QUYON ZOTLARI (Quyon zotlarining klassifikasiyasi, O’zbekiston va Markaziy Osiyo hududida urchitilayotgan asosiy rejali quyon zotlari, Yangi zotlar chiqarish, hisobini yuritish va rejalashtirish)

Yuklangan vaqt

2024-05-08

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

392,8 KB


ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
QUYON ZOTLARI 
 
 
Reja: 
1. Zot haqida tushuncha 
2. Quyon zotlarining klassifikasiyasi 
3. O’zbekiston va Markaziy Osiyo hududida urchitilayotgan asosiy rejali quyon 
zotlari 
4. Yangi zotlar chiqarish, hisobini yuritish va rejalashtirish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ilmiybaza.uz QUYON ZOTLARI Reja: 1. Zot haqida tushuncha 2. Quyon zotlarining klassifikasiyasi 3. O’zbekiston va Markaziy Osiyo hududida urchitilayotgan asosiy rejali quyon zotlari 4. Yangi zotlar chiqarish, hisobini yuritish va rejalashtirish
ilmiybaza.uz 
 
 
Tayanch iboralar 
Zot, madaniylashgan quyonlar, xonakilashtirilgan, yovvoyi quyonlar, 
zoologik tasnifi (klassifikasiyasi), xo’jalik mahsuldorlik yo’nalishi bo’yicha tasnifi, 
go’sht yo’nalishidagi, go’sht teri yo’nalishida, tivit yo’nalishida, kalta junli, o’rtacha 
junli, uzun junli, dekorativ (bezak, chiroy) maqsadli, eksterer, qonstitusiya va x.k. 
1. Madaniy quyonlar uzoq evolyusion tarixiy jarayonlarda yovvoyi 
quyonlarni xonakilashtirish natijasida kelib chiqqan.  
Ularni mahsuldorligini, xo’jalik va foydali xususiyatlarini yaxshilash uchun 
tashqi va ichki omillarning ta’sirini insonlar ma’lum darajada boshqargan. Zotlar 
kishilik jamiyatining ma’lum davrida, hayvonlarning muayyan talablarga samarali 
holda javob bera olishi asosida yaratilgan va shu talablarni hayvonlar qondirish 
xususiyatlariga ega bo’lgan.  
Quyonchilikda zot deb, kelib chiqishi bo’yicha umumiylikka, xo’jalik 
foydali belgilarga ega, tana tuzilishi va fiziologik xususiyatlari, mahsuldorligi 
jihatidan o’xshash, bu xususiyatlarini avloddan-avlodga turg’un o’tkaza oladigan 
hayvonlar guruhiga aytiladi. 
Zot tarkibida naslli ona quyonlarning o’rtacha bosh soni 2000 ming bosh 
atrofida bo’lishi lozim.  
Zotlarning eng xarakterli xususiyatlari quyidagilardan: 
Son jihatidan ko’pligi, kelib chiqishi jihatidan umumiyligi, anato-morfologik, 
fiziologik, xo’jalik foydali belgilaridagi o’xshashliklar borligi bilan farqlarning ham 
kuzatilishi, hayvonlarning ma’lum yashash sharoitiga moslashish qobiliyatining 
mavjudligidan iborat. 
Zotdor hayvonlarni yaxshi sharoitda urchitish lozim. Yangi sharoitga 
ko’chirilgan zotlarda iqlim va tabiiy-iqtisodiy sharoitlar ta’sirida ayrim belgilari 
o’zgaradi. Ammo, yaxshi oziqlantirish va asrash sharoitida zotdor hayvonlar 
o’zining xo’jalik foydali belgilarini saqlab qoladi. 
Zotlarni doimiy tarzda takomillashtirish asosida mukammal tanlash va 
saralash hamda mashhur qator va oilalardan to’g’ri foydalanish yotadi. 
ilmiybaza.uz Tayanch iboralar Zot, madaniylashgan quyonlar, xonakilashtirilgan, yovvoyi quyonlar, zoologik tasnifi (klassifikasiyasi), xo’jalik mahsuldorlik yo’nalishi bo’yicha tasnifi, go’sht yo’nalishidagi, go’sht teri yo’nalishida, tivit yo’nalishida, kalta junli, o’rtacha junli, uzun junli, dekorativ (bezak, chiroy) maqsadli, eksterer, qonstitusiya va x.k. 1. Madaniy quyonlar uzoq evolyusion tarixiy jarayonlarda yovvoyi quyonlarni xonakilashtirish natijasida kelib chiqqan. Ularni mahsuldorligini, xo’jalik va foydali xususiyatlarini yaxshilash uchun tashqi va ichki omillarning ta’sirini insonlar ma’lum darajada boshqargan. Zotlar kishilik jamiyatining ma’lum davrida, hayvonlarning muayyan talablarga samarali holda javob bera olishi asosida yaratilgan va shu talablarni hayvonlar qondirish xususiyatlariga ega bo’lgan. Quyonchilikda zot deb, kelib chiqishi bo’yicha umumiylikka, xo’jalik foydali belgilarga ega, tana tuzilishi va fiziologik xususiyatlari, mahsuldorligi jihatidan o’xshash, bu xususiyatlarini avloddan-avlodga turg’un o’tkaza oladigan hayvonlar guruhiga aytiladi. Zot tarkibida naslli ona quyonlarning o’rtacha bosh soni 2000 ming bosh atrofida bo’lishi lozim. Zotlarning eng xarakterli xususiyatlari quyidagilardan: Son jihatidan ko’pligi, kelib chiqishi jihatidan umumiyligi, anato-morfologik, fiziologik, xo’jalik foydali belgilaridagi o’xshashliklar borligi bilan farqlarning ham kuzatilishi, hayvonlarning ma’lum yashash sharoitiga moslashish qobiliyatining mavjudligidan iborat. Zotdor hayvonlarni yaxshi sharoitda urchitish lozim. Yangi sharoitga ko’chirilgan zotlarda iqlim va tabiiy-iqtisodiy sharoitlar ta’sirida ayrim belgilari o’zgaradi. Ammo, yaxshi oziqlantirish va asrash sharoitida zotdor hayvonlar o’zining xo’jalik foydali belgilarini saqlab qoladi. Zotlarni doimiy tarzda takomillashtirish asosida mukammal tanlash va saralash hamda mashhur qator va oilalardan to’g’ri foydalanish yotadi.
ilmiybaza.uz 
 
2.Xonaki quyonlar zoologik klassifikasiyasi bo’yicha kemiruvchilar 
turkumi, tovushqonlar oilasi, quyonlar turiga mansub. 
Quyon zotlari mahsuldorlik belgilariga kura quyidagicha klasifikasiyalanadi: 
go’shtdor, go’sht-teri, tivit beradigan zotlarga bo’linadi. Shuningdek jun 
qoplamining uzunligiga ko’ra: o’rta jundor, uzun jundor hamda qo’shimcha ravishda 
tivitli va dekorativ yo’nalishdagi quyon zotlari mavjud. 
3. Turli mamlakatlarda hozirgacha 60 dan ortiq quyon zotlari yaratilgan. 
O’zbekiston Markaziy Osiyo xududida joylashgan bo’lib, tabiiy iqlimi tez 
o’zgaruvchan ya’ni yozi issiq, qishi esa keskin sovuq bo’lishi bilan ajralib turadi. 
Shuning uchun chorva mollarining shu jumladan quyonlarning ham urchitiladigan 
zotlari xududda sinovdan o’tkazilishi lozim. Mamlakatimizda: sovet shinshillasi, 
kulrang ulkan, oq ulkan, kumushsimon, Vena havorangi, sovet mardyori, kapalak, 
oq tivitli kabi quyon zotlari urchitiladi.  
Sovet shinshilasi zoti. Go’sht-teri mahsulot yo’nalishidagi yirik, sermahsul 
zot. 1948 yildan 1963 yilgacha quyonchilik va mo’ynachilik hayvonlar ilmiy 
tekshirish instituti hodimlari jamoasi yetakchiligida, Saratov viloyatining "Anisov" 
sovxozi hamda Novosibirsk viloyatining "Cherpanov" sovxozlari sharoitida (1927-
1928 yillarda) Germaniyadan keltirilgan mayda shinshilla zotli quyonlarni o’z ichida 
tanlash, saralash va ularni maqsadli yetiltirib, ulkan oq zotli quyon bilan chatishtirish 
natijasida yaratilgan. 
Sovet shinshilasining tana tuzilishi mustahkam, o’lchamlari yirik, jun 
qoplamini tig’izligi bilan ajralib turadi. Tana tuzilishi mutanosib, ko’kragi keng, 
kallasi uncha katta emas, to’g’ri quloqli, mustahkam oyoqli, voyaga yetgan 
quyonlarini vazni 5 kg, ayrim xo’jaliklarda o’rtacha 6,4-7 kg ni tashkil etadi. Sovet 
shinshilasi zotining ona quyonlari serpusht va sersut. O’rtacha 7-8 ta quyon bolasini 
emizib o’stiradi. Broyler go’shti olish uchun yetishtirilganda 70 kunligida bolalari 
1,8-2 kg tirik vaznga yetadi. 
Bu zotni jun qoplamining rangi kumushsimon, ba’zan qoramtir-
kumushsimon bo’lib, qoramtir-to’lqinsimon chiziqlari bor. Ayniqsa bu chiziqli izlar 
tanasining yag’rin, qarchig’ay, yonbosh, ba’zan qorin qismlarida chiroyli bo’lib 
ilmiybaza.uz 2.Xonaki quyonlar zoologik klassifikasiyasi bo’yicha kemiruvchilar turkumi, tovushqonlar oilasi, quyonlar turiga mansub. Quyon zotlari mahsuldorlik belgilariga kura quyidagicha klasifikasiyalanadi: go’shtdor, go’sht-teri, tivit beradigan zotlarga bo’linadi. Shuningdek jun qoplamining uzunligiga ko’ra: o’rta jundor, uzun jundor hamda qo’shimcha ravishda tivitli va dekorativ yo’nalishdagi quyon zotlari mavjud. 3. Turli mamlakatlarda hozirgacha 60 dan ortiq quyon zotlari yaratilgan. O’zbekiston Markaziy Osiyo xududida joylashgan bo’lib, tabiiy iqlimi tez o’zgaruvchan ya’ni yozi issiq, qishi esa keskin sovuq bo’lishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun chorva mollarining shu jumladan quyonlarning ham urchitiladigan zotlari xududda sinovdan o’tkazilishi lozim. Mamlakatimizda: sovet shinshillasi, kulrang ulkan, oq ulkan, kumushsimon, Vena havorangi, sovet mardyori, kapalak, oq tivitli kabi quyon zotlari urchitiladi. Sovet shinshilasi zoti. Go’sht-teri mahsulot yo’nalishidagi yirik, sermahsul zot. 1948 yildan 1963 yilgacha quyonchilik va mo’ynachilik hayvonlar ilmiy tekshirish instituti hodimlari jamoasi yetakchiligida, Saratov viloyatining "Anisov" sovxozi hamda Novosibirsk viloyatining "Cherpanov" sovxozlari sharoitida (1927- 1928 yillarda) Germaniyadan keltirilgan mayda shinshilla zotli quyonlarni o’z ichida tanlash, saralash va ularni maqsadli yetiltirib, ulkan oq zotli quyon bilan chatishtirish natijasida yaratilgan. Sovet shinshilasining tana tuzilishi mustahkam, o’lchamlari yirik, jun qoplamini tig’izligi bilan ajralib turadi. Tana tuzilishi mutanosib, ko’kragi keng, kallasi uncha katta emas, to’g’ri quloqli, mustahkam oyoqli, voyaga yetgan quyonlarini vazni 5 kg, ayrim xo’jaliklarda o’rtacha 6,4-7 kg ni tashkil etadi. Sovet shinshilasi zotining ona quyonlari serpusht va sersut. O’rtacha 7-8 ta quyon bolasini emizib o’stiradi. Broyler go’shti olish uchun yetishtirilganda 70 kunligida bolalari 1,8-2 kg tirik vaznga yetadi. Bu zotni jun qoplamining rangi kumushsimon, ba’zan qoramtir- kumushsimon bo’lib, qoramtir-to’lqinsimon chiziqlari bor. Ayniqsa bu chiziqli izlar tanasining yag’rin, qarchig’ay, yonbosh, ba’zan qorin qismlarida chiroyli bo’lib
ilmiybaza.uz 
 
ko’rinib turadi. Bu zot har qanday oziqlantirish, iqlim sharoitlariga tez moslashadi. 
Shuning uchun bu zot nafaqat bizning xududimizda, xatto shimoliy, g’arbiy Yevropa 
mamlakatlarida ham muvaffaqiyatli urchitilmoqda. Bu zot ustidagi olib borilgan 
tajribalar natijasi boshqa zotlarga nisbatan nafaqat tashqi omillarga chidamligini 
balkim irsiy belgilari bo’yicha ham ustun ekanligini ko’rsatgan. 
Kulrang ulkan zoti go’sht-teri yo’nalishidagi 
yirik zotlardan hisoblanadi. 1946-1952 yillarda 
Poltava 
viloyatining 
"Petrov" 
sovxozi 
va 
Ukrainaning bir necha xo’jaliklari hamda Moskva 
viloyat xo’jaliklarida mahalliy quyonlarni chet eldan 
keltirilgan 
yirik 
Flandr 
quyon 
zoti 
bilan 
chatishtirishdan olingan duragaylarni tanlash, saralash yo’li bilan yaratilgan. Flandr 
zoti yirik bo’lsada, Ukraina va Rossiya iqlim sharoitlariga moslashuvi qiyin bo’lib, 
jadal o’sish, yetilish darajasi sust shuningdek, pushtdorligi ham past edi. 
Kulrang ulkan zotli quyonlar uzun va salmoqli gavdali, keng chuqur 
ko’krakli, yirik boshli, uzun quloqli hayvondir. Voyaga yetgan quyonlar o’rtacha 5 
kg (4-6 kg) tosh bosadi. Ayrim xo’jaliklar sharoitida 7 kg tirik vaznga ega bo’lib, 
terisini yuzasi 3000 sm2 ni tashkil etadi. 
Bo’rdoqilanish darajasi yaxshi, voyaga yetgan quyonlarini so’yim chiqimi 60 
% gacha bo’ladi. Ona quyonlar serpusht va sersut 7-8 qo’yon bolasini o’stiradi. Jun 
qoplami tig’iz, tusi kulrang, to’q kulrang, ba’zida kizg’ish kulrang, hatto qora 
tuslilari ham uchraydi. 
O’rta Osiyo sharoitiga ushbu zotli quyonlar yaxshi moslashgan. Iqlimga 
yaxshi moslashadi, kasalliklarga chidamli. 
Oq ulkan quyon zoti go’sht-teri yo’nalishidagi quyonlarga mansub. Bu zot 
X asrda Belgiya va Germaniya chegaralaridagi xududlarda davomli naslchilik ishlari 
asosida yaratilgan. Bunda asosan Flandr zotli quyonlar ichida oq tuslilarini uzoq 
tanlash va saralash ishlariga va ularning go’shtdorlik, tez yetiluvchanlik 
xususiyatlariga katta e’tibor qaratilgan. Bu zotga taaluqli quyonlarni tanasi uzun va 
ixcham, beli tekis sag’risi to’lishgan, keng ko’krakli, o’rtacha boshli, konstitusiyasi 
ilmiybaza.uz ko’rinib turadi. Bu zot har qanday oziqlantirish, iqlim sharoitlariga tez moslashadi. Shuning uchun bu zot nafaqat bizning xududimizda, xatto shimoliy, g’arbiy Yevropa mamlakatlarida ham muvaffaqiyatli urchitilmoqda. Bu zot ustidagi olib borilgan tajribalar natijasi boshqa zotlarga nisbatan nafaqat tashqi omillarga chidamligini balkim irsiy belgilari bo’yicha ham ustun ekanligini ko’rsatgan. Kulrang ulkan zoti go’sht-teri yo’nalishidagi yirik zotlardan hisoblanadi. 1946-1952 yillarda Poltava viloyatining "Petrov" sovxozi va Ukrainaning bir necha xo’jaliklari hamda Moskva viloyat xo’jaliklarida mahalliy quyonlarni chet eldan keltirilgan yirik Flandr quyon zoti bilan chatishtirishdan olingan duragaylarni tanlash, saralash yo’li bilan yaratilgan. Flandr zoti yirik bo’lsada, Ukraina va Rossiya iqlim sharoitlariga moslashuvi qiyin bo’lib, jadal o’sish, yetilish darajasi sust shuningdek, pushtdorligi ham past edi. Kulrang ulkan zotli quyonlar uzun va salmoqli gavdali, keng chuqur ko’krakli, yirik boshli, uzun quloqli hayvondir. Voyaga yetgan quyonlar o’rtacha 5 kg (4-6 kg) tosh bosadi. Ayrim xo’jaliklar sharoitida 7 kg tirik vaznga ega bo’lib, terisini yuzasi 3000 sm2 ni tashkil etadi. Bo’rdoqilanish darajasi yaxshi, voyaga yetgan quyonlarini so’yim chiqimi 60 % gacha bo’ladi. Ona quyonlar serpusht va sersut 7-8 qo’yon bolasini o’stiradi. Jun qoplami tig’iz, tusi kulrang, to’q kulrang, ba’zida kizg’ish kulrang, hatto qora tuslilari ham uchraydi. O’rta Osiyo sharoitiga ushbu zotli quyonlar yaxshi moslashgan. Iqlimga yaxshi moslashadi, kasalliklarga chidamli. Oq ulkan quyon zoti go’sht-teri yo’nalishidagi quyonlarga mansub. Bu zot X asrda Belgiya va Germaniya chegaralaridagi xududlarda davomli naslchilik ishlari asosida yaratilgan. Bunda asosan Flandr zotli quyonlar ichida oq tuslilarini uzoq tanlash va saralash ishlariga va ularning go’shtdorlik, tez yetiluvchanlik xususiyatlariga katta e’tibor qaratilgan. Bu zotga taaluqli quyonlarni tanasi uzun va ixcham, beli tekis sag’risi to’lishgan, keng ko’krakli, o’rtacha boshli, konstitusiyasi
ilmiybaza.uz 
 
mustahkam.  
Go’shtdorligi o’rtacha, tez yetiluvchan, serpusht, ona quyon o’rtacha 8 ta 
quyon bolasini o’stirishi mumkin. Bolalari 2 oyligida 1,5-2 kg va 4 oyligida 2,6 kg 
tirik vaznga ega bo’ladi. Broyler go’sht yetishtirishga tavsiya etiladi. Voyaga yetgan 
quyonlari o’rtacha 5 kg tosh bosadi. Ba’zi xo’jaliklarda quyonlar vazni 6,4 kg yetadi. 
Xo’jaliklarda tanlash, saralash va naslchilik ishlarining me’yorda olib 
borilishi natijasida serpushtligi oshadi, bolalarining hayotchanligi yaxshilanadi. 
Zotning mo’ynasi oq, yaltiroq, zich va mayin, ko’zlari qizg’ish yoki pushtrang 
ulardan sof holda urchitishdan tashqari ba’zan chatishtirishda ham foydalanilmoqda. 
Kumushsimon 
zoti 
go’sht-teri 
mahsuldorlik 
yo’nalishidagi yirik zotlardan hisoblanadi. Bu zot 1946-
1952 yillarda Poltava viloyatining "Petrov" va "Tulsk" 
mo’ynachilik 
sovxozlarida 
zootexniklar 
A.I.Kaplevskiy 
va 
I.I.Kaplevskiylar 
tomonidan 
yaratilgan. Bunda g’arbiy Yevropadan keltirilgan shampan zotini saralash bo’yicha 
ish qilinib, ularni yana mahalliy qora tusli quyonlar bilan chatishtirganlar. 
Jun qoplami tekis, butun tanasi bo’ylab eski kumush rangda. Ba’zan 
havoranglilari uchraydi. Junlari o’siq, qora, dag’al tuklari ichida oq ranglilari ham 
uchrab qoladi, tiviti havorang. Bolalari tug’ilganda qora bo’ladi. Ular 7-8 oylik 
bo’lganda voyaga yetgan quyonlar tusiga kiradi. Tirik vazni voyaga yetganlarida 4,7 
(4 dan 6 gacha) kg ni tashkil etadi. 
O’zining tez yetiluvchanligi bilan boshqa zotlardan ajralib turadi. 
O’zbekiston va O’rta Osiyo respublikalarida yaxshi urchitilmoqda, ilmiy tajribalarda 
sinab ko’rilmoqda.Boshi o’rtacha, quloqlari ingichkaroq va tikka, ko’kragi chuqur, 
sag’risi keng va aylanma, oyoqlari mustahkam. Jadal o’suvchi, bo’rdoqilashga 
moyil, go’shtdorlik sifati yaxshi. Biroq ularda jun qoplamining siyrakligi kamchilik 
hisoblanadi. 
Qora qo’ng’ir quyon zoti 1942-1948 yillar davomida Tataristonning 
"Viryuli" mo’ynachilik sovxozida seleksioner F.V.Nikitin tomonidan yaratilgan. 
Unda asosan oq ulkan, flandr va vena havorang zotli quyonlar o’zaro chatishtirilgan. 
ilmiybaza.uz mustahkam. Go’shtdorligi o’rtacha, tez yetiluvchan, serpusht, ona quyon o’rtacha 8 ta quyon bolasini o’stirishi mumkin. Bolalari 2 oyligida 1,5-2 kg va 4 oyligida 2,6 kg tirik vaznga ega bo’ladi. Broyler go’sht yetishtirishga tavsiya etiladi. Voyaga yetgan quyonlari o’rtacha 5 kg tosh bosadi. Ba’zi xo’jaliklarda quyonlar vazni 6,4 kg yetadi. Xo’jaliklarda tanlash, saralash va naslchilik ishlarining me’yorda olib borilishi natijasida serpushtligi oshadi, bolalarining hayotchanligi yaxshilanadi. Zotning mo’ynasi oq, yaltiroq, zich va mayin, ko’zlari qizg’ish yoki pushtrang ulardan sof holda urchitishdan tashqari ba’zan chatishtirishda ham foydalanilmoqda. Kumushsimon zoti go’sht-teri mahsuldorlik yo’nalishidagi yirik zotlardan hisoblanadi. Bu zot 1946- 1952 yillarda Poltava viloyatining "Petrov" va "Tulsk" mo’ynachilik sovxozlarida zootexniklar A.I.Kaplevskiy va I.I.Kaplevskiylar tomonidan yaratilgan. Bunda g’arbiy Yevropadan keltirilgan shampan zotini saralash bo’yicha ish qilinib, ularni yana mahalliy qora tusli quyonlar bilan chatishtirganlar. Jun qoplami tekis, butun tanasi bo’ylab eski kumush rangda. Ba’zan havoranglilari uchraydi. Junlari o’siq, qora, dag’al tuklari ichida oq ranglilari ham uchrab qoladi, tiviti havorang. Bolalari tug’ilganda qora bo’ladi. Ular 7-8 oylik bo’lganda voyaga yetgan quyonlar tusiga kiradi. Tirik vazni voyaga yetganlarida 4,7 (4 dan 6 gacha) kg ni tashkil etadi. O’zining tez yetiluvchanligi bilan boshqa zotlardan ajralib turadi. O’zbekiston va O’rta Osiyo respublikalarida yaxshi urchitilmoqda, ilmiy tajribalarda sinab ko’rilmoqda.Boshi o’rtacha, quloqlari ingichkaroq va tikka, ko’kragi chuqur, sag’risi keng va aylanma, oyoqlari mustahkam. Jadal o’suvchi, bo’rdoqilashga moyil, go’shtdorlik sifati yaxshi. Biroq ularda jun qoplamining siyrakligi kamchilik hisoblanadi. Qora qo’ng’ir quyon zoti 1942-1948 yillar davomida Tataristonning "Viryuli" mo’ynachilik sovxozida seleksioner F.V.Nikitin tomonidan yaratilgan. Unda asosan oq ulkan, flandr va vena havorang zotli quyonlar o’zaro chatishtirilgan.
ilmiybaza.uz 
 
Qora - qo’ng’ir quyon zotini tanasi asosan qoramtir qo’ng’ir bo’lib, dag’al qiltiqli 
va oraliq jun tolalarining uch qismi qopqoralari ham uchraydi. Mo’ynasidagi ayrim 
ranglar 7-8 oyligidan boshlab o’zgaradi. Voyaga yetgan quyonlarining o’rtacha 
vazni 5 kg (3,6 dan 6,6 gacha) atrofida bo’ladi. 8 tagacha bolalaydi. Mo’ynasi tig’iz 
junli bo’lib, rangi chiroyli, buyamasdan tabiiy holda kiyim ishlab chiqarishda 
foydalaniladi. 
Gavdasi uzun, suyaklari mustahkam, yirik, qulog’i uzun, ko’kragi keng va 
chuqur, orqasi to’g’ri va keng, sag’risi keng, go’shtdorligi yaxshi, serpushtligi, 
sutdorligi va yetiluvchanligi o’rtacha. 
O’rta Osiyo va O’zbekistonda rejali zot sifatida urchitiladi. 
Vena havorang quyon zoti go’sht-teri yo’nalishida bo’lib, kattaligi jihatidan 
o’rtacha quyondir. Bu zot X1X-asr oxirlarida Avstriya mamlakati xo’jaliklarida 
mahalliy havorang quyonlarni belgiya ulkan quyoni bilan chatishtirish natijasida 
yaratilgan va 1895 yili mamlakat poytaxti Vena shahrining nomi bilan zot sifatida 
tasdiqlangan.  
Rossiya va boshqa hamdustlik mamlakatlariga Germaniyadan keltirilgan.  
Tanasi kulrang va havorang, ba’zan qizg’ish havorangli, och va to’q 
rangbarangliklari mavjud. Dog’lar va qora rangli jun tolalari uchramaydi. 
Tirik vazni o’rtacha 4,3 kg (3,8-5 kg) bo’lib, ayrimlari 7 kg ga yetadi. Tashqi 
muhit, oziqlanish sharoitiga yaxshi moslashadi. Serpushtligi o’rtacha, qisqa vaqt 
ichida semiradi. Yetiluvchanligi yaxshi. So’yim chiqimi 56,9-59,8 % gacha yetadi. 
Bizning xududimizda urchitish mumkin, biroq hozircha juda kam sonli. 
Kapalak quyon zoti 1887 yilda Angliyada dekorativ (bezak, kungil ochar) 
zot sifatida yaratilgan, vazni jihatidan o’rtacha zot hisoblanadi. Mahalliy 
xududlarimizda keng tarqalgan. Tanasi oq lekin tanasining ikki tomonida simmetrik 
qora dog’lar mavjud. Ayrim vakillarining tanasidagi dog’lar jigarrang, kulrang 
bo’lishi ham kuzatilgan. Voyaga yetganlarining tirik vazni o’rtacha 4,3 kg. Tanasi 
qisqarok bo’lib 35 sm, ko’krak aylanasi 36 sm. Konstitusiyasi pishiq, go’sht 
mahsuldorligi vazniga nisbatan yaxshi. Ona quyonlari serpusht, sersut ya’ni bolasi 
tez yetiladi. Shuning uchun ba’zi tumanlarda broyler go’sht yetishtirish maqsadida 
ilmiybaza.uz Qora - qo’ng’ir quyon zotini tanasi asosan qoramtir qo’ng’ir bo’lib, dag’al qiltiqli va oraliq jun tolalarining uch qismi qopqoralari ham uchraydi. Mo’ynasidagi ayrim ranglar 7-8 oyligidan boshlab o’zgaradi. Voyaga yetgan quyonlarining o’rtacha vazni 5 kg (3,6 dan 6,6 gacha) atrofida bo’ladi. 8 tagacha bolalaydi. Mo’ynasi tig’iz junli bo’lib, rangi chiroyli, buyamasdan tabiiy holda kiyim ishlab chiqarishda foydalaniladi. Gavdasi uzun, suyaklari mustahkam, yirik, qulog’i uzun, ko’kragi keng va chuqur, orqasi to’g’ri va keng, sag’risi keng, go’shtdorligi yaxshi, serpushtligi, sutdorligi va yetiluvchanligi o’rtacha. O’rta Osiyo va O’zbekistonda rejali zot sifatida urchitiladi. Vena havorang quyon zoti go’sht-teri yo’nalishida bo’lib, kattaligi jihatidan o’rtacha quyondir. Bu zot X1X-asr oxirlarida Avstriya mamlakati xo’jaliklarida mahalliy havorang quyonlarni belgiya ulkan quyoni bilan chatishtirish natijasida yaratilgan va 1895 yili mamlakat poytaxti Vena shahrining nomi bilan zot sifatida tasdiqlangan. Rossiya va boshqa hamdustlik mamlakatlariga Germaniyadan keltirilgan. Tanasi kulrang va havorang, ba’zan qizg’ish havorangli, och va to’q rangbarangliklari mavjud. Dog’lar va qora rangli jun tolalari uchramaydi. Tirik vazni o’rtacha 4,3 kg (3,8-5 kg) bo’lib, ayrimlari 7 kg ga yetadi. Tashqi muhit, oziqlanish sharoitiga yaxshi moslashadi. Serpushtligi o’rtacha, qisqa vaqt ichida semiradi. Yetiluvchanligi yaxshi. So’yim chiqimi 56,9-59,8 % gacha yetadi. Bizning xududimizda urchitish mumkin, biroq hozircha juda kam sonli. Kapalak quyon zoti 1887 yilda Angliyada dekorativ (bezak, kungil ochar) zot sifatida yaratilgan, vazni jihatidan o’rtacha zot hisoblanadi. Mahalliy xududlarimizda keng tarqalgan. Tanasi oq lekin tanasining ikki tomonida simmetrik qora dog’lar mavjud. Ayrim vakillarining tanasidagi dog’lar jigarrang, kulrang bo’lishi ham kuzatilgan. Voyaga yetganlarining tirik vazni o’rtacha 4,3 kg. Tanasi qisqarok bo’lib 35 sm, ko’krak aylanasi 36 sm. Konstitusiyasi pishiq, go’sht mahsuldorligi vazniga nisbatan yaxshi. Ona quyonlari serpusht, sersut ya’ni bolasi tez yetiladi. Shuning uchun ba’zi tumanlarda broyler go’sht yetishtirish maqsadida
ilmiybaza.uz 
 
foydalaniladi. 
Sovet 
mardyori 
zoti 
1931-1940 
yillar 
davomida 
Armanistonda 
M.Ch.Magramyan tomonidan rus gornastayev, shinshilla va mahalliy quyonlarni 
o’zaro chatishtirish natijasida yaratilgan. 
Rangi asosan jigarrang, lekin tanasida ba’zan turli kattalikdagi dog’lar uchrab 
turadi. Bolalari tug’ilganda sichqon tusli bo’ladi. 4 oyligida voyaga yetgan quyonlar 
tusiga kiradi. Sovet mardyori zotli quyonlarning mo’ynasi chiroyliligi uchun 
boshqalaridan ajralib turadi. Bu zot go’sht-teri yo’nalishiga taaluqli bo’lsada, 
xo’jaliklarda mo’yna teri yetishtirish uchun urchitiladi. 
Konstitusiyasi mustahkam, o’rtacha tirik vazni 4,5 kg (3,8-5) ni tashkil etadi. 
Serpushtligi o’rtacha, tez yetiluvchan, biroq asosan mo’yna terisi uchun urchitish 
maqsadga muvofiq. Armanistonda ko’p urchitilib, bizning xududimizda kam sonli. 
Oq tivitli quyon zoti 1939-1957 yillar davomida Tatariston respublikasi, 
Kursk va Voronej, Kirov viloyatlarining xo’jaliklari sharoitida seleksioner olima 
M.V.Vshivseva rahbarligida yaratilgan. Tivit mahsuldorlik yo’nalishida. Bu zot 
mahalliy kam mahsul jun tivit beruvchi quyonlar, angor zotli quyonlar bilan 
chatishtirilib olingan avlodlarini tanlash va saralash asosida yaratilgan. 
Bu zotning bo’yni kalta va yo’g’on, beli to’g’ri va keng, tusi oq, olingan 
junning 92-96 % ni tivit tashkil etadi. Tivitining uzunligi 6-7 sm, ingichkaligi 12,4-
13,5 mikron. Yiliga 1 bosh quyondan 420-500 g tivit olinadi, ayrim xo’jaliklarda 
750 g ga yetadi. Kirov Davlat naslchilik xo’jaligida 1 kg gacha tivit olingan. 
Oq tivitli quyon zotini tirik vazni o’rtacha 4 kg, uzunligi 54 sm, ko’krak 
aylanasi 34 sm, 7 gacha bola berishi mumkin. Turli sharoitga moslashaoladi, bizning 
xududimizda kam uchraydi. Bu zotning quyidagi guruhlari mavjud: 
A) Kirov guruhi - mahalliy tivitli quyonlarni angor zoti bilan qon singdirish 
chatishtirish usulida olingan. 
B) Biryulin guruhi angor va flandr zotlarini murakkab chatishtirish usulida 
yaratilgan. 
V) Solnsev guruhi - angor zotli quyonlarni sof zotli urchitish va ularni 
Biryulin sovxozidagi erkak quyonlar bilan chatishtirish natijasida olingan. 
ilmiybaza.uz foydalaniladi. Sovet mardyori zoti 1931-1940 yillar davomida Armanistonda M.Ch.Magramyan tomonidan rus gornastayev, shinshilla va mahalliy quyonlarni o’zaro chatishtirish natijasida yaratilgan. Rangi asosan jigarrang, lekin tanasida ba’zan turli kattalikdagi dog’lar uchrab turadi. Bolalari tug’ilganda sichqon tusli bo’ladi. 4 oyligida voyaga yetgan quyonlar tusiga kiradi. Sovet mardyori zotli quyonlarning mo’ynasi chiroyliligi uchun boshqalaridan ajralib turadi. Bu zot go’sht-teri yo’nalishiga taaluqli bo’lsada, xo’jaliklarda mo’yna teri yetishtirish uchun urchitiladi. Konstitusiyasi mustahkam, o’rtacha tirik vazni 4,5 kg (3,8-5) ni tashkil etadi. Serpushtligi o’rtacha, tez yetiluvchan, biroq asosan mo’yna terisi uchun urchitish maqsadga muvofiq. Armanistonda ko’p urchitilib, bizning xududimizda kam sonli. Oq tivitli quyon zoti 1939-1957 yillar davomida Tatariston respublikasi, Kursk va Voronej, Kirov viloyatlarining xo’jaliklari sharoitida seleksioner olima M.V.Vshivseva rahbarligida yaratilgan. Tivit mahsuldorlik yo’nalishida. Bu zot mahalliy kam mahsul jun tivit beruvchi quyonlar, angor zotli quyonlar bilan chatishtirilib olingan avlodlarini tanlash va saralash asosida yaratilgan. Bu zotning bo’yni kalta va yo’g’on, beli to’g’ri va keng, tusi oq, olingan junning 92-96 % ni tivit tashkil etadi. Tivitining uzunligi 6-7 sm, ingichkaligi 12,4- 13,5 mikron. Yiliga 1 bosh quyondan 420-500 g tivit olinadi, ayrim xo’jaliklarda 750 g ga yetadi. Kirov Davlat naslchilik xo’jaligida 1 kg gacha tivit olingan. Oq tivitli quyon zotini tirik vazni o’rtacha 4 kg, uzunligi 54 sm, ko’krak aylanasi 34 sm, 7 gacha bola berishi mumkin. Turli sharoitga moslashaoladi, bizning xududimizda kam uchraydi. Bu zotning quyidagi guruhlari mavjud: A) Kirov guruhi - mahalliy tivitli quyonlarni angor zoti bilan qon singdirish chatishtirish usulida olingan. B) Biryulin guruhi angor va flandr zotlarini murakkab chatishtirish usulida yaratilgan. V) Solnsev guruhi - angor zotli quyonlarni sof zotli urchitish va ularni Biryulin sovxozidagi erkak quyonlar bilan chatishtirish natijasida olingan.
ilmiybaza.uz 
 
Go’sht yo’nalishidagi quyon zotlari. 
Novozelandiya oq quyon zoti - 1910 yilda 
AQShda yaratilgan. Go’sht yo’nalishida, tusi oq. 
Kelib chiqishida avvalo qizil rangli albinos hayvonlar 
tanlanadi, saralanadi va olingan yangi nasllar 
yetiluvchanligi, 
go’shtdorlik 
belgilari, 
so’yim 
chiqimi, so’yim og’irligi va go’sht sifati kabi 
ko’rsatkichlari bo’yicha saralanib "o’z ichida" urchitiladi. Qisman Flandr zotini ham 
qoni singdiriladi. 
Novozelandiya oq quyoni AQSh da juda keng tarqalgan. 1950 yillardan 
boshlab G’arbiy Yevropa mamlakatlariga, sobiq ittifoqga esa 1971 yildan boshlab 
tarqaldi va iqlimlashtirildi. Hozir O’zbekistonda ham mavjud. U mustahkam 
qonstitusiyali, ba’zan ingichka va pishiq suyakli bo’lishi bilan farq qiladi. Gavdasi 
uncha uzun emas (47-50 sm), to’lishganlik indeksi 63 % dan ziyod, ko’kragi chuqur, 
keng, orqasi enli, sagrisi yoyiq, muskullari to’lishgan. 
Voyaga yetganlari 4,5-5 kg gacha, tug’ilganda bolasi odatda 45 g atrofida, 
mayda tug’ilsada, o’sish tezligi yuqoriligidan 2 oyligida 1,8-2,2 k; 3 oyligida 2,7-3 
kg ga yetadi. 1 kg qo’shimcha o’sishiga 3-5 kg oz. birligi sarflaydi. Bu zotdan asosiy 
mahsulot sifatida go’sht olinib, qo’shimcha mahsulot sifatida teri olinadi. So’yim 
chiqimi 52-58 %, gavdada go’sht chiqimi 77,5 % gacha. Sersut va serpusht (7-12) 
ligi bilan ajralib turadi. Sanoat chatishtirish usulida boshqa 
zotlar bilan yaxshi natija beradi. 
Kaliforniya- go’sht yo’nalishidagi zot. Kattaligi o’rtacha, 
tusi oq, faqat quloq ichida, ba’zan tumshuq, oyoq kaftlari 
va dum uchida qoramtir - jigarrangli belgilar uchraydi. 
AQSh da - Novozellandiya oq, rus chipor, yirik shinshilla zotlarini murakkab 
chatishtirishdan olingan oxirgi avlodlarini "O’z ichida" urchitish natijasida 
yaratilgan. Bunda Novozelandiya oq zotini tez yetiluvchanlik, go’shtdorlik belgisi, 
rus chipor zotdagi teri jun qoplamining tig’izlik xususiyatlari mujassamlashgan. 
Konstitusiyasi mustahkam, ba’zan suyagi nozik, go’shtdor, to’lishgan. Vazni 
ilmiybaza.uz Go’sht yo’nalishidagi quyon zotlari. Novozelandiya oq quyon zoti - 1910 yilda AQShda yaratilgan. Go’sht yo’nalishida, tusi oq. Kelib chiqishida avvalo qizil rangli albinos hayvonlar tanlanadi, saralanadi va olingan yangi nasllar yetiluvchanligi, go’shtdorlik belgilari, so’yim chiqimi, so’yim og’irligi va go’sht sifati kabi ko’rsatkichlari bo’yicha saralanib "o’z ichida" urchitiladi. Qisman Flandr zotini ham qoni singdiriladi. Novozelandiya oq quyoni AQSh da juda keng tarqalgan. 1950 yillardan boshlab G’arbiy Yevropa mamlakatlariga, sobiq ittifoqga esa 1971 yildan boshlab tarqaldi va iqlimlashtirildi. Hozir O’zbekistonda ham mavjud. U mustahkam qonstitusiyali, ba’zan ingichka va pishiq suyakli bo’lishi bilan farq qiladi. Gavdasi uncha uzun emas (47-50 sm), to’lishganlik indeksi 63 % dan ziyod, ko’kragi chuqur, keng, orqasi enli, sagrisi yoyiq, muskullari to’lishgan. Voyaga yetganlari 4,5-5 kg gacha, tug’ilganda bolasi odatda 45 g atrofida, mayda tug’ilsada, o’sish tezligi yuqoriligidan 2 oyligida 1,8-2,2 k; 3 oyligida 2,7-3 kg ga yetadi. 1 kg qo’shimcha o’sishiga 3-5 kg oz. birligi sarflaydi. Bu zotdan asosiy mahsulot sifatida go’sht olinib, qo’shimcha mahsulot sifatida teri olinadi. So’yim chiqimi 52-58 %, gavdada go’sht chiqimi 77,5 % gacha. Sersut va serpusht (7-12) ligi bilan ajralib turadi. Sanoat chatishtirish usulida boshqa zotlar bilan yaxshi natija beradi. Kaliforniya- go’sht yo’nalishidagi zot. Kattaligi o’rtacha, tusi oq, faqat quloq ichida, ba’zan tumshuq, oyoq kaftlari va dum uchida qoramtir - jigarrangli belgilar uchraydi. AQSh da - Novozellandiya oq, rus chipor, yirik shinshilla zotlarini murakkab chatishtirishdan olingan oxirgi avlodlarini "O’z ichida" urchitish natijasida yaratilgan. Bunda Novozelandiya oq zotini tez yetiluvchanlik, go’shtdorlik belgisi, rus chipor zotdagi teri jun qoplamining tig’izlik xususiyatlari mujassamlashgan. Konstitusiyasi mustahkam, ba’zan suyagi nozik, go’shtdor, to’lishgan. Vazni
ilmiybaza.uz 
 
4-5 kg. Tug’ilganda o’rtacha 45g., 2 oylik 1,9-2,3 kg, 4 oylikda 2,7-3,4 kg va 5 
oylikda 4,2 kg. Shundan so’ng o’sishi susayadi. 
So’yim chiqimi 56-60 %, gavda go’shtida et chiqimi 82-85 %, suyak 13-15 
%, yog’i esa 1,8-1,5 %. Serpushtligi o’rtacha 8 bosh, tug’ilganda to’lik oq bo’lib, 
qoramtir belgilar keyinchalik paydo bo’ladi, rus chipor zotiga o’xshash. MDH 
xududiga 1971 yilda Angliya, Vengriyadan keltirilgan. Ukraina, Rossiyada keng 
tarqalgan, O’zbekistonda ham bor. 
Har ikkala go’shtdor zotlarining barmoqlari orasi va kaftida jun qoplami 
bo’lib, tur simli kafaslarda asrashga moslashgan. 
Baran zotli quyonlar Dastavval, xilma xil ko’rinishdagi (qora, havorang, 
kulrang-yovvoyi quyon rang, jigarrang, temirrang-kulrang, xol-xol va b.) uzun 
o’ziga hos quloqli yirik dekorativ quyon zoti bo’lgan. 
Ushbu zot quyonni quloq chig’anog’i formasini tabiiy mutatsiyasini 
biriktirish yo’li bilan Angliyada ishlab chiqilgan. Bu zotning ayrim ko’rinishdagi 
turlarida qulog’ining uzunligi 60-71 sm (kengligi 10-17 sm) ga yetadi. 
Baran zotli quyonlar asosan g’arbiy yevropa davlatlari, ayniqsa Germaniya 
va Frantsiya davlatlari quyonchilari orasida juda keng tarqalgan. Bu davlatlarda 
ingliz barani bilan flandrni chatishtirish natijasida frantsuz va nemis barani zotlari 
yaratilgan. Eng qiziqarli natijalarga esa Germaniya quyonchilari erishgan. 
Go’sht yo’nalishida va jonivorlarning tez yetiluvchanligini oshirish 
maqsadida sistematik selektsiya natijalari asosida tirik vazni 5,5 kg bo’lgan nemis 
baranini yaratilishiga muvaffaq bo’lingan. 
Tavsifi. 
Nemis 
barani 
zotining 
tipik 
belgilari 
va 
parametrlari: 
- tana qismi eziq va keng; 
- voyaga yetgan quyon vazni - o’rtacha 3 kg, alohida hollarda - 7-8 kg (ba’zan 
hatto 10 kg); 
- boshi yirik, keng peshonali, burni biroz pastga bukilgan; 
- quloqlari boshining ikki yoniga osilgan; 
- tanasi cho’ziq, uzunligi 60-70 sm va undan uzunroq; 
- ko’krak qismi keng va chuqur; 
ilmiybaza.uz 4-5 kg. Tug’ilganda o’rtacha 45g., 2 oylik 1,9-2,3 kg, 4 oylikda 2,7-3,4 kg va 5 oylikda 4,2 kg. Shundan so’ng o’sishi susayadi. So’yim chiqimi 56-60 %, gavda go’shtida et chiqimi 82-85 %, suyak 13-15 %, yog’i esa 1,8-1,5 %. Serpushtligi o’rtacha 8 bosh, tug’ilganda to’lik oq bo’lib, qoramtir belgilar keyinchalik paydo bo’ladi, rus chipor zotiga o’xshash. MDH xududiga 1971 yilda Angliya, Vengriyadan keltirilgan. Ukraina, Rossiyada keng tarqalgan, O’zbekistonda ham bor. Har ikkala go’shtdor zotlarining barmoqlari orasi va kaftida jun qoplami bo’lib, tur simli kafaslarda asrashga moslashgan. Baran zotli quyonlar Dastavval, xilma xil ko’rinishdagi (qora, havorang, kulrang-yovvoyi quyon rang, jigarrang, temirrang-kulrang, xol-xol va b.) uzun o’ziga hos quloqli yirik dekorativ quyon zoti bo’lgan. Ushbu zot quyonni quloq chig’anog’i formasini tabiiy mutatsiyasini biriktirish yo’li bilan Angliyada ishlab chiqilgan. Bu zotning ayrim ko’rinishdagi turlarida qulog’ining uzunligi 60-71 sm (kengligi 10-17 sm) ga yetadi. Baran zotli quyonlar asosan g’arbiy yevropa davlatlari, ayniqsa Germaniya va Frantsiya davlatlari quyonchilari orasida juda keng tarqalgan. Bu davlatlarda ingliz barani bilan flandrni chatishtirish natijasida frantsuz va nemis barani zotlari yaratilgan. Eng qiziqarli natijalarga esa Germaniya quyonchilari erishgan. Go’sht yo’nalishida va jonivorlarning tez yetiluvchanligini oshirish maqsadida sistematik selektsiya natijalari asosida tirik vazni 5,5 kg bo’lgan nemis baranini yaratilishiga muvaffaq bo’lingan. Tavsifi. Nemis barani zotining tipik belgilari va parametrlari: - tana qismi eziq va keng; - voyaga yetgan quyon vazni - o’rtacha 3 kg, alohida hollarda - 7-8 kg (ba’zan hatto 10 kg); - boshi yirik, keng peshonali, burni biroz pastga bukilgan; - quloqlari boshining ikki yoniga osilgan; - tanasi cho’ziq, uzunligi 60-70 sm va undan uzunroq; - ko’krak qismi keng va chuqur;
ilmiybaza.uz 
 
- yelka qismi cho’zilgan, keng, ba’zan sal osilgan; 
- Orqa qismi yumaloqlashgan. 
Baran zotli quyonlar tez yetiluvchanligi, yaxshi rivojlangan go’sht qismi va 
go’shtining yuqori sifatliligi bilan ajralib turadi va go’sht yo’nalishidagi quyonlar 
toifasiga kiradi 
Baran zotli quyonlar mamlakatimizning har hil iqlim sharoitlariga yaxshi 
moslashgan quyon zoti hisoblanadi. Bu zotdagi quyonlarni saqlash va ko’paytirish 
alohida qiyinchilik tug’dirmaydi. Urg’ochi quyonlar kam bolalaydi: o’rtacha bitta 
bolalashda 3-6 tadan ortiq bo’lmagan bola beradi. 
Nemis baranidan yirik xajmdagi teri olinadi. Jun qoplami qalin, zich, mayin 
va Turli hil ranglarda bo’ladi. 
Alyaska zotli quyonlar haqida eshitganmisiz? 
Quyonlarning bir necha noyob turlari uchraydi. Ulardan 
biri “Alyaska” zotidir. Ularning nomiga qarab bu quyonlar 
sovuq mintaqalardan emasligini aytish mumkin. U 1920 yilda 
Germaniyada olimlar tomonidan yaratildi. Selektsionerlar 
tomonidan bunday quyonni urchitishdan ko’zlangan eng 
asosiy maqsad — Alyaska tulkisidagi kabi qora va oq tolali yungga ega turni 
yaratish. Selektsionerlar tajribasi muvaffaqiyatli bo’lmadi. Ular qora rangdagi 
yaltiroq tukli jonivor zotini yaratishdi. Biroq bu zotli quyonni qoldirishdi va 
keyinchalik “Reks” zotini chiqarishda qo’llashdi. 
“Alyaska”ning yungi qora rangda. U qalin va yaltiroq, ichi moviy rangda 
tovlanadi. SHuningdek moviy o’rniga oq rangda tovlanadigan quyonlar ham bor. Bu 
jihat kamchilik hisoblanadi. “Alyaska” quyonlarining yungi qimmatbaho. Ular 
Yevropada keng tarqalgan. 
 
ilmiybaza.uz - yelka qismi cho’zilgan, keng, ba’zan sal osilgan; - Orqa qismi yumaloqlashgan. Baran zotli quyonlar tez yetiluvchanligi, yaxshi rivojlangan go’sht qismi va go’shtining yuqori sifatliligi bilan ajralib turadi va go’sht yo’nalishidagi quyonlar toifasiga kiradi Baran zotli quyonlar mamlakatimizning har hil iqlim sharoitlariga yaxshi moslashgan quyon zoti hisoblanadi. Bu zotdagi quyonlarni saqlash va ko’paytirish alohida qiyinchilik tug’dirmaydi. Urg’ochi quyonlar kam bolalaydi: o’rtacha bitta bolalashda 3-6 tadan ortiq bo’lmagan bola beradi. Nemis baranidan yirik xajmdagi teri olinadi. Jun qoplami qalin, zich, mayin va Turli hil ranglarda bo’ladi. Alyaska zotli quyonlar haqida eshitganmisiz? Quyonlarning bir necha noyob turlari uchraydi. Ulardan biri “Alyaska” zotidir. Ularning nomiga qarab bu quyonlar sovuq mintaqalardan emasligini aytish mumkin. U 1920 yilda Germaniyada olimlar tomonidan yaratildi. Selektsionerlar tomonidan bunday quyonni urchitishdan ko’zlangan eng asosiy maqsad — Alyaska tulkisidagi kabi qora va oq tolali yungga ega turni yaratish. Selektsionerlar tajribasi muvaffaqiyatli bo’lmadi. Ular qora rangdagi yaltiroq tukli jonivor zotini yaratishdi. Biroq bu zotli quyonni qoldirishdi va keyinchalik “Reks” zotini chiqarishda qo’llashdi. “Alyaska”ning yungi qora rangda. U qalin va yaltiroq, ichi moviy rangda tovlanadi. SHuningdek moviy o’rniga oq rangda tovlanadigan quyonlar ham bor. Bu jihat kamchilik hisoblanadi. “Alyaska” quyonlarining yungi qimmatbaho. Ular Yevropada keng tarqalgan.
ilmiybaza.uz 
 
Jonivor 3 kilodan 5 kilocha tosh bosadi. Bo’yni 
deyarli ko’rinmaydi, quloqlari kalta va keng. Urg’ochi 
quyonlarning erkak quyonlardan farqi bo’yin atrofidagi 
qo’shimcha teri. 
Bu jonivorlar faol hisoblanadi, shuning uchun ularga 
keng joy zarur. Bu turdagi quyonlar jazirama va sovuqdan qo’rqmaydi. Ular 
tajovuzkor emas. Itoatkor va muloqotni sevadigan. Odamga tezroq ko’nikishlari 
uchun ularni erta ijtimoiylashtirish kerak. 
Reks zotli quyonlar. Quyonlarning bu kaltayungli zoti 1919-1924 yillarda 
yaratilgan va shu zahotiyoq Yevropa davlatlarida keng tarqalib ketdi. Rossiya 
davlatiga Germaniyadan olib kirilgan. 
Tavsifi. Reks zotining tipik belgilari va ko’rsatkichlari: 
- Tshliq yetilgan quyonlarning tirik vazni 3-4,5 kg; 
- Tana qismi mayin, suyak skeleti ingichka va yetgil; 
- Boshi urtacha kattalikda sal cho’ziqroq, quloqlari o’rtacha uzunlikda; 
- Tana tuzilishi cho’ziqroq 40-45 sm, old qismi sal botiqroq; 
- ko’krak va orqa qismi o’rtacha kenglikda; 
Rekslardan mayda va yirik o’lchamdagi va har hil rangdagi teri olinadi, lekin, 
odatda ko’proq qora, jigarrang, oq va havorang rangdagilari ko’proq uchraydi. Bu 
quyonlarning terisi hech qanday qo’shimcha bo’yoqlarsiz natural holatda, ko’p 
hollarda boshqa qimmtabaho yungli jonivorlar terisini imitatsiya (o’rnini qoplash) 
sifatida ishlatiladi. 
Kalta yungli quyonlarni odatda ijobiy tarzda havaskor xo’jaliklarda 
parvvarishlanadi. Ulr mamlakatimizning turli hil iqlim sharoitlariga yaxshi 
moslashgan.  
Bu zotdagi quyonlarni saqlash va ko’paytirish unchalik katta qiyinchilik 
tug’dirmaydi. Bu quyon bolalari o’rtacha o’sish tempiga ega. Ularning vazni 1 oyda 
0,68 kgdan oshmaydi, 2 oyda 1,68 kg, 3 oyda 2,19 kg, 4 oylik yoshida esa 2,32 kgga 
yetadi. Urg’ochi quyon serpushtligi unchalik yuqori emas: bitta bolalashda o’rtacha 
5-6 ta bola tug’adi. Yetuk yoshdagi quyonlar juda mayin go’sht beradi, shuning 
ilmiybaza.uz Jonivor 3 kilodan 5 kilocha tosh bosadi. Bo’yni deyarli ko’rinmaydi, quloqlari kalta va keng. Urg’ochi quyonlarning erkak quyonlardan farqi bo’yin atrofidagi qo’shimcha teri. Bu jonivorlar faol hisoblanadi, shuning uchun ularga keng joy zarur. Bu turdagi quyonlar jazirama va sovuqdan qo’rqmaydi. Ular tajovuzkor emas. Itoatkor va muloqotni sevadigan. Odamga tezroq ko’nikishlari uchun ularni erta ijtimoiylashtirish kerak. Reks zotli quyonlar. Quyonlarning bu kaltayungli zoti 1919-1924 yillarda yaratilgan va shu zahotiyoq Yevropa davlatlarida keng tarqalib ketdi. Rossiya davlatiga Germaniyadan olib kirilgan. Tavsifi. Reks zotining tipik belgilari va ko’rsatkichlari: - Tshliq yetilgan quyonlarning tirik vazni 3-4,5 kg; - Tana qismi mayin, suyak skeleti ingichka va yetgil; - Boshi urtacha kattalikda sal cho’ziqroq, quloqlari o’rtacha uzunlikda; - Tana tuzilishi cho’ziqroq 40-45 sm, old qismi sal botiqroq; - ko’krak va orqa qismi o’rtacha kenglikda; Rekslardan mayda va yirik o’lchamdagi va har hil rangdagi teri olinadi, lekin, odatda ko’proq qora, jigarrang, oq va havorang rangdagilari ko’proq uchraydi. Bu quyonlarning terisi hech qanday qo’shimcha bo’yoqlarsiz natural holatda, ko’p hollarda boshqa qimmtabaho yungli jonivorlar terisini imitatsiya (o’rnini qoplash) sifatida ishlatiladi. Kalta yungli quyonlarni odatda ijobiy tarzda havaskor xo’jaliklarda parvvarishlanadi. Ulr mamlakatimizning turli hil iqlim sharoitlariga yaxshi moslashgan. Bu zotdagi quyonlarni saqlash va ko’paytirish unchalik katta qiyinchilik tug’dirmaydi. Bu quyon bolalari o’rtacha o’sish tempiga ega. Ularning vazni 1 oyda 0,68 kgdan oshmaydi, 2 oyda 1,68 kg, 3 oyda 2,19 kg, 4 oylik yoshida esa 2,32 kgga yetadi. Urg’ochi quyon serpushtligi unchalik yuqori emas: bitta bolalashda o’rtacha 5-6 ta bola tug’adi. Yetuk yoshdagi quyonlar juda mayin go’sht beradi, shuning
ilmiybaza.uz 
 
uchun gusht chiqish hajmi nisbatan yuqori. 
Kaliforniya zoti (kalif). Bu zot go’sht yo’nalishidagi yana bir tipik quyonlar 
namoyondasi hisoblanib, qalin va sifatli yung va original rangi bilan farqlanadi. 
Bu zot shinshilla, rus gornostayi va yangizelandiya oq (NZB) quyoni kabi 
zotlarni qonidan foydalanish natijasida AQSH da yaratilgan. Rangi oq, quloqlari, 
panjalari, burni, dumi va ko’krak osti to’q jigarrang belgilardan iborat.  
Rossiya davlatiga XX asrning 70-yillarida olib kirilgan va juda yaxshi 
darajada iqlimlashgan. Kaliforniya zoti juda murakkab chatishtirish orqali uchta 
quyon zotlaridan quyidagi ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini olgan holda yaratilgan: 
- Yirik shinshilladan yuqori darajadagi go’shtlilik formasini; 
- Rus gornostayida yuqori sifatli jun qoplamini; 
- Yangi zelandiya oq quyonidan yosh davrida yuqori energetik o’suvchanlik 
hususiyatini. 
Tavsifi. Kaliforniya zotining tipik belgilari va parametrlari: 
- Tana tuzilishi mayin, lekin mustaxkam va bardoshli; 
- Suyak skeleti ingichka va yengil; 
- Tanasi kompakt, keng va yumaloq; 
- Boshi yengil, quloqlari uncha katta bo’lmagan ingichka; 
- Ko’krak qismi keng; 
- Bel qismi kalta va keng yumaloq shaklda; 
- Tanasining orqa qismi ravon, muskulli va yaxshi junlangan; 
- Tirik vazni – 4,5 kg. 
Bu quyon zoti uzining yaratilgan ajdodlaridan farqli ravishda hurkak emas, 
sokin xarakterli, panjalari ostidagi qalin jun qoplami ularni setkali pollarga yaxshi 
moslashishiga va sun’iy mikroiqlimli yopiq quyonxonalarda boqishga qulay 
imkoniyat yaratadi. Ular juda mustaxkam immunitetga ega. Kaliforniya – yorqin 
darajadagi go’sht yo’nalishidagi zot. Ushbu quyonlardan olingan go’sht maxsuloti 
o’zining ajoyib ta’mi va qimmatbaho oziqaviylik sifatlari bilan ajralib turadi. 
Urg’ochi quyonlar serpusht, bitta bolalashda 8-10 tagacha bolalaydi. Bolalari 
juda intensiv ravishda o’sish tempiga ega. Uch oylik yoshga yetganida ularning 
ilmiybaza.uz uchun gusht chiqish hajmi nisbatan yuqori. Kaliforniya zoti (kalif). Bu zot go’sht yo’nalishidagi yana bir tipik quyonlar namoyondasi hisoblanib, qalin va sifatli yung va original rangi bilan farqlanadi. Bu zot shinshilla, rus gornostayi va yangizelandiya oq (NZB) quyoni kabi zotlarni qonidan foydalanish natijasida AQSH da yaratilgan. Rangi oq, quloqlari, panjalari, burni, dumi va ko’krak osti to’q jigarrang belgilardan iborat. Rossiya davlatiga XX asrning 70-yillarida olib kirilgan va juda yaxshi darajada iqlimlashgan. Kaliforniya zoti juda murakkab chatishtirish orqali uchta quyon zotlaridan quyidagi ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini olgan holda yaratilgan: - Yirik shinshilladan yuqori darajadagi go’shtlilik formasini; - Rus gornostayida yuqori sifatli jun qoplamini; - Yangi zelandiya oq quyonidan yosh davrida yuqori energetik o’suvchanlik hususiyatini. Tavsifi. Kaliforniya zotining tipik belgilari va parametrlari: - Tana tuzilishi mayin, lekin mustaxkam va bardoshli; - Suyak skeleti ingichka va yengil; - Tanasi kompakt, keng va yumaloq; - Boshi yengil, quloqlari uncha katta bo’lmagan ingichka; - Ko’krak qismi keng; - Bel qismi kalta va keng yumaloq shaklda; - Tanasining orqa qismi ravon, muskulli va yaxshi junlangan; - Tirik vazni – 4,5 kg. Bu quyon zoti uzining yaratilgan ajdodlaridan farqli ravishda hurkak emas, sokin xarakterli, panjalari ostidagi qalin jun qoplami ularni setkali pollarga yaxshi moslashishiga va sun’iy mikroiqlimli yopiq quyonxonalarda boqishga qulay imkoniyat yaratadi. Ular juda mustaxkam immunitetga ega. Kaliforniya – yorqin darajadagi go’sht yo’nalishidagi zot. Ushbu quyonlardan olingan go’sht maxsuloti o’zining ajoyib ta’mi va qimmatbaho oziqaviylik sifatlari bilan ajralib turadi. Urg’ochi quyonlar serpusht, bitta bolalashda 8-10 tagacha bolalaydi. Bolalari juda intensiv ravishda o’sish tempiga ega. Uch oylik yoshga yetganida ularning