QUMQO‘RG‘ON TUMANI TARIXI VA TOPONOMIKASI

Yuklangan vaqt

2024-03-02

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

34,3 KB


 
 
 
 
QUMQO‘RG‘ON TUMANI TARIXI VA 
TOPONOMIKASI 
 
 
 
Reja: 
Kirish 
1. Qumqo’rg’on tumanining 1917-yilgacha bo’lgan tarixi. 
2. 1917-yilgi sovet inqilobidan Qumqo’rg’onning tuman sifatida tashkil 
topishigacha bo’lgan davri tarixi. 
3. Qumqo’rg’on tumanining tashkil topishi. 
4. Qumqo’rg’on toponimining kelib chiqishi. 
Xulosa. 
Ilovalar. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 
 
 
 
 
QUMQO‘RG‘ON TUMANI TARIXI VA TOPONOMIKASI Reja: Kirish 1. Qumqo’rg’on tumanining 1917-yilgacha bo’lgan tarixi. 2. 1917-yilgi sovet inqilobidan Qumqo’rg’onning tuman sifatida tashkil topishigacha bo’lgan davri tarixi. 3. Qumqo’rg’on tumanining tashkil topishi. 4. Qumqo’rg’on toponimining kelib chiqishi. Xulosa. Ilovalar. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.  
  Kirish. Tarix bu kechagi kunimiz, o’tmishimiz va kelajagimizdir. Uni 
bilmasdan turib o’zligimizni anglay olmaymiz. Mening nazarimda har bir tarixchi 
avval tug’ilib o’sgan joyini ya’ni qishlog’i, tumani va viloyatini tarixini bilmasdan 
turib o’z davlatini, millatini tarixini o’rganolmaydi. Shuning uchun men o’zim 
tug’ilib o’sgan Qumqo’rg’on tumani tarixi va toponomikasi haqida mustaqil ish 
yozishga bel bog’ladim. Mustaqil ishni yozishda Surxondaryo tarixiga oid ilmiy 
tadqiqotlar olib borgan bir qator tarixchilar, professorlar  Sh. Shaydullayev, S. 
Tursunov, T. Pardayev, B. Murtazoyev hamda tuman tarixiga oid maqolalar yozgan 
mahalliy tarixchilar va jurnalistlar  Jumanazar Anorov, Norqo’chqor Suvonov, 
Sharbat Mo’yinova ishlariga tayandim. Bu mustaqil ishda “Qumqo’rg’on” atamasini 
paydo bo’lishidan to hozirgi kunigacha  bo’gan davri va qadimgi o’tmishi haqida 
bayon etilgan va ba’zi taponimlarga ham izoh berib o’tilgan.  
Tarix xalqqa saboq, ma’rifat  va tajriba beradigan ilmdir. Har bir xalq o’z 
tarixini, o’tmishini, kechmishini, ajdodlarini kimligini bilmasdan turib, kelajagini 
qura olamaydi. Tarix saboqlari bugungi kunda ham insonlarni hushyorlikka 
chorlaydi. O’zbek jadidchilik harakatining yirik namoyondasi Abdurauf Fitrat tarix 
haqida shunday degan edi: “Tarix millatlarning o’tmishini, taraqqiyotini hamda 
tanazullining sabablarini o’rganaturg’on ilmdur”. Sobiq sho’rolar davrida jadidchi 
bobolarimiz tarixga  va dinga katta e’tibor berishgan. Sho’rolar mamlakatimizda 
zabt etishganda u yerdagi qadimiy qo’rg’onlarni vayron qilishgan, qishloq nomlarini 
ham bu yerda tashkil qilgan kolxoz va sovxozlarni nomlarini ham iloji boricha 
ruscha atamalar bilan atashga zo’r berib harakat qilishgan. Ammo ba’zi toponimlar, 
hamda qadriyatlarni mehnatsevar, fidoiy xalqimiz qarshiligi bilan saqlab qolingan. 
Bu haqida muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev : “ Buyuk 
tarixda hech narsa issiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida 
saqlanadi” deb bejizga aytmagan. 
 
Kirish. Tarix bu kechagi kunimiz, o’tmishimiz va kelajagimizdir. Uni bilmasdan turib o’zligimizni anglay olmaymiz. Mening nazarimda har bir tarixchi avval tug’ilib o’sgan joyini ya’ni qishlog’i, tumani va viloyatini tarixini bilmasdan turib o’z davlatini, millatini tarixini o’rganolmaydi. Shuning uchun men o’zim tug’ilib o’sgan Qumqo’rg’on tumani tarixi va toponomikasi haqida mustaqil ish yozishga bel bog’ladim. Mustaqil ishni yozishda Surxondaryo tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan bir qator tarixchilar, professorlar Sh. Shaydullayev, S. Tursunov, T. Pardayev, B. Murtazoyev hamda tuman tarixiga oid maqolalar yozgan mahalliy tarixchilar va jurnalistlar Jumanazar Anorov, Norqo’chqor Suvonov, Sharbat Mo’yinova ishlariga tayandim. Bu mustaqil ishda “Qumqo’rg’on” atamasini paydo bo’lishidan to hozirgi kunigacha bo’gan davri va qadimgi o’tmishi haqida bayon etilgan va ba’zi taponimlarga ham izoh berib o’tilgan. Tarix xalqqa saboq, ma’rifat va tajriba beradigan ilmdir. Har bir xalq o’z tarixini, o’tmishini, kechmishini, ajdodlarini kimligini bilmasdan turib, kelajagini qura olamaydi. Tarix saboqlari bugungi kunda ham insonlarni hushyorlikka chorlaydi. O’zbek jadidchilik harakatining yirik namoyondasi Abdurauf Fitrat tarix haqida shunday degan edi: “Tarix millatlarning o’tmishini, taraqqiyotini hamda tanazullining sabablarini o’rganaturg’on ilmdur”. Sobiq sho’rolar davrida jadidchi bobolarimiz tarixga va dinga katta e’tibor berishgan. Sho’rolar mamlakatimizda zabt etishganda u yerdagi qadimiy qo’rg’onlarni vayron qilishgan, qishloq nomlarini ham bu yerda tashkil qilgan kolxoz va sovxozlarni nomlarini ham iloji boricha ruscha atamalar bilan atashga zo’r berib harakat qilishgan. Ammo ba’zi toponimlar, hamda qadriyatlarni mehnatsevar, fidoiy xalqimiz qarshiligi bilan saqlab qolingan. Bu haqida muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev : “ Buyuk tarixda hech narsa issiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi” deb bejizga aytmagan. 1. Qumqo’rg’on Surxon vohasida joylashgan qadimiy aholi punktlaridan biri 
hisoblanadi. Uning qadimiy o’rni Surxondaryoning qirg’og’ida joylashgan bo’lib, 
bog’u-rog’lar bilan o’ralgan qo’rg’on bo’lgan. Sharqiy tomonida tog’larning bobosi-
Bobotog’ joylashgan. Aholisi avvaldan dehqonchilik va chorvachilik bilan 
shug’ullanib kelgan. Hududda aholi manzilgohlarining paydo bo’lishi miloddan 
avvalgi VI-IV asrlarga to’g’ri keladi.  
Professor S. Tursunovning yozishicha, Kushon podsholigi davrida 
dehqonchilik manzilgohlari paydo bo’la boshlagan. Qadimda Qumqo’rg’on hududdi 
Chag’anyon tarkibida bo’lgan. Kushon davlati parchalangandan keyin bu hududda 
Eron Sosoniylari hukmronligi boshlanadi. Keyinchalik Kidariylar so’ngra, 488-531-
yillarda Eftallar davlati qo’liga o’tadi. 563-567-yillarda Eftallar davlati Turk 
xoqonligi va Eron Sosoniylarining zarbasiga uchrab barbod bo’lgach, Qumqo’rg’on 
hududlari Turk xoqonligi ixtiyoriga o’tadi. Xoqonlik davrida ham bu hududlar 
mahaliy Chag’anyon hokimlari boshqaruvida bo’lib, ular turklarga boj va yasoq 
to’lab turishgan. Turk xoqonligi parchalangach bu yerda mustaqil Chag’anyon 
hokimligi tashkil etildi. Ammo VIII asr boshlarida arablar bosqini boshlandi. Arab 
sarkardasi Qutayba 705- yilda Balx shahrini zabt etadi, keyin esa Chag’anyonni 
jangsiz taslim etadi. Shu tariqa Qumqo’rg’on hududiga arab tili va islom dini kirib 
keldi. 812-yildan boshlab Chag’onyon Tohiriylar sulolasi qo’liga o’tadi. IX asrning 
oxiridan boshlab O’zbekistonning janubiy qismi, jumladan Qumqo’rg’on hududi 
ham Somoniylar davlati tarkibiga kirgan. Somoniylar davlati inqirozga yuz tutgach, 
bu hududga hukmronlik qilish uchun G’aznaviylar va Qoraxoniylar o’rtasida kurash 
boshlanib, 1008-yildan boshlab G’aznaviylar hukmronlik qiladi. 1025-1027-yillar 
Qoraxoniylar qo’liga o’tib, 1027-1039-yillar oralig’ida mustaqil, 1038-1039-
yillarda va 1042-1043- yillarda Chag’anyonni Bo’ritegin boshqaradi. 1056-yildan 
boshlab, Chag’anyon va Qumqo’rg’on hududlari ham Saljuqiylar qo’liga o’tadi. 
1950-yillar oxiri 1960-yillar boshlarida Janubiy Surxon suvombori hududida olib 
borilgan arxeologik qazish ishlari 1104-1117-yillarda Saljuqiylar hukmronlik qilgan 
1. Qumqo’rg’on Surxon vohasida joylashgan qadimiy aholi punktlaridan biri hisoblanadi. Uning qadimiy o’rni Surxondaryoning qirg’og’ida joylashgan bo’lib, bog’u-rog’lar bilan o’ralgan qo’rg’on bo’lgan. Sharqiy tomonida tog’larning bobosi- Bobotog’ joylashgan. Aholisi avvaldan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib kelgan. Hududda aholi manzilgohlarining paydo bo’lishi miloddan avvalgi VI-IV asrlarga to’g’ri keladi. Professor S. Tursunovning yozishicha, Kushon podsholigi davrida dehqonchilik manzilgohlari paydo bo’la boshlagan. Qadimda Qumqo’rg’on hududdi Chag’anyon tarkibida bo’lgan. Kushon davlati parchalangandan keyin bu hududda Eron Sosoniylari hukmronligi boshlanadi. Keyinchalik Kidariylar so’ngra, 488-531- yillarda Eftallar davlati qo’liga o’tadi. 563-567-yillarda Eftallar davlati Turk xoqonligi va Eron Sosoniylarining zarbasiga uchrab barbod bo’lgach, Qumqo’rg’on hududlari Turk xoqonligi ixtiyoriga o’tadi. Xoqonlik davrida ham bu hududlar mahaliy Chag’anyon hokimlari boshqaruvida bo’lib, ular turklarga boj va yasoq to’lab turishgan. Turk xoqonligi parchalangach bu yerda mustaqil Chag’anyon hokimligi tashkil etildi. Ammo VIII asr boshlarida arablar bosqini boshlandi. Arab sarkardasi Qutayba 705- yilda Balx shahrini zabt etadi, keyin esa Chag’anyonni jangsiz taslim etadi. Shu tariqa Qumqo’rg’on hududiga arab tili va islom dini kirib keldi. 812-yildan boshlab Chag’onyon Tohiriylar sulolasi qo’liga o’tadi. IX asrning oxiridan boshlab O’zbekistonning janubiy qismi, jumladan Qumqo’rg’on hududi ham Somoniylar davlati tarkibiga kirgan. Somoniylar davlati inqirozga yuz tutgach, bu hududga hukmronlik qilish uchun G’aznaviylar va Qoraxoniylar o’rtasida kurash boshlanib, 1008-yildan boshlab G’aznaviylar hukmronlik qiladi. 1025-1027-yillar Qoraxoniylar qo’liga o’tib, 1027-1039-yillar oralig’ida mustaqil, 1038-1039- yillarda va 1042-1043- yillarda Chag’anyonni Bo’ritegin boshqaradi. 1056-yildan boshlab, Chag’anyon va Qumqo’rg’on hududlari ham Saljuqiylar qo’liga o’tadi. 1950-yillar oxiri 1960-yillar boshlarida Janubiy Surxon suvombori hududida olib borilgan arxeologik qazish ishlari 1104-1117-yillarda Saljuqiylar hukmronlik qilgan degan xulosalarini berdi. Chunki bu yerdan Saljuqiylar hukmdori Malikshoh va 
sulton Sanjar davrida zarb qilingan tangalar topilgan1.  
1206-yilda Chag’anyon Xorazmshohlar qo’liga o’tadi. 1220-yildan boshlab 
esa mo’g’ullar hukmronligi boshlanadi. Movarounnahr Chingizxonning ikkinchi 
o’g’li Chig’atoy ixtiyoriga suyurg’ol qilib beriladi. Chag’anyon esa Chig’atoyning 
nevarasi Yesen Tuvaga tegadi. 1370-1405-yillarda Amir Temur davlati tarkibiga 
kiradi. XV asrning ikkinchi yarmida Temuriylarning Hisor bekligi kuchayadi. Hisor 
beki Xusravshoh zamonida Chag’anyon uning ukasi Boqi Chag’anyonga berilgan. 
XVI asr boshlarida Shayboniylar hukmronligi o’rnatildi. Qumqo’rg’on tumanidagi 
Bandixonsoy ustiga ShayboniyAbdullaxon II tomonidan qurilgan Iskandar 
(Makedon) ko’prik bundan dalolat beradi2. Chag’onyon XVI asr oxiridan to 1753-
yilgacha Ashtarxoniylar hukmronligiga bo’ysundiriladi. 1753-yildan boshlab 
Surxondaryo viloyati hududi, jumladan Qumqo’rg’on hududi ham 1920-yilgacha 
Buxoro amirligi tarkibiga kiradi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                           
1 Mo’yinova Sh. Qumqo’rg’on tarixi. – Termiz: 1992.  
2 Surxondaryo. Komuslar Bosh tahririyati. –Toshkent: 1996. 
degan xulosalarini berdi. Chunki bu yerdan Saljuqiylar hukmdori Malikshoh va sulton Sanjar davrida zarb qilingan tangalar topilgan1. 1206-yilda Chag’anyon Xorazmshohlar qo’liga o’tadi. 1220-yildan boshlab esa mo’g’ullar hukmronligi boshlanadi. Movarounnahr Chingizxonning ikkinchi o’g’li Chig’atoy ixtiyoriga suyurg’ol qilib beriladi. Chag’anyon esa Chig’atoyning nevarasi Yesen Tuvaga tegadi. 1370-1405-yillarda Amir Temur davlati tarkibiga kiradi. XV asrning ikkinchi yarmida Temuriylarning Hisor bekligi kuchayadi. Hisor beki Xusravshoh zamonida Chag’anyon uning ukasi Boqi Chag’anyonga berilgan. XVI asr boshlarida Shayboniylar hukmronligi o’rnatildi. Qumqo’rg’on tumanidagi Bandixonsoy ustiga ShayboniyAbdullaxon II tomonidan qurilgan Iskandar (Makedon) ko’prik bundan dalolat beradi2. Chag’onyon XVI asr oxiridan to 1753- yilgacha Ashtarxoniylar hukmronligiga bo’ysundiriladi. 1753-yildan boshlab Surxondaryo viloyati hududi, jumladan Qumqo’rg’on hududi ham 1920-yilgacha Buxoro amirligi tarkibiga kiradi. 1 Mo’yinova Sh. Qumqo’rg’on tarixi. – Termiz: 1992. 2 Surxondaryo. Komuslar Bosh tahririyati. –Toshkent: 1996. 2. 1917- yil oktyabr inqilobining g’alabasi va 1920-yil 2-sentabrda Buxoro 
xalq inqilobi yuz berdi hamda Buxoro Sovet Respublikasi tashkil topdi. Buxoro 
sovetlar ixtiyoriga o’tgach Surxon- Sherobod vodiysida va Hisor bekligi hududida 
yer-suv islohatlari o’tkaziladi. 1925-1926-yilda sovetlar Qumqo’rg’on va 
Xo’jamulki qishloq inqilobiy qo’mitalarini tuzishadi. Ularga Eshonqul Eshquvvatov 
va Mardonqul Xidirovlar raislik qilishgan. 1929-yil Sovet Ittifoqining boshqa 
yerlarida bo’lgani kabi Qumqo’rg’onda ham o’rta hol dehqonlar kolxozlarga 
birlashtirish boshlandi. Dastlab “Qizil paxtakor”, “Qizil dehqon” va “Budyoniy 
nomli” nomli kalxozlar, hozirgi Qoraturba hududida esa “Kalinin”, “Frunze” va 
“Quybishev” nomli kolxozlar tuzildi. 1930-yili bahorida esa Xo’jamulki qishloq 
sovetida “Sanoat” va “Ittifoq” kolxozlari tuzildi. O’sha yili Qumqo’rg’on qishloq 
soveti o’rnida “Qumqo’rg’on-13” nomli sovxoz tuzildi va Qumqo’rgon kanali 
qurilishi boshlandi. 1931-yili 45 km. uzunlikdagi birinchi navbati va 1932-yili 25 
km. uzunlikdagi ikkinchi navbati qurib bitkazildi. Kanal qurilishiga Sherbakov va 
Djimiskiylar rahbarlik qilishgan. 1934-yilida “Qumqo’rg’on-13” sovxozi ikkiga 
bo’linib, “Qumqo’rg’on-13” va “Surxon” paxtachilik sovxozlari tashkil topdi. Yillar 
o’tishi bilan Surxondaryo sohilidagi to’qayzorlar o’zlashtirildi va “Lenin nishoni”, 
“Molotov”, “Komsomol” sovxozlari tuziladi.  
1928-yil noyabrda Surxondaryo okrugi partiya va sovet organlari 
“Oqqopchig’ay” 
sovxozini 
tashkil 
etishga 
kirishdilar. 
1929-yil 
boshida 
Surxondaryoning o’ng qirg’og’ida uncha katta bo’lmagan “Oqqopchig’ay” 
qishlog’ida davlat xo’jaligi bosh qo’rg’oni qurilib, shu qishloq nomi bilan sovxoz 
ham “Oqqopchig’ay” nomini oldi. 
Qumqo’rg’onning yana bir tarixiy maskani Xo’jamulki hududiga e’tibor 
bersak, bundan taxminan 200-300 yil muqaddam bu yerda katta masjid bo’lib, 80 ga 
yaqin hujralari bo’lgan. Bu masjid o’sha davrning mashhur kishisi hazrati 
Eshonbobo tomonidan qurilgan. Bu masjidda ham nomoz o’qilgan, ham madrasa 
o’rnida foydalanilgan. Bu yerda 100-150 ga yaqin insonlar tahsil olgan. Masjid 
hovlisida 10 ta pista, 4 ta gujum bo’lgan. Bu madaniy, tarixiy  yodgorliklarga befarq 
qarash oqibatida 1959-yil suv ombori qurilishida davrida suv ostida qolib ketgan.  
2. 1917- yil oktyabr inqilobining g’alabasi va 1920-yil 2-sentabrda Buxoro xalq inqilobi yuz berdi hamda Buxoro Sovet Respublikasi tashkil topdi. Buxoro sovetlar ixtiyoriga o’tgach Surxon- Sherobod vodiysida va Hisor bekligi hududida yer-suv islohatlari o’tkaziladi. 1925-1926-yilda sovetlar Qumqo’rg’on va Xo’jamulki qishloq inqilobiy qo’mitalarini tuzishadi. Ularga Eshonqul Eshquvvatov va Mardonqul Xidirovlar raislik qilishgan. 1929-yil Sovet Ittifoqining boshqa yerlarida bo’lgani kabi Qumqo’rg’onda ham o’rta hol dehqonlar kolxozlarga birlashtirish boshlandi. Dastlab “Qizil paxtakor”, “Qizil dehqon” va “Budyoniy nomli” nomli kalxozlar, hozirgi Qoraturba hududida esa “Kalinin”, “Frunze” va “Quybishev” nomli kolxozlar tuzildi. 1930-yili bahorida esa Xo’jamulki qishloq sovetida “Sanoat” va “Ittifoq” kolxozlari tuzildi. O’sha yili Qumqo’rg’on qishloq soveti o’rnida “Qumqo’rg’on-13” nomli sovxoz tuzildi va Qumqo’rgon kanali qurilishi boshlandi. 1931-yili 45 km. uzunlikdagi birinchi navbati va 1932-yili 25 km. uzunlikdagi ikkinchi navbati qurib bitkazildi. Kanal qurilishiga Sherbakov va Djimiskiylar rahbarlik qilishgan. 1934-yilida “Qumqo’rg’on-13” sovxozi ikkiga bo’linib, “Qumqo’rg’on-13” va “Surxon” paxtachilik sovxozlari tashkil topdi. Yillar o’tishi bilan Surxondaryo sohilidagi to’qayzorlar o’zlashtirildi va “Lenin nishoni”, “Molotov”, “Komsomol” sovxozlari tuziladi. 1928-yil noyabrda Surxondaryo okrugi partiya va sovet organlari “Oqqopchig’ay” sovxozini tashkil etishga kirishdilar. 1929-yil boshida Surxondaryoning o’ng qirg’og’ida uncha katta bo’lmagan “Oqqopchig’ay” qishlog’ida davlat xo’jaligi bosh qo’rg’oni qurilib, shu qishloq nomi bilan sovxoz ham “Oqqopchig’ay” nomini oldi. Qumqo’rg’onning yana bir tarixiy maskani Xo’jamulki hududiga e’tibor bersak, bundan taxminan 200-300 yil muqaddam bu yerda katta masjid bo’lib, 80 ga yaqin hujralari bo’lgan. Bu masjid o’sha davrning mashhur kishisi hazrati Eshonbobo tomonidan qurilgan. Bu masjidda ham nomoz o’qilgan, ham madrasa o’rnida foydalanilgan. Bu yerda 100-150 ga yaqin insonlar tahsil olgan. Masjid hovlisida 10 ta pista, 4 ta gujum bo’lgan. Bu madaniy, tarixiy yodgorliklarga befarq qarash oqibatida 1959-yil suv ombori qurilishida davrida suv ostida qolib ketgan. 1941-1945-yillar 
ya’ni 
“Ulug’ 
vatani 
urushi” 
yillari 
ko’plar 
Qumqo’rg’onliklar front va front ortida jon berib xizmat qildilar. Urushdan so’ng 
1947- yil “Qumqo’rg’on-13” sovxozi Jarqo’rg’on rayoni tarkibidan olinib Sho’rchi 
rayoniga o’tkazildi va “Komsomol 30 yilligi” nomini oldi. KPSS Markaziy Komiteti 
1950-yil 30-mayda “Mayda kolxozlarni yiriklashtirish” to’g’risida qaror qabul 
qilinib, Qumqo’rg’onning qolgan kolxozlari 19-avgustda “Molotov”, “Qizil 
dehqon”, “Jdanov”, “Budyoniy” nomli kolxozlar birlashtirildi va “Jdanov” nomini 
oldi. 1954-yil “Jdanov” kolxoziga Xo’jamulki qishloq sovetidagi “Molotov” kolxozi 
ham qo’shilib, “Moskva” kolxozi nomini oldi. 1958-yil kolxoz tarixida muhim 
voqea bo’ldi. O’rta Osiyo va O’zbekistondagi eng muhim suv inshootlaridan biri 
“Janubiy Surxon” suvombori qurilishi boshlandi. Suvombori va to’g’on qurilishi 
qurilishi uchun “Moskva” kolxozidan 4 ming gektar yer, jumladan 1 ming 400 
gektar ekin maydoni topshirildi. 
1952-yilda Qumqo’rg’onning qolgani hududidagi kolxozlar ya’ni yuqori 
Kakaydi qishloq sovetiga qarashli “Frunze”, “Qizil askar”, “Voroshilov”, “Qizil 
bayroq”, “Zarbdor”, “To’raqulov”, “Qo’ybishov”, “Lenin”, “Komsomol” va 
“Kalinin” nomli kolxozlar birlashib, birga “Lenin” kolxozi tashkil qildi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1941-1945-yillar ya’ni “Ulug’ vatani urushi” yillari ko’plar Qumqo’rg’onliklar front va front ortida jon berib xizmat qildilar. Urushdan so’ng 1947- yil “Qumqo’rg’on-13” sovxozi Jarqo’rg’on rayoni tarkibidan olinib Sho’rchi rayoniga o’tkazildi va “Komsomol 30 yilligi” nomini oldi. KPSS Markaziy Komiteti 1950-yil 30-mayda “Mayda kolxozlarni yiriklashtirish” to’g’risida qaror qabul qilinib, Qumqo’rg’onning qolgan kolxozlari 19-avgustda “Molotov”, “Qizil dehqon”, “Jdanov”, “Budyoniy” nomli kolxozlar birlashtirildi va “Jdanov” nomini oldi. 1954-yil “Jdanov” kolxoziga Xo’jamulki qishloq sovetidagi “Molotov” kolxozi ham qo’shilib, “Moskva” kolxozi nomini oldi. 1958-yil kolxoz tarixida muhim voqea bo’ldi. O’rta Osiyo va O’zbekistondagi eng muhim suv inshootlaridan biri “Janubiy Surxon” suvombori qurilishi boshlandi. Suvombori va to’g’on qurilishi qurilishi uchun “Moskva” kolxozidan 4 ming gektar yer, jumladan 1 ming 400 gektar ekin maydoni topshirildi. 1952-yilda Qumqo’rg’onning qolgani hududidagi kolxozlar ya’ni yuqori Kakaydi qishloq sovetiga qarashli “Frunze”, “Qizil askar”, “Voroshilov”, “Qizil bayroq”, “Zarbdor”, “To’raqulov”, “Qo’ybishov”, “Lenin”, “Komsomol” va “Kalinin” nomli kolxozlar birlashib, birga “Lenin” kolxozi tashkil qildi. 3. 1977-yil 24-martda O’zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi qaroriga asosan 
Sho’rchi va Jarqo’rg’on rayonlari bazasida “Qumqo’rg’on” rayoni tashkil topdi. 
Viloyat partiya qo’mitasi buyrosi qarori bilan Qumqo’rg’on bo’yicha tashkiliy buyro 
tuzildi. Rayon tarkibiga Sho’rchi rayonidan Komsomol qishloq soveti, “Komsomol 
30 yilligi” sovxozi, Qumqo’rg’on shahri, Oqqopchig’ay qishloq soveti, Gagarin 
nomidagi Davlat nasilchilik xo’jaligi, Kommunizm qishloq soveti, “O’zbekiston” 
sovxozi, Qumqo’rg’on qishloq soveti, Jarqo’rg’on rayonidan “Moskva” kolxozi, 
Jaloyir qishloq soveti, “Qizil Oktyabr” kolxozi, yuqori Kakaydi qishloq soveti, 
“Ulyanov” sovxozi, keyinroq O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi qaroriga 
asosan Qiziriq qishloq soveti, keyinchalik esa “Paxtakor” sovxozi qo’shildi. 
Mustaqillik yilarida tuman hududi o’zgarib borgan ya’ni ba’zi yangi hududlar 
tumanga qo’shilgan ba’zi hududlar esa boshqa tumanlar ixtiyoriga berilgan. 
Qumqo’rg’on tumanining hozirgi maydoni 2,20 ming kilometr kvadrat bo’lib, 
hududining kattaligi bo’yicha Saraosiyo, Boysun va Sherabod tumanlaridan keyingi 
o’rinda turadi. Aholisi 2022-yil 1-yanvar holatiga ko’ra 243 542 kishi bo’lib, bu 
ko’rsatkich bo’yicha tuman 2-o’rinda turadi. Qumqo’rg’on shimoldan Saraosiyo, 
janub va janubi-g’arbdan Jarqo’rg’on, sharqdan Oltinsoy, Sho’rchi, Uzun, shimoli-
sharqdan Denov, g’arbdan Bandixon va Sherabod tumanlari, janubi-sharqdan esa 
Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Tumanda 1 ta shahar, 10 ta shaharcha 
bo’lib, tuman markazi- Qumqo’g’on shahridir. Qumqo’rg’ondan Toshkent- 
Dushanbe temiryo’li va Termiz- Dushanbe avtomobil yo’li o’tgan. Tuman 
hududidan viloyat iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan 112 kilometr 
uzunlikdagi Toshg’uzor- Boysun- Qumqo’rg’on temiryo’li o’tgan. Bu temiryo’l 
magistrali viloyatning yuragi hisoblanib, O’zbekistonni Afg’oniston va Tojikiston 
Respublikalari bilan bog’laydi. 
 
 
 
 
3. 1977-yil 24-martda O’zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi qaroriga asosan Sho’rchi va Jarqo’rg’on rayonlari bazasida “Qumqo’rg’on” rayoni tashkil topdi. Viloyat partiya qo’mitasi buyrosi qarori bilan Qumqo’rg’on bo’yicha tashkiliy buyro tuzildi. Rayon tarkibiga Sho’rchi rayonidan Komsomol qishloq soveti, “Komsomol 30 yilligi” sovxozi, Qumqo’rg’on shahri, Oqqopchig’ay qishloq soveti, Gagarin nomidagi Davlat nasilchilik xo’jaligi, Kommunizm qishloq soveti, “O’zbekiston” sovxozi, Qumqo’rg’on qishloq soveti, Jarqo’rg’on rayonidan “Moskva” kolxozi, Jaloyir qishloq soveti, “Qizil Oktyabr” kolxozi, yuqori Kakaydi qishloq soveti, “Ulyanov” sovxozi, keyinroq O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi qaroriga asosan Qiziriq qishloq soveti, keyinchalik esa “Paxtakor” sovxozi qo’shildi. Mustaqillik yilarida tuman hududi o’zgarib borgan ya’ni ba’zi yangi hududlar tumanga qo’shilgan ba’zi hududlar esa boshqa tumanlar ixtiyoriga berilgan. Qumqo’rg’on tumanining hozirgi maydoni 2,20 ming kilometr kvadrat bo’lib, hududining kattaligi bo’yicha Saraosiyo, Boysun va Sherabod tumanlaridan keyingi o’rinda turadi. Aholisi 2022-yil 1-yanvar holatiga ko’ra 243 542 kishi bo’lib, bu ko’rsatkich bo’yicha tuman 2-o’rinda turadi. Qumqo’rg’on shimoldan Saraosiyo, janub va janubi-g’arbdan Jarqo’rg’on, sharqdan Oltinsoy, Sho’rchi, Uzun, shimoli- sharqdan Denov, g’arbdan Bandixon va Sherabod tumanlari, janubi-sharqdan esa Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Tumanda 1 ta shahar, 10 ta shaharcha bo’lib, tuman markazi- Qumqo’g’on shahridir. Qumqo’rg’ondan Toshkent- Dushanbe temiryo’li va Termiz- Dushanbe avtomobil yo’li o’tgan. Tuman hududidan viloyat iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan 112 kilometr uzunlikdagi Toshg’uzor- Boysun- Qumqo’rg’on temiryo’li o’tgan. Bu temiryo’l magistrali viloyatning yuragi hisoblanib, O’zbekistonni Afg’oniston va Tojikiston Respublikalari bilan bog’laydi. 4. Qadim zamonlarda Surxon vodiysi bo’ylab, ya’ni Dalvarzindan 
Termizgacha, Dalvarzindan Hisorgacha ma’lum uzoqlikda tepaliklar bo’lgan. 
Masalan Oqtepa, Ismoiltepa, Qumtepa, Qumloqitepa, Zartepa, Nog’oratepa, 
Munchoqtepa, Qorovultepa va boshqa shu kabi tepaliklar bo’lganligi ma’lum. Bu 
tepaliklarga qadim zamonlarda qo’rg’onlar qurilgan. Aynan tepaliklar ustiga 
qo’rgonlar qurilishiga bir nechta omil sabab bo’lgan. Birinchidan, savdo karvonlari 
o’tayotganda qo’rgonlar ko’zga yaqqol tashlanishi, ikkinchidan yov bosqini paytida 
xabar signallarini yuborish oson bo’lishi, uchinchidan hozirgi Surxondaryo o’zanida 
‘’Janubiy Surxon suvombori’’ bo’lmagan va daryo toshgan vaqtlarda juda ko’p 
hududlarga talofat yetkazgan. Ayniqsa, qumtepaliklarni butunlay yoki qisman yuvib 
ketgan. Qumqo’rgon atamasini paydo bo’lishi shu tepaliklar bilan bog’liq. 
Norqo’chqor xoji Suvonovning ‘’Eshon ariq’’ning qazilishi tarixiga oid 
asarida (bu kitob nashrdan chiqish arafasida) Xidir mutavalli va uning Qumtepada 
qilgan ishlari haqida ya’ni taxminan bundan 150 yilcha oldin amir Abdulahadxon 
davrida (1885-1911) Surxondaryoning chap qirg’og’ida, Tolli qoyir degan joyda 
qumtepalik qad rostlab turgan. Undan ikki chaqirim narida “Oynalma to’qay”  degan 
to’qaylik bo’lgan. Bu to’qay o’z-o’zidan paydo bo’lmagan. U hudud chimzor bo’lib, 
chim undirilib, daryo toshganda qumtepaliklarni yuvib ketmasligi uchun uyilgan 
qum ustiga chim bilan tuproqni aralashtirib qalaganlar va oralariga qamish 
bog’lamlarini ham bosib mustahkamlaganlar. Shu tariqa baland tepalik hosil 
bo’lgan. “Oynalma to’qay” nomi esa mahalliy shevada “aylanma, yaqinlashma, bu 
yerdan uzoqroq yur” degan ma’nolarni anglatadi. Bunday atalishiga sababto’qayda 
yirtqich hayvonlar ko’p bo’lganligi va odamlarga hamla qilganligi bo’lgan. Bu 
qumtepa atrofida bir nechta tepaliklar bo’lib, ular hozirgacha saqlanib qolgan. Bular 
Kaltepa, 
Chayontepa, 
Imomtepa, 
Xumtepa, 
Kindiktepa, 
Munchoqtepa, 
Qorovultepa, Do’ltatepa, Zartepa, Kultepa va boshqalardir. Eshon ariq qazilgach 
undan shoxariq qazilib qumtepaga suv keltirilgan.“Eshon ariq qissasi” kitobida 
Mulla Xidir bilan G’uzor to’rasining suhbatida “Qumqo’rg’on amlaki”ning tashkil 
topishi haqida yozib o’tilgan. Unga ko’ra Mulla Xidir, Arin oqsoqol, Sayid Muxtor 
hoji eshonxalqqa bosh bo’lib Eshonaniqni qazib Qumtepalik etagida ulkan bog’, 
4. Qadim zamonlarda Surxon vodiysi bo’ylab, ya’ni Dalvarzindan Termizgacha, Dalvarzindan Hisorgacha ma’lum uzoqlikda tepaliklar bo’lgan. Masalan Oqtepa, Ismoiltepa, Qumtepa, Qumloqitepa, Zartepa, Nog’oratepa, Munchoqtepa, Qorovultepa va boshqa shu kabi tepaliklar bo’lganligi ma’lum. Bu tepaliklarga qadim zamonlarda qo’rg’onlar qurilgan. Aynan tepaliklar ustiga qo’rgonlar qurilishiga bir nechta omil sabab bo’lgan. Birinchidan, savdo karvonlari o’tayotganda qo’rgonlar ko’zga yaqqol tashlanishi, ikkinchidan yov bosqini paytida xabar signallarini yuborish oson bo’lishi, uchinchidan hozirgi Surxondaryo o’zanida ‘’Janubiy Surxon suvombori’’ bo’lmagan va daryo toshgan vaqtlarda juda ko’p hududlarga talofat yetkazgan. Ayniqsa, qumtepaliklarni butunlay yoki qisman yuvib ketgan. Qumqo’rgon atamasini paydo bo’lishi shu tepaliklar bilan bog’liq. Norqo’chqor xoji Suvonovning ‘’Eshon ariq’’ning qazilishi tarixiga oid asarida (bu kitob nashrdan chiqish arafasida) Xidir mutavalli va uning Qumtepada qilgan ishlari haqida ya’ni taxminan bundan 150 yilcha oldin amir Abdulahadxon davrida (1885-1911) Surxondaryoning chap qirg’og’ida, Tolli qoyir degan joyda qumtepalik qad rostlab turgan. Undan ikki chaqirim narida “Oynalma to’qay” degan to’qaylik bo’lgan. Bu to’qay o’z-o’zidan paydo bo’lmagan. U hudud chimzor bo’lib, chim undirilib, daryo toshganda qumtepaliklarni yuvib ketmasligi uchun uyilgan qum ustiga chim bilan tuproqni aralashtirib qalaganlar va oralariga qamish bog’lamlarini ham bosib mustahkamlaganlar. Shu tariqa baland tepalik hosil bo’lgan. “Oynalma to’qay” nomi esa mahalliy shevada “aylanma, yaqinlashma, bu yerdan uzoqroq yur” degan ma’nolarni anglatadi. Bunday atalishiga sababto’qayda yirtqich hayvonlar ko’p bo’lganligi va odamlarga hamla qilganligi bo’lgan. Bu qumtepa atrofida bir nechta tepaliklar bo’lib, ular hozirgacha saqlanib qolgan. Bular Kaltepa, Chayontepa, Imomtepa, Xumtepa, Kindiktepa, Munchoqtepa, Qorovultepa, Do’ltatepa, Zartepa, Kultepa va boshqalardir. Eshon ariq qazilgach undan shoxariq qazilib qumtepaga suv keltirilgan.“Eshon ariq qissasi” kitobida Mulla Xidir bilan G’uzor to’rasining suhbatida “Qumqo’rg’on amlaki”ning tashkil topishi haqida yozib o’tilgan. Unga ko’ra Mulla Xidir, Arin oqsoqol, Sayid Muxtor hoji eshonxalqqa bosh bo’lib Eshonaniqni qazib Qumtepalik etagida ulkan bog’, karvonsaroy, mehmonxona, o’quv xonasi, xonaqoh, musofirxona bunyod ettiradi. 
Ushbu tarixiy shaxslarni Qumqo’rg’onliklar hozirgacha hurmat va ehtirom bilan 
tilga oladilar. Bu haqida eshitgan G’uzor to’rasi bu hududda yangi amlaklik tashkil 
qiladi va bu amlakni Boysun bekligi ixtiyoriga o’tkazadi. Ushbu amlaklikka 
Cho’poq urug’idan Yusuf Normurod o’g’lini miroxur vazifasiga, Jumaboy Muston 
o’g’lini mirzaboshi, Mulla Xidirni esa mutavalli vazifasiga tayinlaydi. Norqo’chqor 
Suvonov va boshqa keksalarning aytishicha Mulla Xidir hijriy qamariy 1307-yilda 
to’ra huzuriga borgan. Shu tariqa “Qumqo’rg’on” atamasi paydo bo’ldi ya’ni 
ma’nosi “qum ustida qurilgan qo’rg’on, saroy” demakdir. Oradan yillar o’tib 
sho’rolar davrida qumtepalik atrofidagi bog’lar yo’q qilinib paxtazorga aylantirildi. 
Qo’rg’onlar ham eskilik sarqiti sifatida buzib tashalanadi. Yonbosh va Oboqli 
qishlog’i yaqinidagi bozor atrofi obodonlashtirilib aholi ko’chirib o’tkaziladi. 1925-
1926-yillarda sho’rolar hukumati shu joydaqishloq kengashi tashkil qildilar va uni 
aholi talabi bilan “Qumqo’rg’on qishloq soveti” deb atadilar. 1956-1966-yillarda 
Janubiy Surxon suvombori qurilgach, Qumqo’rg’on nomi bilan bog’liq bog’-rog’lar, 
obod go’shalar suv ostida qolib ketdi. Ammo  daryo bo’yida yangidan tashki topgan 
va aholisi shu yerga ko’chirilgan Qumqo’rg’on qishlog’i nomi esa yaqin yillarda 
“To’g’on” nomi bilan almashtirildi. Xullas Qumqo’rg’on nomiga asos bo’lgan daryo 
bo’ylari endilikda “To’g’on” va mahalliy aholi o’rtasida esa “Uchastka” deb 
atalmoqda. Ba’zi mahalliy oqsoqollar va yoshi keksalar bundan norozi bo’lib 
avvalgi qishloqning asl nomini tiklash kerak deyishmoqda. 
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashi qarori bilan Qumqo’rg’on 
tumanidagi “Tebat”, “Ko’ganli” va “Achamoyli” mahalla fuqarolar yig’inlari 
hududiga to’g’ri keluvchi ayrim aholi punktlari nomlari o’zgartirildi. Nomlashda 
zamonaviylik va milliylikni uyg’unlashtirishga alohida e’tibor berildi. Xususan, 
“Tebat” MFY “Ovzikent” aholi punkiti- “Chorvador”, “Ko’ganli” MFY “Egriqoq” 
aholi punkti- “Oltin kamar”, “Lupang” aholi punkti- “Karvon yo’li”, “Maxat” aholi 
karvonsaroy, mehmonxona, o’quv xonasi, xonaqoh, musofirxona bunyod ettiradi. Ushbu tarixiy shaxslarni Qumqo’rg’onliklar hozirgacha hurmat va ehtirom bilan tilga oladilar. Bu haqida eshitgan G’uzor to’rasi bu hududda yangi amlaklik tashkil qiladi va bu amlakni Boysun bekligi ixtiyoriga o’tkazadi. Ushbu amlaklikka Cho’poq urug’idan Yusuf Normurod o’g’lini miroxur vazifasiga, Jumaboy Muston o’g’lini mirzaboshi, Mulla Xidirni esa mutavalli vazifasiga tayinlaydi. Norqo’chqor Suvonov va boshqa keksalarning aytishicha Mulla Xidir hijriy qamariy 1307-yilda to’ra huzuriga borgan. Shu tariqa “Qumqo’rg’on” atamasi paydo bo’ldi ya’ni ma’nosi “qum ustida qurilgan qo’rg’on, saroy” demakdir. Oradan yillar o’tib sho’rolar davrida qumtepalik atrofidagi bog’lar yo’q qilinib paxtazorga aylantirildi. Qo’rg’onlar ham eskilik sarqiti sifatida buzib tashalanadi. Yonbosh va Oboqli qishlog’i yaqinidagi bozor atrofi obodonlashtirilib aholi ko’chirib o’tkaziladi. 1925- 1926-yillarda sho’rolar hukumati shu joydaqishloq kengashi tashkil qildilar va uni aholi talabi bilan “Qumqo’rg’on qishloq soveti” deb atadilar. 1956-1966-yillarda Janubiy Surxon suvombori qurilgach, Qumqo’rg’on nomi bilan bog’liq bog’-rog’lar, obod go’shalar suv ostida qolib ketdi. Ammo daryo bo’yida yangidan tashki topgan va aholisi shu yerga ko’chirilgan Qumqo’rg’on qishlog’i nomi esa yaqin yillarda “To’g’on” nomi bilan almashtirildi. Xullas Qumqo’rg’on nomiga asos bo’lgan daryo bo’ylari endilikda “To’g’on” va mahalliy aholi o’rtasida esa “Uchastka” deb atalmoqda. Ba’zi mahalliy oqsoqollar va yoshi keksalar bundan norozi bo’lib avvalgi qishloqning asl nomini tiklash kerak deyishmoqda. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashi qarori bilan Qumqo’rg’on tumanidagi “Tebat”, “Ko’ganli” va “Achamoyli” mahalla fuqarolar yig’inlari hududiga to’g’ri keluvchi ayrim aholi punktlari nomlari o’zgartirildi. Nomlashda zamonaviylik va milliylikni uyg’unlashtirishga alohida e’tibor berildi. Xususan, “Tebat” MFY “Ovzikent” aholi punkiti- “Chorvador”, “Ko’ganli” MFY “Egriqoq” aholi punkti- “Oltin kamar”, “Lupang” aholi punkti- “Karvon yo’li”, “Maxat” aholi punkti- “Oydin yo’l”, “Achamoyli” MFY “Kochay” aholi punkti- “Zamin”, 
“Qaychili” aholi punkti- “Navro’z” deb qayta nomlandi3. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                           
3 Muradov A. @QUMQORGONNEWS. Qumqo’rg’on yangiliklari. 2022. 
punkti- “Oydin yo’l”, “Achamoyli” MFY “Kochay” aholi punkti- “Zamin”, “Qaychili” aholi punkti- “Navro’z” deb qayta nomlandi3. 3 Muradov A. @QUMQORGONNEWS. Qumqo’rg’on yangiliklari. 2022.  
Xulosa  
Qumqo’rg’on toponimi qadimiy bo’lib, uning o’rnidagi aholi punktlari esa 
juda qadimiydir. Ba’zi ilmiy adabiyotlarda bu toponim eroniy tillardagi “ xum, xun, 
xon-xona, dargoh, maskan, saroy, karvonsaroy, ibodatxona, ma’bad” so’zlari bilan 
bog’lanib, “saroy, qo’rg’on” tarzida izohlanadi. Ammo olib borilgan tadqiqotlar 
shuni ko’rsatdiki, Qumqo’rg’on toponimini eroniy tillarga aloqasi yo’q, balki turkiy 
tildagi “qum” so’zi bilan bog’liq bo’lib, “qum ustida qurilgan qo’rg’on, qishloq, 
saroy” degan ma’nolarni anglatadi. N. Suvonov o’z asarida Mulla Xidir hijriy 1307-
yilda G’uzor to’rasi huzurida bo’lganligini va o’shanda “Qumqo’rg’on amlaki” 
tashkil topganligini aytib o’tadi. Hijriy qamariy yilni milodiyga yilga aylantirsak 
1889-yil kelib chiqadi. Demak, tuman keksalarini gaplariga tayanib biz bu sanani 
Qumqo’rg’onning rasmiy sanasi sifatida qabul qilsak bo’ladi. Bu ham bir taxmin, 
chunki bu haqida bironta yozma manba saqlanib qolmagan, balkim keyinchalik 
tadqiqotlar natijasida manbalar topilar. N.A. Mayev ham o’z tadqiqotlarida 
Surxondaryo bo’yidagi Qopto’g’ay qishlog’idan shimolda Qumqo’rg’on degan 
qishloq borligini qayd etgan. Demak bu toponim ham ma’lum bir ilmiy ahamiyatga 
ega bo’lib, o’zbek xalqi tarixining ajralmas bir qismidir. 
Tumandagi 
keksalari 
bilan 
o’tkazilgan 
suhbat 
davomida 
ular 
Qumqo’rg’onning paydo bo’lishiga sababchi bo’lgan bobolari Orna oqsoqol, 
Boymat oqsoqol, Xolmat joriqbosh, Usanboy cho’poq, Xolmat tegirmonchi, 
Allanazar mo’nka, Mamatqul diga, Tangriqul diga, Xudoynazar jiltir, Qoraboy 
polvon, Alman oqsoqol, Bobomurod ochamayli, Xolmatboy mo’nka, Abraqul 
oqsoqbachcha, Sayid Qulmatxon eshon,  Alimqul qorabo’yin, Yusuf miroxur va 
boshqalarni hali hanuz porloq xotirasida saqlashlarini bilib oldik. 
 
 
 
 
Xulosa Qumqo’rg’on toponimi qadimiy bo’lib, uning o’rnidagi aholi punktlari esa juda qadimiydir. Ba’zi ilmiy adabiyotlarda bu toponim eroniy tillardagi “ xum, xun, xon-xona, dargoh, maskan, saroy, karvonsaroy, ibodatxona, ma’bad” so’zlari bilan bog’lanib, “saroy, qo’rg’on” tarzida izohlanadi. Ammo olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, Qumqo’rg’on toponimini eroniy tillarga aloqasi yo’q, balki turkiy tildagi “qum” so’zi bilan bog’liq bo’lib, “qum ustida qurilgan qo’rg’on, qishloq, saroy” degan ma’nolarni anglatadi. N. Suvonov o’z asarida Mulla Xidir hijriy 1307- yilda G’uzor to’rasi huzurida bo’lganligini va o’shanda “Qumqo’rg’on amlaki” tashkil topganligini aytib o’tadi. Hijriy qamariy yilni milodiyga yilga aylantirsak 1889-yil kelib chiqadi. Demak, tuman keksalarini gaplariga tayanib biz bu sanani Qumqo’rg’onning rasmiy sanasi sifatida qabul qilsak bo’ladi. Bu ham bir taxmin, chunki bu haqida bironta yozma manba saqlanib qolmagan, balkim keyinchalik tadqiqotlar natijasida manbalar topilar. N.A. Mayev ham o’z tadqiqotlarida Surxondaryo bo’yidagi Qopto’g’ay qishlog’idan shimolda Qumqo’rg’on degan qishloq borligini qayd etgan. Demak bu toponim ham ma’lum bir ilmiy ahamiyatga ega bo’lib, o’zbek xalqi tarixining ajralmas bir qismidir. Tumandagi keksalari bilan o’tkazilgan suhbat davomida ular Qumqo’rg’onning paydo bo’lishiga sababchi bo’lgan bobolari Orna oqsoqol, Boymat oqsoqol, Xolmat joriqbosh, Usanboy cho’poq, Xolmat tegirmonchi, Allanazar mo’nka, Mamatqul diga, Tangriqul diga, Xudoynazar jiltir, Qoraboy polvon, Alman oqsoqol, Bobomurod ochamayli, Xolmatboy mo’nka, Abraqul oqsoqbachcha, Sayid Qulmatxon eshon, Alimqul qorabo’yin, Yusuf miroxur va boshqalarni hali hanuz porloq xotirasida saqlashlarini bilib oldik.  
Tuman tarixiga oid ba’zi toponimlar: 
Arna - Surxon vohasidagi ma’nosi – kichkina; kengligi 30-40 sm. suv 
tushadigan ariqcha. Bu so’zning o’zagi ar hind – yevropa tillariga xos bo’lib, suv, 
oqim ma’nosidadir. 
Bobotog’ – “katta”, “muqaddas” tog’. Bu nom turkiy nomdir. 
Joriqbosh – tumandagi Juzlarning bir urug’i. Etnonim oykopnimga o’tgan. 
Munka – Boysun, Qumqo’rg’on tumanlaridagi qishloq. Munka – ulkan, yirik, 
gavdali demakdir. Jussali kishiga munka laqabi berilgan. Qo’ng’irot qabilasi 
Tortuvli bo’limiga qarashli olti urug’ning biridir. Urug’ nomi kishi (lar to’dasi) 
laqabi asosida yaratilgan. Qishloq esa aholining etnik tarkibiga ko’ra nom olgan. 
Oboqli – Surxondaryodagi Qo’ng’irot qabilasinig Voxtamg’ali, Tortuvli 
bo’limlarining shaxobchasidir. 
Ochamayli – Qumqo’rg’on tumanidagi qishloq. Jarqo’rg’on tumanidagi joy. 
Qo’ng’irot qabilasi Voxtamg’ali bo’limining urug’laridan biri. 
Taroqli – Qo’ng’irot qabilasining Voxtamg’ali bolimining urug’ nomi. Bu 
etnonim boshqa turkiy qabilalarda ham mavjud. Bu urug’larning tamg’asi taroq 
shaklida bo’lgan. Tamg’asiga ko’ra urug’, urug’iga ko’ra qishloq, guzar nomlangan. 
Yonbosh – Surxondaryoning o’ng tomonida joylashgan qishloq nomi. Daryo 
o’rta oqimida qayrilgan joyida yoysimon burilish hosil qilgan. Bu yerda joylashgan 
qishloq esa daryoning yon tomonida joylashgan uchun Yonbosh nomini olgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tuman tarixiga oid ba’zi toponimlar: Arna - Surxon vohasidagi ma’nosi – kichkina; kengligi 30-40 sm. suv tushadigan ariqcha. Bu so’zning o’zagi ar hind – yevropa tillariga xos bo’lib, suv, oqim ma’nosidadir. Bobotog’ – “katta”, “muqaddas” tog’. Bu nom turkiy nomdir. Joriqbosh – tumandagi Juzlarning bir urug’i. Etnonim oykopnimga o’tgan. Munka – Boysun, Qumqo’rg’on tumanlaridagi qishloq. Munka – ulkan, yirik, gavdali demakdir. Jussali kishiga munka laqabi berilgan. Qo’ng’irot qabilasi Tortuvli bo’limiga qarashli olti urug’ning biridir. Urug’ nomi kishi (lar to’dasi) laqabi asosida yaratilgan. Qishloq esa aholining etnik tarkibiga ko’ra nom olgan. Oboqli – Surxondaryodagi Qo’ng’irot qabilasinig Voxtamg’ali, Tortuvli bo’limlarining shaxobchasidir. Ochamayli – Qumqo’rg’on tumanidagi qishloq. Jarqo’rg’on tumanidagi joy. Qo’ng’irot qabilasi Voxtamg’ali bo’limining urug’laridan biri. Taroqli – Qo’ng’irot qabilasining Voxtamg’ali bolimining urug’ nomi. Bu etnonim boshqa turkiy qabilalarda ham mavjud. Bu urug’larning tamg’asi taroq shaklida bo’lgan. Tamg’asiga ko’ra urug’, urug’iga ko’ra qishloq, guzar nomlangan. Yonbosh – Surxondaryoning o’ng tomonida joylashgan qishloq nomi. Daryo o’rta oqimida qayrilgan joyida yoysimon burilish hosil qilgan. Bu yerda joylashgan qishloq esa daryoning yon tomonida joylashgan uchun Yonbosh nomini olgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. Mirziyoyev Sh.M. Islom Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari 
kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi. 2016-yil 18-oktabr. 
2. Tursunov S., Qobilov E., Pardayev T., Murtazoyev B. Surxondaryo tarix 
ko’zgusida. - Toshkent:”Sharq”. 2001. 
3. Tursunov S., Qobilov E., Murtazoyev B., Pardayev T. Surxondaryo tarixi. –
Toshkent: “Sharq”. 2004. 606 bet. 
4. Tursunov S. Surxondaryo viloyati toponimlari. –Toshkent: 2008. 151 bet. 
5. Mo’yinova Sharbat. Qumqo’rg’on tarixi. –Termiz: 1992. 35 bet. 
6. Anorov Jumanazar. Qumqo’rg’onim. –Toshkent: “Innovatsiya-ziyo”. 2019. 
102 bet. 
7. Tursunov S., Begimqulov Ch., Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati. –
Toshkent: “Tafakkur”.  2020. 120 bet. 
8. Dala yozuvlari: Tuman keksa oqsoqollari Norqo’chqor bobo Suvonov, 
Jumanazar bobo Anorov, Karim bobo Choriyev, Iso bobo Hamroyev bilan 
o’tkazilgan suhbatlardan yozib olingan. 2023-yil. 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Mirziyoyev Sh.M. Islom Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi. 2016-yil 18-oktabr. 2. Tursunov S., Qobilov E., Pardayev T., Murtazoyev B. Surxondaryo tarix ko’zgusida. - Toshkent:”Sharq”. 2001. 3. Tursunov S., Qobilov E., Murtazoyev B., Pardayev T. Surxondaryo tarixi. – Toshkent: “Sharq”. 2004. 606 bet. 4. Tursunov S. Surxondaryo viloyati toponimlari. –Toshkent: 2008. 151 bet. 5. Mo’yinova Sharbat. Qumqo’rg’on tarixi. –Termiz: 1992. 35 bet. 6. Anorov Jumanazar. Qumqo’rg’onim. –Toshkent: “Innovatsiya-ziyo”. 2019. 102 bet. 7. Tursunov S., Begimqulov Ch., Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati. – Toshkent: “Tafakkur”. 2020. 120 bet. 8. Dala yozuvlari: Tuman keksa oqsoqollari Norqo’chqor bobo Suvonov, Jumanazar bobo Anorov, Karim bobo Choriyev, Iso bobo Hamroyev bilan o’tkazilgan suhbatlardan yozib olingan. 2023-yil.