Qushlar sinfi. Umumiy tasnifi. Kaptarni tashqi va ichki tuzilishi
R E J A
1.Qushlarning tana tuzilishi, tana qoplami, skeleti va muskullari.
2.Qushlarning ichki tuzilishi.
3.Qushlarning nerv sistemasi va sezgi organlari.
Qushlar — havoda uchishga moslashgan umurtqali hayvonlar. Ularning oldingi
oyoqlari qanotlarga aylangan, tanasi pat bilan qoplangan, tana skeleti pishiq va
yengil suyaklardan iborat. Qushlarning tishlari bo’lmaydi, jag’lari muguz
tumshuqqa aylangan. Naysimon suyaklar bo’shlig’i havo bilan to’lgan. Qushlar
nafas olishida havo xaltachalari ham ishtirok etadi.
Tashqi tuzilishi. Qushlarning tashqi tuzilishi ularning uchishi bilan bog’liq.
Ularning tanasi suyriga o’xshash ixcham bo’lib, uchayotganda havoga kam
qarshilik ko’rsatishga moslashgan. Ko’pchilik qushlarning bo’yni ingichka, juda
egiluvchan. Jag’lari muguz tumshuqqa aylangan, tishlari bo’lmaydi. Oldingi
oyoqlari o’zgarib, qanotni hosil qiladi. Tanasi pat bilan qoplangan. Qanotlaridagi
yirik qoqish patlari ko’tarish yuzasini hosil qiladi. Yerda yurganda, uchgandayoki
qo’nganida qushlar tanasining og’irligi faqat oyoqlariga tushadi. Oyoqlari son,
boldir, ilik va panja bo’limlaridan iborat. Qushlarning oyog’ida odatda 4 tadan
barmoq bo’lib, ulardan uchtasi oldinga, bittasi orqa tomongayo’naltirilgan. Ayrim
qushlarning barmoqlari uchta, hatto ikkita bo’ladi (Afrika tuyaqushi).
Tana qoplami. Qushlar terisi yupqa va qumoq bo’lib, ter bezlari bo’lmaydi. Faqat
suvda yashovchi qushlarning dumi asosida maxsus dumg’aza bezi bor. Qushlar
bezning yog’simon suyuqligini patlariga surib turadi. Suyuqlik patlarga suv
yuqtirmaydi.
Patlar teri epidermisidan kelib chiqqan muguz modda-keratindan hosil bo’Igan.
Alohida pat qalam uchi (patning teriga botib kirgan uchi), pat o’qi va pat
yelpig’ichidun iborat. Pat o’qi ichi g’ovak tig’iz muguz devorli nayshaklida
bo’ladi. Pat yelpig’ichi pat o’qining ikki yonidan chiqadigan 1-tartib
o’siqchalardan
iborat. Bu o’siqchalardan o’z navbatida kalta
2-tartib
o’siqchalarchlqadi. Ularda mayda ilmoqchalar bo’ladi. Ilmoqchalar o’zaro ilashib,
yelpig’ich yuzasini hosil qiladi. Patlar tuzilishi va fiinksiyasiga ko’ra kontur patlar,
momiq patlar, parlar, ipsimon patlar, qillarga ajratiladi. Qanotlarning ko’tarish
yuzasini hosil qiladigan yirik patlar qoqish patlari deyiladi. Bu patlar
yelpig’ichining asosi kengaygan, uchki qismi ingichkalashgan bo’ladi. Patning
bunday tuzilishi qush qanotini ko’targanida patlar orasidan havo o’tishiga imkon
beradi. Qanot tushirilganida esa havo bosimi ostida patlar o’zaro tig’iz yopishadi.
Qanot panjasiga birikkan eng yirik patlar 1-tartib qoqish patlari, bilak suyagi bilan
birikkan birmuncha kichikroq patlar 2-tartib qoqish patlari deyiiadi. Dumni .hosil
qiluvchi boshqarish patlari yirik, yelpig’ichi asimmetrik tuzilgan. Qushlar tanasini
qoplab turadigan birmuncha kichikroq patlar kontur qoplag’ich patlar deyiiadi.
Suv qushlarining kontur patlari orasida tanada issiqlikni saqlovchi momiq patlar va
parlari joylashgan. Pat qoplami qushlar hayotida katta ahamiyatga ega. Qoqish va
boshqarish patlari uchish uchun kerak bo’lsa, qoplag’ich patlar esa qush tanasiga
suyri shaklni berib, uchishni yengillashtiradi. Orasida havo saqlanib qolishi
natijasida pat qoplami tanada issiqlikni saqlab turadi. Ko’pchilik qushlaming
patlari asta-sekin almashinuvi sababli ular uchish qobiliyatini yo’qotmaydi. Faqat
suv qushlarida tullash juda tez sodir bo’lganidan, ular bu davrda ucholmaydi.
Qushlarning pat xillari:
1-qoqish; 2-kontur qoplovchi patlar; 3-momiq pat; 4-par; 5-qil; 6-ipsimon pat.
Skeleti. Qushlar skeleti ham barcha quruqlikda yashovchi umurtqalilarnikiga
o’xshash bosh, umurtqa pog’onasi, tana, qanot, orqa oyoqlar, yelka kamari, chanoq
kamari bo’limlaridan iborat. Lekin havoda parvoz qilishga moslanishi tufayli
ularning skeleti boshqa umurtqalilarga nisbatan juda yengil va pishiq bo’ladi.
Suyaklarning yupqaligi, naysimon suyaklar ichining havo bilan toMganligi skeletni
yengil bo’lishini, ko’pchilik suyaklarning qo’shifib ketishi esa uning pishiqligini
ta’minlaydi. Qushlarning bosh skeleti yupqa devorli miya qutisi va muguz bilan
qoplangan tumshuqdan iborat. Tishlari bo’lmaydi. Bo’yin umurtqalari egarsimon
bo’g’im yuzasi orqali o’zaro juda harakatchan qo’shilgan. Bo’yin umurtqalari 11
tadan 25 tagacha boMadi. Ko’krak umurtqalari o’zaro harakatsiz qo’shilgan.
Qushlarning qovurg’atari o’zaro tutashgan ikki qismdan iborat; qo’shilish
burchagining uchki qismi orqa tomonga yo’nalgan bo’lib, keyingi qovurg’a ustiga
tushib turadi. Qovurg’alarning pastki uchi to’sh suyagiga harakatchan birikadi.
Qovurg’alarning bunday tuzilishi ko’krak qafasini mustahkam bo’lishiga va nafas
olishda Lining hajmini o’zgarib turishiga imkon beradi.
Qushlar skeleti:
1-bo’yin umurtqalari; 2-ko’krak umurtqalari; 3-dum umurtqalari; 4-dumg’aza; 5-6-
qovurg’alar; 7-to’sh;
8-ko’krak toj; 9-kurak; 10-kurak tirgak; 11- o’mrov ayrisi; 12-yelka; 13-bilak; 14-
tirsak; 15-kaft; 16-18-barmoq; 19-21-chanoq; 22-son; 23-boldir; 24-ilik; 25; 26-
barmoqlar.
Qushlarning to ‘sh suyagi biroz oldinga bo’rtib chiqqan, uning pastki uchi juda
kengayib to’sh tojini hosil qiladi. To’sh tojiga qanotlarni harakatga keltiruvchi
katta ko’krak muskullari va o’mrovosti muskullari birikadi. Uchish qobiliyatini
yo’qotgan qushlarda to’sh toji rivojlanmagan. Lekin pingvinlar qanoti suvda suzish
organiga aylanganligi sababli to’sh toji ham yaxshi rivojlangan. Keyingi ko’krak,
bel, dumg’aza va oldingi dum umurtqalari o’zaro va chanoqning yon suyaklari
bilan harakatsiz qo’shilib, oyoqlar uchun tayanch bo’ladigan murakkab dumg’azani
hosil qiladi. Keyingi dum umurtqalari o’zaro qo’shilib, boshqaruv patlari uchun
tayanch vazifasini bajaradigan quymich suyagini hosil qiladi.
Yelka kamari 3 juft suyakdan iborat. Qilichsimon egilgan kurak suyaklari
uniurtqa pog’onasi bo’ylab joylashgan. Ingichka o’mrov suyaklarining pastki uchi
o’zaro tutashib o’mrov ayrisini hosil qiladi. O’mrov ayrisi qanot suyaklarining
mustahkamligini oshiradi va qanot qoqishda yuzaga keladigan zarbani kamaytiradi.
Qushlar qanoti skeleti ham boshqa besh barmoqli umurtqali hayvonlar oldingi
oyoqlariga o’xshash bitta yelka, ikkita yelka oldi (bilak va tirsak) va panja
suyaklaridan iborat. Lekin qushlarda faqat uchta (2,3,4) barmoqfar boMadi, bir
nechta mayda panja suyaklari birlashib bitta mustahkam suyakni hosil qiladi. Bu
suyak qanotlardagi l-tartib qoqish patlari uchun tayanch boladi.
Chanoq kamari va orqa oyoq skeletining tuzilishi qushlar yurganida tana
og’irligining ana shu ikki oyoqqa tushishi bilan bog’Iiq. Chanoq kamari skeleti bel,
dumg’aza va dum umurtqalari bilan harakatsiz qo’shilib ketgan yonbosh, quymich,
va qov suyaklaridan iborat. Chanoq suyaklarining yon tomonidagi bo’g’im
chuqurchasiga orqa oyoq kelib tutashgan.
Orqa oyoq ancha yo’g’on son, birmuncha uzun va ingichka boldir, ilik va
barmoq suyaklaridan iborat. Boldir ikkita suyak (katta va kichik boldir)ning
qo’shilishidan hosil bo’ladi. Faqat qushlar uchun xos bo’lgan ilik suyagi esa tovon
suyaklarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Ilik suyagining pastki uchiga barmoqlar
tutashgan. Ilik suyagi qushlar tanasini yerdan ko’tarib turadi, uiar qo’nayotganida
tanaga beriladigan zarbani kamaytiradi.
Muskullari. Bir juft katta ko’krak muskullari juda yirik bo’lib, vazn jihatidan
qolgan barcha muskullarga teng keladi. Muskullarning bir uchi to’sh suyagi toj
o’simtasiga, ikkinchi uchi yelka suyagiga birikadi. Bu muskullar qanotlarni
tushirish vazifasini bajaradi. Katta ko’krak muskullari ustida joylashgan o
‘mrovosti muskullari qanotlarni ko’taradi.
Qushlarning oyoq muskullari ham kuchli rivojlangan. Oyoq bo’g’imlari orqali
barmoqlarga paylar o’tgan. Daraxt shoxiga qo’ngan qush o’tirganida bu paylar
tortiladi, barmoqlar bukilib, shoxni mahkam ushlab turadi. Shu sababdan qushlar
daraxtdan yiqilib tushmaydi. Qovurg’alar oralig’idagi muskullar nafas olishda
ko’krak qafasi hajmini o’zgartirish vazifasini bajaradi. Bo’yin muskullari boshni
harakatlanishi - burish, ko’tarish va tushirishda ishtirok etadi.
Hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Tishlari bo’lmaydi, jag’Iari
muguz g’ilof bilan qoplangan tumshuqqa aylangan. Qushlar tumshug’ining o’tkir
qirralari yordamida ozig’ini cho’qib oladi va tutib turadi. Qizilo’ngachi uzun;
qattiq oziq bilan oziqlanadigan donxo’r qushlarning qizilo’ngachi kengayib,
jig’ildonni hosil qiladi . Jig’ildonda ovqat so’lak ta’sirida bo’kib, yumshaydi.
Kaptarlar jig’ildoni qush suti ishlab chiqaradi. Ular bu sut bilan o’z bolasini
boqadi. Ayrim baliqxo’r, yirtqich qiishlar qizilo’ngachi juda cho’ziluvchan bo’lib,
unda oziq zaxirasi saqfanadi. Qushlar bu oziqni bolalariga olib kelib beradi. Oziq
bezli oshqozondan muskulli oshqozonga o’tadi. Muskulli oshqozon devori qalin,
ichki yuzasi qattiq kutikula bilan qoplangan. Uning bo’shlig’ida mayda toshchalar
bo’ladi. Oshqozon devori qisqarib bo’shashganida qushlar yutgan qattiq oziq
oshqozon devori kutikulasi va toshchalar yordamjda ezilib, hazm bo’lishga tayyor
bo’ladi.
Kaptarning ichki tuzilishi:
A-ovqat hazm qilish va ayirish sistemasi; B-oshqozoni tuzilishi: 1-og’iz bo’shlig’i;
2-jig’ildon; 3-qizilo’tigach; 4-oshqozon; 5-oshqozono.sti bezi; 6-jigar; 7-ichak; 8-
buyrak; 9-kloaka; 10-bezli oshqozon; 11-muskulli oshqozon; 12-kutikula; 13-
muskulli xalta.
Qushlarning ichagi nisbatan kalta; ingichka ichagi birmuncha uzun, yo’g’on
ichak esa qisqaroq, to’g’ri ichak bo’lmaydi; qushlar axlati ichakda to’planmasligi
sababli ular vazni ham ortib ketmaydi. Qushlar ichagi kloaka bilan tugaydi.
Kloakaga siydik va jinsiy bezlar yo’li ochiladi. Oziq ingichka ichakda oshqozon
osti bezi shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o’t suyuqligi ta’sirida hazm bo’ladi.
Uchish va tana haroratini doimiy saqjash juda katta energiya talab qiladi. Shuning
uchun qushlar organizmida moddalar almashinuvi jarayoni ham jadal kechadi.
Mayda qushlar bir kunda tana og’irligining to’rtdan bir qismiga teng oziqni hazm
qiladi. Ovqat qushlar ichagida juda tez, odatda bir necha soatda batamom hazm
bo’ladi. Shuning uchun qushlar ovqatsiz uzoq yashay olmasdan oziq tanqis bo’lgan
qish kezlari ko’plab nobud bo’ladi.
Nafas olish sistemasi. Qushlarning faol harakat qilishi va ayniqsa uchishi ko’p
energiya talab qiladi. Bu energiya nafas olinganida havodan olingan kislorod
ta’sirida qushlar organizmida oziq moddalarning parchalamshi natijasida hosil
bo’ladi. Oziq moddalarning oksidlanishi uchun ko’p kislorod kerak bo’lganidan
qushlar o’pkasi orqali ko’p miqdorda havo o’tib turishi lozim.
Qushlarning nafas olish sistemasi ancha murakkab tuzilgan bo’lib, havo o’tkazish
yo‘llari, o ‘pka va havo xaltalaridan iborat. Qushlar o’pkasi uncha katta emas.
Havo xaltalarining hajmi esa o’pkadan bir necha marta katta bo’ladi. Havo xaltalari
ichki organlar orasida bo’shliqni to’ldirib turadi. Ularning o’simtalari esa teri
ostiga, muskullar oralig’i va naysimon suyaklar bo’shlig’iga o’tadi. Odatda ikkita
bo’yin, bitta o’mrovosti, 2-3 juft ko’krak, bir juft juda yirik qorin xaltalari bo’ladi.
Nafas olish sistemasi burun bo’shlig’idan boshlanadi. Kekirdak o’pka yaqinida
ikkita bronxga shoxlanadi; o’pkada yana ko’p marta shoxlanib mayda bronxlarni
hosil qiladi. Bronxlar o’pkada ko’p marta shoxlanadi. Ulardan bir qismi uchi berk
juda ingichka naychalar-broxiollarga aylanadi; asosiy qismi esa o’pka orqaii o’tib
ichki organlar oral ig’idajoylashgan havo xaltalari bilan tutashadi. Havo xaltalari
qushlarning nafas olishida katta ahamiyatga ega. Ulardan bir jufti bo’yin yaqinida,
bittasi o’mrov ostida, 2—3 jufti ko’krak va bir jufti juda yirigi bo’lib qorin
bo’shlig’ida joylashgan. Qushlar uchun xos bo’lgan ikki marta nafas olish
quyidagicha boradi. Qush qanoti ko’tarilib, ko’krak qafasi kengayganida keyingi
havo xaltalari cho’zilib, havoni shiddat bilan so’rib oladi. Havo o’pka orqali
shiddat bilan xaltalarga o’tganidan nafas deyarli sodir bo’lmaydi. Qanot
tushirilganida havo keyingi xaltalaridan ikkilamchi bronxiar orqali o’pka
bronxiollarga o’tadi, bronxiollarda gaz almashinuv sodir bo’ladi. Qanotlar yana
ko’tarilganida havo oldingi ikkilamchi bronxiar orqali oldingi havo xaltalariga
o’tadi. Qanotlar yana tushirilganida havo oldingi xaltaiardan o’pkadagi bronxiar,
ulardan bronxiollarga o’tadi, yana nafas olish sodir bo’ladi. Bu jarayon uzluksiz
ketma-ket sodir bo’lib turadi. Qushlarning o’pkasi uncha katta emas. Havo
xaltalarining umumiy sig’imi o’pkaga nisbatan 10 marta katta. Kaptar tinch holatda