Qurilish materiallari, o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz
sanoati.
Reja
1. Binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurilish majmuasi.
2. O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati
3. Yengil sanoatning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati, tarmoqlar tarkibi.
4. Oziq-ovqat sanoatining hududiy tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari
Tayanch iboralar
Binokorlik materiallari ishlab chiqarish, qurilish sanoati, o‘rmon sanoati,
yog‘ochni qayta ishlash sanoati, sellyuloza-qog‘oz sanoati, yengil sanoat,
to‘qimachilik, tikuvchilik, ko‘nchilik, mo‘ynado‘zlik, ko‘n-poyabzal sanoati,
pillakashlik, trikotaj to‘qimachiligi, gilamchilik, oziq-ovqat sanoati
1. Binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurilish majmuasi.
Binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurilish majmuasi sanoatning
o‘ziga xos tarmog‘i hisoblanadi. Bu sanoat yangi o‘zlashtirilayotgan hududlarga
birinchi bo‘lib kirib keladi va investitsiyalar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Chunki
qurilish bazasisiz yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish mumkin emas. Qurilish
bazasi elektr energetikasi bilan birgalikda hududlar o‘zlashtirilishining muhim
infratuzilmasi, asosi hisoblanadi. Bu tarmoq tarkibiga qurilishga xizmat qiladigan
barcha korxona tashkilotlari, ishlab chiqarish boshqarmalari, umuman
loyihalashtirishdan tortib, bino va inshootlarni foydalanishga topshirgunga qadar
xizmat qiluvchi hamma bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu majmua asosini qurilish
sanoati tashkil qiladi. Qurilish sanoati qishloq xo‘jaligi, transport, zavod fabrikalar,
kanal-suv omborlari, yo‘l tonnellari, kasalxonalar, uy-joylar va hokazolar
qurilishini o‘z ichiga oladi.
1
Qurilish sanoatining yana bir muhim xususiyati shundaki, uning ishlab
chiqarish jarayonida chiqindi deyarli qolmaydi, keltirilgan xom ashyo butunlay
tayyor mahsulotga aylanadi. Shu sababdan ham qurilish materiallarini ko‘proq
iste’mol rayonlarida tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Biroq, qurilish
materiallari sanoatining asosiy “noni”, xom ashyosi – sementni ishlab chiqarish
muayyan harajatlarni talab qiladi. Chunonchi, uning uchun eng avvalo qizil rangli
mergeli, uchlamchi davr yotqiziqlari, oxaktosh kerak bo‘ladi. Bunday xususiyat
sement sanoati geografiyasining uncha rivojlanmaganligiga olib keladi. Qurilish
materiallari ishlab chiqarish industriyasining hammasi Respublikaning geografik
joylanish o‘rni, har bir joyning yer tuzilishi, iqlimi, yer osti suvlari, geologik va
seysmik holati boshqa omillarni hisobga olinib quriladi. Masalan,
1. O‘zbekiston Respublikasi ko‘pchilik seysmik jihatdan aktiv bo‘lgan o‘lka
hisoblanadi. Chunki quriladigan hamma inshootlar 9-10 balli silkinishlarga bardosh
beradigan qilib qurishni talab etadi.
2. O‘zbekistonning cho‘l zonalarida ayniqsa Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax,
SHerobod, Markaziy va G‘arbiy Farg‘ona va boshqa joylarda sho‘rlangan yerlar
ko‘p uchraydi, ularga qurilgan binolar cho‘kish ehtimolidan holi emas. Shuning
uchun binolar poydevori mustahkam bo‘lishi kerak.
3. O‘zbekistonning iqlimi o‘ziga xos bo‘lib, ayniqsa harorat yozda yuqori
bo‘ladi, shuni hisobga olishni taqozo etadi va hokazolar.
4. Qurilish inshootlarini qurishda tarixiy-milliy an’analarni ham hisobga olish
kerak.
5. Qurilish sanoatining taraqqiyoti tabiiy va mehnat resurslarini geografik
xususiyatlarini chuqur ilmi tahlil qilish va ulardan oqilona foydalanishni taqozo
etadi.
Qurilish sanoatining muhim xususiyati shundaki, uning ishlab chiqarish jarayonida
chiqindi deyarli qolmaydi, keltirilgan xom ashyo butunlay tayyor mahsulotga
aylanadi. Shu sababli bu tarmoqni ko‘proq iste’mol rayonlarida tashkil etilishi
maqsadga muvofiq.
Biroq, qurilish sanoatining asosiy xom ashyosi bo‘lgan sementni ishlab
chiqarish uchun katta miqdorda qizil rangli mergel, uchlamchi davr yotqiziqlari va
2