otoskopiyada nog‘ora pardada o‘zgarish kuzatilmaydi, bemorning eshitish
qobiliyati buzilmaydi.
Qandli diabet kasalligini inkor etish uchun qon va siydikda glyukozaning
miqdori, zarurat tug‘ilganda mikroflora va uning antibiotiklarga sezgirligi
tekshiriladi.
Davolash. Kasallikning dastlabki kunlarida bemorga antibiotiklar buyuriladi:
mushak orasiga ampitsillin 500 000 TB dan kuniga 4-6 mahal, ichishga oksatsillin,
augmentin bolalarga 375 mg, kattalarga 625 mg dan 3 mahal, sefalosporinlar
guruhi antibiotiklari - sefaleksin, sefazolin. Tashqi eshituv yo‘liga borat kislotaning
3% li spirtli eritmasiga shimdirilgan paxta pilikcha kiritiladi. Bemorga tana
haroratini pasaytiruvchi va og‘riqni qoldiruvchi dorilar - panadol, eferalgon,
aspirin,
parasetamol
tavsiya
qilinadi.
Desensibilizatsiya
maqsadida
va
yallig‘lanishga qarshi 1% li kalsiy xlorid eritmasidan bolalarga 7-10 ml/kg
miqdorda, kattalarga 300-400 ml gacha 1daqiqada 40-50 tomchi tezligida vena
ichiga yuborish tavsiya etiladi. Bundan tashqari bemorga pipolfen, suprastin,
stafilokokka qarshi anatoksin yoki gamma-globulin, vitaminlar va fizioterapiya
muolajalari (UBN,UVCh,SVCh) buyuriladi.
Chipqonni ochish muolajasi chipqon huppozlashganda (odatda kasallikning
to‘rtinchi kuni), og‘riq kuchayganda, atrof to‘qima infiltratsiyasi va mahalliy
limfadenit keskinlashganda bajariladi. Mahalliy infiltratsion og‘riqsizlantirish
ostida chipqon cho‘qqi sohasida kesilib, o‘zagi va yiringli ajralma chiqarilib,
o‘rniga rezina chiqargich kiritiladi; tashqi eshituv yo‘liga gipertonik eritmaga
shimdirilgan pilikcha qo‘yiladi va u har 3-4 soatda almashtirib turiladi.
Limfotrop usulda quloq suprasining orqa yoki pastki asosining terisi ostiga
antibiotik (masalan, 1 ml 0,5% li novokainda eritilgan 1 ml linkomitsinni)
eritmasini yuborish yaxshi samara beradi
TARQOQ TAShQI OTIT (otitis externa diffusa) - tashqi eshituv yo‘li
terisining yiringli tarqoq yallig‘lanishi bo‘lib, uning rivojlanishiga turli mexanik,
termik va kimyoviy jarohatlar, yiringli o‘rta otit sabab bo‘ladi. Bunda yallig‘lanish
jarayoni tarqoq xarakterga ega bo‘ladi.
Kasallikni gramm-musbat flora, Pseudomonas aeroginosa, S. pyogenes yoki
aralash mikroflora va zamburug‘lar qo‘zg‘atadi. Organizmda uglevodlar
almashinuvining buzilishi, immunitetning susayishi, qandli diabet va allergik
kasalliklar diffuz tashqi otitning rivojlanishiga yordam beradi.
Klinik belgilari. Tashqi tarqoq otit o‘tkir yoki surunkali shaklda kechadi.
Kasallikning o‘tkir kechimida tashqi eshituv yo‘lining terisi dastlab qichiydi,
keyinchalik og‘riq belgisi qo‘shilib, quloq do‘mboqchasi bosilganda yallig‘langan
quloq og‘riydi, undan yiringli ajralma oqadi. Otoskopiyada tashqi eshituv yo‘li
tog‘ay-parda qismining terisi qizarib, shishganligi, yorigi torayib unda ko‘chgan
epidermis qatlami va yiringdan hosil bo‘lgan badbo‘y bo‘tqasimon ajralma
to‘planganligi, nog‘ora parda ham biroz qizarib, ko‘chgan epidermis bilan
qoplanganligi ko‘rinadi.
Qiyosiy tashxis. Tashqi diffuz otitni birinchi navbatda o‘rta quloq kasalliklari,
otomikoz va virusli otitlardan farqlash lozim. Tashqi eshituv yo‘lining tarqoq
yallig‘lanishi bilan og‘rigan bemorning eshitish qobiliyati o‘zgarmaydi.
Zamburug‘li tashqi otitni inkor etish maqsadida mikologik tekshiruv o‘tkaziladi.
Virusli otitda o‘ziga xos gerpetik toshma toshadi, quloq suprasining orqa yuzasida,
quloq solinchagi va tashqi eshituv yo‘lining orqa devorida mayda pufakchalar,
grippdan so‘ngi otitda esa gemorragik pufakchalar paydo bo‘ladi. Virusologik
tekshiruv aniq tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Tashqi quloq ekzemasida qizarish va shish tufayli quloq suprasi qalinlashib,
eshituv yo‘li keskin torayadi, tashqi eshituv yo‘lining terisida kichik serozli
pufakchalar paydo bo‘ladi. Pufakchalar yorilganda quloqdan serozli ekssudat
oqib,terining ho‘l yuzasida sarg‘ish-kulrang po‘stloqlar ko‘zga tashlanadi.
Po‘stloqlar to‘plami tashqi eshituv yo‘lini qicman yoki to‘liq yopib qo‘yishi
mumkin. Bemor qulog‘i tinimsiz qichishiga shikoyat qiladi.
Davolash. Bemorga vitaminlarga boy, uglevodlar miqdori cheklangan parhez
taomlar tavsiya etiladi. O‘tkir va shirin taomlarni iste’mol qilish chegaralanadi.
Giposensibilizatsiya (Calcii gluconici 0,5 g dan 3-4 mahal ichish ) va
yallig‘lanishga qarshi davolash tadbirlari o‘tkaziladi.Tashqi eshituv yo‘li furatsilin
eritmasi (1:5000) bilan yaxshilab yuvilib quritiladi, keyin unga safrodeks
tomchilari tomiziladi. Quloqni kichishini kamaytirish uchun unga 1% mentol
tomchisi, 1-2% salitsilat kislotasi, 2% sulfatiozol, 1-2% sariq simob va 2-5% oq
simob,
gioksizon
yoki
prednizolon,
gidrokortizon,
belogent,
beloderm,
selestoderm-V va boshqa glyukokortikoid malhamlar curtiladi. Bemorga
UVCh,UBN, geliy-neon lazer nuri kabi fizioterapevtik muolajalar buyuriladi.
Kasallikning surunkali kechimida vaksinoterapiya, stafilokokga qarshi anatoksin,
autogemoterapiya, vitaminoterapiya o‘tkaziladi. Ma’lumki, qandli diabet bilan
og‘rigan bemorlarda tashqi diffuz otitning surunkali shakli ko‘p uchraydi va uzoq
vaqt davom etadi. Uni davolashda odatdagi dori-darmonlar yaxshi natija bermaydi.
Bunday hollarda S.A.Xasanov taklif etgan usul bo‘yicha tashqi eshituv yo‘liga
insulin eritmasiga shimdirilgan paxta pilikchasi qo‘yiladi va har 4-6 soatda 4-5
tomchidan insulin tomizilib turiladi. Mahalliy usulda qo‘llanilgan insulin
retseptorlarga ta’sir ko‘rsatib, hujayralar oralig‘idagi glyukozani hujayra ichiga
kirishini va hujayradagi glikoliz jarayoni me’yorda kechishini ta’minlaydi. Quloq
suprasi orqa-pastki burmasining terisi ostiga 0,5% novokainda eritilgan antibiotik
limfotrop usulda yuboriladi. Kasallikni oldini olishda gigiena qoidalariga rioya
qilish muhim ahamiyatga ega.
TAShQI QULOQ SARAMASI (erysipelas) – bu tashqi quloq terisidagi yuzaki
limfa tizimining yallig‘lanishi bilan kechuvchi teri va teri osti yog‘ to‘qimasining
o‘tkir infeksion - allergik kasalligi bo‘lib, birlamchi yoki yuz va bosh terisidan
tarqalgan ikkilamchi kasallik sifatida rivojlanishi mumkin. Kasallikni ko‘pincha A
guruhiga mansub betta-gemolitik streptokokk qo‘zg‘atadi. Immunobiologik
himoya mexanizmlarining buzilishi, terini shilinishi, ayniqsa quloqdan yiring
oqishi natijasida quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘liga infeksiyani tarqalishi
saramas jarayonining rivojlanishiga yordam beradi.
Klinik
belgilari.
Bemor
qulog‘i
qizib
og‘rishiga shikoyat qiladi. Quloq suprasi keskin
qizarib, shishadi, paypaslanganda og‘riydi, shish
quloq solinchagiga ham tarqaladi. Zararlangan
maydon qizil rangi va shishi bilan sog‘lom
teridan keskin ajralib turadi. Saramasning bullyoz
shaklida terida serozli pufakchalar hosil bo‘ladi.
Bemorning tana harorati 39-400C ga ko‘tariladi,
boshi og‘riydi, qaltirash kuzatiladi. Kasallik 3-5
kun davom etib, sog‘ayish bilan tugaydi. Ba’zan
jarayon qaytalanib turishi, so‘rg‘ichsimon o‘siq
yoki nog‘ora pardaga tarqalishi mumkin (36-
rasm).
Qiyosiy tashxis. Saramasni ko‘pincha quloq suprasi xondroperixondritidan
farqlashga to‘g‘ri keladi. Saramasda yallig‘lanish jarayoni quloq suprasining
solinchak qismiga va atrof teri maydoniga tarqaladi. Xondroperixondrit eshituv
yo‘li sohasining og‘rishi bilan boshlanib, tashqi quloq avval og‘riydi, so‘ngra unda
pufakchalar paydo bo‘ladi. Undan keyin paydo bo‘lgan shish quloq suprasining
barcha maydonlariga (solinchak qismidan tashqari) tarqalib, dastlab g‘adir-budir
xarakterga ega bo‘ladi. Keyinchalik tog‘ay va tog‘ay usti pardasi orasida yiringli
ekssudat to‘planib,paypaslanganda lo‘qillash va quloq suprasining keskin og‘rishi
qayd etiladi.
Davolash. Infeksiya tarqalishini oldini olish maqsadida tashqi quloq saramasi
bilan og‘rigan bemor alohida xonaga yotkiziladi. Unga antibiotikoterapiya, ya’ni
mushak orasiga ampitsillin yuborish, amoksitsilinni 3 mahal ovqatdan oldin
ichish, augmentin 375 yoki 625 mg tabletkasidan 3 mahal ichish yoki mushak
orasiga har 8 soatda yuborish tavsiya etiladi. Bundan tashqari bemorga
giposensibilizatsiya vositalari (vena ichiga 1% kalsiy xlorid eritmasini 7-10 ml/kg
hisobida yuborish, suprastin yoki pipolfenni qo‘llash), vitaminlar, biologik
faollashtiruvchi dorilar buyuriladi. Mahalliy usulda quloq sohasiga UBN
36-rasm.Tashqi quloq
saramasi