Qushlarning tabiat va ho’jalikdagi ahamiyati. O’rta Osiyo ornito-faunasining turli-tumanligi va asosiy vakillari. Qushlarning ovlanadigan, noyob va qo’riqlanadigan turlari
Qushlarning tabiat va ho’jalikdagi ahamiyati. O’rta Osiyo ornito-faunasining
turli-tumanligi va asosiy vakillari. Qushlarning ovlanadigan, noyob va
qo’riqlanadigan turlari. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan qushlar va
ularning yashash sharoitlari. O’zbekistonda ornitologik kuzatishlar olib
borishdagi asosiy muammolar. Qushlarni kelib chiqishi va ekologiyasi
R E J A
1. Qushlarning ovlanadigan, noyob va qo’riqlanadigan turlari.
2. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan qushlar va ularning yashash sharoitlari.
3. O’zbekistonda ornitologik kuzatishlar olib borishdagi asosiy muammolar.
4.Qushlarni kelib chiqishi va ekologiyasi
Ovlanadigan qushlar: Rossiya qush ovlash bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni
egallaydi. Mamlakatimiz bo’yicha150tur qushlar ov qilinadi. Shulardan eng ko’pi
g’ozsimonlar va tovuqsimonlar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda 40-50 million dona
qush tutiladi. G’ozsimonlar asosan g’arbiy Sibir va shimoliy Qozog’istonda
tutiladi. Tutilayotgan qushlarning eng ko’pini (70%) oqqropatka, ryabchik (6%)
qur (5%) tashkil qilsa qolganini ko’kqropatka qirg’ovullar tashkil qiladi. Bulardan
tashqari qushlar ilmiy va estetik ahamiyatga egadir. Chunki ular go’zal
tabiatimizning ajralmas qismi. Ular o’zining go’zalligi harakatchanligi va yoqimli
ovozi bilan inson uchun foydalidir.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqki aksariyat ko’pchilik qushlar inson
hayoti uchun nixoyatda foydalidir. Shu sababli ularni har tomonlama mudofaa
qilish kerak. Yuneskoning tashabbusi bilan 1948 yil 5-oktabr tabtatni va tabiiy
boyliklarni ximoya qilish xalqaro uyushmasi tuzildi. Hozir bu uyushmaga 40 ta
mamlakat kiradi. Shu uyushmaning shartnomalariga ko’ra davlatlar o’rtasida soni
kamayib borayotgan, hayoti xavf ostida qolgan qushlar va ularning qishlash Hamda
uya qo’yish joylari qo’riqlanadi. Uyushmaning tashabbusi bilan 1966 yida “SSSR
qizil kitobi” va 1983 yilda “O’zbekisiston qizil kitobiga” Jumxuriyatimizda
yashayotgan qushlardan sakkoqushlarning ikki turi Turkiston oq laylagi-
qoralaylak, qizilqanot shipun oqqushi, oqqush, kichik oqqushi, marmarli churrak
alqa, skopa, uzun dumli burgut, oq dumli burgut, cho’l burguti, qiron qora burguti,
bolta yutar, qumay ilonxo’r burgut, yo’rg’a tuvaloq, oqbovur , osiyo loyxo’ragi, va
cho’l chumchug’i kiritilgan hammasi bo’lib 31 tur.
Yashash sharoiti nihoyatda xilma-xil va yer sharida eng keng tarqalgan
hayvonlar hisoblanadi. 31-32 shimoliy kenglikda va Antarktidaning ichki qismida
ham qushlar uchraydi. Osiyo tog’larining dengiz sathidan 4700 metr balandligida
tasqaralar yashaydi. Pingvminglar esa 20 m chuqurlikgacha sho’ng’iydi. Uchish
qobilyatiga ega bo’lishligi va gavdatemperaturasining yuqori hamda doimiy
bo’lganligi sababli qushlar turli xil muhit faktorlariga kamroq bog’liqdir. Yashash
sharoitiga qarab xamma qushlar quyidagicha ekologik gruppalarga bo’linadi.
Daraxtlarda yashovchi qushlar hayotini ko’p vaqtini daraxtlarda va butalarda
o’tkazadi. Bularning gavdalari cho’ziq, yon tomondan biroz kesilgan, oyog’i kalta,
tirnoqlari o’tkir. barmoqlari to’rtta bo’ladi. Uchtasi oldinga, bittasi orqaga yoki
ikkitasi oldinga, ikkitasi orqaga qaratilgan bo’lib, orqa barmog’i doimo yaxshi
rivojlangan bo’ladi. Ochiq yerda yashovchi qushlar odatda ko’p vaqtini yerda
o’tkazadi va qadam bosib yugurib xarakat qiladi. Bularning gavdasi katta pishshiq
va keng qanoti kalta, serbar bo’ladi
Botqoqlikda yashovchi qushlar odatda botqoqlarda nam quriqlarda va suv
bo’ylarida yashaydi. Bularning oyoqlari va barmoqlari orasida to’liq suzgich
pardasi yo’q. Oyog’ining boldir sevkaqismi pat bilan qoplanmagan. Bo’yni va
tumshug’i uzun dumi kalta bu gruppaga turnalar, laylaklar, suvmashaklar,
ko’pchilik loyxo’raklar kiradi.
Suvda suzuvchi qushlarning hayoti albatta suv bilan bog’langan. Bular suvda
yaxshi suzadi va shung’iydi. Gavdasi yalpoq, oyoqlari tananing keyingi qismida
joylashgan. Barmoqlarining orasida suzgich parda bor. dum usti bezlari yaxshi
rivojlangan. Patlari zich bo’lib, pati juda ham ko’p. Dummi ancha kalta. Bu
gruppaga o’rdaklar, g’ozlar oqqushlar, sakkoqushlar, qoravoylar, qo’ng’irlar,
qayralar, pingvinlar, baliqchilar va boshqalar kiradi.
Ovqatlanishi qushlarning geografik tarqalishi, yashash joylariga
taqsimlanishi, pushtdorligi, avvalo ularnng ovqatlanishiga bog’liq bo’ladi.
qushlarni ovqat yeyishga qarab shartli ravishda quyidagi gruppalarga bo’lish
mumkin. Yirtqichlar, o’limtikxo’rlar, baliqxo’rlar, hasharotxo’rlar, donxo’rlar va
mavaxo’rlar.
Yirtqichlar kunduzgi yirtqich qushlar bilan yapaloqqushlarning juda ko’p
turlari hamda chumchuqsimonlardan karqunoq kiradi. Bularni tumshug’ini uchi
qayrilib, ilmoq hosil qilgan va changalli tirnoqlari kuchli bo’lib, boshqa qushlarni
sut emizuvchilar va sudralib yuruvchilarni tiriklayin tutib yeydi.
O’limtikxo’r qushlarga Amerika tasqaralari, eski dunyo tasqaralari va
jo’rchilar kiradi. Ba’zi burgutlar bo’ronqushlarning maxsus moslamalari bo’lmasa
ham shartli ravishda shu gruppalarga kiritiladi. Bu gruppaga kiruvchi qushlar
tabiati sanitarlari deb ataladi.
Baliqxo’r qushlarga pingvinlar, qo’ng’irlar, sakkoqushlar, qoravoylar,
baliqchilar, yirtqichlardan skopa va suv burgutlari kiradi. Bu qushlar suvda baliq
tutishga turlicha moslashadi. Hasharotxo’r qushlar gruppasiga juda ko’p qushlar
kiradi. Masalan: ko’rgalaklar, tentakqushlar, jarqaldirg’ochlar, qizilishtonlar, juda
ko’p chumchuqsimonlar (qaldirg’ochsimonlar, dumparastlar, moyqutlar,
chittaklar). Bularning tumshuqlari ingichka ba’zan uzun, ba’zan esa kalta (havoda
tutuvchilarda bo’ladi).
Donxo’r qushlarga avvalo chumchuqsimonlar, vyuraklar oilasi, bulduruqlar,
kaptarlar, to’qay chumchuqlari kiradi. Bularaning tumshuqlari konussimon bo’lib,
donni maydalashga moslashgan. Donxo’r qushlar bolalarini hasharotlar bilan
boqadi. Nihoyat, mevaxo’r qushlarga tropik o’rmonlarda yashaydigan to’tilar,
tukanlar, ba’zi kaptarlar kiradi. Bularning tumshuqlari kuchli bo’ladi. Yilning
fasllariga qarab qushlarning ovqat obyekti o’zgarib turadi. Masalan: butun yoz
davomida hasharotxo’r bo’lgan ba’zi qushlar qish faslida don bilan ovqatlanishga
o’tadi. qizilqum tog’larida yashaydigan kaklik yozda hsharotlar bilan ovqatlanadi
va hokazo.
Ko’payishi. Xar xil xususiyatlari bilan harakterlanadi. Ba’zi qushlarning
uzoq yilla davomida erkagi bilan urg’ochisi doimiy birga yashaydi. Bu hodisa ya’ni
bitta erkagi bitta urg’ochisi bilan qo’shilishi “monogomiya” deb ataladi. Yana bir
gruppa qushlarda poligomiya hodisasi kuzatiladi, ya’ni bitta erkagi gala urg’ochilar
bilan yashaydi va ularni urug’lantiradi, masalan, tovuqlar qushlarda erkagi bilan
urg’ochisi tashqi ko’rinishidan farq qiladi. Bu hodisaga jinsiy diformizm deyiladi.
Ba’zi qushlarning erkagi urg’ochisiga nisbatan katta, rangi tiniq, xar-xil ranglarga
bo’yalgan (tovuqsimonlar, o’rdaklar) boshqalarida urg’ochilarida urg’ochilari
erkagidan katta bo’ladi (kunduzgi yirtqich qushlar). Yana bir xillarida esa jinsiy
diformizm namlyon bo’lmaydi (mayna, qarg’alar, ko’kqarg’a). Ko’pchilik
qushlarda ko’payishidan oldin va ko’payish vaqtida toq (ko’kqarg’a) deb
ataladigan hodisasi yuz beradi. Bu vaqtda erkaklarining patlari o’zgaradi xar xil
ovozlar chiqaradi, sayraydi turli xil maqomga uchadi, o’yinlar qiladi. Bularning
hammasi urg’ochisining e’tiborini o’ziga jalb qilishga imo’jjallangan. qushlar
odatda bir yilda bir marta ko’payadi, ba’zilari esa 2-3 marta ko’payadi. Kayralar
yirik yirtqichlar, bitta; kaptarlar, turnalar, ikkita, baliqchilar, bulduruqlar uchta,
loyxo’raklar, turnalar, to’rtta chumchuqsimon 4-6, tovuqsimonlar 16-26 tagacha
tuxum qo’yadi. (kayra, bizgaldoq, chigirtchilar, mokkalar tentakqushlar). Uyasini
oddiygina chuqurcha shaklida quradigan qushlarga baliqchilar, tovuqsimonlar
kiradi. Ba’zi qushlar o’z uyalarini yerlarga quradi (kurkanaklar, ko’kqarg’alar).
To’rg’aylar o’z uyalarini kosacha shaklida qurib yerga joylashtirsa boshqa
chumchuqsimonlar, yirtqichlar, buta va daraxt shoxlariga qo’yadi. qizilishton,
chittaklar va sorlar o’z uyalarini daraxt kovaklariga qo’yadi. Poligam qushlarda
tuxumlarni urg’ochisi bosadi. Amerika va Avstraliya tuyaqushlarida esa faqat
erkagi tuxumlarini bosadi. Bir gruppa qushlar esa faqat(tuyaqushlar, qozsimonlar,
tovuqsimonlar, baliqchilar, loyxo’raklar) oxirgi tuxumini qo’yib bo’lganidan keyin
bosadi. Bu qushlarning jo’jo’lari inkubatsiyaning oxirida bir kun davomida
tuxumdan ochib chiqadi. Ikkinchi gruppa qushlar( yirtqich qushlar, kaptarsimonlar
va chumchuqsimonlar). Birnchi tuxumini qo’ygan kunidan boshlab bosadi. Buning
natijasida uyada jo’jalar xar xil katta bo’ladi. Tuxumni bosish yoki inkubatsiya
davri urli qushlarda turlicha, lekin xar bir tur uchun ma’lum inkubatsiya davri
bo’ladi. Kichik chumchuqsimon qushlarda inkubatsiya davri 12-14 sutkaga teng.
qarg’alar 17, miqqiy-28, burgut-42, qirg’ovul 21-25, o’rdaklar 28-kun davomida
bosib yotadi.