"QUTLUGʻ QON" ROMANIDA MILLIY OZODLIK MOTIVLARINING BADIIY TALQINI (“QUTLUG‘ QON” ROMANI TAHLILI, “QUTLUG’ QON” ROMANINING MAVZU VA G’OYASI)
Yuklangan vaqt
2024-05-03
Yuklab olishlar soni
13
Sahifalar soni
30
Faytl hajmi
117,0 KB
Ilmiybaza.uz
"QUTLUGʻ QON" ROMANIDA MILLIY OZODLIK MOTIVLARINING
BADIIY TALQINI
mavzusida yozgan
KURS ISHI
Ilmiybaza.uz
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………
I.BOB. “QUTLUG‘ QON” ROMANI TAHLILI.
1.1 Asar syujeti, bosh qahramonlari va tuzilishi haqida umumiy
ma’lumot.
1.2 Matndagi G'oyaga xos xususiyatlar va g’oya birligi haqida
II. “QUTLUG’ QON” ROMANINING MAVZU VA G’OYASI
2.1. Asarning metodologiyasi
2.2 Asardagi g’oyalar tasnifi va milliy ozodlik motivlarining badiiy
talqini
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Ilmiybaza.uz
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbek
xalqining chorizm va mahalliy burjuaziya zulmiga qarshi 1916- yilda isyon
ko‘tarishi – milliy ozodlik harakatini ifodalovchi voqea hodisalar - «Qutlug‘ qon»
romanining asosiy mavzuidir. Mavzu – san’at asarida qo‘yilgan va yoritilgan
asosiy ijtimoiy masalalar. Chunonchi, «Qutlug‘ qon» romanida o‘zbek xalqining
muhit ta’sirida o‘z-o‘zini anglashi va haq-huquqini, erki uchun zulmga qarshi bosh
ko‘tarishi masalasi yoritilgan. Shu masala – romanning mavzuyini tashkil qiladi.
Asar g‘oyasi. Yozuvchi asarida hayotni sintetik tarzda tasvirlar ekan, u, albatta,
bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan qator masalalarni qalamga oladi, ularga o‘z
munosabatini bildiradi – bahosini beradi. Shunga ko‘ra, asarning g‘oyaviy-tematik
to‘qimasi murakkabdir. Chunonchi, «Qutlug‘ qon» dagi Yo‘lchi obrazi orqali bir
masala yoritilsa, Gulnor, Nuri, Mirzakarimboy, Tantiboyvachcha va Yormatlarning
har biri orqali bir-biriga o‘xshamagan (butunlay boshqa-boshqa) masalalar
yoritiladi. Har bir yozuvchi o‘z xalqi va sinfi uchun muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan muayyan davrining ziddiyatli tasviriga alohida e’tibor qiladi. Oybek
o‘zining «Qutlug‘ qon» romanida o‘zbek xalqining ijtimoiy zulmga qarshi hayot-
mamot kurashiga otlanganligini ko‘rsatgan, unga o‘zbek xalqi manfaatlari nuqtayi
nazaridan yondashgan. Bu asarda qahramonlar xarakterlari ana shu kurash
jarayonida ochilgan, toblangan. Bundan tashqari, asar g‘oyai ham kurashlar
zaminida jozibali, yorqin, ta’sirli, emotsional tarzda ochilgan.
Oybek «Qutlug‘ qon» romanini 1937 yillarda yoza boshladi. Oybek «bu romanni
yozishda men hech qanday manbaa, materiallar to‘plamadim, chunki bu asarni
men
yozish
uchun
bolaligimdan
hayotni
kuzatishni
sevganligimdanmi,
ko‘nglimdan, xotiramdan «Qutlug‘ qon» romani quyilib kelaveribdi. Romanni
qisqa fursatda yozib tugatdim» - degan edi.
1940 – yilda chop etilgan «Qutlug‘ qon» romani – badiiy jihatdan yetuk
asar. Una mamlakat o‘tmishidagi hayot haqiqati mohirona ko‘rsatilgan. O‘zbek
xalqining 1917 – yil to‘ntarish arafasidagi og‘ir hayoti, ozodlik yo‘lida olib borgan
Ilmiybaza.uz
kurashlari keng va atroflicha tasvirlangan. Mavzuning o’rganilish darajasi.
“Qutlug’ qon” romanidagi turli xildagi g‘oyaviy-tematik asos dastlab asar
qahramonlari
sifatida
xalqning
ilg‘or
vakillarini
tanlashda
ko‘rindi.
Qahramonlarning rivojlanishiga, olg‘a qarab harakat qilishda tasvirlash ham mana
shu g‘oyaviy yo‘nalishdan kelib chiqadi. Oybekni birinchi galda xalq ichidan
chiqqan kishilar harakterida asta- sekin, evolyutsion suratda maydonga chiqib.
Ma’lum vaqtdan so‘ng shu kishilarni ozodlik uchun kurashuvchilarga aylantirgan
o‘zgarishlar qiziqtiradi. Oybek xarakterlar o‘sishi va shakllanishini o‘tkir qarama-
qarshiliklar kurashining natijasi sifatida beradi. Demak, «Qutlug‘ qon»da
harakterlar ta’sirida muallifni asosan ikki masala bo‘lib qahramonlarning
xarakterlarida yuz bergan yangi sifat o‘zgarishlari; ikkinchisi – oqibat natijasida
qahramonlarning xarakterlaridagi o‘zgarishlarni vujudga keltiradigan qarama-
qarshi kuchlar kurashidir. Abdurauf Fitrat ta’kidlaganidek, “Adabiyot – fikr,
tuyg‘ularimizdagi to‘lqinlarni so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib,
boshqalarda ham xuddi shu to‘lqinlarni yaratmoqdir.”5
Kurs ishining maqsadi. Oybek qalamiga mansub “Qutlug’ qon” romanining
mavzusi va asarda qanday g’oyalar aks etganini o’rganib tahlil qilish va ochib
berish.
Kurs ishining asosiy vazifalari:
Mavzu va g’oyaga xos xususiyatlarni o’rganish;
“Qutlug’ qon” romanining metodologiyasi va g’oyalar tasnifini o’rganish;
“Qutlug’ qon” romanini tahlil qilish orqali mavzu va g’oyalarini ochib berish.
Kurs ishining obyekti. Oybekning “Qutlug’ qon” romani, adabiyotshunoslik
nazariyasiga oid darsliklar, “Qutlug’ qon” romaniga yozilgan taqrizlar tadqiqot
manbai hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, uch bob, umumiy
xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat
Ilmiybaza.uz
I.BOB. “QUTLUG‘ QON” ROMANI TAHLILI.
1.1 Asar syujeti, bosh qahramonlari va tuzilishi haqida umumiy
ma’lumot.
Muso Toshmuhammad Oybekning “Qutlug‘ qon” romani buyuk turkman xoni
Qutlug‘ning hayoti va saltanati haqida hikoya qiladi. Asarning syujeti, asosiy
qahramonlari va tuzilishi haqida umumiy ma'lumot:
Syujet:
«Qutlug‘ qon» romani til va badiiy mahorat jihatdan diqqatga sazovordir. Asarda
adib xarakter yaratishda psixologik tahlil san’atidan, xalq tili boyliklaridan ustalik
bilan foydalangan. Obraz xarakterini, personaj tilini tabiiy va jonli qilib
tasvirlagan. Shunga ko‘ra romandagi har bir xarakterning o‘z ichki va tashqi
dunyosi bor, o‘z xarakter va individual tili bor. Masalan, Abdushukur tilidan
ishlatilgan «g‘olibo maqsad», «kaminaning g‘oyaviy hayoti», «e voh, zavoli
Turkiston», «milliy sarmoya», «o‘z boylarimiz – musulmon boylarimiz» singari
so‘z va iboralar individual tus bergan.
Romanda personajlar tili singari muallif nutqi ham katta mahorat bilan ishlangan.
Asarda Oybek jonli xalq tili boyliklari: xalq maqollari, hikmatli so‘zlar va obrazli
iboralardan, shuningdek o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a, majoz kabi
tasviriy vositalardan unumli foydalangan. Bundan tashqari, yozuvchi xalq maqol
va hikmatli so‘zlar darajasida turuvchi «yer sotgan – er bo‘lmaydi, er – yer
sotmaydi», «jabrning to‘qmog‘iga toqat yo‘q», «xalq o‘z ishini o‘zi biladi»,
«o‘tinsiz qozon qaynamaydi» singari sermazmun, chiroyli jumlalar va obrazli
iboralar yaratgan.
«Qutlug‘ qon» romani syujet va kompozitsiya jihatdan ham tahsinga loyiqdir.
Unda asar g‘oyasini va obrazlar xarakterini ochishga xizmat qilmaydigan tasvirlar,
oshiqcha voq1ea va epizodlar yo‘q. Yozuvchi voqealar tasvirini ortiqcha
1. 1 www.ziyouz.com кутубхонаси
Ilmiybaza.uz
cho‘zmaydi. Voqeadan voqea chiqarish va ularni tabiiy tarzda bir-biri bilan
bog‘lash orqali asosiy syujet chizig‘ini vujudga keltiradi. Shu bilan birga, syujetni
xarakter yaratish ishiga mohirona xizmat qildiradi.
Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki, roman ayrim qusurlardan ham holi emas.
Asarda o‘sha davr taqazosiga ko‘ra sosialistik realizm talabiga binoan rus
inqilobchi Petrov obrazi sun’iy ravishda kiritilgan, uning Yo‘lchiga ko‘rsatgan
ta’siri ideallashtirilgan. Jadid Abdushukur esa bir tomonlama tasvirlanib,
o‘quvchida yoqimsiz taasurot qoldirishga urunilgan.
Roman asosida yotgan ziddiyat chizig‘i asosan Yo‘lchi bilan Mirzakarimboy
o‘rtasida tortilib, boshqa personajlar bu har ikkala tevaragida guruhlasha
boshlaydilar. Oybek go‘yo tog‘a bilan jiyan o‘rtasida boshlangan bu «xonaki»
ziddiyatni shunday mahorat bilan tasvir etib va rivojlantirib boradiki, u pirovardida
1916-yil qo‘zg‘oloni voqealari bilan uzviy ravishda tutashib ketadi. Shu ma’noda
romanning asosiy qahramonlari butun o‘zbek xalqi uchun ahamiyatli bo‘lgan katta
ijtimoiy masalalarni olg‘a sura oluvchi kuchga aylanadilar.
Oybek asar qahramonlari obrazini yaratishda ruhiy tasvirning o‘ziga xos
yo‘lidan borgan. U Yo‘lchi va Gulnor obrazlari mohiyatini ochishda ular hatti-
harakatlari tasviriga e’tiborini qaratgan bo‘lsa, Mirzakarimboy o‘zining insoniy
mohiyatini o‘z so‘zlari bilan ochadi. Bu so‘nggi tasvir usuli Yormat obrazini
yaratishda yozuvchiga yordamga keladi.
Asarning tili va uslubi, xarakterlar ruhiyatini belgilashda Oybek Abdulla Qodiriy
izidan
emas,
ko‘proq
yozuvchi
Cho‘lpon
orqasidan borgan
ko‘rinadi.
Yozuvchining tasvir uslubida ritm muhim rol o‘ynaydi. Oybek, Cho‘lponning
«Kecha va kunduz» romanida bo‘lgani kabi, asar muqaddimasi (ekspozitsiyasi) ga
katta o‘rin ajratadi; voqealar g‘oyat sust rivojlanib boradi. Ammo qahramonlar
obrazi yorqinlashib, kurash maydoni bir qadar yorishgach, harakat keskin
rivojlanib ketadi. Bunday o‘rinlarda tasviriy tafsillar ham, peyzaj ham
qahramonlarning nutqlari ham nihoyatda qisqaradi. Kitobxon asarni o‘qir ekan,
Oybekning iste’dodlik yozuvchi, xassos shoir ekanligini aslo unutmaydi.
Ilmiybaza.uz
Xulosa qilib aytganda, Oybekning «Qutlug‘ qon» romani xarakterlari ruhiyatidagi
kechinmalar, tuyg‘ular asar badiiy pafosini ochib berishga ximat etgan. Asar
bugungi adabiyotshunoslikda yetakchi tahlil yo‘nalishlaridan bo‘lgan ruhiy tahlil
uchun manba bo‘lib xizmat eta olishi, undagi xarakterlar ruhiyatini ochib beruvchi
badiiy-psixologik detallar talqinidan yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Bosh qahramonlar:
Yoʻlchi–bosh qahramon, Mirzakarimboyning jiyani, Gulnorning sevgilisi.
Asar nomidagi „Qutlugʻ qon“ Yoʻlchining qoni
Gulnor-Yoʻlchining sevgilisi,Mirzakarimboy tomonidan ikkinchi xotin qilib
olingan qiz
Mirzakarimboy- Yoʻlchining togʻasi
Xushroʻybibi-Yoʻlchinig onasi
Nuri–Mirzakarimboyning Yoʻlchiga koʻngil qoʻygan qizi
Tantiboyvachcha-Mirzakarimboyning kuyovi
Hakimboyvachcha-Mirzakarimboyning oʻgʻli
Yormat-boyning xizmatkori, Gulnorning otasi
Shokir ota–etikdoʻz. Yoʻlchi va singlisiga otasidek boʻlib qolgan, uyidan joy
bergan, Qutlugʻ qon soʻzi aynan uning ogʻzidan jaranglagan
Shoqosim-boyning ishchilaridan
Oʻroz-Yoʻlchining qirgʻiz doʻsti
Qoratoy-Yoʻlchining doʻsti
Unsin- Yoʻlchining singlisi
Gulsum-Yormatning xotini
Salimboyvachcha-Mirzakarimboyning oʻgʻli
Qambar choʻloq
Ilmiybaza.uz
Parpixoʻja
Olimxon ellikboshi
Muso Toshmuhammed Oybekning “Qutlug‘ qon” romanida syujet rivojida,
asarning umumiy muhitini shakllantirishda muhim rol o‘ynagan bir qancha bosh
qahramonlarni uchratish mumkin. Mana ulardan ba'zilari:
«Qutlug‘ qon» romanining bosh qahramoni Yo‘lchi obrazida yaqqol ko‘rish mumkin. Unda
obektiv hayotning tarixiy rivojlanishi, ijtimoiy-ruhiy qarama-qarshiliklarning keskinlashishi
natijasida ongning uyg‘onishi; milliy ozodlik harakati va qo‘zg‘olonining kelib chiqishi, xalq
qahramonining yetilishi, ya’ni xalqning tarix yaratuvchiligi aks etibgina qolmadi, balki
yozuvchining hayotiy va ijodiy pozitsiyasi – zehniyati va qalb faoliyatining ularga hamohang
tepishi, intellektual, axloqiy va estetik dunyosining o‘ziga xos xususiyatlari ham obraz
yaratishda muhim rol o‘ynaydi, «tasvir» bilan «ma’no»ning uzviy birikishiga faol ta’sir
ko‘rsatdi.
Oybek Yo‘lchi obrazida romanning asosiy pafosini ifodaladi. Real tarixiy voqealar
asosida u o‘zbek xalqi milliy shuurining uyg‘onishini badiiy aks ettirdi. U
Yo‘lchining konkret sosial-tarixiy sharoitda kechgan hayot yo‘lini – har bir
qadami, xatti-harakati, fe’li-atvori, kayfiyati, sevgi lahzalari – ahvoli ruhiyatini
miridan sirigacha, bosqichma-bosqich ichdan kuzatib, g‘oyaviy, axloqiy, estetik
jihatlardan «baholab», ruhiy tahlil bog‘lanishlarini haqqoniy aks ettirishga, xilma-
xilliklar va qarama-qarshiliklarga to‘la hayot obrazini dialektik butunlikda
«ko‘rish»ga asqotadi.
Yozuvchi tarixiy voqelikning ichki harakati va rivojiga Yo‘lchidan boshqa, O‘roz,
Qoratoy, Shokir ota, Shoqosim va boshqa ishimizda tahlil etilgan xarakterlarda
gavdalantirdi va har qaysi harakterning hatti-xarakati, xulq-atvori, ichki dunyosi,
hayajonli xolatlarini yoritishda ruhiy tahlili u yoki bu darajada aks sadosini topdi.
Ayrimlarning nayrangiga aldanib, xom xayol oruzlar bilan yashab, qizi Gulnor
o‘ldirilganidan keyin moshday ochilgan batrak Yormat, Yo‘lchining
or-nomusli qalin do‘sti, uning og‘irini yengil qilishga doim tayyor turgan,
temirchilik mehnatida suyagi qotgan pahlavon Qoratoy; bechoralar taqdirini
yumshatishga, g‘am-anduhlarini yupatishga madadkor keksa kosib Shokir ota;
Ilmiybaza.uz
tabiatan mard, quvnoq O‘roz; baxtsizlikning hamma zahrini tortgan Shoqosim;
ayollar huquqsizligining fojiyaviy qurboni bo‘lgan, muhabbati samimiy, ma’naviy-
axloqiy pok Gulnor xarakterlarining ruhiyati rivojida buni yaqqol kuzatish
mumkin.
Romanda muallif dunyoqarashi real obrazlarning g‘oyaviy-emotsional ta’sirini
oshiradi; o‘quvchi rag‘bati va muhabbatini (ba’zi personajlarga nisbatan nafrat va
g‘azabini) qo‘zg‘atib boradi; har qaysi xarakterning mutallif va ziddiyatli
xislatlarini, surat atvori bilan siyratini ichdan uyushtiradi, «tasviri» bilan
«talqini»ni uyg‘unlashtiradi. Yozuvchi L.N.Tolstoy shunday yozgan edi:
«San’atkorning
maqsadi...
hayotning
behisob,
lekin
qachon
ado
qilib
bo‘lmaydigan, hamma ko‘rinishlarini sevib qolishni singdirishdan iborat... basharti
yozgan narsalarimni, hozirgi bola yoshidagilar 20 yildan so‘ng ham o‘qisalar,
bunday romanga men butun umrimni va hamma kuchimni bag‘ishlar edim».
Yozuvchi bu o‘rinda hayotni teran sevish tuyg‘usini singdirishda san’atkor
g‘oyaviy maqsadining muhimligini asoslasa, boshqa bir o‘rinda ijodkor fikri badiiy
muddaosining g‘oyat serqirra, serma’no, hatto ziddiyatli xarakterlarning ichki
birligi ro‘yobga chiqarishdagi rolini, hayotni barcha qarama-qarshiliklari bilan
atroflicha va keng qayta aks ettirgan asar (roman) butunligi, yaxlitligini
ta’minlashdagi ahamiyatini alohida qayd qilib o‘tadi: «Har bir badiiy asarni
toshmetinday bir butunga bog‘laydigan va shu sababli hayotni aks ettirish
illyuziyasiday ta’sir qoldirgan nasra shaxslar va voqealarning birligi emas, balki
avtorning predmetga bo‘lgan o‘ziga xos ma’naviy munosabati tufayli vujudga
kelgan birlikdir». Muallifning dunyoqarashi, dunyoni «ko‘rishi» va his qilishi
quruq bir g‘oyaning o‘zi emas, balki keng ma’noda tushunilgan g‘oyaviy,
ma’naviy-estetik yo‘nalish bo‘lib, asarning har bir komponentida benihoya
murakkab qirralari va ziddiyatlari bilan ifoda etiladi. V.G. Belinskiy aytganidek,
«chinakam poetik asarlarda fikr dogmatik ravishda ifodalangan, mavhum
tushuncha emas, balki xuddi billur ziyo yoyilib ketgani kabi, butun asarga sochilib
ketgan uning jonidir. Fikr – poetik asarlarning pafosidir».
Ilmiybaza.uz
«Qutlug‘ qon» romanida tarixiy voqelikning rivojlanish jarayonini, o‘zbek xalqi
hayotini qayta aks ettirish (realizm) prinsipi ijodga hayotni sevishni singdirish
(avtor pozitsiyasi, uning g‘oyaviy-estetik nuqtayi nazari) bilan uzviy birlikda
reallashadi. Tarixiy harakatni tushunish bevosita emas, balki bavosita – ya’ni
obrazlar, xarakterlar, xatti-harakat, vaziyat va konkret manzaralarni tasvirlash yo‘li
bilan ifodalanadi. Har qaysi xodisa, personajlarning o‘zaro munosabatlari, keskin
to‘qnashuvlari tufayli tug‘ilgan fikr-mulohazalar, kechinmalar, ehtiroslar maishiy
va ijtimoiy turmush majoralari, insonlar taqdiri mag‘ziga yedirildi va yozuvchining
sodir bo‘layotgan voqealarni tushunishi, «talqin»iga jo‘rovoz bo‘ldi. Ijtimoiy-
psixologik, oialaviy maishiy, shaxsiy va ommaviy harakat va kolliziyalar avtor
«nigohi» va «ko‘rigi»dan o‘tadilar, uning ma’naviyati, axloqiy-estetik nuqtayi
nazari yog‘dusi bilan yoritiladilar, «hayotiy mazmun»larini boyitadilar.
Asarda ruhiy talqin salbiy personajlar obrazida ham yorqin ifodasini topadi
.«Romanda xalq namoyondalarining ma’naviyati qanchalik mehr-muhabbat bilan
ko‘rsatilsa, boylar tabiatining razil va qabihligi, ma’naviy qashshoqligi,
xudkomligi shunchalik g‘azab va nafrat bilan ochiladi.
«Qutlug‘ qon» romani o‘zbek xalqining tarixiy rivojlanish yo‘lini, xalq
qo‘zg‘olonini keltirib chiqargan ijtimoyi-psixologik sabablarni tipik xarakterlar
orqali
tasvirlab,
tarixiy
taraqqiyot
tendensiyasni
ham
chizib
berdi,
qahramonlarning keyingi tarixiy taqdiriga ham nazar tashladi. Yo‘lchi – muayyan
sosial-psixologik munosabatlarning mahsuligina emas, tobora ularga ta’sir
ko‘rsatuvchi qahramon hamdir.
Asarning tuzilishi:
Asarning tili va uslubi, xarakterlar ruhiyatini belgilashda Oybek Abdulla Qodiriy
izidan
emas,
ko‘proq
yozuvchi
Cho‘lpon
orqasidan borgan
ko‘rinadi.
Yozuvchining tasvir uslubida ritm muhim rol o‘ynaydi. Oybek, Cho‘lponning
«Kecha va kunduz» romanida bo‘lgani kabi, asar muqaddimasi (ekspozitsiyasi) ga
katta o‘rin ajratadi; voqealar g‘oyat sust rivojlanib boradi. Ammo qahramonlar
obrazi yorqinlashib, kurash maydoni bir qadar yorishgach, harakat keskin
rivojlanib ketadi. Bunday o‘rinlarda tasviriy tafsillar ham, peyzaj ham
Ilmiybaza.uz
qahramonlarning nutqlari ham nihoyatda qisqaradi. Kitobxon asarni o‘qir ekan,
Oybekning iste’dodlik yozuvchi, xassos shoir ekanligini aslo unutmaydi.
Xulosa qilib aytganda, Oybekning «Qutlug‘ qon» romani xarakterlari ruhiyatidagi
kechinmalar, tuyg‘ular asar badiiy pafosini ochib berishga ximat etgan. Asar
bugun2gi adabiyotshunoslikda yetakchi tahlil yo‘nalishlaridan bo‘lgan ruhiy tahlil
uchun manba bo‘lib xizmat eta olishi, undagi xarakterlar ruhiyatini ochib beruvchi
badiiy-psixologik detallar talqinidan yaqqol ko‘zga tashlanadi.
1.2 Matndagi G'oyaga xos xususiyatlar va g’oya birligi haqida
"Qutlug` qon" romanlariga bir qurgina qiyosiy nazar tashlash foydali. Har ikki
roman ham jamiyatning muayyan bosqichdagi holatidan "qoniqmaslik" yoxud
unga nisbatan "isyon" natijasi o`laroq yaratilgan. Dеylik, sotsialistik idеallarga
chin dildan ishongan Oybеk ruhiyatiga 30-yillar voqеligi qattiq ta'sir qilgan: adib
ongida ziddiyat va chigalliklar (idеallarida shubhalanish) paydo bo`lganki, ularni
hal qilish uchun yaqin o`tmishni badiiy tadqiq etishga jazm qilgan. Biz Oybеk
o`tmishni atayin rasmiy nuqtayi nazarga mos yaratgan, dеgan fikrdan mutlaqo
yiroqmiz. Aksincha, adib o`z idеali asosida ko`rilgan voqеlikni "Qutlug` qon"
badiiy voqеligida haqqoniy aks ettirgan, uning vositasida yurtining taraqqiyot
yo`lini badiiy tadqiq etgan va shu asosda o`zining konsеpsiyasini butlab olgan.
Ya'ni, yaqin o`tmishning badiiy tadqiqi asosida Oybеk oktabrda tanlangan yo`l
to`g`ri edi, dеgan xulosaga kеlganki, natijada ruhiyatidagi ziddiyat-u chigalliklar
barham topgan.
Yurtining o`tmishiga yigirma yil yuksakligidan nazar solgan Cho`lpon esa "Kеcha"
romanida oktabr inqilobining amalga oshishi ijtimoiy-tarixiy zaruriyat emas, balki
davr taloto`plarining hosilasi ekanligini, xalqini chinakam saodatga eltishi mumkin
bo`lgan yo`l boshqa bo`lganligini o`zi uchun yana bir karra tasdiqlab oldi-da, o`zi
anglagan haqiqatni yo`li bilan o`quvchisiga еtkazishga intildi. Bundan
2. 2 www.ziyouz.com кутубхонаси
Ilmiybaza.uz
anglashiladiki, chinakam ijtimoiy-shaxsiy ehtiyoj mahsuli sifatida dunyoga kеlgan
roman badiiy voqеligini rеal voqеlikka zid, dеyishlik maqbul emas. Zеro, bunday
da'vo bilan chiqqan holda ijodkor yaratgan badiiy voqеlikni rеal voqеlikka emas,
ko`proq o`zimiz o`z nuqtayi nazarimizdan va o`zga ma'no asosida ko`rgan
voqеlikka qiyoslagan bo`lib chiqamiz. Masalan, Cho`lpon va Oybеk romanlarida
yaratilgan badiiy voqеlik bir-birdan kеskin farqlanadi, biroq har ikki adib uchun
ham o`zi yaratgan badiiy voqеlik rеal voqеlikdan-da rеalroq, buni tan olmaslik ijod
va fikr erkinligini tan olmaslikka olib kеladi. Badiiy asar mazmunining spеtsifik
xususiyatlari haqida I.Sulton alohida to`xtaladi. Bunda I.Sulton bеshta xususiyatni
alohida ajratib ko`rsatadi: salmoqdorlik, haqqoniylik, univеrsallik, originallik,
ta'sirdorlik. Bularning hammasiga qo`shilgan holda, bugungi kun ularning
mohiyati haqidagi tasavvurni biroz o`zgartirishni talab qiladi.
Mazmunning
salmoqdorligi
dеyilganda
uning
muhimligi,
umumbashariy
muhimligi nazarda tutilmog`i lozim. Ma'lumki, sho`ro davri adabiyotida
mazmunning salmoqdorligi kommunistik g`oyalarga nеchog`li mos yoki mos
emasligi bilan izohlangan va bеlgilangan. Ya'ni, bu o`rinda ko`proq mazmunning
ijtimoiy salmoqdorligi e'tiborga olingan. Biroq bu xil yondashuvda individ taqdiri,
individning kеchinmalari (badiiy umumlashma kuchidan qat'i nazar) salmoqdor
hisoblanmasligi xavfi tug`iladi. Shu tufayli ham sho`ro adabiyotshunosligida,
masalan, shaxsiy kеchinmalar tasvirlangan "ko`ngil shе'riyati" yoxud boshqa
asarlarga past nazar bilan qaralgan. Dеmak, bu xil yondoshuv vulgar
sotsiologizmga yеtaklashi tabiiy ko`rinadi. Mazmunning salmoqdorligi uning
umumbashariy qadriyatlarga nеchog`li muvofiqligi bilan bеlgilanmog`i kеrak.
Mazmu3nning hayotiyligi haqqoniylik bilan bog`liq ekanligi shubhasiz. Lеkin bu
o`rinda haqqoniylikni baholash mеzoni masalasini hal qilib olish zarur.
Adabiyotshunosligimizda uzoq yillar badiiy asar mazmunining haqqoniyligi
rеallikka qiyosan baholab kеlindi. Natijada ko`plab asarlar va ularning
mualliflariga "hayotni buzib ko`rsatgan" qabilidagi ayblovlar qo`yildi. Holbuki,
3. 3 www.ziyouz.com кутубхонаси
Ilmiybaza.uz
badiiy rеallikning o`z haqqoniyati bor bo`lib, bu haqqoniyat mavjud rеallikdan
kеlib chiqib emas, balki badiiy rеallikning o`zidan kеlib chiqib baholanishi lozim
bo`ladi.
Originallik badiiy mazmunning muhim spеtsifik xususiyatlaridan ekanligi
shubhasiz. Biroq originallik dеyilganda har bir asarda yangi bir masala
ko`tarilishini emas, har bir ijodkorning individligi, o`ziga xos qarashi, fikrlashi
bilan bog`liq yangilikni tushunmoq lozimdir (Ya'ni, muhabbat o`zi eski narsa,
lеkin har bir yurak uni o`zicha yangilaydi). Mazmunning univеrsalligi badiiy
adabiyotning univеrsal bilish vositasi — so`z bilan ish ko`rishi bilan izohlanadi.
Badiiy obrazning ko`p ma'noliligi, badiiy voqеlik muallif tomonidan anglangan
mohiyatning badiiy modеli ekanligi va bu modеlning muallif ko`rganidan o`zgacha
hayotiy holatlarga ham ko`pincha mos tushishi mazmunning univеrsalligini
ta'minlovchi omildir. Nihoyat, badiiy obrazning emotsional va ratsional birlik
ekanligi, badiiy asarda tasvir bilan birga hissiy munosabatning mavjudligi
mazmunning ta'sirdorligini ta'minlaydi.
Ilmiybaza.uz
II. “QUTLUG’ QON” ROMANINING MAVZU VA G’OYASI
2.1. Asarning metodologiyasi
Asar mavzusi ikki ma’noda qo‘llaniladi:
Mavzu atamasi – asarda aks ettirish uchun san’atkor tomonidan hayotdan saralab
olingan voqea-xodisalar (voqelikning asarda tasvirlangan bo‘lagi). O‘zbek
xalqining chorizm va mahalliy burjuaziya zulmiga qarshi 1916- yilda isyon
ko‘tarishi – milliy ozodlik harakatini ifodalovchi voqea hodisalar -
«Qutlug‘ qon» romanining asosiy mavzuidir.
Mavzu – san’at asarida qo‘yilgan va yoritilgan asosiy ijtimoiy masalalar.
Chunonchi, «Qutlug‘ qon» romanida o‘zbek xalqining muhit ta’sirida o‘z-o‘zini
anglashi va haq-huquqini, erki uchun zulmga qarshi bosh ko‘tarishi masalasi
yo4ritilgan. Shu masala – romanning mavzuyini tashkil qiladi.
Asar g‘oyasi. Yozuvchi asarida hayotni sintetik tarzda tasvirlar ekan, u, albatta,
bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan qator masalalarni qalamga oladi, ularga o‘z
munosabatini bildiradi – bahosini beradi. Shunga ko‘ra, asarning g‘oyaviy-tematik
to‘qimasi murakkabdir. Chunonchi, «Qutlug‘ qon» dagi Yo‘lchi obrazi orqali bir
masala yoritilsa, Gulnor, Nuri, Mirzakarimboy, Tantiboyvachcha va Yormatlarning
har biri orqali bir-biriga o‘xshamagan (butunlay boshqa-boshqa) masalalar
yoritiladi.
Har bir yozuvchi o‘z xalqi va sinfi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muayyan
davrining ziddiyatli tasviriga alohida e’tibor qiladi.
Oybek o‘zining «Qutlug‘ qon» romanida o‘zbek xalqining ijtimoiy zulmga qarshi
hayot-mamot kurashiga otlanganligini ko‘rsatgan, unga o‘zbek xalqi manfaatlari
nuqtayi nazaridan yondashgan. Bu asarda qahramonlar xarakterlari ana shu kurash
jarayonida ochilgan, toblangan. Bundan tashqari, asar g‘oyai ham kurashlar
zaminida jozibali, yorqin, ta’sirli, emotsional tarzda ochilgan.
Oybek «Qutlug‘ qon» romanini 1937 yillarda yoza boshladi. Oybek «bu romanni
yozishda men hech qanday manbaa, materiallar to‘plamadim, chunki bu asarni
4. 4 www.ziyouz.com кутубхонаси
Ilmiybaza.uz
men
yozish
uchun
bolaligimdan
hayotni
kuzatishni
sevganligimdanmi,
ko‘nglimdan, xotiramdan «Qutlug‘ qon» romani quyilib kelaveribdi. Romanni
qisqa fursatda yozib tugatdim» - degan edi.
1940 – yilda chop etilgan «Qutlug‘ qon» romani – badiiy jihatdan yetuk asar. Una
mamlakat o‘tmishidagi hayot haqiqati mohirona ko‘rsatilgan. O‘zbek xalqining
1917 – yil to‘ntarish arafasidagi og‘ir hayoti, ozodlik yo‘lida olib borgan kurashlari
keng va atroflicha tasvirlangan.
Oybekda bunday g‘oyaviy-tematik asos dastlab asar qahramonlari sifatida xalqning
ilg‘or vakillarini tanlashda ko‘rindi. Qahramonlarning rivojlanishiga, olg‘a qarab
harakat qilishda tasvirlash ham mana shu g‘oyaviy yo‘nalishdan kelib chiqadi.
Oybekni birinchi galda xalq ichidan chiqqan kishilar harakterida asta- sekin,
evolyutsion suratda maydonga chiqib. Ma’lum vaqtdan so‘ng shu kishilarni
ozodlik uchun kurashuvchilarga aylantirgan o‘zgarishlar qiziqtiradi. Oybek
xarakterlar o‘sishi va shakllanishini o‘tkir qarama-qarshiliklar kurashining natijasi
sifatida beradi.
Demak, «Qutlug‘ qon»da harakterlar ta’sirida muallifni asosan ikki masala bo‘lib
qahramonlarning xarakterlarida yuz bergan yangi sifat o‘zgarishlari; ikkinchisi –
oqibat natijasida qahramonlarning xarakterlaridagi o‘zgarishlarni vujudga
keltiradigan qarama-qarshi kuchlar kurashidir. Abdurauf Fitrat ta’kidlaganidek,
“Adabiyot – fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqinlarni so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir
qilib, boshqalarda ham xuddi shu to‘lqinlarni yaratmoqdir.”5
«Qutlug‘ qon» romanida xotin qizlarning rang-barang obrazlari berilgan. Yozuvchi
albatta bu obrazlarni xalq ichidan tanlab oladi. Ular orasida, ayniqsa, Gulnor
timsoli o‘quvchida katta taassurot qoldiradi. Adib Gulnor obrazi orqali o‘sha
davrdagi xotin-qizlarning achchiq taqdirini, fojeali qismatini umumlashtirib
tasvirlab bergan. Asarni o‘qish davomida biz shunga amin bo‘lamizki, o‘zbek
xotin-qizlarining achchiq taqdiri, fojeali qismati, o‘sha davrning og‘ir turmush
tarzi, qiyinchiliklari, itoatkorliklari yozuvchi tomonidan yorqin va ta’sirli mohirona
aks ettirilgan. Buni biz hali bir xotin-qizlarning obrazlarini tahlil qilib bilamiz.
Ilmiybaza.uz
Gulnor – sodda va samimiy inson. Uning o‘zi ham, so‘zi ham, odob-axloqi ham,
yurish-turishi ham go‘zal. Unda notabiylik va soxtalik yo‘q ammo Gulnor
huquqsiz. U Yo‘lchini jonidan ortiq sevadi; uning qalbi to‘la pok muhabbat.
Romanda Gulnorning kechinmalari, turli ruhiy-psixologik holatlari yorqin
bo‘yoqlarda tabiiy va jonli qilib ifodalangan. Gulnorda o‘zbek qizlariga xos
go‘5zallik, ibo-hayo, kamtarlik, o‘zgalarning ko‘nglini og‘ritmaslik, ular bilan
dardlashish,
mehnatkashlik
xusuiyatlari
jamlangan.
Gulnor
yuqorida
aytganimizdek o‘sha davr xotin-qizlari kabi u ham xuquqsiz, shu sababli u
Yo‘lchini jondan ortiq sevgani holda otasining qistovi bilan qari chol
Mirzakrimboy bilan turmush qurishga majbur bo‘ladi. Otasi uni «yaxshi
yashaysan, yaxshi yeb, yaxshi kiyinasan» deb o‘zi xizmat qilayotgan boyga
ikkinchi xotin qilib beradi. Gulnor o‘zining taqdirini bunday hal bo‘lishini
onasidan eshitib dong qotdi. «Bundan ko‘ra o‘lganim yaxshi ayajon, menga o‘lim
tilang» deyishi sevgi to‘la qalbiga birdan qora bulutlar kela boshlaydi.
Gulnor uch kunni jahannam azobida o‘tkazadi. Onasidan mash’um xabarni
eshitgandan buyon tinmay yig‘laydi, qaynoq ko‘z yoshlari bilan yuz-qo‘llarini
yuvib qayg‘u alangasida tutaqib yonadi. Mirzakarimboyga xotin bo‘lish uning
hayotiga shu vaqtgacha bir lahza kelgan edi, Gulnor balki bunchalik o‘rtanmagan
bunchalik vahimaga, sarosimaga tushmagan bo‘lar edi. Gulnorning ichki
kechinmalarinimahorat bilan tasvirlagan: «Qiz o‘z qalbini Yo‘lchiga bag‘ishlagan
edi. Agarda butun vujudini, butun «men»ligini u yigitning ishqi to‘ldirmagan
bo‘lsa edi, kambag‘al qizlarning boshidan, ayniqsa ularning go‘zallari boshidan
ko‘p vaqt chamanlar barbod qilib kechgan do‘l bo‘roni kabi, bu dahshatli ofatni, u
ehtimol bir taqdir, bir zaruriyat, bir o‘lim kabi daf etilmas hodisa deb tushunar,
balki kamtarinlik bilan bo‘ynini bukkan bo‘lar edi.
Gulnor nima qilsin? U yaralarini kimga ochsin? Ostonadan xatlab chiqishga haddi
yo‘q. Uyda hamma narsa unga yod, hamma narsa kar, otasi begona, hatto onasi
ham begona kabi».
5. 5 www.ziyouz.com кутубхонаси
Ilmiybaza.uz
Gulnor taqdirining bunchalik beshavqatligidan kuyinadi. O‘z sevgani Yo‘lchiga
yetisholmasligidan aziyat chekadi. Uni boylik qiziqtirmaydi, balki sevgani Yo‘lchi
bilan xarobada bo‘lsa ham kamtaringina hayot kechirishni orzu qiladi. Ammo nima
qilsin? Gulnor ham taqdir hukmiga tushib oxir-oqibat Mirzakarimboyga turmushga
chiqadi.
2.2 Asardagi g’oyalar tasnifi va milliy ozodlik motivlarining badiiy talqini
Oybek «Qutlug‘ qon» romanini 1937 yillarda yoza boshladi. Oybek «bu
romanni yozishda men hech qanday manbaa, materiallar to‘plamadim, chunki bu
asar6ni men yozish uchun bolaligimdan hayotni kuzatishni sevganligimdanmi,
ko‘nglimdan, xotiramdan «Qutlug‘ qon» romani quyilib kelaveribdi. Romanni
qisqa fursatda yozib tugatdim» - degan edi.
1940 – yilda chop etilgan «Qutlug‘ qon» romani – badiiy jihatdan yetuk asar. Una
mamlakat o‘tmishidagi hayot haqiqati mohirona ko‘rsatilgan. O‘zbek xalqining
1917 – yil to‘ntarish arafasidagi og‘ir hayoti, ozodlik yo‘lida olib borgan kurashlari
keng va atroflicha tasvirlangan.
6. 6 www.ziyouz.com кутубхонаси
Ilmiybaza.uz
Oybekda bunday g‘oyaviy-tematik asos dastlab asar qahramonlari sifatida xalqning
ilg‘or vakillarini tanlashda ko‘rindi. Qahramonlarning rivojlanishiga, olg‘a qarab
harakat qilishda tasvirlash ham mana shu g‘oyaviy yo‘nalishdan kelib chiqadi.
Oybekni birinchi galda xalq ichidan chiqqan kishilar harakterida asta- sekin,
evolyutsion suratda maydonga chiqib. Ma’lum vaqtdan so‘ng shu kishilarni
ozodlik uchun kurashuvchilarga aylantirgan o‘zgarishlar qiziqtiradi. Oybek
xarakterlar o‘sishi va shakllanishini o‘tkir qarama-qarshiliklar kurashining natijasi
sifatida beradi.
Demak, «Qutlug‘ qon»da harakterlar ta’sirida muallifni asosan ikki masala bo‘lib
qahramonlarning xarakterlarida yuz bergan yangi sifat o‘zgarishlari; ikkinchisi –
oqibat natijasida qahramonlarning xarakterlaridagi o‘zgarishlarni vujudga
keltiradigan qarama-qarshi kuchlar kurashidir. Abdurauf Fitrat ta’kidlaganidek,
“Adabiyot – fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqinlarni so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir
qilib, boshqalarda ham xuddi shu to‘lqinlarni yaratmoqdir.”5
«Qutlug‘ qon» romanida xotin qizlarning rang-barang obrazlari berilgan. Yozuvchi
albatta bu obrazlarni xalq ichidan tanlab oladi. Ular orasida, ayniqsa, Gulnor
timsoli o‘quvchida katta taassurot qoldiradi. Adib Gulnor obrazi orqali o‘sha
davrdagi xotin-qizlarning achchiq taqdirini, fojeali qismatini umumlashtirib
tasvirlab bergan. Asarni o‘qish davomida biz shunga amin bo‘lamizki, o‘zbek
xotin-qizlarining achchiq taqdiri, fojeali qismati, o‘sha davrning og‘ir turmush
tarzi, qiyinchiliklari, itoatkorliklari yozuvchi tomonidan yorqin va ta’sirli mohirona
aks ettirilgan. Buni biz hali bir xotin-qizlarning obrazlarini tahlil qilib bilamiz.
Bundan keyingi hayot, Mirzakarimboydagi turmush Gulnor uchun haqiqiy
jahannam kabi. Bu uydagi hamma narsa unga yot, uydagi narsa-buyumlar, zeb-
ziynatlar u uchun begona, yot sovuq ko‘rinadi. Gulnor butun yuragi bilan
Yo‘lchiga maftun, uning ko‘ksiini baxtsiz sevgi to‘ldirgan. Gulnor uchun umrining
eng ma’sud, eng unutilmas, eng yorqin damlari endi Yo‘lchi bilan birga kecha-
kunduz birga yashagan xarobagina hujrada garchi ming tahlika, qo‘rquv ostida
qamalib o‘tirishga, nihoyat tutilishga to‘g‘i kelgan bo‘lsa ham o‘sha go‘zal shirin
tuyg‘ular bo‘lib qoladi.
Ilmiybaza.uz
Gulnorni Mirzakarimboyning boyligi-yu, obro‘si qiziqtirmasa ham tabiiyki
boyning farzandlari Gulnorni «shumqadam» deb uni yo‘q qilish payiga tushishadi
va oxir-oqibat Gulnorning zahar to‘la hayotini yana zaharlab o‘ldirishadi. U
o‘layotgan chog‘ida ham boylarning zulmidan nolib, sevgilisi Yo‘lchini eslaydi,
uning oxirgi gaplari quyidagi jumlalarda juda ta’sirli qilib keltirilga« - Aniq u...
Umrim zaharlangandi, endi qutulaman. Bular hammani zaharlaydi. U qamoqda...
Hammani zaharlaydi bular, hammani. Oyi o‘laman. Yo‘lchini ko‘rmadim armonim
shu oyi kechiring...»
Xullas, Gulnor hayoti fojea bilan tugaydi. Adib Gulnorning ichki dunyosini dardi,
his-tuyg‘ulari, ko‘ngil kechinmalarinigina emas, balki uning atrofida kechayotgan
keskin sinfiy kurashlar belgilagani, Gulnor ham o‘sha davr hukmiga tushganini
ruhiy psixologik holatlarni yorqin bo‘yoqlarda tabiiy va jonli qilib ifodalagan.
Gulsumbibi – Gulnorning onasi. Gulsumbibi asarda o‘zi bir olam sifatida namoyon
bo‘ladi. U – mushfiq, mehribon ona, Gulsumbibi har narsadan odamgarchilikni
ustun qo‘yadi. Qizini tushunadi, u yig‘lasa yig‘laydi, kuysa kuyinadi va ayaydi.
Shu sababli u boyning mulkiga uchmaydi, qizini Mirzakarimboy xotinlikka
olmoqchi ekanini eshitgach ruhan qiynalib ich-ichidan eziladi. Birinchi kun qizi
bi7lan birga yig‘lashadi, lekin u taqdir temirini sindirishdan ojiz ekanini tez
anglaydi. Erining rayiga qarshi borishdan foyda yo‘qligini biladi va ko‘nikadi.
Uning yuragi qanchalik iztirobda, azobda bo‘lmasin lekin u endi qizining ko‘z
yoshlarini tindirish uchun faqat nasihat qiladi, yupatadi, otinoyi, eshonoyilardan
eshitgan «kitob» so‘zlarini gapiradi: «Bu dunyoda alamzada, dardkash bo‘lgan
xotinlarni qiyomatda Bibi Fotimaning o‘zlari jannatga boshlar ekanlar» - deb qizini
noiloj ovutadi. Ona bola bu musibatdan qattiq kuyinadi. Gulsumbibi qizining
taqdiridan nolib: «Sho‘rim qursin, kampir xotinni uzatganday to‘rtta-beshta xotin
bilan birga malikaday qizimni olib chiqarmishman, eshigimga karnay-surnay bilan,
bir to‘da yigit bilan kuyovim kelsa, ustidan sochiq sochilar, kuyovimning boshiga
jig‘a taqsam, degan orzularim bor edi...
7. 7 www.ziyouz.com кутубхонаси
Ilmiybaza.uz
Domla imom bilan so‘fi kelib nikoh uqirmish, man o‘lgur qizimni yetaklab «yor-
yor» yo‘q, shovqin-suron yo‘q, suv quyganday jimgina chiqararmishman,
shappayib...»
Gulsumbibi obrazida o‘sha davr onalariga xos itoatkorlik ham, zahmatkashlik va
mehribonlik ham yorqin aks etgan.
Unsin – Yo‘lchining singlisi bu qiz o‘n besh – o‘n olti yoshlar orasida bo‘lgan
qoramtir, lekin toza, sog‘lom yuzli, ko‘zlari bolalarcha o‘ynoq, sho‘x,
jingalak sochli, bo‘ychan, qishloqcha sodda, samimiy bir qiz bo‘ladi. Unsin
obrazini akasiga mehribon singil, dardkash dugona, mehnatkash, kamsuqum,
kamtargina qiz sifatida ko‘ramiz.
Unsin ham davr qiyinchiliklarini hali yoshgina bo‘lishiga qaramasdan erta tatib
ko‘radi.
Onasidan
erta
ayrilib,
akasiga
ergashib
shaharga
keladi,
Mirzakarimboynikida u ham akasi singari xizmatkor bo‘ladi. U mehnatdan
qochmaydi, balki boylardan qochadi. Chunki bu uydagi muhit uni bug‘adi.
Mirzakarimboyning kelinlari unga yaxshi munosabatda bo‘lmaydi, uni cho‘riga
aylantirib oladilar. Bu uyda unga yagona bir sirdosh, dardkash Gulnor bo‘lib
qoladi. Ular ikkalasi bir-biriga bog‘lanib, suyanib qoladilar.
Yoʻlchi boyning uyiga singlisining holidan xabar olish uchun kelganida Unsin
akasidan uni bu yerdan olib ketishni so‘raydi, sababi boyning o‘g‘li Salim
boyvachcha tegajog‘lik qilayotganini, bu uyatsiz odamlardan har balo kutish
mumkinligini va Gulnordan ayrilgisi kelmasa ham Salimboyvachchaning ko‘ziga
qayta ko‘rinmasligini aytadi. Uyatchan, sodda, samimiy singlisini bu zulmkorlar
qo‘lidan tezroq qutqazish uchun uni bu uydan olib ketadi. Unsin ham o‘sha davr
ijtimoiy
muhitiga
asardagi
boshqa
xotin-qizlar
singari
tushadi.
Davr
qiyinchiliklarini Shokir ota, Robiya xola va akasi qatori boshidan o‘tkazadi. Shokir
otaga mahsi tikishda yordamlashib, uning og‘irini yengilltashida, birovga
boqimanda bo‘lib qolmaslikka tirishadi. O‘zining soddaligi, halolligi, pok qalbi
bilan yon atrofdagilarning mehrini qozonadi.
Xushro‘ybibi Yo‘lchining onasi. Saida bu obraz mehnatkash, kamtarin, mehribon
ona, davr qiyinchiliklaridan zahmat tortgan, kambag‘allik yukida aziyat chekkan
Ilmiybaza.uz
obraz sifatida gavdalanadi. Eri vafot etgandan so‘ng moddiy yordamga muhtoj
bo‘lib qoladi va tog‘asi Mirzakarimboy huzuriga o‘g‘li Yo‘lchini yuboradi.
Vaholanki bu tog‘a ma’naviy dunyosi ham nopok va qarindoshlik tuyg‘usidan ham
mahrum edi. U «Xotin erning quli, xotinning ko‘ngliga, raiga qarab ish ko‘rgan
erkak – odam emas» - deydi.
Xushro‘ybibi obrazi asarda kam ko‘rinadi ammo o‘quvchida yaxshi taasurot
qoldiradi.
Lutfiniso – Mirzakarimboyning xotini. Bu obrazning harakteri uning gap
so‘zlaridan yaqqol bilinib turadi. Lutfinisoni ijobiy obraz deb ololmaymiz, chunki
bu obraz o‘ta manman, o‘zini hammadan ustin qo‘yadigan, kambag‘allarni
mensimaydigan boy bir dimog‘dor xotin sifatida gavdalanadi. U asar boshidanoq
o‘quvchida unga nisbatan salbiy taassurot qoldiradi. Yo‘lchi qishloqdan onasi
berib yuborgan qurutlar solingan xaltani jirkanibgina, ushlagisi ham kelmay
nevaralariga qarata «bu tosh qurut jig‘ildonlaringni teshib yuboradiku» deb
Yo‘lchini noqulay vaziyatga soladi. Lutfiniso o‘zi boy bo‘lgani uchun u
kambag‘allarning har nimasini masxara qilishga, ularni har jihatdan o‘zlaridan past
tutishga, kamsitishga odatlangan xotin bo‘ladi.
Lutfiniso, Gulsumbibi va Gulnorni juda ozoda, pokiza ekanliklarini ko‘rpa-
yostiqlari eski bo‘lishiga qaramay, har vaqt toza tutilishini juda yaxshi bilsa-da,
ularga yaqin bo‘lmaslikni qizi Nuriga tayinlab shunday deydi:
- Ux, bay-bay, o‘zing bilasan bolam ko‘p o‘tirma... Ha tag‘in, - onasi juda sekin
pichiraydi, bit-miti kirmasin ehtiyot bo‘l!»
Lutfinisoning shu so‘zlari orqali uning naqadar dimoqdor boylikka, pulga, zebu-
ziynatga o‘ch xotin ekanini ko‘ramiz. Bundan tashqari Lutfiniso qizi Nuri uchun
bir dunyo sandiq-sandiq zebu-ziynat yig‘adi, qizining baxtini shu matoqlarda deb
biladi. Nurining baxtini shu boyliklar bilan o‘lchaydi. Adabiyotshunos T. Boboev
xarakter haqida gapirib, “Xaraker, birinchi navbatda, konkret hayotiy sharoitda o‘z
individual hatti-harakatlari va ruhiy kechinmalari bilan namoyon bo‘ladigan
insonning aniq tasviri.”6