QUYON ZOTLARI (Zot haqida tushuncha, Quyon zotlarining klassifikasiyasi, O’zbekiston va Markaziy Osiyo hududida urchitilayotgan asosiy rejali quyon zotlari, Yangi zotlar chiqarish, hisobini yuritish va rejalashtirish)
Yuklangan vaqt
2024-05-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
18
Faytl hajmi
624,1 KB
Ilmiybaza.uz
QUYON ZOTLARI
Reja:
1. Zot haqida tushuncha
2. Quyon zotlarining klassifikasiyasi
3. O’zbekiston va Markaziy Osiyo hududida urchitilayotgan asosiy rejali quyon
zotlari
4. Yangi zotlar chiqarish, hisobini yuritish va rejalashtirish
Ilmiybaza.uz
Tayanch iboralar
Zot, madaniylashgan quyonlar, xonakilashtirilgan, yovvoyi quyonlar,
zoologik tasnifi (klassifikasiyasi), xo’jalik mahsuldorlik yo’nalishi bo’yicha tasnifi,
go’sht yo’nalishidagi, go’sht teri yo’nalishida, tivit yo’nalishida, kalta junli, o’rtacha
junli, uzun junli, dekorativ (bezak, chiroy) maqsadli, eksterer, qonstitusiya va x.k.
1. Madaniy quyonlar uzoq evolyusion tarixiy jarayonlarda yovvoyi
quyonlarni xonakilashtirish natijasida kelib chiqqan.
Ularni mahsuldorligini, xo’jalik va foydali xususiyatlarini yaxshilash uchun
tashqi va ichki omillarning ta’sirini insonlar ma’lum darajada boshqargan. Zotlar
kishilik jamiyatining ma’lum davrida, hayvonlarning muayyan talablarga samarali
holda javob bera olishi asosida yaratilgan va shu talablarni hayvonlar qondirish
xususiyatlariga ega bo’lgan.
Quyonchilikda zot deb, kelib chiqishi bo’yicha umumiylikka, xo’jalik
foydali belgilarga ega, tana tuzilishi va fiziologik xususiyatlari, mahsuldorligi
jihatidan o’xshash, bu xususiyatlarini avloddan-avlodga turg’un o’tkaza oladigan
hayvonlar guruhiga aytiladi.
Zot tarkibida naslli ona quyonlarning o’rtacha bosh soni 2000 ming bosh
atrofida bo’lishi lozim.
Zotlarning eng xarakterli xususiyatlari quyidagilardan:
Son jihatidan ko’pligi, kelib chiqishi jihatidan umumiyligi, anato-morfologik,
fiziologik, xo’jalik foydali belgilaridagi o’xshashliklar borligi bilan farqlarning ham
kuzatilishi, hayvonlarning ma’lum yashash sharoitiga moslashish qobiliyatining
mavjudligidan iborat.
Zotdor hayvonlarni yaxshi sharoitda urchitish lozim. Yangi sharoitga
ko’chirilgan zotlarda iqlim va tabiiy-iqtisodiy sharoitlar ta’sirida ayrim belgilari
o’zgaradi. Ammo, yaxshi oziqlantirish va asrash sharoitida zotdor hayvonlar
o’zining xo’jalik foydali belgilarini saqlab qoladi.
Zotlarni doimiy tarzda takomillashtirish asosida mukammal tanlash va
saralash hamda mashhur qator va oilalardan to’g’ri foydalanish yotadi.
2.Xonaki quyonlar zoologik klassifikasiyasi bo’yicha kemiruvchilar
Ilmiybaza.uz
turkumi, tovushqonlar oilasi, quyonlar turiga mansub.
Quyon zotlari mahsuldorlik belgilariga kura quyidagicha klasifikasiyalanadi:
go’shtdor, go’sht-teri, tivit beradigan zotlarga bo’linadi. Shuningdek jun
qoplamining uzunligiga ko’ra: o’rta jundor, uzun jundor hamda qo’shimcha ravishda
tivitli va dekorativ yo’nalishdagi quyon zotlari mavjud.
3. Turli mamlakatlarda hozirgacha 60 dan ortiq quyon zotlari yaratilgan.
O’zbekiston Markaziy Osiyo xududida joylashgan bo’lib, tabiiy iqlimi tez
o’zgaruvchan ya’ni yozi issiq, qishi esa keskin sovuq bo’lishi bilan ajralib turadi.
Shuning uchun chorva mollarining shu jumladan quyonlarning ham urchitiladigan
zotlari xududda sinovdan o’tkazilishi lozim. Mamlakatimizda: sovet shinshillasi,
kulrang ulkan, oq ulkan, kumushsimon, Vena havorangi, sovet mardyori, kapalak,
oq tivitli kabi quyon zotlari urchitiladi.
Sovet shinshilasi zoti. Go’sht-teri mahsulot yo’nalishidagi yirik, sermahsul
zot. 1948 yildan 1963 yilgacha quyonchilik va mo’ynachilik hayvonlar ilmiy
tekshirish instituti hodimlari jamoasi yetakchiligida, Saratov viloyatining "Anisov"
sovxozi hamda Novosibirsk viloyatining "Cherpanov" sovxozlari sharoitida (1927-
1928 yillarda) Germaniyadan keltirilgan mayda shinshilla zotli quyonlarni o’z ichida
tanlash, saralash va ularni maqsadli yetiltirib, ulkan oq zotli quyon bilan chatishtirish
natijasida yaratilgan.
Sovet shinshilasining tana tuzilishi mustahkam, o’lchamlari yirik, jun
qoplamini tig’izligi bilan ajralib turadi. Tana tuzilishi mutanosib, ko’kragi keng,
kallasi uncha katta emas, to’g’ri quloqli, mustahkam oyoqli, voyaga yetgan
quyonlarini vazni 5 kg, ayrim xo’jaliklarda o’rtacha 6,4-7 kg ni tashkil etadi. Sovet
shinshilasi zotining ona quyonlari serpusht va sersut. O’rtacha 7-8 ta quyon bolasini
emizib o’stiradi. Broyler go’shti olish uchun yetishtirilganda 70 kunligida bolalari
1,8-2 kg tirik vaznga yetadi.
Bu zotni jun qoplamining rangi kumushsimon, ba’zan qoramtir-
kumushsimon bo’lib, qoramtir-to’lqinsimon chiziqlari bor. Ayniqsa bu chiziqli izlar
tanasining yag’rin, qarchig’ay, yonbosh, ba’zan qorin qismlarida chiroyli bo’lib
ko’rinib turadi. Bu zot har qanday oziqlantirish, iqlim sharoitlariga tez moslashadi.
Ilmiybaza.uz
Shuning uchun bu zot nafaqat bizning xududimizda, xatto shimoliy, g’arbiy Yevropa
mamlakatlarida ham muvaffaqiyatli urchitilmoqda. Bu zot ustidagi olib borilgan
tajribalar natijasi boshqa zotlarga nisbatan nafaqat tashqi omillarga chidamligini
balkim irsiy belgilari bo’yicha ham ustun ekanligini ko’rsatgan.
Kulrang
ulkan
zoti
go’sht-teri
yo’nalishidagi yirik zotlardan hisoblanadi. 1946-
1952 yillarda Poltava viloyatining "Petrov" sovxozi
va Ukrainaning bir necha xo’jaliklari hamda
Moskva viloyat xo’jaliklarida mahalliy quyonlarni
chet eldan keltirilgan yirik Flandr quyon zoti bilan
chatishtirishdan olingan duragaylarni tanlash, saralash yo’li bilan yaratilgan. Flandr
zoti yirik bo’lsada, Ukraina va Rossiya iqlim sharoitlariga moslashuvi qiyin bo’lib,
jadal o’sish, yetilish darajasi sust shuningdek, pushtdorligi ham past edi.
Kulrang ulkan zotli quyonlar uzun va salmoqli gavdali, keng chuqur
ko’krakli, yirik boshli, uzun quloqli hayvondir. Voyaga yetgan quyonlar o’rtacha 5
kg (4-6 kg) tosh bosadi. Ayrim xo’jaliklar sharoitida 7 kg tirik vaznga ega bo’lib,
terisini yuzasi 3000 sm2 ni tashkil etadi.
Bo’rdoqilanish darajasi yaxshi, voyaga yetgan quyonlarini so’yim chiqimi 60
% gacha bo’ladi. Ona quyonlar serpusht va sersut 7-8 qo’yon bolasini o’stiradi. Jun
qoplami tig’iz, tusi kulrang, to’q kulrang, ba’zida kizg’ish kulrang, hatto qora
tuslilari ham uchraydi.
O’rta Osiyo sharoitiga ushbu zotli quyonlar yaxshi moslashgan. Iqlimga
yaxshi moslashadi, kasalliklarga chidamli.
Oq ulkan quyon zoti go’sht-teri yo’nalishidagi quyonlarga mansub. Bu zot
X asrda Belgiya va Germaniya chegaralaridagi xududlarda davomli naslchilik ishlari
asosida yaratilgan. Bunda asosan Flandr zotli quyonlar ichida oq tuslilarini uzoq
tanlash va saralash ishlariga va ularning go’shtdorlik, tez yetiluvchanlik
xususiyatlariga katta e’tibor qaratilgan. Bu zotga taaluqli quyonlarni tanasi uzun va
ixcham, beli tekis sag’risi to’lishgan, keng ko’krakli, o’rtacha boshli, konstitusiyasi
mustahkam.
Ilmiybaza.uz
Go’shtdorligi o’rtacha, tez yetiluvchan, serpusht, ona quyon o’rtacha 8 ta
quyon bolasini o’stirishi mumkin. Bolalari 2 oyligida 1,5-2 kg va 4 oyligida 2,6 kg
tirik vaznga ega bo’ladi. Broyler go’sht yetishtirishga tavsiya etiladi. Voyaga yetgan
quyonlari o’rtacha 5 kg tosh bosadi. Ba’zi xo’jaliklarda quyonlar vazni 6,4 kg yetadi.
Xo’jaliklarda tanlash, saralash va naslchilik ishlarining me’yorda olib
borilishi natijasida serpushtligi oshadi, bolalarining hayotchanligi yaxshilanadi.
Zotning mo’ynasi oq, yaltiroq, zich va mayin, ko’zlari qizg’ish yoki pushtrang
ulardan sof holda urchitishdan tashqari ba’zan chatishtirishda ham foydalanilmoqda.
Kumushsimon
zoti
go’sht-teri
mahsuldorlik
yo’nalishidagi yirik zotlardan hisoblanadi. Bu zot
1946-1952 yillarda Poltava viloyatining "Petrov" va
"Tulsk"
mo’ynachilik
sovxozlarida
zootexniklar
A.I.Kaplevskiy
va
I.I.Kaplevskiylar
tomonidan
yaratilgan. Bunda g’arbiy Yevropadan keltirilgan shampan zotini saralash bo’yicha
ish qilinib, ularni yana mahalliy qora tusli quyonlar bilan chatishtirganlar.
Jun qoplami tekis, butun tanasi bo’ylab eski kumush rangda. Ba’zan
havoranglilari uchraydi. Junlari o’siq, qora, dag’al tuklari ichida oq ranglilari ham
uchrab qoladi, tiviti havorang. Bolalari tug’ilganda qora bo’ladi. Ular 7-8 oylik
bo’lganda voyaga yetgan quyonlar tusiga kiradi. Tirik vazni voyaga yetganlarida 4,7
(4 dan 6 gacha) kg ni tashkil etadi.
O’zining tez yetiluvchanligi bilan boshqa zotlardan ajralib turadi.
O’zbekiston va O’rta Osiyo respublikalarida yaxshi urchitilmoqda, ilmiy tajribalarda
sinab ko’rilmoqda.Boshi o’rtacha, quloqlari ingichkaroq va tikka, ko’kragi chuqur,
sag’risi keng va aylanma, oyoqlari mustahkam. Jadal o’suvchi, bo’rdoqilashga
moyil, go’shtdorlik sifati yaxshi. Biroq ularda jun qoplamining siyrakligi kamchilik
hisoblanadi.
Qora qo’ng’ir quyon zoti 1942-1948 yillar davomida Tataristonning
"Viryuli" mo’ynachilik sovxozida seleksioner F.V.Nikitin tomonidan yaratilgan.
Unda asosan oq ulkan, flandr va vena havorang zotli quyonlar o’zaro chatishtirilgan.
Qora - qo’ng’ir quyon zotini tanasi asosan qoramtir qo’ng’ir bo’lib, dag’al qiltiqli
Ilmiybaza.uz
va oraliq jun tolalarining uch qismi qopqoralari ham uchraydi. Mo’ynasidagi ayrim
ranglar 7-8 oyligidan boshlab o’zgaradi. Voyaga yetgan quyonlarining o’rtacha
vazni 5 kg (3,6 dan 6,6 gacha) atrofida bo’ladi. 8 tagacha bolalaydi. Mo’ynasi tig’iz
junli bo’lib, rangi chiroyli, buyamasdan tabiiy holda kiyim ishlab chiqarishda
foydalaniladi.
Gavdasi uzun, suyaklari mustahkam, yirik, qulog’i uzun, ko’kragi keng va
chuqur, orqasi to’g’ri va keng, sag’risi keng, go’shtdorligi yaxshi, serpushtligi,
sutdorligi va yetiluvchanligi o’rtacha.
O’rta Osiyo va O’zbekistonda rejali zot sifatida urchitiladi.
Vena havorang quyon zoti go’sht-teri yo’nalishida bo’lib, kattaligi jihatidan
o’rtacha quyondir. Bu zot X1X-asr oxirlarida Avstriya mamlakati xo’jaliklarida
mahalliy havorang quyonlarni belgiya ulkan quyoni bilan chatishtirish natijasida
yaratilgan va 1895 yili mamlakat poytaxti Vena shahrining nomi bilan zot sifatida
tasdiqlangan.
Rossiya va boshqa hamdustlik mamlakatlariga Germaniyadan keltirilgan.
Tanasi kulrang va havorang, ba’zan qizg’ish havorangli, och va to’q
rangbarangliklari mavjud. Dog’lar va qora rangli jun tolalari uchramaydi.
Tirik vazni o’rtacha 4,3 kg (3,8-5 kg) bo’lib, ayrimlari 7 kg ga yetadi. Tashqi
muhit, oziqlanish sharoitiga yaxshi moslashadi. Serpushtligi o’rtacha, qisqa vaqt
ichida semiradi. Yetiluvchanligi yaxshi. So’yim chiqimi 56,9-59,8 % gacha yetadi.
Bizning xududimizda urchitish mumkin, biroq hozircha juda kam sonli.
Kapalak quyon zoti 1887 yilda Angliyada dekorativ (bezak, kungil ochar)
zot sifatida yaratilgan, vazni jihatidan o’rtacha zot hisoblanadi. Mahalliy
xududlarimizda keng tarqalgan. Tanasi oq lekin tanasining ikki tomonida simmetrik
qora dog’lar mavjud. Ayrim vakillarining tanasidagi dog’lar jigarrang, kulrang
bo’lishi ham kuzatilgan. Voyaga yetganlarining tirik vazni o’rtacha 4,3 kg. Tanasi
qisqarok bo’lib 35 sm, ko’krak aylanasi 36 sm. Konstitusiyasi pishiq, go’sht
mahsuldorligi vazniga nisbatan yaxshi. Ona quyonlari serpusht, sersut ya’ni bolasi
tez yetiladi. Shuning uchun ba’zi tumanlarda broyler go’sht yetishtirish maqsadida
foydalaniladi.
Ilmiybaza.uz
Sovet
mardyori
zoti
1931-1940
yillar
davomida
Armanistonda
M.Ch.Magramyan tomonidan rus gornastayev, shinshilla va mahalliy quyonlarni
o’zaro chatishtirish natijasida yaratilgan.
Rangi asosan jigarrang, lekin tanasida ba’zan turli kattalikdagi dog’lar uchrab
turadi. Bolalari tug’ilganda sichqon tusli bo’ladi. 4 oyligida voyaga yetgan quyonlar
tusiga kiradi. Sovet mardyori zotli quyonlarning mo’ynasi chiroyliligi uchun
boshqalaridan ajralib turadi. Bu zot go’sht-teri yo’nalishiga taaluqli bo’lsada,
xo’jaliklarda mo’yna teri yetishtirish uchun urchitiladi.
Konstitusiyasi mustahkam, o’rtacha tirik vazni 4,5 kg (3,8-5) ni tashkil etadi.
Serpushtligi o’rtacha, tez yetiluvchan, biroq asosan mo’yna terisi uchun urchitish
maqsadga muvofiq. Armanistonda ko’p urchitilib, bizning xududimizda kam sonli.
Oq tivitli quyon zoti 1939-1957 yillar davomida Tatariston respublikasi,
Kursk va Voronej, Kirov viloyatlarining xo’jaliklari sharoitida seleksioner olima
M.V.Vshivseva rahbarligida yaratilgan. Tivit mahsuldorlik yo’nalishida. Bu zot
mahalliy kam mahsul jun tivit beruvchi quyonlar, angor zotli quyonlar bilan
chatishtirilib olingan avlodlarini tanlash va saralash asosida yaratilgan.
Bu zotning bo’yni kalta va yo’g’on, beli to’g’ri va keng, tusi oq, olingan
junning 92-96 % ni tivit tashkil etadi. Tivitining uzunligi 6-7 sm, ingichkaligi 12,4-
13,5 mikron. Yiliga 1 bosh quyondan 420-500 g tivit olinadi, ayrim xo’jaliklarda
750 g ga yetadi. Kirov Davlat naslchilik xo’jaligida 1 kg gacha tivit olingan.
Oq tivitli quyon zotini tirik vazni o’rtacha 4 kg, uzunligi 54 sm, ko’krak
aylanasi 34 sm, 7 gacha bola berishi mumkin. Turli sharoitga moslashaoladi, bizning
xududimizda kam uchraydi. Bu zotning quyidagi guruhlari mavjud:
A) Kirov guruhi - mahalliy tivitli quyonlarni angor zoti bilan qon singdirish
chatishtirish usulida olingan.
B) Biryulin guruhi angor va flandr zotlarini murakkab chatishtirish usulida
yaratilgan.
V) Solnsev guruhi - angor zotli quyonlarni sof zotli urchitish va ularni
Biryulin sovxozidagi erkak quyonlar bilan chatishtirish natijasida olingan.
Ilmiybaza.uz
Go’sht yo’nalishidagi quyon zotlari.
Novozelandiya oq quyon zoti - 1910 yilda
AQShda yaratilgan. Go’sht yo’nalishida, tusi oq.
Kelib chiqishida avvalo qizil rangli albinos hayvonlar
tanlanadi, saralanadi va olingan yangi nasllar
yetiluvchanligi,
go’shtdorlik
belgilari,
so’yim
chiqimi, so’yim og’irligi va go’sht sifati kabi
ko’rsatkichlari bo’yicha saralanib "o’z ichida" urchitiladi. Qisman Flandr zotini ham
qoni singdiriladi.
Novozelandiya oq quyoni AQSh da juda keng tarqalgan. 1950 yillardan
boshlab G’arbiy Yevropa mamlakatlariga, sobiq ittifoqga esa 1971 yildan boshlab
tarqaldi va iqlimlashtirildi. Hozir O’zbekistonda ham mavjud. U mustahkam
qonstitusiyali, ba’zan ingichka va pishiq suyakli bo’lishi bilan farq qiladi. Gavdasi
uncha uzun emas (47-50 sm), to’lishganlik indeksi 63 % dan ziyod, ko’kragi chuqur,
keng, orqasi enli, sagrisi yoyiq, muskullari to’lishgan.
Voyaga yetganlari 4,5-5 kg gacha, tug’ilganda bolasi odatda 45 g atrofida,
mayda tug’ilsada, o’sish tezligi yuqoriligidan 2 oyligida 1,8-2,2 k; 3 oyligida 2,7-3
kg ga yetadi. 1 kg qo’shimcha o’sishiga 3-5 kg oz. birligi sarflaydi. Bu zotdan asosiy
mahsulot sifatida go’sht olinib, qo’shimcha mahsulot sifatida teri olinadi. So’yim
chiqimi 52-58 %, gavdada go’sht chiqimi 77,5 % gacha. Sersut va serpusht (7-12)
ligi bilan ajralib turadi. Sanoat chatishtirish usulida boshqa
zotlar bilan yaxshi natija beradi.
Kaliforniya- go’sht yo’nalishidagi zot. Kattaligi o’rtacha,
tusi oq, faqat quloq ichida, ba’zan tumshuq, oyoq kaftlari
va dum uchida qoramtir - jigarrangli belgilar uchraydi.
AQSh da - Novozellandiya oq, rus chipor, yirik shinshilla zotlarini murakkab
chatishtirishdan olingan oxirgi avlodlarini "O’z ichida" urchitish natijasida
yaratilgan. Bunda Novozelandiya oq zotini tez yetiluvchanlik, go’shtdorlik belgisi,
rus chipor zotdagi teri jun qoplamining tig’izlik xususiyatlari mujassamlashgan.
Konstitusiyasi mustahkam, ba’zan suyagi nozik, go’shtdor, to’lishgan. Vazni
Ilmiybaza.uz
4-5 kg. Tug’ilganda o’rtacha 45g., 2 oylik 1,9-2,3 kg, 4 oylikda 2,7-3,4 kg va 5
oylikda 4,2 kg. Shundan so’ng o’sishi susayadi.
So’yim chiqimi 56-60 %, gavda go’shtida et chiqimi 82-85 %, suyak 13-15
%, yog’i esa 1,8-1,5 %. Serpushtligi o’rtacha 8 bosh, tug’ilganda to’lik oq bo’lib,
qoramtir belgilar keyinchalik paydo bo’ladi, rus chipor zotiga o’xshash. MDH
xududiga 1971 yilda Angliya, Vengriyadan keltirilgan. Ukraina, Rossiyada keng
tarqalgan, O’zbekistonda ham bor.
Har ikkala go’shtdor zotlarining barmoqlari orasi va kaftida jun qoplami
bo’lib, tur simli kafaslarda asrashga moslashgan.
Baran zotli quyonlar Dastavval, xilma xil ko’rinishdagi (qora, havorang,
kulrang-yovvoyi quyon rang, jigarrang, temirrang-kulrang, xol-xol va b.) uzun
o’ziga hos quloqli yirik dekorativ quyon zoti bo’lgan.
Ushbu zot quyonni quloq chig’anog’i formasini tabiiy mutatsiyasini
biriktirish yo’li bilan Angliyada ishlab chiqilgan. Bu zotning ayrim ko’rinishdagi
turlarida qulog’ining uzunligi 60-71 sm (kengligi 10-17 sm) ga yetadi.
Baran zotli quyonlar asosan g’arbiy yevropa davlatlari, ayniqsa Germaniya
va Frantsiya davlatlari quyonchilari orasida juda keng tarqalgan. Bu davlatlarda
ingliz barani bilan flandrni chatishtirish natijasida frantsuz va nemis barani zotlari
yaratilgan. Eng qiziqarli natijalarga esa Germaniya quyonchilari erishgan.
Go’sht yo’nalishida va jonivorlarning tez yetiluvchanligini oshirish
maqsadida sistematik selektsiya natijalari asosida tirik vazni 5,5 kg bo’lgan nemis
baranini yaratilishiga muvaffaq bo’lingan.
Tavsifi.
Nemis
barani
zotining
tipik
belgilari
va
parametrlari:
- tana qismi eziq va keng;
- voyaga yetgan quyon vazni - o’rtacha 3 kg, alohida hollarda - 7-8 kg (ba’zan
hatto 10 kg);
- boshi yirik, keng peshonali, burni biroz pastga bukilgan;
- quloqlari boshining ikki yoniga osilgan;
- tanasi cho’ziq, uzunligi 60-70 sm va undan uzunroq;
- ko’krak qismi keng va chuqur;
Ilmiybaza.uz
- yelka qismi cho’zilgan, keng, ba’zan sal osilgan;
- Orqa qismi yumaloqlashgan.
Baran zotli quyonlar tez yetiluvchanligi, yaxshi rivojlangan go’sht qismi va
go’shtining yuqori sifatliligi bilan ajralib turadi va go’sht yo’nalishidagi quyonlar
toifasiga kiradi
Baran zotli quyonlar mamlakatimizning har hil iqlim sharoitlariga yaxshi
moslashgan quyon zoti hisoblanadi. Bu zotdagi quyonlarni saqlash va ko’paytirish
alohida qiyinchilik tug’dirmaydi. Urg’ochi quyonlar kam bolalaydi: o’rtacha bitta
bolalashda 3-6 tadan ortiq bo’lmagan bola beradi.
Nemis baranidan yirik xajmdagi teri olinadi. Jun qoplami qalin, zich, mayin
va Turli hil ranglarda bo’ladi.
Alyaska zotli quyonlar haqida eshitganmisiz?
Quyonlarning bir necha noyob turlari uchraydi. Ulardan
biri “Alyaska” zotidir. Ularning nomiga qarab bu quyonlar
sovuq mintaqalardan emasligini aytish mumkin. U 1920 yilda
Germaniyada olimlar tomonidan yaratildi. Selektsionerlar
tomonidan bunday quyonni urchitishdan ko’zlangan eng asosiy maqsad — Alyaska
tulkisidagi kabi qora va oq tolali yungga ega turni yaratish. Selektsionerlar tajribasi
muvaffaqiyatli bo’lmadi. Ular qora rangdagi yaltiroq tukli jonivor zotini yaratishdi.
Biroq bu zotli quyonni qoldirishdi va keyinchalik “Reks” zotini chiqarishda
qo’llashdi.
“Alyaska”ning yungi qora rangda. U qalin va yaltiroq, ichi moviy rangda
tovlanadi. SHuningdek moviy o’rniga oq rangda tovlanadigan quyonlar ham bor. Bu
jihat kamchilik hisoblanadi. “Alyaska” quyonlarining yungi qimmatbaho. Ular
Yevropada keng tarqalgan.
Ilmiybaza.uz
Jonivor 3 kilodan 5 kilocha tosh bosadi. Bo’yni
deyarli ko’rinmaydi, quloqlari kalta va keng. Urg’ochi
quyonlarning erkak quyonlardan farqi bo’yin atrofidagi
qo’shimcha teri.
Bu jonivorlar faol hisoblanadi, shuning uchun
ularga keng joy zarur. Bu turdagi quyonlar jazirama va sovuqdan qo’rqmaydi. Ular
tajovuzkor emas. Itoatkor va muloqotni sevadigan. Odamga tezroq ko’nikishlari
uchun ularni erta ijtimoiylashtirish kerak.
Reks zotli quyonlar. Quyonlarning bu kaltayungli zoti 1919-1924 yillarda
yaratilgan va shu zahotiyoq Yevropa davlatlarida keng tarqalib ketdi. Rossiya
davlatiga Germaniyadan olib kirilgan.
Tavsifi. Reks zotining tipik belgilari va ko’rsatkichlari:
- Tshliq yetilgan quyonlarning tirik vazni 3-4,5 kg;
- Tana qismi mayin, suyak skeleti ingichka va yetgil;
- Boshi urtacha kattalikda sal cho’ziqroq, quloqlari o’rtacha uzunlikda;
- Tana tuzilishi cho’ziqroq 40-45 sm, old qismi sal botiqroq;
- ko’krak va orqa qismi o’rtacha kenglikda;
Rekslardan mayda va yirik o’lchamdagi va har hil rangdagi teri olinadi, lekin,
odatda ko’proq qora, jigarrang, oq va havorang rangdagilari ko’proq uchraydi. Bu
quyonlarning terisi hech qanday qo’shimcha bo’yoqlarsiz natural holatda, ko’p
hollarda boshqa qimmtabaho yungli jonivorlar terisini imitatsiya (o’rnini qoplash)
sifatida ishlatiladi.
Kalta yungli quyonlarni odatda ijobiy tarzda havaskor xo’jaliklarda
parvvarishlanadi. Ulr mamlakatimizning turli hil iqlim sharoitlariga yaxshi
moslashgan.
Bu zotdagi quyonlarni saqlash va ko’paytirish unchalik katta qiyinchilik
tug’dirmaydi. Bu quyon bolalari o’rtacha o’sish tempiga ega. Ularning vazni 1 oyda
0,68 kgdan oshmaydi, 2 oyda 1,68 kg, 3 oyda 2,19 kg, 4 oylik yoshida esa 2,32 kgga
yetadi. Urg’ochi quyon serpushtligi unchalik yuqori emas: bitta bolalashda o’rtacha
5-6 ta bola tug’adi. Yetuk yoshdagi quyonlar juda mayin go’sht beradi, shuning
Ilmiybaza.uz
uchun gusht chiqish hajmi nisbatan yuqori.
Kaliforniya zoti (kalif). Bu zot go’sht yo’nalishidagi yana bir tipik quyonlar
namoyondasi hisoblanib, qalin va sifatli yung va original rangi bilan farqlanadi.
Bu zot shinshilla, rus gornostayi va yangizelandiya oq (NZB) quyoni kabi
zotlarni qonidan foydalanish natijasida AQSH da yaratilgan. Rangi oq, quloqlari,
panjalari, burni, dumi va ko’krak osti to’q jigarrang belgilardan iborat.
Rossiya davlatiga XX asrning 70-yillarida olib kirilgan va juda yaxshi
darajada iqlimlashgan. Kaliforniya zoti juda murakkab chatishtirish orqali uchta
quyon zotlaridan quyidagi ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini olgan holda yaratilgan:
- Yirik shinshilladan yuqori darajadagi go’shtlilik formasini;
- Rus gornostayida yuqori sifatli jun qoplamini;
- Yangi zelandiya oq quyonidan yosh davrida yuqori energetik o’suvchanlik
hususiyatini.
Tavsifi. Kaliforniya zotining tipik belgilari va parametrlari:
- Tana tuzilishi mayin, lekin mustaxkam va bardoshli;
- Suyak skeleti ingichka va yengil;
- Tanasi kompakt, keng va yumaloq;
- Boshi yengil, quloqlari uncha katta bo’lmagan ingichka;
- Ko’krak qismi keng;
- Bel qismi kalta va keng yumaloq shaklda;
- Tanasining orqa qismi ravon, muskulli va yaxshi junlangan;
- Tirik vazni – 4,5 kg.
Bu quyon zoti uzining yaratilgan ajdodlaridan farqli ravishda hurkak emas,
sokin xarakterli, panjalari ostidagi qalin jun qoplami ularni setkali pollarga yaxshi
moslashishiga va sun’iy mikroiqlimli yopiq quyonxonalarda boqishga qulay
imkoniyat yaratadi. Ular juda mustaxkam immunitetga ega. Kaliforniya – yorqin
darajadagi go’sht yo’nalishidagi zot. Ushbu quyonlardan olingan go’sht maxsuloti
o’zining ajoyib ta’mi va qimmatbaho oziqaviylik sifatlari bilan ajralib turadi.
Urg’ochi quyonlar serpusht, bitta bolalashda 8-10 tagacha bolalaydi. Bolalari
juda intensiv ravishda o’sish tempiga ega. Uch oylik yoshga yetganida ularning