Qurg‘oqchilik va garmsellar. Qurg‘oqchilik turlari va garmsellar

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

12

File size

Fayl hajmi

29,5 KB


Qurg‘oqchilik va garmsellar. Qurg‘oqchilik turlari va garmsellar
O‘simliklarning tuproq nami bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi
natijasida ularning so‘lib qolishiga yoki nobud bo‘lishiga olib keladigan
meteorologik sharoit qurg‘oqchilik deb ataladi.
Qurg‘oqchilik yilning iliq mavsumlarida uzoq vaqt yog‘in yog‘masligi va havo
haroratining  yuqoriligi  sababli  o‘simliklarning  bug‘lanishi  kuchayishidan  kelib
chiqadi.
Natijada tuproqning o‘simlik oziqlanadigan qatlamidan namlik bug‘lanib ketadi
va o‘simlikning suv balansi buziladi.
Qurg‘oqchilik natijasida katta maydonlardan qishloq xo‘jalik ekinlarining bir
qismi yoki hammasi nobud bo‘ladi.
Masalan,  qurg‘oqchilik  bo‘lgan  yillarda  lalmikor  yerlarda  bug‘doydan
olinadigan hosil 40-65 foizga kamayib ketadi. Juda issiq kelgan yillari yaylov
o‘tlarining  vegetatsiya  davri  15-20  kunga  qisqarib,  hosildorligi  30-60%  ga
kamayadi. Qurg‘oqchilik ikki xil bo‘ladi:
Tuproq  qurg‘oqchiligi. Tuproqda  namlik  yetarli  bo‘lmaganda  tuproq
qurg‘oqchiligi yuzaga chiqadi. Tuproq qurg‘oqchiligi bahor va yozda uzoq vaqt
yomg‘ir yog‘maganligidan kelib chiqadi.
O‘zbekiston tekisliklari  va  tog‘  oldi  hududlari  uchun  qurg‘oqchilik  oddiy
hodisadir.  Chunki  bahor  va  yozda  uzoq  vaqt  yomg‘ir  yog‘masligi  har  yili
takrorlanib turadi.
O‘tlar qurg‘oqchilikka ancha moslashgan bo‘lib, qattiq issiqlar boshlangunga
qadar vegetatsiya davri bosqichlarini bahorda oxiriga yetkazadi. Ammo qishloq
xo‘jalik ekinlari qurg‘oqchilikdan ancha zararlanadi.
1
Logotip
Qurg‘oqchilik va garmsellar. Qurg‘oqchilik turlari va garmsellar O‘simliklarning tuproq nami bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi natijasida ularning so‘lib qolishiga yoki nobud bo‘lishiga olib keladigan meteorologik sharoit qurg‘oqchilik deb ataladi. Qurg‘oqchilik yilning iliq mavsumlarida uzoq vaqt yog‘in yog‘masligi va havo haroratining yuqoriligi sababli o‘simliklarning bug‘lanishi kuchayishidan kelib chiqadi. Natijada tuproqning o‘simlik oziqlanadigan qatlamidan namlik bug‘lanib ketadi va o‘simlikning suv balansi buziladi. Qurg‘oqchilik natijasida katta maydonlardan qishloq xo‘jalik ekinlarining bir qismi yoki hammasi nobud bo‘ladi. Masalan, qurg‘oqchilik bo‘lgan yillarda lalmikor yerlarda bug‘doydan olinadigan hosil 40-65 foizga kamayib ketadi. Juda issiq kelgan yillari yaylov o‘tlarining vegetatsiya davri 15-20 kunga qisqarib, hosildorligi 30-60% ga kamayadi. Qurg‘oqchilik ikki xil bo‘ladi: Tuproq qurg‘oqchiligi. Tuproqda namlik yetarli bo‘lmaganda tuproq qurg‘oqchiligi yuzaga chiqadi. Tuproq qurg‘oqchiligi bahor va yozda uzoq vaqt yomg‘ir yog‘maganligidan kelib chiqadi. O‘zbekiston tekisliklari va tog‘ oldi hududlari uchun qurg‘oqchilik oddiy hodisadir. Chunki bahor va yozda uzoq vaqt yomg‘ir yog‘masligi har yili takrorlanib turadi. O‘tlar qurg‘oqchilikka ancha moslashgan bo‘lib, qattiq issiqlar boshlangunga qadar vegetatsiya davri bosqichlarini bahorda oxiriga yetkazadi. Ammo qishloq xo‘jalik ekinlari qurg‘oqchilikdan ancha zararlanadi. 1
Atmosfera  qurg‘oqchiligi. 
Havo  haroratining  yuqori  va  
 namlik
yetishmovchiligining  katta  bo‘lishi  natijasida  atmosfera  qurg‘oqchiligi  sodir
bo‘ladi. Bunday sharoitda o‘simlikning bug‘lanishi ortadi, o‘simlikning tuproqdan
olgan  nami,  uning  sarflagan  namiga  yetmaydi,  boshqacha  aytganda  o‘simlik
tuproqdan yetarlicha suv olib ulgurmaydi, tuproqdagi namlikning o‘zi kam bo‘lsa
o‘simlik butunlay qurib qoladi. Ba’zan tuproq va atmosfera qurg‘oqchiligi ayni bir
vaqtda ta’sir qiladi. Buning oqibatida o‘simlikning qisman zararlanishi yoki nobud
bo‘lishi yana ham tezlashadi.
Quruq issiq shamol (suxovey) - bu past nisbiy namlik (30% dan kam), yuqori
havo  harorati  (25°C  dan  yuqori)  va  tezligi  5  m/s  dan  ortiq  shamol  bilan
tavsiflanadigan  murakkab  meteorologik  hodisadir.  Bu  omillarning  birgalikda
ta’siridan o‘simlikning bug‘lanishi keskin ortadi va o‘simlikning suv balansi buziladi.
Quruq  issiq  shamollar  ta’sirida  o‘simlik  to‘qimalari  suvsizlanadi,  buning
natijasida fotosintez, nafas olish, uglevod va oqsil almashinishi kabi fiziologik
jarayonlar  buziladi.  Fotosintez  jarayonining  pasayishi  natijasida  o‘simlikning
o‘sishi sekinlashadi, boshoqlar soni kamayadi, hosilsiz gullar soni ko‘payadi.
Quruq  issiq  shamolning  salbiy  ta’siri  pirovardida  o‘simlik mahsuldorligini
pasaytiradi. Boshqacha aytganda, suvsizlanish ta’sirida o‘simlikning sintez qilish
qobiliyati buziladi, oqsillar parchalanadi va sitoplazmaning kolloid-ximik holati
o‘zgaradi,  bargning  sekin  o‘sishi  natijasida  o‘simlikning  to‘plagan  organik
moddasi miqdori kamayadi.
O‘simlikning  yuqorida  joylashgan  barglari,  pastki  barglarga  nisbatan  kam
zararlanadi,  chunki  ular  pastki  barglardan  suvni  so‘rib  oladi  va  sintez  qilish
qobiliyatini ancha uzoq saqlaydi.
Yuqorida joylashgan barglar, pastki barglardan oziq moddalarni ham so‘rib
oladi. Shuning uchun qurg‘oqchilikda eng avvalo pastki barglar quriydi.
O‘simlik  generativ  organlari  (gul,  meva)  paydo  bo‘lganidan  keyin
qurg‘oqchilikka chidamliligi pasayadi.
Quruq  issiq  shamolning  o‘simlikka  salbiy  ta’sirini  quyidagi  fikrdan  ham
ko‘rish mumkin. Agar o‘simlik sokin havoda bo‘lsa, bug‘langan suv o‘simlikning
har bir bug‘lanayotgan qismi atrofida suv bug‘iga boyigan havo qobig‘ini vujudga
2
Logotip
Atmosfera qurg‘oqchiligi. Havo haroratining yuqori va namlik yetishmovchiligining katta bo‘lishi natijasida atmosfera qurg‘oqchiligi sodir bo‘ladi. Bunday sharoitda o‘simlikning bug‘lanishi ortadi, o‘simlikning tuproqdan olgan nami, uning sarflagan namiga yetmaydi, boshqacha aytganda o‘simlik tuproqdan yetarlicha suv olib ulgurmaydi, tuproqdagi namlikning o‘zi kam bo‘lsa o‘simlik butunlay qurib qoladi. Ba’zan tuproq va atmosfera qurg‘oqchiligi ayni bir vaqtda ta’sir qiladi. Buning oqibatida o‘simlikning qisman zararlanishi yoki nobud bo‘lishi yana ham tezlashadi. Quruq issiq shamol (suxovey) - bu past nisbiy namlik (30% dan kam), yuqori havo harorati (25°C dan yuqori) va tezligi 5 m/s dan ortiq shamol bilan tavsiflanadigan murakkab meteorologik hodisadir. Bu omillarning birgalikda ta’siridan o‘simlikning bug‘lanishi keskin ortadi va o‘simlikning suv balansi buziladi. Quruq issiq shamollar ta’sirida o‘simlik to‘qimalari suvsizlanadi, buning natijasida fotosintez, nafas olish, uglevod va oqsil almashinishi kabi fiziologik jarayonlar buziladi. Fotosintez jarayonining pasayishi natijasida o‘simlikning o‘sishi sekinlashadi, boshoqlar soni kamayadi, hosilsiz gullar soni ko‘payadi. Quruq issiq shamolning salbiy ta’siri pirovardida o‘simlik mahsuldorligini pasaytiradi. Boshqacha aytganda, suvsizlanish ta’sirida o‘simlikning sintez qilish qobiliyati buziladi, oqsillar parchalanadi va sitoplazmaning kolloid-ximik holati o‘zgaradi, bargning sekin o‘sishi natijasida o‘simlikning to‘plagan organik moddasi miqdori kamayadi. O‘simlikning yuqorida joylashgan barglari, pastki barglarga nisbatan kam zararlanadi, chunki ular pastki barglardan suvni so‘rib oladi va sintez qilish qobiliyatini ancha uzoq saqlaydi. Yuqorida joylashgan barglar, pastki barglardan oziq moddalarni ham so‘rib oladi. Shuning uchun qurg‘oqchilikda eng avvalo pastki barglar quriydi. O‘simlik generativ organlari (gul, meva) paydo bo‘lganidan keyin qurg‘oqchilikka chidamliligi pasayadi. Quruq issiq shamolning o‘simlikka salbiy ta’sirini quyidagi fikrdan ham ko‘rish mumkin. Agar o‘simlik sokin havoda bo‘lsa, bug‘langan suv o‘simlikning har bir bug‘lanayotgan qismi atrofida suv bug‘iga boyigan havo qobig‘ini vujudga 2
keltiradi va u o‘simlikni bug‘lanishning yanada kuchayishidan himoya qiladi.
Agar shamol essa bu himoya qobiqni o‘simlikning har qaysi qismidan har doim
shamol olib ketadi, uning o‘rnini yangi guruh havo egallaydi va buning oqibatida
o‘simlikning bug‘lanishi yanada kuchayadi.
Quruq issiq shamol ta’sirida o‘simlikning bug‘lanishi shunchalik kuchayadiki,
unda o‘simlik ildizi orqali tuproqdan sarflangan nam miqdorini olib ulgurolmaydi
va oxiri turgorligini yo‘qotib so‘lib qoladi.
Qurg‘oqchilik va quruq issiq  shamollarning kelib chiqishini o‘rganishga
bag‘ishlangan  ko‘p  sonli  tadqiqotlar,  ularning  sobiq  Ittifoqning  hududlarida
vujudga kelishi, uzoq vaqt antitsiklonik ob-havoning o‘rnatilishiga olib keladigan
kuchli atmosfera jarayonlari bilan bog‘langanligini ko‘rsatadi. Sobiq Ittifoqning
Yevropa qismiga antitsiklonlar ko‘proq Arktikadan keladi (barcha hollarning 70%
cha qismi). Bunday antitsiklonlarning havo massasi kam absolyut namlikli, past
haroratli va tiniq Arktika havosidan shakllangan bo‘ladi.
Bunday havo massasi sobiq Ittifoqning Yevropa qismi va G‘arbiy Sibir ustidan
janubga qarab siljishida isiydi, quruq havoga aylanadi va hududlar ustida ochiq ob-
havo o‘rnatiladi. Yozda antitsiklonlar kelganda havo ochiq va issiq bo‘lishining
sababi ham shunda.
Havo isigan sari havoning bug‘ bilan to‘yinish yetishmovchiligi ortadi, nisbiy
namligi keskin kamayadi, tuproq namining bug‘lanishi kuchayadi, agar yog‘in
bo‘lmasa  qurg‘oqchilik boshlanadi. 
Antitsiklonda  havoning  harakati  soat  strelkasining  aylanishi  yo‘nalishida
bo‘lishini bilamiz. Shuning uchun Arktikadan kelgan antitsiklonning janubiy va
g‘arbiy chekkalarida sharqiy yo‘nalishdagi shamollar ko‘p kuzatiladi. Shu sababli
sobiq Ittifoqning Yevropa qismi janubida va janubi-sharqida quruq issiq shamollar
ko‘pincha janubi-sharqiy, sharqiy va shimoli-sharqiy yo‘nalishlarda bo‘ladi. O‘rta
Osiyoda  quruq  issiq  shamollar  shimoliy  yo‘nalishda  bo‘ladi  (antitsiklonning
joylashishiga qarab). Qor qoplamining yetarlicha qalinligi bo‘lmagan yillari uning
erishidan  tuproqdagi  namning  yetarlicha  to‘planmasligi,  bahor  va  yozda
yog‘inlarning kam yoqqanligi ham qurg‘oqchilik bo‘lishiga olib keladi.
Bunday hollarda bug‘lanuvchanlik unchalik kuchli bo‘lmasada o‘simlik namlik
3
Logotip
keltiradi va u o‘simlikni bug‘lanishning yanada kuchayishidan himoya qiladi. Agar shamol essa bu himoya qobiqni o‘simlikning har qaysi qismidan har doim shamol olib ketadi, uning o‘rnini yangi guruh havo egallaydi va buning oqibatida o‘simlikning bug‘lanishi yanada kuchayadi. Quruq issiq shamol ta’sirida o‘simlikning bug‘lanishi shunchalik kuchayadiki, unda o‘simlik ildizi orqali tuproqdan sarflangan nam miqdorini olib ulgurolmaydi va oxiri turgorligini yo‘qotib so‘lib qoladi. Qurg‘oqchilik va quruq issiq shamollarning kelib chiqishini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘p sonli tadqiqotlar, ularning sobiq Ittifoqning hududlarida vujudga kelishi, uzoq vaqt antitsiklonik ob-havoning o‘rnatilishiga olib keladigan kuchli atmosfera jarayonlari bilan bog‘langanligini ko‘rsatadi. Sobiq Ittifoqning Yevropa qismiga antitsiklonlar ko‘proq Arktikadan keladi (barcha hollarning 70% cha qismi). Bunday antitsiklonlarning havo massasi kam absolyut namlikli, past haroratli va tiniq Arktika havosidan shakllangan bo‘ladi. Bunday havo massasi sobiq Ittifoqning Yevropa qismi va G‘arbiy Sibir ustidan janubga qarab siljishida isiydi, quruq havoga aylanadi va hududlar ustida ochiq ob- havo o‘rnatiladi. Yozda antitsiklonlar kelganda havo ochiq va issiq bo‘lishining sababi ham shunda. Havo isigan sari havoning bug‘ bilan to‘yinish yetishmovchiligi ortadi, nisbiy namligi keskin kamayadi, tuproq namining bug‘lanishi kuchayadi, agar yog‘in bo‘lmasa qurg‘oqchilik boshlanadi. Antitsiklonda havoning harakati soat strelkasining aylanishi yo‘nalishida bo‘lishini bilamiz. Shuning uchun Arktikadan kelgan antitsiklonning janubiy va g‘arbiy chekkalarida sharqiy yo‘nalishdagi shamollar ko‘p kuzatiladi. Shu sababli sobiq Ittifoqning Yevropa qismi janubida va janubi-sharqida quruq issiq shamollar ko‘pincha janubi-sharqiy, sharqiy va shimoli-sharqiy yo‘nalishlarda bo‘ladi. O‘rta Osiyoda quruq issiq shamollar shimoliy yo‘nalishda bo‘ladi (antitsiklonning joylashishiga qarab). Qor qoplamining yetarlicha qalinligi bo‘lmagan yillari uning erishidan tuproqdagi namning yetarlicha to‘planmasligi, bahor va yozda yog‘inlarning kam yoqqanligi ham qurg‘oqchilik bo‘lishiga olib keladi. Bunday hollarda bug‘lanuvchanlik unchalik kuchli bo‘lmasada o‘simlik namlik 3
tanqisligiga uchraydi.
Quruq issiq shamol bo‘lishini tuproqning nami yaxshi bo‘lganda ham kuzatish
mumkin. Issiq quruq shamol uzoq vaqt ta’sir etganda tuproq quriydi va o‘simlik
tuproq va atmosfera qurg‘oqchiliklarining ayni bir vaqtdagi ta’siridan eziladi.
O‘rta Osiyoda quruq issiq shamol garmsel deb yuritiladi.
O‘rta Osiyo garmsel tez-tez esib turadigan hududlar qatoriga kiradi. Qizilrovot,
Taxtabozor, Chorshanga, Quyi Panj, Ko‘korol kabi hududlarda garmsel eng ko‘p
esadi. Yoz yaqinlashgan sari garmselning takrorlanishi kuchayadi. Cho‘llarda erta
bahorda va kuzda unchalik yuqori bo‘lmagan havo haroratlarida ham garmselni
kuzatilishi mumkin.
O‘rta Osiyo hududlarida har yili may oyining oxirgi dekadasida yoki iyun
oyining boshlarida yog‘ingarchilik juda kamayib ketadi (yoki to‘xtaydi). Havo isib
bug‘lanishi kuchli bo‘lganidan tuproqning tabiiy namligi kamayib ketadi va tuproq
qurg‘oqchiligi boshlanadi. Bu vaqtda lalmikor yerlardagi ekinlarning ko‘pchiligi
qurib qoladi yoki rivojlanishdan to‘xtaydi.
Cho‘llarda  yozda  faqat  yantoq,  shuvoq,  sho‘ra,  yulg‘un,  qora  saksovulga
o‘xshash ildizlari chuqurga boradigan o‘simliklargina saqlanib qoladi. Garmselning
kuchli kelishi va ko‘p vaqt davom etishi o‘simliklarni butunlay nobud qilishi
mumkin.
Garmselli kunlar soni yiliga Amudaryoning quyi oqimida 8 kungacha, Farg‘ona
vodiysi  va  Toshkent  viloyatlarida  9  kunga,  Qashqadaryo  va  Surxondaryo
viloyatlarida  25  kungacha  yetadi.  Ba’zan  qurg‘oqchilik  kunlarining  soni  mos
ravishda 35, 45 va 85 kunga cho‘zilishi mumkin.
Sug‘oriladigan yerlarda ekinlarni sun’iy ravishda sug‘orilib turilganidan tuproq
qurg‘oqchiligi yuzaga chiqmaydi.
Biroq, sug‘orish atmosfera qurg‘oqchiligini yo‘q qila olmaydi. Ketma-ket ikki
sug‘orish  oralig‘idagi  vaqtda  yuqori  havo  harorati  atmosfera  qurg‘oqchiligini
keltirib chiqarishi mumkin.
K.A. Karetnikova O‘rta Osiyoda hosil bo‘ladigan atmosfera qurg‘oqchiligi va
garmsellarni o‘rganib, ularning hosil bo‘lish sabablarini aniqlagan.
O‘rta  Osiyo  respublikalari  hududlariga  yozda  uzoq  vaqt  chetdan  boshqa
4
Logotip
tanqisligiga uchraydi. Quruq issiq shamol bo‘lishini tuproqning nami yaxshi bo‘lganda ham kuzatish mumkin. Issiq quruq shamol uzoq vaqt ta’sir etganda tuproq quriydi va o‘simlik tuproq va atmosfera qurg‘oqchiliklarining ayni bir vaqtdagi ta’siridan eziladi. O‘rta Osiyoda quruq issiq shamol garmsel deb yuritiladi. O‘rta Osiyo garmsel tez-tez esib turadigan hududlar qatoriga kiradi. Qizilrovot, Taxtabozor, Chorshanga, Quyi Panj, Ko‘korol kabi hududlarda garmsel eng ko‘p esadi. Yoz yaqinlashgan sari garmselning takrorlanishi kuchayadi. Cho‘llarda erta bahorda va kuzda unchalik yuqori bo‘lmagan havo haroratlarida ham garmselni kuzatilishi mumkin. O‘rta Osiyo hududlarida har yili may oyining oxirgi dekadasida yoki iyun oyining boshlarida yog‘ingarchilik juda kamayib ketadi (yoki to‘xtaydi). Havo isib bug‘lanishi kuchli bo‘lganidan tuproqning tabiiy namligi kamayib ketadi va tuproq qurg‘oqchiligi boshlanadi. Bu vaqtda lalmikor yerlardagi ekinlarning ko‘pchiligi qurib qoladi yoki rivojlanishdan to‘xtaydi. Cho‘llarda yozda faqat yantoq, shuvoq, sho‘ra, yulg‘un, qora saksovulga o‘xshash ildizlari chuqurga boradigan o‘simliklargina saqlanib qoladi. Garmselning kuchli kelishi va ko‘p vaqt davom etishi o‘simliklarni butunlay nobud qilishi mumkin. Garmselli kunlar soni yiliga Amudaryoning quyi oqimida 8 kungacha, Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatlarida 9 kunga, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 25 kungacha yetadi. Ba’zan qurg‘oqchilik kunlarining soni mos ravishda 35, 45 va 85 kunga cho‘zilishi mumkin. Sug‘oriladigan yerlarda ekinlarni sun’iy ravishda sug‘orilib turilganidan tuproq qurg‘oqchiligi yuzaga chiqmaydi. Biroq, sug‘orish atmosfera qurg‘oqchiligini yo‘q qila olmaydi. Ketma-ket ikki sug‘orish oralig‘idagi vaqtda yuqori havo harorati atmosfera qurg‘oqchiligini keltirib chiqarishi mumkin. K.A. Karetnikova O‘rta Osiyoda hosil bo‘ladigan atmosfera qurg‘oqchiligi va garmsellarni o‘rganib, ularning hosil bo‘lish sabablarini aniqlagan. O‘rta Osiyo respublikalari hududlariga yozda uzoq vaqt chetdan boshqa 4
xossalarga ega bo‘lgan havo massalari kirib kelmaydi.  Buning natijasida O‘rta
Osiyo sahrolari va cho‘llari ustidagi havo kuchli isiydi. Havoning kuchli isishi va
tuproq namligining pasayishi atmosfera qurg‘oqchiligini vujudga keltiradi. 
Ekinlarning  quruq  issiq  shamol  (garmsel)  dan  shikastlanishi  garmselning
davomiyligiga va kuchiga bog‘liq.
L.N.  Babushkin  O‘rta  Osiyoning  qurg‘oqchil  iqlimida  atmosfera
qurg‘oqchiligining vujudga kelishi va kuchini aniqlash uchun havodagi to‘yinish
yetishmovchiligini  asos  qilib  oladi  va  atmosfera  qurg‘oqchiligini  quyidagicha
tasniflaydi:
1) kunduzi (soat 13 da) havodagi to‘yinish yetishmovchiligi 50 gPa dan 60 gPa
gacha bo‘lganda atmosfera qurg‘oqchiligi kuchsiz;
2) havodagi to‘yinish yetishmovchiligi 60 gPa dan 70 gPa gacha bo‘lganda
atmosfera qurg‘oqchiligi o‘rtacha;
3) havodagi to‘yinish yetishmovchiligi 70 gPa dan 80 gPa gacha bo‘lganda
kuchli, 80 gPa dan oshiq bo‘lganda atmosfera qurg‘oqchiligi juda kuchli bo‘ladi.
Qurg‘oqchilikka qarshi kurash chora-tadbirlari
Yuqorida lalmikor hududlarda har yili bahor va yozda qurg‘oqchilik bo‘lib
turishini aytib o‘tganmiz. Qurg‘oqchilik vaqtida ekinlar suv yetishmasidan qisman
va ba’zi hollarda butunlay nobud bo‘ladi. Shu sababli qishloq xo‘jalik ekinlaridan
yuqori hosil olish uchun qurg‘oqchilikka qarshi qurash tadbirlarini ishlab chiqish
va amalga oshirish kerak. Biz shunday tadbirlarning ba’zilarini qarab chiqamiz:
1. Sug‘orish. Qurg‘oqchilik har yili va tez-tez bo‘lib turadigan hududlarda
qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun ekinlar sun’iy sug‘oriladi.
O‘simliklar sug‘orishda yetishmagan namni sug‘orish suvi hisobiga qoplaydi.
Sug‘orilgan yerlar ustida havo harorati pasayadi va nisbiy namligi esa ortadi.
Ayni  shu  vaqtda  tuproqning  harorati  ham  pasayib,  namligi  ortadi.  Natijada
o‘simliklarning ildiz qismigina emas, balki yerdan ustki qismi uchun ham o‘sish va
rivojlanishiga qulayroq sharoit yaratiladi.
Biror  hududdagi  ekinlarni  sug‘orish  uchun  shu  hududdan  o‘tgan  daryo,
anhorlar yoki suv ombori suvlaridan foydalaniladi. Yil sayin sug‘oriladigan ekin
5
Logotip
xossalarga ega bo‘lgan havo massalari kirib kelmaydi. Buning natijasida O‘rta Osiyo sahrolari va cho‘llari ustidagi havo kuchli isiydi. Havoning kuchli isishi va tuproq namligining pasayishi atmosfera qurg‘oqchiligini vujudga keltiradi. Ekinlarning quruq issiq shamol (garmsel) dan shikastlanishi garmselning davomiyligiga va kuchiga bog‘liq. L.N. Babushkin O‘rta Osiyoning qurg‘oqchil iqlimida atmosfera qurg‘oqchiligining vujudga kelishi va kuchini aniqlash uchun havodagi to‘yinish yetishmovchiligini asos qilib oladi va atmosfera qurg‘oqchiligini quyidagicha tasniflaydi: 1) kunduzi (soat 13 da) havodagi to‘yinish yetishmovchiligi 50 gPa dan 60 gPa gacha bo‘lganda atmosfera qurg‘oqchiligi kuchsiz; 2) havodagi to‘yinish yetishmovchiligi 60 gPa dan 70 gPa gacha bo‘lganda atmosfera qurg‘oqchiligi o‘rtacha; 3) havodagi to‘yinish yetishmovchiligi 70 gPa dan 80 gPa gacha bo‘lganda kuchli, 80 gPa dan oshiq bo‘lganda atmosfera qurg‘oqchiligi juda kuchli bo‘ladi. Qurg‘oqchilikka qarshi kurash chora-tadbirlari Yuqorida lalmikor hududlarda har yili bahor va yozda qurg‘oqchilik bo‘lib turishini aytib o‘tganmiz. Qurg‘oqchilik vaqtida ekinlar suv yetishmasidan qisman va ba’zi hollarda butunlay nobud bo‘ladi. Shu sababli qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun qurg‘oqchilikka qarshi qurash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish kerak. Biz shunday tadbirlarning ba’zilarini qarab chiqamiz: 1. Sug‘orish. Qurg‘oqchilik har yili va tez-tez bo‘lib turadigan hududlarda qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun ekinlar sun’iy sug‘oriladi. O‘simliklar sug‘orishda yetishmagan namni sug‘orish suvi hisobiga qoplaydi. Sug‘orilgan yerlar ustida havo harorati pasayadi va nisbiy namligi esa ortadi. Ayni shu vaqtda tuproqning harorati ham pasayib, namligi ortadi. Natijada o‘simliklarning ildiz qismigina emas, balki yerdan ustki qismi uchun ham o‘sish va rivojlanishiga qulayroq sharoit yaratiladi. Biror hududdagi ekinlarni sug‘orish uchun shu hududdan o‘tgan daryo, anhorlar yoki suv ombori suvlaridan foydalaniladi. Yil sayin sug‘oriladigan ekin 5
maydonlarining ko‘payib borishi munosabati bilan sug‘orishda suvni tejab-tergab,
sug‘orish normalariga rioya qilib o‘tkazish kerak. Bu ishda sug‘orishning yangi
texnologiyalarini  joriy  qilish  muhim  ahamiyatga  ega.  Masalan,  g‘o‘zani
tomchilatib sug‘orishni keng ko‘lamda joriy qilish, egatlar bo‘ylab suv oqizib
sug‘orishga  qaraganda  ko‘p  miqdordagi  suvni  tejash  imkonini  yaratadi.  Suv
zahirasini ko‘paytirishda suv omborlarining roli ham katta. Qish va bahor oylarida
ularda  yig‘ilgan suvlarni  yozda  dalalardagi  ekinlar  va yaylovlarni  sug‘orishda
sarflanadi. 
Suv omborlari atrofidagi hududlarda havo harorati pasayib, nisbiy namligi ortadi,
bu esa shudring nuqtasini orttiradi.
Shu sababli katta suv havzalari yaqinidagi yerlarda atmosfera qurg‘oqchiligi
bo‘lish ehtimoli kamayadi. Sug‘orishda avval yoqqan yog‘inlar va tuproq namligini
hisobga olish kerak. Ularni hisobga olmay sun’iy sug‘orishni amalga oshirish
tuproqning sho‘rlanishiga olib kelishi mumkin.
Mirzacho‘ldagi  asrlar  bo‘yi  qurib  yotgan  yerlar  o‘zlashtirilib,  ular  sun’iy
sug‘orish yordamida bepoyon paxta maydonlariga aylanganini hammamiz bilamiz.
2. Ihota  daraxtzorlar  yaratish. Qurg‘oqchilikka  qarshi  samarali  kurash
tadbirlaridan yana biri ekin maydonlari atrofida ihota daraxtzorlari barpo qilishdir.
Dalalar atrofida uzun qatorlab ekilgan daraxtzorlar, bu dalalarni issiq quruq
shamollardan saqlashda ahamiyatga ega. 
Ihota daraxtzorlari yozda va qishda bo‘ladigan shamollarga to‘siq bo‘lib xizmat
qilishi kerak. Ular ayniqsa, yozda esadigan garmsellarning tezligini kamaytirib
qurg‘oqchilik bo‘lmasligiga yordamlashadi.
Garmsellarning tezligini kamaytirish uchun bir joyda bir qator barpo etilgan
ihota daraxtzorlari yetarli emas. Chunki shamol bu to‘siqdan o‘tgach tezligini yana
asta-sekin oshirib boradi. Shu sababli garmsel yoki shamolni yo‘q qilish uchun
dalalarda  bir  necha  qator  ihota  daraxtzorlar  yaratish  kerak.  Ular  orasidagi
maydonlarda esa turli ekinlar parvarish qilinadi.
Yuqorida ihota daraxtzorlari orasidagi yerlarda shamol tezligining kamayishini
aytdik, bu esa havoning tik yo‘nalishda yuqoriga ko‘tarilib aralashishini susaytiradi.
Boshqacha  aytganda  turbulentlikning  kamayishi  sababli  tuproq  yuzasidan
6
Logotip
maydonlarining ko‘payib borishi munosabati bilan sug‘orishda suvni tejab-tergab, sug‘orish normalariga rioya qilib o‘tkazish kerak. Bu ishda sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Masalan, g‘o‘zani tomchilatib sug‘orishni keng ko‘lamda joriy qilish, egatlar bo‘ylab suv oqizib sug‘orishga qaraganda ko‘p miqdordagi suvni tejash imkonini yaratadi. Suv zahirasini ko‘paytirishda suv omborlarining roli ham katta. Qish va bahor oylarida ularda yig‘ilgan suvlarni yozda dalalardagi ekinlar va yaylovlarni sug‘orishda sarflanadi. Suv omborlari atrofidagi hududlarda havo harorati pasayib, nisbiy namligi ortadi, bu esa shudring nuqtasini orttiradi. Shu sababli katta suv havzalari yaqinidagi yerlarda atmosfera qurg‘oqchiligi bo‘lish ehtimoli kamayadi. Sug‘orishda avval yoqqan yog‘inlar va tuproq namligini hisobga olish kerak. Ularni hisobga olmay sun’iy sug‘orishni amalga oshirish tuproqning sho‘rlanishiga olib kelishi mumkin. Mirzacho‘ldagi asrlar bo‘yi qurib yotgan yerlar o‘zlashtirilib, ular sun’iy sug‘orish yordamida bepoyon paxta maydonlariga aylanganini hammamiz bilamiz. 2. Ihota daraxtzorlar yaratish. Qurg‘oqchilikka qarshi samarali kurash tadbirlaridan yana biri ekin maydonlari atrofida ihota daraxtzorlari barpo qilishdir. Dalalar atrofida uzun qatorlab ekilgan daraxtzorlar, bu dalalarni issiq quruq shamollardan saqlashda ahamiyatga ega. Ihota daraxtzorlari yozda va qishda bo‘ladigan shamollarga to‘siq bo‘lib xizmat qilishi kerak. Ular ayniqsa, yozda esadigan garmsellarning tezligini kamaytirib qurg‘oqchilik bo‘lmasligiga yordamlashadi. Garmsellarning tezligini kamaytirish uchun bir joyda bir qator barpo etilgan ihota daraxtzorlari yetarli emas. Chunki shamol bu to‘siqdan o‘tgach tezligini yana asta-sekin oshirib boradi. Shu sababli garmsel yoki shamolni yo‘q qilish uchun dalalarda bir necha qator ihota daraxtzorlar yaratish kerak. Ular orasidagi maydonlarda esa turli ekinlar parvarish qilinadi. Yuqorida ihota daraxtzorlari orasidagi yerlarda shamol tezligining kamayishini aytdik, bu esa havoning tik yo‘nalishda yuqoriga ko‘tarilib aralashishini susaytiradi. Boshqacha aytganda turbulentlikning kamayishi sababli tuproq yuzasidan 6
bug‘lanishi va o‘simlik transpiratsiyasi pasayadi. Natijada suvning samarasiz sarfi
qisqarib, tuproq nami yaxshiroq saqlanadi.
O‘rmon  ihota  daraxtzorlarni  olingan  joyda  shamollarning  afzal  esadigan
yo‘nalishiga ko‘ndalang qilib barpo qilish kerak. 
Ihota daraxtzorlar qishda qorning yaxshi to‘planishiga va saqla-nishiga yordam
beradi. Qishning oxiriga borib yotib qolgan qorning zichligi 0,3 g/sm3 gacha
yetishini avval yozganmiz. Bunda har 1 sm qor qatlami eriganda 1 ga yerga 30 t
suv beradi. Agar cho‘l hududlarda qor qoplami qalinligi 20 sm ga yetsa, uning
erishidan 1 ga maydonda 600 t suv hosil bo‘ladi. Buning esa tuproq namligidagi
ahamiyati katta.
Shunday qilib, ihota daraxtzorlari orasidagi maydonda qish davomida qor yaxshi
yig‘iladi va saqlanadi. Buning oqibatida bahor va yoz oylarida qurg‘oqchilik bo‘lishi
ehtimoli kamayadi.
3. Agrotexnik usul. Yerga to‘g‘ri ishlov berish, agrotexnika qoidalariga rioya
qilish tuproqdagi namlikni saqlashga yordam beradi.
Masalan, bahorda chigitlarni qiyg‘os undirib olish uchun har galgi yog‘indan
keyin qatqaloq hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Agar yog‘indan keyin paxta maydonlarida qatqaloq hosil bo‘lsa, yer yetilishi
bilan uni 1-2 kunda yumshatish zarur.
Qatqaloq chigit unib chiqqandan keyin hosil bo‘lgan bo‘lsa uni yo‘qotish uchun
rotatsion yumshatgichlar yoki ror, uror rotatsion yulduzchalar o‘rnatilgan traktor
kultivatorlaridan  foydalanish  kerak.  Tuproq  yuza  qatlamini  yumshatilganda
tuproqning  bug‘lanishi  kamayib,  namligi  yaxshi  saqlanadi.  Bunday  tadbirlar
qurg‘oqchilik bo‘lishini qiyinlashtiradi hamda qurg‘oqchilikka qarshi kurashishda
muhim ahamiyatga ega. 
4. Biologik usul. Qurg‘oqchilikka qarshi kurashning yana bir usuli qishloq
xo‘jalik ekinlarining qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yaratishdir.
Ma’lumki,  O‘zbekistonda  don  ekinlarining  ancha  qismi  lalmikor  yerlarda
yetishtiriladi. Lalmikor yerlarda ekinlar tuproqning tabiiy namligi hisobiga o‘sadi
va rivojlanadi. Ba’zi yillarda tuproqda to‘plangan namlik yetishmay qoladi, buning
ustiga  uzoq  vaqt  yog‘in  bo‘lmasa  qurg‘oqchilik  boshlanadi.  Shuning  uchun
7
Logotip
bug‘lanishi va o‘simlik transpiratsiyasi pasayadi. Natijada suvning samarasiz sarfi qisqarib, tuproq nami yaxshiroq saqlanadi. O‘rmon ihota daraxtzorlarni olingan joyda shamollarning afzal esadigan yo‘nalishiga ko‘ndalang qilib barpo qilish kerak. Ihota daraxtzorlar qishda qorning yaxshi to‘planishiga va saqla-nishiga yordam beradi. Qishning oxiriga borib yotib qolgan qorning zichligi 0,3 g/sm3 gacha yetishini avval yozganmiz. Bunda har 1 sm qor qatlami eriganda 1 ga yerga 30 t suv beradi. Agar cho‘l hududlarda qor qoplami qalinligi 20 sm ga yetsa, uning erishidan 1 ga maydonda 600 t suv hosil bo‘ladi. Buning esa tuproq namligidagi ahamiyati katta. Shunday qilib, ihota daraxtzorlari orasidagi maydonda qish davomida qor yaxshi yig‘iladi va saqlanadi. Buning oqibatida bahor va yoz oylarida qurg‘oqchilik bo‘lishi ehtimoli kamayadi. 3. Agrotexnik usul. Yerga to‘g‘ri ishlov berish, agrotexnika qoidalariga rioya qilish tuproqdagi namlikni saqlashga yordam beradi. Masalan, bahorda chigitlarni qiyg‘os undirib olish uchun har galgi yog‘indan keyin qatqaloq hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar yog‘indan keyin paxta maydonlarida qatqaloq hosil bo‘lsa, yer yetilishi bilan uni 1-2 kunda yumshatish zarur. Qatqaloq chigit unib chiqqandan keyin hosil bo‘lgan bo‘lsa uni yo‘qotish uchun rotatsion yumshatgichlar yoki ror, uror rotatsion yulduzchalar o‘rnatilgan traktor kultivatorlaridan foydalanish kerak. Tuproq yuza qatlamini yumshatilganda tuproqning bug‘lanishi kamayib, namligi yaxshi saqlanadi. Bunday tadbirlar qurg‘oqchilik bo‘lishini qiyinlashtiradi hamda qurg‘oqchilikka qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega. 4. Biologik usul. Qurg‘oqchilikka qarshi kurashning yana bir usuli qishloq xo‘jalik ekinlarining qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yaratishdir. Ma’lumki, O‘zbekistonda don ekinlarining ancha qismi lalmikor yerlarda yetishtiriladi. Lalmikor yerlarda ekinlar tuproqning tabiiy namligi hisobiga o‘sadi va rivojlanadi. Ba’zi yillarda tuproqda to‘plangan namlik yetishmay qoladi, buning ustiga uzoq vaqt yog‘in bo‘lmasa qurg‘oqchilik boshlanadi. Shuning uchun 7
lalmikor dehqonchilikda bug‘doy va arpaning qurg‘oqchilikka chidamli navlarini
yaratish va joriy qilish muhim ahamiyatga ega.
Don ekinlarning orasida qurg‘oqchilikka chidamlisi arpa hisoblanadi, aniqroq
aytganda arpaning qurg‘oqchilikka chidamliligi bug‘doynikidan yuqori.
O‘zbekistonda lalmikor yerlarda arpa va bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamli
navlari rayonlashtirilgan.
Arpa namni bug‘doyga nisbatan tejab sarflaydi. Shuning uchun arpa bug‘doyga
nisbatan qurg‘oqchilikka ko‘proq chidamli bo‘ladi.
Qishloq  xo‘jalik  ekinlari  yangi  navlarini  yaratish  va  rayonlashtirishda
agrometeorologik va agroiqlimiy sharoitlarni hisobga olish kerak.
5. Changli bo‘ronlar.
 Changli bo‘ronlarning hosil bo‘lishi va O‘zbekiston hududlarida davomiyligi
Katta miqdordagi chang va qumlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chiradigan
kuchli (tezligi 10 m/s dan katta) shamollarni changli bo‘ron deb yuritiladi.
Changli bo‘ron vaqtida havo juda ifloslanib ketganidan ko‘rish masofasi 50-10 m
ga tushib qoladi. 
Shamol  ta’sirida  tuproqning  yemirilib  uchib  ketishiga  shamol  eroziyasi
deyiladi. Changli bo‘ron tabiiy yoki antropogen omillar, ba’zan esa dehqonchilikda
olingan iqlim zonasiga mos kelmaydigan agrotexnik tadbirlarni qo‘llashda paydo
bo‘ladi. Changli bo‘ronlar Yer yuzida keng tarqalgan.
AQSH,  Xitoy,  Hindiston,  Afrika  mamlakatlarida,  shuningdek  Shimoliy
Qozog‘iston, Boshqirdiston, Stavropol va Krasnodar o‘lkalarida, Janubi-Sharqiy
Ukraina va Volga ortida, G‘arbiy va Sharqiy Sibirning dasht zonalarida, ayniqsa
cho‘l va chala cho‘llarda ko‘p kuzatiladi.
Eng kuchli changli bo‘ronlar 1969 yili Shimoliy Kavkazda va Ukraina sharqida
kuzatilgan.  O‘rta  Osiyo  hududida  chang  bo‘ronli  kunlar  ko‘pincha  Markaziy
Qoraqumda va Kopetdog‘ tog‘ oldi hududlarida kuzatilib, yil davomida 100 kun va
undan ham  ortiq  bo‘ladi.  Chang  bo‘ronlari  ko‘pincha  3 soatdan  ortiq davom
etmaydi, ammo ba’zida bir necha kunga cho‘zilib ketadi.
O‘zbekistonda  Surxondaryo  viloyatining  Termiz,  Jarqo‘rg‘on,  Muzrabod
8
Logotip
lalmikor dehqonchilikda bug‘doy va arpaning qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yaratish va joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Don ekinlarning orasida qurg‘oqchilikka chidamlisi arpa hisoblanadi, aniqroq aytganda arpaning qurg‘oqchilikka chidamliligi bug‘doynikidan yuqori. O‘zbekistonda lalmikor yerlarda arpa va bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamli navlari rayonlashtirilgan. Arpa namni bug‘doyga nisbatan tejab sarflaydi. Shuning uchun arpa bug‘doyga nisbatan qurg‘oqchilikka ko‘proq chidamli bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratish va rayonlashtirishda agrometeorologik va agroiqlimiy sharoitlarni hisobga olish kerak. 5. Changli bo‘ronlar. Changli bo‘ronlarning hosil bo‘lishi va O‘zbekiston hududlarida davomiyligi Katta miqdordagi chang va qumlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chiradigan kuchli (tezligi 10 m/s dan katta) shamollarni changli bo‘ron deb yuritiladi. Changli bo‘ron vaqtida havo juda ifloslanib ketganidan ko‘rish masofasi 50-10 m ga tushib qoladi. Shamol ta’sirida tuproqning yemirilib uchib ketishiga shamol eroziyasi deyiladi. Changli bo‘ron tabiiy yoki antropogen omillar, ba’zan esa dehqonchilikda olingan iqlim zonasiga mos kelmaydigan agrotexnik tadbirlarni qo‘llashda paydo bo‘ladi. Changli bo‘ronlar Yer yuzida keng tarqalgan. AQSH, Xitoy, Hindiston, Afrika mamlakatlarida, shuningdek Shimoliy Qozog‘iston, Boshqirdiston, Stavropol va Krasnodar o‘lkalarida, Janubi-Sharqiy Ukraina va Volga ortida, G‘arbiy va Sharqiy Sibirning dasht zonalarida, ayniqsa cho‘l va chala cho‘llarda ko‘p kuzatiladi. Eng kuchli changli bo‘ronlar 1969 yili Shimoliy Kavkazda va Ukraina sharqida kuzatilgan. O‘rta Osiyo hududida chang bo‘ronli kunlar ko‘pincha Markaziy Qoraqumda va Kopetdog‘ tog‘ oldi hududlarida kuzatilib, yil davomida 100 kun va undan ham ortiq bo‘ladi. Chang bo‘ronlari ko‘pincha 3 soatdan ortiq davom etmaydi, ammo ba’zida bir necha kunga cho‘zilib ketadi. O‘zbekistonda Surxondaryo viloyatining Termiz, Jarqo‘rg‘on, Muzrabod 8