QUYONCHILIKDA NASLCHILIK ISHLARI (Quyonchilikda naslchilik ishlarini tashkil etish, Quyonlarni baholash va tanlash, Urchitish usullari, Bonitirovka va undan keyingi tadbirlar)

Yuklangan vaqt

2024-05-06

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

31,2 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
QUYONCHILIKDA NASLCHILIK ISHLARI 
 
 
Reja:  
 
1. 
Quyonchilikda naslchilik ishlarini tashkil etish 
2. 
Quyonlarni baholash va tanlash 
3. 
Urchitish usullari 
4. 
Bonitirovka va undan keyingi tadbirlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz QUYONCHILIKDA NASLCHILIK ISHLARI Reja: 1. Quyonchilikda naslchilik ishlarini tashkil etish 2. Quyonlarni baholash va tanlash 3. Urchitish usullari 4. Bonitirovka va undan keyingi tadbirlar Ilmiybaza.uz 
 
 
Tayanch iboralar 
 Naslchilik fermasi, nasl yadrosi, urchishi, tanlash-saralash-juftlash, oila va 
qatorlar, genotip, fenotip, quyon tanasi va umumiy baholash, mutloq va nisbiy 
o’sish, bonitirovka elita; 1; 2; 3 klasslar, urchitish usullari, toza qonli urchitish, 
qatorlararo urchitish- inbriding, zotlararo chatishtirish, galma-gal chatishtirish, qon 
singdirish yoki zotni o’zgartirish, qon quyish chatishtirish, yangi zot yaratish 
maqsadida chatishtirish, geterozis, duragay. 
1.Naslchilik ishi bu hayvonlarni mahsuldorligini oshirishga qaratilgan 
tashkiliy - zootexnikaviy tadbirlar tizimidir. 
Naslchilik ishlari barcha quyonchilik fermalarida; ularni hajmini katta-
kichikligi, xududiy xususiyatlari, ishlab chiqarish yo’nalishlaridan qatiy nazar olib 
borilishi shart. 
Quyonchilik fermalarida naslchilik ishlarini to’g’ri tashkil qilish mahsulotni 
ko’paytirish va sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shuningdek urg’ochi quyonlardan maksimal miqdorda bola olish, 
yetiluvchanligini oshirish, irsiy xususiyatlarini yaxshilash seleksiya tadbirlari bilan 
bog’liq. Boqiladigan quyonlar serpusht, mo’ynasi sifatli, go’shtdor, tashqi muhit 
sharoitiga moslashgan, oziqani yaxshi o’zlashtiradigan ya’ni har jihatdan iqtisodiy 
samarador bo’lishi kerak. 
Quyon zotlari turli iqlim yoki boqilish sharoitiga bir xilda moslashmaydi . 
Shuning uchun naslchilik ishida zotlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. 
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi 
tarmoqlarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi majlis bayoniga muvofiq, mamlakatimizda 
quyonchilikni rivojlantirishga “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki mas’ul 
etib biriktirilgan va o‘tgan vaqt mobaynida moliya muassasasi tomonidan bir qator 
loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, respublika bo‘yicha 122 ta quyonchilikka 
ixtisoslashtirilgan agrofirma tashkil qilindi. Ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash 
uchun 62,4 milliard so‘m miqdorda kredit ajratildi. 
Naslli quyonlarni ko‘paytirish maqsadida 2017 yilda Italiyadan 1500 bosh 
Ilmiybaza.uz Tayanch iboralar Naslchilik fermasi, nasl yadrosi, urchishi, tanlash-saralash-juftlash, oila va qatorlar, genotip, fenotip, quyon tanasi va umumiy baholash, mutloq va nisbiy o’sish, bonitirovka elita; 1; 2; 3 klasslar, urchitish usullari, toza qonli urchitish, qatorlararo urchitish- inbriding, zotlararo chatishtirish, galma-gal chatishtirish, qon singdirish yoki zotni o’zgartirish, qon quyish chatishtirish, yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish, geterozis, duragay. 1.Naslchilik ishi bu hayvonlarni mahsuldorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy - zootexnikaviy tadbirlar tizimidir. Naslchilik ishlari barcha quyonchilik fermalarida; ularni hajmini katta- kichikligi, xududiy xususiyatlari, ishlab chiqarish yo’nalishlaridan qatiy nazar olib borilishi shart. Quyonchilik fermalarida naslchilik ishlarini to’g’ri tashkil qilish mahsulotni ko’paytirish va sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek urg’ochi quyonlardan maksimal miqdorda bola olish, yetiluvchanligini oshirish, irsiy xususiyatlarini yaxshilash seleksiya tadbirlari bilan bog’liq. Boqiladigan quyonlar serpusht, mo’ynasi sifatli, go’shtdor, tashqi muhit sharoitiga moslashgan, oziqani yaxshi o’zlashtiradigan ya’ni har jihatdan iqtisodiy samarador bo’lishi kerak. Quyon zotlari turli iqlim yoki boqilish sharoitiga bir xilda moslashmaydi . Shuning uchun naslchilik ishida zotlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi majlis bayoniga muvofiq, mamlakatimizda quyonchilikni rivojlantirishga “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki mas’ul etib biriktirilgan va o‘tgan vaqt mobaynida moliya muassasasi tomonidan bir qator loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, respublika bo‘yicha 122 ta quyonchilikka ixtisoslashtirilgan agrofirma tashkil qilindi. Ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 62,4 milliard so‘m miqdorda kredit ajratildi. Naslli quyonlarni ko‘paytirish maqsadida 2017 yilda Italiyadan 1500 bosh Ilmiybaza.uz 
 
“Yangi Zellandiya”, Ispaniyadan 400 bosh “ Domashny krolik” zotli quyonlar 
keltirilgan bo‘lsa, 2018 yilda Belarus Respublikasidan 1 100 “Xiplyus” zotli bosh 
quyonlar xarid qilindi. Joriy yilning iyul oyida esa Rossiyadan “Xikol” zotli 1000 
bosh, sentabr oyida Italiyadan “Parent” zotli 570 bosh quyonlar keltirilib, Sirdaryo, 
Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi quyonchilik xo‘jaliklariga yetkazib berildi. 
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Lepus Agro Service” mas’uliyati 
cheklangan jamiyatiga bundan ikki yil oldin “Mikrokreditbank” tomonidan 
quyonchilikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit ajratilgan.  
Natijada agrofirma hududida quyon boqish uchun barcha sharoitlar yaratildi. 
Samara esa a’lo darajada: Belarus Respublikasidan olib kelingan 1 100 bosh quyon 
bir yilda besh barobarga ko‘paydi. Uning bir qismi aholi va tadbirkorlarga 
tarqatilgan bo‘lsa, qolgani go‘sht sifatida sotildi. Ayni paytda esa agrofirmada 3000 
boshga yaqin quyon parvarish qilinmoqda. 
Quyonchilikda salmoqli yutuqqa erishib kelayotganlardan yana biri-
“Sirdaryo momiq quyonlari” fermer xo‘jaligi faoliyati ham ta’kidlab o’tish joiz. Gap 
shundaki, mazkur xo‘jalik ham bank krediti asosida Italiyadan “Yangi zellandiya” 
zotli 114 bosh quyon xarid qilgan edi. Jamoaning sa’y-harakati bilan ushbu zotdor 
quyonlar ham tez ko‘paydi. 2000 bosh quyon aholi va tadbirkorlarga yetkazib 
berilgan bo‘lsa, 3 tonnadan ortiq quyon go‘shti yetishtirildi. 
Bundan tashqari, shu davlatdan 2019 yilning sentabr oyida quyonlar zotini 
yangilash maqsadida 100 boshga yaqin naslli “Parent” quyonlari olib kelinib, 
parvarishlanmoqda. 
“Mikrokreditbank” 
tomonidan 
quyonchilik 
sohasini 
rivojlantirishga 
qaratilgan loyihalar bosqichma-bosqich moliyalashtirilib borilmoqda. Shundan 
kelib chiqib, ayni paytda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida 
quyonchilikka ixtisoslashgan agrokompleks faoliyatini tashkil etish ishlari boshlab 
yuborildi. 
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha qiymati 12 million dollarni tashkil 
qiluvchi mazkur agrokompleks yiliga 50 ming bosh naslli ona quyon va 3 ming 
tonna quyon go‘shti yetishtirish quvvatiga ega bo‘ladi. 50 kishining bandligi 
Ilmiybaza.uz “Yangi Zellandiya”, Ispaniyadan 400 bosh “ Domashny krolik” zotli quyonlar keltirilgan bo‘lsa, 2018 yilda Belarus Respublikasidan 1 100 “Xiplyus” zotli bosh quyonlar xarid qilindi. Joriy yilning iyul oyida esa Rossiyadan “Xikol” zotli 1000 bosh, sentabr oyida Italiyadan “Parent” zotli 570 bosh quyonlar keltirilib, Sirdaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi quyonchilik xo‘jaliklariga yetkazib berildi. Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Lepus Agro Service” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga bundan ikki yil oldin “Mikrokreditbank” tomonidan quyonchilikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit ajratilgan. Natijada agrofirma hududida quyon boqish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Samara esa a’lo darajada: Belarus Respublikasidan olib kelingan 1 100 bosh quyon bir yilda besh barobarga ko‘paydi. Uning bir qismi aholi va tadbirkorlarga tarqatilgan bo‘lsa, qolgani go‘sht sifatida sotildi. Ayni paytda esa agrofirmada 3000 boshga yaqin quyon parvarish qilinmoqda. Quyonchilikda salmoqli yutuqqa erishib kelayotganlardan yana biri- “Sirdaryo momiq quyonlari” fermer xo‘jaligi faoliyati ham ta’kidlab o’tish joiz. Gap shundaki, mazkur xo‘jalik ham bank krediti asosida Italiyadan “Yangi zellandiya” zotli 114 bosh quyon xarid qilgan edi. Jamoaning sa’y-harakati bilan ushbu zotdor quyonlar ham tez ko‘paydi. 2000 bosh quyon aholi va tadbirkorlarga yetkazib berilgan bo‘lsa, 3 tonnadan ortiq quyon go‘shti yetishtirildi. Bundan tashqari, shu davlatdan 2019 yilning sentabr oyida quyonlar zotini yangilash maqsadida 100 boshga yaqin naslli “Parent” quyonlari olib kelinib, parvarishlanmoqda. “Mikrokreditbank” tomonidan quyonchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bosqichma-bosqich moliyalashtirilib borilmoqda. Shundan kelib chiqib, ayni paytda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida quyonchilikka ixtisoslashgan agrokompleks faoliyatini tashkil etish ishlari boshlab yuborildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha qiymati 12 million dollarni tashkil qiluvchi mazkur agrokompleks yiliga 50 ming bosh naslli ona quyon va 3 ming tonna quyon go‘shti yetishtirish quvvatiga ega bo‘ladi. 50 kishining bandligi Ilmiybaza.uz 
 
ta’minlanadi. 
Umuman olganda, bu kabi yumushlar tufayli respublika bo‘yicha quyonchilik 
xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan quyonlar bosh soni 507 
mingga yetkazildi. Shundan birgina 2019 yilning o‘zida 35,5 ming bosh quyon 
go‘shtga topshirilishi evaziga 64,4 tonna parhez go‘shti yetishtirildi, 79,4 ming bosh 
quyon esa tarmoqni yanada rivojlantirish maqsadida aholi va tadbirkorlarga sotildi. 
Hozirgi kunda respublikada ko‘paytirish uchun 56,3 ming bosh quyon mavjud. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joylardagi bunyodkorlik ishlari hamda 
ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyatiga 
qilgan safaridan birida Quyonchilik ilmiy genetik markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish 
bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shundan kelib chiqib, joriy yilning 2 avgustida 
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada quyonchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va unga 
ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat 
qo‘mitasi tizimidagi Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida 
Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazi tashkil etildi. 
Quyonchilik sohasida seleksiya-naslchilik ishlarini takomillashtirish, 
tarmoqqa innovatsion texnologiyalar va ilg‘or konstruktorlik namunalarini joriy 
etish, genetik tadqiqotlar o‘tkazish kabi ishlar bilan shug‘ullanuvchi ushbu 
markazning xarajatlari esa 2 yil davomida “Mikrokreditbank” tomonidan qoplanadi. 
Bugun yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xususan, aholini sifatli 
va arzon go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash dolzarb masalalardan 
biri hisoblanadi. Shu ma’noda, quyonchilikka qaratilayotgan e’tibor bejiz emas. 
Zotan, u tadbirkorga ham, aholiga ham birdek manfaat keltiradigan tarmoqdir. 
Go‘shti va terisi xaridorgir, boqish oson va katta xarajat talab qilmasligi quyonchilik 
bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar safini kengaytirmoqda.  
Navoiy viloyatida ham quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik ishlarini 
takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli agrofirmalar 
tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Karmana tumanidagi 
“Qo‘rg‘on dala” agrofirmasida Italiyadan keltirilgan naslli oq velikan zotli quyonlar 
Ilmiybaza.uz ta’minlanadi. Umuman olganda, bu kabi yumushlar tufayli respublika bo‘yicha quyonchilik xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan quyonlar bosh soni 507 mingga yetkazildi. Shundan birgina 2019 yilning o‘zida 35,5 ming bosh quyon go‘shtga topshirilishi evaziga 64,4 tonna parhez go‘shti yetishtirildi, 79,4 ming bosh quyon esa tarmoqni yanada rivojlantirish maqsadida aholi va tadbirkorlarga sotildi. Hozirgi kunda respublikada ko‘paytirish uchun 56,3 ming bosh quyon mavjud. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joylardagi bunyodkorlik ishlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyatiga qilgan safaridan birida Quyonchilik ilmiy genetik markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shundan kelib chiqib, joriy yilning 2 avgustida Vazirlar Mahkamasining “Respublikada quyonchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimidagi Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazi tashkil etildi. Quyonchilik sohasida seleksiya-naslchilik ishlarini takomillashtirish, tarmoqqa innovatsion texnologiyalar va ilg‘or konstruktorlik namunalarini joriy etish, genetik tadqiqotlar o‘tkazish kabi ishlar bilan shug‘ullanuvchi ushbu markazning xarajatlari esa 2 yil davomida “Mikrokreditbank” tomonidan qoplanadi. Bugun yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xususan, aholini sifatli va arzon go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu ma’noda, quyonchilikka qaratilayotgan e’tibor bejiz emas. Zotan, u tadbirkorga ham, aholiga ham birdek manfaat keltiradigan tarmoqdir. Go‘shti va terisi xaridorgir, boqish oson va katta xarajat talab qilmasligi quyonchilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar safini kengaytirmoqda. Navoiy viloyatida ham quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli agrofirmalar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Karmana tumanidagi “Qo‘rg‘on dala” agrofirmasida Italiyadan keltirilgan naslli oq velikan zotli quyonlar Ilmiybaza.uz 
 
parvarishlanmoqda. 
– 2018 yil may oyida tashkil etilgan mazkur xo‘jaligga dastlab 104 zotdor 
quyon keltirilgan edi, 
– Shu qisqa vaqtda ular soni 2 mingga yetdi. Har bir quyon kamida 15 
kilogrammgacha tosh bosadi. 
Izlanuvchan fermer naslli quyonlarni parvarishlash sirini qisqa fursatda 
o‘zlashtirdi. Xona harorati mo‘tadilligini ta’minlab, vaqti-vaqti bilan havosini 
almashtirdi. Kichik laboratoriya tashkil etib, quyonlarni sun’iy urchitishni yo‘lga 
qo‘ydi. Mazkur agrofirma rahbarining ta’kidlashicha, quyonlar 28 kunda 15 tagacha 
bolalaydi. 
Agrofirmada parvarishlanayotgan quyonlarni mahalliylashtirish ishlari ham 
olib borilmoqda. Tadbirkor yurtimizda quyonchilikni rivojlantirishga qiziqqan 
aholiga naslli quyonlar yetishtirib bermoqda. 
Quyonlardan olinadigan mahsulotga qarab ikki guruhga ajratiladi – go‘sht 
uchun, terisi uchun. Go‘shtining biologik qiymati, yumshoqligi, yog‘ va xolesterin 
moddasi kamligi hisobga olinib, tibbiyotda allergiya, gipertoniya, oshqozon-ichak, 
me’da, o‘t-pufak, jigar kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Quyon momig‘idan 
tayyorlangan ashyolar davolovchi xususiyatga ega bo‘lib, nevrologiya, radikulit 
bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya etiladi. Quyon momig‘i issiqni saqlash 
xususiyatiga ko‘ra qo‘y junidan 10 barobar afzaldir. 
Aslida, qayd etganimizdek, aksariyatimiz quyon va quyonchilik deganda 
uning go‘shti-yu, mo‘ynasini tushunamiz, xolos. Biroq unday emas. Chunki 
uzunquloq jonivorning biz bilmaydigan jihatlari ko‘p. Masalan, quyon go‘shti 
parhezbopligi bilan alohida ajralib turadi. Shu bois u inson salomatligiga, ayniqsa, 
bolalar va keksa yoshli kishilar uchun nihoyatda foydali. Ma’lumotlarga ko‘ra, hatto, 
quyon qonidan tayyorlangan zardobni tibbiyot yo‘nalishida ishlatish mumkin. Bir 
kilogramm miya kukuni esa jahon bozorida 30 ming dollargacha baholanar ekan. 
Shu bilan birga, uning chiqindisi ham dehqonchilikda yaxshi samara beradi. 
Bugungi kunda dunyo miqyosida quyonchilikni rivojlantirishga katta e’tibor 
qaratilayotganining boisi ham shunda, aslida. 
Ilmiybaza.uz parvarishlanmoqda. – 2018 yil may oyida tashkil etilgan mazkur xo‘jaligga dastlab 104 zotdor quyon keltirilgan edi, – Shu qisqa vaqtda ular soni 2 mingga yetdi. Har bir quyon kamida 15 kilogrammgacha tosh bosadi. Izlanuvchan fermer naslli quyonlarni parvarishlash sirini qisqa fursatda o‘zlashtirdi. Xona harorati mo‘tadilligini ta’minlab, vaqti-vaqti bilan havosini almashtirdi. Kichik laboratoriya tashkil etib, quyonlarni sun’iy urchitishni yo‘lga qo‘ydi. Mazkur agrofirma rahbarining ta’kidlashicha, quyonlar 28 kunda 15 tagacha bolalaydi. Agrofirmada parvarishlanayotgan quyonlarni mahalliylashtirish ishlari ham olib borilmoqda. Tadbirkor yurtimizda quyonchilikni rivojlantirishga qiziqqan aholiga naslli quyonlar yetishtirib bermoqda. Quyonlardan olinadigan mahsulotga qarab ikki guruhga ajratiladi – go‘sht uchun, terisi uchun. Go‘shtining biologik qiymati, yumshoqligi, yog‘ va xolesterin moddasi kamligi hisobga olinib, tibbiyotda allergiya, gipertoniya, oshqozon-ichak, me’da, o‘t-pufak, jigar kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Quyon momig‘idan tayyorlangan ashyolar davolovchi xususiyatga ega bo‘lib, nevrologiya, radikulit bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya etiladi. Quyon momig‘i issiqni saqlash xususiyatiga ko‘ra qo‘y junidan 10 barobar afzaldir. Aslida, qayd etganimizdek, aksariyatimiz quyon va quyonchilik deganda uning go‘shti-yu, mo‘ynasini tushunamiz, xolos. Biroq unday emas. Chunki uzunquloq jonivorning biz bilmaydigan jihatlari ko‘p. Masalan, quyon go‘shti parhezbopligi bilan alohida ajralib turadi. Shu bois u inson salomatligiga, ayniqsa, bolalar va keksa yoshli kishilar uchun nihoyatda foydali. Ma’lumotlarga ko‘ra, hatto, quyon qonidan tayyorlangan zardobni tibbiyot yo‘nalishida ishlatish mumkin. Bir kilogramm miya kukuni esa jahon bozorida 30 ming dollargacha baholanar ekan. Shu bilan birga, uning chiqindisi ham dehqonchilikda yaxshi samara beradi. Bugungi kunda dunyo miqyosida quyonchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganining boisi ham shunda, aslida. Ilmiybaza.uz 
 
- Misol uchun, Xitoy, Italiya kabi davlatlarda quyonchilik sohasi ancha 
taraqqiy etgan va ular bu borada katta tajribaga ega.  
- Xususan, Italiyada resurslar cheklanganiga qaramasdan bir yilda 300 ming 
tonna quyon go‘shti yetishtiriladi. Umuman olganda, hozirgi kunda quyonchilikka 
dunyo mamlakatlarida katta e’tibor qaratilmoqda. Bu bejiz emas. Nimaga? Chunki, 
avvalo, quyon go‘shtiga talab yiliga kamida 25 foiz o‘sib bormoqda. Buning asosiy 
sababi esa quyon go‘shtining ekologik jihatdan tozaligi va parhezbopligidir. 
Xalqaro standartlarga ko‘ra, inson organizmi sog‘lom bo‘lishini istasa, bir 
yilda 90 kilogrammgacha go‘sht iste’mol qilishi, shuning kamida 5 foizi quyon 
go‘shti bo‘lishi kerak. Xo‘sh, ayni paytda jahon bozorida quyon go‘shtiga talab ortib 
borayotgan bir paytda, uning boshqa foydali jihatlari nima uchun mazkur tarmoqni 
taraqqiy ettirishi mumkin emas.  
Qolaversa, u aholi daromadini oshirishda ham ayni muddaodir. Keling, shu 
o‘rinda uning qanchalik foyda berishini quyidagi oddiy misol orqali tahlil qilib 
ko‘rsak. Aytaylik, bitta quyon bir yilda tabiiy uy sharoitida besh marta, har safar 
minimum besh oltitadan bolalaydi. Bu o‘ttiztaga ko‘paydi, degani. Yana bir tomoni, 
yil boshida tug‘ilgan quyonchalar yil oxiriga kelib, o‘zlari ham bolalaydi. Xullas, 
shu vaqt ichida quyonlar soni qariyb 140 taga yetib, 300 kilogrammgacha go‘sht 
olish imkoniyati vujudga keladi. Endi o‘zingiz hisoblab ko‘ravering, bitta quyon bir 
xonadonga qanchalik foyda keltiradi? Bunda, albatta, quyon go‘shti ichki 
bozorimizda o‘rtacha 30 ming so‘m, jahon bozorida esa 5-6 dollar turishini, uning 
mo‘ynasiga talab ham kam emasligini va boshqa foydali jihatlarini ham inobatga 
oling. 
Ochig‘i, hozircha respublikamizda mazkur tarmoqni yaxshi rivojlangan, 
quyonchilik sanoat darajasiga chiqqan, deya olmaymiz. Avvalo, quyonchilikning 
hadisini olgan odamlar unchalik ko‘p emas. Borlari esa yetarlicha axborotga ega 
emas. Demak, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada jadallashtirish zarur. 
Quyonchilik sanoatlashgan darajada ish yuritishi kerak. Ya’ni boquvchiga xaridor 
naqd bo‘lsin. U mahsulotini qaerga sotishini oldindan bilishi lozim. Shuningdek, 
uning ozuqa bazasini shakllantirish ham dolzarb masala. Qisqasi, qilinadigan ishlar 
Ilmiybaza.uz - Misol uchun, Xitoy, Italiya kabi davlatlarda quyonchilik sohasi ancha taraqqiy etgan va ular bu borada katta tajribaga ega. - Xususan, Italiyada resurslar cheklanganiga qaramasdan bir yilda 300 ming tonna quyon go‘shti yetishtiriladi. Umuman olganda, hozirgi kunda quyonchilikka dunyo mamlakatlarida katta e’tibor qaratilmoqda. Bu bejiz emas. Nimaga? Chunki, avvalo, quyon go‘shtiga talab yiliga kamida 25 foiz o‘sib bormoqda. Buning asosiy sababi esa quyon go‘shtining ekologik jihatdan tozaligi va parhezbopligidir. Xalqaro standartlarga ko‘ra, inson organizmi sog‘lom bo‘lishini istasa, bir yilda 90 kilogrammgacha go‘sht iste’mol qilishi, shuning kamida 5 foizi quyon go‘shti bo‘lishi kerak. Xo‘sh, ayni paytda jahon bozorida quyon go‘shtiga talab ortib borayotgan bir paytda, uning boshqa foydali jihatlari nima uchun mazkur tarmoqni taraqqiy ettirishi mumkin emas. Qolaversa, u aholi daromadini oshirishda ham ayni muddaodir. Keling, shu o‘rinda uning qanchalik foyda berishini quyidagi oddiy misol orqali tahlil qilib ko‘rsak. Aytaylik, bitta quyon bir yilda tabiiy uy sharoitida besh marta, har safar minimum besh oltitadan bolalaydi. Bu o‘ttiztaga ko‘paydi, degani. Yana bir tomoni, yil boshida tug‘ilgan quyonchalar yil oxiriga kelib, o‘zlari ham bolalaydi. Xullas, shu vaqt ichida quyonlar soni qariyb 140 taga yetib, 300 kilogrammgacha go‘sht olish imkoniyati vujudga keladi. Endi o‘zingiz hisoblab ko‘ravering, bitta quyon bir xonadonga qanchalik foyda keltiradi? Bunda, albatta, quyon go‘shti ichki bozorimizda o‘rtacha 30 ming so‘m, jahon bozorida esa 5-6 dollar turishini, uning mo‘ynasiga talab ham kam emasligini va boshqa foydali jihatlarini ham inobatga oling. Ochig‘i, hozircha respublikamizda mazkur tarmoqni yaxshi rivojlangan, quyonchilik sanoat darajasiga chiqqan, deya olmaymiz. Avvalo, quyonchilikning hadisini olgan odamlar unchalik ko‘p emas. Borlari esa yetarlicha axborotga ega emas. Demak, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada jadallashtirish zarur. Quyonchilik sanoatlashgan darajada ish yuritishi kerak. Ya’ni boquvchiga xaridor naqd bo‘lsin. U mahsulotini qaerga sotishini oldindan bilishi lozim. Shuningdek, uning ozuqa bazasini shakllantirish ham dolzarb masala. Qisqasi, qilinadigan ishlar Ilmiybaza.uz 
 
ko‘p. Muhimi, hozir yurtimizda bu boradagi ishlarga jiddiy kirishilib, muayyan 
natijalarga ham erishilmoqda. 
2. Yirik naslchilik xo’jaliklarining asosiy vazifalari; boqilayotgan 
quyonlarning mahsuldorligini oshirish, naslini yaxshilash, yuqori ko’rsatkichga ega 
bo’lgan yangi zot va qatorlar bunyod etish, elita klassga mansub bo’lgan quyon 
bolalarini boshqa xo’jalik fermalariga sotish uchun parvarishlashdan iboratdir. 
Naslchilik xo’jaliklaridagi quyonlar sof zotli holda urchitiladi. Yuqori 
mahsuldor ko’rsatkichiga ega bo’lgan quyon podalarini yaratishda har bir ferma 
ma’lum talab va reja asosida ish yuritadi. 
Bu borada nasldor erkak quyonlarni nasl sifatiga ko’ra to’g’ri tanlash, juftlash 
kerak. Bunda zotni o’ziga xos xususiyatlari shakllanib, ota va bobosidagi belgilarini 
barcha bo’g’in avlodlarida yuqori darajada namoyon etadi. 
Bunda qarindoshlik jihatidan yaqin va uzoqroq bo’lgan (inbriding) vakil 
guruhlaridan foydalanish mumkin. Ba’zan qatorlararo urchitishdan foydalanish 
mumkin. Quyon zotlarida qatorlardan tashqari oilalar ham mujassamlashgan 
bo’ladi. Bunda oilaning bosh nomdori o’zining barcha mahsuldorlik ko’rsatkichlari 
va sifatiga ko’ra yuqori ko’rsatkichga ega bo’ladi. 
Har bir qator va oila o’z faoliyatida 4-5 va undan ham ko’proq nasldor bo’g’in 
avlodlariga ega bo’lishi kerak. Har bir qator va oila boshliqlari (asoschilari) ning 
nomi va ko’rsatkichlari xujjat asosida tasdiqlanadi. 
3. Quyonchilikda chatishtirish asosiy urchitish usuli bo’lib hisoblanadi: 
 A)Sanoat asosida chatishtirish asosan tovar xo’jaliklarida qo’llaniladi. 
Bundan asosiy maqsad sanoat talabiga ko’ra, ma’lum bir mahsulot ko’rsatkichini 
yuqori darajada namoyon etishini ta’minlash maqsadida chatishtirishdan olingan 
birinchi bo’g’indan foydalaniladi. 
Buning uchun 2 ba’zan 3 ta quyon zotlari o’zaro chatishtirilib, belgilangan 
maqsadga erishiladi. Olingan duragay quyon bolalari o’zlarining xususiyatlari bilan 
ota-onalaridan ustun keladi. Ilmiy kuzatishlar natijasiga ko’ra, sanoat asosida 
chatishtirish ishlari foydali afzalliklarga ega. 
V) Galma-gallab urug’lantirish usulidan asosan tovar fermalarda foydalanish 
Ilmiybaza.uz ko‘p. Muhimi, hozir yurtimizda bu boradagi ishlarga jiddiy kirishilib, muayyan natijalarga ham erishilmoqda. 2. Yirik naslchilik xo’jaliklarining asosiy vazifalari; boqilayotgan quyonlarning mahsuldorligini oshirish, naslini yaxshilash, yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan yangi zot va qatorlar bunyod etish, elita klassga mansub bo’lgan quyon bolalarini boshqa xo’jalik fermalariga sotish uchun parvarishlashdan iboratdir. Naslchilik xo’jaliklaridagi quyonlar sof zotli holda urchitiladi. Yuqori mahsuldor ko’rsatkichiga ega bo’lgan quyon podalarini yaratishda har bir ferma ma’lum talab va reja asosida ish yuritadi. Bu borada nasldor erkak quyonlarni nasl sifatiga ko’ra to’g’ri tanlash, juftlash kerak. Bunda zotni o’ziga xos xususiyatlari shakllanib, ota va bobosidagi belgilarini barcha bo’g’in avlodlarida yuqori darajada namoyon etadi. Bunda qarindoshlik jihatidan yaqin va uzoqroq bo’lgan (inbriding) vakil guruhlaridan foydalanish mumkin. Ba’zan qatorlararo urchitishdan foydalanish mumkin. Quyon zotlarida qatorlardan tashqari oilalar ham mujassamlashgan bo’ladi. Bunda oilaning bosh nomdori o’zining barcha mahsuldorlik ko’rsatkichlari va sifatiga ko’ra yuqori ko’rsatkichga ega bo’ladi. Har bir qator va oila o’z faoliyatida 4-5 va undan ham ko’proq nasldor bo’g’in avlodlariga ega bo’lishi kerak. Har bir qator va oila boshliqlari (asoschilari) ning nomi va ko’rsatkichlari xujjat asosida tasdiqlanadi. 3. Quyonchilikda chatishtirish asosiy urchitish usuli bo’lib hisoblanadi: A)Sanoat asosida chatishtirish asosan tovar xo’jaliklarida qo’llaniladi. Bundan asosiy maqsad sanoat talabiga ko’ra, ma’lum bir mahsulot ko’rsatkichini yuqori darajada namoyon etishini ta’minlash maqsadida chatishtirishdan olingan birinchi bo’g’indan foydalaniladi. Buning uchun 2 ba’zan 3 ta quyon zotlari o’zaro chatishtirilib, belgilangan maqsadga erishiladi. Olingan duragay quyon bolalari o’zlarining xususiyatlari bilan ota-onalaridan ustun keladi. Ilmiy kuzatishlar natijasiga ko’ra, sanoat asosida chatishtirish ishlari foydali afzalliklarga ega. V) Galma-gallab urug’lantirish usulidan asosan tovar fermalarda foydalanish Ilmiybaza.uz 
 
tavsiya etiladi. Bu usul sanoat asosida chatishtirish kabi quyonlarni go’sht va 
mo’yna mahsuldorligini ma’lum darajada oshirishga zamin yaratadi. Chunki, ko’p 
hollarda olingan quyon bolalarida geterozis xususiyati kuzatiladi. 
S) Zotini o’zgartirish yoki qon singdirish usulida ikki yoki bir nechta quyon 
zotlari yangi zot yaratish maqsadida o’zaro chatishtiriladi. Bu usul; sodda va 
murakkab qismga bo’linadi: 
A) Sodda usulda faqat quyonlarning 2 zoti o’zaro chatishtiriladi 
B) Murakkab usulda esa quyonlarning bir necha zot vakillari chatishtiriladi 
D) Qon quyish maqsadida chatishtirishdan asosiy maqsad; quyon zoti 
vakillarining u yoki bu asosiy sifat ko’rsatkichi pasayib qolganida uni yuqori daraja 
kutarish hisoblanadi. Bunda yaxshilanayotgan quyon zotining (urg’ochisidagi) 
asosiy sifat belgilarini saqlanib qolinishiga e’tibor beriladi. 
Chatishtirishdan olingan 1 va 2 bo’g’in duragaylar yaxshilovchi zotning erkak 
vakillari bilan uchinchi bo’g’in vakillari esa o’zaro chatishtiriladi. 
Masalan; kalta junli quyonlarning mo’ynasi yaxshi bo’lsada, xayotchanligi 
ancha past bo’lgan. Bunda xayotchanligi yuqori bo’lgan zotning erkak quyoni 
yaxshilovchi sifatida 3 chi bo’g’ingacha qo’llanilgan. 
E) Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish natijasida bir zot ta’sirida 
ikkinchi bir quyon zotining sifati tubdan uzgartiriladi yoki zotsiz, mahsuldorligi past 
hisoblangan quyonlarning sifati har tomonlama yaxshilanadi.  
Bunda 1 chi bo’g’in vakillarida 2ta zotning xususiyatlari deyarli 50 % dan 
ifodalansa, bu vakillarni yaxshilovchi yoki usha zotning erkak vakili bilan 
chatishtirishdan olingan 2 chi bo’g’in vakillarida sofqonlik xususiyati 75 % ni, 3 chi 
bo’g’inda esa bu ko’rsatkich 87,5 % va nihoyat 4 chi bo’g’inda 93,75 % ni tashkil 
qiladi.Olingan duragaylar yaxshilovchi zot xususiyatlarining barcha ko’rsatkich va 
belgilarini o’zida namoyon etadi. 
4. BONITIROVKA deb, hayvonning umumiy ko’rsatkichlariga ko’ra uning 
barcha nasliy qimmatini baholashga aytiladi. 
Bonitirovka qilishdan oldin quyonlar veterinariya ko’rigidan o’tkazilib, 
kasallari alohida ajratiladi Quyonchilikda bonitirovka asosan qish faslida o’tkazilib, 
Ilmiybaza.uz tavsiya etiladi. Bu usul sanoat asosida chatishtirish kabi quyonlarni go’sht va mo’yna mahsuldorligini ma’lum darajada oshirishga zamin yaratadi. Chunki, ko’p hollarda olingan quyon bolalarida geterozis xususiyati kuzatiladi. S) Zotini o’zgartirish yoki qon singdirish usulida ikki yoki bir nechta quyon zotlari yangi zot yaratish maqsadida o’zaro chatishtiriladi. Bu usul; sodda va murakkab qismga bo’linadi: A) Sodda usulda faqat quyonlarning 2 zoti o’zaro chatishtiriladi B) Murakkab usulda esa quyonlarning bir necha zot vakillari chatishtiriladi D) Qon quyish maqsadida chatishtirishdan asosiy maqsad; quyon zoti vakillarining u yoki bu asosiy sifat ko’rsatkichi pasayib qolganida uni yuqori daraja kutarish hisoblanadi. Bunda yaxshilanayotgan quyon zotining (urg’ochisidagi) asosiy sifat belgilarini saqlanib qolinishiga e’tibor beriladi. Chatishtirishdan olingan 1 va 2 bo’g’in duragaylar yaxshilovchi zotning erkak vakillari bilan uchinchi bo’g’in vakillari esa o’zaro chatishtiriladi. Masalan; kalta junli quyonlarning mo’ynasi yaxshi bo’lsada, xayotchanligi ancha past bo’lgan. Bunda xayotchanligi yuqori bo’lgan zotning erkak quyoni yaxshilovchi sifatida 3 chi bo’g’ingacha qo’llanilgan. E) Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish natijasida bir zot ta’sirida ikkinchi bir quyon zotining sifati tubdan uzgartiriladi yoki zotsiz, mahsuldorligi past hisoblangan quyonlarning sifati har tomonlama yaxshilanadi. Bunda 1 chi bo’g’in vakillarida 2ta zotning xususiyatlari deyarli 50 % dan ifodalansa, bu vakillarni yaxshilovchi yoki usha zotning erkak vakili bilan chatishtirishdan olingan 2 chi bo’g’in vakillarida sofqonlik xususiyati 75 % ni, 3 chi bo’g’inda esa bu ko’rsatkich 87,5 % va nihoyat 4 chi bo’g’inda 93,75 % ni tashkil qiladi.Olingan duragaylar yaxshilovchi zot xususiyatlarining barcha ko’rsatkich va belgilarini o’zida namoyon etadi. 4. BONITIROVKA deb, hayvonning umumiy ko’rsatkichlariga ko’ra uning barcha nasliy qimmatini baholashga aytiladi. Bonitirovka qilishdan oldin quyonlar veterinariya ko’rigidan o’tkazilib, kasallari alohida ajratiladi Quyonchilikda bonitirovka asosan qish faslida o’tkazilib, Ilmiybaza.uz 
 
yakunlanadi chunki bu davrda quyonlarda tulash sustlashadi Bonitirovka 
ma’lumotlari asosida quyonlar ELITA; 1; 2; va 3 klasslarga kiritiladi.. Bonitirovka 
ma’lumotlari asosida nasl yadrosi to’ldiriladi, juftlash, nasllik quyonlarni o’stirish, 
boshqa xo’jaliklarga sotish kabi rejalar tuziladi. 
 Nasllik yadrosidagi quyonlar salmog’i umumiy podani 30-35 % ni tashkil 
etishi kerak. 
 
Ilmiybaza.uz yakunlanadi chunki bu davrda quyonlarda tulash sustlashadi Bonitirovka ma’lumotlari asosida quyonlar ELITA; 1; 2; va 3 klasslarga kiritiladi.. Bonitirovka ma’lumotlari asosida nasl yadrosi to’ldiriladi, juftlash, nasllik quyonlarni o’stirish, boshqa xo’jaliklarga sotish kabi rejalar tuziladi. Nasllik yadrosidagi quyonlar salmog’i umumiy podani 30-35 % ni tashkil etishi kerak.