Qushlarni sistematikasi. Ko’krak tojsizlar va pingvinlar katta turkumi
R E J A
1. Qushlarni sistematikasi.
2. Ko’krak tojsizlar turkumi.
3. Pingvinlar katta turkumi.
Hozirgi zamonda yashab turgan barch qushlar yelpig’ich dumlilar yoki chin
qushlar kenja sinifiga kiritiladi. Hozirgi davrda yashovchi tipik qushlar kenja
sinfiga 8600 tur kiradi.
Haqiqiy qushlar kenja sinifi-Neornithes,Pingivinlar katta turkumi-
Impennes.
Bu katta turkumga faqat bitta pingivinlar turkumi kiradi. Pingvinlar uchmaydigan,
lekin yaxshi suzadigan va sho’ng’iydigan qushlardir. Shu sababli oldingi oyoqlari
o’zgarib, suzish organi ko’krakka aylangan, suyaklari ichida havo bo’lmaydi.
Patlari yassi, pat gavdasini zich va bir tekis qoplab turadi.
Oyoqlari gavdaning keyingi tomoniga joylashgan, shu sababli yurganda
gavdasini vertikal tutadi. Pingvinlar asosan Antarktida tarqalgan bo’lib ba’zan
Janubiy Amerika, Avstraliya va Afrikaning Janubiy qirg’oqlariga suzib boradi.
Koloniya bo’lib yashaydi. Yer kovaklariga toshchalardan qilingan uyalarga bir
ikkita tuxum qo’yadi. Ba’zilari tuxumni qorinlaridagi teri xaltasida olib yuradi.
Ko’kraktojsizlar katta turkumi-Ratitae: Bu katta turkumga kiruvchi
qushlarning hammasi uchish qobiliyatiga eag emas. Chunki terilarida apteriya
yo’q. Patlari grupalarga aniq ajaralmagan, yelpig’ichlarida ilmoqchalar bo’lmaydi.
To’sh suyagi kichik va yassi bo’lib, unda ko’kraktoj suyagi rivojlanmagan, ko’krak
va korokoid suyaklari bir-biriga qo’shilib ketgan. Dum bezi yo’q. Oyog’ida 2ta
yoki uchta barmog’i bo’ladi. Erkaklarida kopulyativ organ bo’ladi. Hozirgi
zamonda yashayotgan ko’kraktojsiz qushlar janubiy yarim shar tarqalgan bo’lib,
to’rtta turkumga bo’linadi.
Afrika tuyaqushlari turkumi-Struthioniformes: Bu turkumga faqat bitta tur
Afrika tuyaqushi kiradi va Hozirgi zamon qushlari o’rtasida eng katta hisoblanadi.
Erkaklarining balandligi 260-275 sm. og’irligi 50-90 kg yetadi. Uchish qobiliyatini
butunlay yo’qotgan, lekin tez yugshuradi. Oyog’ida faqat ikkita barmog’i bo’ladi.
Terisida aprerisi bo’lmaydi. Patlarida ilmoqchalari yo’q. Afrika va Arabistonning
cho’l dashtlarida tarqalgan. Asosan o’simliklar bilan ovqatlanadi. Bitta erkagi 2-5
ta urg’ochisi bilan gala bo’lib yashaydi. Umumiy uyyaga urg’ochilarining xar biri
7-9 tadan tuxum qo’yadi. Har bir tuxumning og’irligi 1,5 kg keladi. Bitta uyada 15-
20 ta, xatto 50-60 tacha tuxum bo’lib, tuxumlarini kechasi erkagi, kunduzi
urg’ochilari navbatlashib 42 kun davomida bosadi. Erkaklarining rol va qanot
patlari bezatish uchun ishlatilsa go’shti va tuxumi ozuqa sifatida ishlatiladi.
Amerika tuyaqushlar turkumi-Rheiformes: Bu turkumning ikkita turi Janubiy
Amerikaning cho’l va savanalarida tarqalgan. Oyog’idagi barmoqlari uchta.
Bo’yining balandligi 150 sm, og’irligi 30 kg keladi. 1 ta erkagi 5-7 urg’ochisi bilan
gala bo’lib yashaydi. Urg’ochilarning har biri 5-6 tuxumni erkagi kovlagan
umumiy uyaga qo’yadi. Tuxumlarni erkagi 42 davomida bosadi va tuxumdan
chiqqan jo’jalarni boqadi. Amerika Nandulari tuxumi va go’shti uchun ovlanadi.
Avstraliya tuyaqushlar turkumi-Gazuariformes: Bu turkumga Kazuarlar va
Emular kiradi. Emu qoramtir kulrang, qo’ng’ir rangda bo’lib, og’irligi 40-55 kg
keladi va Avstraliyaning dasht va cho’llari tarqalgan. Avstraliyaning shimoliy
sharqiy qismida va yangi Gveniya o’rmonlarida kazuarlar tarqalgan. Kazuarlarning
og’irligi 70-90 kg keladi, tanasi qora, bo’yin va boshi patsiz. Peshonasida o’tkir