QURITISH QURILMALARI TUZILISHI (Kamerali quritgichlar, Tunnelli quritgichlar, Shaxtali quritgichlar, Tebranma quritgichlar, Vertikal quritgich)

Yuklangan vaqt

2024-05-14

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

1,9 MB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
QURITISH QURILMALARI TUZILISHI 
 
 
Reja: 
1.  Kamerali quritgichlar. 
2. Tunnelli quritgichlar.  
3. Lentali quritgichlar. 
4. Shaxtali quritgichlar.  
5. Sirtmoqli quritgichlar.  
6. Tebranma quritgichlar.  
7. Barabanli quritgichlar. 
8. Vertikal quritgich. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz QURITISH QURILMALARI TUZILISHI Reja: 1. Kamerali quritgichlar. 2. Tunnelli quritgichlar. 3. Lentali quritgichlar. 4. Shaxtali quritgichlar. 5. Sirtmoqli quritgichlar. 6. Tebranma quritgichlar. 7. Barabanli quritgichlar. 8. Vertikal quritgich.
Ilmiybaza.uz 
 
 
Meva-sabzavotlarni quritishdan maqsad ularning namligini qochirib, 
mikroorganizmlar rivojlanmaydigan hamda har xil biologik jarayonlar ro‘y 
bermaydigan xolga keltirishdir. Quritishning shunday bir me’yori borki, namlik 
miqdori o‘sha darajadan pasaysa mikroorganizm rivojlana olmaydi. Bu minimal 
darajadagi bakteriyalar uchun 30% ni, achitqi bakteriyalar uchun 15-20% ni tashkil 
qiladi. Shu sababli quritishdan keyin sabzavotlarning namligi 15-25% bo‘lsa, 
ularni chiritmay sifatli saqlash mumkin. 
Quritish qurilmalari tuzilishi. Ishlab chiqarish korxonalarida 
qo‘llaniladigan quritgichlar konstruksiyalari turli-tumandir. Ular bir-biridan 
har xil belgilariga qarab farqlanadi. Qattiq, nam materialga issiqlik uzatish 
turiga qarab konvektiv, kontaktli va mahsus quritgichlarga bo‘linadi. Issiqlik 
eltkich sifatida havo, gaz va bug‘ qo‘llanilishi mumkin. Quritish kamerasidagi 
bosim kattaligiga qarab, vakuum va atmosfera bosimida ishlaydigan 
quritgichlarga bo‘linadi. Jarayonni tashkil etish usuliga qarab, davriy va 
uzluksiz ishlaydigan quritgichlar bo‘lishi mumkin.  
Undan tashqari, material va issiqlik eltkich harakatiga qarab parallel, qarama-
qarshi va o‘zaro kesishgan yo‘nalishli quritgichlar tayyorlanadi. Yuqorida qayd 
etilganlardan ko‘rinib turibdiki, quritgichlarni umumlashtiruvchi klassifikaiiya 
qilish juda kiyin. 
Shuning uchun, quyida issiqlikni uzatish va quritilayotgan material 
qatlamining holatiga qarab guruhlarga ajratilgan quritgichlar konstruksiyalarini 
ko‘rib chiqamiz. 
Halq xo‘jaligining turli sohalarida kamerali, tunnelli, lentali, shaxtali, 
sirtmokli, mavhum qaynash qatlamli, barabanli, tebranma, jo‘vali, purkovchi, 
pnevmatik, ikki pogonali va boshqa quritgichlar qo‘llaniladi.  
1. 
Kamerali quritgichlar konvektiv qurilmalar ichida eng sodda 
tuzilgan va qobiq ichida vagonetkalar joylashgan bo‘ladi. 
Vagonetkalar tokchalarida nam material joylashtiriladi. Havo kaloriferda 
qizdirilib, ventilator yordamida haydaladi va material ustidan yoki ichidan o‘tib 
Ilmiybaza.uz Meva-sabzavotlarni quritishdan maqsad ularning namligini qochirib, mikroorganizmlar rivojlanmaydigan hamda har xil biologik jarayonlar ro‘y bermaydigan xolga keltirishdir. Quritishning shunday bir me’yori borki, namlik miqdori o‘sha darajadan pasaysa mikroorganizm rivojlana olmaydi. Bu minimal darajadagi bakteriyalar uchun 30% ni, achitqi bakteriyalar uchun 15-20% ni tashkil qiladi. Shu sababli quritishdan keyin sabzavotlarning namligi 15-25% bo‘lsa, ularni chiritmay sifatli saqlash mumkin. Quritish qurilmalari tuzilishi. Ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llaniladigan quritgichlar konstruksiyalari turli-tumandir. Ular bir-biridan har xil belgilariga qarab farqlanadi. Qattiq, nam materialga issiqlik uzatish turiga qarab konvektiv, kontaktli va mahsus quritgichlarga bo‘linadi. Issiqlik eltkich sifatida havo, gaz va bug‘ qo‘llanilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosim kattaligiga qarab, vakuum va atmosfera bosimida ishlaydigan quritgichlarga bo‘linadi. Jarayonni tashkil etish usuliga qarab, davriy va uzluksiz ishlaydigan quritgichlar bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, material va issiqlik eltkich harakatiga qarab parallel, qarama- qarshi va o‘zaro kesishgan yo‘nalishli quritgichlar tayyorlanadi. Yuqorida qayd etilganlardan ko‘rinib turibdiki, quritgichlarni umumlashtiruvchi klassifikaiiya qilish juda kiyin. Shuning uchun, quyida issiqlikni uzatish va quritilayotgan material qatlamining holatiga qarab guruhlarga ajratilgan quritgichlar konstruksiyalarini ko‘rib chiqamiz. Halq xo‘jaligining turli sohalarida kamerali, tunnelli, lentali, shaxtali, sirtmokli, mavhum qaynash qatlamli, barabanli, tebranma, jo‘vali, purkovchi, pnevmatik, ikki pogonali va boshqa quritgichlar qo‘llaniladi. 1. Kamerali quritgichlar konvektiv qurilmalar ichida eng sodda tuzilgan va qobiq ichida vagonetkalar joylashgan bo‘ladi. Vagonetkalar tokchalarida nam material joylashtiriladi. Havo kaloriferda qizdirilib, ventilator yordamida haydaladi va material ustidan yoki ichidan o‘tib
Ilmiybaza.uz 
 
namlikni bug‘latadi. Ishlatib bo‘lingan havoning bir qismi yangi havo bilan 
aralashtiriladi. Bu turdagi quritgichlar, odatda atmosfera bosimida ishlaydi. Ular 
kichik korxonalarda mayin rejim va past temperaturada nam mahsulotlarni quritish 
uchun 
mo‘ljallangan. 
Afzalliklari: 
tuzilishi 
sodda 
va 
ta’mirlash 
oson. 
Kamchiliklari: kamerali quritgichlarning ish unumdorligi kichik va mahsulot 
qurishi bir tekisda emas. 
2. 
Tunnelli quritgichlar. Jarayonni tashkil etish bo‘yicha bu 
qurilmalar 
uzluksiz ishlaydigan quritgichlar qatoriga kiradi. Bu 
quritgichlar to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘ndalang kesimli uzun kameradan 
iboratdir. Nam material yuklangan - aravachalar temir relslar ustida 
harakatlanadi. Qurilmaning kirish va chiqish eshiklari zich yopiladi. 
Aravachalarning quritish kamerasida bo‘lish vaqti quritish jarayoni 
davomiyligiga teng. Material yuklangan aravachalarning kameradan bir 
marta o‘tishida nam material quritiladi. Issiqlik eltkich kaloriferda 
qizdirilib, ventilator yordamida qurilmaga uzatiladi.  
Bu turdagi quritgichlarda issiqlik eltkich qisman resirkulyatsiya qilinadi. Nam 
material va issiqlik eltkich Bug‘allel yoki qarama-qarshi yo‘nalishli bo‘lishi 
mumkin. Ko‘pincha kalorifer va ventilator quritgichning yoniga yoki tomiga 
o‘rnatiladi. Ishlatib bo‘lingan havo quvur orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. 
Bu turdagi qurilmalarda, materialni aralashtirib bo‘lmaydi va qurish bir tekisda 
emas; tunnelli quritgichlar o‘lchami katta, donasimon materiallarni, sabzavot, 
meva, makaron va boshqa mahsulotlarni quritish uchun mo‘ljallangan. Quritgich 
kamchiliklari: quritish tezligi kichik, jarayon uzoq muddatda davom etadi va bir 
tekisda emas. 
3. 
Lentali quritgichlar uzluksiz ishlaydigan quritgichlar qatoriga 
kiradi (16-rasm). 
Xo‘l mahsulot qurilmaning tepa qismidagi bunker orqali yuklanadi va 
konveyrning yuqori lentasiga tushadi. Odatda, ikkita baraban orasiga tortilgan lenta 
teshikli bo‘ladi va nam material uning ustida harakatlanadi. Lentaning ikkinchi 
Ilmiybaza.uz namlikni bug‘latadi. Ishlatib bo‘lingan havoning bir qismi yangi havo bilan aralashtiriladi. Bu turdagi quritgichlar, odatda atmosfera bosimida ishlaydi. Ular kichik korxonalarda mayin rejim va past temperaturada nam mahsulotlarni quritish uchun mo‘ljallangan. Afzalliklari: tuzilishi sodda va ta’mirlash oson. Kamchiliklari: kamerali quritgichlarning ish unumdorligi kichik va mahsulot qurishi bir tekisda emas. 2. Tunnelli quritgichlar. Jarayonni tashkil etish bo‘yicha bu qurilmalar uzluksiz ishlaydigan quritgichlar qatoriga kiradi. Bu quritgichlar to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘ndalang kesimli uzun kameradan iboratdir. Nam material yuklangan - aravachalar temir relslar ustida harakatlanadi. Qurilmaning kirish va chiqish eshiklari zich yopiladi. Aravachalarning quritish kamerasida bo‘lish vaqti quritish jarayoni davomiyligiga teng. Material yuklangan aravachalarning kameradan bir marta o‘tishida nam material quritiladi. Issiqlik eltkich kaloriferda qizdirilib, ventilator yordamida qurilmaga uzatiladi. Bu turdagi quritgichlarda issiqlik eltkich qisman resirkulyatsiya qilinadi. Nam material va issiqlik eltkich Bug‘allel yoki qarama-qarshi yo‘nalishli bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha kalorifer va ventilator quritgichning yoniga yoki tomiga o‘rnatiladi. Ishlatib bo‘lingan havo quvur orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bu turdagi qurilmalarda, materialni aralashtirib bo‘lmaydi va qurish bir tekisda emas; tunnelli quritgichlar o‘lchami katta, donasimon materiallarni, sabzavot, meva, makaron va boshqa mahsulotlarni quritish uchun mo‘ljallangan. Quritgich kamchiliklari: quritish tezligi kichik, jarayon uzoq muddatda davom etadi va bir tekisda emas. 3. Lentali quritgichlar uzluksiz ishlaydigan quritgichlar qatoriga kiradi (16-rasm). Xo‘l mahsulot qurilmaning tepa qismidagi bunker orqali yuklanadi va konveyrning yuqori lentasiga tushadi. Odatda, ikkita baraban orasiga tortilgan lenta teshikli bo‘ladi va nam material uning ustida harakatlanadi. Lentaning ikkinchi
Ilmiybaza.uz 
 
uchiga etganda, material pastki konveyrga to‘kiladi. Eng pastki konveyrdan, 
quritilgan material chiqarish bunkeriga to‘kiladi. 
Quritilayotgan materialning bir lentadan ikkinchisi to‘kilib o‘tishi uning 
aralashishiga sababchi bo‘ladi. Natijada, quritish tezligi ortadi. Ko‘pincha bunday 
quritgichlar ko‘p lentali qilib yasaladi. 
Material va issiqlik eltkich o‘zaro kesishgan yo‘nalishda harakatlanadi. 
Shu bilan birga, porallel va qarama - qarshi yo‘nalishli quritgichlar ham ishlab 
chiqariladi. Bunday quritgichlarda issiqlik eltkich qisman resirkulyatsiya qilinishi 
mumkin. 
Havoni resirkulyatsiya va oraliq qizdirilishi tufayli lentali quritgichlarda 
mayin quritish rejimlariga erishish mumkin. 
 
 
16-rasm. Lentali quritgich.  
1 - qobiq; 2 - lentali konveyr; 3 - etaklovchi barabanlar; 4 - yetaklanuvchi 
barabanlar; 5 - kalorifer; 6 - yuklovchi moslamali bunker. 
 
Lentali quritgichlarning ayrim konstruksiyalarida, bir tekisda quritishga 
erishish uchun, material qatlamini aralashtirish va qatlamni tekislash uchun lenta 
ustiga 
mahsus 
ag‘daruvchi 
moslama 
o‘rnatiladi, 
quritgichning 
asosiy 
kamchiliklari: qo‘pol, ko‘p joy egallaydi, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish 
murakkab, ish unumdorligi kichik va issiqlik sarfi katta. 
Ilmiybaza.uz uchiga etganda, material pastki konveyrga to‘kiladi. Eng pastki konveyrdan, quritilgan material chiqarish bunkeriga to‘kiladi. Quritilayotgan materialning bir lentadan ikkinchisi to‘kilib o‘tishi uning aralashishiga sababchi bo‘ladi. Natijada, quritish tezligi ortadi. Ko‘pincha bunday quritgichlar ko‘p lentali qilib yasaladi. Material va issiqlik eltkich o‘zaro kesishgan yo‘nalishda harakatlanadi. Shu bilan birga, porallel va qarama - qarshi yo‘nalishli quritgichlar ham ishlab chiqariladi. Bunday quritgichlarda issiqlik eltkich qisman resirkulyatsiya qilinishi mumkin. Havoni resirkulyatsiya va oraliq qizdirilishi tufayli lentali quritgichlarda mayin quritish rejimlariga erishish mumkin. 16-rasm. Lentali quritgich. 1 - qobiq; 2 - lentali konveyr; 3 - etaklovchi barabanlar; 4 - yetaklanuvchi barabanlar; 5 - kalorifer; 6 - yuklovchi moslamali bunker. Lentali quritgichlarning ayrim konstruksiyalarida, bir tekisda quritishga erishish uchun, material qatlamini aralashtirish va qatlamni tekislash uchun lenta ustiga mahsus ag‘daruvchi moslama o‘rnatiladi, quritgichning asosiy kamchiliklari: qo‘pol, ko‘p joy egallaydi, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish murakkab, ish unumdorligi kichik va issiqlik sarfi katta.